PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
KICHIK TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BOSHQARISH VA XORIJ TAJRIBASINI O'ZIMIZDA QO'LLASH
Bozorov Ilyos Isomiddinovich
TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi E-mail:ilyosbozorov1986gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13325996 Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faol bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini faoliyatini oshirish xamda xorij tajribalarini qo'llash mamlakatimizda. Bugungi davrda davlatimiz tomonidan kichik va o'rta biznesga juda katta imkoniyatlar berilyapti. 2024 yilni Yoshlar va biznesni qo'llab quvatlash yili deb elon qilindi. Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda katta axamiyat berilmoqda.
Kalit so'zlar: milliy daromad kichik va o'rta biznes rivojlantirish, subsidiya innovatsiya tavar aylanmasi invistitsiya tavar aylanmasi, makroiqtisodiy barqarorlik, investor, Yalpi ichki maxsulot, Xususiy siktor, iqtisodiy resurslar, kapital.
KIRISH
Hozirgi paytda jahon hamjamiyatining rivojlangan mamlakatlarida an'anaviy ilmiy texnika taraqqiyotida innovatsion, ilmiy texnologik tartibga jadal o'tish jarayoni ro'y bermoqda. Ayniqsa diversifikatsiya sharoitida bunday jarayon ko'lami yanada kengayib borishi tabiiy. Innovatsion tartibning avvalgisidan farqi shundaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, shakllanishi va davlat tomonidan moliyalashtirish tizimidan texnologik va ilmiy innovatsiyalar barcha turlarini davlat tomonidan rag'batlantirishga o'tish kuzatilmoqda. Hozirda AQSHda va xususan, Farbiy Yevropada eng avvalo Fransiya, Germaniyada xususiy mulkni ko'paytirish xamda ularni moddiy texnika bazalarini rivojlantirish muxim axamiyat kasb etmoqda. Uning asosiy vazifasi -ilmiy va texnologik innovatsiyalar, eng avvalo, kichik va o'rta korxonalar uchun, shuningdek, o'rta va qisqa muddatli dasturlar sohasida tezkor diversifikatsiya uchun eng qulay sharoitlar yaratishdir. Kichik biznesni moliyalash bo'yicha AQSH jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Yangiliklarni joriy etish jarayonlari juda tez amalga oshirilib ularning raqobatchilari ham topiladi. Ko'plab rivojlangan mamlakatlarda diversifikatsiya sharoitida ilmiy tadqiqot ishlari va muhandislik tadqiqotlari (ITIMT)ni moliyalashdagi davlatning roli ancha faol bo'lib, faqat davlat tashkilotlari tomonidangina amalga oshirilmaydi. Buning uchun xususiy korxonalar ham o'z xissalarini qo'shib boradilar. Hozirgi vaqtda AQSHda federal hukumat ulushi (moliyalash manbai sifatida) barcha xarajatlar salmog'ining 50 foizini tashkil etadi. Bu ko'rsatkich Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Germaniyada 40 foiz atrofida, Fransiyada 57 foiz, Yaponiyada 28 foizga to'g'ri keladi. Ilmiy tadqiqot ishlari va muhandislik tadqiqotlari (ITIMT) sohasining davlat tomonidan bunday e'tibor bilan ko'llab quvvatlanishi qonuniy bo'lib, bir qator dalillar bilan izohlanadi. Diversifikatsiya sharoitida ilmiy tadqiqot konstruktorlik ishlari davlat tomonidan turli shakllarda qo'llab-quvatlanishi mumkin, jumladan:
-hududlarda axoli turmush tarzini yaxshilash va xududning ijtimoiy iqtisodiy ko'rsatgichlarini oshirib
borish judaxam zarur hisoblanadi. Yangi korxonalarni qo'llab quvatlash shart-sharoitlar yaratilib borishi uchun bevosita byudjet mablag'larini ajratish (davlat tashkilotlari orqali moliyalash, shartnomalar tuzish, subsidiyalar ajratish). Ayni holatda davlat yirik xarajatlar talab qilinadigan va ko'plab tavakkalchilikka ega bo'lgan tashkilotlarni yetakchi yo'nalishlaridagi ko'p kapitalli tadqiqotlarni moliyalashni o'z bo'yniga oladi;
- ilmiy tadqiqotlarni (ITIMT) bilvosita moliyalashning turli usullari: xususiy kompaniyalar, innovatsiya jarayonini rag'batlantirish, shuningdek, ular investitsiyasini yangi asbob-uskunalar olish uchun kengaytirish maqsadlarida soliq va ammortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish. Davlat ayni vaqtda kichik tadqiqot biznesi uchun shart-sharoit yaratishga ko'maklashadi, davlat tomonidan fan-texnika taraqqiyotini bevosita moliyalash xususida to'laroq to'xtab o'tamiz. Rivojlangan davlatlarda innovatsiyalarni amalda qo'llash uchun subsidiyalar (grantlar) beriladi, subsidiyalarning o'ziga xosligini quyidagicha belgilash mumkin:
- ular kichik ijrochilarning asosiy ish joyida oylik ish haqidan va unga bog'liq bo'lmagan holda beriladi;
- subsidiyalar qaytarib berilmaydi;
- subsidiya olgan olim yoki ilmiy jamoa, olgan mablag'larni mustaqil sarflaydi. AQSH davlat innovatsiya siyosatining obyekti - bu asosan xususiy biznesdir.
Masalan, AQSHda kichik biznes ishlari bo'yicha Ma'muriyat agar korxona o'z sohasida monopol mavqeyga ega bo'lmasa va bo'linmalardagi ishchilar bilan birgalikda ishchilar soni 500 kishidan oshmasa uni kichik korxona hisoblanishini belgilab qo'ygan. Biroq, bu masalaning faqat umumiy tomoni, xolos. Bundan tashqari Ma'muriyat kichik korxonalarning tarmoqlar bo'yicha tasnifini ham ishlab chiqqan. Chunonchi, qayta ishlovchi sanoatda kichik korxonalar jumlasiga ishchilar soni 250 kishigacha bo'lgan korxonalar kiritilgan bo'lsa, ishchilar soni 1000 kishidan ko'p bo'lgan korxonalar yirik korxonalar hisoblanadi. 250 va 1000 kishi oralig'idagi korxonalar u yoki bu quyi tarmoqning
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
xususiyatlariga ko'ra kichik yoki yirik korxonalar jumlasiga kiritiladi.
Masalan, yuqoridagi Ma'muriyat tasnifiga ko'ra, mashinasozlikda 41 ta quyi tarmoq mavjud bo'lib, ularning 18 ta quyi tarmog'ida 250 kishigacha, 12 quyi tarmog'ida 500 kishigacha, 11 quyi tarmog'ida 1000 kishigacha ishchilar band bo'lsa kichik kor- xona hisoblanadi.
Quyidagi jadvalda iqtisodiyotning boshqa sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning miqdoriy mezonlari keltirilgan.
AQSHda kichik biznes ishlari bo'yicha Ma'muriyat tomonidan ishlab chiqilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning miqdoriy mezonlari
1-Jadval
Ishlab chiqaruvchilar
Neftni qaytaishlas EHM Makaron va spagettilar
Ulgurji savdo shug'ullanuvchilar
bilan
Sport mahsulotlari Mebel
Lak-bo'yoq buyumlari
Chakana savdo shug'ullanuvchilar
bilan
Baqqollik magazinlari
Avtomabillar agentligi Restoranlar
Xizmat ko'rsatish
EHM xizmati Buxgalteriya xizmatlari
Televizorlarni ta'mirlash
Ishlab
chiqaruvchilar
1500 gacha 1000 gacha 500 gacha
Ishchilar soni, kishi
500 gacha 500 gacha 500 gacha
Tovar
aylanmasi, 1 yilda mln.doll.
13,5 gacha 11,5 gacha 10,0 gacha
Tovar
aylanmasi, 1 yilda mln. doll.
12,5 gacha 4,0 gacha 3,5 gacha
Jadval ma'lumotlariga ko'ra, neftni qayta ishlovchilar, EHM, makaron va spagetti ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchilar uchun asosiy miqdoriy mezon ishchilar soni bo'lsa, chakana savdo bilan shug'ullanuvchilar, xizmat ko'rsatish sohalari uchun tovar aylanmasi hisoblanadi.
Frantsiyada kichik va o'rta tadbirkorlar umumiy konfederatsiyasi kichik va o'rta korxonalarga quyidagicha ta'rif beradi:
«korxona egasi kapitalning katta qismiga ega bo'lgan, o'z xodimlarini shaxsan nazorat qiladigan va ular bilan doimiy bevosita aloqada bo'ladigan korxonalar kichik va o'rta korxonalar deb yuritiladi»
Kichik va o'rta korxonalarning miqdoriy mezonlari quyidagilardan iborat: 10 kishidan 50 kishigacha yollanma ishchiga ega bo'lgan korxonalar kichik, 50 dan 500 gacha o'rta va 500 dan ortiq ishchiga ega bo'lgan korxonalar yirik korxonalar. Germaniyada ham kichik va o'rta korxonalarning miqdoriy me- zonlari Frantsiyadagi singari belgilangan.
Frantsiyada boshqa bir qator yevropa mamlakatlari (Ger- maniya, Italiya va boshqalar) kabi hunarmand maqomi mav- jud. odatda ishchilar soni 10 kishigacha bo'lgan korxonalar hunarmand maqomiga ega bo'ladilar. AQshda bunday tushuncha mavjud emas. Bunday korxonalar u yerda kichik korxonlar deb yuritiladi.
Frantsuz hunarmandi o'z hisobidan korxona tashkil etuvchi, kasbiy malakaga ega bo'lgan, o'z korxonasini shaxsan boshqaruvchi va uning ishida bevosita qatnashuvchi kishidir. Hunarmand yollanma mehnatdan ham foydalanishi mumkin, biroq ularning umumiy soni oila a'zolarni ham qo'shib hisoblaganda 10 kishidan oshmasligi lozim. Hunarmandchilik ishlab chiqarishining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda korxona egasi ayni vaqtda ishchi vazifasini ham bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, hunarmandchilikda mulkning mehnatdan ajralishi yuz bermagan bo'ladi.
Yaponiyada kichik va o' rta korxonalar ikkita mezon bo'yicha aniqlanadi: korxonaning ustav kapitali miqdori va unda band bo'lgan ishchilar soni. Ularning miqdoriy hajmlari tarmoqlar xususiyatidan kelib chiqib bir-biridan farq qiladi.
Yaponiyada kichik va o'rta korxonalardan tashqari partsellyar (mitti) korxonalar tushunchasi ham mavjud. Qayta ishlash va tog'-kon sanoatida ishchilar soni 20 kishidan, chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasida 5 kishidan oshmasa, bunday korxonalar partsellyar korxonalar deb yuritiladi.
MDH mamlakatlarida kichik va o'rta korxonalarning miqdoriy mezoni sifatida yagona ko'rsatkichdan korxonada band bo'lgan ishchilar sonidan foydalaniladi.
Rossiyada kichik va o'rta biznesning miqdoriy mezonlari quyidagicha: sanoat, qurilish va transportda band bo'lgan ishchilar soni 100 kishigacha, fan-texnika sohasida - 60 kishigacha, savdoda - 50 kishigacha, chakana va maishiy xizmat sohasida - 30 kishigacha, boshqa tarmoqlar va faoliyat sohalarida - 50 kishigacha.
2-Jadval
Yaponiyada kichik va o'rta korxonalarning
Tarmoqlar Ustav kapitali, mln. iena Band bo'lgan ishchi- lar soni, kishi
Qayta ishlash va tog'-kon sanoati 100 gacha 300 gacha
Ulgurji savdo 30 gacha 100 gacha
Chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasi 10 gacha 50 gacha
O'zbekistonda ham kichik biznes sub'ektlarini aniqlashning mezoni ishchilar soni hisoblanadi.
Fikrimizcha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini faqat bitta mezon bo'yicha aniqlash maqsadga muvofiq emas. Buning sababi shundan iboratki, yirik, ammo to'liq avtomatlashtirilgan sanoat korxonasi ko'p ishchi kuchini talab qilmaydi. Ayni vaqtda, masalan, alkogol ichimliklari ishlab chiqaruvchi
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
korxonalarda ishchilar soniga nisbatan tovar aylanmasi muhimroq ko'rsatkich hisoblanadi.
Yana shuni alohida ta'kidlash lozimki, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkor- lik sub'ektlarini yagona mezon asosida aniqlash bandlik muammo- sini ijobiy hal etishga aks ta'sir ko'rsatadi.
3-Jadval
O'zbekistonda kichik biznes sub'ektlarini aniqlash mezonlari.
Kichik Tarmoqlar Tarmoqlar
tadbir korlik sub'ekt lari
Mikrofi r- malar Ishlab chiqarish tarmoqlarida Ishlab chiqarish tarmoqlarida
Xizmat ko'rsatish sohasida va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa tarmoqlarda Ish bilan band bo'lgan xodimlarnin g o'rtacha yillik soni
Ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida Ko'pi bilan - 20 kishi
Kichik korxon alar Yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog'ochsozlik, me- belb sanoati, qurilish materiallari sanoati shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutil-gan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida Ko'pi bilan - 10 kishi
Qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-ovkat sanoatida Ko'pi bilan - 5 kishi
Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgi-energeti- ka va kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulot- lari yetishtirish va ularni qayta ishlash, quri- lish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutil- gan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida
Fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohalari (sug'urta kompaniya- laridan tashqari), savdo va umumiy ovqatla- nish hamda ishlab chiqarish
bilan bog'liq bo'l- magan boshqa sohalarda
Fikrimizcha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub' yektlarini aniqlash ikkita miqdoriy mezon asosida amalga oshirilishi lozim: korxonada band bo'lgan ishchilar soni va korxonaning yillik tovar aylanmasi. Bu esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyatiga mos tushadi. shunday qilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining sifat mezonlari tariqasida korxona egasining mehnat va korxonani boshqarishga munosabati hamda ishlovchilar bilan aloqasi darajasidan, miqdoriy mezonlar sifatida korxonada band bo'lgan ishchilar soni va yillik Tovar aylanmasidan foydalanish maqsadga muvofiq.{1}
Biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs foyda olishni maqsad qilib olar ekan, u yangi va yangi sohalarni o'zlashtirishga intiladi. Bu esa investitsiyalar joriy etishni talab etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi investitsiyalarni kiritishga va investitsiyalardan foydalanishga juda moyil bo'ladilar. Chunki ular bozordagi o'zgaruvchan muhitda elastik harakat qila oladigan qobiliyatga ega bo'ladi. Agar rivojlangan mamlakatlardagi kichik biznes korxonalarini tahlil etadigan bo'lsak, ularning aksariyati investitsiyalarni erkin joriy eta oladi, shu bilan birga, investitsiyalardan unumli foydalana oladilar ham. Kichik biznes korxonalarida investitsiyalarni amalga oshirish asosan ikki maqsadga yo'naltiriladi:
1. Yangi kichik korxona tashkil etish.
2. Bankrot bo'lgan kichik korxonalarni hayotiyligini saqlab qolish.
Rivojlangan mamlakatlardagi kichik biznes korxonalari investitsiyalar asosida rivojlanib, tarmoqlanib boradi. Masalan, AQShning aksariyat korxonalari Yaponiya investitsiyalari asosida o'z faoliyatini tiklab olgan. Angliyadagi kichik korxonalar Niderlandiyalik investorlardan ko'p bora foydalanishgan. Hozirgi kunga kelib AQSh iqtisodiyotida faoliyat ko'rsatayotgan kichik korxonalarning iqtisodiy aloqalarida Xitoy investorlarining ulushi juda katta. O'zbekistonda ham kichik biznes korxonalari rivojlanib borar ekan, dastlab savdo, maishiy xizmat sohalarida investitsiyalar kirib kela boshladi. Ammo mamlakatimizda investitsiyalarning asosiy qismi ishlab chiqarish va mahalliy sanoat, ijtimoiy soha korxonalarini rivojlantirishga sarflanmoqda. Davlat mulkini xususiyga aylantirish jarayonlarida asosan ichki kapitalning ulushi katta bo'ldi. Hozirgi kunda O'zbekistondagi kichik biznes korxonalari asosan Koreya, Angliya, AQSh, Germaniya kabi mamlakatlarning investitsiyalaridan keng foydalanmoqdalar. {2}
Investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Xorijiy investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish uchun murojaat qilinadi. Xorijiy korporatsiyalarning moliyaviy
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
bo'limlari mablag'lardan qisqa muddatli investitsiyalar qatorida yuqori foyda olish maqsadida foydalanish moddiy manfaatdorlikni belgilashga olib keladi. Bunday investitsiyalar ko'pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba'zida esa o'z qimmatbaho qog'ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog'ozlarini sotib oladi. O'zbekiston xorijiy investorlar bilan tengma-teng iqtisodiy aloqalar olib borish asosida sherikchilik munosabatlarini olib boradilar. Har qanday investitsiyalar mamlakatimizga kirib kelishiga yo'l qo'yilmaydi. Agar kirib kelayotgan investitsiyalar mamlakatimiz iqtisodiyotiga uning rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratsa, bunday xorijiy investitsiyalar yurtimizga birinchilar qatorida kirib keladi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, qulay investitsion iqlim shakllanmasdan va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiy hamjamiyatiga muvaffaqiyatli integratsiyalasha olmaydi. O'zbekiston xukumati tomonidan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish sari tutgan izchil yo'li xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish jarayonini faollashtirish uchun real shart-sharoit yaratmoqdalar. Respublika iqtisodiy tuzilmasini tubdan o'zgartirishning hozirgi bosqichida bevosita xorjiy investitsiyalar katta qiziqish uyg'otmoqda. Ularni jalb etishning asosiy usullari quyidagilardir: qo'shma korxonalar ochish (shu jumladan, xorijiy investorlarga o'zbek emitentlari aktsiyalar paketlarni sotish yo'li bilan); O'zbekiston hududida sof xorijiy kapitalli korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish; Kontsessiyalar asosida xorijiy kapitalni jalb etish; Xorijiy investorlarni mamlakatning muayyan mintaqalariga faol jalb etishga qaratilgan erkin iqtisodiy zonalar yaratish. Hozirda jalb etilgan xorijiy investitsiyalar tuzilmasini tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, bunday investitsiyalarning katta qismi eksportga mo'ljallangan tarmoqlarga: yoqilg'i-energetika majmui, neft-kimyo, oltin qazib olish va paxtani qayta ishlash sanoatiga, yoxud o'z-o'zini qoplash muddatlari qisqa bo'lgan va ko'p fond talab qilmaydigan yuqori rentabelli loyihalarga: savdo, telekommunikatsiya, umumiy ovqatlanish, yirik shaharlarda ofis va mehmonxona binolari qurish, oziq-ovqat sanoati va moliya xizmatiga yo'naltirilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyoti tarmoq tuzilmasining takomillashib borayotganligi yangi ishlab chiqarishdagi bevosita xorijiy investitsiyalarning o'sish tendentsiyasini kuchaytirmoqda. Avtomabilsozlik, elektron, elektrotexnika sanoati rivojlandi. Qurilish industriyasi aloqa korxonalarida va qishloq xo'jaligida eng yangi texnologiya joriy qilinmoqda.
O'zbekiston iqtisodiyotiga mablag' solishga yoki kiritishga tayyor turgan xorijiy investitsiyalarning asosiy toifasini qarab chiqadigan bo'lsak, ular quyidagicha ko'rinishlarni o'z ichiga oladi:
1. Eng yirik transmilliy korporatsiyalar - bular O'zbekistonga investitsiya kiritishda mamlakatning tabiiy-xom ashyo resurslarga hamda halqaro standartlar bo'yicha ancha salmoqli bo'lgan ichki iste'mol bozoriga
kirib borish imkoniga ega bo'lgan kompaniyalardir. Bunday kompaniyalarning bosh idoralari rivojlangan mamlakatlarda joylashgan bo'lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda ularning yirik ofislari yoki korxonalari faoliyat ko'rsatadi va shu tarzda o'zlarining investitsiyalarini jalb etadilar. Bunday yondashuv investitsiyalar uchun uzoq muddatli global investitsion strategiyaning nisbatan katta bo'lmagan qismini qamrab oladi. Bu esa korporatsiyalarga investitsiyalar kiritishning muayyan xatarliligi va qo'shimcha foyda bermasligi mumkin. Bu toifalarga quyidagi xorijiy investorni kiritish mumkin: yoqilg'i energetika majmuida - "N'yumont", "Teksaks" (AQSh); "Mitsui", "Marubeni" (Yaponiya); kimyo sanoatida - AKA (Germaniya); "Krebs" (Frantsiya); Oziqovqat sanoatida-"Koka-Kola" Bat Indastries; biznesda- ABN AMRO banki; telekommunikatsiya sohasida-"Siemens", Atsatel Deu;
2. Xususiy va kichik xorijiy kapital - O'zbekistonda eng avvalo savdo, qurilish va xizmat ko'rsatish sohasidagi ayrim loyihalarning odatda, juda yuqori kapital sarflash talab qilmaydigan loyihalarning o'rta yuqori rentabelli bo'lishi va o'z-o'zini qoplashini ta'minlash uchun jalb etiladi. Bunday kapital kiritish yoki jalb etish orqali ko'riladigan afzalliklar shunday iborat bo'ladiki, bunda investorlar ko'z o'ngida o'tish davri iqtisodiyotining iqlimiga xos noqulayliklar va xatarlarni yopib ketadi. O'zbekistonda kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni jalb etilar ekan, investorlar uchun birinchi navbatda, yuqori rentabelli va tez qoplanadigan loyihalarga mablag' solish xarakterlidir. Ular uchun investitsiya xatari mahalliy xususiyatni yaxshi bilish hamda mamlakatdagi keng amaliy status kontraktlar hisobidan ancha kamayadi. Kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni joriy etish shunisi bilan ajralib turadiki, ularni qaytadan qoplanishi tez amalga oshadi. O'zbeksiton Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, bevosita xorijiy investitsiyalar respublika hududi bo'yicha quyidagicha taqsimlangan: - xorijiy investitsiyalarning qariyb 45 foizi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to'g'ri kelgan; - 35 foizdan ko'prog'i Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Andijon viloyatlariga to'g'ri kelgan. Shunday qilib, xorijiy investitsiyalarning katta ulushi savdo, transport va informatsion infratuzilmasi rivojlangan va iste'mol talabi yuqori bo'lgan mintaqalarga (Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlariga) yoxud yonilg'i-energetika mahsulotlarining eksport uchun ishlaydigan korxonalari ko'p bo'lgan mintaqalarga (Qashqadaryo va Navoiy viloyatlariga) ketadi.
Respublika iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lida xorijiy investitsiyalardan foydalanishni amalga oshirish. Bunda eng avvalo yangi zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shuningdek, mahsulot turlari ko'paydi, yangi ish o'rinlari yaratildi, aholini ijtimoiy himoyalashda byudjet xarajatarini kamaytirdi. Kichik biznes korxonalari mini texnologiyalarni tez o'zlashtirdi. Natijada hozirgi kunda yangi mahsulot turlaridan 4000 ga yaqini o'zimizda ishlab chiqarila
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
boshlandi. Xorijiy texnologiyalarni joriy etish masalalaridagi iqtisodiy erkinlik kichik biznes korxonalarining miqdor jihatdan ko'payishiga shu bilan birga mahsulotlar turining ham ortishiga olib keldi. Demak, Mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish uchun bo'lgan say'i harakat, jamiyatning o'sishi, boy va farovon hayot kechirishi uchun qulay zamin yaratishga olib keldi.
ADABIYOTLAR SHARHI
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunida; O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli «O'zbekiston Respub likasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomil lashtirishga doir ko'shimcha chora-tadbirlar to'grisida»gi farmoni. Bunday sharoitda ko'plab korxonalar ishlovchilar sonini kamaytirib ko'rsatishdan manfaatdor bo'ladilar, chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qonunchilik doirasida ko'plab imtiyozlar joriy qilingan bo'lib, ishchilar sonini to'liq ko'rsatish ularni bu imtiyoz va yengilliklardan mahrum qilib qo'yishi mumkin. shuni hisobga olgan holda O'zbekistonda kichik biznes sub'ektlarini aniqlashning bir nechta mezonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Eshov M.P.O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi: omillar, natijalar va istiqbollar. Kichik biznesni o'rni xamda axamiyati bo'yicha batafsil yoritib berilgan. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 4, iyulb-avgust, 2017 yil, Maqola muallifi Yuldashev Abduxakim Abdukarimovich, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo'yicha fikrini bayon etgan xamda xorijiy olimlardan biri S.S.Borgayakovning fikriga ko'ra, investitsiyalarni maqsadga muvofiq ikki jihati qarab chiqiladi: zaxira kategoriyasi sifatida va oqim kategoriyasi sifatida. Investitsiyaning mohiyati bo'yicha turlicha yondashuvlardan farqli ravishda muallif ko'rsatkichlarni o'lchashning davriy jihatini bosh mezon deb hisoblaydi. Agar investitsion ko'rsatkichlarni vaqtga bog'liq bo'lmagan holda o'lchash mumkin bo'lsa (jamg'arma hajmi, kapital mulk mikdori, mahsulot miqdori va hakozo), unda bu kategoriya zaxira, aks holda, mazkur ko'rsatkich qandaydir dinamik kategoriya sifatida vaqtga bog' liq ravishda o'lchansa, unda bu oqim kategoriyaga tegishlidir. Umumqabul qilingan investitsiya (kapital qo'yilma) tushunchasi quyidagilar bo'yicha ifodalanadi: «kapital ko'yilma» (yoki kapital sarfi) yangi qurilishga va rekonstruktsiyaga sarflanadigan moliyaviy mablag'; harakatdagi korxonalarni texnik qayta qurollantirish va kengaytirish (ishlab chiqarishga kapital quyish), uy joyga, kommunal va madaniy-maishiy qurilishlar (noishlab chiqarishga kapital qo'yish).
METODOLOGIYA
Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqot davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarni jalb qilishning ahamiyatini o'rganish maqsadida ilmiy-tadqiqot faoliyati olib borishning
mushohada, induktsiya va deduktsiya, dinamik qatorlar, iqtisodiy-statistik, analiz va sintez, statistik guruhlash, monografik tadqiq etish, tizimli taxlil, takqoslash va boshqa usullardan foydalanildi.
Bu tadbirlar orasida chet el investorlariga davlat tomonidan kafolat beruvchi yo'nalishlar ham mavjudki, bular quyidagilardan iborat:
- milliylashtirish va rekvizitsiyadan saqlangan holda, siyosiy xavfxatarni sug'urta qilish;
- sub'ektlarning foyda va boshqa olgan mablag'larini chet el valyutasida chegaradan (boshqa davlatlarga) o'tkazish;
- makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda investitsiya uchun qulay muhit yaratish;
- joriy investitsiyaning keyingi holati yomonlashsa, investitsiya kiritilgan vaqtdan boshlab qabul qilingan qonunlarning uzoq muddat davomida qo'llanilishini ta'minlash;
- investorlarning huquqlari tasodifiy holatlarda buzilgan taqdirda davlat organlari orqali keltirilgan zararlarni to'lash;
- respublika banklarida cheksiz har qaysi valyutada hisob raqamlarini ochish;
- respublika hududida sug'urta kompaniyalarini xorijiy kapital ishtirokida tashkil etish.
Chet el investitsiyasi jalb qilingan kichik biznes sub'ektlari daromadining ma'lum qismi soliqdan ozod qilish. Shunda kichik korxonalari soliqdan ozod bo'lgan mablag'larini ishlab chiqarishni kengaytirishda investitsiya va yangi texnologiyani joriy qilish uchun sarflashadi.
Xususan bu borada faoliyat ko'rsatayotgan maxsus xukumat organlari qatoriga AQShda SBA. Adminstratsiyasi, Milliy ilmiy fond, Buyuk Britaniyada-"Kichik biznesga xizmat ko'rsatish miliy Agentligi" (SBA), Germaniyada- "Kichik va o'rta biznes bosh Derektorati" (DG VIII), Yaponiyada- "Kichik va o'rta tadbirkorlik Agentligi" (SMEA), Vengriyada-"Tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha milliy kengash" Polbshada- "Kichik va o'rta tadbirkorlik departamenti", Koreyada-"Kichik va o'rta biznes Adminstratsiyasi"ni ko'rish mumkin
TAHLIL VA NATIJALAR
Taxlillarning ko'rsatilishicha iqtisodiyotni rivojlangan mamlakatlarda kichik biznesning mamlakat milliy daromadi, axoli bandligi eksport boshqa makroiqtisodiy ko'rsatgichlardagi ulushi yuqoridir.
4-Jadval
Davlatl Kichik Kichik Kichik Jami
ar va o'rta va o'rta va korxonala
biznesni biznesni o'rta r
ng yalpi ng biznes tarkibida
ich ki umumiy ning kichik va
maxsulo bandligi umumi o'rta
tdagi dagi y biznes
ulushi ulushi, ekspor korxonala
% t xajmd r soni va ulushi%
agi So Ulus
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
ulushi, % ni, Mïï H. hi, %
AQSh 52,0 50,0 30,0 22, 9 97,6
Kanada * 43,0 47,0 99,8
Yaponi ya 51,6 80,0 40,0 4,6 99,7
German iya* 57,0 69,3 99,3
Frantsiy a* 49,8 56,6 97,6
Italiya* 55,0 71,0 99,2
Buyuk britaniy a 52,0 55, 4,0 99,1
Polbsha 48,0 68,1 44,0 1,7 99,8
Janubiy Kareya 51,0 74,7 42,3 3,0 97,9
4-jadval Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik va o'rta biznes rivojlanishining asosiy ko'rsatgichlari
Yuqoridagi statistik ma'lumotlardan ko'rinadiki rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes korxonalarining yalpi ichki maxsulotdagi hisssasi o'rtacha 50-57 foizini tashkil etmoqda. MDH mamlakatlarida esa kichik biznesning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan pastdir.
Shu bilan birga kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning moliyaviy resurslar bilan ta'minlash va ularning xududlar meqqiyosida resurslar bilan jalb etish muammolaridan biri xisoblanadi.
Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish aholi turmush darajasini yaxshilash kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish soxasidagi xorij tajribasini o'rganish aloxida axamiyat kasp etadi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab quvatlashning mukammal va puxta ishlab chiqilgan tizimi mavjud bo'lib bu tizim iqtisodiyotning glaballashuvi jaxon moliyaviy-inqirozi va raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta'minlaydi. Bunday xolat esa davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvatlash mexanizmining to'la qonli rivojlanganligini anglatadi.
Iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning keng ko'lamli rivojlanishi va ularning moliyaviy faoliyatini qo'llab quvatlash yuzasidan bir qator samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib ular xozirda amaliy axamiyatga egadir. Jaxon tajribasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining moliyaviy manbai bo'lib davlat va xususiy sektor hisoblanadi. AQSh, Yaponiya, Germaniya va Frantsiyada ilmiy tadqiqot va texnik ishlanmalarni moliyalashtirilgan jami mablag'larning 48-72% xususiy sektorga to'g'ri keladi. Ushbu mamlakatlarda jami ilmiy tadqiqot va innovatsion
ishlanmalarning 60-75 % Xususiy sektorda bajariladi: shu jumladan amaliy tadqiqotlarning 70 % dan tajriba konstruktorlik ishlarning 90% dan oshig'i Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manba xisoblansada ammo innovattsion faoliyatni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajali o'rinni egallaydi. Uning ulushi ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda, xususiy sektorga nisbatan 1,3-2,5 marta kam.
5-Jadval
Yangi maxsulot va texnologiyalarni ishlab chiqarish xarajatlarini 50 % gacha to'g'ridan to'g'ri moliyalashtiradi (Subsidiyalar, zayomlar) Frantsiya AQSh va boshqalar
Foizsiz susudalar taqdim etiladi Shvetsiya
Dotatsiyalar beriladi kichik biznesga kreditlar ajratishda venchur fondlaridan samarali foydalaniladi Amalda barcha rivojlangan mamlakatlarda
Innovatsiya loyixalarni ishlab chiqarishga joriy etilishini qo'llab-quvatlash maqsadida venchur moliyalashtirish fondlari tashkil etiladi. AQSh, Angliya, Germaniya, Frantsiya, Shvetsariya, Niderlandiya
Yakka tartibdagi kashfiyotlar uchun davlat bojlari pasaytiriladi Avstraliya, Germaniya AQSh, Yaponiya
Kashfiyotlar energiyani tejashga qaratilgan bo'lsa davlat bojlarini to'lashdan ozod etiladi Germaniya, Yaponiya, Niderlandiya
Maxalliy ishlab chiqaruvchilar soliqdan ozod etiladi, Soliqlar faqadgina eksport qilishda solinadi Xitoy
Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvatlash (bozorga chiqishda sheriklik topishda, axborot bilan tekin ta'minlashda, imtiyozli narxda ijaraga bino va inshootlar, kerakli asbob uskunalar taqdim etish)ga aloxida e'tibor qaratiladi Buyuk Biritaniya, Italiya
Tadbirkorlar faoliyatining dastlabki ikki yilida foizsiz kreditlar beriladi, keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang'ich sarmoya bilan ta'minlanadi. Germaniya
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Kichik biznesning sug'urta qilinmagan zararlarini qoplash uchun yordam puli beriladi. Yordam puli innovatsiyalarning xafli loyixalarni qoplaydi. Davlat bank kreditlarini olishda kafil sifatida qatnashadi._
Jahon tajribasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bi/nesini qo'llab-quvatlash va innovattsion faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari.
Ushbu ko'rsatgich Frantsiyada 42%, Germaniyada -37 %, AQShda -36%, Yaponiyada -21% ni tashkil qiladi. Davlat sektorining innovattsion ishlarni bajarishdagi ulushi, ularni moliyalashtirishga nisbatan ham kam va rivojlangan mamlakatlardan olingan ilmiy va innovatsion ishlar umumiy hajmining 10-21 % tashkil qiladi.
Aqshda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvatlash bo'yicha kichik biznes biznes ishlari bo'yicha Administratsiya, Milliy ilmiy fond NOSA universitetlar tarmoq vazirliklari shug'ullanadi. Ushbu ishlarni Germaniyada-iqtisod vazirligi, ilmiy tadqiqot va texnologiyalar vazirligi sanoat tadqiqot assotsiyasi federattsiyasi, Patent markazi amalga oshiradi;
Frantsiya-iqtisod vazirligi tadqiqot natijalarini joriy qilish bo'yicha milliy agentlik, ilmiy texnik fond Yaponiyada-kichik biznesni moliyalashtirish korporatsiyasi, tavakkal tadbirkorlik markazi, xalq moliyaviy korporatsiyasi; Italyada-texnologik yangiliklar markazi va tijorat banklari, sug'urta fondlari bilan birgalikda kichik nnovatsion biznesni qo'llab quvatlash bo'yicha milliy dasturlarning muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun sharoit va zamin yaratib borilyapti.
Bugungi kunda Yaponiyada barcha kompaniyalarning 99,6 % foizi sotilgan maxsulotning 55 foizi va sanoatda band bo'lganlarning 80 foizi kichik va o'rta korxonalar ulushiga to'g'ri keladi. Bunday yuqori ko'rsatgichlar ko'pchilik tadbirkorlarning kichik biznesga jalb etilganligi ko'pchilik tadbirkorlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasida juda ko'p korxonalarnining (uy xo'jaligidan boshlab to zamonaviy texnikalar bilan qurollangan firmalarga)cha qamrab oladi.
Yaponiyada barcha kichik sanoat korxonalarning 60 foizidan ko'prog'i yirik firmalar bilan suppodryadchi turli masshtabdagi suppodryat kompaniyalarga kiruvchi yirik kompaniyalarning ya'rim mustaqil a'zolari bo'lib, bu suppadriyad kompaniyalar o'z navbatida markaziy kompaniyalar atrofida guruxlangan bo'ladi.
Suppadryadchilar o'z mablag' (kapitallari) hisobidan texnologik jarayonlarning salmoqli qismini tashkil etadilar, detallar va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar xisoblanadilar tayyor maxsulotlarning ta'minotini tayyorlaydilar. Takidlash joizki "Sony" korparotsiyasining faqat o'zi bevosita texnologik rejada
1100 dan ko'prok kichik korxonalar bilan ishlaydi. Bunday tendentsiyaning rivojlanishi soliq to'lash tizimida qonunda ko'zda tutilgan imtiyozlar bo'yicha bu kichik korxonalar uchun kam bo'lmagan darajada foyda olishga sabab bo'lmoqda .
Yaponiyada ilmiy texnika siyosati davlat tomonidan boshqarish quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Yaponiyada sanoat rivojlanish strategiyasini aniqlashda sanoat ishlab chiqarishda va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda tashqi savdo va sanoat vazirligi muxim o'rin egallaydi. Ilmiy texnika siyosati aniq yo'nalishlarning bajarilishini fan va texnika boshqarmasi nazorat qiladi.
Yaponiya sanoat texnologiyalari assosatsiyasi tashqi savdo va sanoat vazirligi bo'ysungan bo'lib litsenziyalarni eksport va import qilish bilan shug'ullanadi. Yaponiyada ilmiy texnika taraqiyotining uzoq muddatli dasturi bo'lib amaliy tadqiqotlarni rag'batlantirish va chet ellardan litsenziyalarni sotib olish bilan shug'ulanadi. Ilmiy texnika siyosatni asosan yirik korporatsiyalarda amalga oshirishda xizmat qiladi.
Davlat siyosati hozirgi vaqtda Yaponiyani litsenziyalarni import qiluvchi emas eksport qiluvchi davlatga aylantirishga yo'naltirilgan.
Hozirga vaqtda mavjud bozorlarda chet ellik raqobatchilarga nisbatan o'z mahsulotlarning yuqori sifatini va arzonligini saqlagan holda o'zlari yangi bozorlarni tashkil etish.
Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi faqat tashqi savdo va sanoatning umumiy va tarmoqlar bo'yicha strategiyasini aniqlashdan chegaralanib qolmasdan, uning qarmog'ida kerakli darajada vositalar va metodlar katta arsenali bo'lib strategiyalarni konkretlashtirish imkoniyatiga ega. Yaponiyaga eksport ishlab chikarishga va eksportga ta'sir qilishning hammaga tanish iqtisodiy va ma'muriy usullari ya'niy eksportni imtiyozli kreditlash va sug'urtalash, eksportchilarni soliq to'lashdan qisman ozod qilish eksportchilarga davlat tomonidan kompleks yordam berish va shunga o'xshash usullar bilan bir qatorda o'zgacha metodlardan xam foydalaniladi.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Xususiy banklar tomonidan beriladigan moliyaviy resurslarni maqsadli taqsimlash va ularni iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarida to'plash;
Korxonalarga ilg'or xorijiy texnologiyalarni sotib olishda yordam berish;
Xorijiy davlatlar bilan ilmiy texnika yutuqlari bilan almashishlarini nazorat qilish;
Fan, ishlab chiqarish va ilmiy texnika taraqqiyotini integrattsiyalashning Yaponiya modeli o'z ichida innovatsiya texnologiyalarini va ilm talab ishlab chiqarishni qamrab olgan, umuman yangi texnopalis shaharlarni yaratishga yo'naltirilgan.
Texnopalistlarni tashkil etish loyixasi yaponiya xukumatining "olti maqsadli" strategiya dasturining muhim bir yo'nalishidir. Uning asosiy maksadi-texnologik sardorlar qatoriga o'zining mustahkam joyini saqlab qolishdir. Loyixa markaziy va maxalliy organlar va akademik soha xodimlari tomonidan Yaponiya tashqi
. .itiifl PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I THE2eTcENTuRv
TASHKENT, e-e MAY 2024
savdo va sanoat vazirligi tashabbusi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Yaponiyaning texnopolistlari strategiyasi-oliy texnologiya darajadagi regional markazlar tizimini rivojlantirish asosida faoliyatning yangi soxalariga yorib kirish strategiyasidir. Boshqacha qilib aytganda, bu butun yapon xo'jaligini intelektuallashtirish strategiyasidir.Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishining xususiyati shundan iborat: Sanoat ishlab chiqarishini va firmalar kapitalini yanada kontsentratsiyalash, mikroelektron texnika asosida resurslarni tejovchi texnologiyalarga o'tish turuvchi va qayta ishlovchi ishlab chiqarishining ustivorligini ta'minlash.
Xalq xo'jaligining asosiy va ilg'or tarmoqlari quyidagilardan iborat: informatika elektron texnika va integral sxemalar ishlab chiqarish xisoblanadi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Bugungi kunda O'zbekistonning xududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faolligi natijasida bir jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM, resurslardan samarali foydalanish, sanoati rivojlangan davlatlar orasi iqtisodiy rivojlanish darajasi va aholining eng uzoq umr ko'rishi bo'yicha jaxonda birinchi o'rinni egallab turibdi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun judayam ko'p imkoniyatlar yaratilgan masalan Viloyatlarda yer va binolarning xamda davlatga tegishli noturar joylarning auktsion orqali 10 yil 20-30 yilga sotilishi juda xam katta imkoniyatlar yaratildi. Xududlardagi tadbirkorlar bunday imkoniyatlaridan samarali foydalanib yashash turmush tarzini yaxshilab boryaptilar. Respublikada iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni boshqarish, rag'batlantrish va qo'llab-quvvatlash siyosati kompleks amalga oshirilmoqda. Bu jarayonni muvaffaqiyatli yuritish uchun respublikada qator farmonlar, qonunlar, va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish chora-tadbirlari va ularning faoliyat ko'rsatishi to'g'risida»gi Prezident Farmoni ham mavjud bo'lib, ushbu me'yoriy hujjat tadbirkor va ishbilarmonlarning rejali ish olib borish istaklarini ishonchli kafolatlashni ta'minlaydigan huquqiy asosni yanada mukammal tarzda shakllantirdi. Ana shu qonun-qoidalarga asoslanib, pul kreditlarining taqchilligi tufayli milliy iqtisodiyotni rivjlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda kuchli
rag'batlantiruvchilik tadbirlarini olib borish davom etmoqda.
Shuningdek davlatimiz raxbari tomonidan olib borilgan samarali boshqaruv tizimini amalga oshirish uchun viloyat va tuman raxbarlari tadbirkorlarni qo'llab quvatlash uchun ularga berilgan imtiyozlardan to'g'ri taqsimlanishini amalga oshirilishi lozim. Iloji boricha chet el tajribasini o'zimizda qo'llash mkon qadar kichik va o'rta biznesni yanada takomillashtirilib rivojlantipishimiz kerak bo'ladi shundagina aholining daromadi oshib borib xalqimiz farovon yashaydi, mamlakatning barqaror iqtisodiy o'sib borishini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
ADABIYOTLAR:
[1] Ичитовкин Б.Н. Малые формы хозяйствования. - М.: «Экономика», 2006. - с. 11.
[2] Рубе В.А. Малый бизнес: история, теория, практика. 2. М.: ТеИС, 2000. - с. 31
[3] «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тугрисида»ги Узбекистон Республикаси конунида; Узбекистон Республикаси Биринчи Президентининг 2014 йил 7 апрелдаги ПФ-4609-сонли
[4] Эшов М.П.Узбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг ривожланиши: омиллар, натижалар ва истикболлар. Монография. -Т.. «Маънавият», 2017. - 16 б.
[5] "Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2017 йил, Макола муаллифи Юлдашев Абдухаким Абдукаримович, ТДИУ Илмий тадкикот ва ИПКТ булими му^андиси.
[6] "Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2017 йил, Макола муаллифи Юлдашев Абдухаким Абдукаримович, ТДИУ Илмий тадкикот ва ИПКТ булими му^андиси.
[7] Малое предпринимательство в России прошлие, ностаящее и будущее. Под ред Б.Г.Ясина, А.Ю. Чупуренко, В.В.Буево.-М.:Фонд "Либеральная миссия" 2003.-Стр -137
[8] Админстрация малого бизнеса США-АМБ 2007 г http://www.sba.gov
[9] National Life Finanse Carparation (Japan) Статичиские иследования о каммерских учреждениях и предприятиях 2006 г. Smal and
[10] Medium Enterprise Agensy -SMEA. http//www.chusho. meti. go .jp/sme_english/ index.ntml.2006 y.
[11]
[12] Small business Service. http://www.sbs.gov.uk, Departament of Trade and Industy.http//www.dti.gov.uk
[13] Польского агенство развития предпринимательство -ПАРП http://www.parp.pl,2007 г
[14] The Small and Medium Busines Administration SMBA. http:www.smba.go.kr/main English/index.jsp.2008 y.
[15] Канада, Германия, Франция ва Италя давлатларига тегишли маълумотлар учун манба «Деловая среда в Узбекистане глазами представителей малого и средного бизнеса». Отчёт Международной Финансовой Корпорации по итогом 2007 г,-21 с
[16] Fойибназаров Б.К., Рахмонов Х..О. ва бошкалар Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик- мамлакат ижтимоий иктисодий тараккиётини юксалтириш омили. -Т. :Фан ,2011-184 б.
[17] Малый средний и частный бизнес. Ежекверталний информатционный бюлетень для предпринимателей. Республиканнкая научно техничиская библиотека ГФАГИ.1999 Стр. 29.