UDK: 616:576.88:575.1
QASHQADARYO VILOYATINING AYRIM HUDUDLARIDA OT GELMINTOZLARINI TARQALISHI
Ulashov I.A. -V.f.f.d.katta ilmiy xodim Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining ayrim tumankaridagi aholi otlarida gelmintlarni tarqalish darajasi o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: Gelmint, gelmintoz, strangilyatoz, strongiloidoz, Trichonema spp., gelmintoovoskopiya, fyulleborn ketma-ket yuvish.
Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xujalik hayvonlarida invazion kasalliklarning tarqalishi, mavsumiy kechishi hayvon organizmidagi patologik o'zgarishlar, kasalliklarni davolash va oldini olish bo'yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ot va boshqa toq tuyoqli hayvonlar orasida keng tarqalgan gelmintoz kasalliklarga to'g'ri tashxis qo'yish, ularni bartaraf etish borasida olib borilgan tadqiqotlarga katta etibor qaratilmoqda. Otlarda 100 ga yaqin gelmint turlari bo'lib, o'tgan asrning 70-80 yillarida Rossiyada 79 tur gelmint turlari qayd qilingan bo'lsa, O'zbekistonda 53 tur gelmintlar parazitlik qilishi aniqlangan.Ot gelmintozlarini turli geografik iqlim mintaqalarda va bioekologik sharoitda tarqalishini aniqlash, kasallikni oldini olishda zamonaviy davolash, tashxis qo'yish va oldini olish borasidagi izlanishlarga alohida etibor qaratish zarur. Shundan kelib chiqqan holda gelmintoz kasalliklar qo'zg'atuvchilarining tarqalishi, tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi ilmiy asoslangan chora- tadbirlar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muammoning organilganlik darajasi. Respublikamizning turli geografik iqlim mintaqalarida toq tuyoqli hayvonlarning gelmintlari va ular sababli yuzaga keladigan kasalliklar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, jumladan Sirdaryo,Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tumanlarida ot gelmintlarining faunasi va ularning tarqalish darajasi bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar M.A.Sultonov, Ya.Safaev va S.Dadaevlar tomonidan o'rganilgan, lekin ot gelmintlari va gelmintozlari bo'yicha maxsus tadqiqotlar olib borilmagan. Shuningdek, dunyo miqyosida ot gelmintlari biologiyasi va ular chaqiradigan kasalliklar, gelmintozlarni tarqalishi, mavsumiy o'zgarishi va oldini olish borasida E.T.Lyons, J.R.Pereira, T. R.Klei, D.Traversa, J.Euzeby, J.D.Dunsmore, P.B.Ochirov, V.I.Kolesnikov, A.M.Bittirov, L.A.Bundina, L.M.Kokolovalar tomonidan ilmiy jihatdan asoslangan natijalar olingan.Ammo oxirgi yillarda ot gelmintozlari bo'yicha tadqiqotlar olib borilmagan.
Tadqiqotning maqsadi. Otlarning asosiy gelmintozlarining tarqalish darajasini va mavsumiy dinamikasini aniqlash va ularga qarshi davolash-profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot materiallari va usullarilar. Tadqiqot ishlari Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shaxrisabz tumanlaridagi aholi otlarida tekshirish ishlari olib
borildi. Kitob tumanidagi aholi otlaridan 30 bosh, Shaxrisabz tumanidagi aholi otlaridan 30 boshidan tezak namunalari olinib tekshiruvdan o'tkazildi.
Tadqiqotlar davomida olingan namunalar Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti Gelmintologiya laboratoriyasida olib borildi. Gelmintoovoskopik tekshirishlardan fyulleborn va ketma-ket yuvish usullaridan foydalanib tekshirildi.
Tadqiqotlarning natijalari. Otlarda gelmintlarni tarqalishini o'rganish natijalari 1-jadvalda keltirilgan.
lardan olingan tezak namunalarini gelmintokaprologik tekshirish natijalari,
Hudud Hayvon bosh soni Fulleborn va ketma-ket yuvish usulida tekshirilganda
Paraskaridoz Trixonematoz Strangilyatoz Strongiloidoz Anoplosefalidoz Gelmintozlar bilan umumiy zararlanishi
= % = % = % = % = % = %
Kitob tumani. 30 3 0 3 3 1 0 5 3 4 3,3 0 7
Shaxrisabz tumani 30 5 6,6 2 0 9 3 0 7 5 6,6 8 60
Jami: 60 8 3,3 5 2 0 7 5 5 9 5 8 3,3
Jadvaldan ko'rinib turibdiki, Kitob tuman hududida 30 bosh otlardan olingan tezak namunalari tekshirilganda ularning 3 boshida paraskaridroz, 13 boshida trixonematoz, 21 boshida strangilyatoz, 25 boshida strongiloidoz va 4 boshida anoplasefalidozlari qo'zg'atuvchilarining tuxumlari borligi aniqlandi. Gelmintozlar bilan umumiy zararlanishi esa 67 foizni tashkil etdi.
Shaxrisabz tuman hududida 30 bosh otlardan olingan tezak namunalari tekshirilganda ularning 5 boshida paraskaridroz, 12 boshida trixonematoz, 19 boshida strangilyatoz, 20 boshida strongiloidoz va 5 boshida anoplasefalidozlari qo'zg'atuvchilarining tuxumlari borligi aniqlandi. Gelmintozlar bilan umumiy zararlanishi esa 60 foizni tashkil etdi.
Xulosa
1. Otlarning turli gelmintozlar bilan umumiy zararlanganligi Kitob tumanida 67 % va Shaxrisabz tumanida 60 %ni tashkil etadi.
2.Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shaxrisabz tumanlarida boqilayjtgan otlar orasida trixonematoz, strangilyatoz va strongiloidoz keng tarqalgan asosiy gelmintozlar hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
1. Бундина Л.А. Эпизоотическая ситуация по паразитозам лошадей в коневодческих хозяйствах Российской федерации // Матер. междунар. конгр. «Эквирос». - М., 2001. - С. 17-20. 64.
2. Дадаев С. Эколого-географические особенности гельминтов домашних копытных животных юга Узбекистана: Автореф.... канд. биол. наук. -М.: 1978. - 18 с
3. Коколова Л.М., Гаврильева Л.Ю., Иванова З.К., Степанова С.М. Распространение гельминтозов у лошадей табунного содержания в Республике Саха (Якутия) // Российский паразитологический журнал. -2014. - №3, - С. 3033. ^
4. Орипов А.О.,Давлатов Р.Б.,Йулдошев Н.Э. Ветеринария гельминтологияси. // "Навруз" - Тошкент, - 2016. - 204-214-6.
5. Очиров П.Б. Паразитарные болезни лошадей в Калмыкии // Журнал Ветеринария, - 2003. - №6, - С. 28-29.
6. Lyons ET, Swerczek TW, Tolliver SC, Bair HD, Drudge JH, Ennis LE. Prevalence of selected species of internal parasites in equids at necropsy in central Kentucky (1995- 1999) // Veterinary Parasitology.2000; 92 (1): - P. 51-62. 175.
7. Tavassoli M, Dalir-Naghadeh B, Esmaeili-Sani S. Prevalence of gastrointestinal parasites in working horses//Pol J VetSci. 2010; 13(2): -P.319-324
8. Саттаров, Ф. Р., Рахимов, У. Т., Нортошева, М. А., & Исаев, Ж. М. (2022). ЗАВИСИМОСТЬ ПРОДУКТИВНЫХ СВОЙСТВ КОРОВ СИММЕНТАЛЬСКОЙ ПОРОДЫ ОТ ТИПОВ. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI, 734-738.
9. Орипов, А. О., Юлдашев, Н. Э., Джаббаров, Ш. А., & Исаев, Ж. (2013). К вопросу о химиопрофилактике гельминтозов. Ветеринарна медицина, (97), 396397.
10. Ахмадалиева, Л. Х., Элмуродов, Б. А., Орипов, А. О., Салимов, Х., Рузимуродов, М. А., Исматова, Р. А., ... & Улугмуродов, А. Д. (2021). ПРАВОВАЯ ОХРАНА ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ. In Проблемы трансформации естественных ландшафтов в результате антропогенной деятельности и пути их решения (pp. 378-382).
11. Орипов, А. О., Исаев, Ж. М., Улашев, И. А., & Халиков, С. С. (2019). Препараты против гельминтов овец в виде твердых дисперсий. Успехи современного естествознания, (3-2), 169-175.
12. Халиков, С. С., Орипов, А. О., Исаев, Ж. М., & Улашев, И. А. (2019). ПОЛУЧЕНИЕ МОДИФИЦИРОВАННЫХ МЕХАНОХИМИЧЕСКИМ ПУТЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ПРЕПАРАТОВ И ИХ СВОЙСТВА. In Актуальные проблемы сельского хозяйства горных территорий (pp. 324-328).
13. Khalikov, S. S., Oripov, A. O., Isaev, Z. M., & Ulashev, I. A. (2020). Properties of albendazole solid dispersions obtained by mechanochemical modification with polymers.