Научная статья на тему '“TAZKIRAYI QAYYUMIY”- QO’QON ADABIY MUHITINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA'

“TAZKIRAYI QAYYUMIY”- QO’QON ADABIY MUHITINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1863
264
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ADABIY MUXIT / SHE'RIYAT / ADABIYOT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qodirova M.S.

Ushbu maqolada “Tazkirayi qayyumiy”- qo’qon adabiy muhitini o’rganishda muhim manba ekanligi muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAZKIRAYI QAYYUMIY - AN IMPORTANT SOURCE IN STUDYING THE KOKAND LITERARY ENVIRONMENT

This article discusses Tazkirayi Qayyumiy, an important source for studying the literary environment of Kokand.

Текст научной работы на тему «“TAZKIRAYI QAYYUMIY”- QO’QON ADABIY MUHITINI O’RGANISHDA MUHIM MANBA»

УДК 374

Qodirova M.S., filologiya fanlari nomzodi

dotsent Qo'qon DPI

"TAZKIRAYI QAYYUMIY"- QO'QON ADABIY MUHITINI O'RGANISHDA MUHIM MANBA

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Tazkirayi qayyumiy"- qo'qon adabiy muhitini o'rganishda muhim manba ekanligi muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: adabiy muxit, she 'riyat, adabiyot.

Qodirova M.S., candidate of philological sciences

associate professor Kokand DPI

TAZKIRAYI QAYYUMIY - AN IMPORTANT SOURCE IN STUDYING THE KOKAND LITERARY ENVIRONMENT

Annotation: This article discusses Tazkirayi Qayyumiy, an important source for studying the literary environment of Kokand.

Keywords: literary environment, poetry, literature.

Aziz vatanimizning har joyi, har bir go'shasi o'zida sirli tarix va muqaddas xotiralarni aks ettiradi. Ana shu tarix va xotiralarni o'zida jamuljam etgan, ma'rifat va ma'naviyat fidoyilari, fazilat va salohiyat sohiblari bordir. Po'latjon Qayyumov ham XX asrning ana shunday orifu fozil insonlardan biri edi. Bir qaraganda bu inson o'tmish bilan kelajak oralig'ada nafaqat yashagan va balki XXI asr avlodiga o'z davridan munosib merosni taqsim eta olgan.

"Tazkirayi Qayyumiy" asaridagi asosiy qismni Qo'qon adabiy muhiti bilan bog'liq materiallar tashkil etadi. Bu adabiy muhit bilan bog'liq adabiy manbalar Po'latjon Qayyumiyga qadar ham mavjud edi. Ularning eng mashhuri va kattasi "Majmuai Shoironi Umarxoniy" asaridir. Biroq shuni alohida tahkidlash lozimki, Qo'qon adabiy muhit haqidagi yaxlit ilmiy farazlar, analitik kuzatishlar, shoirlar va ularning asarlari borasida antalogik xarakterdagi materiallar bir yerda jamuljam bo'lgan birinchi asarni aynan Po'latjon domla yaratdi. Va bu asar ushbu "Xo'qand tarixi va uning adabiyoti" hamda u asosida yaratilgan "Tazkirai Qayyumiy"dir.

Muallif muhitning eng qorong'u nuqtalarini yoritishga, mujmal va muxmal masalalarga oydinlik kiritashga, ilmiy aniqlik va yangi mulohazalarni o'rtaga tashlashga harakat qiladi. Ko'p jihatdan bunday mas'uliyatli va murakkab vazifaning uddasidan chiqadi. Po'latjon domlaning adabiyot tarixining bilimdonligi, badiiyat ilmlarini puxta o'zlashtirganligi, manbalarni

yaxshi bilishi va matnshunoslik malakasi.....yetarli edi. Shu bilan birga muallif

o'z asarini yaratishda "Shajarai turk", "Muntaxab -ut-tavorix", "Ansob-us-salotin va tavo-rix-ul-xavoqin", 'Tarixi Shohruhiy", "Majmuat-ush-shuaro", "Tuhfat-ul-ahbob fi tazkirat-ul-ashob", "Tuhfat-ul-ashob", Tazkirai Sultoniy" "O'zbekiston tarixi", "Adabiyot xrestomatiyasi" kabi tarixiy va adabiy manbalar hamda yana bizga no-ma'lum ko'plab qo'lyozmalardan unumli foydalangan. Albattaki, yanga va eski davrni mukammal bilgan P.Qayyumiyning hayotiy tajribasi adabiy muhit haqida real va muhtasham bir polotno yaratishiga unga juda ham qo'l kelgan, deyish mumkin.

Bu o'rinda asarning yutuqli jihatlari bir munchadir. Misol uchun, muallif Qo'qon adabiy muxitidagi she'riyat, umuman adabiyotni, tasniflar ekan u mazkur muxitda . irfon she'riyati mavjud bo'lganligini alohida ta'kidlaydi. Shu maqsadda uchinchi daftarini to'lasicha irfoniy asarlar sohibi bo'lgan qalam axlining zikriga bag'ishlagan. (Bu jihatning shakli ekanligi esa so'nggi yillarda olib borgan tadqiqlarimiz ko'rsatmoqda.1) Bu esa Po'latjon domlaning davr adabiyotiga baho berishda ancha xolis va to'g'ri yondasha olganidan darak beradi.

Yoki, ba'zi adabiy figuralar haqida ma'lumot berar ekan, ular borasidagi nafaqat faktlari balki she'rlari boshqa manbalarda uchramasligi bilan ajralib turadi. Masalan, ikkinchi daftarda Xon haqida ma'lumot berilar ekan, uning she'rlaridan namunalar berilgan. Shular orasida "Ey subh, bu dam bo'l meni holimga guvohim" deya boshlanuvchi musaddas matni ham mavjud. Garchand bu she'r matni to'liq bo'lmasada Xonning bu asari faqat shu o'rindagina uchrashi ahamiyatlidir. Chunki, Xon asarlarining manbalari u qadar ko'p emas. Uning nisbatan to'liq bo'lgan ikki qo'lyozmasigina ma'lum, xolos (O'zR FA SHI fondi, №1808 va IVR AN RF fondi, № V400). Lekin ularda ham yuqorida ta'kidlangan she'r matni uchramaydi.

Po'latjon domla ma'lum va mahhhur ijodkorlardan tashqari nomi u qadar tanilmagan shoirlar hayoti va ijodini ham nazardan soqit qilmaydi. Bir o'rinda shoir Fanoga to'xtalar ekan, u haqida ma'lumot kamligiga qaramay uning she'rlariga e'tibor qaratadi. Bu bilan esa mazkur shoirga ham kelgusida diqqat etish lozimligi uqtirilgan. Keyingi izlanishlar esa chindan ham "Fano" taxallusi bilan ijod qilgan Mirzo Siddiq iste'dodli zullisonayn shoir ekanligi ma'lum bo'ladi. Ammo unga ko'proq tojik adabiyotshunoslari e'tibor qilganlar. Biz tomonimizdan olib borilgan kuzatuvlarga ko'ra esa Fano nafaqat tojik shoiri balki u sohibi devon o'zbek shoiri ekanligi va o'z tilida barakali ijod qilganligi ma'lum bo'ldi.1

Umuman olganda esa, oradan yarim asr vaqt o'tib-o'tmay boshda muallifning o'g'li A.Qayumov va M.Qodirova, E.Ibrohimova, T.G'afurjonova, D.Rahmatova kabi o'nlab adabiyotshunoslarning Qo'qon adabiy muhiti borasidagi tadqiqotlariga Po'latjon domlaning ana shu materiallari munosib manba bo'lib xizmat qilgandir. Aytaylik, asarning uchinchi daftarida aloxida siralangan Nizomiy Xo'qandiy va uning ikki nabirasi Jaloliy hamda Azimiy

ijodiga maxsus hurmat bilan yondashgan muallif ularning hayoti va asarlarini alohida o'rganilishi kerak-ligiga ishoralar qiladi. Bu jihatning bejiz emasligini keyingi yillardagi izlanishlarimiz ko'rsatmoqda. '

Yoxud, Qo'qon shahri va atrofidagi ba'zi joy nomlari haqidagi materiallari toponimik jihatdan qimmatlidir. Bir o'rinda muallif keltirgan "Pirtak kuni" haqidagi fiqra haqligiga kamina ham guvoh. Chunki, Qo'qonada yakshanba kunini yaqin-yaqingacha ham keksalar "pirtak" deb atashardi. (Xususan, mening rahmatli buvim ham.) Buning sababini esa bilolmas edim. Qarangki, Po'latjon domlaning ma'lumoti bunga aniqlik kiritdi.

Aytmoqchimanki, bu kabi jihatlar "Xo'qand tarixi va uning adabiyoti" asarida ko'p va uning muallifi kelgusi avlodga juda ham : fakgik materiallarga boy ushbu manbani qoldirgan. Shu bilan birga, asar yaratilganiga ellik yiddan ortiq zamon o'tdi. Bu vaqt oralig'ida esa ko'plab o'zgarishlar, xususan fikriy, siyosiy va ilmiy jihatdan farqliliklar, rivojlanishlar yuz ko'rsatdi. Shu xususni xisobga olgan holda ba'zi o'zgartishlar qilishni lozim topamiz.

Asarning ba'zi sahifalarida muallifning tadqiqot ob'ektlariga yondashuvi, taxdili va hatto ayrim o'rinlardagi uslubi ham sobiq sho'ro mafkurasi asosida amalga oshgani seziladi. Jumladan, "feodalizm davri"iborasini ko'p ishlatilishi, hatto, "ulug' oktyabr revolyutsiyasi" kabi jumlalarning kelishi o'z davrining ta'siri deb qaralmog'i to'g'ri bo'ladi. Asardagi asliyat va tarixiy voqe'likni boricha ko'rsatish maqsadida bu jumlalar o'z o'rnida qoldi. Ba'zi o'rinlarda esa muallif ma'lumotlarvda aniqlik yetishmaydi. Chunonchi, faktlar har xilliga ham mavjud. Masalan, bir o'rinda shoir Dilovar haqida to'xtalar ekan uning shoira Uvaysiyning eri bo'lganligaga doir ba'zi rivoyat borligani aytsa, Uvaysiyning o'zi haqidaga fiqrada esa yana shu Dilovar uning o'zi ekanliga haqida zaif ma'lumot mav-judaigini ta'kidlaydi. Yoki, Qoriy haqda ma''lumot beraturib "farzandi tisolgani yo'q" deydi, yana xuddi shu fiqraning o'zida "o'zidan keyin bir qizi tisolgan" deya xabar beradi. Po'latjon domlaning Haziniy hayoti va ijodi ,, haqidagi fakt va mulohazalariga biroz kengroq to'xtalish kerak. Avvalo, ushbu asar mobaynida deyarli salbiy fikr bayon qilingan ijodkorlardan biri udir. Qolaversa, bu shoir ijodiyoti yuzasidan maxsus ilmiy izlanishlar olib borgan bir olim sifatida bu fikrlar kaminaga g'oyat qiziq. Keyingi yillardagi tadqiqot1 bu shoir borasida Po'latjon domla, ikkinchi daftar (80-82- sahifalar) da, keltirgan ma'lumotlarning hammasi ham tug'ri emasligini ko'rsatdi.

Avvalo, muallif Haziniy she'riyatini "diniy hissiyot kuchlilik tisilib tutgan mavqe' tasavvuf girdobiga tortib ketadi" deya ta'kidlaydi. Shoirning "Bo darig'o, na hixmat dinimiz bo'ldi shrib" qabilidagi "faryod"larini "tuturuqsizlik" tarzida baholaydi. Haziniy o'z she'rlarida "Boshqolarning mamlakatning istilo tsilganini', "xaltsning axlotsi buzul"gatish. aytishi Qayyumiy domlaga yoqmaydi. Ustiga-ustak Haziniy to'rani "o'tl bolani pul berib satslab o'yinga solib boshqalarni xushomad tsildirib birga olib yuradi. El orasinda Haziniy to'raning bachchalari degan nom olishga sabab bo'ladi. Bu ishni "shiqi majoziy" deb bo'yaydi" deya ayblaydi. Xuddi Shuningdek, "Duo aylang

yoronlar boadolat shohi odilni, Volostnoy upravitelh qildi bizga mulla Omilni deb Mulla Omil Normuhammad qozi o'rlining pora, rishvatlar bilan Kenagas volostiga mingboshi, ya'ni volostni boshqaruvchi bo'lganiga xursandlik, xushomadgo'ylik tashviqoti yurguzadi. Zolim Nikolayning "adolatli" deb maqtaydi. Podshohni, poraxo'r gubernatorni ham shahar hokimlarini duo qilishadi, boshqalarni ham duo qilishga chaqiradi" qabilidagi ma'lumot ham o'z tasdig'ini topmadi. P. Qayyumiy domla qaysi manbadan yuqoridagi she'rni olgan boshadi-ku, lekin biz Haziniy ijodiy merosi aks etgan ko'plab (yuzdan ortiq) qo'lyozmalarni izlab ham bu satrlar aks etgan yoxud podshohu gubernatoru hokimni maqtagan asarini topa olmadik. Aksincha, ularni tanqid qilgan, zamona yomonliklaridan noligan, xalq mushkuloti va Vatan istiqbolidan qayg'urgan she'rlarigina ma'lum bo'ldi.'

Zaliliy haqida bildirilgan fikrlar va ma'lumotlarda ham ba'zi chalkashliklar mavjud. Ammo, uni muallif o'zining "Tazkirai Qayyumiy" asarida to'ldirib, aniqliklar kiritishga muvaffaq bo'lgan.2 Yoki, yana ikkinchi daftarda Shoir Akmal haqida to'xtanilar ekan "Shoir Maxmur Muhammad Ali bilan birga o'quganligi so'zlanadi. Bu kishining Muhammad Alining hajv qilgani ma'lumdur" degan ma'lumotni keltirilgan. Ammo, uzoq yillar akademik A. Qayumovda saqdangan, hozirda esa Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyidagi (№709) Maxmur she'rlarining yagona qo'lyozma to'plamini o'rganib chiqqanimizda Muhammad Alixonga hajv uchramadi. Aksincha, unga bag'ishlangan besh madh-qasida va tarix bu manbadan o'rin olgan. Bu she'rlarda xonni juda ham yaxshi sifatlar bilan keltirib maqtalgan va ulug'langan. Mazkur qo'lyozma Xon vafotidan ancha keyin S heralixon davridan so'ng tartib berilgandir. Agar Po'latjon domla ta'kidlagan hajv chindan ham bo'lganida balki, bu manbadan o'rin olgan bo'larmidi. Yoki, domla ko'rgan boshqa manbalar ham bormidi? Har holda bunisi bizga qorong'u. Aniq bo'lgani esa manbalarda mavjud faktlardir... Albatta, "Xo'qand tarixi va uning adabiyoti"dagi bu taxlit fikrlar asossiz bo'lib, o'z davri nuqtai nazaridan kelib chiqib bildirilgan, deya baholasak to'g'ri bo'ladi.

To'g'ri, bu asar o'z nomiga muvofiq ravishda Qo'qonning tarixi va unda mavjud bo'lgan adabiyot haqida to'la va mukammal yoritmaydi. Va muallif bunga da'vo ham qilmagan. Ammo unda shu shahar va undagi adabiy muqit bilan bog'liq juda ko'plab fakt va ma'lumot jam etilgan. Shuning uchun, kitobni nashrga tayyorlagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Azizxon Qayumov asar nomi ostiga "Materiallar va xotiralar" degan izoh kiritishni lozim topganlar. Zeroki, Po'latjon domlaning merosxo'ri sifatida ustoz olim bunga xaqlidir. Shundan kelib chiqqan holda ushbu uch daftardan iborat qo'lyozmani chop etishga hozirlashda A.P.Qayumov asa-ni qay yo'sinda hozirgi joriy yozuvga trantsliteratsiya qilgan va ba'zi o'rinlarga juz'iy tahrirlar kiritgan bo'ls -lar shu saqlab qolindi. Xususan, domla birinchi daftarning tadrijiy (xronologik) tartibda emas, aksincha yaqin o'tmishdan uzoq tarixga sari berganlar. Yana, mazkur nashrni taqtsim etar ekanmiz, uning nihoyasida Po'latjon domla va

uning faoliyati haqida zamondoshlarimizga yorqinroq tasavvur berish maqsadida adabiyotshunos Rustamjon Tojiboev maqolasi va adib Erkin Samandar badeasi ham havola qilinmoqda.

Shuni ta'kidlashni istardimki, talabalik davrimda bu asar haqida o'qigan va eshitgan edim hamda uning qanday kitob ekanligiga qiziqishim katta edi. Bir necha yil muqaddam ustoz A.Qayumovning marhamatlari tufayli asarning qo'lyozmasi bilan tanishib chiqishga, hozirda esa uni nashrga taqdim etish baxtiga musharraf bo'lib turibman. Bir so'z bilan aytish mumkinki, Po'latjon domla Qayyumovning ushbu "Xo'qand tarixi va uning adabiyoti" asari bir qancha qimmatli jihatlari va qo'yilayotgan masalalarga o' ziga xos yondashuvi bilan ajralib turadi. Nafaqat soha tadqiqotchilari balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham bu asar munosib tuhfa bo'la olishi shubhasizdir.

Po'latjon domlaning ilmiy-ma'rifiy faoliyati, tazkiranavislik bobidagi bebaho ishlari tadqiq etilgan, shu asosda nomzodlik dissertatsiyasi ham himoya qilingan, bir qator maqola, kuzatish va xulosalar matbuotda yoritilgan. Demoqchimanki, domla o'z vaqtida amalga oshirgan ko'lamli ishlar unutilgan emas, hamisha diqqat markazida bo'lgan. Mustaqillik esa bunday xayrli tadqiqotlarga keng yo'l ochib bergani sabab Po'latjon Qayyumiy fenomeni ham ta'rif-tavsif etilmoqda. Lekin meni domla haqida yozishga undagan narsa boshqa. Qizg'in o'qituvchilik yumushlari aro jiddiy ilmiy-amaliy faoliyatga vaqt topib, noyob kitoblarni tadqiq etish va ularni o'z tilimizga o'girishga ulgurgan bu uzliksiz ish odami haqida hayotda, odamlar orasida qanday bo'lganlar? Agar domlaning alg'ov-dalrov, o'ta beqaror va qaltis zamonda umr kechirganlari inobatga olinsa, bu savolning kelib chiqish sabablari yanada aniqroq bo'lib qoladi. Oddiy tirikchilik, ro'zg'or tebratish qiyinchiliklari, avval xonlik, so'ngra esa sho'ro to'fonlari bois yuzaga kelgan diqqinafas hayot, bot -bot oyoq ostidagi yer o'ynab, siyosiy-ijtimoiy portlashlar ko'pib turgan bir sharoitda unut bo'lgan nodir kitoblarni topib, changini artib, uyqusiz kechalarda tinmay mutolaa etish va o'zbekchaga o'girishning o'zi bo'lar-kanmi! Buning uchun metin irodaning o'zi kifoya etmaydi, albatta. Shu o'rinda mening xayolimga uch narsa (xislat) keladi.

ILM, JASORAT, FIDOIYLIK. Shu uchovi jam bo'lgandagina hayotda (ilmda ham) mo'jizalar yaratadi odamzod. Shularni o'ylarkanman, domlaning aziz farzandi Aziz Qayumov bilan uchrashish, suhbatlashish, ota haqida farzandning o'z tilidan eshitish istagi tug'ildi va u yaxshi bir sharoitda, ya'niki, Azizxon aka o'z tanlangan asarlarining sakkizinchi jildini tamomlab, nafas rostlayotgan bir paytda amalga oshdi.

References:

1. Ismoilov T. I. SOCIAL AND LEGAL SOLUTIONS OF INSURANCE MANDATORY RECOMMENDATIONS //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. - Т. 1. - №. 3. - С. 152-154.

2. Нурматова M. Шахе камолотида ахлокий ва эстетик кадриятлар yЙFyнлиги //Т.: Университет.-2009. - 2009.

3. Аллаярова С. Н., Сайитова У. К МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМ: МАЗМУНИ, ИМКОНИЯТЛАРИ ВА КАМЧИЛИКЛАРИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

4. Ботирова П. Х. Using modular object-oriented dynamic learning environment (Moodle) in NEPI //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 796798.

5. Анваров, A. А., Ботирова, П. Х., Катаева, М. М., & Кариева, М. А. (2015). Role of the MATCHES project in NamEPI. Молодой ученый, (8), 874876.

6. Кодирова Ш. С., Явминова Н. М. АНАЛИЗ ЯЗЫКОВОЙ РЕАЛИЗАЦИИ ФРЕЙМА" ЦЕЛЕНАПРАВЛЕННОЕ ЗРИТЕЛЬНОЕ ВОСПРИЯТИЕ" В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ //Теория и практика современной науки. - 2017. -№. 5. - С. 374-377.

7. Явминова Н. М. Обеспечения безопасности электронной коммерции в Республике Узбекистан //Техника. Технологии. Инженерия. - 2016. - №. 1.

- С. 17-20.

8. Азимова Д. М. МОДЕЛИ СООТНОСИТЕЛЬНЫХ РЯДОВ ЛЕКСЕМОЙ ПРИЛАГАТЕЛЬНОГО В КАЧЕСТВЕ ПОСТОЯННОГО ЧЛЕНА //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2017. - №. 4-2.

- С. 38-40.

9. Азимова Д. М. НЕКОТОРЫЕ МОДЕЛИ СЕМАНТИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ СЛОВ НА УРОВНЕ ДРУГИХ ЧАСТЕЙ РЕЧИ //Вестник Науки и Творчества. - 2017. - №. 4 (16). - С. 5-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.