Научная статья на тему 'QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDA OZIQ–OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING EKOLOGIK MUAMMOLARI'

QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDA OZIQ–OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING EKOLOGIK MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
56
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oziq-ovqat xavfsizligi / milliy miqyosda ta’minlanganlik / oilaviy darajada yetarlilik / individul foydalana olish / ta’minotning davriy barqarorligi. / Food security / supply at the national level / sufficiency at the family level / individual availability / periodic stability of supply.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mambetullayeva, Svetlana Mirzamuratovna, Dauletbaeva, Guliya Elmuratovna

Maqolada Qaroqalpog’istonda oziq-ovqat xavfsizligi, geografik joylashishi uning hududiy va davriy jihatlari, monitoring qilish ko’rsatkichlari va Qoraqalpog’iston uchun ahamiyatli kabi masalalari o’rganilgan hamda tegishli xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENVIRONMENTAL PROBLEMS OF ENSURING FOOD SAFETY IN THE REPUBLIC OF KARAKALPAGISTAN

In the article, issues such as food security in Karakalpakstan, its geographical location, regional and periodic aspects, monitoring indicators and important issues for Karakalpakstan were studied and relevant conclusions were made.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDA OZIQ–OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING EKOLOGIK MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING EKOLOGIK MUAMMOLARI

b.f.d.prof. Mambetullayeva Svetlana Mirzamuratovna Dauletbaeva Guliya Elmuratovna

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Qaroqalpog'istonda oziq-ovqat xavfsizligi, geografik joylashishi uning hududiy va davriy jihatlari, monitoring qilish ko 'rsatkichlari va Qoraqalpog'iston uchun ahamiyatli kabi masalalari o'rganilgan hamda tegishli xulosalar qilingan.

Kalit so'zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi, milliy miqyosda ta'minlanganlik, oilaviy darajada yetarlilik, individul foydalana olish, ta'minotning davriy barqarorligi.

ABSTRACT

In the article, issues such as food security in Karakalpakstan, its geographical location, regional and periodic aspects, monitoring indicators and important issues for Karakalpakstan were studied and relevant conclusions were made.

Key words: Food security, supply at the national level, sufficiency at the family level, individual availability, periodic stability of supply.

KIRISH

Mamlakatda ekologik oziq-ovqat xavfsizligi — milliy xavfsizlikning ajralmas qismidir. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash muhim ahamiyatli ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar sirasidan. Bugungi kunda bu masala barcha mamlakatlar uchun birdek ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

Ekologik oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog'liq murakkab vaziyat yuzaga kеlayotgani jiddiy tashvish va xavotir uyg'otayotganini ko'rsatmoqda. Shuni e'tiborga olgan holda, har yili 16 oktyabrda dunyo aholisining oziq-ovqat tanqisligi muammosidan xabardorligini oshirish maqsadida "Xalqaro oziq-ovqat kuni" keng nishonlanadi.

Mamlakatning ekologik muhitini yaqshilash va oziq-ovqat xavfsizligi darajasi uning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga bevosita bog'liqdir. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan agrar siyosat milliy qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilarini rag'batlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish va ularni qayta ishlash siyosiy barharorlikning asosiy shartlaridan biri sifatida qaraladi va bu holat ma'lum tarzda tartibga solinadi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bilan bog'liq voqealar xalqaro miqyosda narx-navo ko'tarilib, oziq-ovqat ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgani Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko'plab davlatlarida norozilik va ommaviy tartibsizliklarga sabab bo'lgan edi.

Yer yuzi aholi tez ko'payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sish imkoniyatlari cheklangani o'rtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini hal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi hisoblanadi.

Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi muammosini bartaraf etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu holat qishloq xo'jaligi va savdo tarmog'ida strategiya va dasturlarning tatbiqiga bog'liq.

Xususan, XX asrning ikkinchi yarmida "Yashil inqilob" nomi bilan tanilgan ekinlarning hosili birdan yuksalishi natijasida oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi ancha oshdi. FAO ma'lumotlariga ko'ra, 1960 va 2000 yillar orasida bug'doy hosil 208 foizga oshdi hamda sholi, makkajo'xori va kartoshka hosil tegishli ravishda 109, 157 va 78 foizga ko'paydi.

"Yashil inqilob" Ekologik muhitning yaqshilanishiga oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan fan va davlat dasturlari hamkorligining muvaffaqiyatli misolidir. Ko'p mamlakatlarda hukumat turli navlar va urug'lik ta'minotini qo'llab-quvvatlaydi, sug'orish tizimlarini rivojlantiradi va kimyoviy o'g'itlar ta'minotini subsidiya qiladi. Qishloq xo'jaligi sinov-namoyish dasturlari fermerlarga yangi navlar uruqlari, minéral o'g'itlar, pestitsidlar ta'minoti bilan bir qatorda ushbu inqilobning ijobiy natijalari kengroq tatbiq qilinishini qo'llab-quvvatladi. Fan yutuqlari tatbiqi, ekologik takomillashtirish hamda minéral o'g'itlarning samarali qo'llanilishi Osiyo va Lotin Amerikasidagi ko'p mamlakatlarga o'z aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlashda dolzarb masalalarni hal etishga imkon berdi.

O'rta Osiyoning markazida joylashgan O'zbekiston Respublikasi va uning ajralmas qismi Qaroqalpog'iston Respublikasida oziq - ovqat qavfsizligini ta'minlash masalasi eng dalzarb masalalarning biriga aylangani hesh kimga sir emas. Qaroqalpog'ston Respublikasi geografik joylashishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi 37 foiz hududini egallab cho'l zonasi poyasida joylashgan. Qo'shni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

Qozog'iston, Turkmaniston Respublikalari va Xorazm viloyati bilan chegaradosh bolib,4 ta zonaga bo'linadi.

1. Janubiy (To'rtkul, Ellikqala, Beruniy, Amudaryo tumanlari)

2. O'rta (Xojayli, Shomanay, Taxiyatosh, Kegeyli, Nukus tumanlari)

3. SHimoliy (Qanlikul, CHimbay, Qong'irat, Qarao'zak, Taxtako'pir tumanlari)

4. Dengiz hududi (Mo'ynaq tumani)

Qaroqalpog'iston Respublikasi er maydoni 164,9 ming kv.km. Xalq soni 1,948ming. Tuprog'i: qum, qumli soz va soz tuproqli erlardan tashkil topgan. Jami 500 ming ga sug'oriladigan er maydoni bulib shundan 447 ming ga sug'arib ekiladi.[20,29-bet]

Qaroqalpog'iston respublikasida ekinlar maydoni va olinadigan hosil bo'yicha ma'lumotlarni keltirish mumkin.

Ekin turi Ekin Hosildorlik Olingan

maydoni ming.ga ts/ga Hosil

Paxta 94-110 15-22 220

Bug'doy 50-60 20-30 180

SHoli 20-30 30-45 135

Sabzavot 15-20 20-30 60

Bog'dorchilik 10-15

Uzum 2

Qaroqalpog'ston Respublikasida o'rta hisob bilan jon boshiga talab qilinadigan (1 yilga ) mahsulotlar miqdori

Non va non mahsulotlari 90,2 kg

O'simlik yog'i 6,3 kg

Guruch 4,9 kg

Go'sht 46,1 kg

Baliq 10,1

Sut 135,6

Poliz 19,5

Kartoshka 50,4

Meva 58,3

Uzum 13,9

Qaroqalpog'iston sharoitida go'sht, tuxum,kartoshka, savzabot va boshqada mahsulotlarning kam etishtiriliyotganligi, ya'niy oziq-ovqat havfsizligini ta'minlash

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

maqsadida boshqa hududlardan keltirish zarurligi keltirib chiqarmoqda. [18,27bet] Xalqimizning salomatligi, tinchligi har tamonlama taraqqiyotga erishishi sag'lom avlodni tarbiyalashda, jami xalqimiz va davlatimiz oldindagi ulug' maqsadlarga erishishda oziq -ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasi asosiy masalalarning biri hisoblanadi. Ushbu mahsulotlarni ko'paytirish maqsadida Davlatimiz rahbari tamonidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan "Qishloq-xo'jaligi mahsulotlarining sifat va havfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlash chora tadbirlar" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. So'ngi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo'yicha izchil islohatlar amalga oshirilmoqda.[P.Q.]

2016-2019 yillar davomida yalpi qishloq xo'jaligi mahsuloti hajmi-171,2 foizga, jumladan meva-savzobatchilik-172,6 foizga, chorvachilik mahsulotlari-170 foizga, o'rmon va baliqshilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 177,5 foizga oshdi.

Meva savzabot mahsulotlarining eksport hajmi 1,4 mln tonnadan oshdi 2016 yilga nisbatan 1,5 barabargao'sishga erishildi.Shu bilan birga talablarning tabora kuchayib borishi, respublikamizda etishtirilayotgan mahsulotlarning xalqaro bazorlardagi o'rnini mustahkamlash uchun O'zbekiston Respublikasida Organik va Global G.A.P. xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o'rmon xo'laligi mahsulotlarining sifat va havfsizlik ko'rsatkichlarini yaqshilash, exsport geografiyasini kengaytirish, shuningdek mamlakatimizning organic mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to'liq foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida; O'zbekiston Respublikasi organic qishloq-xo'jaligi va organic oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish koncepciyasi chora-tabirlarini amalga oshirishga muvofiq O'zbekiston Respublikasida so'ngi yillarda keng ko'lamli amaliy ishlar islohatlar amalga oshirilmoqda: jumladan O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta'minoti jamg'armasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida ishga tushirilgan 7 ta loyiha doirasida jami 975 mln so'm subsidiya berildi.

Shuningdek, 2022-yilda ishga tushiriladigan 6 ta loyiha doirasida, loyihalar amalga oshirilishi bilan y ana 650 mln so'm subsidiya berish rejalashtirildi.

Yangi loyihalar a malga oshirilishi natijasida meva-sabzavotlarni qayta ishlash quvvati 36,5 ming tonnaga va qayta ishlash darajasi 9,6 foizga, go'sht-sutni 23,4 ming tonnaga va qayta ishlash darajasi 4,6 foizga, boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 749,1 ming tonnaga yetkaziladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Qishloq qo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'grisida. 2020 yil.

2. A.R. Babajanov A.M.Muqumov Hududlarni rivojlantirish (o'quv qo'llanma)

3. P.G'ulamov «O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi» Nukus-2017P.

4. R.Normaxmatov, G.YA.Pardaev, SH.I.Ismoilov. Oziq-ovqat mahsulotlari e'kspertizasi ob'ektlari. Darslik. Toshkent.2019.

5. R.Normaxmatov Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi e'kspertizasi asoslari. O'quv q o'llanma. Toshkent.2019.

6. Р.З.Григорьева. Безопасность продовольственного сырья продуктов питания. Учебное пособие. Москва 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.