INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
QORAMOLLARNI TO'G'RI HARAKATLANISHI MAHSULDORLIK GAROVIDIR 1Usmonov Odiljon Kamilovich, 2Boboyev Bahromjon Kenjayevich, 3Mahammadaliyev
Mahmudjon Botirjon o'g'li
1Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.n.,dotsent 2Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.n.,dotsent 3Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002149
Annotatsiya. Ushbu maqolada qoramollarning to'g'ri harakatlanishining ularning mahsuldorligiga ta'siri, qoramollarning harakatini baholash va tuyoqlarni to'g'ri parvarishlash haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: deformatsiya, tuyoq, oqsoqlik, Golshtin-fritz, vanna, ombir, fiksatsiya
Tabiiy yashash sharoitlarida hayvon tuyoqlarining o'sishi va yedirilishi mutanosib ravishda sodir bo'ladi. Tuyoq orqa devorining qiyalik burchagi barmoqlar shaklini belgilaydi. Tuyoqning qiyalik burchagi tahminan 50 gradusga mos kelishi lozim. Agar qiyalik burchagi haddan tashqari kichkina bo'lsa, tuyoq tovoni haddan tashqari past joylanadi va bu tez-tez mexanik jaroxatlanishlar yuz berishi infeksiya yuqishiga sabab bo'ladi. Sigirlarni kuzatish uchun ular yumshoq, elastic yuza bo'ylab harakatlanishini ma'qul ko'radi, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Hozirda juda ko'p yirik zamonaviy fermalarda hayvonlarni saqlashda gofrlangan rezinalardan foydalanilmoqda.
Odatda sigirlarni orqa oyoqlari ayniqsa ko'p deformatsiyalanadi, old oyoqlarda esa bunday xolatlar kam uchraydi. Oyoqlari kasallangan hayvon ko'p vaqtini yotgan xolatda o'tkazadi, bunday paytda sigir kerakli miqdorda ozuqa va suv iste'mol qilmaydi. Hayvonning sut mahsuldorligi sezilarli darajada pasayadi, nasl qoldirish tizimi shikastlaydi, juda ko'p xollarda sigirlarni yaroqsizga chiqaradilar.
Hayvonning oyoqlarini va tuyoqlarini muntazam ravishda parvarishlab turish kundalik texnologik jarayonning ajralmas qismiga aylanishi zarur. Sigirlarning oyoq va tuyog'i uning tayanchidir. Odamlarni poyafzali jaroxatlanishidan saqlasa, sigirlarni esa tuyog'i saqlaydi. Qoramollarni boqish uchun yaylovlarimiz yo'qligidan tuyog'ini tabiiy ravishda yedirilmasligi tufayli tuyoq kasalliklari ko'p uchramoqda. Bu esa xo'jaliklar uchun katta iqtisodiy zarar keltiradi, ya'ni tuyog'i kasal mol oriqlaydi, suti kamayadi va boshqa kasalliklarni yuzaga chiqishiga sabab bo'ladi. Tuyoq kasalini katta mablag'lar evaziga davolashdan ko'ra uni oldini olish arzonga tushadi. Buning uchun sigirlar turadigan joylar tekis va to'g'ri bo'lishi, tuyoqlari shikastlanmasligi kerak va eng muhimi qoramolni to'rttala tuyog'i tirnoqlariga e'tibor berish kerak. Shuning uchun o'sib ketgan tirnoqlarini mahsus qaychilarbilan tekislab turish hamda tuyog'ini tozalab turish shart, qachonki qoramolni to'rttala tuyog'i teng va tirnoqlari tekis bo'lgandagina gavdasining muvozanati buzilmaydi va tuyoqlari kasallanmaydi. Kasalliklar profilaktikasi uchun mutaxasisslar tuyoqlarga ishlov berish uchun vannalarni qo'llashni, davolash uchun esa tuyoqlarni kesishni maslaxat beradilar.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
1-rasm. Qoramolni tuyog'ini tozalash va fiksatsiyalashda ishlatiladigan uskuna.
2-rasm. Tuyoqqa ishlov berish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar.
Hayvonlarning oyoqlari xolatini tekshirishni sog'ish zalida yoki yo'lakda, xonadan chiqish joyida sog'indan keyin o'tkazish qulaydir. Hayvonni tuyoqlarini yuvish sog'ishdan keyin mahsus o'rnatilgan vannalarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun ikkita sig'imli vannadan foydalangan ma'qul: birinchi sig'imda toza suv ikkinchisida esa - tuyoqlarni parvarishlash uchun mahsus kimyoviy eritma yani 3-5 % li mis sulfati, 3-5 % li rux sulfati, 3-4 % li formalin, quruq superfosfat yoki qishda so'ndirilgan quruq oxak bo'lishi lozim. Ifloslanishiga qarab, eritmani aralashtirish zarur. Vanna bo'yi 15 sm, undagi suyuqliklar chuqurligi kamida 10 sm bo'lishi kerak. Vanna eni 75 sm, uzunligi 3-5 m bo'lishi kerak. Juda ko'p tajribalar shuni ko'rsatdiki, davolsh amallari samarali ta'sir ko'rsatishi uchun hayvon vanna ichida hech bo'lmasa 5 qadam tashlashi lozim. Tuyoqlar yuvilgandan so'ng sigirlar bir yarim soat davomida quruq va toza xonada bo'lishlari kerak, chunki namlik, kir va go'ng davolovchi eritmaning ta'sirini yo'qqa chiqaradi.
Hayvonning tuyog'i tekshirilganda tuyog'i shikastlangan bo'lsa maxsus ombir yordamida tuyoqning barmog'i optimal uzunligi - 7,5 sm gacha kesiladi. Tuyoq osti esa maxsus pichoq bilan gorizontal yo'nalishda tovon tomonga qarab 5-7 mm qalinlikkacha qirtishlanadi. Agar tuyoq sirti haddan ortiq zo'riqayotgan bo'lsa, bu tuyoq muguzi o'sayotganini bildiradi va haddan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
tashqari uzun bo'lgan ichki tuyoq muguzi kesib tashlanadi. Xar yili tuyoqlarni kesish davridagi sigirlarning barchasini nisbatan o'tkazilishini ta'minlashga harakat qilish lozim. Sog'in sigirlarga nisbatan bunday amallar ular suttan chiqqan paytda o'tkazilsa, ayni muddao bo'ladi.
Oqsoq sigir ozuqa qabul qilmaydi va sut ishlab chiqarmaydi. Golshtin-fritz zotli sigirlarning oyoqlar kasalligiga yo'liqishga moyilligi hayvonlarning sut mahsuldorligi yuqori darajada ekanligi, ozuqa ratsionidagi xatolar va kamchiliklar bilan, shuningdek hayvonlarni sigirxonalarda saqlanishi bilan belgilanadi.
Qoramollarni harakatini baholash. Sog'lom hayvonni yurishi
Hayvon tik turganda beli to'g'ri Yurayotganda beli to'g'ri
Sigir me'yorida turib yurmoqda, beli to'g'ri. Yurayotganda uzun qadam bosmoqda, orqa tuyoqlarini o'rniga qo'ymoqda.
Xulosa: bunday xolatda sigir ozuqalarni to'liq qabul qiladi, mahsuldorligi kamayadi. Hayvonni yurishi me'yorida emas.
Hayvon tik turganda beli to'g'ri Yurayotganda beli yoysimon
Sigir me'yorida turibdi, ammo yurganda belini egmoqda, boshi pastga egilgan, yurishi me'yorida emas.
Xulosa: sigirni tuyoqlariga e'tibor qaratish kerak. Bunday xolatda sigirni ozuqalarga bo'lgan talabi 1 foiz qisqaradi, ammo maxsuldorligi kamaymaydi. Oqsoqlanish.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
_JUNE 6-7, 2023_
Hayvonni beli yoysimon egilgan Yurayotganda beli yoysimon egilgan
Sigir tik turganda va yurganda ham belini egmoqda, qadam tashlashi qisqa. Xulosa: sigirni zudlik bilan davolash kerak. Bunday xolatda sigirni ozuqalarga bo'lgan talabi 3 foiz qisqaradi hamda mahsuldorligi 5 foiz kamayadi. Oqsoqlik
Hayvonni beli yoysimon egilgan Yurayotganda beli yoysimon egilgan
Sigir bitta yoki ikkala oyog'ini extiyotkorlik bilan bosmoqda, tik turganda hamda yurganda belini egmoqda
Xulosa: Ushbu sigir kasal, zudlik bilan davolanishga muxtoj. Bunday xolatda sigirni ozuqalarga bo'lgan talabi 7 foiz qisqaradi hamda mahsuldorligi 17 foizga kamayadi. Og'ir oqsoqlik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Hayvonni beli yoysimon egilgan Yurayotganda beli yoysimon egilgan
Sigirni beli egilib qolgan, tik turganda va yurganda qiynalmoqda, ko'proq vaqtda yotadi.
Xulosa: Sigir qattiq kasal, zudlik bilan davolash kerak, ayrim xollarda majburiy so'yish
ham bo'lishi mumkin. Bunday xolatda sigirni ozuqalarga bo'lgan talabi 16 foiz qisqaradi hamda
mahsuldorligi esa 36 foizga kamayadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 28 martdagi " O'zbekiston RespublikasiVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi faolyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-4254-sonli карори
2. O'zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-yanvardagi "Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'isida"gi PQ-4576-sonli qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Naslchilik xo'jaliklari maqomining berilishi tartibi to'g'risida"gi 2020 yil 19 fevral kungi 100-sonli qarori.
4. Xamdamov X.A. va boshqalar. Qoramolchilikka faol investitsiyaning asosiy mezonlari. (Sut va go'sht yo'nalishidagi qoramolchilik fermalarini samarali boshqarish bo'yicha qo'llanma). Toshkent - 2020 yil. 5-20 bet.
5. Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Yuqori samarali gidroponik texnologiyasi asosida chorva ozuqasini ishlab chiqarish uskunalari va oziqlantirish usullari. Journal of new century innovations 2022 y. 127-131 bet
6. Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Chorvachilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari. Journal of new century
7. Сигналы коров, Практическое руководство по менеджменту в молочном животноводстве,