Научная статья на тему 'KALIFORNIYA ZOTIGA MANSUB ONA QUYONLARNI ONALIK HISSIYOTIGA QARAB BAHOLASH'

KALIFORNIYA ZOTIGA MANSUB ONA QUYONLARNI ONALIK HISSIYOTIGA QARAB BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
133
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
podani to’ldiruvchi / quyonlarni baholash / sifat ko’rsatkichlari / uya qurishi / momig’i bilan mustaxkamlash / sifatli tanlash / saralash / bonitirovka baholash. / : podani to’ldiruvchi / quyonlarni baholash / sifat ko’rsatkichlari / uya qurishi / momig’i bilan mustaxkamlash / sifatli tanlash / saralash / bonitirovka baholash.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayyora Komiljon Qizi Rahmatova, Bahodirxon Obidxon O’g’li Muxtorov

Maqolada Kaliforniya zotiga mansub quyonlarni onalik hissiyotiga qarab tanlash ishlari o’rganib, ishlab chiqaruvchilarga aholi xonadonlariga va fermer xo’jaliklariga elita va 1 sinfga mansub ona quyonlarni yetkazib berish ko’zda tutiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF CALIFORNIAN RABBITS ON THE MOTHER'S FEELINGS

The article examines the selection of California rabbits based on their maternal instincts and aims to provide elite and Class 1 mother rabbits to producers homes and farms.

Текст научной работы на тему «KALIFORNIYA ZOTIGA MANSUB ONA QUYONLARNI ONALIK HISSIYOTIGA QARAB BAHOLASH»

KALIFORNIYA ZOTIGA MANSUB ONA QUYONLARNI ONALIK HISSIYOTIGA QARAB BAHOLASH

Sayyora Komiljon qizi Rahmatova Bahodirxon Obidxon o'g'li Muxtorov

ToshDAU magistranti Ilmiy xodim

ANNOTASIYA

Maqolada Kaliforniya zotiga mansub quyonlarni onalik hissiyotiga qarab tanlash ishlari o'rganib, ishlab chiqaruvchilarga aholi xonadonlariga va fermer xo'jaliklariga elita va 1 sinfga mansub ona quyonlarni yetkazib berish ko'zda tutiladi.

Kalit so'zlar: podani to'ldiruvchi, quyonlarni baholash, sifat ko'rsatkichlari, uya qurishi, momig'i bilan mustaxkamlash, sifatli tanlash, saralash, bonitirovka baholash.

ASSESSMENT OF CALIFORNIAN RABBITS ON THE MOTHER'S FEELINGS

ABSTRACT

The article examines the selection of California rabbits based on their maternal instincts and aims to provide elite and Class 1 mother rabbits to producers homes and farms.

Keywords: podani to'ldiruvchi, quyonlarni baholash, sifat ko'rsatkichlari, uya qurishi, momig'i bilan mustaxkamlash, sifatli tanlash, saralash, bonitirovka baholash.

Ishning dolzarbligi "Quyonchilik sohasida ilm-fanni tijoratlashtirish" bo'yicha Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish, quyonchilik sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi mahalliy zotlarni takomillashtirish, quyonlar seleksiyasi va genetikasi sohasida raqobatbardosh mahalliy texnologiyalar majmuasining zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, tarmoqni kelgusida rivojlantirish, quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va raqobatbardosh mahalliy texnologiyalar yaratish, sun'iy urug'lantirish ishlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarni bajarish loyihaning dolzarbligini belgilaydi.

Ilmiy-tadqiqotlar Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Quyonchilik seleksiyasi va genetika markaziga qarashli quyonchilik fermasida bajarilgan. Bo'lg'usi ona quyonlar o'zlarining onalik sifati bilan bir biridan farq qiladi. Bo'lg'usi asosiy podani to'ldiruvchi ona quyonlarni baholashda asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri o'z vaqtida kelajakdagi bolalari uchun uya qurishi, uyani o'z momig'i bilan mustahkamlay olishi, bolalarini shu inda tug'ishi ayrim quyonlarga o'xshab butun katak bo'ylab tashlamasligi. Ona quyonlarni to'g'ri reaksiyalaridan biri tug'ish davrida va tuqqanidan so'ng ularni onalik hissiyotiga qarab baholash orqali kelgusida podani to'ldiruvchi yoki

podadan chiqarish ishlari amalga oshiriladi. Ona quyonlarni podani to'ldiruvchi sifatida qoldirishda asosan uya qurish uchun ajratgan momig'ining massasi asosiy rol o'ynaydi, chunki momiq massasi qancha ko'p bo'lsa va qo'yilgan momiqning balandligi 2 sm.dan baland bo'lsa uya ichidagi harorat doimiy bo'lib, quyon bolalari uchun maqbul haroratini xosil qila oladi va bolalariga normal sharoit yarata oladi.

Ayrim podani to'ldirish uchun qoldirilgan quyonlarda onalik hissiyoti unchalik yaxshi shakllanmagan bo'lib, tuqqan bolalariga qaramaydi, bolalarini ustini momig'i bilan berkitmaydi, bolalaganda polga yoki katakga tug'adi, bolalarini yaxshi oziqlantirmaydi, uyaning og'zini ochiq qoldiradi, natijada uya tez soviydi va bolalari nobud bo'ladi. Ayrim quyonlar tug'ilgan bolalarini indan chiqarib tashlaydi yoki yeb qo'yishi mumkin bunday quyonlar podadan chiqariladi.

"Quyonchilik fermalarida nasichilik ishlari bo'yicha yo'riqnoma"(1988 y.), xozirgi kunga kelib ona quyonlarni baholashda pushtdorligi, zotiga va zotdorligiga, bola berish soniga, uyadagi tirik bolalar soniga, uya qurilishiga hamda uyadagi momiqlarining vazniga va momig'ining qoplamini balandligiga qarab baholash amalga oshiriladi.

Quyonchilikda asosiy tadbirlardan biri sifatli tanlash va saralash bo'lib naslchilik ishida har yili baholash talab etiladi. Biz ham tajribadagi 10 ta uyaga ajratilgan quyonlarni baholashni (bonitrovkasini) metodik qo'llanma asosida o'rgandik.

Quyonlarning pushtdorlik xususiyatlarini baholashda onalik belgilariga tuqqan bolalarining soniga qarab baholandi. Pushtdorlik xususiyatlarini boholash uchun tug'ilgan bolalarining soniga, sifatiga, tuqqan bolalarini o'stirishiga, bolalarining sut davrida tirik vazniga, bir xil bolalarini sonini saqlashiga va bolalarining sifatiga qarab baholandi. Kaliforniya zotiga mansub ona quyon tuqqanidan so'ng onalik sifatini baholash uchun uya qurilishi sifati, xajmi, momiq massasi, momiq bilan qoplanganmi yoki yo'qmi shu kabi ko'rsatkichlari o'rganildi.

Quyonlarni onalik hissiyotiga qarab baholash orqali ona quyonlarni erta baholashga va tanlashga olib keladi, shu orqali bo'lg'usi ona quyonlarni podani to'ldirish uchun qoldirish yoki podadan chiqarishga erta imkon yaratiladi. Bu usulni remontga qoldirilgan, asosiy podadagi quyonlar uchun, naslchilik seleksiyasida, har qanday asrash va saqlash sharoitida hamda barcha zotlar uchun qo'lllash mumkin. Bu usulni qo'llash orqali quyonlarni aniq onalik sifatiga baho berish natijasida erta ona quyonlar mahsuldorlik sifatiga qarab baholanadi, tanlanadi asosiy podaga erta o'tkaziladi.

1-jadval

Kaliforniya zotiga mansub ona quyonlarni uya qurilishiga qarab onalik

hissiyotini baholash

Sinflar Onalik hissiyoti (insting)

Uya qurilishi: Uya to'liq shakllangan, momiq bilan qoplangan,

Elita momig'ining balandligi 2 sm-dan ortiq, momig'ining miqdori 20 g-dan ortiq, uya toza ifloslanmagan

I Uya qurilishi: Uya to'liq shakllangan, momig'i 10-20 g-gacha, momig'ining balandligi 2 sm-gacha, uya toza, ifloslanmagan

II Uya qurilishi: Uya qurilishi me'yorda, momiq bilan yaxshi o'ralmagan, uyadagi momig'ining og'irligi 10 g-gacha, uya toza, ifloslanmagan

III Uya qurilishi yomon, quyon bolalari hamda momig'i har joyga yoyib tashlangan, o'lik bolalari bor, uya qurilishi me'yorda emas, iflos

Kalifomiya zotiga mansub ona quyonlar tuqqandan so'ng onalik hissiyotini baholash uchun birlamchi nazorat ko'rigi o'tkazilib, uyaning qurilishi, momig'i bilan qoplanganligi, uyaning balandligi kabi ko'rsatkichlar qayd qilish daftariga yozib boriladi, hamda tekshirish natijasida momiq qatlamini o'rganiladi va tortib ko'riladi. Quyon bolalarining xolati va momig'iga o'ralib tinch yotganligi yoki momig'iga o'ralmaganligi, bolalarini yoyib va bosib tashlanganligi, extiyotkorlik bilan momig'ini polietilen paketga yig'ib olinib, uning xajmi va momig'ining og'irligi o'lchanadi hamda uyaning tozaligini aniqlanadi.

Olingan ma'lumotlarga tayangan xolda onalik instinkti baholanib, sinflarga ajratildi.

Uya qurilishi: Uya to'liq shakllangan, momiq bilan qoplangan, momig'ining balandligi 2 sm-dan ortiq, momig'ining miqdori 20 g-dan ortiq, uya toza ifloslanmagan. (Elita sinf).

Bu klassga 10 ta tanlab olingan uyalardagi Kaliforniya zotiga mansub ona quyonlardan 3 ta uya elita sinf.

Uya to'liq shakllangan, momig'i 10-20 g-gacha, momig'ining balandligi 2 sm-gacha, uya toza, ifloslanmagan (I-sinf). Bu guruhga 4 ta uya.

Uya qurilishi me'yorda, momiq bilan yaxshi o'ralmagan, uyadagi momig'ining og'irligi 10 g-gacha, uya toza, ifloslanmagan (II-sinf). Bu sinfga 4 ta ona quyon II-sinf talabiga javob berishi aniqlandi.

Olingan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Kaliforniya zotiga mansub ona quyonlarning onalik hissiyotiga qarab baho berilganda nisbatan yuqori ekanligi tajriba davomida o'z isbotini topdi. Barcha 10 ta uyadan yoshiga qarab tanlab olingan ona quyonlarning 90 % elita va I sinf talablariga javob berishi aniqlandi. Kelgusida ona quyonlarni onalik hisiyotiga qarab tanlash ishlari chuqur o'rganilib, ishlab chiqaruvchilarga aholi xonadonlariga va fermer xo'jaliklariga elita va I sinfga mansub ona quyonlarni yetkazib berish ko'zda tutiladi.

XULOSA

Kaliforniya zotiga mansub ona quyonlaming onalik hissiyotiga qarab baho berilganda nisbatan yuqori ekanligi tajriba davomida o'z isbotini topdi. Barcha 10 ta uyadan yoshiga qarab tanlab olingan ona quyonlarning 90 % elita va 1 sinf talablariga javob berishi aniqlandi. Kelgusida ona quyonlarni onalik hisiyotiga qarab tanlash ishlari chuqur o'rganilib, ishlab chiqaruvchilarga aholi xonadonlariga va fermer xo'jaliklariga elita va 1 sinfga mansub ona quyonlarni yetkazib berish ko'zda tutiladi.

REFERENCES

1. Kulko.K.S. - Razvedeniye krolikov. M. Kolos. 1984.

2. Sisayev V.S, Aleksandrov V.N - Krolikovodstva M. Agropromizdot 1985-67-72.

3. Minina I.S., Mayorov A.I. - Vse o krolikax, Albom - M. Agropromizdot 1988. 46 -52 b.

4. Qo'shoqov Sh. «Quyonchilik» Toshkent o'qituvchi, 1994 y. 14 - 17 b.

5. Xidirov K.I, NarinovU.A., Komilov A.A., Asrayev U.A., Saidiumarov O.O., Muxtorov B.O., AllashevF.S. "Quyonlarni bonitirovka qilish bo'yicha qo'llanma, Toshkent-2021. 10-16 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.