Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA TADBIRKORLIKNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA XORIJIY TAJRIBALAR'

MAMLAKATIMIZDA TADBIRKORLIKNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA XORIJIY TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
investisiya / strategiya / kreditor / mutonosib / korxonalarni moliyalashtirish / subsidiya / rezident / litsenziya / integratsiya / funksiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Normurodov Sarvar Norboy O’g’li

Maqolada mamlakatimizda tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va xorijiy tajribalarini oʻrganish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish mahsulot eksportidagi ulushini oshirish investisiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA TADBIRKORLIKNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA XORIJIY TAJRIBALAR»

MAMLAKATIMIZDA TADBIRKORLIKNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA XORIJIY TAJRIBALAR Normurodov Sarvar Norboy o'g'li

assistent, Toshkent davlat agrar universiteti, TDAU, E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11032366

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va xorijiy tajribalarini o'rganish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish mahsulot eksportidagi ulushini oshirish investisiyalardan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: investisiya, strategiya, kreditor, mutonosib, korxonalarni moliyalashtirish, subsidiya, rezident, litsenziya, integratsiya, funksiya.

Аннотация. В статье представлены научно обоснованные рекомендации по устойчивому развитию предпринимательства в нашей стране и изучению зарубежного опыта, а также эффективному использованию инвестиций для увеличения доли развития предпринимательства в экспорте продукции.

Ключевые слова: инвестиции, стратегия, кредитор, коэффициент, финансирование предприятия, субсидия, резидент, лицензия, интеграция, функция.

Annotation. The article presents scientifically based recommendations for the sustainable development of entrepreneurship in our country and the study of foreign experience, as well as the effective use of investments to increase the share of entrepreneurship development in product exports.

Keywords: investment, strategy, lender, coefficient, enterprise financing, subsidy, resident, license, integration, function.

Kirish. Respublika hududlarida tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, turli imtiyoz va yangilliklar berilayotganligi tufayli ular ichki bozorni iqtisodiyotning o'zgaruvchan talablariga mos mahsulotlar bilan to'ldirayotganligi bu sohani yanada kengaytirishni rag'batlantirishga yaratilgan imkoniyatlar evaziga bo'lganligini takidlash joiz. Ayni kunlarda Respublikamizda bu sohani yanada rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlash masalalari hal qiluvchi omil bo'lmoqda. Shunday ekan, taraqqiy etgan mamlakatlarda, ayrim iqtisodiyoti o'tish davridagi mamlakatlarda ham investisiyalash borasida boy tajriba to'plaganligini, ularni o'rganish, umumlashtirish O'zbekiston amaliyoti uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mamlakatimizda iqtisodiy o'sishni ta'minlash yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish aholining daromadlari va farovonligini oshirishda muhim omil sifatida qaralmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan investisiya siyosatining o'ziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta'minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investisiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganda namoyon bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasida "Makroiqtisodiyot barqarorlikni yanada

mustahkamlash va iqtisodiy o'sish sura'tlarini ishlab qolish milliy iqtisodiyotning mutonosibligi va barqarorligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish kerakligi aytib o'tilgan.1

Shunday ekan ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish sharoitida mavjud korxonalarni rekonstruksiya qilish orqali kengaytirish va yangi korxonalarni tashkil etish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki korxonalarni tashkil etish va kengaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlika erishish bilan bir qatorda aholini ishsizligini kamaytirish uchun, ularni moddiy jihatdan jalb etishga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratishga imkon beradi. Bu esa bandlikni ta'minlash ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatni o'rganishning asosiy yo'nalishlaridan biridir.[1]

Muammoning o'rganganlik darajasi. Tadbirkorlik faoliyatida mahsulot, ishlab chiqarishni eksportdagi ulushini oshirish samaradorligi, investisiyalar, aholi ish bilan bandligini ta'minlash muammolarini o'rganishda MDH mamlakatlari olimlaridan Adamchuk V.V., Volgin N.A., Genkin, Zbishko B.G., Zaslavska T.I., Kosinkov V.G., Kotlyar Z.A., Kolosniya M.G., Kuzmin S.A., Maslova I.S. va boshqalar munosib hissa qo'shganlar. Bu muammolar tadqiqotga O'zbekistonlik olimlardan Murtazin R.B., Rahimova D.N., Rahimova N.X., Tursunxo'jaev M.L., Ubaydullaeva R.A., Xolmo'minov SH.R., Xo'jaev N., Sharifullina T.A., Shoyusupova N. va boshqa olimlarning ilmiy ishlari bag'ishlangan. Bu ilmiy izlanishlarda ishlab chiqarishni samaradorligi, aholini ish bilan bandligi va uni tartibga solish usullari to'la yoritib berilgan.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishda xorijiy tajribalarni o'rganar ekanmiz Yevropa dasturlari tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish dasturlarining katta hissasini egallashini aniqladik. Ular Yevropaning ko'pgina mamlakatlari, xususan, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyaga tarqaldi. Ispaniyada davlat tarafidan tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun ko'plab tashkilotlar va fondlar rag'batlantiriladi. Bu tashkilotlarni nafaqat Ispaniya hududida, balki Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida kuzatish mumkin. Ularning tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish sohasida amal qiladigan jamiyatning ikkita ommaviy va samarali guruhlarini ajratish mumkin. Birinchi guruhni o'zaro kafolatlash jamiyatlari tashkil qiladi. Bu tashkilotlar kreditlar berishda kreditorlar oldidagi kafolatlangan majburiyatlarni ta'minlaydi, xususan, garov ta'minoti sifatida mulk taqdim qiladilar yoki kafillar sifatida chiqadilar. Ikkinchi guruhga o'zaro moliyalashtirish jamiyatlari kiradi. Bu jamiyatlar bevosita kichik korxonalarni moliyalashtirish, investitsiyalash, subsidiyalash bilan shug'ullanadi. Bunday jamiyatlardan biri Ispaniyada rasmiy kreditlash Davlat instituti hisoblanadi. Shu kabi Ispaniyaning har bir shahrida o'z filiallariga ega bo'lgan kichik biznes assotsiatsiyasi va savdo-sanoat palatasi kabi kichik biznes manfaatlarini qo'llaydigan qator tashkilotlar amal qilmoqda. Ispaniyada byurokratiyaning past darajada ekanligini kichik biznes rivojlanishining ijobiy omili sifatida keltirish mumkin. Korxonalarni ro'yxatga olish, litsenziya olish - bularning hammasini amaldorlar tomonidan hech qanday qog'ozbozliklarsiz 24 soat ichida bajarish mumkin. Vaholanki, buni mamlakat norezidentlari ham amalga oshirishlari mumkin. Yevropa Ittifoqining har bir mamlakatida shunday qulay sharoitlar amal qilmoqda. Shunday qilib, hatto xorijlik fuqarolar ham kichik biznes sohasini rivojlantirmoqdalar. Shubhasiz, bularning hammasi kichik tadbirkorlik va kichik biznesning rivojlanishi uchun qulay muhitni yaratadi.[2]

Germaniyada kichik biznes iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Kichik biznes korxonalarini moliyaviy va texnologik qo'llab-quvvatlash

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi — "2017-2021 yillardagi O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947- sonli Farmoni. - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y. www.lex.uz.

hokimiyatning barcha bo'g'inlarida amalga oshirilmoqda. Germaniyada kichik biznesning rivojiga ko'maklashish dasturlari qator rivojlangan mamlakatlar kabi, eng avvalo, ishlab chiqarishning fan sig'imli tarmoqlarini ustuvor qo'llab-quvvatlashni ham ko'zda tutadi. Davlat moliyalashtirish organlari tomonidan kichik biznesni imtiyozli kreditlash quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:

- innovatsion faoliyatga yo'naltirilgan kichik va o'rta korxonalarni kreditlash;

- atrof-muhit muhofazasi bilan bog'liq qulay ekologik vaziyatni saqlash va yaxshilashga qaratilgan loyihalarni kreditlash;

- Germaniyaning qoloq iqtisodiy mintaqalarini rivojlantirishda qatnashadigan kichik biznesni kreditlash;

- qurilish va turar joy muammolari bilan shug'ullanadigan korxonalarni kreditlash;

- ishlab chiqarishni tubdan modernizatsiyalashga muhtoj ma'lum tarmoqlarda band korxonalarni loyihali moliyalashtirish.

Quyidagilar Germaniyada kichik va o'rta biznesni rivojlantirishning asosiy dasturlari hisoblanadi:

- «Kichik va o'rta biznes korxonalariga nisbatan ilmiy-texnika siyosatini rivojlantirish kontseptsiyasi»;

- «O'z ishini ochish uchun jamg'armalarni rag'batlantirish» dasturi.

Birinchi dastur Germaniyada kichik biznesni moliyalashtirishni ta'minlaydi, ikkinchisi «start-up»3 loyihalari deb nomlanib, o'z biznesini ochishga ko'maklashadi. Ixtisos-lashgan davlat organi - bevosita federal hukumatga bo'ysunadigan tiklash bo'yicha Kredit kengashi yuqorida ko'rsatilgan dasturlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi va ularning bajarilish mexanizmini ta'minlaydi.[4]

Federal dasturlarni amalga oshirish doirasida biznes uchun imtiyozli sharoitlarda kreditlar taqdim qilinadi. Mazkur shartlar past foiz stavkasi (5-8foiz) va kreditlashning uzoq muddatlarini (5-15 yil) ko'zda tutadi. Germaniyada kichik biznes o'ziga xoslikka va rivojlanish tarixiga ega ekanligini qayd etish lozim. Xususan, kapitalizm vujudga kelgan davrdayoq birinchi yirik tadbirkorlar guruhlari paydo bo'lishi bilan savdo-sanoat palatalari tuzishni boshladilar. Ular ishlab chiqarish va savdoni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik bo'yicha birinchi birlashma va uyushmalar hisoblanadi. Hozirgi paytda savdo-sanoat palatalari davlat organlari darajasiga qadar rivojlandi va endilikda har bir tadbirkor palata tarkibiga kirishga majbur. Germaniyada kichik biznesga taalluqli birorta ham huquqiy hujjat savdo-sanoat palatasining ma'qullashi, roziligi va tasdig'isiz o'tmaydi. Germaniya savdo-sanoat palatalari Assotsiatsiyasi barcha palatalarni o'zida birlashtiradi va federal darajada tadbirkorlar manfaatlarini mujassamlashtiradi. Bu hamkorlik assotsiatsiyasining asosiy vazifasi Yevropa ittifoqi mamlakatlari savdo-sanoat palatalari vakillari bilan uzviy ish olib borishdan iborat. Butun Assotsiatsiya birgalikda Evropa hamkorligi savdo-sanoat palatalari birlashmasini tuzadi. Hozirgi paytda Germaniya savdo-sanoat palatalari barcha darajalarda byudjetlarni shakllantirish, qurilish va sanoatni rivojlantirish, kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga tegishli qonun loyihalarini tayyorlashda qatnashadilar. Savdo-sanoat palatalari mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari yig'ilishlarida qatnashib, mamlakatni rivojlantirish sohasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy qarorni qabul qilgan holda jamiyat hayotining barcha tomonlariga kata ta'sirga ega. Bu bir butun infratuzilma bo'lib, unda OAV vakillari ham, maslahatlar xizmati ham qatnashadi. Palatalarning asosiy ustuvor vazifasi Germaniyaning kichik biznesiga har qanday qo'llab-quvvatlash va yordam ko'rsatishdan iborat.[5]

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi kuchli texnik-iqtisodiy uzilish Yaponiyani dunyoning eng taraqqiy etgan uchta mamlakatidan biriga aylantirdi. Bunga kuchli davlat qo'llab-quvvatlashi yordamida kichik biznesni rivojlantirish tufayli erishilgan. Ko'pgina avtomobillar, texnika, innovatsion mahsulotlar fan sig'imli ishlab chiqarishi bo'yicha butun dunyoda mashhur kompaniya va kontsernlar aynan shu erda joylashgan. Kichik biznes Yaponiya umumiy sanoati hajmida katta salmoqni (taxminan 40 foiz) tashkil qiladi. Biroq shuni ta'kidlash lozimki, Yaponiyada kichik biznes ko'p darajada quyidagi tarmoqlarda mujassamlashgan: qurilish, engil sanoat, xizmat ko'rsatish sohasi. Fan sig'imli ishlab chiqarishlar asosan, yirik kompaniyalar tomonidangina olib boriladi. Bu Yaponiyani iqtisodiy rivojlantirishning asosiy vazifasi-kichik biznesda innovatsion yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni rag'batlantirishning o'zidir. Yaponiyada kichik biznes korxonalariga nisbatan qo'llanilayotgan huquqiy hujjatlar kichik korxonalar maqomi va ular uchun imtiyozlarni belgilaydi. Imtiyozlar korxonalar faoliyat turlaridan kelib chiqib, maxsus soliqqa tortishni ko'zda tutadi. Qonun loyihasining katta qismi Yaponiyada antimonopol qonunchilikni tartibga solishga qaratilgan. Yaponiya qonunchiligimahsulotlarga bozor qiymatini oshirish pasaytirish darajasini qattiq tartibga soladi va cheklaydi. Asossiz chegirmalar yoki chayqovchilik narxlari tufayli korxonalar va tadbirkorlar o'z faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum bo'lishlari mumkin. Holbuki, bu shartlar kompaniyalar istisno qilinmagan holda barchasi uchun haqiqiydir. Rivojlangan bozor mexanizmlari tufayli yapon hukumati narxlarning asossiz o'zgarishlari va inflyatsiyani muvaffaqiyatli ushlab turishning uddasidan chiqmoqda. Shunday qilib, boshlang'ich sharoitlar va imkoniyatlar tufayli Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan.

Yaponiya kichik biznes korxonalari faoliyatini amalga oshirishni tartibga solish davlat organi Tashqi savdo va sanoat vazirligiga bo'ysunadigan Kichik korxonalar boshqarmasi hisoblanadi. Mazkur Boshqarma antimonopol qonunchilikka rioya qilinishini nazoratqiladi, Yaponiya kichik biznes manfaatlarining davlat tomonidan muhofazasini ta'minlaydi, mulkdorlar nazoratini cheklaydi, nobozor shartnoma munosabatlari uchun buyurtmachilar, ijrochilar va subpudratchilar javobgarligini belgilaydi. Kichik biznesni kreditlash va qarzlarni taqdim qilish mexanizmlarini ta'minlash uchun davlat kichik va o'rta biznesni sug'urtalash korporatsiyasi hamda Kreditlarni kafolatlash assotsiatsiyasini (Xitoy, AQSh va b. da kichik Biznesni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun davlat fondlarini tuzish kabi) tuzishni ko'zda tutadi. Yaponiyada kichik biznesni rag'batlantirish markaziy hukumatlardan boshlab, kichik korxonalarning mustaqil uyushmalari va birlashmalari bilan yakunlangan holda olib boriladi. Markaziy hukumatlar va mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari bevosita fan sig'imli va yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishda qatnashadigan kichik biznes korxonalarini hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida subsidiyalaydi. Shunday korxonalar uchun davlat zaymlarini ajratadi, kafillik va kredit kafolatlarining boshqa turlarini taqdim qilish orqali kichik biznesni kreditlashni ta'minlaydi. Bundan tashqari, maxsus markazlar, notijorat tashkilotlarida davlat markaziy qo'llab-quvvatlashida xodimlarni o'qitish amalga oshirilmoqda, maslahataxborot qo'llab-quvvatlashi ko'rsatilmoqda.

Biznes uchun imtiyozli sharoitlarda subsidiyalash, qarz berish, kreditlash quyidagi maqsadlarda ko'zda tutilgan:

- fan sig'imli korxonalar ishlab chiqarishning moddiy asosini qayta jihozlash, modernizatsiyalash, takomillashtirish;

- institutlar va universitetlar bilan birgalikda innovatsion loyihalar, yangiliklar, kashfiyotlarni ishlab chiqish;

- engil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish;

- yangi texnologiyalar (kashfiyotlar) va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish;

- Yaponiyaning sanoat jihatidan qoloq mintaqalarida kichik biznesning yangi korxonalarini yaratish va rivojlantirish.

Xitoy hukumati mamlakatda kichik biznesni rivojlantirishga katta ahamiyat bermoqda. Shu sababli aynan ushbu soha innovatsion texnologiyalarni o'zlashtirishda faol qatnashib, yangi ishchi o'rinlarini yaratadi. Kichik biznes 2006 yilda qabul qilingan «Resurs sig'imli ishlab chiqarishlarni yuqori texnologiyali tarmoqlar tomoniga qayta yo'naltirish» qoidasiga ko'proq javob beradi. Shunga qaramasdan, Xitoy kichik biznesi baribir ham davlatning qo'shimcha qo'llab-quvvatlashi, investitsiyalarni jalb qilish, kichik biznesni kreditlash dasturlarini kengaytirishga muhtojdir. Shuni anglagan holda Xitoy hukumati butun imkoniyatlarini ishga solib, kichik biznes korxonalarining iqtisodiy o'sishini rag'batlantiradi, xususan, kichik biznes faoliyatini tartibga solish va kichik korxonalarni soliqqa tortish sohasidagi huquqiy qonunchilikni takomillashtiradi. 2012 yilda qabul qilingan «Tadbirkorlikni rivojlanishini rag'batlantirish to'g'risida»gi qonun shunday qonunlardan asosiysi bo'lib, u kichik biznes korxonalariga kreditlash, investitsiyalash, ishlab chiqarishni modernizat-siyalash, axborot va fan sig'imli texnologiyalarni joriy etishga nisbatan teng imkoniyatlarni ko'zda tutadi. Boshqa mamlakatlarda bo'lgani kabi Xitoyda ham kichik va o'rta biznesning rivojlanishiga ko'maklashish davlat fondlari tuzilgan va faol takomillashtirilmoqda. Ularning asosiy roli va vazifasi - kichik biznes korxonalarini bank kreditlari olish imkoniyatlari uchun garov ta'minoti va kafolatli majburiyatlar bilan ta'minlashdir. Buning uchun Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan «Kichik va o'rta korxonalarni rivojlantirish Davlat fondi»ni tuzish to'g'risida maxsus qoida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur fond to'liq Xitoy byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi va kichik korxonalarni rivojlantirish-ning katalizatori rolida chiqadi. Davlat fondi iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi kichik biznes korxonalariga soliq imtiyozlari, moliyalash, o'z daromadlarining qonuniy muhofazasini ta'minlagan holda ularning manfaatlarini yirik kompaniyalar bilan kurashda himoyalaydi va yoqlaydi.

Mamlakatni rivojlantirish Xitoy dasturlari, jumladan, kichik va o'rta biznesni aynan kompleks rivojlantirish hisobiga xalq xo'jaligi faoliyatining samaradorligini oshirish va salobatli iqtisodiy o'sishni ko'zda tutadi. Xususan, Xitoy iqtisodiyotini 2020-2050 yillarda to'liq modernizatsiyalashga qaratilgan dasturlar tasdiqlandi. Bunday dasturlardan biri 2003 yilda qabul qilingan, 2050 yilgacha iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini to'la modernizatsiyalashni ko'zda tutadigan mamlakatni 2020 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hisoblanadi.

Biznesni muvofiqlashtirish va kooperatsiyalash bo'yicha Xitoy markazi - ixtisoslashgan agentligi Xitoyda kichik korxonalarni qo'llab-quvvatlovchi asosiy davlat organi hisoblanadi. Mazkur markazning asosiy vazifasi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash sohasida texnologik hamkorlik uchun zaruriyinfratuzilmani yaratishdan iborat. Markaz tashabbusi bilan kichik biznesni maslahat va axborot bilan qo'llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida savdo yarmarkalari, ko'rgazmalari tashkil qilinmoqda, kichik biznes muammolarini tadqiq etish va dasturlarini amalga oshirish bo'yicha seminarlar, anjumanlar o'tkazilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning yana bir muhim organi - bu 2001 yilda tuzilgan CSMEO davlat axborot xizmatidir. Bu muvofiqlashtiruvchi markaz, asosan,

internetdagi o'z sayti orqali aholiga axborot xizmati ko'rsatish hamda kichik va o'rta korxonalar faoliyati masalalarida xizmat ko'rsatadi. XXRning barcha mintaqa va shaharlarini qamrab olgan CSMEO tarmog'i mehnat bozoridagi vaziyat, amaldagi qonunchilik o'zgarishlari, oxirgi ilmiy-texnik yutuqlar va texnologik yangiliklar, kichik va o'rta biznes korxonalarining holati va rivojlanishi haqida o'z vaqtida xabar berib turadi. Axborot xizmati hukumat vakillari va korxonalar o'rtasida turli yig'ilishlar, yarmarkalar o'tkazishni tashkil qiladi, korxonalarga maslahatlar xizmatini ta'minlaydi.

Xulosa va takliflar. Keyingi o'n yillikda jahondagi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotidagi kichik biznesning roli sezilarli darajada o'zgardi. Mazkur sohada YalMning salmoqli qismi ushbu sohada ko'proq ishlab chiqarilmoqda, ishchi kuchi aksariyat qismining ish bilan bandligi ta'minlanmoqda, barcha innovasiyalarning yarmidan ko'proq qismi yaratilmoqda.

Rivojlangan davlatlarda tajribasi tadbirkorlik sohasida shuni ko'rsatadiki, kichik biznesni rivojlantirishdan qator mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning o'ziga xos dastagi sifatida foydalanib kelinmoqda. Jumladan:

- ishchi kuchi bandligini ta'minlashning asosiy sohasi;

- iqtisodiyot innovasiya salohiyatini rivojlantirish manbai;

- ishlab chiqarish faoliyati yangi shakllarini izlash va joriy etish manbai;

- davlat byudjetni soliq bilan to'ldirish (masalan, Germaniyada soliqlarning deyarli yarmini kichik biznes ta'minlaydi);

- ishlab chiqarish pasayishining oldini olish (Vengriya, Chexiya, Polsha); yirik biznes bilan uzviy bog'lik holda, mamlakat barqaror rivojlanishi hamda uning iqtisodiyoti raqobatdoshligini oshirishning asosi. Ushbu yo'nalishlarni quyidagi jadval orqali yaqqol tasavvur etish mumkin.

- Shuni alohida ta'kidlash lozimki Respublikamizning iqdtisodiy tarraqiyoti iqtisodiy mustaqilligi, xalqning faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarin bilan bandlik darajasi kichik biznes na xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog'likdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag'batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi.

- Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqdarida ham o'zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik, tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro'y beradi.

- Tadbirkorlikda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o'zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo'ladi, shuningdek qishiloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha natijasi 93,6 foizga yetadi. Savdo aylanmasining to'liq muvofiklashuvi natijasida bu sohada ko'rsatkich ulushi pasayishi sodir bo'ladi.

- Hududlarning yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga iqtisoslashgan sohalarida o'rni va ulushi yetarli darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy natijalarga erishiladi.

- Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o'sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta'minlash mumkin.

- Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida nodavlat sektorining ulushi ortib bormoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirishga, keng yo'l ochilgan bo'lib, ularga ko'pgina imtiyozlar berilgan.

ADABIYOTLAR

1. Sh.M.Mirziyoyev. "Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish jadal taraqqiyotga xizmat qiladi". "Xalq so'zi" gazetasi. 2018 yil 20 aprel, №79 (7037).

2. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. T.: "Mehnat" - 2019.

3. Abdurahmonov Q.X., Xolmo'minov Sh.R., Zokirova N.Q. Personalni boshqarish. Darslik. -T.: "O'qituvchi" NMIU, 2018.

4. Artiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. -T.: "Iqtisodiyot", 2014.

5. Вахабов А.В., Сабиров О.Ш., Абдулатипов М.Ф. Особенности управления рисками инвестиционных проектов в коммерческих банках. - Т.: "Иктисод-Молия", 2019. 152 с

6. Vaxabov A.V., Xojibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma.; i.f.d., professor A.V. Vaxabovning umumiy tahrir ostida. - T.: "Moliya", 2021. - 328 b.

7. Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma.-T.: "Moliya" 2021. 328 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.