Научная статья на тему 'QURILISH ISHLARINI TAQVIMIY REJALASHTIRISHDA O‘ZARO BOG‘LANISHLAR'

QURILISH ISHLARINI TAQVIMIY REJALASHTIRISHDA O‘ZARO BOG‘LANISHLAR Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurilish-montaj ishlari / taqvimiy rejalashtirish / ishlarni bajarish usullari va qurilish ishlab chiqarish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari. / Construction and installation works / calendar planning / features of methods of work and processes of construction production.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Djabriev Akbarali Normurodovich, Dosimbetov Naurizbay Bazarbay O‘g‘li

Qurilish-montaj ishlarining samaradorligini oshirishda uning asosiy omillari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERCONNECTIONS IN THE SCHEDULING OF CONSTRUCTION WORKS

Its main factors of increasing the efficiency of construction and installation work have been studied.

Текст научной работы на тему «QURILISH ISHLARINI TAQVIMIY REJALASHTIRISHDA O‘ZARO BOG‘LANISHLAR»

UDK 69.05

QURILISH ISHLARINI TAQVIMIY REJALASHTIRISHDA O'ZARO

BOG'LANISHLAR

Djabriev Akbarali Normurodovich i.f.d., professor, Toshkent arxitektura qurilish universiteti

Dosimbetov Naurizbay Bazarbay o'g'li tayanch doktorant, Toshkent arxitektura qurilish universiteti

nawriz270396@umail.uz

Annotatsiya. Qurilish-montaj ishlarining samaradorligini oshirishda uning asosiy omillari o'rganilgan.

Аннотация. B статье изучены основные факторы повышения эффективности строительно-монтажных работ.

Annotation. Its main factors of increasing the efficiency of construction and installation work have been studied.

Kalit so'zlar. Qurilish-montaj ishlari, taqvimiy rejalashtirish, ishlarni bajarish usullari va qurilish ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari.

Ключевые слова. Строительно-монтажные работы, календарное планирование, особенности методов выполнения работ и процессов строительного производства.

Keywords. Construction and installation works, calendar planning, features of methods of work and processes of construction production.

Kirish. Qurilish jarayonlarida ishlar frontini o'zlashtirish tartiblari bo'yicha cheklashlar mavjud bo'lib, bu holat qurilish mahsuloti va uni ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq holda, shuningdek berilgan aniq bir ishlab chiqarish shart-sharoitlariga bog'liq holda, bundan tashqari alohida texnologik jarayonlarda ishlarni bajarish muddatlarining maksimal darajada, imkoni mavjud bo'lgan qisqartirilishidan kelib chiqib aniqlanadi. Bu cheklashlar ishlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar yordamida hisobga olinishi mumkin.

Ishlar o'rtasidagi bog'lanishlar turlarining tasniflanishi va ularning tavsiflari keltirilgan mavjud bo'lgan bir qator mualliflar ishlarini biz tahlil qilib chiqdik. Bunda tahlil aniq bog'liqliklarning paydo bo'lishi va ularning ishlarni tashkil qilish modellarida qo'llanilishining xronologik tartibida amalga oshirildi. Qayd qilinishicha, ishlarni amalga oshirish grafigida o'zaro bog'liqliklarni aks ettirish birinchi bor 1909-yilda K.Adametski tomonidan taklif etilgan . A.A.Gusakov o'z ishlarida qurilishda ishlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklarni hisobga oluvchi to'rsimon modelni A.A.Erasmus tavsiya qilganligini ta'kidlagan. Biroq, ushbu ishda ishlar o'rtasidagi bog'liqliklarning turlari tavsiflanmagan. Tasavvur qilish qiyin emaski, ishlar o'rtasida va ishlarning murakkab majmualar o'rtasida har doim o'zaro bog'liqlik mavjud hisoblanadi, chunki har qanday ob'yektni qurish davomida qurilish jarayonlari ma'lum bir ketma-ketlik tartibida va ma'lum bir o'zaro bog'liqliklar asosida olib boriladi. Biroq, ma'lum bir davrlargacha bu bog'liqliklar hisobga olinmagan, ishlarni tashkil qilish bilan shug'ullanuvchi mutaxasislar tomonidan o'rganib chiqilmagan va shu sababli, ulardan ishlarni bajarish samaradorigini oshirish maqsadlarida vosita sifatida foydalanishning iloji bo'lmagan.Ishlarni oqim usulida tashkil qilish usullari vujudga kelishi bilan, tadqiqotchilar tomonidan qurilish-montaj ishlarini taqvimiy rejalashtirish modellari ishlab chiqilishida ob'yektlarning alohida ishlar frontlariga bo'lib chiqilishi boshlangan va bunda siklogrammalardan foydalanilgan, bunda ham ishlar o'rtasidagi texnologik va tashkiliy (resurslarga oid) bog'lanishlar yaqqol ko'rinishda hisobga

olinmaganligini ko'rish mumkin.Ishlarni tashkil qilish modellarini ishlab chiqishda ular o'rtasidagi bog'liqliklar yaqqol ko'rinishda murakkab ko'p elementli ishlar majmualarini tavsiflash uchun to'rsimon rejalashtirish va boshqarish usullari (TRB) va modellaridan foydalanish tadbiq etilishi natijasida yuzaga keltirilgan. Bunda dastlabki to'rsimon rejalashtirish va boshqarish usullari (1960 -yillarning boshlari, 1970 - yillarning o'rtalari) tarkibida umumiy holatda bog'lanishlar haqiqiy qimmatga ega bo'lmagan soxta ishlar sifatida qarab chiqilgan va ular turlari, tavsiflari, yo'naltirilishi va boshqa tavsiflari bo'yicha differensiatsiyalanmagan, bu holat biroz keyinroq davrlarda amalga oshirilgan. Ushbu masalaning dolzarbligi darajasi keyinchalik amaliyotda tarmoq to'rsimon rejalashtirish va boshqarish usullaridan foydalanish ehtiyoji tug'ilishi va shuningdek, ushbu bog'lanishlarning ishlarning oqim tavsifida tashkil qilinishi tarkibida kombinatsiyalar ko'rinishida aks ettirilishi, bundan tashqari jadvallarning matritsali modellari nazariyalari asosida tan olingan. Bu masalalar V.A.Afanasev va uning shogirdlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida o'rganib chiqilgan. Tadqiqotchilar tomonidan aniqlanishicha, har qanday bog'lanishlar turlari alohida ishlar turlari va ularning umumiy holatda majmualarining bajarilishi tartibi va muddatlarida cheklanishlar bilan tavsiflanishi qayd qilinadi. Tadqiqotlarda umumlashtirilgan to'rsimon modellarda «texnologik» va «tashkiliy» tavsifdagi ishlar o'rtasidagi bog'liqliklar tushunchalari kiritilgan bo'lib, ushbu ish muallifi tomonidan bu ishlarning o'zaro bog'liqliklari uzluksizlik tamoyili asosida izohlanadi va global miqyosdagi ishlar uzluksizlik asosida bajarilishi talab qilinishi ta'kidlanadi. Agar, V.A.Afanasev tomonidan o'ztadqiqotlarida foydalanilgan atamalar tarkibi qarab chiqiladigan bo'lsa, u holda umumlashtirilgan to'rsimon model bo'yicha keltirilgan ushbu tushuncha resurslarning uzluksiz tavsifda foydalanilishi sifatida qo'llanilganligini ko'rish mumkin.Ishlarni tashkil qilishda matritsa modelini ishlab chiqish asosida V.A.Afanasev tomonidan ishlar o'rtasidagi bog'liqliklar ularning tavsiflari bo'yicha o'zaro ajratib chiqilgan:

1.Resursli bog'liqliklar turli xil frontlarda ketma-ketlikda bir xil resurslar bilan bajariluvchi bir xil ko'rinishdagi hamkor turdagi ishlar o'rtasida;

2.Frontal bog'liqliklar bitta front doirasida texnologik ketma-ketlikda bajariluvchi turli xil hamkor turdagi ishlar o'rtasida yuzaga keladi.

3.Darajaviy (rang) bog'liqliklar turli frontlarida bajariluvchi bir darajadagi turli ko'rinishdagi hamkor ishlar o'rtasida yuzaga keladi (bu erda rang -tushunchasi orqali ishlarning tartib raqami darajasi ifodalanadi).

4.Maxsus bog'liqliklar kurinishi, fronti va darajasi (rang) bo'yicha hamkor bo'lmagan ishlar o'rtasida.

Frontal bog'liqlik ta'rifidan ko'rish mumkinki, ushbu bog'likliklar bitta frontda bajariluvchi turli xil turdagi hamkor ishlar o'rtasidagi texnologik chegaralanishlarni ko'rsatib beradi va bu bog'lanishlar xususiy frontlarda aralash jarayonlarning son miqdori va o'lchamlari o'zaro bir-biriga mos tushishi holatlarida foydalanilishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoitlarida alohida olingan (hamkor) oddiy texnologik jarayonlarda xususiy frontlarning o'lchamlari, konfiguratsiyalari va son miqdori o'z navbatida, o'zaro farqlanadi. Darajaviy (rang) bog'liqliklar ishlarning boshlanishi yoki muddatlarda tugallanishiga mos holatda, bitta darajaga oid ishlarning erta boshlanishi yoki kech tugallanishida kiritiladi. Ob'yektlarni qurish jarayonida fazoviy texnologik struktura modelini (FTSM) shakllantirishda ushbu bog'liqliklarni hisobga olish talab qilinmaydi, chunki ushbu bog'liqliklar bitta darajadagi (rang) ishlarning potensial tavsifda o'zaro birgalikda bajarilishini o'zida aks ettiradi, biroq bunda ishlarning amalga oshirilishi haqiqiy shart-sharoitlari va ularni bajarishning noritm tavsifiga ega emasligi hisobga olinmagan. V.A.Afanastev tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda maxsus bog'liqliklar o'rganilmagan, bu turdagi bog'lanishlarga sharh berilmagan va ulardan foydalanish zaruriyati va mo'ljallanilishi haqida ma'lumotlar keltirilmagan.

Xulosa.Yuqorida o'rganib chiqilgan ma'lumotlar bo'yicha shunday xulosaga kelish mumkinki, oddiy texnologik jarayonlar darajasida qurilish-montaj ishlarini taqvimiy rejalashtirish usullarini navbatdagi takomillashtirish ishlari ishlar turlari o'rtasidagi bog'liqliklarni o'rganish darajasiga bog'liq hisoblanadi, bunda ushbu bog'liqliklar yordamida ob'yektni qurish jarayonida biz tanlagan oddiy texnologik jarayonlar modelini tadqiq qilish uchun ishlar turlarini amalga oshirishda deyarli har qanday chegaralanishlarni hisobga olish mumkin hisoblanadi. O'z navbatida, ushbu bog'liqliklarni o'rganish qurilish ishlab chiqarish maxsulotlari va ularni ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga bevosita bog'liq hisoblanadi. Shunday qilib, yana ikkita vazifa belgilab olinadi: ya'ni, qurilish ishlab chiqarish maxsulotlari va ularni ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish va ushbu xususiyatlar ta'sirida yuzaga keluvchi oddiy texnologik jarayonlar ishlari o'rtasidagi bog'liqliklar turlari va tavsiflarini tadqiq qilish.

Ushbu vazifalarning hal qilinishi ob'yektni qurish jarayonining fazoviy texnologik strukturasi modelida qurilish ishlab chiqarish maxsulotlari va ularni ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari ta'sirida yuzaga keluvchi turli xildagi chegaralanishlar o'rtasidagi bog'liqliklarni kiritish va o'z navbatida, uning moslashish xususiyati darajasini oshirish imkoniyati yuzaga keladi.

ADABIYOTLAR

1.Драпеко, В.Г. Связи в организационно-технологических моделях

строительного производства / В.Г. Драпеко // Организация, планирование и

управление строительством: сб. трудов. -Л.: ЛИСИ, 1981. -с. 16-25.

2.Адамецки, К. О науке организации (Избранные произведения) / К. Адамецки. -Перевод с польского. М.: Экономика, 1972. -191 с.

3.Батурин, В.И. Поточность в строительном производстве / В. И. Батурин. -М: Госиздат стр. литературы, 1941. -179 с.

4.Будников, М.С. Основы поточного строительства / М.С. Будников, П.И. Недавний, В.И. Рыбальский. -Киев, Госстройиздат УССР. -1961.415 с.

5.Афанасьев, В.А. Алгоритмы формирования, расчета и оптимизации методов организации работ /В.А. Афанасьев. -Л.: ЛИСИ, 1980. -96 с.

6.Афанасьев, В.А. Поточная организация строительства / В. А. Афанасьев. -Л.: Стройиздат. ЛО, 1990. -292 с.

7.Воропаев, В.И. Модели и методы календарного планирования в автоматизированных системах управления строительством / В. И. Воропаев. -М., Стройиздат, 1975. -232 с.

8.Теличенко, В.И. Технология строительных процессов: В 2-х ч., ч. 1.: 3-е изд., стер. Учеб. для строит, вузов / В.И.Теличенко, О.М. Тереньтев, А.А. Лапидус. -М.: Высш. Шк.,

9.Атаев,С.С.Технология строительного производства: Учебник для вузов/ С.С.Атаев, Н.Н. Данилов, Б.В. Прыкин и др.-М.:Стройиздат, 2020.-559с ,ил.

10.Джабриев А.Н., Досымбетов Н.Б «Отличие простых приемов от планирования системы ЭГЕМ в производстве строительно-монтажных работ» Международная научно-практическия, посвященная 100-летию со дня рождения профессора Виктора Алексеевича Афанасьева, СП-2023 стр.143-148

11.Djabriev A.N., Dosimbetov N.B "Fan-taraqqiyot 2024: Muommolar va rivojlanish tendensiyalari" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Namangan 2024, "Ishlab chiqarish jarayonlarining taqvimiy rejalashtirishga ta'siri tahlili" 356-358v.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.