Научная статья на тему 'ABU RAYXON BERUNIY VA MA’MUN AKADEMIYaSI'

ABU RAYXON BERUNIY VA MA’MUN AKADEMIYaSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

585
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ma‟mun / akademiya / Xorazm / asar / shoh / ziyoli / ilm / ma‟rifat / ma‟naviyat / falsafa / millat / yoshlar.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sadulla Otamuratov

Ushbu maqola Abu Rayxon Beruniyning ilm-fan rivojiga qo„shgan hissasiga bag„ishlangan. Unda mutaffakirning Ma‟mun akademiyasidagi faoliyati, asarlari va ba‟zi falsafiy qarashlari haqida ma‟lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYXON BERUNIY VA MA’MUN AKADEMIYaSI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

ABU RAYXON BERUNIY VA MA'MUN AKADEMIYaSI

Sadulla Otamuratov

Falsafa fanlari doktori, TKTI Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Abu Rayxon Beruniyning ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasiga bag'ishlangan. Unda mutaffakirning Ma'mun akademiyasidagi faoliyati, asarlari va ba'zi falsafiy qarashlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Ma'mun, akademiya, Xorazm, asar, shoh, ziyoli, ilm, ma'rifat, ma'naviyat, falsafa, millat, yoshlar.

Ilm-fanni yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan insonlar yaratadi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi mamlakat va millat taraqqiyotining ko'rsatkichi hisoblanadi. Shu ma'noda IX-XII asrlarda tashkil topgan Xorazm Ma'mun akademiyasi bu zaminning o'z davriga xos taraqqiy qilganligini, u yerdan yetishib chiqqan mutafakkirlar esa xalq tafakkuri, dunyoqarashi, intilishi, ma'naviyati va madaniyatining hosilasi edi.

Ma'mun akademiyasi faqat o'n uch (1004-1017 yy.) yil faoliyat ko'rsatgan bo'lsa ham unda tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar tomonidan ilm, fan va madaniyat sohasida qo'lga kiritilgan kashfiyotlar O'rta Osiyoning jahon sivilizatsiyasining gultoji sifatida bugungi kungacha butun insoniyatga xizmat qilib kelmoqda.

Akademiyaga rahbarlik qilgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ensiklopedik olim sifatida shakllandi va fanning ko'pgina sohalarida izlanishlar olib bordi. Beruniyning hozirga qadar ma'lum bo'lgan, fanning turli sohalari bo'yicha yozgan asarlari soni haqida quyidagi ma'lumot keltirilgan: 1) astronomiya bo'yicha 70 ta, bulardan umumiy astronomiya bo'yicha 37, kometalar va meteorlar bo'yicha 6 ta, astronomiya asboblar haqida 9 ta, astrolog tanqidiga bag'ishlangan 18 ta asar; 2) matematika bo'yicha ta asar: bulardan 8 tasi arifmetika, 7 tasi geometriya, 4 tasi stereometriya, 1 tasi trigonometriya; 3) kartografiya bo'yicha 4 ta; 4) klimatologiya va meteorologiya 3 ta; 5) minerologiya 3 ta; 6) fizika bo'yicha 1 ta; 7) farmakologiya bo'yicha 1 ta; 8) tarix, etnografiya va din tarixi bo'yicha 15 ta; 9) falsafa bo'yicha 4 ta; 10) bibliografiya, adabiyot va adabiy yodgorliklarni tarjimalari bo'yicha 18 ta asar yozgan [1, 24].

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Abu Rayxon Beruniyning tarix bo'yicha yozgan 15 ta asarlari orasida "Xorazmning mashhur kishilari", "Muqanna qo'zg'oloniga bag'ishlangan risola", "Yodgorliklar", "Hindiston", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Yillarni chiqarishdagi farqlar haqida", "Tarixni o'rinsiz so'zlardan tozalash" kabilar tashkil qiladi.

Beruniy har bir asarini yozishda, eng avvalo manbalarni chuqur o'rgangan va buning uchun o'z vaqtini ayamagan. Masalan, 1017 yilda Xorazmshoh Ma'mun xalq qo'zg'olonida o'ldirilgandan keyin Xorazmni Mahmud G'aznaviy bosib oladi va u Akademiyada faoliyat olib borayotgan olimlarni o'zi bilan G'aznaga olib ketmoqchi bo'ladi. Ketishga rozi bo'lmaganlarni o'ldiradi, tirik qolganlarini, jumladan Abu Rayhon Beruniy va uning ustozi ibn Iroqni, G'aznaga olib ketadi. U yerda Beruniy juda ko'p qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Lekin ilm bilan shug'ullanishni bir daqiqa ham to'xtmaydi. Beruniy Sulton Maxmudning Hindistonga qilgan yurishlarida, u yerda yashayotgan xalqlarning urf-odat, an'analarini qunt bilan o'rganadi va shu asosida o'zining "Hindiston" nomli asarini yaratadi. Bu asarga Beruniy 20 yil umrini sarflaydi. Hayratli jihati shundaki, asar o'zining davri uchun aniq ma'lumotlar asosida yaratilganligi, Hindistonda o'sha vaqtda yashagan xalqlarning mentaliteti, urfodatlari ilmiy jihatdan asoslanganligi bilan hind xalqining bugungi kunda tarixini o'rganishda o'zining ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda.

Abu Rayhon Beruniy nafaqat Ma'mun akademiyasining tashkilotchisi, fanning ko'pgina sohalari bo'yicha buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan zabardast olim va shu bilan birga vatanparvar inson edi. Uning bu xususiyati Sulton Mahmud uni o'zi bilan olib ketib, G'azna ijodi uchun zarur bo'lgan sharoitlarni yaratib berishiga qaramasdan Xorazmni qo'msab yashagan, imkon tug'ilsa Xorazmga qaytish niyatida ekanligini o'zi bilan faoliyat olib borayotgan safdoshlariga aytganligi haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Beruniy bilan bog'liq bo'lgan bir voqeani keltirishni lozim topdim, qachonki bugun ba'zi o'zini osmonda ko'radigan, ziyolilar ahliga nisbatan bee'tibor bo'ladigan ayrim rahbarlar va o'sib kelayotgan kadrlarmiz hayotlarida tarbiyaviy faoliyatlari uchun saboq bo'ladgan quyidagi voqeani keltirmoqchiman. Ma'lumki, Xorazm shohi Ma'mun ibn Ma'mun Beruniyga nisbatan barcha ilmlardan xabardor olimlar peshvosi sifatida zo'r hurmatda bo'lgan. Buni Bayhaqiyning "Ma'sud tarixi" kitobida keltirgan misolda ko'rish mumkin. "Bir kuni Xorazmshoh ulov ustida kelib, Beruniyni hujrasidan chaqirtiradi. Nima sabab bilan ham Beruniy bir oz kechikkan. Shunda sabri chidamagan shoh ishini boshqa tasavvur qilib (ehtimol, shohning o'zi kelishini kutgan bo'lsa kerak, degan hayolga borgandir, S.O.). Ot jilovini

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

185

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Abu Rayxon hujrasi tomonga burgan va ulovdan endi tushmoqchi bo'lib turganida Beruniy hujradan chiqqan. Beruniy shohga murojaat qilib, "shohim bunday qilmasinlar" deb yolvorgan. Shunda Xorazmshohga shu baytni keltirgan: "Ega bo'linadigan narsalarning eng sharaflisi, ilmdir, barcha ilmga intiladi-yu, lekin ilm unga inilmaydi". Keyin Xorazmshoh unga degan: "Dunyoviy rasmiyatchilik bo'lmaganida edi, men seni chaqirtirmas edim. Ilm har narsadan yuqori, hech narsa undan yuqori bo'la olmaydi" [1, 28].

Yuqorida keltirilgan ma'lumotning hayratlanarli jihati shundaki, turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, urushlar, taxt uchun kurashlar davom etib turgan bu davrda Shohning ilm ahliga hurmati, e'tibori, ilmning barcha tashvishlar va mansablardan ustun ekanligini e'tirof etganligidadir. Fikrimizcha, Xorazmning IX-XII asrlarda ilm, ma'rifat, ma'naviyat markazlaridan biriga aylanganligining zamirida ham Xorazmshohning e'tibori va u yaratgan muhiyat turgan edi desak, to'g'ri bo'ladi. Abu Rayhon Beruniy aniq va tabiiy fanlar bo'yicha katta kashfiyotlar qilish bilan birga, uning tarix va falsafa sohasida amalga oshirgan ishlari, Sharq xalqlari tafakkur taraqqiyotining namunasi bo'lgan. Uning falsafasida insonni ulug'lash, uning barcha maxluqotlardan ustun ekanligi yetakchi o'rin tutadi. U shunday yozadi: "Inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi. Yer yuzini obod etish va uni boshqarib turish uchun insonga katta sharaf ko'rsatilgan, unga aql-zakovat kuchi armug'on etilgan [2, 608].

Beruniy falsafasida mehnat, inson, sezgi, bilish, oila, tarbiya, yaxshilik kabi tushunchalarning mohiyati va tahlili o'z ifodasini topgan. U o'zining "Hindiston" asarida "agar xolis yaxshilikni istasang badaningdagi to'qqiz eshikni qo'riqlab ulardan kiruvchi va chiquvchini tanib kirgiz va tanib chiqar, qalbingni fikrlarini yoyishga qo'yma; miya chuqurchasini eslab, nafasingni xohishlardan to'xtat; so'roq qatig'i qattiq miya chuqurchasini to'lg'azib qotgandan keyin endi chuqurchasiga ehtiyoj qolmaganligini esla. Sezish ishlarini sezuvchi organlarning tabiatlaridan boshqa narsa deb bilma, shunda sezgiga ergashmaysan" [3, 74], deb yozadi.

Bundan ko'rinib turibdiki, Beruniy insondagi ichki va tashqi sezgilarni umumiy holda ko'rsata bilgan. Uning sezgilarning tabiati, ularning paydo bo'lishini bevosita tashqi tabiatning inson sezgi a'zolariga ta'sir etishi bilan bog'laydi va har bir sezgining qo'zg'aluvchisi bor deb sezgi organlarini tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tushuntiradi.

O'rni kelganda shuni ham ta'kidlash kerakki, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi kungacha O'zbekistonda fundamental tarzda o'rganilmasdan qolmoqda. Uning asarlarini,

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

186

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

xususan davlat tilida xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o'rtasida, ommalashtirish ham talabga javob bermasdan qolmoqda. Jahonda XI asrni Beruniy asri deb e'tirof etilgan bir sharoitda bugun mamlakatimizda mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda Beruniyning bizga qoldirgan ilmiy va falsafiy merosini keng tashviqot va targ'ibot qilish, yoshlariimizning ilmga bo'lgan qiziqishlarini oshishiga hamda ularda buyuk bobomiz kabi o'z Vatanini jon dilidan sevib, unga talpinib yashash tuyg'ularini shakllantirishga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Abu Rayhon Beruniyning Ma'mun akademiyasini tashkil qilish, Urgenchni ilm, madaniyat va ma'rifat markaziga aylanishiga qo'shgan hissasini alohida fundamental tarzda o'rganish dolzarb ilmiy mavzu hisoblanadi. Chunki, o'rta asrlarda butun musulmon olamida ikkita akademiya - biri Bog'dodda, ikkinchisi Xorazmda faoliyat ko'rsatgan, ikkalasi ham Ma'mun ismi bilan atalgan, biri Xalifa Ma'mun, ikkinchisi Xorazmshoh Ma'mun bo'lgan. Xalifa Ma'mun akademiyasi Bog'dodda, Xorazmshoh Ma'mun akademiyasi Urgenchda tuzilgan bo'lsa-da ikkala akademiyaning tashkil topish va faoliyatida asosan Turkistonlik qomusiy bilimlar egalari bo'lgan buyuk ajdodlarimiz o'rin egallagan" [4, 31].

Albatta, shu Akademiyalar faoliyati haqida ma'lum darajada maqolalar va monografik asarlar mavjud. Ammo, ularda faoliyat olib borgan mutafakkirlar meroslarini fundamental tarzda o'rganish va yoshlar o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish dolzarbligini saqlab qolmoqda. Zero, bugungi kunda millatni asrash masalasi ajdodlar meroslariga bo'lgan ehtiyojdan orqada qolmoqda.

Bugun yoshlarimiz ongi, dunyoqarashi va faoliyatlarida ajdodlarimiz meroslariga tayanish tuyg'ulari qanchalik mustahkam bo'lsa, bu ularning ilmga bo'lgan qiziqishlarini ortib borishiga ijobiy ta'sirini o'tkazadi.

REFERENCES

1. Жуманиёзов М. Маъмун Академияси. - Ургенч: PWO Хоразм, 1994.

2. Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд. - Т.: Фан, 1965.

3. Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 2-жилд. - Т.: Фан, 1965.

4. Иброхимов А. Маъмун Академияси. - Т.: Узбекистан миллий кутубхонаси,

2005.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.