Научная статья на тему 'BUYUK MUTAFAKKIR MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIYNING FAN TARAQQIYOTIDAGI BUYUK XIZMATLARI'

BUYUK MUTAFAKKIR MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIYNING FAN TARAQQIYOTIDAGI BUYUK XIZMATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

98
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK MUTAFAKKIR MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIYNING FAN TARAQQIYOTIDAGI BUYUK XIZMATLARI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

BUYUK MUTAFAKKIR MUHAMMAD IBN AHMAD AL-BERUNIYNING FAN TARAQQIYOTIDAGI BUYUK XIZMATLARI

X. J. Salomova

Buxoro davlat tibbiyot instituti

Muxammad ibn Axmad Al-Beruniy 998 yildan Jurjonda o'zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta'lim oldi. Beruniy «Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. «Osor al-boqiya» Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko'rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilindi. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatdi.

Abu Rayxon Beruniy shoh Ma'mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Xorazmning Mahmud g'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi va u Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga g'azna shahriga asir qilib olib ketiladi.

Abu Rayxon Beruniyning 1017-1048 yillarda g'aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Beruniyning «Xorazmning mashhur kishilari» asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari «Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidi masofat al-masokin» («Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash»-«Geodeziya») 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning «Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar» asari ham 1029 yil g'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan.

Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» nomli mashhur yirik asari «Tahqiq mo lil-Hind min ma'quda maqbula fi-l-aql av marzula» («Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi») 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar g'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

192

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

baholangan. Akademik V. R. Rozen «Sharq va g'arbning qadimgi va O'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q», deb baho bergan. Mahmud g'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Abu Rayxon Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. «Hindiston» asari yozib tugatilgan yili Mahmud g'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid «Mas'ud qonuni» asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: «Mas'ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan».

Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Abu Rayxon Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval Yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va quyoshni koinot markazi deb o'rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. «Geodeziya» asarida Abu Rayxon Beruniy geotsentrizm bilan bog'liq bo'lgan ba'zi bir nazariyalarning to'g'riligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Beruniy harakat traektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo'lib fikr yuritgan olimlardan bo'lib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yo'llarini tanlab olishda novator hisoblanadi.

Abu Rayxon Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to'g'risida taxmini uning ilmiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Olimning fikrlari, bir tomondan, Markaziy Osiyo, qadimgi yunon va hind mutafakkirlarining ilg'or an'analarini ijodiy rivojlantirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Abu Rayxon Beruniyning yetukligi tafakkur doirasining kengligidan dalolat beradi. Abu Rayxon Beruniy tomonidan «sabablarning sababi» — inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qo'yilishi diqqatga sazovor. «Qadimgi tarixlarning eng qadimgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir». Bu yerda Abu Rayxon Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo'lishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini ko'ramiz. Beruniy insonlar o'rtasidagi tavofut borligi haqida gapirar ekan, u faqat tashqi farqlar to'g'risida fikr yuritgan. Lekin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil topishi, uning fikricha, barchada umumiydir. U inson bilan maymun o'rtasida o'xshashlik borligini qayd etadi.

Abu Rayxon Beruniy o'zining «Hindiston» asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-odatlari o'rtasidagi farqlarni tahlil qilib, ular geografik sharoitlarga bog'liq degan fikrni ilgari

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

193

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

surdi, geografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, hatto tillarning turlichaligi ham geografik sharoitlarga bog'liq deb qaradi. «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoq turishi»dir.

Abu Rayxon Beruniy ijtimoiy hayot o'ziga xos «shartnoma» asosida tuzilishini e'tirof etadi: «Inson o'z extiyojlarini tushunib, o'ziga o'xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o'zaro kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgaliqdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilish ham zarurdir». Bu fikrni davom ettirib, «insonning qadr-qimmati o'z vazifasini a'lo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o'rni mehnat bilan belgilanadi, inson o'z xohishiga mehnat tufayli erishadi», deb yozgan edi u. Tabiatan boshqarishga moyilligi bo'lgan hokim o'z fikri va qarorlarida qat'iy bo'lishi kerak, o'z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga, Alekssandr Makedonskiy Aristotelning falsafiy donishmandligiga amal qilganidek, bo'ysunishlik lozim: shohning o'zi ham «yaratuvchanlik «ongiga» ega bo'lmog'i, ayniqsa, dehqonlar to'g'risida ko'proq g'am yeyishi kerak. «Podshohlik dehqonchiliksiz yashay olmaydi», dedi Abu Rayxon Beruniy. Abu Rayxon Beruniyda shunday fikrlar bor: «odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o'rnatishdan iboratdir».

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.