Научная статья на тему 'ILMIY JARAYONLAR SHAKLLANISHINING JADIDCHILIK HARAKATIDA NAMOYON BO`LISHI (IS’HOQXON IBRAT MISOLIDA)'

ILMIY JARAYONLAR SHAKLLANISHINING JADIDCHILIK HARAKATIDA NAMOYON BO`LISHI (IS’HOQXON IBRAT MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

101
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Sh. N. Miraxmedova

Is‟hoqxon Junaydulloxo„ja o„g„li Ibratning hayoti va ijodi, uning tarixiy-ilmiy merosi, arxivi va kutubxonasi, jadid maktabi, nashriyoti alohida tarix. Ibrat ijodiga oid maqolalar, risolalar paydo bo„lguniga qadar u haqda XX asrning dastlabki o„ttiz yilligiga oid o„zi tomonidan qoldirilgan tarixiy-ilmiy, lingvistik, pedagogik, she‟riy asarlari, vaqtli matbuotda e‟lon qilgan maqolalari, uning qalamiga mansub qo„lyozma holida saqlanib qolgan, hamda zamondoshlari, qarindoshlari tomonidan yozib qoldirilgan manbalar dastlabki manbalar hisoblanadi1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILMIY JARAYONLAR SHAKLLANISHINING JADIDCHILIK HARAKATIDA NAMOYON BO`LISHI (IS’HOQXON IBRAT MISOLIDA)»

ILMIY JARAYONLAR SHAKLLANISHINING JADIDCHILIK HARAKATIDA NAMOYON BOLISHI (IS'HOQXON IBRAT MISOLIDA)

Sh. N. Miraxmedova

ChDPU Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Is'hoqxon Junaydulloxo'ja o'g'li Ibratning hayoti va ijodi, uning tarixiy-ilmiy merosi, arxivi va kutubxonasi, jadid maktabi, nashriyoti alohida tarix. Ibrat ijodiga oid maqolalar, risolalar paydo bo'lguniga qadar u haqda XX - asrning dastlabki o'ttiz yilligiga oid o'zi tomonidan qoldirilgan tarixiy-ilmiy, lingvistik, pedagogik, she'riy asarlari, vaqtli matbuotda e'lon qilgan maqolalari, uning qalamiga mansub qo'lyozma holida saqlanib qolgan, hamda zamondoshlari, qarindoshlari tomonidan yozib qoldirilgan manbalar dastlabki manbalar hisoblanadi1.

Bizgacha yetib kelgan, muarrix tomonidan 1916 - yilda yozilgan "Tarixi Farg'ona" asari uning hayoti va faoliyatining dastlabki davrlari haqida mukammal ma'lumot beruvchi tarixiy manbadir. Asarning "Muqaddima" qismida u Turkiston iqlimiga qarashli Farg'ona vodiysi Qo'qon xonligi qasabodlaridan biri To'raqo'rg'onda tug'ilganligini yozib qoldirgan. Bu ma'lumotlar uning 1905 - yil "Turkiston viloyatining gaziti"da e'lon qilingan "Tarixi hammom"4 she'rida, "Ilmi Ibrat" nomli 1909 - yilda yozgan she'riy to'plamida5 berilgan. Ibratning tug'ilgan joyi va tavallud yili haqidagi ma'lumotlar keyinchalik davriy manbalarda tilga olingan6.

Zamondoshlaridan biri P.D.Qayumovning 1960 - yilga qadar yozilgan, 1998 -yilda chop etilgan "Tazkirayi Qayumiy" asarida Ibrat tug'ilgan 1862 - yil sanasi 1876 -

H

yil deb, yanglish ko'rsatilgan. Shunga qaramay, Ibratni Farg'onalik olimlar qatorida tazkiraga kiritilganligini e'tiborga loyiq.

"Ilmi Ibrat" she'riy to'plamida berilishicha, olimning asli ismi Is'hoqxon,

Q

otasining ismi Junaydullohxo'ja, Ibrat esa uning taxallusidir . P.D.Qayumov ma'lumotiga ko'ra, Ibrat to'ralar avlodidan bo'lib, "Umarxon davrida bo'lmish mashhur shoir Afsusning nabirasidir"9. Tazkiraning Vasfiyga bag'ishlangan qismida Buxorolik

Ibrat I. Turli marsiya va fikriyot masalalariga oid jamlangan turkum qo'lyozmalar. Bu qo'lyozmalar shaxsiy kutubxonalarda, Ibrat avlodlari qo'llarida saqlanadi.

2 Ibrat I. "Tarixi Farg'ona" O'zR FA ShI. Q. inv. 11616. -B.1.

3 O'sha joyda. -B.1.

4 Ibrat I. Tarixi hammom//Turkiston viloyatining gaziti. -1905. 10iyul.

5 Ibrat I. Ilmi Ibrat. Matbaai Is'hoqiya. To'raqo'rg'on. 1909. O'zR FA ShI. T. inv. № -9987.-B.15.

6 Ibrohimov M. Hosil uchun. To'raqo'rg'on. 8 dek.; Usmon O. Zulmat ichra nur// Sharq yulduzi. -1961. -№ 1-2. -B.102.

7 Qayumov P.D. Tazkirayi Qayumiy. II qism. -T., 1998. -B.420.

8 Ibrat I. Ilmi Ibrat. To'raqo'rg'on. Matbaayi Is'hoqiya. 1909. O'zR FA ShI. T. inv. № 9987. -B.15.

9 Qayumov P.D. Tazkirayi Qayumiy. II qism. -B.420.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

761

TechnologeJnmmmmmmmmmPmm

Vasfiy emasligi P.D.Qayumov tomonidan aniqlangan uning Is'hoqxonga qarindosh bo'lganligi, Ibratning Vasfiy haqidagi marsiyasi borligi ta'kidlangan. Bu marsiya bugungi kunda O'zR FF ShI qo'lyozmalar fondida saqlanadi10.

Manbalarda ko'rsatilishicha, Ibrat shajara jihatidan Ahmad Yassaviy avlodlaridan hisoblanadi. Bunga uning avlodlari qo'lida saqlanib qolgan "Nasabnoma" dalil bo'la

oladi11. Unda keltirilishicha: "Junaydullohxo'ja shubhasiz vorisdir, taqvodor Said Olim

12

Sultonxo'ja Ahmad Yassaviyning avlodlaridandir" - deb yozilgan.

Avlodlari qo'lida saqlanib qolgan yodgorlikda Ahmad Yassaviydan to Ibratga

qadar shajaralar ro'yxati nomma-nom keltirilgan hamda o'z davrining qozilari

13

tomonidan uchta muhr bosib isbotlangan . Nasabnomaning bir qismi "Guvohnoma" deb nomlangan ikkinchi hujjatda Ibratning ota-bobolari A.Yassaviy avlodlaridan ekanligi, ularning xalq orasidagi e'tiborlari haqida ma'lumot berilgan, bu so'zlarga dalil sifatida qozilar tomonidan 40 dan ortiq muhr bosilgan14.

Ibratning faoliyatini o'rganish davomida uning oilasi, ota-onasi hamda u voyaga yetgan muhitni tadqiq qilish ahamiyatlidir. Ota-onasi haqidagi ma'lumotlar uning "Mezon ul-zamon"15, "Jome ul xutut"16 asarlarida, tarix-marsiyalarda17 uchraydi. Bu manbalar uning ota-onasigagina tegishli bo'lmay, Is'hoqxon hayotining ayrim jihatlarini ochib berishda muhim o'rin tutadi. Jumladan, uning "Mezon ul-zamon", "Jome ul xutut"

i o

asarida keltirilgan ma'lumotlar bevosita Ibratning yoshlik yillariga oid faktlarni bersa , tarix marsiyalari ota-onasining vafotiga oid bo'lib, Ibratning shu davrdagi kechinmalari bilan bog'liqdir. Bu haqda P.D.Qayumovning tazkirasida Ibratni "...nomi Is'hoqxon bo'lib, Junaydullohxo'ja to'raning o'g'lidir"19 - deb ko'rsatilgan.

Manbalarda keltirilishicha, 1871 - yilda Is'hoqxon otasi Junaydullohxo'ja

20

Sunnatullohxo'ja o'g'li vafotidan so'ng dastlabki ma'lumotni onasi Huribibidan olgan .

21

Bu haqdagi "Mezon ul-zamon" asarida Ibrat tomonidan keltirilgan faktlar o'sha

davrdagi Huribibi kabi ilmli otinbibilar maktablarining saviya jihatidan maktabdor

22

domlalar maktablaridan yuqori darajada bo'lganligini ko'rsatgan .

Ibrat I. Turli marsiya, iborat va fikriyot masalalari. O'zR FA ShI. Q. inv. №-11620.

11 Nasabnoma (arab tilida). Asl nusxasi Ibratning avlodlari qo'lida, ko'chirma nusxasi qo'limizda saqlanadi.

12 O'sha joyda. -B.2.

13 O'sha joyda.

14 Guvohnoma. Ibrat avlodlari qo'lida saqlanadi. -B.1-4.

15 Ibrat I. Mezon ul-zamon. O'zR FA SHI. Q. № 11618.

16 Ibrat I. Jome ul hutut. O'zR FA SHI. Q. № -621.

17 Ibrat I. Turli marsiya va fikriyot masalalari. Bu marsiyalar Ibratning qarindosh urug'lari qo'llarida, ayrim shaxslar qo'llarida saqlanadi.

18 Ibrat I. Mezon ul zamon... -B. 36-37; Jome ul xutut... -B.4.

19 Qayumov P.D. Tkirayi Qayumiy. II qism. -B.420.

20 Qarang. Ibrohimov M. To'raqo'rg'onlik matbaachi//Hosil uchun. -To'raqo'rg'on. 1860. 8 dek; Usmon O. Zulmat ichra nur//Sharq yulduzi. - 1961. № 1-2. -B.132.

21 Ibrat I. Mezon ul-zamon. O'zR FA SHI. Q. inv., № 11618. -B. 36-37.

22 Ibrat I. Mezon ul-zamon. O'zR FA SHI. Q. inv., № 11618. -B. 36-37.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

762

TechnologeJnmmmmmmmmmiPmm

Huribibi ona hayoti bilan bog'liq manbalar jumlasiga Ibrat tomonidan onasining vafotiga bag'ishlab yozilgan marsiyasini kiritish mumkin . Marsiyaning xarakterli jihati

• OA • • ...... . 9 s

shundaki, Ibrat abjad hisobi bilan onasining vafot yilini tarix qilib qoldirgan . Unga ko'ra, "Huri g'ilmon, dedi" misrasi tarixiy sana bo'lib, unda olim onasining vafot etgan yili 1891 - yil ekanligi ma'lum bo'ladi. Bu manba 1994 - yilda U.Dolimovning Is'hoqxon Ibrat nomli risolasida berilgan bo'lib, unda muallif abjad hisobidan foydalanib 1309 - hijriyni, 1981 - milodiy yiliga aylantirgan26. Manba faqat uning onasi vafot etgan yilini aniqlab beruvchi bo'lib qolmay, Ibratning xorijiy Sharqqa sayohatini davom ettirishga turtki bo'lgan. Ibratning nabirasi J.Nizomova bilan olib borilgan suhbatda berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Ibrat onasi vafotidan so'ng 6 oy mobaynida Jidda shahrida qolib ketgan va shundan so'ng Sharq mamlakatlariga sayohatini davom

97

ettirishga qaror qilgan .

Is'hoqxon tomonidan yozilgan, hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beradigan

28

yana bir manba, uning "Jome ul xutut" ya'ni "Xatlar majmuyi" risolasidir. Unda olimning maktab yoshida me'morlikka ixlosi baland bo'lganligi, naqshning turli yo'llarini o'rganish uchun uzoq vaqt mobaynida umrini sarflaganligi, buning natijasida u

olami islom yozuvlarini, ya'ni finkiya, suriya, yunon, ingliz xatlarini Hindistonning

29

Bombey shahrida o'rganganligi kabi ma'lumot berilgan .

Binobarin, asarda Is'hoqxonning yozuvlarga bo'lgan ishtiyoqi yoshlikdan ekanligi hamda bu mehr bora-bora iste'dodga aylanib, uning "Yozuvlar tarixi" risolasining

yozilishiga olib kelganligini, bu esa uni xattotgina emas, naqqosh sifatida ham shuhrat

30

topishida o'z ta'sirini ko'rsatganligini ko'ramiz .

-5 1

Ibratning yoshlik yillari haqidagi keyingi ma'lumotlar U.Dolimov ishida hamda olimning "Is'hoqxon Ibrat" nomli risolasida keltirilgan. Ishdagi mulohazalar masalaga yondoshishning kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet tuzumidagi biryoqlama qarashlardan xoli emasligini ko'rsatsada, bu ikki asar Ibrat haqida ma'lumot beruvchi manba sifatida o'z ahamiyatiga ega.

Ma'lumki, madrasalarda ta'lim olgan olimlar qadimdan fanning bir necha sohasida ish yuritganlar, XIX - asrning so'nggi choragida Qo'qonda yashab ijod etgan

Ibrat I. Marsiyalar. -B. 118-119. Qo'lyozma U.Dolimov shaxsiy kutubxonasida saqlanadi.

24 Son tushunchasini harflar bilan ifoda etishga abjad hisobi deyiladi. Abjad atamasining maxsus bir ma'nosi yo'q. R.Jumaniyozov. Eski o'zbek yozuvi. - T.; O'qituvchi. 1989. 138-b.

25 O'sha joyda.

26 Dolimov U. Is'hoqxon Ibrat. -B.13.

27 Ibrat I. Marsiyalar. Marsiya U.Dolimov, shaxsiy kutubxonasida saqlanadi. (Arab shriftida). B. 118-119.

28 Dolimov U. Is'hoqxon I.-B. 13.

29 Ibrat I.. Jome ul xutut... B. 4-5.

30 O'sha asar. -B.4.

31 Dolimov u. Jizn I tvorcheskogo poeta, prosvetitelya Ibrata. Avtoref. Diss. Qand. Fil. nauk. -T.., 1971. -C.26.

32 O'sha muallif. Is'hoqxon Ibrat. -T., 1994. -B.420.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

763

TechnologeJnmmmmmmmmmiPmm

ilm ahllari ham masjid va madrasalarda tahsil olganlar. Ibrat ham o'z navbatida onasi Huribibi maktabida mukammal savodga ega bo'lgach, o'qishini davom ettirish maqsadida Qo'qonning Siddiq Tunqator madrasasida o'qigan. Bu haqda Po'latjon Domullo Qayumov "Tazkirayi Qayumiy" asarida Is'hoqxon Qo'qon madrasalaridan

33

birida tahsil olgan , - degan faktni keltirgan. Keyinchalik davriy manbalarda ham aynan shu fikr qisman o'zgartirishlar bilan berilgan34. To'liqroq ma'lumot esa U.Dolimov va Z.Qobulovlar hamkorlikda e'lon qilgan "Erk va ma'rifat kuychilari" hamda U.Dolimovning "Is'hoqxon Ibrat" nomli risolasida keltirilgan. Is'hoqxon o'z ustida ko'p

ishlagan, madrasada berilgan saboqlarni, sharq klassiklari asarlarini qunt bilan

C 35

o rgangan .

Mahalliy manbalardan biri bo'lgan "Turkiston viloyatining gaziti" sahifalaridan o'rin olgan Furqatning "Sarguzashtnoma"36 maqolasida keltirilishicha, Ibrat madrasada tahsil olgan vaqtlarda, ya'ni XIX - asr 80 - yillarida O'rta Osiyoning boshqa shaharlariga nisbatan Qo'qonda ijtimoiy hayot va madaniyat birmuncha taraqqiy etgan.

Ya.Gaffarov boshchiligidagi BARS-51 guruhi tomonidan to'plangan materiallarda ko'rsatilishicha, Ibratni bilgan, Qo'qon va Namanganda uyushtirilgan ko'p ilmiy yig'inlarda u bilan bo'lgan shogirdlaridan biri Iskandar domla Abduvahob o'g'li olimning Qo'qondagi Siddiq Tunqator madrasasida o'qib yurgandayoq Muqumiy, Furqat, Nodim, Haziniylar bilan yaqindan aloqada bo'lganligini e'tirof etgan . Mulla Yo'ldosh To'robboy o'g'li Xilvatiy, Is'hoqxon Junnaydullohxo'ja o'g'li Ibrat, mulla

38

Shamsiy Shavqiy Namongoniy , Muhammad Sharif So'fizoda kabi qalamkashlar va

39

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Nizomxon , Abdulla Taroq kabi sozanda va xonandalar ko'pincha Nodim uyida to'planganlar. Bunda Samarqandlik Xo'ja Abdulaziz Rasul o'g'li, Toshkandlik Mulla Toshmuhammad o'g'li Shobarot, xo'jandlik Sodirxon va boshqa mashhur hofiz va bastakorlar ham qatnashganlar40. Bundan ma'lum bo'ladiki, Ibrat madrasa talabasi bo'lib yurgan davridayoq bu ilmiy yig'in ishtirokchilari bilan muntazam aloqada bo'lgan, ularning Ibrat dunyoqarashining shakllanishidagi ta'siri uning keyingi ijodiy faoliyatida aniq ko'ringan. Bunday ilmiy muhit Ibrat Hayotida maktab bo'lib, ilm-fanga, yangilikka va taraqqiyotga bo'lgan qiziqishning yanada ortib borishida muhim rol o'ynagan.

33 Qayumov P.D. Tazkirayi Qayumiy. -T., 1998. -B.420.

34 Ibrohimov M. To'raqo'rg'onlik matbaachi//Hosil uchun. To'raqo'rg'on. 1960. 8 dek.; Usmon O. Zulmat ichra nur//Sharq yulduzi. -1961. -1-2 son. B. 132.

35 Dolimov U. Jizn I tvorchestvo uzbekskogo poeta-prosvetitelya Ibrata. Avtoref. Diss. Kand. Fil. nauk. -T., 1971. C.26.

36 Furqat. Sarguzashtnoma//Turkiston viloyatining gaziti. 1891. №16.

37 BARS-51 ortyadi a'zolarining Iskandar Abduvahob o'g'li bilan olib borilgan suhbati qo'lyozmasi. To'raqo'rg'on. O'smirlar saroyi. 1963.

38 Karimov G'. Shavqiy poeziyasining realistic kuchi//Sharq yulduzi. -1963. 2-son. -B. 143-149.

39 18681937 yillarda Namanganning Shamsiko'l qishlog'ida yashagan , mashshoq va bastakor bo'lgan.

411 Halilbekov A. Ko'rsatilgan asar. O'sha bet.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

764

TechnologeJnmmmmmmmmmPmm

Ibrat zamondoshlari, qarindosh-urug'lari, avlodlari bilan suhbat asosida yig'ilgan manbalarda hamda o'g'li R.Is'hoqov41 bergan ma'lumotga ko'ra, u jadid maktabini Siddiq tunqator madrasasini tugatib qaytgach, xorijga ketguniga qadar ochgan. Bundan ma'lum bo'ladiki, Ibratning 1886 - yilda Siddiq Tunqator madrasasini tugatganligini hamda 1887 - yilda xorijga safarga borganligini e'tiborga olsak, shu vaqt oralig'ida jadid

42

maktabi ochgan .

Ibrat 1878 - 1886 yillari, madrasada talabalik vaqtlarida Bog'chasaroyda nashr etiladigan "Tarjumon" ro'znomasi bilan muntazam tanishib borgan. Bu nashrlar orqali yangi usul maktabining afzalliklari, ta'lim usullari, darsxonalarning tuzilishi va darsliklari haqida ma'lumotga ega bo'lgan va madrasani tamomlagach, To'raqo'rg'onga qaytib, 1886 - yilda jadid maktabi ochgan.

Ibratning jadid maktabi ham chor amaldorlari tomonidan tazyiqqa uchragan va yoptirib tashlangan43. Bu maktab Turkiston jadidlarining I.Gaspirali g'oyalarini amalga oshirishdagi dastlabki urinishlaridan bo'lgan. Keyinroq esa 1900 - yilda Andijon shahrida jadid maktabi ochgan tatar ma'rifatparvari Shoazim Qodirov 1909 - yilda Qo'qonda 12 ta, To'raqo'rg'onda 1 ta, Namanganda 2 ta, Andijonda 5 ta jadid maktabi ochgan44. Ibratning yangi usul maktabi uning ma'rifatparvarlik faoliyatida alohida bosqich bo'lib, Farg'ona vodiysi jadidlarining ma'rifatparvarlik harakatini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etgan.

Manbalarda keltirilishicha, Ibrat tomonidan yozilgan maqolalar "Sadoyi, Turkiston", "Sadoyi Farg'ona", "Turkiston viloyatining gaziti" sahifalarida chop etilgan45. Uning qalamiga mansub maqolalarning aksariyati "Turkiston viloyatining gaziti" ro'znomasida chop etilgan. U.Dolimov Ibratning 45 dan ortiq maqolasidan 35 tasi "Turkiston viloyatining gaziti" sahifalarida bosilganligini ta'kidlagan46. Biroq bugunga qadar Ibratning mamlakatimiz kutubxonalarida "Turkiston viloyatining gaziti", "Sadoyi Farg'ona" ro'znomalari va "Al-Isloh" jurnalida 21 ta maqolasi saqlanib qolgan.

Rotifxon Is'hoqov. Ibratning o'g'li. 1995 yil 21 martda vafot etgan. : BARS-51 guruhi tomonidan to'plangan ma'lumotlardan. To'raqo'rg'on. O'smirlar saroyi. 1 Dolimov U. Is'hoqxon Ibrat. ... -B.12. ' O'zR MDA F-I-1. Ro'yxat. 31. 540-ish. V.179.

H.Bobobekov. Ibratning "Tarixi Farg'ona"

-B.268.

16 Dolimov U. Is'hoqxon Ibrat . ... B.46.

asariga yozilgan so'zboshi. -T,: Kamalak. 1991.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

41

765

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.