Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
UDK619:616.98:578.824.11.
QUTURISH KASALLIGINI TURLI HAYVONLAR ORASIDA TARQALISH
DARAJASI
Salimov X.S. - v.f.d., professor, Zubaydov F.F. - mustaqil tadqiqotchi. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Quturish kasalligini insonlar uchun nihoyatda xavfliligi, unga qarshi davolash usullarining yo'qligi bu kasallikni sotsial ahamiyatini belgilaydi qamda veterinariya va tibbiyot fanlari va amaliyotini diqqatini o'ziga jalb qiladi. Kasallik qo'zg'atuvchisi o'zida RNK saqlovchi neyrotrop virus bo'lib, Rabdoviridae oilasi va Lissavirus avlodiga mansub.
Kasallik virusiga har turli hayvon turlicha sezgirlikka ega. Virusga o'ta sezgir bo'lib tulki, kalamush, sichqon, bo'rilar hisoblanadi. Mushuk, ko'rshapalak, sassiq kuzan, og'maxon, quyon, dengiz cho'chqalari esa yuqori darajada sezgirlikka ega. It, ot, qo'y, echki, maymun va odamlar virusga o'rtacha darajada sezgir hisoblanadi. Yosh hayvonlar, yoshi kattaroq hayvonlarga nisbatan kasallikga moyilroq (8). Virus asosan bosh va orqa miya hujayralarida hamda so'lakda bo'ladi. Kasallik asosan kasal hayvon tishlaganda so'lagi orqali yuqadi. Bu yerda shuni ta'kidlash joizki, virus kasallikning yashirin davrida, ya'ni unga xos klinik belgilar namoyon bo'lmasdan 10 kun oldin quturadigan hayvonning so'lagida bo'ladi (5,7,8).
Quturish kasalligi virusining tabiatda barqarorligini asosan yirtqich yovvoyi hayvonlar ayrim hududlarda ko'r shapalaklar saqlaydi. Har yili butun dunyo mamlakatlarida 60-65 mingdan ziyod odamlar va 1 mln. ga yaqin har xil turdagi hayvonlar quturish kasalligidan o'ladi.
Hozirgi kunda hayvonlar orasida quturish kasalligiga qarshi kurashish unga o'z vaqtida laboratoriyaviy tekshirish asosida yakuniy diagnoz qo'yishga, lissavirusni mumkin qadar tez identifikatsiya qilishga bog'liq. (1, 2, 3, 5, 6, 10). Virusni identifikatsiya qilish uchun uni antigenini, RNKsini yoki to'qimadagi uning qoldig'ini serologik reaksiyalar yordamida aniqlash talab etiladi (4, 8,11).
MDH davlatlarida, shu jumladan O'rta Osiyo mamlaatlarida - bizning Respublikamizda ham quturish kasalligini laboratoriyaviy diagnostikasi avvalo quturgan hayvon bosh miyasidan tayyorlangan bosma surtmada Babesh-Negri kiritmalarini oddiy yorug'lik mikroskopda, ko'rishga, immuno-fluoressensiya reaksiyasida lyuminessent mikroskopda virus antigenini aniqlashga va oq sichqonlarni bosh miyasiga 10% li quturishga gumon qilingan hayvon miya suspenziyasini yuborib, biosinov natijalari asosida ushbu kasallikka ishonchli diagnoz qo'yiladi.(5, 6, 9, 10.). Ushbu tekshirish-larda gumonli natija qayd qilinsagina, yuqori sezgirlikka ega bo'lgan immunoferment tahlil yoki virus RNK sini aniqlashga imkon beruvchi mole-kulyar-biologik usul-polimeraza zanjir reaksiyasida tekshiriladi (11, 12).
Quturish kasalligining o'lka epizootologiyasini o'rganish I.A.Bakulov va V.A.Vedernikovlarning (1979) «Epizootologik tekshirish usuli» yordamida amalga
oshirildi.Quturish kasalligiga ishonchli diagnoz qo'yish uchun gumon qilingan hayvonning boshi boks xonasida maxsus asboblar yordamida ochildi va bosh miya, miyacha va uzunchoq miya olinib, steril idishga solindi.
Bosh miyasidan steril fiziologik eritmada 10% li suspenziya tayyorlash uchun miya to'qimasi dastlab xovonchada maydalanib, suspenziya steril flakonga olindi va uni cho'kishi uchun 30-40 minut saqlandi. Suspenziyaning yuqori qismi 8-10 bosh 10-12 grammli oq sichqonlarning bosh miyasiga 0,03 ml dozada yuborildi, ya'ni biosinov qo'yildi va ular 10 - 15 kun davomida kuzatildi. Suspenziyada bo'lgan bakteriyalarni yo'qotish uchun suspeziyaga 1 ml da 500 XB ) penitsilin va streptomitsin solindi. Babesh va Negri kiritmalarini ko'rish maqsadida miyaning amonovo shoxidan buyum shishalariga har bir patologik materialdan kamida 2 tadan bosma surtma tayyorlandi va Sellers yoki Muromsev usulida bo'yalgan surtmalar yorug'lik mikroskopda ko'rildi. Mikroskop ostida surtmalarda Babesh-Negri kiritmalari neyronlar sitoplazmasida ko'rinsa, bunday materialda quturish virusi mavjud deb xulosa qilindi. Surtmada Babesh-Negri kiritmalari ko'rinishidan qat'iy nazar, yuqorida ta'kidlangandek, oq sichqonlarga 10% li miya suspenziya si yuborib, biosinov qo'yildi.
Qishloq xo'jalik, uy va yovvoyi hayvonlar orasida quturish kasalligining tarqalish xususiyatlari Respublika viloyatlari va bevosita Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari xududlarida olib borgan ilmiy tadqiqotlari evaziga o'rganildi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida turli xil (qishloq xo'jalik, uy va yovvoyi) hayvonlarning quturishi bo'yicha olib borilgan tekshirish natijalari 1-jadvalda berilgan.
Jadval ma'lumotlaridan ma'lum bo'lmoqdaki, Samarqand viloyatining Urgut tumani xududidan 5 bosh it, 3 bosh qoramol, Samarqand shahridan 3 bosh it va 3 bosh mushuk, Jomboy, Nurobod, Oqdaryo, Payariq tumanlari xududlaridan 3 boshdan it, Jomboy va Nurobod tumanlaridan 1 boshdan mushuk, Oqdaryo tumanidan 3 bosh qoramol, 2 bosh it, Qo'shrabot tumanidan 4 bosh it, 1 bosh mushuk, Bulung'ur tumanidan 2 bosh it, 5 bosh qoramol, Paxtachi tumanidan 2 bosh it va Narpay tumanidan 3 bosh it, Katta-qurg'on tumanidan 3 bosh it, 2 bosh qoramol, Ishtixon tumanidan 1 bosh qoramol, Pastdarg'om tumanidan 1 bosh it- jami 39 bosh it, 14 bosh qoramol va 6 bosh mushuk bosh miyalari quturishga
1-jadval.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida hayvonlarning quturishi
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
gumon qilinib Virusologiya laboratoriyaga keltirildi. Ularning miyasidan kamida 2 tadan surtmalar tayyorlanib, Muromsev usulida bo'yalib, Babesh-Negri kiritmalarini aniqlash uchun mikroskopiya qilindi va oq sichqonlarga biosinov qo'yildi. Virusologik tekshirishlar natijasida (biosinov, mikroskopiya) Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani Uzun qishloq MFY da yashovchi Usmonov xonadonida 1 bosh qoramolda va Katta-qurg'on tumani Zarqo'rg'on MFY Oxun qishlog'ida yashovchi Zayniev xonadonida 1 bosh qoramolda quturish tasdiqlandi.
Respublikaning barcha viloyatlari xududlarida hamma tur hayvonlar orasida quturish kasalligining tarqalishi haqidagi 2015-2023 yillardagi ma'lumotlarni tahlili har turli hayvonlar orasida kasallikning tarqalishi bir xil emasligini ko'rsatdi. 20152023 yillardagi Respublikaning barcha viloyatlari hududida hayvonlarning quturishi bo'yicha ma'lumotlar 2 - jadvalda keltirilgan.
2-jadval.
Respublika viloyatlarida 2015 - 2023 yillarda barcha tur hayvonlarning
quturish kasalligi bo'yicha ma'lumot
Hayvon turi Y i l l a r Jami (bosh) %
2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
It 9 9 8 6 6 2 2 0 2 44 59,45
Mushuk 0 1 1 2 0 1 0 0 0 5 6,76
Qoramol 2 1 0 6 1 1 2 0 3 16 21,62
Qo'y 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Ot 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Eshak 0 0 0 0 1 0 0 0 0 1 1,35
Tuya 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Yov. h-nlar 0 1 1 4 2 0 0 0 0 8 10,81
Jami 11 12 10 18 10 4 4 0 5 74
Jadval ma'lumotlarini taxlili shuni ko'rsatmoqdaki, mamlakatimiz hududlarida keyingi 9 yil davomida (2015-2023 yy.) jami 74 bosh har turdagi hayvonlar quturgan. Shu davr davomida 44 bosh (59,45%) it, 16 bosh (21,62%) qoramol, 8 bosh (10,82%) yovvoyi hayvonlar, 5 bosh (6,76%) mushuk, 1 (1,35%) bosh eshak ushbu kasallik bilan kasallangan. Demak, barcha tur hayvonlar orasida eng ko'p quturish (59,45%) itlarda uchrashi, keyingi o'rinlarni qoramol (21,62%), yovvoyi hayvonlar (10,82%) va mushuk (6,76%) egallashi, eng kam quturish eshaklarda (1,35%) bo'lishi aniqlandi. Shu davr (9 yil) mobaynida ot, qo'y va tuyalar orasida quturish umuman qayd etilmadi.
Respublika viloyatlari hududlarida 2015 - 2023 yillar davomida barcha tur hayvonlar orasida quturish kasalligi bo'yicha 2- jadvalda keltirilgan ma'lumotning tahlili, ushbu kasallikni 2015 yildan 2020 yilgacha har yili 10 tadan 18 ta holatgacha, 2020,2021 yillarda 4 tadan holat va 2023 yilda 5 ta holat qayd etilganini ko'rsatdi. 2022 yilda mamlakatimiz hududida barcha tur quturishga moyil hayvonlar orasida quturish kasalligi umuman ro'yxatga olinmadi.
Shunday qilib, xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Respublikaning Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari xududlarida quturish kasalligini qishloq xo'jalik, uy va yovvoyi hayvonlar orasida tarqalishini virusologik (biosinov) va
mikroskopik tekshirishlar natijasida Oqdaryo tumani Uzun qishloq MFY da yashovchi Usmonov xonadonida 1 bosh qoramolda va Katta-qurg'on tumani Zarqo'rg'on MFY Oxun qishlog'ida yashovchi Zayniev xonadonida 1 bosh qoramolda quturish kasalligini ro'yxatga olinishi, shuningdek mamlakatimiz hududlarida 9 yil (2015-2023) davomida 74 bosh har turdagi hayvonlar quturgani, barcha tur hayvonlar orasida eng ko'p quturish (59,45%) itlarda uchrashi, keyingi o'rinlarni qoramol (21,62%), yovvoyi hayvonlar (10,81%), mushuk (6,76%) egallashi, eng kam quturish eshaklarda (1,35%) qayd qilinishi aniqlandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б., Абдухакимов, Ш., & Мавланов, С. (2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.
2. Газнакулов, Т. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, А. Х., Давлатов, Р. Б., & Абдухакимов, Ш. & Мавланов, С.(2023). ХС Салимов, МК Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.
3. Газнакулов, T. К., Орипов, А. О., Сафаров, А. А., Хушназаров, A. X., Давлатов, P. Б., Абдухакимов, H. I., & Мавланов, C. (2023). XC Салимов. MK
Бутаев, ЗЭ Рузиев,-Биохавфсизлик.
4. Элмуродов, Б., Салимов, Х., Давлатов, Р., Камбаров, А., & Тоиров, Ж. (2014). Защитим молодняк и цыплят от колисептицемии. in Library, 4(4).
5. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., & Исматова, Р. А. & Улугмуродов, АД (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения, 378-382.
6. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., Исматова, Р. А., ... & Улугмуродов, А. Д. (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. In Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения (pp. 378-382).
7. Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Орипов, А., Элмуродов, Б., Исматова, Р., ... & Абдуалимов, С. (2018). Правовая охрана объектов интеллектуальной обственности в нии ветеринарии. in Library, 18(2), 27-29.
8. Мамадуллаев, Г., Ахмадалиева, Л., Салимов, Х., Гафуров, А., Элмуродов, Б., Исматова, Р., ... & Орипов, А. (2019). Правовая охрана объектов интеллектуальной собственности в нии ветеринарии. in Library, 19(4), 228-232.
9. Давлатов, Р. Б., Насимов, Ш. Н., Ниёзов, Х. Б., Жабборов, Ш. А., Худжамшукуров, Ш. А., & Сафаров, Х. А. (2019). Парранда касалликларини профилактикаси ва даволаш буйича ТАВСИЯЛАР. Тошкент-2019, 21-26.
10. Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Худжамшукуров, А. Н. (2018). Парранда касалликлари" укув кулланма Самарканд.