Научная статья на тему 'QO‘QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI SAHNASIDA JAHON MUMTOZ ASARLARIGA YANGICHA NAZAR VA IJRO TALQINI'

QO‘QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI SAHNASIDA JAHON MUMTOZ ASARLARIGA YANGICHA NAZAR VA IJRO TALQINI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
29
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
aktyorlik mahorati / teatr / xatti-harakat / aktyor / nutq / obraz / spektakl / syujet / dramaturgiya / klassika / jang / rol / sahna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Otabek Rustambek O‘g‘li Anvarov

Ushbu maqolada so‘ngi yillarda Qo‘qon teatri sahnasida sahnalashtirilgan jahon klassik asarlari hamda ushbu spektakllarga rejissyorlarning zamonaviy yondashuvi, aktyorlarning ijro talqini yutuq va kamchiliklari tahlil ostiga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI SAHNASIDA JAHON MUMTOZ ASARLARIGA YANGICHA NAZAR VA IJRO TALQINI»

QO'QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI SAHNASIDA JAHON

MUMTOZ ASARLARIGA YANGICHA NAZAR VA IJRO TALQINI

Otabek Rustambek o'g'li Anvarov

O'zDSMIFMF

Annotatsiya: Ushbu maqolada so'ngi yillarda Qo'qon teatri sahnasida sahnalashtirilgan jahon klassik asarlari hamda ushbu spektakllarga rejissyorlarning zamonaviy yondashuvi, aktyorlarning ijro talqini yutuq va kamchiliklari tahlil ostiga olingan

Kalit so'zlar: aktyorlik mahorati, teatr, xatti-harakat, aktyor, nutq, obraz, spektakl, syujet, dramaturgiya, klassika, jang, rol, sahna

A NEW VIEW AND PERFORMANCE INTERPRETATION OF WORLD

CLASSICS ON THE STAGE OF KOKON CITY MUSICAL DRAMA

THEATER

Otabek Rustambek oglu Anvarov

FRBUzSIAC

Abstract: In this article, the world classical works staged on the stage of the Kokan Theater in recent years, as well as the directors' modern approach to these performances, the achievements and shortcomings of the actors' performance interpretation are analyzed.

Keywords: acting, theater, behavior, actor, speech, image, performance, plot, dramaturgy, classic, battle, role, stage

Har qanday teatr repertuari qancha boy va rang-barang bo'lsa, dam-badam mumtoz dramaturgiyaga murojaat etib tursa, mahorati shuncha oshgan, rivojlangan va tomoshabinlar orasida e'tibori baland bo'ladi. Bu qonuniyatni o'zbek teatrining tarixiy taraqqiyoti yaqqol isbotlaydi.

Qo'qon shahar musiqali drama teatri, aktyorlari va rejissyorlarining kamolotida ham aynan g'arb mumtoz dramaturgiyasi muhim ahamiyatga ega bo'lib kelgan: birinchidan, mumtoz asarlarni sahnalashtirish har bir davrning jamiyat oldiga qo'ygan savollarga javob bergan; ikkinchidan, har safar yangi badiiy yechimlar ishga solinib, mavzu va obrazlar yangicha talqin etilib, rejissura, aktyorlik mahoratining oshishiga, rassomning rasmana ssenografga aylanishi olib kelgan, uchinchidan yangicha talqinda yuksak mahorat bilan sahnalashtirilgan mumtoz asar oxir-oqibat

tomoshabinlarning madaniy-estetik saviyasining yuksalishiga, aql-idrok his-tuyg'ularining boyishiga xizmat qilgan.

Qo'qon shahar musiqali drama teatrida mumtoz dramaturgiya borasidagi izlanishlar asosan mustaqillik davrida hamda bugungi yangi jadal rivojlanib borayotgan "Yangi O'zbekiston" davrida ancha ko'zga tashlandi. Bungacha, ya'ni mustaqillikgacha bo'lgan davrda Qo'qon teatri jahon mumtoz dramaturgiyasiga juda ham kam murojaat etadi. Buni biz so'ngi yillarda sahnalashtirilgan Chingiz Aytmatovning "Elomon" rejissor V.Yunusov, Uliyam Shekspirning "Qirol Lir" rejissyor professor Sh. Usmonov, Ernest Hemengueyning "Chol va dengiz" rejissyor G'. Mirzamahmudov, Chingiz Aytmatovning "Asirga tatigulik kun" romani asosida "Manqurt" rejissyor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimi Azimjon Azizov, Slavik Mirojikning "Qirol" rejissyor G.Olimova, Aziz Nesinning "Taroslik yoviz" rejissyor G.Olimova, Fredirix Shillerning "Makr va muhabbat" rejissyor O'zbekiston san'at arbobi Karim Yo'ldoshev kabi asarlarida yaqqol ko'ramiz.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimi Azimjon Azizov Qo'qon shahar musiqali drama teatrida bosh rejissyor sifatida faoliyat olib borgan kezlarida ijodiy guruhning ijodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, mashhur adib Chingiz aytmatovning ijodiga qo'l uradi.

Chingiz Aytmatov asarlari nasriy yo'lda bitilgan bo'lsada, ularda haqiqiy dramaturgiyaga xos jihatlari mavjud. Bu qahramonlar harakatlarining izchilligi, umumlashmalarning falsafiy chuqurligi, mazmun ifodasining obrazli, metaforik shakli, qahramonlarga harakatli monolog, aniq nutqiy xarakteristikaning xosligida ko'zga tashlanadi. Muallifning tushunchalari teatrga juda yaqin. Ijodkor asarlariga xos o'tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlar odatda sahna asari uchun zarur bo'lgan taranglikni berishga imkon yaratadi.1

Ma'lumki Ch.Aytmatov nasrida ruhiyat tahlili folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg'unlashib ketadi. Ayniqsa, ramziy ifoda vositalari syujet voqealari tizimiga shunchalar singib ketganki, hatto ularni ajratib olish mushkul. Endi ularni sahna vositalarida tomoshabinga tushunarli tilda ifodalashning mushkulotlarini tasavvur qilib ko'ring. Shu ma'noda, o'zbek sahnasida tomoshabin hukmiga havola etilgan ijodkorning har bir asari o'ziga xos bir ijodiy tajriba sifatida e'tirofli.

Ch.Aytmatovga xos chuqur falsafiy mazmun bilan sug'orilgan, insoniyatni hamisha o'ylantirib kelgan ma'naviy-axloqiy muammolarga zamondosh e'tiborini zabt etish niyati Qo'qon shahar musiqali drama teatr jamoasining ham ushbu asarga murojaatiga sabab bo'ldi. Jamoa tomonidan taqdim etilgan "Asrga tatigulik kun" romanidagi manqurt haqidagi afsona asosida "Manqurt" o'zining original sahnaviy yechimi va yangi uslubiy vositalarga boyligi bilan diqqatni tortadi. Rejissor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimi A.Azizov asarni

1 Dilfuza Rahmatullayeva - "Chingiz Aytmatov asarlari o'zbek teatrlarida" - Teatr jurnali - 2018/3 48b.b[4-b.] ncTTni^^H] 129 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

sahnalashtirishga kirishar ekan, asosiy niyatini sahnaviy tasviriy ifoda vositalari orqali namoyon ettirishga intildi. Spektakl dekoratsiyasi shartli bo'lib, unda ramziy umumlashmalardan foydalanilgan. Sahnada ortiqcha unsurlar ko'zga tashlanmaydi. Atrofda qum barxanlari, o'rtada moyjuvoz. Dastlab ozod Nayman elining to'kin sochinligi, baxt-saodati ramzi bo'lgan bu juvoz kundasiga galdagi sahnalarda dohiy ramzi o'rnatiladiyu, u minglab xotirasidan mahrum, e'tiqodi, imoni oyoqosti qilingan, bir xil fikrlashga mahkum etilgan manqurt o'g'lonlarning sajdagohiga aylanadi.

Spektaklda so'z kam, deyarli barcha his-tuyg'ular, to'qnashuvlar xatti-harakat, ta'na va yuz ifoda vositalari, kuy, qo'shiq va raqs orqali ifoda qilinadi. Ijodkorlar sahnada xotira va e'tiqotidan mahrum bo'lgan kimsa nafaqat vatani, onasi va hatto, o'ziga ham xiyonat etishi mumkinligi g'oyasini Jo'lomon qiyofasida ko'rsatishga intiladilar. Jo'lomon - artist Elbek Ochildinov miyasiga yangi vatan, yangi qo'g'irchoq dohiy ilohiy fikri zo'r berib singdirilgan. Oqibatda u mana shu doxiysidan boshqani tanimaydigan, u ko'rsatayotgan fikrdan boshqa narsa xususida o'ylamaydigan manqurt darajasiga tushib qolgan. To'g'ri ba'zan uning xotirasida o'z o'tmishi haqidagi voqea-hodisalar jonlanadi, hozir qilayotgan ishlarining ba'zilari unga notabiiydek, axmoqonaday bo'lib ko'rinadi. Biroq bu lahzalik ikkilanishlar irodasi, erki so'ndirilgan yigitni juda tez tark etadi. Zero, u ruhan va ma'nan tajovuzkorona yovuzlik qurshoviga tushib qoladi.

Jo'lomonning bu ahvolidan xabar topgan onaizor jigargo'shasini qidirib yo'lga chiqar ekan, yolg'izini bu balolardan qutqarish uchun barcha qiyinchiliklarni yengib o'tishga kuch topadi. Bolam, deb bo'zlagan, farzand dog'ida qalbi pora-pora bo'lgan ona yurak faryodini O'zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva nafaqat xatti-harakati, balki qirg'iz xalq qo'shiqlari orqali berishga intiladi. Shu sabab bir gala maxluqsifat, yirtqich hayvonlarday quturayotgan va o'zining bu xatti-harakatidan zavq-shavq olganday jazavadagi odamsifat jonzotlarga ko'zi tushgan onaning iztiroblari juda ta'sirli namoyon bo'ladi.

Nayman onaning qirg'iz xalqining milliy ruhdagi qo'shiqlari avj pardalarga ko'tarilib, faryodga aylanadi. Uning yuragi qaridan otilib chiqayotgan mungli qo'shiqlari nafaqat onaning qalb nolasi, shuningdek, ijtimoiy muhitga isyoni hamdir. Ayniqsa Nayman onaning bir gala quturgan manqurtlar orasidan o'z jigargo'shasini tanib, zurriyoti, yagona suyanchi uchun kurashga kirishuvida bu yaqqol ko'zga tashlanadi. Biroq onaning qalb iztiroblari ifodasi bo'lgan qo'shiqlar manqurtning qalbini qo'zg'ata olmaydi. Oxiri ona farzandini bag'riga chorlab "alla" ayta boshlaydi. Manqurt qachonlardir eshitgan bu ohangni eslashga harakat qiladiyu, o'zining zaifgina xotiralarini qo'zg'ata olmay azob chekadi. Afsus Jo'lomondagi shu kichik o'zgarish ham manqurtlar e'tiboridan chetda qolmaydi. Ular Jo'lomonni o'z holiga qaytarish uchun qo'llaridan kelgan barcha yovuz ishlarga borishadi, oxir-

oqibat o'zini yo'qotgan ushbu olamon onani o'ldirib qo'yadi. Onaizori o'z qo'lida jon berayotgani Jo'lomonni hushiga keltiradi, unda farzandlik hissi uyg'onadi... Endi kech...

Spektakl fojiaviy nuqtalarda yakun topsada, xulosa chuqur ma'no kasb etadi. U xotirasiz xalq, albatta, mahv bo'lishga mahkumligi xususida o'ylashga undaydi. To'g'ri asarni tushunish, undagi bu kabi majoziy ma'nolarni bir ko'rishda qabul qilish oddiy tomoshabin uchun mushkuldir. Biroq fikrlashga undash kayfiyatidagi bu kabi spektakllar "xos" tomoshabinlar ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgani bilan ham e'tiborli.

Ushbu spektaklda Jo'lomon obrazini yaratgan Elbek Ochildinov tom ma'noda aktyorlik mahoratini boricha ko'rsatishga intilgan. Natijada spektaklda uning obrazi alohida o'rni bilan ajralib turadi. "Manqurt" obrazini bugungi kunda juda ham avj olgan turli ekstremistik aqidaparast kimsalarning qanchalar "zombilashib" qolgani bilan qiyosladi va ushbu obraziga "zombilashib" borayotgan ba'zi bir yoshlarning xarakterini singdirishga intilgan. Bu qaysidir ma'noda aktyorning o'z obrazi ustida qanchalar ishlaganini yaqqol namoyon qilgan. Aktyorning bu ijrosi mutaxassislar va tomoshabinlarga birdek manzur bo'lgan desak hech bir mubolag'a bo'lmaydi.

Qo'qon shahar musiqali drama teatri o'zbek xalqiga yaqin bo'lgan adiblarning asarlariga qo'l urish bilan birgalikda chet el klassik asarlariga ham alohida e'tibor bilan yondashgan. Jumladan U.Shekspir, Shiller, Gogol kabi jahon klassik dramaturglarning asarlari Qo'qon teatri sahnasida sahnalashtirilgani bunga yaqqol misol bo'la oladi.

U.Shekspir asarlari teatr sahnalarida har bir davrda qayta baholanib, tomoshabin hukmiga havola etiladi. Zero rejissyorlar chuqur ehtiros, kuchli dramatizm bilan yo'g'rilgan Shakspir dramaturgiyasidan, xususan, tragediyalaridan ko'proq dolzarb umuminsoniy qadriyatlarni, ko'pchilikni tashvishga solgan g'oyalarni topishga harakat qiladilar. Shundan kelib chiqib, Shekspir asarlari doimo zamonaviy, degan xulosaga ham kelish mumkin. Ammo uning zamonaviy talqini qay yo'sinda tarkib topadi? Zamonaviy talqin akademik uslub saqlangan holda rejissyor va aktyorlarning badiiy obraz yaratish va stilistik umum bo'lgan rassom va bastakor ishi borasida ko'rsatilishi kerakmi yoki uslublar rang-barangligi va usullar ko'lamining kengligi bilan o'lchanadimi?2

Shekspirning "Qirol Lir" asarini olaylik. Yolg'iz qolgan ota, bemehr qizlar, ayovsiz taqdir. Asar turmush kechinmalaridan qochishga harakat qilgan, qarigan chog'ida mehribon jigarbandlari soyasida umr kechirmoqni istagan ota qadri haqida hikoya qiladi. Rejissyor Sh. Usmonov ana shu g'oyaga tayangan holda asar markaziga o'z hukmdorligidan charchagan, oddiy insoniy mehrga chanqoq qariya otani olib chiqadi.

2 "San'atshunoslik masalalari" II Ilmiy maqolalar to'plami - Toshkent - 2005 [213 b.] 190 b.

PÍgcTÍÍ^^BI 131 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Rejissor professor Sh.Usmonov "Qirol Lir" spektakliga zamonaviy yondashdi. Boisi "Qirol Lir" asarida ikki oila ya'ni "Lir" hamda "Glosterlar" oilasining taqdiri yotadi. Rejissor Sh.Usmonov esa faqatgina "Lir" oilasi va uning atrofidagi muammolarni o'z ichiga olgan yaxlit asar sifatida sahnalashtirgan. Natijada asar o'zining mavzu va g'oyasini saqlagan holda ixcham va tomoshabob asarga aylandi. Bugungi jadal va shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr insonlarining ehtiyojlariga bunday asarlar qaysidir ma'noda qulaylik tug'diradi.

Dekoratsiya ham shunga mos ravishda hashamdor emas balki tomoshabinni hayratga soluvchi, o'yga toldiruv-chi, bir tomondan murakkab ikkinchi tomondan esa juda sodda qilib yaratilgan. Lir o'z davlatini qizlariga bo'lib berar ekan o'z-o'zidan sahna ham bo'linib Lir o'z davlatida emas qumliklardan iborat yerda qolib ketadi. Masxara bo'linib ketayotgan qisimlarni birlashtirishga qancha urinmasin uning kuchi yetmaydi. Kenja qiz Kordeliyaning o'jarligidan so'ng dastlab uch qismga ajragan sahna o'z-o'zidan ikki qisimga bo'linib, Gonereliya va Regana o'zlariga berilgan davlatda qoladi. Lir hamda uning Masxarabozi esa hechvaqosiz qumliklarda qoladi. Tomoshabin bunday yechimni osongina tushuna oladi. Bu jihatdan dekoratsiya juda sodda ko'rinadi. Ammo sahnaning eng orqa tomonidan uchta nur tushirilgani va sahnaga qum sahro barpo etilgani, bu sahro Lir qizlariga o'z davlatini bo'lib berganidan so'ng paydo bo'lishi, nozik sahnalarda juda go'zal va ta'sirchan bo'lib ko'rinadi. Asar qahramonlari shu nur tomon yurar ekan sahnaga sochilib qo'yilgan qumliklardan ko'tarilgan chang to'zon tomoshabin ko'z o'ngida tumanga o'xshab o'xshab namoyon bo'ladi va aktyorlarning shu tuman ostida g'oyib bo'lishi juda murakkab sahna bo'lib ko'rinadi va asarning bevosita tomoshabobligini oshiradi.

Spektakldagi murakkab va jang sahnalari shu qadar mahorat bilan sahnalashtirilganki bunda albatta yosh aktyorlarning plastikasi katta rol o'ynagan bu ham albatta asarning tomoshabobligini oshirib yubora olgan.

Rejissyor "Qirol Lir" tragediyasini yaratishda asosan yosh ijodkorlarga yondashdi. Qirol Lir - Hasanjon Nazirov ijrosida insoniy muhabbatga chanqoqligidan qizlariga o'z muhabbatlarini o'lchov bilan baholab berishlari, so'ngra shunga qarab ularga ota merosini bo'lib berish niyatini aytadi. Asardagi asosiy voqealar ayni shu damdan boshlab rivojlanib boradi.

Hasanjon Nazirov "Lir" obrazini yaratishda ko'plab ijodiy izlanishlar olib borgan. Jumladan ijodkor asarni mukammal o'rganish bilan birga, yetuk mutaxassislar bilan asarni muhokama qiladi. O'zbekiston san'at arbobi Karim Yo'ldoshev bilan muntazam ravishda o'zining obrazi ustida ijodiy suhbatlar olib boradi va repetitsiya jarayonida K.Yo'ldoshovning maslahatlari bilan yangidan -yangi topilmalarni kashf etishga intiladi.

Aktyor "Lir" obrazini jonlantirish jarayonida juda ham energiyaga boy ekanligini ko'rsata olgan. Sahnadan-sahnaga shunday ustalik bilan o'sib boradiki

yakunda tomoshabinning qalbini bir zum larzaga keltiradi. Aktyorning plastikasi, jonli psixofizik xatti-harakati, voqealarga nisbatan emotsional munosabati tomoshabinni doimiy diqqat markazida turadi.

Spektakl boshlanishida aktyor "Lir" obrazini shunday salobatli qilib ko'rsata olganki tomoshabin oldida buyuk qirol, mehribon ota, aqlli siyosatchi gavdalanadi. Yakunda esa barcha narsalaridan ayrilgan, ishongan insonlaridan pand yegan va uch qizidan ayrilgan ota timsolida ushbu salobat yo'qolib oddiy qariya timsoli qoladi. Bu esa tomoshabinda "Lir"ga nisbatan beixtiyor achinish hissini uyg'otadi va u bilan birga qayg'uga botadi.

Lir (H.Nazirov) tilidan aytilayotgan so'zlar shunchaki so'zlar emas, balki uni sahnada kechayotgan voqealarga hamoxang, ularni to'ldiruvchi, izohlovchi qalb iztirobidir. Aktyordagi o'tli qarashlar, dardli qalb ohanglari sahnadoshlariga ham o'tadi. Xususan aktyor ovozi haqida gap ketganda uning ijro mahoratining o'zigina yetarli emasdir. Aktyor har turli obrazlar yaratish barobarida o'z ovozini ham sayqallab borishi lozim. Hasanjon Nazirovda xuddi shu ovoz ziynati yetarli emasdek tuyuladi. Ammo shunga qaramasdan H. Nazirov ijrosidagi Lir obrazida aytilgan monologlar juda ham ishonchli va jonli tarizda tomoshabinga o'z ta'sirini ko'rsata oladi.

Bir so'z bilan aytganda Qo'qon teatri sahnasida talqin qilingan "Qirol Lir fojiasi" spektakli zamonaviyligi, tomoshaviyligi, qolaversa yosh ijodkorlarning emotsional, energiyaga boy ijrolari bilan boshqa sahnlashtirilgan "Qrol Lir" asarlaridan farqli tarzda, o'zgacha uslub va yangiliklari bilan ajralib turadi. Bu ham qaysidir ma'noda mutaxassis va tomoshabinlarda o'ziga xos taassurot qoldira olgan.

Xulosa qilib aytganda bozor iqtisodiyotiga o'tish holatlari ifoda etilgan asarlarning aksariyati oddiy insonning jamiyatda, odamlar orasida o'z o'rnini topish, inson sifatida qadrga erishish masalalarini yoritdi. Taassufki, bu kabi spektakllar ko'proq maishiy xarakterga ega bo'ldi va faqat, teatrning iqtisodiy masalalarigagina xizmat qildi.

Shu boisdan ham so'ngi yillarda Qo'qon teatri jahon klassik durdonalari sanalmish bir qator asarlarga qo'l urib, bunday muammolarni bartaraf etishga harakat qildilar. Bunday harakatlarning natijasida teatr aktyorlarining mahoratlari sezilarli darajada ko'rina boshladi. Bu esa yosh aktyorlarning mahorati charxlanib borishiga turtki bo'lmoqda. Shunday ekan har bir teatr zamonaviy asarlarga qo'l urish bilan birgalikda albatta, kelgusida jahon klassik asarlariga ham alohida e'tibor bilan qarashi lozim bo'ladi. Zero teatr san'ati faqatgina iqtisodni emas tomoshabinni etik-estetik va ma'naviy tarbiyasini oshirib borishi muhim omillardan ekanligini unutib qo'ymasligi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Harakatlar strategiyasi: fan va ta'lim (muammo va yechimlar)" mavzusidagi yosh olimlar va doktorantlarning 5-ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO'PLAMI - Toshkent — 2021

2. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

3. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

4. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011

5. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

6. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997

7. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" "Bilim" Toshkent - 2005

8. Sh. Usmonov "Sahna harakati va jangi" "Navro'z Nashriyoti" Toshkent -

2014

9. Sh. Usmonov "Ritmika - Plastika" - o'quv qo'llanma Toshkent — 2020

10. Xaydarov, A. (2022). O „SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 45-50.

11. Хдйдаров, А. (2021). Ёшларимизнинг эстетик баркамол булиб улгайишида узбек халк огзаки ижоди намуналарининг урни. Oriental Art and Culture, (6), 111-120.

12. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

13. Haydarov, A., & Akbarov, T. (2023). Comprehension of Singing and Vocal Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 61-64.

14. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.