Научная статья на тему 'QORAQOLPOG‟ISTONDA TURIZM JOZIBADORLIGINI OSHIRISH VA YANGI YO'NALISHLARNI TASHKIL QILISH IMKONIYATLARI'

QORAQOLPOG‟ISTONDA TURIZM JOZIBADORLIGINI OSHIRISH VA YANGI YO'NALISHLARNI TASHKIL QILISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

28
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qoraqolpog‟iston Respublikasi / hududlar / mehmonxona hizmatlari / hizmatlar sifati / turizm turlari / tarixiy ob„yektlar. / Republic of Karakalpakstan / regions / hotel services / quality of services / types of tourism / historical objects.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nargiza Abduvohidovna Jo„rayeva, Baxrom Baxodirovich Hashimov

Mamalakatimizda amalga oshiralayotgan turizm islohotlari mavjud madaniy meros ob‟yektlar bo‟yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga undaydi. Qoraqolpog‟istonning boy tarixini, milliy madaniyati, o‟ziga hos urf odatlarini namoyon qilish, mavjud arxilogik, etno, turizm ob‟yekt targ‟ib qilinmoqda va bu ko„p sonli turistlar oqimini oshishiga sabab bo„lishi kutilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Tourism reforms implemented in our country encourage scientific research on existing cultural heritage objects. Karakalpakstan‟s rich history, national culture, unique traditions, existing archeological, ethno-tourism objects are being promoted, and this is expected to increase the flow of tourists

Текст научной работы на тему «QORAQOLPOG‟ISTONDA TURIZM JOZIBADORLIGINI OSHIRISH VA YANGI YO'NALISHLARNI TASHKIL QILISH IMKONIYATLARI»

QORAQOLPOG'ISTONDA TURIZM JOZIBADORLIGINI OSHIRISH VA

YANGI YO'NALISHLARNI TASHKIL QILISH IMKONIYATLARI

Nargiza Abduvohidovna Jo'rayeva

TDIU, Turizm kafedrasi dotsenti [email protected]

Baxrom Baxodirovich Hashimov

TDIU, Turizm kafedrasi kata o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Mamalakatimizda amalga oshiralayotgan turizm islohotlari mavjud madaniy meros ob'yektlar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga undaydi. Qoraqolpog'istonning boy tarixini, milliy madaniyati, o'ziga hos urf odatlarini namoyon qilish, mavjud arxilogik, etno, turizm ob'yekt targ'ib qilinmoqda va bu ko'p sonli turistlar oqimini oshishiga sabab bo'lishi kutilmoqda.

Kalit so'zlar: Qoraqolpog'iston Respublikasi, hududlar, mehmonxona hizmatlari, hizmatlar sifati, turizm turlari, tarixiy ob'yektlar.

ABSTRACT

Tourism reforms implemented in our country encourage scientific research on existing cultural heritage objects. Karakalpakstan's rich history, national culture, unique traditions, existing archeological, ethno-tourism objects are being promoted, and this is expected to increase the flow of tourists.

Keywords: Republic of Karakalpakstan, regions, hotel services, quality of services, types of tourism, historical objects.

KIRISH

Turizmning rivojlanishi va sohani rivojlanishi har bir davlatning iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlariga yoki global iqtisodiyotga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Turizm sohasidagi islohotlar va rivojlanish, mamlakatning tanilishi, madaniyatini, ekologiyasini va turistik salohiyatini kuchaytirishi bilan birga, tavar mahsulotlar va xizmatlar eksportini yengillashtirishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish, kasb-hunar yoki xizmatni ko'rsatish sohasida innovatsiyalarni kengaytirish va yetishib kelyotgan yosh avlodni qo'llab-quvvatlash imkonini beradi. Turizm sohasidagi rivojlanish va daromad oshishi mamlakatda, yangi ish o'rinlari yaratishga, turmush tarzi infrastrukturasi va xizmat

March, 2024

112

ko'rsatish sohasi rivojlantirishga imkon beradi. Rivojlangan mamlakatlarda turizm sanoati "iqtisodiyot drayveri" sifatida qaraladi. Bunga sabab sohani ravnaqi barcha boshqa turdosh sohalarni ham rivojiga imkon yaratadi. Oqibatda tarixiy ananalar, etnografik o'ziga hos milliy liboslar, udumlar, madaniy meros ob'yektlarini saqlash ularni turizm bozoriga targ'ib etishga ko'proq e'tibor qaratiladi. Bu esa mamlakatning jahondagi imiji oshishi, obro'-e'tibori mustahkamlanishiga turtki beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyo turizm sanoati 2022-yilda sayohat va turizmning global yalpi ichki mahsulotga (YaIM) qo'shgan umumiy hissasi koronavirus (COVID -19) pandemiyasi boshlanishidan bir yil oldingi 2019-yilga nisbatan 23 foizga kam bo'ldi. Umuman olganda, sayohat va turizm 2022-yilda jahon yalpi ichki ma hsulotiga 7,7 trillion AQSh dollari hissa qo'shgan. Bu ko'rsatkich 2023 -yilda taxminan 9,5 trillion AQSH dollariga yetishi va pandemiyadan oldingi darajadan besh foizga past bo'lishi prognoz qilinmoqda.

So'nggi yillardagi tadqiqiotlar shuni ko'rsatmoqdaki turizmga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan ba'zilari globallashuv, raqamlashtirish, barqaror rivojlanish va koronavirus (COVID-19) pandemiyasi bo'ldi. Harakatning qulayligi, yangi yo'nalishlar haqida xabardorlikning ortishi va axborot, tijorat manbai sifatida Internet turizm bozorning eksponentsial o'sishiga olib keldi. Turistlar sonini o'sish bilan birga, uning atrof-muhitga ta'siri haqida jamoatchilik tashvishi kuchaymoqda, bu esa iste'molchilarning yashil sayohatga bo'lgan talabni ortishiga olib keladi. Pandemiya davridan so'ng sog'liqni saqlash sohasidagi jiddiy inqirozdan so'ng, turizm sanoati asta-sekin tiklanmoqda. Global turizm bozorining kelajagini olimlar fikri o'rganilganida shunday hulosalar berilgan; sayohatda mobil qurilmalardan foydalanishning o'sishi, yangi texnologiyalarning o'zlashtirilishi va biznes, dam olish sayohatlari o'rtasidagi unchalik sezilmaydigan farq pandemiyadan keyingi davrda iste'molchilar manfaatlarining o'zgarishiga misol bo'la oladi.

Global turizm bozorining 2019 - 2022 yillarda butun dunyo bo'ylab yalpi ichki mahsulotga (YaIM) turizmning umumiy hissasi, 2023 va 2033 yillarga prognoz ko'rsatgichlari

March, 2024

2019 2022 2023 2033

1-rasm " Dunyo turizm bozorining 2019 va 2022 yillardagi dunyo bo'ylab yalpi ichki mahsulotga (YaIM) turizmning hissasi va 2023-2033 yillardagi prognoz ko'rsatgichlari."

1 rasmda keltirilgan prognoz ko'rsatgichlarini tahlil qilganimizda, 2023 yilda YAIM dagi turizm ulushi 2019 yilga nisbatan 0.5 ga kam bo'lishi pragnoz qilingan edi. Haqiqiatda esa turizmning global yalpi ichki mahsulotga (YaIM) qo'shgan umumiy hissasi 2019-yilga nisbatan 23 foizga kam ko'rsatgichni ko'rsatdi. 2033 yilga prognoz ko'rsatgichi bo'yicha turizmning global yalpi ichki mahsulotga (YaIM) qo'shgan umumiy hissasi 15,5 trillion dollar bo'lishi prognoz qilinmoqda. Hulosa qilish mumkinki Global turizm bozorida hizmatlar sifati ortib, yangi turizm yo'nalishlariga bo'lgan e'xtiyoj ortadi.

Jahon turizm bozorida raqobatbardoshlikka ega bo'lish uchun xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi turizm yo'nalishlarini targ'ib qilish muhim ahamiyatga ega.

MUHOKAMA VA NAIJALAR

Mamlakatimizda 7 mingdan ziyod nodir tarixiy yodgorlik va ulug'vor hamda betakror arxitektura namunalari mavjud. Yurtimizning boy va rang-barang tabiati, so'lim qo'riqxonalari va milliy bog'lari har qanday kishida ijobiy taassurot uyg'otadi. Xalqimiz milliy madaniyat, san'at va hunarmandchilikning ko'p asrlik an'analarini avaylab-asrab kelayotgani, jahonga mashhur milliy taomlarimiz va pazandachilik sohasidagi an'analarimiz saqlanib qolgani dunyo ahlini o'ziga rom etib, katta qiziqish uyg'otib keladi. Shu bois, mamlakatimizda sayyohlik tizimini jahon andozalari darajasida taraqqiy ettirish, sohani davlat tomonidan qo'llab -quvvatlash, tarmoq korxonalariga turli imtiyozlar yaratib berish,

March, 2024

114

infratuzilmani shakllantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekistoning turizm salohiyati Samarqand, Buxoro, Xiva turistik yo'nalishlari orqali jahonga mashhur. Yangi turizm yo'nalishlarni yaratish, turistlarga sifatli mehmonxona hizmatlarini ko'rsatish barcha hududlar uchun b irday zarur. Har bir turist mamlakat hududida ko'proq mablag' va kun sarf etishi hududning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan yuqori foydaga ega bo'lishi uchun zamin yaratadi. Bu borada Qoraqolpog'iston Respublikasida mavjud turizm salohiyatidan samarali foydalanib, ichki va xalqaro turistlar uchun yangi marshrutlarni taklif etish mumkin.

Qoraqolpog'iston respublikasi dunyoga "Orol dengizi"ni ekologik fojiyasi bilan ko'plab halqaro tashkilotlarni jumladan: UNESCO, UNICEF, UNDP va boshqa tashkilotlarni o'ziga jalb etgan.

Nukus shaxrida joylashgan "Sahro luviri" nomi bilan mashg'ur bo'lgan arxiologik Savitskiy muzeyiga, Ellikqala tumanida joylashgan "Ayoz qala", "Tuproqqala " tarixiy arxiologik yodgorligi ham Italiyalik, Germaniyalik sayyohlar tashrif buyurishadi.

Qoraqalpoqlar turkiyzabon xalqlar turkumiga kiradi. Ularning ko'p asrlar davomida shakllangan tarixi qadimgi Orolbo'yi mintaqasining ko'chmanchi qabilalaridan boshlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlarining mashhur tadqiqotchisi S.P.Tolstovning fikricha, Orol dengizining janubiy qirg'og'ida yashagan sak va massaget qabilalari (orol va botqoqlik massagetlari), qoraqalpoqlarning eng qadimgi ajdodlari hisoblanadi. Ular baliqchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullangan yarim ko'chmanchi qabilalar hisoblanishgan.

O'rta asrlarda qoraqalpoq xalqining asosiy etnik o'zagini pecheneg va o'g'uz qabilalari tashkil etgan. Ular nafaqat Amudaryoning quyi oqimi bo'ylari va Orol dengizining qirg'oq hududlarida, balki orol bo'yi mintaqasidan volgagacha bo'lgan keng hududlarda istiqomat qilishgan. Keyinchalik, ularning taqdiri XI asrda Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan bog'liq bo'lgan. Ular mog'ullar istilosidan oldin va keyin ushbu qabilalarning bir qismi bo'lgan. Qipchoqlarning qaqshatqich hujumlari ostida pecheneglarning bir qismi g'arbga ko'chib o'tadi. Rus yilnomalarida ular "qora qalpoqlar" (XII-XIV asr) yoritilgan. Orol dengizi qirg'oqlariga joylashgan boshqa qismi esa sharqiy manbalarida "qavmi kulahi siyah" (qora qalpoq kiygan qavm) nomi bilan qayd etilgan. Qoraqolpoq hududini rivojlantirish uchun yangi investitsion loyihalarni tashkil qilish, aholini yashash sharoitlarini yaxshilash uchun davlatimiz tomonidan ham Qoraqolpog'iston Respublikasida turizmni, qishloq hujaligini, tadbirkorlik faoliyatini yaxshilash va rivojlantirish uchun qator hukumat qarorlari qabul qilinmoqda. Misol tariqasida "O'zbekiston Respublikasining 2022-2026-yilgi turizm salohiyatini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar tugrisida"gi O'zbekiston

March, 2024

115

Respublikasi Vazirlar Makamasining qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Qoraqalpogiston Respublikasining Mo'ynoq, Xo'jayli, Taxtako'pir, Ellikqala tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turizm obyekt'larini targ'ib qiluvchi matnli, video materiallarni qoraqalpok, ozbek, rus va engliz tillarida qayta ishlash. Ommviy axborot vositalari orqali targ'ib qilish, taniqli blogerlar ishtirokida infoturlar tashkil qilinib, tarixiy ob'yektlar haqidagi videoroliklar, tarixiy ma'lumotlar va mavjud imkoniyatlar yoritib borilishi ko'zda tutilgan edi. Yuqoridagi keltirilgan vazifalarni amalga oshirish va turistlar oqimini oshirish masadida O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda turizmni rivojlantirishda hamkor idoralar bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirildi:

- turizm salohiyatini oshirish maqsadida chora tadbirlar rejasi sihlab chiqildi;

- Ellikqal'a tumanida 21 ta, Xujayli tumanida 13 ta, Taxtako'pir tumanida 14 ta, jami 48 ta turistik ob'yektlar tug'risida ma'lumotlar bazasi yaratildi;

- hududlarda mavjud turizm salohiyatini oshirish uchun yangi yo'nalishlar yaratildi;

- turistik ob'yektlar tug'risida ma'lumotlar bazsi qoraqolpoq, rus , fransuz, turk, arab, ispan, nemis,yapon tillariga tarjima qilindi.

Hududning turizm imkoniyatlarini kengaytirish va yangi turizm obyektlarini ishlab chiqish maqsadida bir qancha loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jumaladan: "Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida Tuproqqal'a etno-muzeyini tashkil qilish" mavzusidagi maqsadli innovatsion loyiha"si ishlab chiqilmoqda. Loyiha davomida Qoraqolpog'iston muzeylari faolityati etnik jihatdan o'ziga hosligi, kiyinish madaniyati, milliy ananalari o'rganildi va muzeylar salohiyati tahlil qilindi.

Qoraqolpog'istonda mavjud muzeylar faoliyati o'rganish davomida shunday hulosalar qilindi:

- Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi jami 99 840 ta muzey ashyolari saqlanmoqda, shulardan 55 122 tasi asosiy fond, 32 871 tasi ilimiy yordamchi fond, 11 847 tasi vaqtincha saqlanadigan fond ashyolar hisoblanadi. Ashyolarning 12 995 tasi ta'mirtalab ahvolda. Hozirda 736 ta eksponat ekspozitsiya zaliga qo'yilgan.

- Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi va 3 ta filial (Muynoq Ekologiya muzeyi, Muynoq Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Ellikqal'a tumani arxeologiya va tarix muzeyi) hisoblanadi. Muzeylarda

jami 83 479 ta muzey ashyolari saqlanmoqda, shularning 32 779 tasi asosiy fond, 32 779 tasi ilmiy yordamchi fond, 17 921 ta

March, 2024

116

vaqtincha saqlash fondidagi ashyolari hisoblanadi. Ashyolarning 2266 tasi ta'mirtalab ahvolda.

- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida jami 10469 ta muzey ashyolari saqlanmoqda, shulardan 6659 tasi asosiy fond, 2032 tasi ilmiy yordamchi fond, 1778 tasi vaqtincha saqlash fondidagi ashyolar hisoblanadi. Ashyolarning 3500 tasi ta'mirtalab ahvolda. Hozirda muzey ashyolarining 825 tasi ekspozitsiyaga qo'yilgan. Muzeylarga tashrif buyuyrgan Xorijiy va mahalliy turistlar soni ham tahlil qilindi(1-jadval)

1-jadval

Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat muzeylariga 2022-yil davomida tashrif buyuruvchilar haqida ma'lumot

№ Muzey nomi. Tashrif buyuruvchilar soni Xorijiy Mahalliy

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi 73 906 7255 66 651

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi 31484 355 31129

3. Muynok Ekologiya muzeyi 4641 421 4220

4. Orol dengizi tarixi muzeyi 3561 877 2684

5. Ellikqal'a tumani arxeologiya va tarix muzeyi 2554 21 2533

6. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi 10400 42 10358

1- jadval ma'lumotlardan shunday hulosa qilishimiz mumkin Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyida targiboti va ekspanatlari mashg'urligi tufayli hioorijiy va mahalliy turistlar soni jami 73 906 tani tashkil qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi imkoniyati yuqori bo'lishiga qaramasdan tashrif buyuruvchilar soni 31484 tani tashkil qiladi. Tashrif buyuruvchilar soni I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyiga nisbatan 2,3 barobarga kam. Davlat tomonidan ham, turizm faoliyatini yurutuvchi tashkilotlarda ham asosiy e'tibor I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyiga qaratilgan boshqa muzeylarga asosan maktab o'quvchilari tashrif buyurishi aniqlandi. Qoraqolpog'istonga tashrif buyuruvchi aksariyat sayyohlar Muynoq va I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyiga, Ellikqala tumanidagi "Ayoz qala" arhilogik abyektga tashrif buyurushadi. Sudochu ko'li, Tuz ko'li, Aqchako'l, Qorateran ko'llariga ham turistlar sonini oshirish bo'yicha qator ishlar malaga oshirilmoqda.

March, 2024

117

Yo'llarda turizm infrastrukturasini yaxshilansa asosiy obyektlarday boshqa tabiiy lanshaftga ega bo'lgan hududlarda ham turistlar oqimini oshirish mumkin. Bunda hududning turizm jozibadorligini oshirish va yangi yo'nalishlarni tashkil qilishda nafqat davlat tashkilotlarni, yoki tur firmalar hamkorligi hamda amalga oshirish mumkin balki mahalliy aholinning istak- xohishi va o'zlarini rivojlantirishga bo'lgan yangicha qarashlari muhim hisoblanadi. Sayyohlarga doimiy xizmat ko'rsatuvchi sifatida mahalliy aholi o'zining hush muo milasi , bilimi , ishtiyoqi bilan hududda yartilgan yangi imkoniyatlardan foydalanishni o'rganib olishlari kerak bo'ladi. Tarqaaiyot asrida chekka hududlarda yashovchi aholining bilim va ko'nikmalarini rovojlantirish orqali yangi turizm biznes va yangi xizmat ko'rsatish turlari tashkil qilish imkoniyati vujudga keladi. Shunday ekan turizmni rivoji uchun barcha birday ma'sul aynaqsa mavjud tarixiy obidalarni avaylash asrashda, atrif-muhitni muhofaza qilishda, chiqindilardan saqlashda uchun hamma birdek masuliyatni his qilishi zarur. Davlat tashkilotlari qanchalik harakat qilishmasin agar mahalliy aholida qiziqish bo'lmasa, barcha sain harakatlar natijasi kutilgandek bo'lmaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm yo'nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-238-son qarori, 2023-yil 27-iyuldagi

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022 — 2026-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasining Turizm salohiyatini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 545-son qarori, 2022-yil 28-sentabrdagi

3. "Buyuk Ipak yo'lini tiklash va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-1162-son qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son qarori.

5. https ://karakalpakstan.travel/history-and-culture/historical-heritage

6. https://www.statista.com/statistics/233223/travel-and-tourism-total-economic-contribution-worldwide

XULOSA

March, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.