Научная статья на тему 'SHOH BAHROM: TARIXIY SHAXS VA BADIIY OBRAZ'

SHOH BAHROM: TARIXIY SHAXS VA BADIIY OBRAZ Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

450
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy asar / birlamchi manba / tarixiy shaxs / badiiy obraz / ogohlik / hushyorlik / halokat / tarixiy haqiqat. / историческое произведение / первоисточник / историческое лицо / художественный образ / осознание / зоркость / разрушение / историческая правда.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muqaddas Muhammadrahimovna Saidakbarova, Ramziya Abdurahimovna Jo‘Rayeva

Maqolada ulug„ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o„z zamonasining yetuk tarixiy tafakkuriga ega tarixnavisi ekanligi, ulug„ mutafakkirning barcha, xususan tarixiy asarlari o„z davri uchun noyob tarixiy manba bo„libgina qolmasdan, muallifning adabiy-estetik salohiyati, ma‟naviy-axloqiy qarashlarining ham yorqin ifoda mahsuli ekanligi, asarlaridagi boy faktik materiallar, yuzlab o„tmish hukmdorlari hayoti va faoliyatiga oid ma‟lumotlar o„rta asrlar ijtimoiy-siyosiy voqeligining asosiy xususiyatlarini yoritishda birlamchi va ishonchli manba bo„la olishligi, shu bilan birga, mazkur asarlarda shoirning poetik ifoda qudrati, falsafiyestetik qarashlari, axloqiy-ta‟limiy o„gitlari ham keng qamrovli aks etganligi Shoh Bahrom obrazining tarixiy asoslari va badiiy talqini misolida ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье показано что, великий поэт и мыслитель Алишер Навои историк со зрелым историческим мышлением своего времени, все произведения великого мыслителя, особенно исторические труды, являются не только уникальным для своего времени историческим источником, но и ярким выражение литературно-эстетического потенциала автора, духовно-этических воззрений, богатых в его произведениях фактическим материалом, сведения о жизни и деятельности сотен правителей прошлого могут быть первостепенным и достоверным источником для выяснения основных черт социальной и политической действительности Средневековья, в то же время поэтической силой поэтического выражения, философско-эстетической взгляды, нравственновоспитательные учения всесторонне отражены в этих произведениях Шох Раскрываются исторические основы и художественная интерпретация образа Бахрама.

Текст научной работы на тему «SHOH BAHROM: TARIXIY SHAXS VA BADIIY OBRAZ»

SHOH BAHROM: TARIXIY SHAXS VA BADIIY OBRAZ

Muqaddas Muhammadrahimovna Saidakbarova

Qo'qon davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD) mukaddassaidakbarova@gmail. com

Ramziya Abdurahimovna Jo'rayeva

Qo'qon davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD) ramziyaxon89@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o'z zamonasining yetuk tarixiy tafakkuriga ega tarixnavisi ekanligi, ulug' mutafakkirning barcha, xususan tarixiy asarlari o'z davri uchun noyob tarixiy manba bo'libgina qolmasdan, muallifning adabiy-estetik salohiyati, ma'naviy-axloqiy qarashlarining ham yorqin ifoda mahsuli ekanligi, asarlaridagi boy faktik materiallar, yuzlab o'tmish hukmdorlari hayoti va faoliyatiga oid ma'lumotlar o'rta asrlar ijtimoiy-siyosiy voqeligining asosiy xususiyatlarini yoritishda birlamchi va ishonchli manba bo'la olishligi, shu bilan birga, mazkur asarlarda shoirning poetik ifoda qudrati, falsafiy-estetik qarashlari, axloqiy-ta'limiy o'gitlari ham keng qamrovli aks etganligi Shoh Bahrom obrazining tarixiy asoslari va badiiy talqini misolida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: tarixiy asar, birlamchi manba, tarixiy shaxs, badiiy obraz, ogohlik, hushyorlik, halokat, tarixiy haqiqat.

АННОТАЦИЯ

В статье показано что, великий поэт и мыслитель Алишер Навои историк со зрелым историческим мышлением своего времени, все произведения великого мыслителя, особенно исторические труды, являются не только уникальным для своего времени историческим источником, но и ярким выражение литературно-эстетического потенциала автора, духовно-этических воззрений, богатых в его произведениях фактическим материалом, сведения о жизни и деятельности сотен правителей прошлого могут быть первостепенным и достоверным источником для выяснения основных черт социальной и политической

8-fevral

168

действительности Средневековья, в то же время поэтической силой поэтического выражения, философско-эстетической взгляды, нравственно-воспитательные учения всесторонне отражены в этих произведениях Шох Раскрываются исторические основы и художественная интерпретация образа Бахрама.

Ключевые слова: историческое произведение, первоисточник, историческое лицо, художественный образ, осознание, зоркость, разрушение, историческая правда.

ABSTRACT

The article shows that the great poet and thinker Alisher Navoi is a historian with a mature historical thinking of his time, that all of the great thinker's works, especially historical works, are not only a unique historical source for his time, but also a vivid expression of the author's literary-aesthetic potential, spiritual-ethical views. rich factual material in his works, the information about the life and activities of hundreds of past rulers can be a primary and reliable source for elucidating the main features of the social and political reality of the Middle Ages, at the same time, the poet's power of poetic expression, philosophical-aesthetic views, and moral-educational teachings are comprehensively reflected in these works. Shokh The historical foundations and artistic interpretation of the image of Bahram are revealed.

Keywords: historical work, primary source, historical person, artistic image, awareness, vigilance, destruction, historical fact.

Ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o'z zamonasining yetuk tarixiy tafakkuriga ega tarixnavisi ham edi. Ulug' mutafakkirning barcha, xususan tarixiy asarlari o'z davri uchun noyob tarixiy manba bo'libgina qolmasdan, muallifning adabiy-estetik salohiyati, ma'naviy-axloqiy qarashlarining ham yorqin ifodasidir. Asarlaridagi boy faktik materiallar, yuzlab o'tmish hukmdorlari hayoti va faoliyatiga oid ma'lumotlar o'rta asrlar ijtimoiy-siyosiy voqeligining asosiy xususiyatlarini yoritishda birlamchi va ishonchli manba bo'la oladi. Shu bilan birga, mazkur asarlarda shoirning poetik ifoda qudrati, falsafiy-estetik qarashlari, axloqiy-ta'limiy o'gitlari ham keng qamrovli aks etgan.

Alisher Navoiy ijodiy faoliyatiga xos muhim ulug'vor xususiyatlardan biri shuki, so'z san'atkori qanday asarni yaratishni oldiga maqsad, so'z muddaosi qilib qo'ymasin, u epik doston bo'ladimi, ilmiy-filologik asar bo'ladimi o'z davri tarixnavisligiga xos bo'lgan

8-fevral

169

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

ma'lumotlarga tayanadi, ulardan misollar keltiradi, sharhlaydi, o'zining ijodiy maqsadini belgilaydi va g'oyaviy-falsafiy, jiddiy ijtimoiy qarashlarini asoslashga harakat qiladi.

"Xamsa" asarini yozishga kirishganida ham muallif bu ulug' ijodiy ishga bel bog'lashdan avval "eski daftarlarni ko'p titganligi", ya'ni o'z davri tarixiy manbalari bilan imkon darajasida yaqindan tanishib chiqqanligi haqida muhim ma'lumot beradi.

Ilmiy filologik asari bo'lmish "Muhokamat ul-lug'atayn"da ham turkiy tilning nufuz va mavqeini ilmiy tarzda asoslar ekan, tarixiy-mifologik ma'lumotlar asosida oldiga qo'ygan maqsadini sharhlashga harakat qiladi. Chunonchi, Nuh payg'ambarning uch o'g'li - Yofas, Som va Homlar haqida gapirar ekan, Yofasni Abut-turk nomi bilan mashhur bo'lganligini, turkiy xalqlarning paydo bo'lish tarixi ayni ana shu zot nomi bilan bog'liqligini ta'kidlaydi: "Va Yofas o'g'loniki, Abut-turkdur, tarix ahli ittifoqi birla debturlarki, nubuvvat toji bila sarafroz va risolat mansabi bila qardoshlaridin mumtoz bo'ldi..." [5.515].

Alisher Navoiy "Tarixi muluki Ajam" asarida o'zigacha bo'lgan tarixnavislarning asarlariga tanqidiy munosabatda bo'lishga, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatini ijtimoiy voqelikka yaqinlashtirishga, ularning xatti-harakatlari, tarixda qoldirgan xizmatlari, yaxshi nomlarini tasavvur doirasiga sig'adigan darajada tasvirlashga harakat qildi. Ayniqsa, badiiy talqin hamda hayotiy mantiq mezonlari shoirga mifologik, afsonaviy, tarixiy shaxslar hayotiga oid ma'lumotlarni ijtimoiy voqelikka yaqinlashtirishga undagani tabiiy holdir. Muallif tarixiy haqiqat va voqelikka juda yaqinlashishga muvaffaq bo'ladi. Masalan, Bahrom haqidagi voqealar Eron podshohlari tarixiga borib bog'lanadi. Uning nomi bilan bog'liq dostonlarga ilk bor Eron podshosi Bahrom binni Yazdijurdning hayoti va shaxsiyati haqidagi tarixiy va afsonaviy ma'lumotlar asos bo'lgan. Bu haqda birinchi bo'lib Abulqosim Firdavsiy (X-XI asrlar) "Shohnoma"da, so'ngra Nizomiy Ganjaviy o'zining "Haft paykar"ida hikoya qilgan. Uning mardligi, dovyurakligi, shijoati, yovvoyi eshak (go'r) oviga berilgani, o'z mahbubasiga (Shoh Bahromning sevgilisi turli dostonlarda turlicha nomlangan.) goh o'ta yumshoq, ba'zan qattiqqo'llik bilan muomalada bo'lgani, aysh-ishratni yaxshi ko'rganligi shu xildagi barcha dostonlarga mavzu bo'lgan.

Lekin har bir so'z san'atkori an'anaviy syujetga ijodiy munosabatda bo'lishga intilgan, unga o'zidan ma'lum yangilik qo'shishga harakat qilgan. Alisher Navoiyning o'zi ham Bahrom haqida "Sab'ai sayyor" dostonini yozar ekan, Bahrom haqidagi mavjud barcha tarix kitoblarini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-168-173

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

imkon doirasida o'qib chiqqan, yangi ma'lumotlar izlagan. Bu

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-168-173 o'rganish masalalari

haqda u murojaat san'atidan unumli foydalanib o'ziga o„zi murojaat qilib:

Sen bu ishningpayiga chun bording,

Eski daftar base ko 'p axtarding -deydi. [6.623]

Bu esa shoirning an'anaviy syujetning, tarixiy ma'lumotlarning ahvolidan jiddiy tarzda qoniqmaganligini ko'rsatadi. Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida ham bu bahs, masala xususida gap borganida yumshoqlik bilan:

Bir deganni ikki demak xush emas,

So 'z chu takror topti, dilkash emas, - [7]

deya alohida ta'kidlab aytgan edi.

Alisher Navoiy o„zi guvoh bo'lgan voqea-hodisalar haqida so„z yuritayotganida ham tarixiy ma'lumotlarga tayanadi. Masalan, Sulton Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallab olgan qarindoshi Yodgor Mirzoni g'aflatda qoldirib, undan hokimiyatni qaytarib olganligi haqida gapirar ekan, bu voqeani afsonaviy-tarixiy shaxs - Bahromning boshdan kechirgan voqea-hodisalari bilan taqqoslaydi: "Bahrom Ozarboyjondin Gurjiston bila Dashti Qifchoqdin chiqib, Xorazm bosturib, Jurjon navohisida xoqong'a shabixun urib, oz kishi bila uch yuz ming cherikin buzib (yengib), xoqonni o„z qo'li bila o'lturdi. Va bu bir ish erdikim, ondin burun hech podshoh qilmaydur erdi... Magarkim, Abulg'ozi Sulton Husayn...ga muyassar bo'ldikim, bu nav' ish qildi" [8.122-126]. Shundan so'ng Sulton Husayn Boyqaroning Yodgor Mirzo ustidan erishgan g'alabasi qaysi jihatlari bilan afsonaviy-tarixiy shaxs - shoh Bahromning xatti-harakatlari bilan o'xshashligini batafsil sharhlab o'tadi.

Shu bilan birga, "Sab'ai sayyor" dostoni xotimasida Bahrom tilidan Husayn Boyqaro fe'l-atvoridagi kamchilik va nuqsonlar ham tilga olinadi, turli halokat va inqirozlarning oldini olish haqida nasihatlar qilinadi, ogohlik va hushyorlikka da'vat etiladi.

"Tarixi muluki Ajam"da keltirilgan Bahrom haqidagi ma'lumotlar, uning fe'l-atvori, yashash tarziga oid xususiyatlar shoir she'riyatida ham talmeh san'ati vositasida keng foydalanilgan. Natijada bu tarixiy shaxs lirik obrazga aylanib, shoirning falsafiy umumlashmalarini ta'sirchan badiiy ifodalashda qo„l kelgan:

Go 'r uchun otmoq nedur har lahza bahromiy kamand,

Chun seni Bahromdek aylar ajal go 'ri shikor. [4.193]

Alisher Navoiyning o„z davri tarixnavisligi ma'lumotlaridan badiiy maqsadlarda mohirona foydalana olishi yuqoridagi misoldan ko'rinib turibdi. Uning bemisl iqtidori va faylasufona o'tkir nigohi shu qadar kenglik kasb etadiki, unda inson xatti-harakati va hayot

8-fevral

171

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-168-173 o'rganish masalalari

mohiyati, koinot va uning bir zarrasi bo'lgan hazrati inson taqdiri uyg'unlikda namoyon bo'ladi. Birinchi, go'r - qulonni ovlamoq uchun kamand - sirtmoq tashlashdan ne foyda, agar bizni ham ajal shikor qilmoq uchun kamand - go'rni tayyorlab qo'ygan bo'lsa? Ikkinchi, kengroq ma'noda "go'r" dunyoviy lazzatlar va hoyu havaslar, biz ularga erishish uchun o'zimizni bahromona his qilib, xuddi Bahrom qulon oviga ruju qo'yganidek, uning ortidan intilamiz. Ammo Bahrom singari ajal - go'r seni - o'ljasini ov qilishni kutib turibdi-ku!

Alisher Navoiyning o'ziga xos ijodiy uslubi, poetik mahorati, obraz yarat ish usullari, g'oyaviy-estetik maslagi singari qator masalalarni ilmiy-nazariy tahlil etishda uning tarixga oid kitoblari g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning har bir voqea-hodisadan, tarixiy shaxslar faoliyatidan ibratli jihatlarni izlashi ushbu asarning tarbiyaviy-ma'rifiy ahamiyatini kuchaytirgan. O'z navbatida ushbu nazmiy namunalar tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumot va hikoyalarning ta'sirchanligini oshirgan.

Alisher Navoiy ijtimoiy adolat g'oyasini o'zining lirik she'rlarida, epik dostonlarida ham izchil ifodalagan. Masalan, "Farhod va Shirin" dostonidagi Bahrom obrazini esga olaylik. U Farhodni izlab kelib, Sheruya xarob qilgan Armaniston va Eronni obod qiladi, ijtimoiy adolat o'rnatadi. Ijod jarayoni va umr yo'li yakranglik kasb etgan shoirning o'zi ham hayotda adolatning tolmas kurashchisi, ezgu amallarning homiysi va tarafdori bo'lganligi ma'lum. Zero, muallifning hayotdagi shiori uning quyidagi so'zlaridan ham ma'lumdir: "Ilgimdin (qo'limdan) kelgancha zulm tig'in ushotib, mazlum jarohatig'a intiqom marhamin qo'ydim. Va ilgimdin kelmaganni ul hazrat (Husayn Boyqaro) arzig'a yetkardim..." [3.648].

"Sab'ai sayyor" dostoni bosh qahramoni Bahrom obraziga yana bir bor e'tiborimizni qaratamiz. Garchi bu obraz afsonaviy-mifologik xususiyatlari bilan Sharq xalqlari og'zaki ijodida keng tarqalgan bo'lsa-da, Alisher Navoiy uni tarixiy siymo sifatida ettirof etadi. "Xamsa" muallifi ushbu obrazdan ham o'zining axloqiy-didaktik, ma'rifiy-tarbiyaviy maqsadlarida foydalanadi. Bahrom qanchalar adolatli, shijoatli bo'lsa-da, uning katta nuqson va qusurlari ham bor. O'ta maishatparastligi tufayli mamlakat boshqaruvini izdan chiqaradi. Uzoqni ko'ra bilmasligi natijasida birmuncha vaqt sevikli yori Diloromdan ham judo bo'ladi. Boshiga tushgan kulfat va falokatlardan tegishli xulosa chiqara olmaganligi tufayli umri dahshatli yakun topadi. Uni ona yer yutadi. "Sab'ai sayyor"da ham, "Tarixi muluki Ajam"da ham o'quvchi diqqatini tortadigan quyidagi qarash mavjud: Bahrom Sulton Husayn Boyqaro bilan taqqoslanadi, ularning o'xshash jihatlariga urg'u beriladi. Dostonda Navoiy Bahrom tilidan Husayn

8-fevral

172

Boyqaroga murojaat qilib, aysh-ishrat, maishatparastlik xayrli oqibatga olib bormasligini ta'kidlaydi.

Alisher Navoiyning ana shunday xulosalari, tarixdan chiqargan saboqlari o„z davri uchun ham ta'sirchan tarbiyaviy-ma'rifiy rol o'ynagani kabi, bizning zamonamiz uchun ham g'oyat ahamiyatli hamda dolzarbdir. Chunki ulug„ shoir va mutafakkir ko„p marta guvoh bo'lganidek, temuriylar orasida ham jahongirlik orzusida yurgan, olamni o„z mulki deb faraz qilgan hukmdorlar ko„p edi. Xulosa shuki, Alisher Navoiy lirik, epik, ilmiy-filologik asarlaridagina emas, tarixga oid ijodiy merosida ham bunday holat va hodisalarga o„z munosabatini yorqin va qat'iy ifodalay bilgan. O'tmishdan saboq olish va xulosa chiqara bilish, hamisha ogoh va hushyor yashashga da'vat ulug„ mutafakir shoir va davlat arbobi asarlarining olamshumulligi va zamonaviyligini ta'minlagan.

REFERENCES

1. Muqaddas, Saidakbarova. "INTERPRETATION OF ENLIGHTENMENT AND SPIRITUALITY." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 405-409.

2. SAIDAKBAROVA, M. "Historical facts and poetic inventions in Alisher Navoiy's creative work." Scientific journal of the Fergana State University 1.4 (2018): 106108.

3. Алишер Навоий. Вакфия. Тула асарлар туплами. Ун жилдлик. 9-жилд. -Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011

4. Алишер Навоий. Гаройиб ус-сигар. Тула асарлар туплами. Ун жилдлик. 1-жилд. -Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011.

5. Алишер Навоий. Мухокамат ул-лугатайн. Тула асарлар туплами. Ун жилдлик. 10-жилд. -Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011.

6. Алишер Навоий. Сабъайи сайёр. Тула асарлар туплами. Ун жилдлик. 7-жилд. - Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2011

7. Алишер Навоий. Фарход ва Ширин. Тула асарлар туплами. Ун жилдлик. 6-жилд. -Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2013.

8. Саидакбарова, Мукаддас. ""TARIXI MULUKI AJAM"(" ИСТОРИЯ ИРАНСКИХ ЦАРЕЙ") КАК НАУЧНО-ХУДОЖЕСТВЕННЫЙ ИСТОЧНИК." Theoretical & Applied Science 12 (2018): 122-126.

8-fevral

173

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.