Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan
ABADIYAT FARZANDI ABU RAYHON BERUNIY
N. N. Qurbonov
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O'zbekistonning eng
yangi tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi
Sh. B. Allaberganova
Toshkent shahar 200-maktab o'qituvchisi
R. P. Karimova
Nizomiy nomidagi TDPU talabasi
Vatanimiz tuprog'i azal-azaldan ma'naviy-ilmiy qarashlari dunyoni lol qoldirgan allomalar tarbiyalanib yetishib chiqganligi bilan dong taratgan. O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy mana shunday allomalardandir. Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabi fanlarga mehir qo'ydi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Beruniy o'z ona tilidan tashqari yana yetti tilda so'zlasha olgan. Bular arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy va sanskrit tillari hisoblanadi.
Beruniy Xorazmda taxt uchun kurashlari boshlangan bir davrda 22 yoshida vatanidan uzoqda Jurjon shahriga ko'chib o'tishga majbur bo'ldi. Jurjonda ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiydan ta'lim oldi. Beruniy "Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya" asarini Jurjonda yozishni boshlab, 1000 yillarga kelib oxiriga yetkazdi. Bu asar uni qomusiy olim ekanligini barchaga nomyon etdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi va u yerda unga hurmat ko'rsatildi. Beruniy Xorazmda Ma'mun xomiyligida ochilgan ilmiy markazda faoliyatini davom ettirdi va Ma'munning yaqin maslahatchisiga aylandi.
Xorazm Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach barcha olimlar qatori Beruniy ham G'aznaga olib ketildi. Beruniyning 1017-1048 yillarda G'aznada asrlikda kechirgan
143
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
davrlari uning hayotida ilmiy maxsuldor yillar bo'lib tarixda qoldi. Beruniy o'zining "Xorazmning mashhur kishilari", "Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidi masofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya" (1025 y.)) hamda "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" (1029 y.) asarlarini mana shu yillarda yozib tugatgan.
Beruniyning "Hindiston" nomli mashxur yirik asari "Tahqiq mo lil-Hind min ma'quda maqbula fil-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar G'arb va Sharq olimlari hamda hozirgi zamon hind olimlari tomonidan qadrlandi. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. "Hindiston" asari yozib tugatilgan yili Mahmud G'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan".
Beruniy hayoti o'ta sermaxsul o'tgan. U avlodlarga katta ilmiy meros qoldirib, shogirdi Abul Fadl as Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 1048 yil 11 dekabr sanasida bu dunyoni tark etgan. Beruniydan keyingi avlodlarga ilm-fanning turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalar, asarlar, yozishmalar qoldi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug'ullanib she'rlar yozdi. Olimning "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagesti"ning sanskritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlar"iga tuzatishlar", "Turklar tomonidan ehtiyotkorlik", "Oq kiyimlilar" va karmatlar haqida ma'lumotlar", "She'rlar
to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarjimasi", yozishmalar" kabi ilmiy merosi shular jumlasidandir.
Beruniy qadimgi yunon ilmi vakillari Aristotel, Platon, Ptolemey, Yevklid kabilarning asarlari hamda hind olimlari, musulmon olimlari al-Xorazmiy, Farg'oniy, Battoniy, Roziy, Abu
'Ibn Sino bilan
December 16
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
144
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan ^^^^^^^^^^araqqiyotidagi^o'rn^
Tammam, ibn Kaysum, Abu Ma'shar asarlari bilan yaqindan tanish bo'lgan, ularga sharhlar, izohlar, tuzatishlar, raddiyalar yozgan. Uning ilmiy merosi g'oyat rang-barang bo'lib, tibbiyot, astronomiya faniga xizmati juda kattadir. Beruniy o'z ilmiy asarlarida yerning harakati haqida fikr bildirib: "Yerning harakatsizligi (masalasi) astronomiya fanining asosiy masalalaridan biri bo'lib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin", deb yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va Quyoshni koinot markazi deb o'rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. "Geodeziya" asarida Beruniy geotsentrizm bilan bog'liq bo'lgan ba'zi bir nazariyalarning to'g'riligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Beruniy harakat trayektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo'lib fikr yuritgan olimlardan bo'lib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yo'llarini tanlab olishda novator hisoblanadi. U trigonometriya va geometriyani keng qo'llash orqali o'zidan oddingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoldiradi. Buyuk olim yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi. Markaziy Osiyoning ba'zi bir mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o'rganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik o'tmishi va Orol dengizining paydo bo'lishi haqidagi xulosalari o'sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri bo'lib hisoblanadi. Olim "Dengizlar quruklikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi" degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo bo'lishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, tog' jinslarining nurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga egadir. U tog'larning paydo bo'lishi va yo'q bo'lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani ilgari suradi.
Beruniyning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining so'nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. So'nggi asarlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizo'riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma'lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226-1286) Beruniyga shunday baho beradi: "O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy ilmlar bilimdoni sifatida shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo'lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind
145
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan". Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi.
XIX asrdan boshlab Ovro'po va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan ovro'polik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter, E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amriqolik tarixchi olim J.Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V.R.Rozen esa, uning ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, unga hozirgi ma'nodagi haqiqiy fanning ruhi xos ekanligini qayd etadi.
Mustaqillik yillarida Beruniyning ilmiy merosini o'rganishga jahd bilan kirishildi, ayniqsa so'nggi yillarda bu borada katta ishlar amalga oshirildi. Olimning nomini abadiylashtirish maqsadida ko'chalar hamda institutlarga uning nomi berildi va fan sohasida Beruniy nomiga davlat mukofoti ta'sis etildi. Toshkent shahrida buyuk qomusiy olim Beruniyga bag'ishlangan qator xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazildi va uning qimmatli asarlari O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan o'zbek va rus tillarida nashr etildi.
REFERENCES.
1. Abu Rayhon Beruniy // Ma'naviyat yulduzlari. Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1999. B. 22.
2. Абу Райхрн Беруний. ТА, II-жилд. Тошкент, Фан, 1965. - Б. 284.
3. Norboev A., Ovlaqulova M., Abu Rayhon Beruniy ta'lim-tarbiya xususida. Toshkent, Zuxra baraka biznes, 2020. - B. 21.
4. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. Toshkent, O'zbekiston, 2016. - B. 42.
5. Gadaev K., Berdieva S. Jahongashta sayyoh-olimlar Toshkent, O'zbekiston, 2012. - B. 52.
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferenc«
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni
6. Hasanov H. Sayyoh olimlar. Toshkent, O'zbekiston, 1981. - B. 13.
7. Крачковский И.Ю. Избранные сочинения. Т.4. Москва, 1957. - Б. 45.
8. Bobojonov D., Abdurasulov M. Abadiyat farzandlari // Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti, 2009. http://xorazmiy.uz/uz/pages/view. 12.11.2022.
9. Ro'zieva F. Asarlar bibliografik talqini // https://einfolib.uz/ind./20/09/30
10. Abu Rayhon Beruniy https://saviya.uz/beruniy-973-1048.05.12.2022.
147