Научная статья на тему 'ARXEOLOGIK TURIZM VA UNING XUSUSIYATLARI. OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYLAR TASHKIL QILISH'

ARXEOLOGIK TURIZM VA UNING XUSUSIYATLARI. OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYLAR TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
521
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arxeologik turizim / ochiq osmon ostidagi muzey / qazish turizimi / arxeologik obyekt / rekonstruktsiya / madaniy resurs. / Archaeological site / open-air museum / excavation site / archaeological object / reconstruction / cultural resource.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N. Qulboyev

Ushbu maqola yozilishidan asosiy maqsad "Arxeologik turizm va uning xususiyatlari" haqida umumiy ma`lumot berish. Tadqiqot usuli tavsifiy bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish uchun kutubxona va internet ma`lumotlarini tahlil qilish usuli qo'llanilgan. Muallif arxeologiyani turizim bilan umumlashtirgan holda mavzuni tushuntirishga, arxeologik turizim xususiyatlari va funksiyalarini o`rganishga harakat qilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, Arxeologik turizim (AT) o`zining xususiyatlari orqali nafaqat arxeologiyani, balki davlat iqtisodi va boshqa ko`plab sohalarni rivojlantirish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARCHAEOLOGICAL TOURISM AND ITS CHARACTERISTICS. ORGANIZATION OF OPEN-AIR MUSEUMS

The main purpose of writing this article is to provide general information about "Archaeological tourism and its features". The research method is descriptive, and library and internet data analysis methods were used for data collection. The author tried to explain the topic by summarizing archeology with typology, studying the features and functions of archaeological typology. The results of the research showed that through its features, the Archaeological Tourism (AT) can develop not only archeology, also the state economy and many other areas.

Текст научной работы на тему «ARXEOLOGIK TURIZM VA UNING XUSUSIYATLARI. OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYLAR TASHKIL QILISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ARXEOLOGIK TURIZM VA UNING XUSUSIYATLARI. OCHIQ OSMON OSTIDAGI

MUZEYLAR TASHKIL QILISH Qulboyev Nishonboy Sobur o'g'li

OzR FA Milliy arxeologiya markazi tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7435406 Annotatsiya. Ushbu maqola yozilishidan asosiy maqsad "Arxeologik turizm va uning xususiyatlari" haqida umumiy malumot berish. Tadqiqot usuli tavsifiy bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish uchun kutubxona va internet malumotlarini tahlil qilish usuli qo'llanilgan. Muallif arxeologiyani turizim bilan umumlashtirgan holda mavzuni tushuntirishga, arxeologik turizim xususiyatlari va funksiyalarini o rganishga harakat qilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko rsatdiki, Arxeologik turizim (AT) oziningxususiyatlari orqali nafaqat arxeologiyani, balki davlat iqtisodi va boshqa ko 'plab sohalarni rivojlantirish mumkin.

Kalit so^zlar: Arxeologik turizim, ochiq osmon ostidagi muzey, qazish turizimi, arxeologik obyekt, rekonstruktsiya, madaniy resurs.

АРХЕОЛОГИЧЕСКИЙ ТУРИЗМ И ЕГО ХАРАКТЕРИСТИКИ. ОРГАНИЗАЦИЯ

МУЗЕЕВ ПОД ОТКРЫТЫМ НЕБОМ Аннотация. Основной целью написания данной статьи является предоставление общей информации об «Археологическом туризме и его особенностях». Метод исследования носит описательный характер, для сбора данных использовались библиотечные и интернет-методы анализа данных. Автор попытался объяснить тему, обобщив археологию с типологией, изучив особенности и функции археологической типологии. Результаты исследования показали, что благодаря своим особенностям археологический туризм (АТ) может развивать не только археологию, но и государственное хозяйство и многие другие направления.

Ключевые слова: археологический памятник, музей под открытым небом, раскоп, археологический объект, реконструкция, культурный ресурс.

ARCHAEOLOGICAL TOURISM AND ITS CHARACTERISTICS. ORGANIZATION

OF OPEN-AIR MUSEUMS Abstract. The main purpose of writing this article is to provide general information about "Archaeological tourism and its features". The research method is descriptive, and library and internet data analysis methods were used for data collection. The author tried to explain the topic by summarizing archeology with typology, studying the features and functions of archaeological typology. The results of the research showed that through its features, the Archaeological Tourism (AT) can develop not only archeology, also the state economy and many other areas.

Keywords: Archaeological site, open-air museum, excavation site, archaeological object, reconstruction, cultural resource.

Turizm (sayyohlik) tarmogi jahon iqtisodiyotining tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Sayyohlik sohasida taraqqiyotga erishgan bazi mamlakatlarning asosiy darmoad manbai ham aynan turizim hisoblanadi. Mamlakatimiz koplab sohalar kabi turizim sohasida ham katta imkoniyatlarga ega davlat. Ozbekistonda turizim sohasining 10 ga yaqin turi mavjud bo'lib, ular orasida madaniy (tarixiy shaharlar va madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish) turizm yetakchilar qatorida turadi. 2017-yil 22-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida ham quyidagi fikrlami bildirdi: «Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri - bu turizmdir. O'zbekiston turizm sohasida dunyo bo'yicha ulkan salohiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to'liq ishga solish lozim».

Sayyohlik sohasi bugungi kunda mamlakat iqtisodiga katta daromad keltiradigan sohaga aylangan. Shu sababdan jahonning ko'plab mamlakatlari turizmi sohasini rivojlantirish, sohada yangiliklar qilish, xizmat ko'rsatish sohasini jahon standartalari darajasiga ko'tarish va sayyohlar sonini oshirish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqmoqda.

Afsuski, O'zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko'rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo'yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko'ra, O'zbekiston sayyohlar tashrifi bo'yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o'rinni egallaydi. Ma'lumotlarga ko'ra, turizm sohasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,3 foiz bo'lib, bu ancha past ko'rsatgich hisoblanadi.

Shu sababli prezidentimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun farmon qabul qilindi. Unga ko'ra turizm sohasining joriy holati tahlil qilinib, uni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab olindi. 2019 — 2025-yillarga mo'ljallangan turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilinib, har bir yilga mo'ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Sayyohlar sonini oshirish uchun ba'zi xorijiy davlatlarga 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilish, xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo'shimcha (elektron bo'lmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish kabi yengilliklar yaratildi. Shu bilan birga, O'zbekistonning logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish bo'yicha choralari ko'rish belgilandi. Shu qatorda, sayyohlik bozorida turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish orqali ham o'z o'rnini mustahkamlash va rivojlanish mumkin.

Arxeoturizm yoki arxeologik turizm - bu madaniy turizmning bir turi bo'lib, uning maqsadi arxeologiyaga va tarixiy obidalarni saqlash va ularga bo'lgan qiziqishni oshirish hisoblanadi. Arxeologik turizm amaliy arxeologiyani qo'llash sohalari qatoriga kiradi va unda jamoatchilik ishtiroki va qo'llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Arxeologik turizmning asosiy maqsadi tarixiy va qadimiy yodgorliklarni qadimiylik qiyofasini saqlab qolish va ularga bo'lgan qiziqishni oshirish, jamoatchilik orasida madaniy merosga nisbatan iliq fikrlarni shakllantirishdir. Arxeologiya va turizm o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik qadimiy tarixga ega bo'lib, olimlarning tahminicha u Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Arxeologik turizm ixtisoslashgan soha sifatida madaniy merosni asrab-avaylash va targ'ib qilish sohasidagi masalaning ahamiyatini ko'rsatuvchi xususiyat va funksiyalarga ega. Arxeologik turizm insonlarni madaniy meros bilan tanishtiradi va insonlarda madaniy merosga bo'lgan nauqai nazarni o'zgartiradi. Arxeologiyani turizim bilan bog'lash ham davlat iqtisodiyoti, ham madaniy meros uchun ancha foydali hisoblanadi.

Turizm o'zining barcha "shakllarida" har bir mamlakat va mintaqa iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklar, shuningdek, qazish ishlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

natijasida paydo bo'ladigan obyekt turistik mahsulot hisoblanib, sayyohlarning qiziqishini ortiradigan maydondir. Arxeologik turizimning bir qismi sifatida qazish jarayoni ham e'tiborga loyiq bo'lib, yangi topilmalar orqali arxeologik obyektga tashrif buyuruvchilarning qiziqishini orttirirsh bilan birga qiziquvchi sayyohlarga ajoyib imkoniyat taklif qiladi. Yani sayyohlar uchun bevosita qazish jarayonda qatnashish imkoniyati boladi. Sayyohlar ozlarini arxeoliglarday his qiladi va madaniy resurslarni qizib ko'radi, mobodo omadi kelas ajoyib artefakt ham topishi mumkin.

Arxeologik qazishmalar sonini oshirish va ularni rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratilishi hamda turistik mahsulotni yangilash imkoniyatini yaratadi.

Qolaversa, qazish jarayoni madaniy turizmni rivojlantirish elementi sifatida baholanadi va "qazish ishlari", ekskursiyalar va axborot dasturlarida ishtirok etish orqali sayyohlar qazish tajribasiga ega boladi va koproq odamlarni oziga jalb qiladi hamda bu oz ozidan bu jarayon "qazish turizmi"ni rivojlantirishga yordam beradi.

Arxeologik turizm manbalari qimmatli va noyobdir. Chunki ularni qadim zamonlardagi o sha davr odamlar tomonidan yaratilgan va o sha davr muhitini saqlab qolgan. Vaqt o'tishi bilan bu obyektlar ko'proq qiymatga ega bo'lgan va bu davom etaveradi. Bu borada eng muhim omil arxeologik yodgorliklarga zarar yetkazmaslik, sababi har qanday jarohatni qayta tiklab bo lmaydi. Shuning uchun turizm manbalaridan faqat ularni boshqa ko'rinishda taqdim etish orqali foydalanish kerak. Bunday xususiyatlarga kelsak, biz arxeologik manbalarni turizm mahsulotiga aylantirishga harakat qilganimizda, muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak.

Mamlakatimiz o zining qadimiy tarixi bilan butun jahon e tiborini o ziga tortib kelmoqda, YuNESKO Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Xiva, Buxoro, Shahrisabz, qadimdan to hozirgacha Markaziy Osiyoda muhim ahamiyat kasb etgan Toshkent va boshqa koplab shaharlar sayyohlar etiborini tortib kelmoqda. Turistlar uchun bu shaharlarda koplab qulayliklar yaratilgan bo'lib, sayohat vaqtida bevosita ozini qadimgi davrga tushgandek his qilishadi.

Shu bilan birga hukumatimiz va jonkuyar olimlarimiz tomonidan arxeologik turizimni rivojlantirish maqsadida bir qancha yodgorliklar "Ochiq osmon ostidagi muzey"ga aylantirish ishlari boshlab yuborilgan. Ozbeksiton Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan 2018-yil ohiri -2019-yil boshlaridan boshlab Namangan viloyati Toraqorgon tumanidagi Axsikent yodgorligi arxeologik obyektlar ichida birinchi bolib "Ochiq osmon ostidagi muzey"ga aylantirildi. Bu kohna shahar qadimgi Fargona davlatining poytaxti hisoblanib, otmishda Axsikat deb atalgan. Bu joydan mudofaa inshoatlari, shahar darvozlari, temirchi usta va zargarlar mahallasi, turar-joylar va yerosti suv yo'llari-vodoprovodlar topilganligi hamda 10-15metrlik madaniy qatlamda 1,5ming yillik tarixni saqlab kelayotganligi yodgorlikka nisbatan qiziqishini yanada oshiradi. Ozbekturizim bilan hamkorlikda yodgorliklar usti yopilib yaxshi saqlangan joylarning qadimgi 3D ko'rinishi tiklanmoqda va kelajakda Axsikent hududidagi yana 10 ta yodgorlik usti yopilib sayyohlar uchun muzeyga aylantirilish reja qilingan.

O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy jamoa Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan "Ichki va xalqaro turizmning Uchtepa-Buloqmozor majmuasi arxeologik yodgorliklarini o'rganish va ularni moviy osmon ostidagi muzeyga aylantirish amaliy loyihasi doirasida hududda zardushtiylik qarashlari va islom dini keng tarqalishi bilan bog'liq o'ta noyob topilmalarni aniqladi. Topilgan noyob

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

topilmalar va yodgorlikning oziga xosligi, bu hududni "Ochiq osmon ostidagi muzey"ga aylantirishga turtki bo'ldi. Yodgorlikning o'ziga hosligi, topilmalarning noyobligi, shaharsozlikning islomgacha va islomdan keyin ham rivojlanganligi ichki va tashqi turizmi sohasida katta yutuq hisoblanib, sayyohlarning e'tiborini tortishiga shubha yo'q. Hozirda Namangan viloyati hokimyati va O'zbekkturizim homiyligida ibodatxona qismi ustini maxsus qurilma bilan yopdirilib, ibodatxona otashkadalari va me'moray devor qoldiqlari namoyishida uning noyob topilmalarini ekspozitsiya stendlariga joylashtirilib, ichki va xalqaro turizim uchun yangi obyektni tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.

O'zbekiston boy tarxiga ega mamlakat hisoblanadi va bunday yodgorliklar soni juda ko'p hisoblanib, ularni 'qaimgi qiyofasini tiklash va muzeyga aylantirish kerak. O 'zbekiston - Xitoy qo'shma arxeologik kompleks ekspeditsiyasi tomonidan Marhamat tumanining Mingtepasida arxeologik izlanishlar natijasida qo'shma arxeologik ekspeditsiya rahbari, tarix fanlari doktori Boqijon Matboboyev tomonidan Mingtepa hududidagi noyob topilmalar va hududdagi shahrning II asrga oidligi Andijonda ham Ochiq osmon ostidagi muzey tashkil qilish uchun yetrali hisoblanadi. Va hozirgi kunda bu hududda arxeologik ishlar davom ettirirlib, hudud to'liq o'rganilmoqda.

Shuningdek, hukumatimiz tomonidan Navoiyda joylashgan va 7 ming yillik tarixga ega Sarmishsoy darasi ham "Ochiq osmon ostidagi muzey"ga aylantirilishik kozda tutulgan. Hududdagi suratlarning o'ziga xosligi va tasvirlarning hech biri boshqasiga o'xshmasligi sayyohlar e'tiborini o'ziga jalb qilib kelmoqda.

Qachonlardir port shahar bo'lgan va aholisi balqichilik bilan shu'gullangan hamda hozirgi kunda Kemalar qabristoni ga aylangan Mo'ynoq shahri ham sayyohlar e'tiborini tortib kelmoqda. Bir vaqtlar hududda 100 ga yaqin kemalar ko'rish mumkin edi, hozirda esa ular soni 10ga yaqin. Bu hudud Mo yonoq shahri tarixi bilan chambarchas bo gliq bolib hozirda " Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi"ga aylangan.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki arxeologik turizm turizm va arxeologiyaning o'zaro ta'siri natijasidir. Arxeologik turizm mamlakat iqtisodini rivojlantirish bilan bir qatorda tarixiy voqealarni qayta tiklashga, arxeologiyani umumlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu soha arxeologiya merosini saqlashga yordam berish, odamlarning noma'lum dunyoga tarixiy qiziqishlari ortirishiga xizmat qiladi. Arxeologik turizm o'tmish va hozirgi zamon o'rtasidagi ko'prikdir. Uning tamoyillari mutlaqo ilmiy bo'lib, arxeologik sayyohlik obyektlarini ulkan turizm manbai sifatida optimal qo'llashga intiladi. Turistlarni jalb qilish uchun meros obyektlarini yaratish, rekonstruksiya qilish, diqqatga sazovor joylarni kompleks tarzda taqdim qilish, arxeologik yodgorliklarni turizim ishlab chiqarishiga aylantirish kerak. Bu tizim orqali davlat iqtisodiga foyda keltirish ilan birga ham tarxini o'rganib, ham yangi obyektlar ilmiy jihatdan o'rganish shu bilan birga, yangi obyektlar qazish uchun yetarlicha daromad ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev - parlamentga Muroj aati 2017-yil 22-dekabr

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 05.01.2019 yildagi PF-5611-son Farmoni,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. A.A. Anarboyev- Axsikent yodgorligida olib borilayotgan tadqiqotlar va "ochiq osmon ostidagi muzey"ni tashkil qilinishiga doir, Fargona vodiysi tarixining dolzarb muommolari konferensiya, Namangan 2020-yil, 4-bet

4. A. Asqarov, Q.Q. Asqarov, D. To'xtasinov, U. Rahmonov - Uchtepa-buloqmozor arxeologik yodgorligida o'tkazilgan tadqiqotlar, Farg'ona vodiysi tarixining dolzarb muommolari konferensiya, Namangan 2020-yil, 14-bet

5. Behrouz Afkhami - Archeological tourism: characteristics and functions, Journal og Historical Archeology & Antropological Sciences . 2021 y, 59 pages

6. Shahnoza Ergasheva- Zardushtiylik ibodatxonasi ilmiy tadqiqi etiladi, Yangi O'zbekiston gazetasi, №174(696), 2022-yil 26-avgust

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.