Научная статья на тему 'QO‘QON ADABIY MUHITIDA MUQUMIY VA FURQAT FENOMENI'

QO‘QON ADABIY MUHITIDA MUQUMIY VA FURQAT FENOMENI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muqimiy / Furqat / tazkira / g‘azal / muxammas / Ibrat / Ho‘qand / muhit / XIX asr / shuaro. / Muqimi / Furqat / tazkira / ghazal / mukhammas / Ibrat / Hoqand / environment / XIX century / shuaro.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Temirova, Orasta Tulkin Qizi

Ushbu maqolamizda o‘z davrining muhim shaxslari qatorida bo‘la olgan ikki buyuk siymo Muqumiy va Furqat fenomeni haqida baholi qudrat qalam tebratdik. Ular o‘zlaridan qoldirgan beqiyos katta va kichik lirik merosidan tashqari, bizga ma’lum bo‘lgan devonlar ham tartib berganliklari bugungi kun adabiyotshunoslariga ham muhim manba bo‘lib kelmoqda. XIX asrda yashab ijod etgan ijodkorlar Muqumiy va Furqat haqidagi yirik manba Po‘latjon Qayumovning “Tazkirai Qayyumiy” asari orqali tahlilni amalga oshirdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PHENOMENON OF NATIONALITY AND FURKAT IN THE KOKAN LITERARY ENVIRONMENT

In this article, we have written about the phenomenon of Muqumi and Furqat, two great figures who were among the important figures of their time. Apart from the incomparable great and small lyrical heritage they left behind, the fact that the divans known to us are also an important source for today's literary scholars. We analyzed the work of Polatjon Qayyumov's "Tazkirai Qayyumy", a major source about the artists Muqumiy and Furqat who lived and created in the 19th century.

Текст научной работы на тему «QO‘QON ADABIY MUHITIDA MUQUMIY VA FURQAT FENOMENI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

QO'QON ADABIY MUHITIDA MUQUMIY VA FURQAT FENOMENI

Temirova Orasta Tulkin qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs magistranti @orastatemirova56@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda o Z davrining muhim shaxslari qatorida bo'la olgan ikki buyuk siymo Muqumiy va Furqat fenomeni haqida baholi qudrat qalam tebratdik. Ular o Zlaridan qoldirgan beqiyos katta va kichik lirik merosidan tashqari, bizga ma'lum bo'lgan devonlar ham tartib berganliklari bugungi kun adabiyotshunoslariga ham muhim manba bo'lib kelmoqda. XIX asrda yashab ijod etgan ijodkorlar Muqumiy va Furqat haqidagi yirik manba Po'latjon Qayumovning "Tazkirai Qayyumiy" asari orqali tahlilni amalga oshirdik.

Kalit so'zlar: Muqimiy, Furqat, tazkira, g'azal, muxammas, Ibrat, Ho'qand, muhit, XIXasr, shuaro.

ABSTRACT

In this article, we have written about the phenomenon of Muqumi and Furqat, two great figures who were among the important figures of their time. Apart from the incomparable great and small lyrical heritage they left behind, the fact that the divans known to us are also an important source for today's literary scholars. We analyzed the work of Polatjon Qayyumov's "Tazkirai Qayyumy", a major source about the artists Muqumiy and Furqat who lived and created in the 19th century.

Key words: Muqimi, Furqat, tazkira, ghazal, mukhammas, Ibrat, Hoqand, environment, XIX century, shuaro.

KIRISH

Bu yorug' olam bunyod bo'libdiki, inson zoti nimagadir intilib, kurashib yashaydi va bu kurashlar goh g'oliblik, gohida esa mag'lubiyat bilan tugaydi. Shunday kurashlardan birida butun bir davlat xonliklarga va amirliklarga parchalanib ketdi. Bunday kurashlar, asosan, ilm-fan insonlariga ham ruhiy, ham moddiy ziyon keltiradi. Shunday bo'lsa ham ta'bi nozik ilm-fan insonlari adabiyotshunoslar, shoirlar va yozuvchilar yo'q bo'lib ketmadi va ular o'zlarining o'lmas asarlari bilan bugungi kun shoirlariga ma'naviy ustoz bo'lib kelmoqda. Nafaqat bugungi kun shoirlari, balki o'zi yashab turgan davr shoirlari ham bu insonlarni o'zlariga faxr bilan ustoz deb bilgan. Ba'zilari bevosita ustoz-shogirdlikka kirishgan bo'lsa, ba'zilari esa bilvosita ularni o'zlariga ustoz deb bilgan. Bu shoirlarga el orasida

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

hurmat ortishiga sabab bo'lgan. Bilaks, ushbu maqolamizda o'z davrining muhim shaxslari qatorida bo'la olgan ikki buyuk siymo Muqumiy va Furqat fenomeni haqida baholi qudrat qalam tebratdik. Ular o'zlaridan qoldirgan beqiyos katta va kichik lirik merosidan tashqari, bizga ma'lum bo'lgan devonlar ham tartib berganliklarni bugun gi kun adabiyotshunoslariga ham muhim manba bo'lib kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XIX asrda yashab ijod etgan ijodkorlar Muqumiy va Furqat haqidagi yirik manba Po'latjon Qayumovning "Tazkirai Qayyumiy" asarining II jildidan ishonchli va xolis ma'lumotlar keltiringan. Bizga ma'lumki, mazkur tazkirada qamrab olingan shoir va ijodkorlar o'zlari yashagan davriga ko'ra tasnif qilingan. Tazkirada ushbu ikki shuaro oldinma ketinlikda o'rin olgan va ular haqida bir qancha ma'lumotlar berib o'tilgan. Jumladan, bu shoirning nomi Muhammad Amin xo'ja bo'lib Ho'qand shahrida Xo'jan dahasida Bekbachcha mahallasida kosib, nonvoy oilasida dunyoga kelganligi va boshlang'ich maktabni mahallasidagi masjida tamom etganligi va keying bosqichni madrasada Mullahomluhammad domladan taxsil ko'rgan so'ngra Buxoroga borib itmot etib kelganligi keltirilgan. Muqumiyni Buxoroda she'riy quvvati paydo bo'lib mashhur shoir bo'lib qaytadi va bu haqida Qayumov Mulla Abdulqodir kotibdan eshitganligini ta'kidlaydi. Muqumiy Ho'qandga qaytgach Madrasai Hazratdan bir hujra olib umrini oxirigacha shul hujrada yashaydi. Qayumovning aytishicha, onasi juda erta vafot etgan va otasi undan so'ng bir ayolga uylangan, Muqumiy Buxorodan Xo'qandga qaytguncha otasi ham haqning rahmatiga qovishganligi va ikki dona hamshirasi bo'lganligi va bir ayolga uylanganligi u ayol garchand o'zi xohlab Muqumiyga tegsa ham, ammo ta'biga uning to'g'ri kelmaganligi sababli tark aloqa etib qo'yganligi va ularda bir o'g'il farzandning borligini, uning ismini Nishonxo'ja qo'ygaligi, bolaning oyoq bosh barmoqlaridan birining qo'shaloq bo'laganligi sababli shu nomni berganligi aytib o'tgan. Muqumiy bu o'gilchasiga sunnat to'y ham qilib elga osh berganligini jiyani Ro'zi Muhammad xoji so'zlaydi. Muqumiyning Xayriniso ismli hamshirasi bo'laganligi va Muqumiy Madinayi Munavvarda turib qolgan Qori Rahmatilla (nazmda taxallusi Maxzun) Muqumiyga ayni tog'a emas, o'gay tog'a bo'lib Xayrinisoga tog'ayi aynnidur, deydi Muqumiyning jiyani xoji Ro'zi Muhammadxon.

Antalogiyada Muqumiy 1850-yilda iyun oyida tug'ilganligi haqida ma'lumot keltirilgan. Bunga sabab esa "Muallim Abdulqorining bog'chasida Mulla Ismoil Jumaboyev, Havz labida nastaliqni mashq qilib o'lturardim, Muqumiy kirib keldilar, soat o'n birlar edi. Muallim qori tut qoqishni buyurdi. Tut qoqish uchun men daraxtga chiqdim. Jabbor qori soatsoz ham bor edilar. Ular choyshab ushlab turdilar va keyin to'rtalamiz o'ltirib tut yedik", "Men tutni juda yaxshi ko'raman- chunki meni o'zim

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ham tut pishig'ida tug'ilgan ekanman", hazil ila aytdi-mi, to'g'ri so'zladi-mi noma'lum, deydi Mulla Ismoli Jumaboyev. Mulla Ro'zi Muahammad qorining so'zicha, tog'asi 53 yoshida o'lganligiga ishonmaydi. Oltmishga kirmagan, ammo ellikdan oshgandi. O'limidan ikki yil oldin ko'rdim, soqoli qora erdi. 56 yoshlar deb seza olmayman, deydi. Muqumiy o'limidan 15 kun oldin Shayhon qabristoning mudiri Mulla G'ofurjon nomli go'rkovga: "Mavlabiy Jabbaliyning dahmasining sahnidan men uchun bir go'rkovlashing mumkin-mi? Faqir orzuyim shudir, uzoqroq muddad qabrim el ko'ziga ko'rinib turib fotihalaridan umid tutar edim", deydi. Muqumiyning tashqi ko'rinishi haqida Mulla Ixson Xo'jamqul o'g'li bunday deydi: "Muqumiy Muhammad Alixon madrasasida o'qiganda, men ham talaba edim, Xomush, indamas qotmaroq bug'doy rangli kishi edi. Guldastaga chiqib olib dars tayyorlab o'lturganini ko'p ko'ra edim".

Tazkirada Muqumiyning bir nechta g'azal va muxammaslari va bir she'ri keltirilgan. Quyida: "Keldim" radifli g'azalidan

Ko'p erdi xasratim jono qilay izhori deb keldim, Muqumiy kunji g'am erdim, sani g'amxo'r deb keldim. Xatingmi rasta-rasta sabzai rayhoni jannatmu, Yuzing ko'rib tomosho aylayin gulzor deb keldim.

Ushbu g'azal 9 baytdan iborat va tazkirada to'liq holda berilgan. Ya'na tazkirada 6 baytdan iborat "Ham", "Qachongacha", "Ayladim" kabi g'azallari va Navoiy va Amiriyning g'azallariga ham muxammaslar bog'lagan. Namangondagi do'sti Nodimga Ro'zadan shikoyat qilib "Tasviri ro'zadoron" [1,210] nomli she'rni maktub qilib jo'natganligi haqida ham tazkirada keltirilgan. Tazkirada yana shunday manbalar ham keltirilganki, Roniq taxallusida ijod qilgan va Muqumiyga xosroq qilib bir muxammas yozgan, mazkur muxammasda zamonadan shikoyat qilgan [3,463]

Yuqorida qayd etganimizdek, Muqumiyni o'ziga ustoz deb bilganlar va bu bilan el orasida mashhurlikka erishmoqchi bo'lganlardan yana biri G'aribiydir. Ushbu shoir Ho'qand shahrida Xo'jand dahasiga dohil bo'lgan Bekbachcha II mahallasida 1885-yilda kosib oilasida dunyoga kelgan va juda faqirlikda hayot ko'rgan. Biroz ilm chiqargach diniy lavozimlarda xizmatda bo'lib, o'rta holroq tirikchilik qilgan. Elga o'zini Muqumiyning shogirdi deb ko'rsatsa-da, adabiy borada Muqumiydan bahralanganlik ko'rinmaydi. Yozgan she'rlari so'z yig'indilaridan iboratdir. [3,627] Quyda ijodidan parcha:

Ey Muqumiy, yashnadi gulzoringiz Ochdi davron g'uncha gul ruxsoringiz.

Baxtu iqboli zabun tole baland

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bir quyosh yanglig' to'lib anvoringiz

Javri charx barbod tegirmon tosh sinib Bo'ldi rohatga mubaddal chekdigi ozoringiz

Tanasidan siynasiga o't tushib Rashkdin kuygan kuygan hama ozoringiz

Furqati, Zavqiy yaqin do'stlar muhib Sevgida hamdardi, ham asroringiz

Siz tarafdori edingiz faqir elil Zulum etuvchiga nafrat erdi koringiz

Qiymatin topdi asrlar pur baho Xush ahlidir ahli yoringiz

Kuylaringiz dilga baxsh etgay safo Mutrib ahli sozidin ash'oringiz

To'tiyo aylar o'zingizni g'arib Mavzuningiz naqdijon aysoringiz.

G'aribiyning ushbu she'ri Muqumiyning yubileyiga atab yozilgan. She'rdan angashilgan mazmunga ko'ra Muqumiy Furqat va Zavqiylar bilan hamdard, hamnafas bo'lgan.

O'z davrida eng sermahsul ijod qilgan, xalqni tasvishini qila olgan va uning dardini o'zinikidek his etgan shoirlar, yozuvchilar zamonlar o'zgarsa ham, avlodlar o'zgarsa ham o'zining kitobxonini va muxlisini yo'qotmaydi. Chunki ular haq iqat uchun kurashgan xalq farzandlaridir. Furqatning umrining eng gullab-yashnagan davri vatanjudolikda o'tdi. Turkuston general-gubernatorligidagi mustamlaka amaldorlar Furqatni ahvolini xalqdan sir tutgan, xalqning nazarida bu ulug', jonkuyar shoir sayohatda yallo qilib yuribdi, deb bildirganlar. Ammo tarixdan va o'zining yaqin do'stlari bo'lmish Zavqiy bilan ham nasriy, hamda nazmiy xat almashganlar. Yozishmalaridan shu ma'lum bo'ladiki, Furqat o'zining 18 yillik umrini vatandan ayro o'tkazgan va Qo'qonni juda ham qumsab yashagan. Bunga isbot tariqasida "Ahvolot" nasriy asaridan parcha keltiramiz: "Chun yoshim soati umr gabro'zida yigirma to'rt shumorig'a yeti, ul vaqt Ho'qand viloyatidag'i fozili

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

rasotabe kishilar bilan birga ittihod aylab, alarming suhabatidin ko'p bahralar topdim va asr shuarolarikim, Mavlono Muhiy, Mavlono Muqumiy, Mavlono Zavqiy, Mavlono Nisbatdurlar hamisha majlisi bunyod aylab, zodai tabilarimizdin mushaira qilur erduk. Va bir g'azaldan tatabbu' ko'rguzib bir mazmun har nav ifoda topar erdi. Goh hamd gulshanidin gul uzub, goh na't naxlistonidin samarchin bo'lur erdik. Va ba'zi vaqt ishq tavsifi va husn tarifida g'azal mashq aylab va gohi qadimiy shuarolar devonlaridin bir sho'x g'azalni tofib, anga har qaysimiz alohida muhammas bo'glar erdik "[2,225] Shundan ma'lum bo'ladiki, Furqat o'zidan yosh jihatidan ancha buyuk va ijodda pesh qadamroq bo'lgan ustozlari, hamda do'stlar ila bo'lgan bu mushoira kechalarini sargardonlikda qattiq qumsab yurgan. Shu o'rinda Qo'qon adabiy muhiti haqida eng ishonchli manba bo'lgan "Tazkirai Qayyumiy"ga ham bir nazar solsak, Furqatning hayoti va ijodiy faoliyati haqida shoirning ismi Firqat shaklida keltirilgan. Bu shoir Qo'qon shahridan Xo'jand dahasidagi Beshariq mahallasida Xolmuhammad ismli mayda savdogar oilasida tug'ilgan. Ilk ta'limni mahallasidagi masjidda usuli qadim maktabida oladi. Bu maktab 1901-yilda yopiladi. Xat savodli bo'lgach madrasai Muhammad Alixonda davom ettiradi. Muqumiy bilan ham shu davrda tanishadi. Abbosxo'ja o'g'li Kalonxo'ja Firqatni shunda xotirlagan 25 yoshgacha bo'lgan davr hayoti feodalizm davri edi. 27 yoshlarida shoir bo'lib tanilgan edi, Xudoyorxoni shahardan chiqib ketib O'rinburg'ga nazorat ostida turagda feodallarga maqbul tarzda Xudoyor tilidan bir muxammas yozadi. Bu o'sha zamon ruhiga mos tushadi:

Qabul aylab xudo bu tavba birla oxu zorumni Yana Farg'onaga bir yo'l o'taygaymi gulzorimni Quvonsa notavon ko'nglim ko'rib yoru diyorimni Duogo'ylar ichindayaxshi bilgay e'tiborimni Darig'o Firqatiydek diyda giryonlar qayon qoldi

Ushbu muxammasi xalq orasida ancha mashhur bo'ladi. Insonlar uni aytib yuragaligini va bu chor hukumatining ham qulog'iga yetib borganligi ehtimoldan holi emas, ammo hukumat xalqning taniqli shoirini jazolab, xalqni g'azablantirmaslik uchun indamagan bo'lishi mumkin.[3,227] Furqat yurtidan uzoqda bo'lgan davrlarida ham ijod qilganligi va ijod namunalarini Qo'qondagi do'stlariga yuborganligini tazkirada o'rin olgan yana bir shoirda ham ko'rishimiz mumkin. "Bu shoir asl Marg'ilondan bo'lib Toshbolta Muhammad Ibrohim o'g'lidir Firqat ila do'st Roiq taxallusi bilan shuhratlansa ham yozgan ashorlarida Ibrat tahallusini ixtiyor etgan to'la gavdali inson bo'lgan "[3,456] Ibrat taxallusida Furqatning bir g'azaliga muxammas bitgan.

Qoshi mexrobinda qilg 'an jilvasidur Firqatiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Nisbatiy, zavqiy, Muqimiy shevasidir Firqatiy Ibratiyning hayrat etgan hadisidir Firqatiy Bir kamon abru shahidi g 'amzasiydir Firqatiy Qabrimi ko'rsata har kim qon oqar barmog 'idin

Tazkirada Roiqni Furqat bilan madrasaning bir hujrasida birga turganligi va uning yana boshqa g'azallariga ham muxammaslar bitganligini ko'rishimiz mumkin: "Ko'k mozor madrasasida Furqat bilan birga turatdik. U rastada choyfurushlik ham qilardi."

Fuqat "Kashmirda", "Tafsirada", "Taqdirda" radifli g'azallarini aynan shu kishiga berib yuborganligi va uni Muqumiyga ham berib qo'yishi kerakligini aytgan [3,465-b]. Furqat bir muddat Marg'ilonda turgan kezlarida Ibrat bilan ham birga turganligi va birgalikda ashula aytib xofizlik qilishar erdi, deydi shoir Mufazza. [3,466-b] Furqat ketgandan so'ng esa uni sog'inib "Ketding, ketding" radifli bir g'azal ham yozgan quyida g'azaldan parcha:

Yig'lamoqdin bir pari hajrinda ey ahboblar, O'ng ko 'zimdin oqdi qonu so 'ngidin zardoblar.

Xulosa qilib aytganda, bu ikki o'z davrining mashhur shaxslari xonliklar va mustamlakichilar davrida yashab ijod etgan bo'lsa-da o'z atrofiga, o'zi yashagan ijitimoiy sharoitiga qaramasdan yaxshi bir adabiy maktab va o'ziga xos ijod qilgan fenamenlardir. Bu zotlarni fenomenlar deyishimizdan maqsad yuqorida ham keltirdikki, ular atroflarida bir qancha tabi nazmni jamlaganligi va ularga shogirdlik tushish istagi baland bo'lgan shoirlarni ham ko'rdik. Alalxusus, Muqumiy va Furqatni o'z davrning eng yorqin vakillari ekanligidan dalolat bo'ladi. Nafaqat ijodda balki ijtimoiy va siyosiy sohada ham faol ishtirok etgan. Bunga misol tariqasida Furqatning Xudoyorxon va uning avlodlari bilan bo'lgan munosabati va yozishmalarini va hatto general gubernator bilan ham muzokaralar olib borgan, xalq farzandlar deb atasak xato qilmagan bo'lamiz, chunki bular o'sha davrning ahvolini ya'ni oddiy xalqning turmush tarzini ham o'z ijodida garchand hazil mutoyiba shaklida bo'lsa-da baralla kuylay olgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Muqimiy, Ikki tomlik asarlar to'plami. II-tom -Toshkent, 1960, B-199

2. Qayyumov P. Tazkirayi Qayyumiy 1-jild -Toshkent, 1997, B-244

3. Yusupov Sh . Xudoyorxon va Furqat - Toshkent, Sharq,1995 , B-69-67

4. Мухиддинов, М. К. (2023). СУЗ ГУХДРИ... Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 786-793.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.