Научная статья на тему 'QORAQALPOQ ADABIYOTINING PAYDO BOʻLISH MANBALARI'

QORAQALPOQ ADABIYOTINING PAYDO BOʻLISH MANBALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq / til / millat / adabiyot / tarix / madaniyat / davr / oʻtmish / urf-odat / dastur.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Pirnazarova D.A

Ushbu maqolada qoraqalpoq adabiyoti va madaniyatining paydo boʻlishi, rivojlanish yoʻllari koʻrib chiqilgan boʻlib, adabiyotshunos olimlarning fikirlari oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ ADABIYOTINING PAYDO BOʻLISH MANBALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE APPROACHES IN STUDY OF THE LANGUAGE, LITERATURE, TRANSLATION, TOURISM AND CULTURAL HERITAGE ON THE SILK ROAD", MAY 3-4, 2024

QORAQALPOQ ADABIYOTINING PAYDO BO'LISH MANBALARI

Pirnazarova D.A

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi gumanitar ilmiy-

tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11101325

Annotatsiya. Ushbu maqolada qoraqalpoq adabiyoti va madaniyatining paydo bo'lishi, rivojlanishyo'llari ko'rib chiqilgan bo'lib, adabiyotshunos olimlarning fikirlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Xalq, til, millat, adabiyot, tarix, madaniyat, davr, o'tmish, urf-odat, dastur.

Аннотация. В данной статье рассмотрены возникновение и развитие каракалпакской литературы и культуры, изучены мнения ученых-литературоведов.

Ключевые слова: Народ, язык, нация, литература, история, культура, эпоха, прошлое, традиция, программа.

Abstract. In this article, the emergence and development of Karakalpak literature and culture were considered, and the opinions of literary scholars were studied.

Keywords: People, language, nation, literature, history, culture, era, past, tradition, program.

Qoraqalpoq xalqi Markaziy Osiyodagi eng eski xalqlardan bo'lib, ilim va madaniyat sohasida o'zgacha rivojlanish yo'li bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Qoraqalpoq xalqi bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan turkiy adabiyot davomchisi sifatida uni har taraflama rivojlantirib o'z adabiyotini paydo qildi. Bu jarayonda qardosh xalqlar, o'sha davrlarda Turkiston deb atalmish o'lkada birga yashagan o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman xalqlarinng ham tasiri katta bo'ldi, chunki ularning ham tili, dini, urf-odatlari, etnografik xususiyatlari, kelib chiqish tarixi ham eski davrlardagi turkiy konfederatsiyadan boshlangan va ularning ham ajdodlari bir manbaga oid bo'gan deyish mumkin. Misol tariqasida toshga o'yib yozish, Orxon Enisey yozuvlari (kichik yozuv, katta yozuv, "tonikok" yozuvi), botirlar haqida qaydlar, «Qorqit ota» kitobi, «Og'uznama», Abu Rayhon Beruniy, Hoja Axmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib va uning «Qutadg'u bilig», (Baxtga yetaklovchi bilim) kitobi, Maxmud Qashqariy va uning «Devonu lug'at at turk» asaridagi maqollar, Axmad Yugnakiyning «Xibat-ul-haqoyik», Qipchoqlar lug'ati, «Qissaiy-Rabg'uziy», Xorezmy va uning «Muhabbatnoma» dostoni, «Nazrego'ylik» adabiyoti, Kutub, Sayfi-Saroiy va boshqalar...

Qoraqalpoq xalqining kelib chiqishi va uning madaniyati yuzasidan bugungi kunga qadar birqancha olimlar va tilshunoslar tadqiqot olib borgan. Bunga ko'ra, qoraqalpoqlar Orol dengiziga yaqin joylarda yashagan Skiflar, Sak va Massagetlar, Apasiaklar, ulardan keyin esa Markaziy Osiyo yerlariga Gunlarning ko'chib kelishi bilan turkiy tilni qabul qilgan degan farazlar bor. IX-X asr oralig'ida ularning ajdodlari og'uz-qipchoq birlashmasiga birikkan. Qoraqolpoq xalqini «baxshi va shoirlar o'lkasi» deb ham nomlash mumkin. Bu haqida Qozoq xalqining taniqli olimi Sh.Valixanov o'z asarlarida «Sher yer yuzida sayohat qilib yurganida, bir kuni Sirdaryoning narigi tarafidagi qoraqalpoqlar o'lksiga mehmon bo'lib to'xtabdi. Kutilmaganda kelgan mehmon haqida xabar darhol hamma joyga tarqalibdi. Ko'p sonli qoraqalpoqlar kech tushishi bilan baxtli qishloqqa to'planib, ajoyib mehmonning sherlarini tongga qadar tinglay boshlabdilar. Shu tarzda xushovoz mehmonning minglab hikoyalari, sherlari va tarixiy so'zlarini qoraqalpoqlar yodida saqlab qolgan» - deb yozadi. Bu qoraqalpoqlarning boy madaniy me'ros va folklorga boy ekanligi haqida afsona hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INNOVATIVE APPROACHES IN STUDY OF THE LANGUAGE, LITERATURE, TRANSLATION, TOURISM AND CULTURAL HERITAGE ON THE SILK ROAD", MAY 3-4, 2024

Qoraqalpoq xalqining yozma tarixi saqlanmagan. Lekin xalq orasida eslab qolish qobiliyati yaxshi, odamlar orasida ko'pni ko'rgan qariyalarning shajaralari, xalqninig tilini, adabiyotini, madaniyatini, tarixini bilishga qiziqishi bo'lgan xalqning fikri, bu yurtning o'tmishiga qiziqishi bo'lgan bazi olimlarning qo'l yozmalari aholi orasida keng tarqalgan. Ulardan biri «Xalqshajarasi» bo'lib, bunda qoraqalpoqlarning kelib chiqishi Malik sahobadan boshlanadi. Bu shajarani yozib qoldirgan shaxslarning fikricha, qoraqalpoqlarning ajdodlari: Malik, Rozihaq, Toqsaba, Mayqi, Qotan, Nog'ay, Toqtamish, Edige, Nuratdin, O'risxon, Oqqas, Musa, Yusuf, Ismoyil, Ormambet - deb keltiriladi. Shuni aytish lozimki, XIX asrda yashab ijod qilgan qoraqalpoq klassik shoiri Berdaq G'arg'abay o'g'li o'zining «Shajara» tarixiy-epik dostonida:

Anas, Malik ikki kishi, Payg'ambarning sahobasi, Anes qozoqning bobosi, Shundin «alash» bo'lgan ekan. Malikning o'g'li Rozi haq, Yoshligida qo'ydi g'ulpoq, Qitoyi-Qotanning qizi ekan, Jiyen shundan olgan ekan, - deb keltiradi. Bundan tashqari «Shajara» da «qoraqalpoqlarning shiori - Jayilg'an, turkmanlar shiori -Seyilxan» - kabi ma'lumotlar uchraydi.

Buyuk folklorshunos olim K.Mambetov «Eski davrlarda qoraqalpoq adabiyoti» kitobida qoraqalpoq tarixini quyidagicha qismlarga ajratadi: Erta davr, Qipchoq davri, Oltin O'rda davri, No'g'ayli davri, Turkiston davri, Janadaryo davri, Xorazm davri deb qismlarga ajratilishi haqida keng ko'lamda ma'lumot keltiradi. Xalq tarixi bilan bog'liq bul folklor me'roslar xalqimizning madaniy manbai sifatida xizmat qiladi.

Xulosa o'rnida aytib o'tishimiz lozimki, dunyo xalqlarining adabiyoti, madaniyati tarixiga nazar solib qaraganimizda, o'z-o'zidan paydo bo'lib qolgan millat yoki xalqning o'zi yo'qligiga amin bo'ldik. Har qanday xalqning, uning adabiyoti, madaniy tarixining kelib chiqish manbalari bor. «Turkiy adabiyot» deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy boyligimiz bizning adabiy manbaimizdir. Ushbu manbadan suv ichgan qoraqalpoq adabiyoti ana shunday buyuk madaniy tarixiy me'roska egadir.

REFERENCES

1. K.Mambetov. Erte dawirdegi qaraqalpaq adebiyati. Nokis «Bilim» baspasi 1992 j. - B. 1617.

2. K.Mambetov. Shigis adebiyati tariyxi. Nokis: «Bilim» 1993j.

3. K.Mambetov folklor ham jazba adebiyat. Nokis: 1978 j.

4. Berdaq. Shejire. Poema, Nokis: Qaraqalpaqstan, 1993 j - B. 3-4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.