QULAY INVESTITSIYA MUHITI JOZIBADORLIGINI OSHIRISHNING
XORIJ TAJRIBASI
Salayev Dilshodbek Sofarbayevich
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti"
kafedrasi mudiri, i.f.f.d. PhD. [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish va qulay investitsiya muhitini barpo etish bo'yicha xorij mamlakatlari tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlari, xususan Malayziya va BAA tajribalari chuqur tahlil etilgan va ularning investitisiya siyosati, rivojlarlangan mamlakatlardan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasidan mamalakatda foydalanish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo 'lgan vazifalar yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: invstitsiya muhiti, investisiya siyosati, to 'g 'ridan-to 'g'ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya loyihalari, milliy investitsiyalar, soliq siyosati, reinvestitsiya, eksport.
ANNOTATION
The article discusses the possibilities of effectively using the experience of foreign countries to improve the investment environment in Uzbekistan, increase its attractiveness and create a favorable investment environment, in particular, the experience of Malaysia and the UAE, as well as their investment policies, effectively highlighting management methods when attracting investments from developed countries and problems that need to be solved when using production technologies in the country.
Keywords: investment environment, investment policy, foreign direct investment, investment projects, national investment, tax policy, reinvestment, export.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются возможности эффективного использования опыта зарубежных стран для улучшения инвестиционной среды в Узбекистане, повышения его привлекательности и создания благоприятной инвестиционной среды, в частности, опыта Малайзии и ОАЭ, а также их инвестиционной политики, эффективно выделение методов управления при
204
привлечении инвестиций из развитых стран и задач, которые необходимо решить при использовании производственных технологий в стране.
Ключевые слова: инвестиционная среда, инвестиционная политика, прямые иностранные инвестиции, инвестиционные проекты, национальные инвестиции, налоговая политика, реинвестирование, экспорт.
Fan-texnika taraqqiyotining chuqurlashuvi natijasida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bugungi kunda jahonda investisiyalar uchun raqobat keskinlashmoqda. Bunday sharoitda har qanday mamlakat investisiyalarni jalb etish orqali o'z iqtisodiyotini rivojlantirishga, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va yangilashga, yangi ishlab chiqarish turlarini yo'lga qo'yishga harakat qiladi. Bu esa qulay investisiya muhitini barpo etishni taqozo etib, unga maqsadga muvofiq investisiya siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi.
O'zbekistonda investitsiya muhitini takomillashtirish bu sohada salmoqli muvaffaqiyatlarga erishgan xorijiy mamlakatlarda to'plangan tajribalarni o'rganish va umumlashtirishni taqozo etadi. Garchi har bir mamlakat o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lsa-da, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida umumiy jihatlar ham mavjud. Aynan umumiy jihatlar qulay investitsiya muhitini barpo etish bo'yicha xorij mamlakatlari tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Asosan, ushbu maqola uchun adabiyot tahlili xorijiy mamlakatlarda qulay investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish bo'yicha mavjud bilimlarni ko'rib chiqishni va undan maqolada qo'llanilgan yondashuv va metodologiyani xabardor qilish uchun foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu munosabatlarni o'rganadigan ko'plab tadqiqotlar va ilmiy maqolalar mavjud. Bunga misol qilib Xailay Gebretatiosning "Iqtisodiy ko'rsatkichlarning rivojlanayotgan bozorlarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikka ta'siri" nomli maqolasini keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot 38 rivojlanayotgan bozor mamlakatlarida YaIM, inflyatsiya va savdo ochiqligi kabi iqtisodiy ko'rsatkichlarning to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimiga ta'sirini tahlil qiladi.
Asosiy ilmiy-nazariy qoidalarni ishlab chiqishda ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, monografik tadqiqot, taqqoslash kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
MUHOKAMA
So'nggi yillarda qulay investitsiya muhitini shakllantirish va mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etish sohasida salmoqli yutuqlarga erishgan
205
KIRISH
www.birunijournal .uz
mamlakatlardan biri Malayziyadir. Malayziya yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha 2022 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda to'rtinchi, dunyoda 38-o'rinni egallaydi[1]. Jahon mamlakatlari global raqobatbardoshligi reytingida 2022 yilda mamlakat 32-o'rinda qayd etildi[2]. Sanoat rivojlanishi va samarali investitsiya siyosati tufayli Malayziya diversifikatsiyalashgan iqtisodiyot tarkibini shakllantirdi. Shu sababli Malayziyada investitsiya muhitini tadqiq etish bugungi kunda dolzarb masalalardandir.
Malayziyada investitsiya muhitini shakllantirish, xorijiy va milliy investitsiyalarni jalb etish masalalari bilan Malayziya Investitsiyalarni rivojlantirish Boshqarmasi (MIDA) shug'ullanib, u "yagona darcha" tamoyili asosida faoliyat yuritadi. Mazkur boshqarma investitsiya kiritishi mumkin bo'lgan investorga mamlakatning investitsiya imkoniyatlari, korxonalar tashkil etish tartibi va qoidalari, davlat investitsiya siyosatiga oid eng oxirgi ma'lumotlarni tezkorlik bilan yetkazib beradi. Ushbu maqsadda Boshqarmaning shtab-kvartirasida Bandlik va mehnat vazirligi, Migratsiya xizmati, Davlat bojxona xizmati, "Tenaga Nasional" va "Telekom Malaysia" kompaniyalari vakillari doimiy tarzda faoliyat yuritadilar.
MIDAning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat[3]:
- xorijiy va mahalliy investitsiyalarni sanoat va xizmat ko'rsatish tarmoqlariga jalb etish;
- sanoat va xizmat ko'rsatish sohalariga loyihalar uchun talabnomalarni ko'rib chiqish, shu jumladan:
- soliq imtiyozlarini taqdim etish;
- ishlab chiqarish litsenziyalari va sertifikatlarini berish (litsenziya qiymati 13 AQSH dollari atrofida);
- investitsiya loyihalari doirasida Malayziyaga olib kirilayotgan xomashyo, butlovchi qismlar va uskunalar uchun bojxona to'lovlari va yig'imlaridan to'la yoki qisman ozod qilish;
- investitsiya loyihalari doirasida xorijliklarga ishchi vizalarni olishga ruxsatnomalar berish;
- maslahatlar va federal hamda mintaqaviy darajadagi hukumat bilan hamkorlik yo'li bilan kompaniyalarga loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashish;
- sanoat rivojlanishi bilan bog'liq idora va tashkilotlar harakatini muvofiqlashtirish va ular o'rtasida axborot almashinuviga yordam ko'rsatish.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun Malayziya hukumati tomonidan investorlarga imtiyozlar taqdim etishning moslashuvchan tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim doirasida investorlarga alohida maqom taqdim etiladi. Bu maqom kompaniyalarga soliq imtiyozlaridan, uskunalar va materiallar xarid qilish uchun
206
www.birunijournal .uz
alohida shart-sharoitlardan foydalanish, Malayziya hududida ishlab chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish masalalarida yordam olish, intellektual mulkka huquqni kafolatlash imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, ushbu maqom infratuzilmalarga tekin qo'shilishni kafolatlaydi, alohida holatlarda investorlarga kompaniyaning 100 foiz aksiya paketiga egalik qilishga ruxsat beradi. Masalan, Malayziya "Multimediali Super Koridori" (MSC) alohida iqtisodiy zonasi va yuqori texnologiyali ishbilarmonlar rayoni doirasida alohida iqtisodiy zona rezidenti maqomiga ega kompaniyalarga investitsiyalar jalb etish uchun quyidagi imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi: multimediali uskunalarni tekin olib kirish, intellektual mulk himoyasi kafolati; internet-senzning mavjud emasligi, ilg'or AKT infratuzilmasini taqdim etish, Malayziya AKTni rivojlantirish bo'yicha Davlat korporatsiyasi tomonidan tekin maslahatlar ko'rsatish, rivojlangan shahar infratuzilmasining mavjudligi, ilg'or ilmiy-tadqiqot majmuasidan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, kirish bojlari, aksiz, uskunalar va materiallar sotishga soliqlarga imtiyozlar va boshqalar.
Malayziya huquqiy hujjatlarida iqtisodiyotga xorijiy va milliy investitsiyalar jalb etish uchun qulay imtiyozlar tizimi joriy etilgan. Malayziyada to'g'ridan to'g'ri va bilvosita soliq imtiyozlari tizimi quyidagi qonun hujjatlarida aks etgan: "Promotion of Investments Act 1986", "Income Tax Act 1967", "Customs Act 1967", "Sales Tax Act 1972", "Excise Act 1976" va "Free Zones Act 1990". Bu qonuniy hujjatlar sanoat, qishloq xo'jaligi, turizm sektori, shuningdek, xizmatlar sektori, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof-muhit himoyasiga qartilgan faoliyatga kiritilgan investitsiyalarga tegishli hisoblanadi.
Ayni vaqtda to'g'ridan to'g'ri soliq imtiyozlari deganda muayyan muddatga daromad solig'ini to'lashdan to'liq yoki qisman ozod etish tushunilsa, bilvosita soliq imtiyozlari deganda kirish bojlari, sotishdan olinadigan soliq va aksiz yig'imlarini to'lashdan ozod etish tushuniladi.
Malayziya kompaniyalari aksiyasini sotib olayotganda xorijiy va malayziyalik investorlar aksionerlik jamiyatning 70 foiz aksiyasini sotib olish huquqiga ega. Qolgan 30 foiz aksiya mahalliy "bumiputra" malay kapitaliga tegishli bo'lishi lozim. "Bumiputra" - bu etnik malaylar va mamlakatning boshqa tub xalqi vakillaridir. Bularga nisbatan ularning ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish maqsadida qator qonuniy imtiyozlar, shu jumladan, mahalliy kompaniyalar kapitalida ishtirok etish bilan bog'liq imtiyozlar biriktirilgan.
XXI asr boshlarida Malayziyada sanoat va xizmat ko'rsatishning turli tarmoqlariga tegishli xorijiy investorlar va kapital qo'yilmalari uchun qator cheklovlar ham joriy qilingan. Jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
207
www.birunijournal .uz
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ba'zi holatlarda Xorijiy investitsiyalar bo'yicha Qo'mitaning ruxsatnomasi talab etiladi (1-jadval):
1. Aksiyalar sotib olish, qo'shilish va qo'shib olinish natijasida mahalliy kompaniya ustidan nazorat xorijiy investorlar qo'liga o'tsa.
2. Jalb etiladigan investitsiyalar hajmi 10 mln Malayziya ringitidan ko'proq bo'lsa (almashuv kursi bo'yicha 2,5 mln.AQSH dollariga teng).
3. Agar har bir xorijiy investorning ulushi 15 foiz, birgalikdagi ulushi 30 foizdan ko'proqni tashkil etsa.
Malayziyada qayta kiritilgan investitsiyalar uchun soliqlarni 60 foizga pasaytirish tartibi joriy qilingan. Kompaniya tashkil topgan yilda normativ foydanining 70 foiziga (Sabax, Saravak, Labuan va Sharqiy koridor yarim orolida ro'yxatdan o'tgan kompaniyalarga, shuningdek, yuqori texnologiyali kompaniyalar uchun 100 foiz) erishgan sharoitda imtiyoz joriy etiladi.
1-jadval
Malayziyada ishlab chiqarish sohasiga investitsiyalar jalb etishni rag'batlantirish chora-tadbirlari[4]
Soliq tashabbuslari Soliq imtiyozlari
Pioner maqomi 5 yil mobaynida daromad solig'idan ozod qilish (Sanoat aloqalari sxemasi (Industrial linkage scheme) Sanoatni rivojlantirish dasturiga kirgan kompaniyalar va yuqori texnologiyali kompaniyalar uchun), keyinchalik daromad solig'i 30 foiz, Sabax, Saravak, Labuan va Sharqiy koridor yarim oroli uchun - 15 foiz.
Investitsiyalar uchun soliq imtiyozlari Kompaniya o'z faoliyatini boshlagan vaqtdan boshlab 5 yil mobaynida amalga oshirilgan investitsiyalar bo'yicha soliqlarni 60 foizga pasaytirish (Sabax, Saravak, Labuan va Sharqiy koridor yarim oroli uchun 80 foiz). Kompaniya tashkil topgan yilda normativ foydanining 70 foiziga (Sabax, Saravak, Labuan va Sharqiy koridor yarim orolida ro'yxatdan o'tgan kompaniyalarga 100 foiz) erishgan sharoitda imtiyoz joriy etiladi. Imtiyozning ishlatilmagan qismi u to'liq ishlatilgunga qadar keyingi yilga ko'chirilishi mumkin. ITTKI va trening faoliyati bilan shug'ullunuvchi korxonalar uchun ular o'z faoliyatlarini boshlagan vaqtdan boshlab 10 yil davomida kiritilgan investitsiyalar uchun 100 foiz imtiyoz (ichki ITTKI bilan shug'ullanuvchilarga - 50 foiz).
Reinvestitsiya uchun imtiyozlar Qayta kiritilgan investitsiyalar uchun soliqlarni 60 foizga pasaytirish. Kompaniya tashkil topgan yilda normativ foydanining 70 foiziga (Sabax, Saravak, Labuan va Sharqiy koridor yarim orolida ro'yxatdan o'tgan kompaniyalarga, shuningdek, yuqori texnologiyali kompaniyalar uchun 100 foiz) erishgan sharoitda imtiyoz joriy etiladi. Reinvestitsiya bo'yicha taqdim etilgan imtiyozlar muddati tugagandan so'ng kompaniyalar jadallashtirilgan
208
amortizatsiya imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Unga ko'ra 40 foiz normal stavka va 20 foiz qo'shimcha stavka 3 yil davomida kapital qo'yilmalarni himobdan chiqarish imkonini beradi.
Bozor talablariga muvofiq ishlab chiqarishdagi o'zgarishlarga imtiyozlar Imtiyozlar ishlab chiqarishning o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash imkonini beruvchi, ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilovchi, mahsuldorlikni oshiruvchi va inson va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi sektor ichidagi qayta tashkil etish, rekonstuksiyalash va qo'shilish uchun ishlab chiqarish korxonalariga taqdim etiladi.
Sanoat aloqalari sxemasi (Industrial linkages scheme)ni mustahkamlash uchun tashabbuslar Yirik korxonalar uchun personal malakasini oshirish va mahsulotni ishlab chiqish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlarni soliqdan chiqarib tashlash. Mol yetkazib beruvchilar uchun 5 yil davomida foydadan olinadigan soliqdan ozod qilish bilan birga investitsiyalar kiritishga soliq imtiyozlari yoki pioner maqomi.
Eksport uchun tashabbuslar Eksport, tashilayotgan yuk qiymati xarajatlari, eksport kreditlarini sug'urtalashdagi mukofotlar bo'yicha ikki barobarlik xarajatlarni chiqarib tashlash. Oshgan eksport, sanoat binolari va eksport kreditlarini qayta moliyalashtirish qiymatlariga soliq chegirmalari.
Malayziya savdo markalari uchun tashabbuslar Mahalliy reklamani joylashtirganlik uchun ikki barobarlik xarajatlarni chiqarib tashlash Malayziya firma belgilarini ilgari suruvchi kompaniyalarga kasbiy mukofotlar taqdim etish.
Ta'lim va rivojlanish uchun tashabbuslar Korxona tashkil etilgunga qadar ta'lim va rivojlanish bo'yicha xarajatlarga solinadigan soliqlardan bir martalik ozod qilish. Qaytadan attestatsiyadan o'tish, inson resurslarini rivojlantirish uchun xarajatlarni ikki tomonlama chegirish.
Infratuzilmani rivojlantirish uchun dotatsiya. Sharqiy Malayziyada xizmat ko'rsatish sohasida yoki ishlab chiqarish sektorida ishlayotgan kompaniyalarga infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha xarajatlariga 100 foizlik dotatsiya berish.
ITTKI uchun tashabbuslar 5 yilga 100 foiz daromad solig'idan ozod qilish bilan birga pioner maqomini taqdim etish yoki 10 yil davomida kapital xarajatlarga 100 foizlik nol stavkali soliq joriy etish
Reinvestitsiya bo'yicha taqdim etilgan imtiyozlar muddati tugagandan so'ng kompaniyalar jadallashtirilgan amortizatsiya imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Unga ko'ra 40 foiz normal stavka va 20 foiz qo'shimcha stavka 3 yil davomida kapital qo'yilmalarni himobdan chiqarish imkonini beradi.
Malayziya neft-gaz tarmog'iga investitsiyalar kiritish "Petronas" milliy neft-gaz kompaniyasi bilan mahsulotlar taqsimoti to'g'risida shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunday investitsiya loyihalari davlat organlari tomonidan individual tartibda tasdiqlanadi va unda xorijliklar ulushi ayrim hollarda 85 foizgacha yetadi.
209
Neftni qayta ishlash sanoatida xorijiy kapital ishtiroki bo'yicha cheklovlar mavjud emas.
Bir qator holatlarda xorijiy kompaniyalar 100 foiz aksionerlik kapitaliga egalik qilish huquqiga ega. Xususan:
- qayta ishlash sanoatining yangi loyihalarida yoki mavjud ishlab chiqarish turlari kengaytirilgan yoki diversifikatsiyalashtirilgan holatda (Innovatsiyalarni rivojlantirish bo'yicha Malayziya Agentligi tomonidan berilgan va Xalqaro savdo va sanoat Vazirligi tomonidan ma'qullangan ishlab chiqarish litsenziyasini olgan yoki "Multimediali superkoridor" loyihasining ishtirokchi-kompaniyasi ICT maqomiga ega kompaniyalar uchun);
- mahsulot yetkazib beruvchi mintaqaviy distribyutor markazlari, shtab-kvartiralari va xalqaro markazlarida;
- ilmiy-tadqiqot kompaniyalarida.
Malayziya axborot texnologiyalari, turizm, sanoatning eksportga yo'naltirilgan, kapital sig'imi yuqori va yuqori texnologiyali tarmoqlariga investitsiyalarni qo'llab -quvvatlaydi. Xususan, eksport faoliyatini rag'batlantirish maqsadida kompaniyalarga moliyaviy va soliq imtiyozlarini taqdim etish amaliyotidan keng foydalaniladi. Chunonchi, Malayziyada pioner maqomi, investitsiyalar miqdorida soliqlardan ozod etish, eksportni kreditlash, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va personalni o'qitishga grantlar taqdim etish, xomashyo va uskunalarning ayrim turlarini import bojlari to'lovidan ozod etish va boshqalar eksport faoliyatini rag'batlantirishning asosiy dastaklari hisoblanadi.
Malayziya iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investisiyalarning tarmoq tarkibi ancha takomillashgan bo'lib, unda qayta ishlash sanoati asosiy o'rinni egallaydi. Bu esa mamlakatda mavjud tabiiy-iqtisodiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini taqdim etish bilan birga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga va jahon hamjamiyatida tutgan o'rnini mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Shunday qilib, Malayziyada investitsiya muhitini o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, investitsiyalar sohasida qabul qilingan qonuniy hujjatlar, eng avvalo, Malayziya milliy manfaatlarni hisobga oladi va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan.
Malayziya investitsiya muhitining ayrim jihatlaridan O'zbekistonda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Xususan, bozorda raqobat muhitini saqlab qolish, xomashyodan foydalanish uchun xorijiy investitsiyalarga joriy etilgan cheklovlar, axborot texnologiyalari, turizm, sanoatning eksportga yo'naltirilgan, kapital sig'imi yuqori va yuqori texnologiyali tarmoqlariga kiritiladigan xorijiy investitsiyalarni
210
www.birunijournal .uz
qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarini o'rganish va mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish O'zbekistonda qulay investitsiya muhitini shakllantirishda alohida rol o'ynaydi.
Malayziya investitsiya siyosatining yana bir muhim jihati investitsiyalarning aksariyat qismini qayta ishlash sanoatiga yo'naltirilganligi hisoblanadi. O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi xom ashyo va uni qayta ishlashga yo'naltirilayotganligini hisobga olsak, Malayziyaning bu tajribasi bizga ancha qo'l keladi.
Qulay investitsiya muhiti shakllantirishda sezilarli ijobiy natijalarga erishgan mamlakatlardan yana biri Birlashgan Arab Amirliklari hisoblanib, u tarixan qisqa davrda - ellik yilda sahro qo'ynida mo'jiza yaratib, iqtisodiyot, innovatsiya, savdo, moliya va turizm bo'yicha dunyo markazlaridan biriga aylandi. BAAning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda erishgan yutuqlari neft omili bilan birga qulay investitsiya muhitini shakllangantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar bilan bog'liq. Mamlakatda qulay investitsiya muhitini belgilab beruvchi omillardan biri BAAning soliq siyosati bilan bog'liq.
BAA, jumladan Dubay soliq siyosatining o'ziga xos jihati shundan iboratki, unda nafaqat alohida jismoniy shaxslar, balki savdo, xizmat ko'rsatish, ishlab chiqarish kompaniyalari ham soliqdan ozod etiladi. Shu bilan birga, mamlakatning fiskal siyosati ijtimoiy soliqlar to'lovini inkor etadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliq yukining ortib borishi fonida BAA o'ziga xos soliq siyosati tufayli xalqaro biznesni shakllantirishda qator ustunlik va imkoniyatlarga ega. Aynan hukumatning soliq siyosati sababli Birlashgan Arab Amirliklari investitsiyalar, biznes va mehnat faoliyati olib borish uchun jozibador joy bo'lib qolmoqda.
O'z faoliyatini rivojlantirayotgan va savdo bo'limlarini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalar uchun so'nggi 10 yilda BAA ideal biznes makoniga aylandi. Ular uchun Dubay o'z soliq siyosati bilan rivojlanish uchun daromadli va barqaror baza vazifasini bajarmoqda. BAA milliy iqtisodiyoti neft-gaz tarmog'idangina iborat emas, 2022 yilda ushbu tarmoqning mamlakat YAIMidagi ulushi 24,5 foizni tashkil etadi[5]. BAAda milliy iqtisodiyotning neft daromadlariga bog'liqligiga barham berishga qaratilgan faol diversifikatsiyalash siyosati va erkin iqtisodiy hududlarda o'ziga xos soliq tizimining joriy etilishi xalqaro savdo, sanoat va mashinasozlik, moliyaviy xizmatlar kabi neftdan boshqa tarmoqlarning taraqqiy etishiga olib keldi, korporativ soliqqa tortish amaliyotining yo'qligi BAAni turli tarmoqlardagi potensial investor va tadbirkorlar uchun qulay biznes maydoniga aylantirdi.
211
www.birunijournal .uz
Ayni vaqtda mavjud soliq siyosati iqtisodiyotning ma'lum tarmoqlari umumiy tartibda soliqqa tortilishini nazarda tutadi. Xususan, bevosita BAAda bank va neft-gaz sektorida faoliyat olib boruvchi korxonalardan korporativ soliqlar olinadi.
Ma'lumki, neft-gaz sektori Amirliklar iqtisodiy taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Birlashgan Arab Amirliklari hukumati tarmoqning yuqori daromadlilik darajasini tushunib, uning uchun mahsus soliq siyosatini ishlab chiqdi. Masalan, BAA hududida neft qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalar uchun soliq stavkasi 50-55 foizni tashkil etdi. Korxona BAA hududidan tashqarida neft qazib olish va uni qayta ishlash faoliyati bilan shug'ullansa va BAAda o'z filialini ochsa, mahalliy soliq siyosatiga ko'ra u soliqlardan ozod qilinadi.
Bank sohasida shariat qonunlari soliqqa tortishning asosi hisoblanadi. Arab olamida mablag'larni foizga berish sudxo'rlik hisoblanadi. Biroq bu holat mamlakatda xorijiy va mahalliy bank tashkilotlaridan iborat zamonaviy bank tizimini shakllantirishga to'sqinlik qilmaydi. BAA hududida bank sektorida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar uchun o'rtacha soliq stavkasi 20 foizni tashkil etadi. Bank faoliyati shariat qoidalari va xalqaro standardlar asosida olib boriladi.
Shunday qilib, Birlashgan Arab Amirliklarining fiskal siyosati raqobatbardoshlik jihatidan mahalliy va xorijiy biznes uchun ustunliklar taqdim etadi. Mahalliy soliq siyosati BAA milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsilar va yuqori malakali ishchi kuchini jalb qilishga ham xizmat qiladi. BAA soliq siyosati soliqlardan olingan daromadlarga mamlakatning asosiy daromadi sifatida qaramaydi. Ma'lumki, tarixan neft qazib olish, qayta ishlash va uni eksport qilish milliy iqtisodiyotning negizini tashkil etgan. Bugungi kundagi soliq siyosati ham ana shundan kelib chiqqan holda shakllantirilgan. Neft-gaz sektoridan olingan daromadlar yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlari va iqtisodiyotning diversifkatsiyalashuvini ta'minladi. Neft-gaz tarmoqlaridan olinayotgan daromadlarni diversifikatsiyalash evaziga Dubayda o'ziga xos soliq siyosatiga ega erkin iqtisodiy hududlar, yirik savdo markazlari va ofis binolari rivojlanishi ta'minlanmoqda:
- Djebel Ali erkin iqtisodiy hududi va Dubay savdo markazi;
- Djebel Ali va Rashid porti;
- Burj al-Arab, Dubay Mall va Burj al-Halifa;
- Tinchlik va Jumeyra su'niy orollari;
- dunyodagi eng yirik xalqaro re-eksport markazi;
- yetakchi jahon tajribalari va texnologiyalarini birlashtirish va mustahkamlash platformasi;
- mintaqaning zamonaviy infratuzilmaga ega eng yirik turistik markazi;
212
www.birunijournal .uz
- o'ziga xos soliq siyosatiga ega, turli sohalarga ixtisoslashgan va imtiyozlar taqdim etuvchi mahsus erkin savdo hududlari[6].
Bu loyihalar transport, sanoat, turizm, tibbiyot va ta'lim kabi turli sohalarni rivojlantiruvchi yirik markazlar hisoblanadi. Ushbu markazlar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda, natijada Dubay va boshqa Amirliklarga taklif etilayotgan imkoniyatlar va o'ziga xos soliq siyosati sababli xalqaro biznes, kadr va moliyaviy mablag'larni keng jalb qilmoqda. Maxsus iqtisodiy maqom va o'z soliq siyosatiga ega ixtisoslashgan mintaqalar milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan hukumat loyihasiga aylandi. Bugungi kunda BAA hududida 60 dan ortiq shu kabi maxsus iqtisodiy zonalar mavjud. Ular biznes uchun qator afzallik va imkoniyatlar taklif qiladi[7]:
- mahalliy homiy yoki hamkorlar jalb qilmasdan biznesga egalik qilish;
- import va eksport imtiyozlarining joriy etilganligi;
- investitsion aktiv va olingan daromadlarni cheklanmagan miqdorda repatriatsiya (vataniga olib chiqish) qilish kafolati;
- uzaytirish imkoniyati mavjud uzoq muddatli soliq ta'tillari (15 yildan boshlab);
- dividend, kapital o'sishi soliqdan ozod qilingani;
- ishchilarning soliqdan ozod etilgani;
- valyutani davlat tomonidan tartibga solish amaliyotning mavjud emasligi;
- xalqaro savdoda davlat kvotalari va to'siqlarning yo'qligi;
- korxonani ro'yxatdan o'tkazishning soddalashtirilgan tartibi, korxona faoliyatini tashkil etish va unga xizmat ko'rsatish xarajatlarining minimalligi.
Mahalliy soliq siyosatining yana bir xususiyati ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish maqsadida tuzilgan qator xalqaro kelishuvlar hisoblanadi. Bu kelishuvlar xalqaro darajada soliqqa tortish bazasini optimallashtirish imkonini berishi bilan yirik transmilliy korxona va xolding tashkilotlari uchun samarali vosita vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, BAA soliq tizimi nafaqat biznes uchun, balki Dubayni o'z faoliyatining markaziga aylantirishi va BAA taklif qilayotgan o'ta qulay soliq tizimidan maksimal darajada foydalanishi mumkin bo'lgan xalqaro kompaniyalar investitsiyalari uchun ham jozibador hisoblanadi.
BAA savdo va to'lov balansidagi muntazam profitsitlar Abu Dabi amirliklarining yirik suveren investitsiya fondlari shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bu fondlar orasida Abu Dabi investitsiya boshqarmasi hisoblanib, uning aktivlari miqdori 828 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. "Mubadala Investment Kompani" investsiya fondining aktivlari miqdori - 230 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Bu kompaniya 2017 yilda ikkita yirik investitsiya fondlari - "Mubodala Investment kompani" va "Interneshnl Petroleum Investment Kompani"larning
213
www.birunijournal .uz
qo'shilishi asosida tashkil topgan. Abu Dabi investitsiya kengashi ham yirik investitsiya kompaniyalaridan hisoblanadi.
Moliyaviy jamg'armalarning katta qismi mamlakatdagi 49 ta bankda (shulardan 26 tasi xorijiy banklar) saqlanadi. Banklardagi umumiy depozitlar miqdori 445 mlrd. dollarni, aktivlari hajmi 736 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi[8].
BAA suveren fondlari va xususiy korxonalarining xorijdagi investitsiyalari hajmi 1 trln. dollardan oshib ketdi[9].
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Abu Dabi investitsiya kengashi (ADIK) Mubadala investitsiya kompaniyasiga biriktirildi. Buning natijasida Mubadala suveren fondining aktivlari 230 mlrd. dollarga yetdi. ADIKning aktivlari BAAdagi eng yirik bank First Abu Dhabi Bank aktivlarini o'z ichiga oladi. ADIK ushbu bankning 33 foiz aksiyalariga ega, ayni vaqtda ushbu investitsiya kompaniyasining Abu Dabi tijorat bankidagi ulushi 50 foizni tashkil etadi. ADIK shuningdek, Al Hilal Bank islom bankining ham ta'sischisidir. Bundan tashqari, Kengash Abu Dabi milliy sug'urta kompaniyasi (ADMSK), Abu Dabi aviatsiya kompaniyasi (ADAK) va Abu Dabi investitsiya kompaniyasi - Invest Adda ham o'z ulushiga ega. ADIKning umumiy aktivlari qiymati 123 mlrd. AQSH dollarini, Mubadala kompaniyasining umumiy aktivlari 127 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
Qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo'yicha BAA tajribasi shundan dalolat beradiki, qulay investitsiya muhitini shakllantirishning muhim yo'nalishlaridan biri - maxsus iqtisodiy zonalarni shakllantirish hisoblanadi. Shu sababli O'zbekistonda ham ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shaklini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda 24 ta maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etilgan. Shuning 23 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan[10].
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida 2008-2022 yillar davomida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar miqdori esa 896,9 million dollar bo'lgan 604 ta loyiha amalga oshirilgan. Bu loyihalar orqali 54 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilgan. Bu loyihalar orasida eng yiriklari "Angren" maxsus iqtisodiy hududida (umumiy qiymati 1038,2 mln. AQSH dollarga teng bo'lgan 84 ta loyiha), "Navoiy" maxsus iqtisodiy hududida (umumiy qiymati 495 mln. AQSH dollariga teng 73 ta loyiha), "Urgut" maxsus iqtisodiy hududida (umumiy qiymati 335,9 mln. AQSH dollariga teng 77 ta loyiha) va "Qo'qon" maxsus iqtisodiy hududida (umumiy qiymati 280,2 iln. AQSH dollariga teng 884 ta loyiha) amalga oshirilgan[11]. Tahlil etilayotgan davr mobaynida maxsus iqtisodiy hududga a'zo korxonalar tomonidan umumiy qiymati 13,7 trln. so'mga teng 500 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarildi va 283,1 mln. dollar hajmida mahsulotlar eksport qilindi[12].
214
www.birunijournal .uz
NATIJALAR
Qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo'yicha Malayziya va BAA tajribalarini umumlashtirish shundan dalolat beradiki, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlari amalga oshirilayotgan sharoitida chet el kapital qo'yilmalari orasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar alohida ahamiyatga ega. Odatda bunday investitsiyalar ichki jamg'armalar imkoniyatlaridan ko'proq investitsiyalarni jalb etish orqali mamlakat va uning korxonalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltiradi.
Shu bilan birga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yana bir qator imkoniyatlar taqdim etadi:
- jahonda mashhur kompaniyalarning savdo belgilaridan, nau-xaulardan, transmilliy kompaniyalarning mahsulot eksportini kengaytirish uchun jahon bozorlariga kirib borish kanallaridan foydalanish;
- zamonaviy texnologik uskunalarni import qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning innovatsion usullarini joriy etish.
Shu sababli qulay investitsiya muhitini shakllantirishda shu jihatga alohida e'tibor qaratish lozim. Zero, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi mamlakatdagi investitsiya muhitining investorlarga ma'qul kelayotganligidan, ularda muvaffaqiyat uchun ishonch mavjud ekanligidan dalolat beradi. Ayni vaqtda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning uzoq muddatli xarakterga ega ekanligi, mamlakat uchun qarz majburiyatlarini vujudga keltirmasligi milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirayotgan mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston manfaatlariga mos keladi.
Qulay investitsiya muhitini shakllantirishda hukumatlar xorijiy investitsiyalar jalb etishning turli usullari va dastaklaridan foydalanadi. Malayziya xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Malayziyaga boshqa rivojlangan mamlakatlar, xususan AQSH va Yevropa mamlakatlaridan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o'ziga tatbiq qilishga usutvor vazifa sifatida qaralgan. O'zbekiston investitsiya siyosatini takomillashtirishda aynan mana shu jihatga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo'yicha BAA tajribasi maxsus iqtisodiy zonalarni shakllantirish va samarali soliq siyosatini amalga oshirish qulay investitsiya muhitini shakllantirishning muhim omili ekanligini ko'rsatadi. Shu nuqtai nazardan O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilashda mamlakatda faoliyat yuritayotgan
XULOSA
215
www.birunijournal .uz
maxsus iqtisodiy hududlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda oqilona soliq siyosatini amalga oshirish alohida ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. https: //data.worldbank.org/indicator/ny.gdp.pcap .cd
2. http://worldcompetitiveness.imd.org/
3. https://www.mida.gov.my/
4. Финансовые стратегии модернизации экономики: мировая практика / под ред. Я. М. Миркина. - М.: Магистр, 2014. - С.365-367.
5. https://fcsc.gov.ae/en-us/Pages/Statistics/Statistics-by-
Subject.aspx#/%3Fsubject=Economy&folder=Economy/National%20Account/Natio nal%20Account
6. https://www.thefirstgroup.com/ru
7. Макаренко А.К., Голуб Г. Д. Механизмы привлечения инвестиций в ОАЭ // Финансы. Налогообложение. Кредит. - 2022. - №7. - С.25-26.
8. The United Arab Emirates' Government portal. [Электронный ресурс]. -Режим доступа: https://u.ae/en/information-and-services/finance-and-investment/foreign-direct-investment
9. The United Arab Emirates' Government portal. [Электронный ресурс]. -Режим доступа: https://u.ae/en/information-and-services/finance-and-investment/foreign-direct-investment
10. https://sez.gov.uz/?page_id=5964&lang=uz
11. https://miit.uz/ru/menu/svobodnye-ekonomicheskie-zony-uzbekistana-itogi-2022-goda-i-perspektivy-razvitija-na-2023-god
12. https://miit.uz/ru/menu/svobodnye-ekonomicheskie-zony-uzbekistana-itogi-2022-goda-i-perspektivy-razvitija-na-2023-god
216
www.birunijournal .uz