Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI EKTO PARAZITLARIGA TA’SIR QILUVCHI PEST KIL PERITROITI BILAN ZAXARLANGAN QUYON ORGANIZMINING PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHI'

QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI EKTO PARAZITLARIGA TA’SIR QILUVCHI PEST KIL PERITROITI BILAN ZAXARLANGAN QUYON ORGANIZMINING PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
insektitsid / peritroit / depressiya letal doza / alkotoksikologiya farmotoksikologiya / fipronil / nekroz / patologoanatomiya / deyariya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Isayev M.T, Axmadov A. I., Sultonova I.Y.

Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarini ekto parazitlariga ta’sir qiluvchi Pest KiL preparatining zaxarlilik darajasini quyonlar organizmiga ta’sir qilish mexanizmi, zaxarlangan quyonlarda klinik belgilari quyonlar organizmga bo‘lgan salbiy oqibatlarini, hamda yorib ko‘rilgan quyonlar organizmida o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar bayon qilingam.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI EKTO PARAZITLARIGA TA’SIR QILUVCHI PEST KIL PERITROITI BILAN ZAXARLANGAN QUYON ORGANIZMINING PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHI»

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

UDK:615.9:636.92:576.31

QISHLOQ XO'JALIK HAYVONLARINI EKTO PARAZITLARIGA TA'SIR QILUVCHI PEST KIL PERITROITI BILAN ZAXARLANGAN QUYON ORGANIZMINING PATOMORFOLOGIK O'ZGARISHI

Isayev M.T. - v.fn.laboratoriya mudiri Axmadov A. I. - kichik ilmiy xodim Sultonova I.Y. - katta ilmiy xodim Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti

Annotasiya:Ushbu maqolada qishloq xo'jalik hayvonlarini ekto parazitlariga ta'sir qiluvchi Pest KiL preparatining zaxarlilik darajasini quyonlar organizmiga ta'sir qilish mexanizmi, zaxarlangan quyonlarda klinik belgilari quyonlar organizmga bo'lgan salbiy oqibatlarini, hamda yorib ko'rilgan quyonlar organizmida o'zgarishlar to'g'risida ma'lumotlar bayon qilingam.

Аннатация: В данной статье рассмотрен механизм действия препарата Pest KiL, воздействующего на эктопаразитов сельскохозяйственных животных, на кроликов, клинические симптомы отравления кроликов, негативное влияние кроликов на организм, а также изменения в организме обследованных кроликов информация.

Summary In this condition, the mechanism of action of the drug Pest KiL is shown, which does not affect ectoparasites of domestic animals or rabbits, clinical symptoms of poisoning in rabbits, the negative effect of rabbits on the body and changes in the body observed in rabbits. Information

Kalit so'zlar: insektitsid, peritroit, depressiya letal doza, alkotoksikologiya farmotoksikologiya, fipronil, nekroz, patologoanatomiya, deyariya.

Qishloq xo'jaligining barcha sohalari qatori chorvachilikni rivojlantirish, aholini yuqori, sifatli chorva mahsulotlari va sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta'minlash hozirgi davrning dolzarb talabidir. Sohani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri mustahkam oziqa bazasini yaratish, chorva mollari zotini yaxshilash, hamda chorvachilik texnologiyasini takomillashtirib borishdan iborat.

Respublika aholisini muntazam ravishda sifatli chorva mahsulotlari bilan ta'minlash hammda veterinariya sohasini rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etish dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi.

Respublikamizda, hozirgi paytda o'simlik va hayvonlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda pestitsidlar guruhiga mansub «Sun'iy piretroidlar» asosiy o'rinni egallaydi. Piretroidlar o'zining kam zaharliligi hamda tashqi muhitda tezda parchalanib ketishligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy pestitsidlarni chorvachilik va veterinariya sohasida xavfsiz qo'llanilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishish mumkin.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Biroq jahon chorvachiligi amaliyotida mahsuldor hayvonlar va parrandalar orasida ushbu piretroidli preparatlardan o'tkir hamda surunkali zaharlanish holatlari uchrab turibdi. Mazkur holatlarni oldini olish hamda ularga qarshi kurashda, mavjud bo'lgan an'anaviy diagnostika usullari hamda umumiy davolash tadbirlarini takomillashtirish xususan piretroidlarni xavfliligini hisobga olgan holda, asosiy e'tiborni chorvachilikdagi - go'sht, sut, tuxum mahsulotlari sifatiga e'tibor qaratish lozim. Chunki bunday mahsulotlar tarkibida preparatlar qoldig'ining bo'lishi, iste'molchilar salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shu tufayli sun'iy piretroidlarning o'ziga xos xususiyatlarini har tomonlama, atroflicha tadqiq etish o'ta muhim va dolzarb bo'lib hisoblanadi.

Piretroid (insektitsid guruhi) bo'lgan preparatlar hayvonlarning ektoparazitlariga qarshi ishlatishda bezararligini hamda ularning organizmiga toksik ta'sirini o'rganish muhim vazifalardan biridir. Shuni aniqlash lozimki Pest Kill piretroiti hayvonlarning ekto parazitlariga qarshi ishlatilmoqda, lekin ularning toksikologik xususiyatlari o'rganilmaganligi sababli ularni laboratoriya hayvonlariga qo'llab bezararligini aniqlash va LD (o'ldiruvchi doza) me'yorini ko'rsatish muhim vazifa hisoblanadi.

Veterinariya toksikologiyasi bir necha xil bo'limlardan iborat bo'lib shu zayinda pestitsidlardan zaharlanish o'ziga xos jiddiy ichki yuqumsiz kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ba'zida shunday zaharlanishlar mavjud bo'ladiki organizimda me'yoridan ortiq dorilarni qo'llash natijasida kuzatiladigan ichki intoksikatsiyani keltirib chiqaradi.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining toksikologiya va terapiya laboratoriyasida tajribalar o'tkazish jarayonida veterinariya fani va amaliyotida keng qo'llaniladigan toksikologik usullaridan foydalanilib Pest Kill piretroidining quyonlar organizmga ta'sir qilish mexanizmi va klinik belgilari quyidagicha kechadi.

Quyonlarda fermentativ sestemaning faoliyatini susaytiradi, asosan asitilxolinestraza fermentiga ta'sir ko'rsatadi.Buning natijasida nerv sestemasi izdan chiqadi, hayvon harakati buziladi oyoqda turolmaydi, og'iz ,burun bo'shlig'idan kupikli suyuqlik oqadi.Boshlanishida bezovtalanish, so'ngra susayishi (depressiya)boshlanadi. Yurak urush va nafas olish tezlashdi, ko'rinadigan shilimshiq pardalari ko'kimtir tus oldi. Zaxarlanish 1soatdan 1-3 kungacha davom etadi.

Pest Kill preparati bilan zararlangan quyonlarda bir sutkadan keyin ishtaha butunlay yo'qoldi,harakat muvozanati buzildi. Og'zidan so'lak ko'zidan yosh oqishi kuchayadi. Har xil ta'surotlarga (tovush, taktil) javob reaksiyasi pasaydi. Ko'z ishlimshiq pardalari qizaradi, vaqtida yordam ko'rsatilmasa o'lim kuzatiladi.

Patomorfologik o'zgarishlar: Quyonlar nobut bo'lgandan so'ng yoki majburiy so'yilganda quyidagi quyidagilarni kuzatish mumkin junlari hurpaygan tez ajraladi,terida sarg'ayishlar kuzatiladi. Hayvon yorib ko'rilganda og'iz bo'shlig'ida qizilo'gachda qizarish, kapilyar qon tomirlarning yorilishi hisobiga kichik qon quyilishlar mavjud. Qorin bo'shlig'ida sarg'ish suyuqlik to'plangan,oshqozon-ichak ichki shilliq qavatining yemirilishi vorsinkalarning tez ajralishi,qon quyilishlar kuzatildi bundan tashqari limfa tugunlari kattalashgan,yurak hajmiga kattalshgan, huddi shunday jigar va taloq ham hajmiga kattalashgan,qon quyilishlar kuzatiladi

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Buyrakda ham o'zgarishlar mavjud ya'ni pardasi osonlik bilan ajraladi,yuzasida dog'lar ko'rinadi,siydik pufagi shilliq pardasi qizargan qon quyilishlar ko'rinadi.

Xulosa. Xulosa qilib shuni takidlash joizki qishloq xo'jalik sohasiga keladigan iqtisodiy zararni bartaraf qilish zarur. Bu borada esa qishloq xo'jalik hayvonlarini ekto parazitlarga qarshi kurashishda peritroitlardan to'g'ri foydalanish zaxarlangan hayvonlarga birinchi yordam ko'rsatish zaxarlanishini o'z vaqtida oldini olish hamda ularga qarshi kurashda, mavjud bo'lgan an'anaviy diagnostika usullari hamda umumiy davolash tadbirlarini takomillashtirish xususan piretroidlarni xavfliligini hisobga olgan holda, asosiy e'tiborni chorvachilikdagi go'sht, sut, tuxum mahsulotlari sifatiga qaratish lozim. Chunki bunday mahsulotlar tarkibida preparatlar qoldiq miqdorlarini bo'lishi, iste'molchilar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sultanova, I. Y. (2022). JOINT ETIOLOGY AND DIFFERENTIAL DIAGNOSIS OF SALMONELLOSIS AND COLIBACILLOSIS IN RABBITS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain), 145-148.

2. Рузуддинов, С., Шаяхметова, М., Султанова, И., Калиева, Н., & Рузуддинов, Н. (2016). Зубоврачебная помощь на территории казахстана на стыке xix и xx веков. Stomatologiya, 1(4 (65)), 10-14.

3. Sultanova, I. Y. Pathomorphology and Treatment Measures of Co-occurrence of Rabbit Salmonellosis and Colibacillosis. International Journal on Integrated Education, 4(6), 286-290.

4. Султанова, И., Елмуродов, Б., Исаев, М., & Абдураимова, Г. (2024). Изучение токсикологических и патоморфологических свойств гелиотропных растений на организм животных. in Library, 2(2), 28-29.

5. Исаев, М., Ахмадов, А., & Султонова, И. (2024). PEST KIL перитроит, поражающий эктопаразитов сельскохозяйственных животных, и механизм его действия на организм кроликов. in Library, 2(2), 291-295.

6. Исаев, М., Султанова, И., & Абдураимова, Г. (2024). Изучение токсического действия гелиотропов и борьба с ним. in Library, 2(2).

7. Султанова, И., Абдураимова, Г., & Емуродов, Б. (2024). Клинические признаки отравления кроликов вегетативными и генеративными формами гелиотропа и каприрхопона. in Library, 2(2), 241-243.

8. Axmadov, A. I., Isayev, M. T., & Sultonova, I. Y. (2024). QISHLOQ XO 'JALIK HAYVONLARINI EKTO PARAZITLARIGA TA'SIR QILUVCHI PEST KIL PERITROITI ZAXARLILIK DARAJASINI QUYONLAR ORGANIZMIGA TA'SIR QILISH MEXANIZMINI O 'RGANISH. Ustozlar uchun, 1(1), 291-295.

9. Abduraimova, G. T., Sultanova, I. Y., & Emurodov, B. A. (2024). QUYONLARDA GELIOTROP VA KAPRIRCHOPON O 'SIMLIKLARNING VEGETATIV VA GENERATIV SHAKLLARIDAN ZAHARLANISHDA KLINIK BELGILAR. Ustozlar uchun, 1(1), 241-243.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.