Научная статья на тему 'QOMUSIY TAFAKKUR SOHIBI'

QOMUSIY TAFAKKUR SOHIBI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

31
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOMUSIY TAFAKKUR SOHIBI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

QOMUSIY TAFAKKUR SOHIBI F. Ziyaev

TMI, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) — ulug' o'zbek mutafakkiri uyg'onish davrining buyuk daholaridan. O'z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma'danshunoslik fanlarini puxta egalladi. Bu fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Abu Rayhon Beruniy 995-yili Kat shahrida globus yasagan va unga geografik ob'ektlarni joylab, ularning koordinatlarini aniqlagan. Bu globus jahonda tayyorlangan birinchi va shu bilan relefli globus bo'lgan.

Abu Rayhon Beruniy haqiqatdan ham insoniyatning eng ulug' mutafakkirlaridan biri hisoblanadi. Uning ilmiy faoliyati fan taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etadi. Ilmiy qiziqishlari doirasining kengligi va chuqurligiga, tanqidiy tahlilning jiddiyligi va o'tkirligiga, mavhum bilimdonlikdan qochib, moddiy madaniyat sohasida ham, ma'naviy madaniyat sohasida ham, insoniyatning real hayoti bilan bevosita bog'liq bo'lgan masalalarga qiziqqan. Shaxsan o'zi sinchiklab kuzatgan hamda "g'azablanmasdan", "beg'araz" baho bergan ob'ektiv faktlarnigina olim ahamiyatli deb hisoblar edi. "Haqiqat ehtiroslarga bo'ysunmaydi", - degan so'zni doim takrorlashni yoqtirgan.

Abu Rayxon Beruniyning Gurgonda yozgan yirik asarlaridan biri "Al-osor boqiya an al-qurun al-holiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") bo'lib, unda greklar, rimliklar, forslar, so'g'dlar, xorazmliklar va boshqalarning urf-odatlari, dini e'tiqodlari, fanlar sohasidagi bilimlari haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada va qo'lyozma shaklida ayrim shaxslar qo'lida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda iste'dodli ekanini ko'rsatadi.

Abu Rayhon Beruniyning so'ziga qaraganda, "Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun, - fan va bilimni juda qadrlar edi, kunlardan bir kuni Xorazmshoh may ichib, otiga minibdi va mening hujram tomonga yuribdi. U meni chaqirtiradi, lekin men kechikib chiqdim. Xorazmshoh otini chortirib, mening xonam eshigi oldiga yetib keladi va shoshib, otdan tushmoqchi bo'ladi, lekin men uga egilib ta'zim qildim hamda uning otdan tushmasligini o'tinib so'ray boshladim. Xorazmshoh: "Fan juda sharafli soha: hamma unga qarab boradi, lekin u hech kimning oldinga kelmaydi. Agar o'zingizga ma'lum

December 16

https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

urf-odatlar bzlmasa-deb ko'shib qo'ydi u, - men sizni sira chaqirmas edim, - fan hamma narsadan yuqori va hech narsa unga teng kela olmaydi", dedi.

Abu Rayhon Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari ham uning Xorazmda turgan davrida bo'lgan. Ularning savol-javoblaridan va Abu Rayhon Beruniyning Ibn Sinoga yozgan e'tirozlaridan bizgacha faqat 18 tasi yetib kelgan.

Bu savol-javoblarni dastlab Ibn Sino quyidagicha ikki gruhga ayiradi:

1. Aristotelga qarshi qaratilgan savollar 10 ta.

2. Abu Rayhon Beruniyning o'zi hal qilishi qiyin bo'lgan (Ibn Sinoning so'zicha) masalalar haqidagi savollar 8 ta javoblarga ko'ra, Abu Ali Ibn Sino Platon, Aristotel, Abu Nasr Forobiy kabi qator olimlar bilan bir fikrida bo'lib, Abubakr Roziy va umuman Abu Rayhon Beruniy atrofidagi fozillarga qarshi bo'lgani ma'lum bo'ladi. Bu savol-javoblar yolg'iz, balki u davrdagi ikki falsafiy oqimning dunyo qarashlaridan namuna hamdir.

Biz yuqorida shohida bo'lgan savol-javoblar 25 yoshlik Abu Rayhon Beruniy bilan 18 yoshlik Abu Ali Ibn Sino tafakkuriga mansubdir. Yozishmalar mazmunidan anglashilib turibdiki, ular bolaligidanoq yunon olimlari asarlarini batafsil o'rganganlar.

Bu yozishmalar uning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan ham qiziqqanini ko'rsatadi. Bu savol-javoblarda ikki mashhur olim fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munoazara olib borgan.

Bilish nazariyasi xususida ham o'ziga xos fikrlari bor. Uning fikricha, bilishning asosi, bizning dunyo xaqidagi bilimlarimiz manbai bo'lmish sezgi a'zolari orqali olingan bilimlardir. Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu — aql-idrok tufayli erishilgan yutuqlar, deydi. Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo'lib, Aristotelning fan sohasidagi xizmatlariga yuksak baho berish bilan birga tanqidiy fikrlar ham bildirgan. U Aristotelning "tabiiy joy", "dunyoning yagonaligi", "og'irlik va yengillik" kabi tushunchalarini tanqid qiladi. Aristotelning "og'ir" va "yengil" degan tushunchasidan farqli ravishda Abu Rayhon Beruniy Ibn Sinoga yozgan "E'tiroz'larida hamma narsalarning Yer markazi tomon tortilishi haqidagi fikrni olg'a suradi. Bu, tortilish kuchi haqidagi nazariyaning ishlab chiqish yo'lida qo'yilgan muhim qadam edi. Abu Rayhon Beruniyning bu nazariy xulosalari XVIII-asr boshida ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan "Olamning tortilish qonuni" kashf etilishga olib keldi.

1017-yilda Xorazm Mahmud G'aznaviy davlatiga qo'shib olinganidan keyin Abu Rayhon Beruniy boshqa saroy olimlari

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

140

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

bilan birgalikda G'azna shahriga olib ketiladi. Allomaning G'aznadagi davri g'urbatda kechsada o'zining barcha vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf qildi.

Kunlardan birida Sulton Mahmud G'aznaviy Abu Rayxon Beruniyni sinamoqchi bo'lib, unga savol beribdi:

- Ey munajjim! Aytginchi, Qur'oni karimda bashoratchilik qoralangan, lekin, ayrim munajjimlar Quyosh va Oy tutilishini oldindan bashorat qilaman, deb da'vo qilishadi. Sen ham shu fikrdamisan?

- Men masalaga mantiqan yondashish tarafdoriman, Shunday hodisalar borki, ularning harakatlanishini o'lchab, agar unga tashqi kuch halaqit bermasa, falon narsa, falon vaqtda, falon joyda bo'ladi, deb bashorat qilish mumkin. Shunday hodisalar borki, ularning holati biz biladigan ta'sirlardan yashiringan bo'ladi, ularning bilmaganimiz uchun bashorat qilib bo'lmaydi. Qur'oni karimda ana shunday hodisalarni nazarda tutib soxta bashoratchilik, folbinlik qoralangan. Yolg'onchilikdan bizni Xudoning o'zi asrasin. Osmon yoritqichlarning harakatlanishi bir tekisda o'zgarishsiz boradi va muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadi. Shu sababli ularni oldindan aytib berish mumkin. Falakiyot ilmiga tayanib, Quyosh va Oy tutilishini oldindan bashorat qilish mumkin.

Sulton Mahmud G'aznaviy bu fikrni eshitgach, g'azabi qaynaydi va ataylab Abu Rayxon Beruniyni malzum qilish niyatida yana savol beradi:

- Ey "bashoratchi", sen hozir men shu binoning qaysi eshigidan chiqishini o'z ilmingga tayanib topgin-chi?

Alloma noyob xislat-fazilatlar sohibi sifatida dong taratib, inson miyasidagi fikrlarni o'qish darajasiga yetgan edi.

Sulton Mahmud G'aznaviy shu payt 12 ta eshigi bor aylana shakldagi binoda majlis qurayotgan edi. Abu Rayxon Buruniy Sulton Mahmud G'aznviyning vajohatini yaxshi anglab yetdi va bir qog'ozga bir qancha so'zni yozib, uni Sulton Mahmud G'aznaviyga uzatdi. Sulton Mahmud G'aznaviy qog'ozni o'zi o'tirgan o'rindiq tagiga bekitib qo'ydi. Sulton Mahmud G'aznaviy shunda Abu Rayxon Beruniyga istehzoli qarab, xizmatkoriga buyurdi.

- Zudlik bilan bu yerga duradgorni chaqirib kel, mening ro'paramdagi devordan 13 eshikni o'rnatadi, Sulton Mahmud G'aznaviy shu eshindan chiqib ketadi. Bir oz vaqtdan so'ng, hammalari shu joyga yana to'plangach, Sulton Mahmud G'aznaviy Abu Rayxon Beruniy yozgan qog'ozni bekitgan joydan oladi. Majlisda guvoh bo'lganlardan biri qog'ozni o'qidi. Qog'ozda shunday so'zlar bitilgan edi: "Hukmdor! Siz bu binodagi 12 ta eshikning birontasidan chiqmaysiz, Ro'parangizdan 13 eshikni ochtirib,

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

141

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'qqtyonda^

o'sha eshikdan tashqariga chiqasiz" Majlis ahli bu holatdan nihoyatda hayratga tushdi. Sulton Maxmud G'aznaviyning esa g'azabdan yuzi qizarib ketdi va amr qildi:

- Bu shakkok olimni zindonga tashlanglar! Hukm ijro etildi.

Uning geodeziyaga oid muhim asari — "Tahdid nihoyot il-amokin li tas'hih masofot il-masokin" ("Turar joylar orasidagi hududlarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash ")ni 1025-yilda tugallagan. Bu asarning birdan-bir qo'lyozmasi Istambulda "Geodeziya" nomi bilan tarjima qilingan. Muallif shu asarida dunyo bir-biri bilan qo'shilgan yaxlit suv havzasini tashkil qiladi deb xulosa chiqargan.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.