Научная статья на тему 'QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI INNOVATSION FAOLLIGINI BAHOLASHNING GORIZONTAL TAHLILI'

QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI INNOVATSION FAOLLIGINI BAHOLASHNING GORIZONTAL TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
moliyaviy hisobot / gorizantal tahlil / manfaatdorlik koeffitsienti / inflatsiya

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulamov Ilhom Akramovich

Ushbu maqola qurilish materiallari sanoati tamog‘ining gorizantal tahlilini jadvallar va statistikalar bilan ko‘rsatib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI INNOVATSION FAOLLIGINI BAHOLASHNING GORIZONTAL TAHLILI»

QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARI INNOVATSION FAOLLIGINI BAHOLASHNING GORIZONTAL TAHLILI G'ulamov Ilhom Akramovich

Tmc insituti, Assisent o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.13889646

Annotatsiya. Ushbu maqola qurilish materiallari sanoati tamog'ining gorizantal tahlilini jadvallar va statistikalar bilan ko'rsatib beradi.

Key words: moliyaviy hisobot, gorizantal tahlil, manfaatdorlik koeffitsienti, inflatsiya

Bugungi iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligini tahlil qilish masalalari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Korxonalar o'z sheriklarining iqtisodiy hayotiyligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilishlari kerak, buning uchun esa xo'jalik shartnomalarini tuzishdan oldin innovatsion faolligini baholash uchun xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini o'rganishlari kerak.

Korxonaning innovatsion faolligini baholash uchun uning moliyaviy holatini tahlil qilish innovatsion faoliyatning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tahlil muammolari, uning turli jihatlari ko'plab mahalliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning ishlarida o'z aksini topgan. Korxonaning innovatsion faolligini baholash uning moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko'rsatkichlar tizimini shakllantirish demakdir. Moliyaviy hisobot ma'lumotlari korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun asosiy ma'lumot manbalari hisoblanadi.

Ushbu masalaning dolzarbligi shundan iboratki, to'g'ri qaror qabul qilish uchun moliyaviy resurslarning mavjudligini o'rganish, ulardan foydalanish va boshqarishning maqsadga muvofiqligi hamda samaradorligini aniqlanadi, korxonaning to'lov qobiliyati baholanadi, uning moliyaviy munosabatlari tahlil qilinadi. Ushbu ko'rsatkichlarni baholash korxonani samarali boshqarish uchun ham o'ta zarurdir. Ular o'z navbatida rahbarlarga korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va takomillashtirishga yordam beradi.

Gorizontal tahlil mutlaq ko'rsatkichlarning nisbiy o'sish sur'atlari bilan to'ldirilgan analitik jadvalni tuzishdan iboratdir. Gorizontal tahlil barcha ma'lumotlarni umumlashgan holda o'rganishga o'xshaydi. U analitik balansning alohida aktiv va passiv moddalaridagi tendensiyalarni aniqlashga, masalan, aktiv va passiv moddalarning boshida mutlaq va nisbiy ko'rinishda qanday o'zgarganligini aniqlash imkonini beradi1.

Gorizontal tahlilning maqsadi ma'lum bir davr uchun balansning turli moddalari qiymatlaridagi mutlaq va nisbiy o'zgarishlarni aniqlash, bu o'zgarishlarni baholashdir. Biroq, inflyatsiya sharoitida tahlil qilinayotgan ma'lumotlarning real dinamikasi buzilishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy sharoitda korxona tahliliy ma'lumotlarining mutlaq o'zgarishi emas, balki ularning tuzilishi va shakllanish manbalari qiziqish uyg'otadi.

Gorizontal tahlilni o'tkazishda quyidagi usullar qo'llaniladi:

- hisobot ma'lumotlarini mutlaq ko'rsatkichlarda va hisobot davriga nisbatan foizlarda solishtirish;

- keskin o'zgarishlarni o'rganish;

1 Бердникова Т.Б. Анализ и диагностика финансово-хозяйственной деятелности предприятия: yche6. пособие / Т.Б. Бердникова. - М.: ИНФРА-М, 2011. - 215 с (с.145)

- hisobot ma'lumotlarining o'zgarishini boshqa ma'lumotlar o'zgarishi bilan solishtirgan holda tahlil qilish2.

Bizning fikrimizcha, korxonaning innovatsion faolligini baholashda yuqorida keltirilgan baholash usulidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu usulning afzalliklari quyidagilardan iborat:

- korxonaning asosiy xususiyatlarini qamrab oladi va baholash parametrlarining takrorlanishini bartaraf etadi;

- o'rnatilgan baholash parametrlari o'rtasidagi aniq ifodalangan matematik munosabatlarga asoslanadi, bu esa innovatsion faolligining taxminiy ko'rsatkichlari boshlang'ich parametrlarga bog'liqligini aniqlash va tahlil qilish imkonini beradi;

- korxonaning innovatsion faolligi darajasini bashorat qilish imkonini beradi;

- universal usul bo'lib, ya'ni tahlil maqsadlari va dastlabki ma'lumotlar mavjudligini hisobga olgan holda alohida korxonalarning innovatsion faolligini baholash imkonini beradi;

- moslashuvchan, ya'ni alohida korxonalar faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati paydo bo'ladi.

Taklif etilayotgan mazkur usulning mohiyati korxona innovatsion faolligini baholash uslubiyotini namoyon etadi, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subektlarning innovatsion faolligini oshirish mhimkoniyatlarini ko'rsatib beradi.

Innovatsion salohiyatni baholashning ushbu usuli korxona faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Ushbu masalaning dolzarbligi shundan iboratki, to'g'ri qaror qabul qilish uchun moliyaviy salohiyatning mavjudligini o'rganish, ulardan foydalanish va boshqarishning maqsadga muvofiqligi hamda samaradorligini aniqlanadi, korxonaning to'lov qobiliyati baholanadi, uning moliyaviy munosabatlari tahlil qilinadi. Ushbu ko'rsatkichlarni baholash korxonani samarali boshqarish uchun ham o'ta zarurdir. Ular o'z navbatida rahbarlarga korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va takomillashtirishga yordam beradi.

Bunday tahlil gorizontal va vertikal tahlilga asoslangan. Korxona innovatsion faolligini baholashda gorizontal va vertikal tahlilni amalga oshirish, o'z navbatida daromadlar va pul mablag'lari to'g'risidagi hisobotlarda sodir bo'lgan o'zgarishlarni vizual tarzda taqdim etish va korxonani boshqarish faoliyatini qanday davom ettirishni hal qilishda yordam berishdir.

Korxonaning innovatsion faolligini nisbiy ko'rsatkichlar shaklida taqdim etadigan ma'lumotlarning vertikal (tarkibiy) tahlili katta ahamiyatga ega bo'lib hisoblanadi. Vertikal tahlil har bir hisobot davrida o'tkazilishi talab etiladi. Jumladan, bizningcha korxona innovatsion faolligining vertikal tahlili orqali uning tarkibiy tuzilishi to'g'risida kengroq ma'lumotga ega bo'lish imkoniyati yuzaga keladi. Vertikal tahlilning maqsadi korxona innovatsion faolligini baholash va uning o'zgarishini o'rganishdir.

O'z-o'zidan gorizontal va vertikal tahlil bir-birini to'ldirib boradi. Ular asosida qiyosiy analitik ma'lumot paydo bo'ladi.

Quyida keltirilgan jadval ma'lumotlarining tahlil qilinishi natijasida shuni aytish mumkinki, mulkchilik shakllari turlicha bo'lgan qurilish materiallari sanoati korxonalari hamda turlicha aylanma mablag'larga ega bo'lgan tadbirkorlik subektlari, jumladan, «KOP TARMOQLI

2 Ефимова О.В. Анализ финансовой отчетности: уЛеб. пособие для студентов / под ред. О.В. Ефимовой, М.В. Мелник. - М.: Изд-во ОМЕГА-Л, 2011. - 408 с. (с.201)

BIZNES» MCHJ va «NANROB MOBILE SYSTEM» XK korxonalarining iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilingan (2.8-jadval).

Ushbu jadval tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'rsatkichlarga ko'ra, «KOP TARMOQLI BIZNES» MCHJ sotuvidan tushgan tushum 2019 yilda eng yuqori bo'lgan va 2023 yilda keskin pasaygan, shu bilan birga o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti 0,29 ni tashkil etgan. Sof foyda ko'rsatkichi ham 2019 yilda eng yuqori qo'rsatkichga ega bo'lgan, lekin keyingi ikki yilda yo'qotish kuzatilgan, o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti esa 0,59 ga teng bo'lgan. 2023 yilda sof foyda yana ijobiy ko'rsatkichni qayd eta boshlagan. Ishchi va xodimlar soni 2021 yilda eng yuqori bo'lgan, lekin keyin keskin qisqargan. Ishchi va xodimlar o'rtacha oylik miqdori 2022 yilda eng yuqori bo'lgan va 2023 yilda pasaygan. Asosiy fondlarning boshlang'ich qiymati ham 2020 -yilda sezilarli oshgan va keyingi yillarda o'zgarmagan. Asosiy fondlarning qoldik qiymati 2020 -yilda keskin oshgan va keyingi yillarda o'zgarmas ko'rsatkichni tashkil etgan. Asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymati 2020 yilda eng yuqori bo'lgan, keyingi yillarda esa kamayganligini ko'rish mumkin. Mazkur korxonaning deyarli barcha ko'rchsatkichlari salbiy natijani tashkil etgan, bu esa ushbu korxonaning kelajakdagi faoliyati salbiy natija bilan baholanmoqda. Taxlilga ko'ra, korxona 2019 - yilda yuqori faoliyat ko'rsatgan, lekin keyingi yillarda moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Ishchi va xodimlar soni va investitsiyalar esa 2021 yildan keyin kamaygan. Shuningdek, korxona 2023 - yilda sof foyda va sotuvdan tushgan tushum bo'yicha qayta tiklanayotganini ko'rishimiz mumkin. Ushbu jadvalda keltirilgan ikkinchi qurilish materiallari sanoati korxonasi bo'lagn «NANROB MOBILE SYSTEM» xususiy korxonasining iqtisodiy faoliyati tahlili shuni ko'rsatadiki, korxoaning iqtisodiy faoliyati davomida sotuvdan tushgan tushum 2019 yilda va 2023 yillar oralig'ida ko'payib borgan, shu bilan birga o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti 1,31 ga teng bo'lgan. O'rganilayotgan korxonaning sof foyda ko'rsatkichi ham 2019-2023 yillar oralig'ida oshib borganligini ko'rishmiz mumkin, shu bilan birga o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti ham 0,78 ga teng bo'lgan. Ishchi va xodimlar soni bo'yicha ham o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti ham 1,05 ga teng bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. O'rganiliyotgan favrda korxona sof foydasi oshmaganligiga qaramasdan ishchi va xodimlar o'rtacha oylik miqdori yil sayin ortib borgan. Asosiy fondlarning o'rtacha yillik qiymati ham o'ranilayotgan davr davomida yilda sezilarli oshgan, o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti esa 1,63 ga teng bo'lgan. Jadval tahlili shuni ko'rsatadiki, tahlil davomida o'rganilgan birinchi korxona ya'ni «KOP TARMOQLI BIZNES» MCHJ mas'uliyati cheklangan jamiyatining barcha ko'rsatkichlari salbiy natijani ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi korxona ya'ni «NANROB MOBILE SYSTEM» xususiy korxonasining iqtisodiy ko'rsatkichlari ijobiy natijani ko'rsatmoqda. Mazkur korxonaning iqtisodiy faoliyati tahlili uning rivojlanishida yuqori manfaatdorlik mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari ushbu korxonaning moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlari ya'ni, raqobatbardoshligi darajasi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Bundan shunday xulosaga kelish lozimki, fikrimizcha manfaatdorlik koeffitsientlari asosida qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligi tahlil qilish va baholash imkoniyati mavjud.

Ko'rsatkichlarning umumiy o'rtacha manfaatdorlik koeffitsientlari 1,0dan yuqori ekanligi ushbu korxonalarning yuqori rivojlanish darajasiga ega ekanligidan dalolat beradi. Albatta ushbu ko'rsatkichlarning yuqori ekanligi yaxshi holat biroq bunday tahlil usuli orqali ayrim ko'rsatkichlarning manfaatdorlik koeffitsienti ko'rsatkichi bir xil ekanligini ko'rish mumkin.

2.8-jadval

Qurilish materiallari sanoati korxonalarining iqtisodiy faoliyati ko'rsatkichlari bo'yicha ma'lumot3

Ko'rsatkichlar 2019 y. 2020 y, 2021 y. 2022 y. 2023 y. O'rtacha manfaatdorlik fcoeffitBÎyenti

«KOT TARMO QL I BIZNES» MCHJ «NANROB MOBILE SYSTEM» SK «KO'P TARMO QLI BIZYES» MCHJ «NANROB MOBILE SYSTEM» XK «KOT TARMO QLI BIZMS» MCHJ «NANROB MOBILE SYSTEM» XK «KOT TARMO QLI BIZNES» MCHJ «NANROB MOBILE SYSTEM» XK «KO"P TARMO QLI BIZNES» MCHJ «NANROB MOBILE SYSTEM» XK «KOT TARMO QLI BIZNES» MCHJ «.VANROB MOBILE SYSTEM» XK

l.Sotuvdan tushgan tushum 2,59 5,20 0,87 0.78 0,72 1,45 0,90 1,10 0,08 1,38 0,29 1,31

2.Sof foyda 4.28 3,63 0,31 0,41 -1,86 0,74 0,47 1,01 -0,22 0,73 0,59 0,78

3.Ishchi va xodimlarning umumiy soni 1.68 1,05 1,19 1,02 1,20 1,13 0,42 1,07 0,47 1,00 0,74 1,05

Shundan:

4.Ishchi va xodimlar orasida sug'urtalanganlar soni 1.68 1,05 1,19 1,02 1,20 1,13 0,42 1,07 0,47 1,00 0,74 1,05

5. Ishchi va iDdimlarning o'rtacha oylik miqdori 1.23 1,30 1,56 1,48 0,61 0,78 1,27 1,12 1,58 1,69 1,11 1,19

6.Asosiy fondlarning bashlang'ich qiymati 1,13 6,45 2,36 1,21 1,00 1,57 1,00 1,10 0,96 1,85 1,15 1,63

7.Asosiy fondlarning qoldiq qiymati 1.14 16,42 2,40 1,09 0,72 1,54 0,72 1,10 1,00 1,84 0,99 1,62

S.Kiritilgau iiivestitsiyalar hajmi 0.56 0,00 5,59 0,00 0,00 0,00 0,00 0,24 0,00 8,91 1,01 0,46

9.Asosiy vositalarniiig o'rtacha yillik qiymati 1,13 9,00 2,3 S 1,15 o,ss 1,56 0,90 1,10 0,97 1,85 1,09 1,63

Shu bilan birga, bunday bir xillik ushbu ma'lumotlarning to'g'riligi va haqiqatga mos kelishiga shubha uyg'otadi. Mazkur jadvalning gorizontal tahlili shuni ko'rsatadiki turli mulkchilik shakllariga ega qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligi tashkil etuvchi boshqaruv resurslarining umumiy o'rtacha integral ko'rsatkichlari turli xil korxonalarda turlicha bo'lgan. Mazkur jadval bo'yicha qurilish materiallari sanoati korxonalarining iftisodiy faoliyatining miqdoriy ko'rsatkichlarga ega ma'lumotlari 7-ilovada keltirilgan.

Keltirilgan 2.9-jadval qurilish materiallari sanoati korxonalarida yollanib ishlovchi ishchi va xodimlarning ma'lumot darajasi bo'yicha taqsimlanishini ko'rsatadi. Jadvalda 2019-2023 yillar oralig'ida «KOT TARMOQLI BIZNES» MCHJ va «NANROB MOBILE SYSTEM» xususiy korxonasidagi ishchilar va xodimlar soni gorizontal va vertikal tahlil asosida taqdim etilgan. «KOP TARMOQLI BIZNES» MCHJ qurilish materiallari sanoati korxonasida ishchilarning umumiy soni 2019-2023 yillar oralig'ida keskin kamayib borgan. Jumladan o'rganilayotgan davr oralig'ida gorizontal tahlilga asosan jami ishchilar soni 120 foizga kamayib, manfaatdorlikning o'rtacha o'zgarish koeffitsienti 0,74 ga teng bo'lgan. O'rganilayotgan davrda oliy ma'lumotli mutaxassislar manfaatdorlikning o'rtacha o'zgarish koeffitsienti 0,75 ga teng bo'lganligini ko'rish mumkin. O'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan ishchi va xodimlar sonining ham manfaatdorlik o'rtacha o'zgarish koeffitsienti 0,73 ga teng bo'lgan. O'rganilayotgan 2019-2023 yillar oralig'ida «KOP TARMOQLI BIZNES» MCHJ korxonasidagi ishchilar va xodimlar sonining gorizontal ko'rsatkichlari yillar davomida sezilarli darajada kamayib borgan, bu esa ishchilar sonining kamayishini anglatadi. Vertikal ko'rsatkichlarda o'zgarishlar nisbatan kam bo'lib, bu ishchilarning umumiy sonidagi barqarorlikni ko'rsatadi. Bundan tashqari oliy ma'lumotli ishchi va xodimlar soni ham gorizontal, ham vertikal bo'yicha kamaygan. Bu esa kadrlar malakasining pasayishini ko'rsatishi mumkin. O'rta maxsus ma'lumotli ishchilar soni yillar davomida nisbatan barqarorligini saqlab qolgan. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki ishchi va xodimlarning soni yillar davomida

kamaygan. Oliy ma'lumotli va bakalavriat va magistr darajasidagi ishchilar sonining kamayishi korxonalarning malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojini ko'rsatadi. Vertikal ko'rsatkichlarning nisbatan barqarorligi korxonadagi ishchilar sonining ma'lum darajada doimiyligini ko'rsatadi. Korxonalar raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi ishchi yollashda oliy ma'lumotli kadrlarni ko'proq jalb qilish talab etiladi. Yuqoridagi tahlil asosida, korxonalar o'z kadrlar siyosatini qayta ko'rib chiqishi va malakali ishchi kuchini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rishi lozim.

2.9-jadval

Qurilish materiallari sanoati korxonalarida yollanib ishlovchi ishchi va xodimlarning ma'lumot darajasi bo'yicha taqsimlanishi3

2019 jj| 2020 yil 2021»! 2022 yjl 2023»!

Wluroot daujasi «ko'p tarmoqli bizmes» mchj <<nat<tiob mobile system» xk «ko'p tarmoql bizmes» mchj «nanrob mobile system» xk «kop tarmoql i biznes» mchj «nanrob mobil! system» xk «ko'p tarmoq li biznes» mchj «nanrob mobile system» xk «ko'p t armo ol i biznes» mchj «n.anrob mobile system» xk «ko'p tarmoq li biznes» mchj «nanrob mobile system» xk

a o ■g ¿d ? O) a o z j¿ ? Ii a c ■g ¿d Ï a a o ■s S If a o Z ? O" a o ■s ? <U a 0 ■s ¿d Ï a O Z ? <U a o Z jd 1 a o Z ¿d V 0) a o ■g ? a 0 Z ? a>

OD bfl bD dt) ötj bD bD sc OD sc bD m

Jami 1.68 1.00 1,05 1,00 1,19 1,00 1,02 1,00 1.20 1,00 1,13 1,00 0.42 1.00 1.07 1,00 0,47 1,00 1.00 1,00 0.74 1,00 1,05 1,00

ííüj/ 1.90 0.33 1,13 0,09 1,03 0,28 0,67 0,06 1.24 0,29 2,33 0,12 0.41 0.29 1.57 0,11 0,52 0,32 1.00 0,11 0.75 0,30 1,12 0,09

state

inapte. 1.90 0.33 1,13 0,09 1,03 0,28 0,67 0,06 1.24 0,29 2,33 0,12 0.41 0.29 1.57 0,11 0,52 0,32 1.00 0,11 0.75 0,30 1,12 0,09

-phdj&jkft

1.59 0.67 1,05 0,91 1,27 0,72 1,06 0,94 1.18 0,71 1,05 0,88 0.42 0.71 1.08 0,89 0,45 0,68 1.00 0,89 0.73 0,70 1,05 0,90

öäfe™

O'rganilayotgan davrda «NANROB MOBILE SYSTEM» XK qurilish materiallari sanoati korxinasi ishchi va xodimlar faoliyatining gorizontal tahliliga asosan jami ishchilar sonining manfaatdorlik o'rtacha o'zgarish koeffitsienti 1,05 ga teng bo'lgan. Oliy ma'lumotli mutaxassislar manfaatdorlikning o'rtacha o'zgarish koeffitsienti 1,12 ga teng bo'lganligini ko'rish mumkin. O'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan ishchi va xodimlar sonining ham manfaatdorlik o'rtacha o'zgarish koeffitsienti 1,05 ga teng bo'lganligini ko'rish mumkin. Xulosa sifatida aytish mumkinki mazkur korxona ishchi va xodimlari soni o'rganilayotgan davr davomida barqaror o'sib borganligini aytish mumkin. Lekin ikkala korxonalarda ham PhD va DSc ilmiy darajalariga ega ishchi va xodimlarning yo'q ekanligi bizning nuqtai nazardan salbiy holat hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlarni o'rganish oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish va samarali investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish uchun zarurdir. Bundan tashqari ushbu jadval bo'yicha barcha miqdor ko'rsatkichlariga ega ma'lumotlar 3-ilovada keltirilgan.

O'tkazilgan tahlillardan shuni xulosa qilib aytish lozimki, qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligi tarkibini tashkil etuvchi ilmiy salohiyatga ega kadrlarning yetishmasligi, sohada innovatsion bo'shliqning yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida mazkur sohada ilmiy salohiyatga ega kadrlarni jalb etish orqali korxonaning moliyaviy-iqtisodiy va investitsion-innovatsion rivojlanishini ta'minlash imkonini beradi va shu bilan birga

3 Qurilish materiallari sanoati korxonalari ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

o'tkazilgan ekspert so'rovlari natijasiga ko'ra, qurilish materiallari sanoati korxonasining ilmiy salohiyatli kadrlar darajasi 1-3 foiz oralig'iga teng bo'lishi kerakligi aniqlangan.

Keltirilgan 2.10-jadvalni tahlil qilish uchun unda keltirilgan ma'lumotlarini kengroq ko'rib chiqish talab qilinadi. Mazkur jadvalda «KOT TARMOQLI BIZNES» MCHJ yog' ishlab chiqaruvchi qurilish materiallari sanoati korxonasida yollangan ishchi va xodimlar soni va ularning toifalari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu ma'lumotlar 2018 yildan 2023 yillar oralig'ini qamrab oladi. O'rganilayotgan davrda jami ishchilar soni 2018 yildan 2021 yilgacha o'sib borgan, ammo 2022 va 2023 yillarda biroz kamayganligini ko'rish mumkin.

O'rganilayotgan 2018-2023 yillar oralig'ida rahbar xodimlar soni deyarli o'zgarmagan (10-11 kishi). O'rtacha manfaatdorlik o'zgarish koeffitsiyenti 1.02 ga teng bo'ulgan, ya'ni ularning soni barqarorligini ko'rsatadi. Mutaxassis kadrlar soni 2018-2021 yillarda biroz o'sgan, 2022 va 2023 yillarda esa 2018 yil ko'rsatkichlari darajasiga qaytgan. O'rtacha manfaatdorlik o'zgarish koeffitsiyenti 0.77 ga teng bo'lagan, ya'ni ularning soni kamayganligini ko'rish mumkin. Texnik xodimlar soni esa 2018-2021 yillarda ortagnligini ko'rish mumkin, 2022 va 2023 yillarda ularning soni ham kamayib borgan. O'rtacha marfaatdorlik koeffitsiyenti 0.90 ga teng bo'lgan. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar soni ham 2019 yilda ularning soni 10 kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2022 va 2023 yillarda bu ko'rsatkich nolga teng bo'lgan. Shu bilan birga ishlab chiqarish xodimlari soni ham 2018-2021 yillar oralig'ida ortgan, ammo 2022 va 2023 yillarda kamaygan. Tahlil qilinayotgan davrda jami ishchilar sonining o'rtacha manfaatdorlik koeffitsiyenti 0.77 ni tashkil qilgan, bu esa korxonada ishchilar soni umumiy hisobda kamayganini ko'rsatadi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, 2022 va 2023 yillarda ishchilar soni sezilarli darajada kamaygan, bu esa birinchi galda dunyo bo'yicha va mamlakatda sodir bo'lgan pandemiyaning salbiy oqibatlari sifatida namoyon bo'lmoqda.

2.10-jadval

«KOT TARMOQLI BIZNES» MCHJ qurilish materiallari sanoati korxonasida yollanib ishlovchi ishchi va xodimlarning toifalari bo'yicha

TAQSIMLANISHI

(kishi) 4

Toifalar 2 018 y. 2 019 y. 2 020 y. 2 021 y. 2 022y. 2 023y. Ma nfaatdorli kning o'rtacha o'zgarish koeffitsie nti

Jami 7 2 1 21 1 44 1 73 7 2 3 4 0,7 7

Shu jumladan:

rahbarlar 1 0 1 0 1 0 1 1 1 0 1 1 1,0 2

mutaxassisla r 3 1 4 0 4 1 4 3 3 1 1 1 0,7 7

4 Qurilish materiallari sanoati korxonalari ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

texnik xodimlar 1 0 1 0 2 1 2 2 1 0 0 0,9 0

xizmat ko'rsatuvchi xodimlar 0 1 0 1 1 0 0 1,0 0

ishlab chiqarish xodimlari 2 1 6 1 6 2 8 7 2 1 1 1 0,6 6

Quyida keltirilgan 2.11-jadvalda «NANROB MOBILE SYSTEM» XK qurilish materiallari sanoati korxonasida ishlovchi ishchi va xodimlarning 2018 yildan 2023 yilgacha bo'lgan davrdagi ishchi va xodimlarning toifalari bo'yicha miqdoriy ko'rsatkichlari keltirilgan. Mazkur korxonada tahlil qilinayotgan davrda ishlovchilar soni yildan-yilga ortib borgan va 2022 yilda yuqori nuqtaga yetgan, 2023 yilda esa jami ishchilar soni barqaror soqlanib qolgan. Rahbar kadrlar soni tahlil qilinayotgan turli yillarda o'zgarib turganligini ko'rish mumkin, lekin 2022 va 2023 yillarda ushbu ko'rsatkich ham barqarorligini saqlab qolgan. Mutaxassislar soni yillik o'zgarishlarga ega, lekin umumiy holda ortagnligini ko'rish mumkin. Texnik xodimlar soni esa yillar davomida o'zgarmagan. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar soni o'sib borgan, lekin 2023 yilda bir kishiga kamayganligini ko'rimiz mumikn. Ishlab chiqarish xodimlari soni esa yildan-yilga sezilarli darajada ko'paygan va 2022 yildan beri bir xil saqlanib qolganligini ko'rishimiz mumkin. Shu bilan birga eng yuqori o'rtacha manfaatdorlik ko'rsatkichi ishlab chiqarish xodimlari hissasiga to'g'ri kelmoqda (1,05), eng past koeffitsient esa rahbar kadrlar hissasiga to'g'ri kelmoqda (0,95). Yuqoridagi tahlilga asoslanib, korxona jami ishlovchilar soni va ishlab chiqarish xodimlari soni yilma-yil oshib borganini ko'rish mumkin. Texnik xodimlar soni barqaror qolgan, rahbarlar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar esa kam miqdorda o'zgarishga uchragan. O'rtacha manfaatdorlik koeffitsienti esa jami ishlovchilar uchun ijobiy ko'rsatkichni saqlab qolgan.

2.11-jadval

«NANROB MOBILE SYSTEM» qurilish materiallari sanoati korxonasida yollanib ishlovchi ishchi va xodimlarning toifalari bo'yicha

TAQSIMLANISHI

(kishi)

2 018 y. 2 019 y. 2 020 y. 2 021 y. 2 022y. 2 023y. Ma nfaatdorli kning o'rtacha o'zgarish koeffitsien ti

Jami 9 4 9 9 1 01 1 14 1 22 1 22 1,0 5

Shu jumladan:

rahbarlar 6 7 5 5 5 5 0,9 5

mutaxassi slar 8 1 0 8 9 8 1 0 1,0 2

texnik xodimlar 2 2 2 2 2 2 0,9 8

xizmat ko'rsatuvchi xodimlar 2 3 4 4 4 3 1,0 4

ishlab chiqarish xodimlari 7 6 7 7 8 2 9 4 1 03 1 03 1,0 5

Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligi oshirishda mehnat resurslari muhim o'rin tutadi. Mehnat resurslarini rivojlantirish quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi.

Qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligi oshirishda mehnat resurslari muhim o'rin tutadi. Mehnat resurslarini rivojlantirish quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi.

l.Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash. Bu yangi xodimlar uchun dastlabki ta'lim dasturlarini tashkil etishni o'z ichiga oladi.

2. Doimiy o'qitish va malakasini oshirishib borish. Mavjud xodimlar uchun doimiy ravishda malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

3. Mehnat sharoitlarini yaxshilash. Zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish.

4. Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni ta'minlash. Ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, sog'liqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish.

5.Motivatsiya tizimini kuchaytirish. Ishchilarga turli xil ijtimoiy imtiyozlar, tibbiy sug'urta, pensiya ta'minoti va boshqalarni taqdim etish.

6. Maosh va bonus tizimi kengaytirish. Ishchilarning maoshlari va bonuslarini ishlab chiqarish samaradorligiga bog'liq ravishda oshirib borish.

7. Ishlab chiqarish madaniyati va muhitini rivojlantirish. Sadoqat, mehnat unumdorligi va ijodkorlikni rag'batlantiruvchi korporativ madaniyatni rivojlantirish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Jamoaning mehnat qobiliyatini oshirish. Jamoaviy treninglar, seminarlar va motivatsion tadbirlarni tashkil etish.

9. Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish.

10.Innovatsion loyihalarni kengaytirish. Yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini tadqiq qilish va rivojlantirish.

11.Rahbarlik va boshqaruv ko'nikmalarini rivojlantirish. Rahbarlar va boshqaruvchilarning liderlik ko'nikmalarini rivojlantirish.

12. Boshqaruv samaradorligini oshirish. Samarali boshqaruv usullarini joriy etish va ijro apparatini mustahkamlash.

Mazkur tarkibiy qismlar qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion faolligi oshirish va ular orqali raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Qurilish materiallari sanoati korxonalari innovatsion faolligini tahlil qilish va oshirishda avvalambor iqtisodiy manfaatlar nuqtai narazidan yondashuv amalga oshirish

maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki taklif etilayotgan baholash me'zonlari asosida qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatini yuqori aniqlikda prognoz qilish va mavjud kamchiliklarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa iqtisodiy manfaatdorlik indekslarini qo'llash orqali korxonalarning iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshiroq o'rganish imkoniyatini yaratadi. Qurilish materiallari sanoati korxonalarining iqtisodiy faoliyati natijasida umumiy manfaatning ortib borishi iqtisodiy qonunining yuzaga kelishi va manfaatdorlikning ortib borishi bilan moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat, marketing, innovatsion, boshqaruv va ehtimoliy faolliklarini innovatsion faollik sifatida baholash zarur hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Бердникова Т.Б. Анализ и диагностика финансово-хозяйственной деятелности предприятия: уЧеб. пособие / Т.Б. Бердникова. - M.: ИНФРА-M, 2011. - 215 с (с.145)

2. Ефимова О.В. Анализ финансовой отчетности: уЧеб. пособие для студентов / под ред. О.В. Ефимовой, M.B. Mелник. - M.: Изд-во OMЕГA-Л, 2011. - 408 с. (с.201)

3. Гунина И.А. Теоретико-методологические основы формирования концепции развития экономического потенциала предприятия // Mашиностроител. - 2004. - № 10. С.10-14

4. Жигунова О.А. Теория и методология анализа и прогнозирования экономического потенциала предприятия: монография. - M.: ИД «Финансы и Кредит», 2010. - 140 с.

5. Гвозденко А. Н. Исползование методики многофакторного SWOT-анализа для разработки стратегических направлений деятелности / А H Гвозденко // Mаркетинг и маркетинговые исследования 2006 - № 4- С.13-16.

6. Хакен Г. Основные понятия синергетики // СинергетиЧеская парадигма. -M.: 2000, -С.29

7. Суворова Л.А. СинергетиЧеский эффект кластеризации отрасли: анализ, оценка, прогноз: монография. - Киров: ВятГУ, 2015. - С.91-92.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.