Научная статья на тему 'AKTYORNING OBRAZ USTIDA ISHLASHI (QOʻQON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI, MARHUM USTOZ SAN’ATKOR, RAXMANJON PO’LATOV ROLLARI TALQINIDA)'

AKTYORNING OBRAZ USTIDA ISHLASHI (QOʻQON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI, MARHUM USTOZ SAN’ATKOR, RAXMANJON PO’LATOV ROLLARI TALQINIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
61
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
obraz / psixofizik / musiqali drama / talqin / mahorat / rol / ichkipsixik / ijro / teatr / sahna / xatti-harakat / kechinma sanʼat / qayta gavdalantirish / pyesa / rejissyor / aktyor / pafos / mizansaxna / ovoz / nutq / plastika / yechim / xolat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mushtariybegim G’ofurjon Qizi Komilova, Komilov Mo’minjon Abduraximjon O’g’li, Sh.Usmonov

Har bir jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy hayotida san’at va madaniyatning tutgan o‘rni beqiyosdir. Shuningdek bizning Yangi O‘zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtimizda ham. San’at tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Bastakor, rassom, xaykaltarosh, sozanda, aktyor, rejissor, raqqos, qo‘shiqchilar bir so‘z bilan aytganda biz ularni ziyolilar deb ataymiz. Ziyoli s o‘zining lug’aviy ma’nosi Ziyo-nur, yorug’lik tarqatuvchi demakdir. Aktyor ham nafaqat o‘z san’ati bilan, shaklu-shamoyili, muomulasi, xulqu-odobi bilan keng omma o‘rtasida ziyo tarqatuvchi inson xisoblanadi. “San’at donishmandlik sari qo‘yilgan ilk qadam” degan edi Aristotel. San’at inson tafakkurining maxsuli xisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma’naviy ruxoyatiga ta’sir etishdan iboratdir. Bu esa san’atkorlardan yuksak ma’naviyatni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORNING OBRAZ USTIDA ISHLASHI (QOʻQON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI, MARHUM USTOZ SAN’ATKOR, RAXMANJON PO’LATOV ROLLARI TALQINIDA)»

AKTYORNING OBRAZ USTIDA ISHLASHI (QO'QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI, MARHUM USTOZ SAN'ATKOR, RAXMANJON PO'LATOV ROLLARI TALQINIDA)

Mushtariybegim G'ofurjon qizi Komilova mushtariybegimkomilova@gmail .com Komilov Mo'minjon Abduraximjon o'g'li [email protected] Ilmiy rahbar: Professor Sh.Usmonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Har bir jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy hayotida san'at va madaniyatning tutgan o'rni beqiyosdir. Shuningdek bizning Yangi O'zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtimizda ham. San'at tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo'lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o'ta muhim o'rin egallaydi. Bastakor, rassom, xaykaltarosh, sozanda, aktyor, rejissor, raqqos, qo'shiqchilar bir so'z bilan aytganda biz ularni ziyolilar deb ataymiz. Ziyoli s o'zining lug'aviy ma'nosi Ziyo-nur, yorug'lik tarqatuvchi demakdir. Aktyor ham nafaqat o'z san'ati bilan, shaklu-shamoyili, muomulasi, xulqu-odobi bilan keng omma o'rtasida ziyo tarqatuvchi inson xisoblanadi. "San'at donishmandlik sari qo'yilgan ilk qadam" degan edi Aristotel. San'at inson tafakkurining maxsuli xisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma'naviy ruxoyatiga ta'sir etishdan iboratdir. Bu esa san'atkorlardan yuksak ma'naviyatni talab qiladi.

Kalit so'zlar: obraz, psixofizik, musiqali drama, talqin, mahorat, rol, ichki-psixik, ijro, teatr, sahna, xatti-harakat, kechinma san'at, qayta gavdalantirish, pyesa, rejissyor, aktyor, pafos, mizansaxna, ovoz, nutq, plastika, yechim, xolat

THE WORK OF THE ACTOR ON THE IMAGE (IN THE INTERPRETATION OF THE ROLES OF THE ACTOR OF THE KOKAND CITY MUSICAL DRAMA THEATER, THE LATE MASTER ARTIST,

RAKHMANJON POLATOV)

Mushtaribegim Gofurjan kizi Komilova [email protected] Mominjon Abdurakhimjon oglu Komilov [email protected] Scientific supervisor: Professor Sh.Usmonov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The role of art and culture in the social and spiritual life of every society is incomparable. Also in our paradise country called New Uzbekistan. The concept of art is a comprehensive concept and occupies a very important place in the development and progress of a person and society. Composers, artists, sculptors, musicians, actors, directors, dancers, singers, in one word, we call them intellectuals. The dictionary meaning of the word "Ziyoli" means Ziya-nur, the one who spreads light. An actor is considered a person who spreads knowledge among the general public not only with his art, but also with his appearance, behavior, and manners. "Art is the first step towards wisdom," said Aristotle. As art is considered a product of human thinking, its main task is to influence the spiritual spirit of a person. This requires high spirituality from artists.

Keywords: image, psychophysical, musical drama, interpretation, skill, role, inner-psychic, performance, theater, stage, behavior, experience art, re-embodiment, play, director, actor, pathos, mise-en-scène, voice, speech, plasticity, solution, condition

Ma'lumki, Qo'qon shahri azal-azaldan san'atkorlar, yozuvchilar va hunarmandlar shahri hisoblanadi. Xo'qandi latif deb atalishi ham bejiz emas albatta. Latif kuy qo'shiqlari, latif askiyalari, o'ziga xos latif tarixi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Ushbu latif shaharning teatr san'ati ham respublikamizda o'z o'rniga ega ekanligi hech kimga sir emas. Shaharning ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan Qo'qon shahar musiqali drama teatri ham so'ngi yillarda davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan, yangi siyosat, xususan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga o'z hissasini qo'shgan xolda, ko'plab yangi, yetuk, milliy va chet-el klassik asarlariga qo'l urib, ijodiy izlanishlar olib bormoqda.

Qo'qon shahar musiqali drama teatri respublikamizda o'ziga xos, ijodiy hamda ijro uslubi bilan yaqqol ajralib turadi. Buni aktyorlarning vodiyliklarga xos chapani, samimiy, emotsional ijrolari orqali ko'rishimiz mumkin. Aktyorlarga biror rol ishonib topshirilar ekan, har-bir aktyor mas'uliyat bilan o'zlarining vazifalarini bajarishga kirishadilar. Bunda asosan tajribali aktyorlarning o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribali ustoz san'atkorlarning mahorat maktabi, yosh iste'dodli aktyorlarni tarbiyalashda ahamiyatli ekanligi bois teatrda ustoz-shogird an'anasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Ustoz san'atkorlarning yoshlar bilan, doimo ijodiy hamkorlikda ekanligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bu ham albatta teatr sahnasida, har jihatdan mukammal asarlar yaratilishiga turtki bo'lmoqda. Har bir aktyor rol ijro etayotganda tahlil etilgan obraz maqsad-vazifasining muhim ekanligini yodda tutishi lozim.

Aktyor ijro etayotgan har bir roli uchun u xoh ijobiy, xoh salbiy bo'lsin, ana shu rolning o'zigagina xos bo'lgan jest-mimikalar ifodasini yaratadi. Har bir obraz timsolida aktyor ana shu rolning hayoti bilan yashab, uning tili bilan so'zlashi lozim.

Mazkur jarayonda uning fizik holati ham: yurish turishi, gapirish uslublari, harakatlari ham ana shu obraz qiyofasiga moslashib boradi. Bu borada Qo'qon shahar musiqali drama teatrining ustoz san'atkori Rahmonjon Po'latov o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rahmonjon Po'latov o'ziga xos ijro uslubiga ega bo'lib, xoh tarixiy, xoh zamonaviy asar bo'lsin aktyor ijrosida o'zgacha yondashuvni ko'rishimiz mumkin. Eng avvalo aktyorning o'ziga xosligi uning mas'uliyati, intizomi, jamoaviy ishda boshqalarga nisbatan faol va talabchan ekanligi bilan ajralib turishi lozim. "Muomalada shirinsuxan bo'lish, kundalik hayotda - kamtar bo'lish, jamoa ishida bir-biriga yelkadosh bo'lish, yurish-turishda oliftagarchilik qilmaslik va manmansiramaslik, o'zini ko'z-ko'z qilmaslik, tanqidiy fikrlarga sabrli bo'lish, o'zgalar fikri bilan hisoblashish, mashg'ulotlarda jiddiy intizom va fikrni bir joyga jamlash, kichik rollar yo'q, kichik aktyorlar bor, bugun - Gamlet, ertaga - sahna ishchisi ko'pchilik oldida, mahoratli aktyor uchun roldan voz kechish, teatr ijodiy hayotida har qanday qonunni buzish - bu jinoyatdir, kechga qolish, erinchoqlik, o'jarlik, asabiylashish, yomon xarakter, rolni bilmaslik, bir narsani ikki marotaba qaytarishga majbur qilish - ish uchun juda zararli bo'lib, uni ildizidan quritishi lozim.", deb ta'kidlaydi teatr asoschilaridan biri E.B.Vaxtangov. Aynan ushbu ko'rsatmalarga amal qilish bo'yicha xislatni R.Po'latov timsolida ham ko'rishimiz mumkin. R.Po'latov o'zi uchun ishonib topshirilgan obraz ustida chuqur izlanish olib boradi. U eng avvalo pyesani ko'p marotaba o'qish orqali asarni mukammal o'rganadi. Aktyor pyesani mukammal o'rganib bo'lgach, muallif haqida ma'lumotlar to'playdi va uning boshqa asarlarini o'rganishga kirishadi. Bu jarayonda aktyor, rejissyor bilan muntazam ravishda suhbatlashib o'zi uchun kerakli ma'lumotlar to'playdi. Rejissorning o'y fíkrlari bilan muntazam qiziqishi orqali o'zi uchun topshirilgan rolni qanday qayta gavdalantirish kerak ekanligini o'rganadi.

Rejissorning g'oyasi, asarni sahnalashtirishda qanday shakl va uslublardan foydalanishi bilan qiziqadi va o'zining takliflarini bevosita rejissyor bilan o'rtoqlashadi. Aktyor biror obraz ustida ishlar ekan rejissor bilan do'stlashib olishga harakat qiladi. Bu esa aktyorning qaysidir ma'noda ayyorligidir. Bu ham albatta o'z mevasini beradi va aktyorning ijrosining o'ziga xosligiga sabab bo'ladi. Ijodkor, pyesani mukammal o'rganib bo'lgach, rejissyorning talablarini birin-ketin amalga oshirishga kirishadi. Buni "stol atrofida o'qish" jarayonida kuzatish mumkin. "Stol atrofida o'qish" jarayoni bo'lar ekan, aktyor, har-bir so'zga alohida e'tibor bilan, diqqat qaratadi. Har-bir so'zning aniq, tushunarli va ta'sirchan chiqishini ta'minlashga harakat qiladi. Bu borada yosh ijodkorlarga ham o'zining ko'rsatma va tavsiyalarini berib borar ekan, yosh ijodkorlar ham bevosita unga ergashadi. Ammo aktyorning ijodi ham kamchiliklardan holi emas. Ba'zida ijodkor asardagi so'zlarni shevada talqin etadi. Bu holatga ba'zi rejissorlar ko'z yumadi. Ba'zilari esa bu vaziyatni tuzatishini qat'iy talab etadi. Aktyorning rol ustida ishlashga nisbatan yondashuvining o'ziga

xosligidan yana biri, bu, aktyor "stol atrofida o'qish" jarayoni bo'ladimi, yoki sahnada bo'ladimi, albatta qo'lida yozilgan pyesa so'zlariga tez-tez ko'z yuritadi. Bu holat, ijodkor har bir so'z uning uchun ahamiyatli ekanligini anglatadi. Albatta bu holat doim ham takrorlanmaydi. Asosan murakkab, salobatli va mas'uliyatli rollarni ijro etayotganda bunday holatga duch kelishimiz mumkin. "Stol atrofida o'qish" jarayoni davom etarkan R. Po'latov o'z ishiga jiddiy yondashib, qahramoni iztirob cheksa, iztirob chakadi, quvonsa, birga quvonadi. Bu ham albatta tahsinga sazovor bo'lib, shunchaki ijod qilish teatr san'atida mutlaqo mumkin emasligini anglatadi. Ammo shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, besh qo'l barobar emas. Ayrim aktyorlar mas'uliyatni his etish o'rniga, o'zlariga topshirilgan roliga hafsalasiz, "qo'l uchida" munosabatda bo'ladilar. Ustoz aktyorlar ana shunday mas'uliyatsiz "artist"larga dakki berib, ularni to'g'ri yo'lga solib turishga harakat qiladilar. Darhaqiqat teatr san'atida bunday "artist"larga nisbatan aktyorlik san'ati maktabi darg'asi, K.S.Stanislavskiy shunday deydi: "Ijodga qiziqtirish juda qiyin, lekin bu ishtiyoqni o'ldirish juda ham oson. Butun bir guruhning ishini to'xtatishga hech kimning haqqi yo'q. Jamoat ishida harbiychasiga po'lat intizom bo'lishi kerak. Aktyorlik ham harbiylar kabi temir intizomlikni talab etadi."1 "Stol atrofida o'qish" jarayoni bevosita sahnaga "sahnalashtirish" jarayoniga ko'chgach, R.Po'latov yanada o'zgacha ko'rinadi. "Stol atrofida o'qish" jarayonidagi "aktivlik" mutlaqo o'zgacha uslubda ya'ni og'ir, bosiqlikka almashadi.

Ijodkor sahnada xatti-harakat qilar ekan og'ir, vazmin, kam harakat bo'lib qolganini ko'ramiz. Ammo bu ichki kechinmasida mutlaqo boshqa ekanligi ko'zlarida namoyon bo'ladi. Jest-mimikalardan juda kam, ammo o'rinli foydalanish aktyorning ayni rol talqinida namoyon bo'ladi. Tashqi ko'rinishidan kam harakat bo'lib ko'rinsada aktyorning ichki-psixik harakati, izchil va rivojlanib boradi. Bu borada ijodkor Stanislavskiyning aktyorlik san'ati maktabiga ko'proq amal qilishini anglashimiz mumkin. Jumladan, K.S.Stanislavskiyning quyidagi ko'rsatmalari yodimizga tushadi: "Sahnada qimirlamay o'tirgan kishi ham xatti-harakat qilayotgan bo'lishi mumkin. Lekin tashqi-jismoniy emas, balki ichki-psixik harakatdir. Binobarin jismoniy sokinlik ko'pincha kuchli ichki xatti harakat tufayli sodir bo'ladi, bu ijod qilishda juda muhim, juda qiziqarlidir. San'atning qimmati, uning ma'naviy mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun sahnada ham jismoniy, ham ruhiy xatti-harakat qilmoq kerak.2" Demak R. Po'latovning ijrosida faqat ichki - psixik harakatning o'zi yetarli emas. Ijodkor albatta jismoniy xatti - harakatni ham o'z ijodiga tatbiq etishi muhim hisoblanadi. Ba'zan shunday aktyorlarga duch kelamizki ular sahnada biron bir obrazni gavdalantirayotganda uning sahnadagi xatti-xarakatlari tushunarsiz va maqsadsiz ekanligi ko'rinib qoladi. Aktyorning hattoki butun badani masalan qo'li, o'ziga bo'ysunmaydi. U qo'lini qanday ishlatishni bilmay, goh beliga taqab oladi, goh

1 1 K. S. Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" Toshkent - "Yangi asr avlodi" - 2017. 14-b.

2 K. S. Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" Toshkent - "Yangi asr avlodi" - 2017.63-b

ncTTÜ^^Bl 265 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

tushunarsiz ravishda jest-mimika qiladi. Bu esa aktyor o'zi gavdalantirayotgan obrazini timsolini ko'z oldiga keltirmay shunchaki "shunday qilishim kerak, shunda harakatsiz qolmayman" deb xatti-harakat qiladi. Buni esa mutlaqo sahna san'atiga zid deb aytishimiz mumkin. Bunday aktyorlar sahnada, o'zini qanchalik achinayotgan, iztirob chekayotgan qilib ko'rsatmasin, tomoshabin buni darhol payqab oladi. Negaki, uning barcha urinishlari inson tabiatidagi qonunlarga zid bo'lib, tabiiy ravishda tug'ilmaydi. Aslida, boshiga falokat tushgan kishi o'z xohishi bilan iztirobga tushmaydi. Bunday kezlarda havaskor aktyor o'zini iztirob chekishga majbur qiladi. Zo'rlab ko'z yosh chiqazmoqchi bo'ladi. Aslida-chi? Xoxolab kulayotgan odam, juda ham kulishni istagani uchun kuladimi? Aksincha, u qanchalik qattiq kulmasin, shunchalik kulgisini tiyishga harakat qiladi.

Havaskor aktyor esa o'zini zo'rlab kuldirmoqchi bo'ladi. Soxta kulgi hamisha nosamimiy va sun'iy ko'rinadi. R. Po'latovning ijodida shunday soxtaliklarga deyarli duch kelmaymiz. U hamisha ijodiga professional nuqtai nazar bilan yondashadi va ijrosining ta'sirli va ishonchli chiqishiga erishadi. R.Po'latov sahnada mizanssenalardan uncha yorqin tarzda foydalanmay balki asosiy e'tiborini yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek ichki-psixik harakatga qaratadi. Aktyorning ijodida Meyrxoldning "Biomexanika"sini deyarli uchratmaymiz, aksincha uning ijro mahoratining asosi "kechinma san'at"ga suyanadi. Bunday ijrolarni ko'plab, spektakllarda yaratgan obrazlari orqali tahlil qilishimiz mumkin. Masalan: R.Po'latov ijrosida "Qo'qonning o'n ikkinchi darvozasi" (Nurilloxoji Abdullayev ) tarixiy spektaklida, Qo'qon xoni, "Xudoyorxon" obrazining talqinida aktyor, ayni "kechinma san'ati"dan unumli foydalangan bo'lib, og'ir, bosiq, mulohazali hukmdor sifatida namoyon bo'lgan. Aktyor davlat arbobi sifatida sahnada xatti - harakat qilar ekan, qarama - qarshi kuchlarga nisbatan emotsional munosabatda bo'lishi, ortiqcha "pafos"ga berilmasdan sahnada real xatti - harakat qilishi, ijodkor ijrosining jozibadorligini oshirgan. Yuqorida aktyorning mizanssenadan yorqin tarzda foydalanmasligi haqida fikr yuritgan edik, ayni "Xudoyorxon" obrazida bunga guvoh bo'lishimiz mumkin. R.Po'latov ushbu obrazni gavdalantirish chog'ida asosiy e'tiborini obrazning jismoniy hatti-xarakatiga emas balki o'z uslubida ya'ni ichki-psixik harakatga qaratgan. Shu bois sahnada aktyor o'zi uchun ajratilgan, taxti ravonda, qimirlamay o'tiradi va partnyorlari bilan psixologik munosabatda bo'ladi. Faqatgina so'ngi daqiqalarda avanssenaga chiqadi va tomoshabinga yuzlanib, so'ngi so'zlarini aytadi. Bu ijro qaysidir ma'noda zerikarli bo'lib tuyilishi mumkin. Ammo R. Po'latov talqinida, bu obrazning yorqin qirralari ochib berilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi aktyor, taxti ravonda tashqaridan qaraganda shunchaki hech qanday harakatsiz, o'tirgandek tuyiladi. Ammo voqealar rivojida tomoshabin ko'z o'ngida, xon savlatli taxtda emas, aksincha igna ustida, nochor, vatanidan ayrilayotgan, hamda sotqinlarning xoinligidan azob chekib o'tirgan, oddiy vatan o'g'loni sifatida, namoyon bo'ladi.

Ijodkorning so'ngi daqiqalarda, vatan qadri, vatanni sevish kabi tuyg'ularni uyg'otuvchi monologi tomoshabin qalbining nozik torlarini chertadi. Aktyorning ushbu ijrosi orqali, K.S.Stanislavskiyning "kechinma san'ati" unsurlari yaqqol namoyon bo'lganligini anglaymiz. Chunki aktyor sahnada juda kam harakat qilgan bo'lsa-da, uning butun vujudi faol xatti-harakatda bo'lib turadi. Aktyor sahnada yurmaydi, qimirlamaydi, ammo uning ichki dunyosida, fikrlarida, katta kurash kechayotganini tomoshabin yaqqol anglab, tushunib turadi. U bilan birga yashaydi, birga qayg'uradi, birga iztirob chekadi. Bu esa R. Po'latovning aktyorlik mahorati yorqin darajada ekanligini anglatadi. "Shuni unutmasligimiz lozimki, aktyor rejissyorning ish quroli bo'lishi bilan birga, u jonli shaxs va ijodkordir. Ya'ni aktyor ijodkor sifatida rejissyor san'atining materiali hisoblanadi. Aktyorning ijodiy dunyoqarashi, badiiy g'oyalari, fantaziya va " hissiyoti va ijtimoiy tajribasi, hayotiy bilimi va ko'nikmalari, did, temperament, yumor hissi, sahnaviy layoqati - bularning barchasi rejissyor ijodiyotining qurolidir.

Aktyor va rejissyor o'rtasidagi ijodiy hamkorlik nafaqat rejissura san'ati, balki zamonaviy teatrning ham asosi hisoblanadi.3" R. Po'latov ham o'z ijod yo'lida, ana shunday ijodiy hamkorlar bilan, ko'plab ijodiy ishlarni amalga oshirgan. Yuqorida ijodkorning, ana shunday ijodiy ishlaridan birini tahlil qilib ko'rdik. Bu tahlil tarixiy asarda R.Po'latovning o'z vazifasiga yondashuvi haqida bo'ldi. Ana endi, R. Po'latovning zamonaviy, bugungi kungi dolzarb muammolarni o'z ichiga olgan asarlarda, yaratgan obrazlarining tahlilini ko'rib chiqsak. "Aktyor qanday obraz yaratishidan qat'iy nazar, o'z nomidan, o'z hissiyoti, kechinmasidan kelib chiqib ish ko'rishi kerak. U biron bir rolda o'zligini yo'qotib qo'yar ekan, oqibatda tabiiy hissiyot, kechinmadan ayrilgan obrazi organikligini ham yo'qotadi. Har qanday obrazning tabiiy hissiyotini aktyorning o'zigina bera oladi. Shu tufayli aktyor har qanday qahramonni o'z nomidan, muallif tomonidan berilgan shart-sahroitga ko'ra ijro etishi kerak." Shu bois ko'plab rejissyorlar teatrga asar olib kelar ekan, hayotiy tajribasi yuqori bo'lgan aktyorlar bilan ishlashni asosiy maqsad qilib oladi. R.Po'latov ana shunday hayot tajribaga ega aktyor bo'lganligi sababli, unga doimo, aktyorning o'zidan kelib chiqib obraz yarata oladigan rolni taqdim etadilar. Ana shunday asarlardan biri "Qo'ng'iroq" (Ilhom O'rmon) spektaklida "Po'lat" obrazi bo'lib, asar voqealari, uzoq muddat bir maktabda ishlab, yetuk shogirdlarni tarbiyalagan halol va samimiy ustoz haqida hikoya qiladi. R.Po'latov ushbu obrazni talqiniga rejissyorning talabi bilan, o'zgacha uslubda yondashdi. Endi aktyor mizanssenalarda faol bo'lishga intildi. R. Po'latov har bir repetitsiya jarayonida yangidan yangi dalillar, xatti-harakatlar, fikr-g'oya, vazifalar aniqlab, kashf etib bordi. Ijodkor asarni sahnalashtirish jarayonida, har bir harakatdan tabiiylik, haqiqiylik, mantiqni qidirib topa boshladi. Aktyorning bu obrazida ham ichki - psixik harakat birinchi o'rinda ekanligi ko'rinib turadi. Shu bilan

3 Anvarov O. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ncTTni^^H] 267 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

birga aktyor sahnada faol psixofizik xatti-harakat qila boshladi. R.Po'latov "Qo'ng'iroq" spektaklida yaratgan obrazini asosan, o'zining hayotiy tajribalari orqali talqin qilgan. Aktyor asosiy e'tiborini qahramonning avtobiografiyasiga qaratdi. O'zi yaratmoqchi bo'lgan qahramonining tarixini ishlab chiqdi. Bunda asosan asar muallifining fikrlaridan keng foydalandi, masalan muallif qahramoni haqida, atrofdagilar u haqda, o'zi-o'zi haqida, kabi savollarga javob berish orqali kerakli xarakter izladi. Natijada yuqorida aytib o'tganimizdek o'z kasbining fidoiysi, sodda, samimiy, halol, talabchan, kabi xislatlarni o'z qahramoniga tatbiq eta oldi. Avtobiografiyasiga esa, Avg'on qatnashchisi bo'lganligi sababli, ko'plab qiyinchiliklarga duch kelganligi, shu sababdan, garchi matematika o'qituvchisi bo'lsa ham, o'quvchilariga, o'z vatani tarixini mukammal bilish, uni sevish, ko'z qorachig'idek asrash kerakligini anglatuvchi, vatanparvar o'qituvchi, sifatida kiritdi. Aktyor sahnada hatti-xarakat qilar ekan, voqealar rivoji bilan birga rivojlanib bordi. Qarama-qarshi kuchlar, g'oyalar, fikrlar bilan faol kurashlar olib bordi. Ijodkor har bir harakati jonli va organik chiqishiga erisha oldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Eng muhimi tomoshabin, ijodkorning kechinmalariga beixtiyoriy ravishda ergashib, u bilan birga yashadi. Shu bilan birga, aktyorning ushbu spektaklda yaratgan obrazi, tomoshabin qalbida yaxshi sifatlari bilan joy oldi. R.Po'latov ana shunday ko'plab ijod mahsullarini yarata olgan tajribali aktyor sifatida teatr san'atida o'z o'rniga ega bo'lgan san'atkordir. Uning talqinida ko'plab, yorqin xarakterli obrazlar yaratildi va tomoshabinlar qalbida iliq ta'sirot uyg'ota oldi. R.Po'latovning ijro uslubiyatini tahlil qilish yosh aktyorlarga, kelgusida rol ustida ishlashda bevosita maktab bo'lishiga ishonchimiz komil. Xulosa qilib aytganda, teatr sahnasi har bir aktyor mahoratini charxlovchi haqqoniy maydon hisoblanadi. Aktyorlik mahorati negizlarini yorituvchi ustoz san'atkorlarning tajriba maktabi san'atning muhim poydevori hisoblanmish aktyorlik kasbi rivoji uchun, sezilarli ravshda, hissa qo'shadi deb umid qilamiz. Shuningdek teatr san'atida ko'p yillik tajribaga ega aktyorlarning ijro talqinini o'rganish, ularning ijod yo'lini doimiy kuzatib borish, bugungi yosh aktyorlarni tarbiyalash masalasida ko'makchi bo'la olishi mumkin. Bo'lajak aktyorlarning etikasi, estetikasini shakllantirishda albatta tajribali aktyorlarning, tajriba maktabi bevosita muhim o'rin egallaydi. Shuningdek, rol ustida ishlash, o'z ishiga mas'uliyatli bo'lish, kasbiga sodiqlik, hamisha izlanishda bo'lish kabi xislatlarni uyg'otishda tajribali aktyorlarning ijod yo'li, muhim ahamiyat kasb etishi, tahlillarda namoyon bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. R. Dehqonov - "Aktyorlik mahorati" o'quv q o'llanma Q o'qon "ART PRESS"

2023

3. Anvarov O. - "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022

4. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

5. M. Abdullayeva. "Sahna mahorat maktabi" "Chashma print" nashriyoti Toshkent — 2011

6. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

7. R. Usmanov "Rejissura" "Fan" Toshkent — 1997

8. J. Mahmud "Aktyorlik mahorati" o'quv qo'llanma Toshkent - 2005

9. A.Umarov, Z.Mirzaxamdamov X o'qandi Latif. San'atayvoni. "Farg'ona" nashriyoti 2011-yil.

10. J.Maxmudov,X.Maxmudova.Rejissura asoslari. Darslik.Toshkent 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.