CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022
"QO'RQMA" ROMANIDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TO'QIMA
Xonzodaxon Jahongirxon qizi Jalolova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Javlon Jovliyevning o'ziga xos yangi ohang va yangicha uslub bilan yozilgan "Qo'rqma" romani haqida. Romanda lirika bilan fojia uyg'unlashib ketgani, dramatik turda tragikomediya degan janr mavjud bo'lsa-da, lekin lirotragik roman degan adabiy-nazariy tushuncha mavjud emasligi, o'tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgani va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan xalq dushmani deya shafqatsizlarcha qatl etilgani, millat yigit-qizlarining xotirasiga bag'ishlangani.
Kalit so'zlar: Sobiq Sovet ittifoqi, Germaniya, drammatika, tragikomediya, Abdurauf Fitrat, Munzim, lirotragik obraz, Bahodir Karimov, kulminatsiya.
HISTORICAL TRUTH AND FICTION IN "DO NOT BE AFRAID"
ABSRTACT
This article is about Javlon Jovliev's novel "Don't be afraid", written in a new tone and style. In the novel, lyricism is combined with tragedy, a dramatic genre called tragicomedy, but there is no literary-theoretical concept of the lyrotragic novel. The novel is dedicated to the memory of young men and women who studied in Germany in the 1920s and were brutally executed by the former Soviet Union as enemies of the people.
Keywords: the former Soviet Union, Germany, drama, tragicomedy, Abdurauf Fitrat, Munzim, lyrotragic image, Bakhodir Karimov, culmination.
KIRISH
Abdurauf Fitrat Turkiyadagi " Yosh Turklar" harakatidan ilhomlanib, Buxoroda "Yosh Buxoroliklar" partiyasini tuzadi va uning ma'naviy rahnamosiga aylanadi. 1922-yil do'sti hamda maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda Buxorolik 70 nafar turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oily ta'lim muassasalariga o'qishga yuboradi. Asar shu 70 nafar talabaning ayanchli taqdiriga asoslanib yoziladi.
"Qo'rqma" - his-hayajon romani. Undagi badiiy g'oya keng miqyosli, unda millat va Vatan dardi bor. Bu muammo bugun va bir asr oldingi yoshlar hayoti misolida tush va xush oralig'ida, tajohili orifona yo'sinda ba'zan piching va kesatiq qamrovida
72
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
badiiy ifoda etadi. Muallif mudroq ko'ngillarni uyg'otishni istaydi; odamlar o'z yaratilish siynatiga chuqur nazar solishini xohlaydi.
ASOSIY QISM
Roman o'ziga xos uslubida vaqt va voqelik tizimining ketma-ketligi, ularning chegaralari istalgan mahali buzilishi mumkin va bu hol tabiiy tuyuladi.Go'ri Amir maqbarasiga borib, Vatanga xizmat borasida ont ichib , Germaniyaga o'qishga ketgan talabalar qismati juda qiziq. Sattor Jabbor, Maryam Sultonmurodova, Ahmad Shukriy, Abduvahob Murodiy kabi talabalarni, u yerda "Ko'mak" jurnali chiqarganini, teatr truppasi tashkil etganliklarini ko'pkina tarixiy kitob hamda shu mavzuda ilmiy ish olib borgan olimlarimizning ilmiy ishlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Romanda ularning maktublari, tergovchilar bilan bo'lgan savol-javoblari keltiriladi. Bular badiiy adabiyotning ramz tiliga mahorat bilan ko'chiriladi. Talabalarning o'qishida Olimjon Idrisiy degan shaxs Buxoro va Turkiston hukumati bilan Germaniya o'rtasida tilmochlik (tarjimonlik) qiladi. Grigoriy Meyerson degan g'alati shaxs - talabalarni majburlab ortiga qaytarish uchun Sobiq Ittifoq vakili bo'lib Berlinga boradi. Germaniyada o'qiyotgan talabalar qarshiligiga uchragan Meyerson "Qo'rqma" muallifining nafratidan ham bebahra qolmaydi. "Sichqon yaxmalak uchsa arzigulik bosh! Qishloq yo'liday notekis bashara! Itbaliqlar suzgudek ko'z! Boyo'g'li qidirgan ikki vayrona - burun! Bularning barchasi, Meyersonning shaxsiy mulki." Sochilmagan bir joyga jamlangan, noan'anaviy va yozuvchining antepatiyasi bilan chizilgan portret.
Asardagi badiiy to'qimalar ko'p bo'lib har biri asardagi badiiy joziba hamda asarning qurilish mazmunida katta ro'l o'ynagan. Qizig'i shundaki asardagi biror bir badiiy to'qima obrazidagi qahramonlardan asar mazmunidan chetga chiqmay asl g'oyani ochib berishda kutilmagan yo'l hamda g'ayrioddiy tarzda asarga singib ketgan. Zamonlar o'rtasidagi bir-biriga o'tish davimiyligi mudrayotgan o'quvchidan sezgirlikni talab qiladi. Qiztaka, Ulug' kursdosh, Lola kabi obrazlar uchrasa ba'zilariga hattoki ism ham berilmagan. Xususan, Roviyning amakilarini to'ng'ich, suvchi, domla, traktorchi, tabelchi, kenja deb umumiy nom bilan ataydi. Chunki ularni "nom berishga ham arzimaydigan toifa" deya ta'rif beradi adabiyotshunos Bahodir Karimov o'zining "Lirotragik roman - Qo'rqma" asari haqidagi maqolasida.
Yaqin o'tmishdagi barchaga ma'lum va mashxur alamli hodisalar va Germaniyaga borib o'qigan talabalar taqdiri bayonida Roviy - so'zamol yigit roman markazida turadi. Bu yigitning tug'ilishi qiziq . Olti oyligidayoq ota-onasidan ajralgan, ammo yozuvchi fantaziyasiga ko'ra u aynan o'sha mahali tafakkur va tasavvur egasiga aylanadi. Olti oylik chaqaloq hech qachon tevaragida nimalar bo'layotganligini bilmaydi, albatta. Ammo yozuvchining qalami bizni ishontiradi. Badiiy ijodda qalamning ishontirish quvvati juda muhim sanaladi. Roviy kulib yashaydi, o'ynaydi,
mudraydi, uxlaydi, uyg'onadi. Asar tush va xush, uyqu va uyg'oqlik, muhabbat va nafrat - shu kabi bir qator qarama-qarshiliklar uyg'unligidan maydonga kelganligi sababli yozuvchi o'z Roviy qahramoni hayoliga istagan bir hodisani singdira oladi.
Roman qahramoni fikrchan odam, juda ulkan oshkora taftishchi. O'zini va o'ziga yaqin-yiroq odamlarni, ularning oilasini, o'ziga tengqur talabalarni real hayotda va xayol ko'zgusida ayovsiz taftish etadi, eng muhimi, o'tgan asr boshlarida xorijga ketgan talabalar dunyosini, orzu-istaklarini tahlil etib, hozirgi zamon yoshlarining turmush tarzi bilan taqqoslaydi. Roviyning yana bir xislati uning dardga chalingan tarixchi talaba ekanligida. Uning dard-u xayolini ramziy ma'no tashiydigan 70 ta talaba egallab olgan. U arxiv titkilaydi, muallim buvasidan gap olishni istaydi. Uning fikri toza, teran, milliy mezoni aniq. U atrofida yurgan "sotqinlardan, eshakqurtlardan, qo'ylardan, xoinlardan, qoni ayniganlardan, jigari qotib, yuragi yurmayotganlardan" norizo bo'lib yuradi. Uning norizoligini "Sevgi ham besh harf, kafan ham" degan jumlasidan ham yoqqol sezish mumkin. Roviy shunchalik tanqidni hamda achchiq tilni ruhan singdirib yutirib olganmikinki hamma alqaydigan, ulug'laydigan "sevgi" ga shunday bir xulosa yasab qo'ysa!?
Buning sababini uning muhabbati bo'lgan Lola ismli qizning xiyonatidan deb bilsakmikin? Savol bitta lekin javoblar bisyor, qay biri muttasil, to'liq javob bo'la olishini o'quvchiga yuklab qo'yadi.
Roviyning Berlinga Lolani qidirib borganida u yerda o'qiyotgan hech kim Vatan to'g'risida bir o'g'iz so'z so'ramaydi. Shuning uchun ularga "ziyoli ko'rinishidagi jaholatsan, vafo niqobidagi xiyonatsan", deb ochiq aytadi. Ziyoli qiyofasidagi johilning bir bir qirrasi asarda Ulug' Kursdosh obrazi orqali ko'rsatiladi. Bu obrazlarni ko'rsatish bilan asar muallifi badiiy to'qimaning tarixiy haqiqatga uslubiy bo'yoqdorlik berish va asarning mazmundorligini oshirib, o'quvchining o'sha davr tuzumini anglashiga turtki bo'lib xizmat qiladi.
Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asariga shuni xulosa qilib aytish joyizki, roman voqealarini qisqacha so'zlar bilan ifoda etib bo'lmaydi. Barchasi shu qadar tig'izki, shoshirib qo'yadi kishini. Majoz, obraz, ifoda o't hech kimnikiga o'xshamagan lirizmni his qilamiz. "Milliyat, sof muhabbat, ko'rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik davosidagi yolg'onlar ruh va qondagi paradokslar bizni o'tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o'ylatadi, yig'latadi va achchiq-achchiq kuldiradi. O'tgan asr boshidagi Germaniyada o'qigan talabalar, ularning maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar qismati bilan bir taroziga torta oladi" deb ta'rif beradi asar muallifi. Bunday deyishiga sabab Germaniyaga jo'natilgan 70 ta talabadan hammasi ham ilm olish maqsadida emas, o'qib, pul topib moddiy jihatdan o'z
XULOSA
oilasini taminlash maqsadida kelganlari ham bo'ladi. Bularning ichidagi o'z safdoshlarini sotgan sotqin ham o'z ichlaridan chiqqanligi hamda o'sha sotqin asarning boshidan ohirigacha asar markazida turgan Roviyning katta bobosi bo'lib chiqishi, tashqi ko'rinishi ikki tomchi suvdek katta bobosiga o'xshashligi asarning eng tasirli hamda kulminatsion nuqtasi desak xato bo'lmaydi deb o'ylaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. Karim, B. Lirotragik roman - "Qo'rqma" asari haqida "Ma'rifat"
2. Abduxakimov, I. "Qo'rqma" asari haqida (Javlon Jovliyev)_Civil.uz
3. Jovliyev, J. (2021). "Qo'rqma" Nihol nashr
4. Ma'naviyat yulduzlari (1999). (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent,
5. Bobonur, Sh. (Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asari haqida) "Yoshlar ovozi"
6. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).
7. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.
8. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.
9. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).
10. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.