Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI ETNIK NOMLARNING LISONIYBADIIY AHAMIYATI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI ETNIK NOMLARNING LISONIYBADIIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

466
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urug / qabila / elat / millat / ulus / shajara / etnik madaniyat / arlot / sulduz / mangit / jaloyir. / род / племя / нация / улус / семья / этническая культура / арлот / сулдуз / мангит / джалоир.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sirdaryoxon O‘Tanova

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan bir qator urug‗ nomlari haqida bahs yuritilgan. Jumladan, arlot, mang‗it, jaloyir urug‗larining adabiylisoniy xususiyatlariga to‗xtab o‗tilgan. Shoir asarlarida qo‗llanilgan mazkur istilohlar o‗zbek xalqining etniy-madaniy tarixi nechog‗li boy ekanligini ko‗rsatuvchi manba ekanligi dalillangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI ETNIK NOMLARNING LISONIYBADIIY AHAMIYATI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-152-157

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY ASARLARIDAGI ETNIK NOMLARNING LISONIY-

BADIIY AHAMIYATI

Sirdaryoxon O'tanova

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan bir qator urug' nomlari haqida bahs yuritilgan. Jumladan, arlot, mang'it, jaloyir urug'larining adabiy-lisoniy xususiyatlariga to'xtab o'tilgan. Shoir asarlarida qo'llanilgan mazkur istilohlar o'zbek xalqining etniy-madaniy tarixi nechog'li boy ekanligini ko'rsatuvchi manba ekanligi dalillangan.

Kalit so'zlar: urug', qabila, elat, millat, ulus, shajara, etnik madaniyat, arlot, sulduz, mang'it, jaloyir.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается ряд родовых имён, встречающихся в произведениях Алишера Навои. В частности, обсуждаются литературно-языковые особенности родов арлот, мангит и джалоир. Доказано, что эти термины, используемые в творчестве поэта, являются источником, показывающим, насколько богата этнокультурная история узбекского народа.

Ключевые слова: род, племя, нация, улус, семья, этническая культура, арлот, сулдуз, мангит, джалоир.

ABSTRACT

This article discusses a number of generic names found in the works of Alisher Navoi. In particular, the literary and linguistic features of the Arlot, Mangit and Jaloir clans are discussed. It is proved that these terms used in the poet's work are a source showing how rich the ethno-cultural history of the Uzbek people is.

Keywords: clan, tribe, nation, ulus, family, ethnic culture, arlot, sulduz, mangit, jaloir.

Turkiy xalqlar tarixida Alisher Navoiy yirik san'atkor sifatida mavqe qozongan. Uning ijodiy merosi nihoyatda keng ko'lamli ekanligidan hamma vaqt turli yo'nalishda ilmiy

8-fevral

152

izlanishlar olib boriladi. Bugungi kungacha adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, etika-estetika, etnografiya, falsafa, din, madaniyat, axloq, pedagogik nuqtai nazardan ko'plab ilmiy yangiliklarga erishilgan.

Olib borilgan ilmiy kuzatishlar ulug' mutafakkirning to'rt devondan iborat "Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti hajman ulkan bo'lishi bilan birga mazmunan salmoqdor asarlarni jamlaganini tasdiq etadi. Jumladan, devonlarda ayrim millat, elat va urug' nomlariga tez-tez duch kelinadi. To'g'ri, ular bugungi kungacha fanda tilshunoslik aspektida qator olimlar tomonidan maqola, dissertasion ish shaklida tadqiq etilgan. Biz o'z izlanishlarimizga asoslanib, mazkur ishlarning yutuqlarini qamrab olgan holda adabiyotshunoslik mezonida uyg'unlikda qiyoslashlar olib bordik. Natijada, Alisher Navoiy devonlarida mavjud armani, mo'g'ul, tojik, turk, charkas, qiyot, o'zbak, qo'ng'irot, hindu, arlot, barlos, tarxon, sulduz va boshqa yuzlab millat, urug' va qabila nomlari lirik asarlar tarkibida xilma-xil ma'noviy vazifalarni bajargani ma'lum bo'ldi.

Arlot 92 o'zbek urug'laridan biri bo'lib, Abulg'ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk» asarida yozilishicha, A.ning ma'nosi: «Aning ma'nosi otaning sevar o'g'li temak bo'lur. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi ko'p sevar erdi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nasli tururlar» (40-6.). Manbalarga ko'ra, Chingizxon tomonidan Chig'atoy ulusini harbiy himoyasi uchun ajratilgan 4 ming kishilik qo'shin boshliqlaridan biri ham A. urug'idan (qolgani jaloyir, barlos, qavchin) bo'lgan. Arlotlar Amudaryodan janubda, Shim. Afg'oniston hududiga o'rnashganlar. Keyingi asrlarda hoz. O'zbekistonning jan. viloyatlari, shuningdek, Xorazmga ko'chib o'tganlar. Bu nom hoz. vaqtda etnonim va ba'zan toponim sifatida Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ko'proq uchraydi.

Navoiyning lirik va epik asarlarida qator o'rinlarda arlot etnik urug' nomini tashigan. Jumladan, shoir devonlarida mahbubaning sho'x-shaddodligi, o'xshashi yo'q dilbarligini A., barlos, tarxon, sulduz urug'larini tilga olish bilan yanada yorqinroq, ta'sirchanroq tasvirlashga erishgan. Bunda arlot yoki boshqa nomlar mazkur urug' vakillariga xos xislat va fazilatlarni alohida ta'kidlashga xizmat qilgan bo'lsa, boshqa tomondan, Chig'atoy ulusiga rahbarlik uchun yuborilgan to'rt qo'shin boshliqlarining misralarda ketma-ket qalamga olinishi yuqorida aytib o'tilgan tarixiy ma'lumotni tasdiqlaydi.

Kim ko'ngul sayd etsa, lo 'liy bo 'Isakim tut mug 'tanim,

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-152-157

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Aytman arlot yo barlosdin mirzoda top. [4:68.] Navoiy sevdi bir lo 'liyni kezdik rub 'i maskunda,

8-fevral

Agar arlot, agar barlos, agar tarxon, agar sulduz. [4:203]

Sanamlar husnidin maqsudyor o'lmish Navoiyg 'a,

Agar barlos, agar tarxon, agar arlot, agar sulduz. [5:212]

Yoki mana bu misralarda yana bir boshqa manzara diqqatni tortadi:

Ey Navoiy, meni zor ayladi bir lo 'livash

Kim, ham arlot unut bo 'ldi manga, ham bilgut. [6:70]

Baytlar mazmunidan anglanishiga ko'ra, garchi lirik qahramon ishqi tushgan lo'livash - sho'x ma'shuqaning qaysi urug'dan bo'lishi unchalik e'tiborga molik emasdek ko'rinsa-da, arlot va boshqa urug' nomlarining qayta-qayta eslanishi bu qavmlarga mansub yigit va qizlarning g'oyatda latofatli, diltortar, jasur bo'lganliklarini ko'rsatib turibdi. "Vaqfiya" asaridan olingan quyidagi parcha ham fikrimizni quvvatlaydi: "... Chun zamonning azimushshon sodot va fuzalosi va davronning karimulxulq quzot va ulamosi va temuriynajod shahzodalar va «barlosiy» nihod ozodalar va «arlotiy» ismlik sadrnishinlar va «tarxoniy» rasmlik ayshguzinlar va «qiyot» nasablik mutaayyinlar va «qo'ng'irot» hasablik mutamakkinlar va «uyg'uriy» sifot baxshilar va «uyg'ur»chargalik yaxshilar va «cho'li»lik biyobonida jonsiporli qilg'on jondorlar va boyrilik ayyomida xizmatkorlik qilg'on jonsiporlar va «jaloyir» g'avg'osi va «qavchin» alolasi mavjud erdi va har mavjudqa bir maqsud va podshohona inoyat va har qaysig'a bir munosib mansab bilan sarbaland va xusravona tarbiyat, har birisini muvofiq amal shug'lig'a payvand qildilar" Navoiyning yozishicha, Sulton Husayn Boyqaro taxtga chiqqach, turli mansab va lavozimga tayinlovlar amalga oshirgan, "azimushshon fuzalo, qozi, olim, shahzoda va turli kiborlar orasida "Arlotiy" ismlik, ya'ni arlot urug'iga mansub sadrnishinlar - sardor yoki boshliqlar ham borligini alohida qayd qiladi.

Shuningdek, Navoiy o'zining "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida Hoji Shayx a. r.ga bag'ishlangan fiqrada uning Yusuf atoning o'g'li ekanini, o'z ishida otasidan ham ziyoda mohir bo'lgani, zamonasining ulug' insonlari o'zlarini Hoji Shayxga muridu hamda suhbatdosh sanashlarini, shu bilan birga, Arlot ulusi va Tarxon elining ulug'u kichigi unga chin ixlos bilan iqtido qilishlari haqida xabar beradi[3:439.]. Manbalardan ayon bo'lishicha, temuriylar davlati paydo bo'lish arafasida qarluq, chig'il, o'g'uz, yog'mo, qipchoq, barlos, qovchin, arlot, jaloyir kabi turkiy qabilalar mavqei oshib borgan.

Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida mang'itlarning o'zbeklar bilan birgalikda Doro lashkarlari tarkibida Iskandarga

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-152-157

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

qarshi janglarda ishtirok qilganligini, ramziy ma'noda, o'z davri

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-152-157 o'rganish masalalari

tarixi nuqtai nazaridan juda to'g'ri badiiy ifodalab bergan:

Yana mang 'it o 'zbak bila yondoshib, Iki zulfdek tuzlari chirmashib [7:157].

Darhaqiqat, XIII a. boshlarida Chingizxon qo'shinlari tarkibida Dashti qipchoqqa kelib qolgan mang'itlar XIII-XIV a.da Volga va Ural daryolari oralig'ida yashab, o'z qabilaviy butunliklarini saqlab qolganlar, lekin o'zlarining mo'g'ul tilini saqlab qola olmay, Qipchoqlar ta'sirida turkiylashib ketganlar[12:45.]. Mang'it qabilasi uch aymoqdan iboratdir: Oq mang'it, Qora mang'it, To'q mang'it. Shuningdek, Och mang'it, Chala mang'it, Boygundi mang'it urug'lari ham mavjud. Ular o'zbek, qoraqalpoq, no'g'ay, qirg'iz va boshqa turkiy xalqlarda qabila, urug' nomi sifatida uchraydi. Bulardan tashqari, Temirxo'ja, Isoboy, Gaulak, Ko'sa, Toz, Qorabayir, Baqirchi, Kula, Tamg'ali, Mang'it Qozoq, O'n ikki cho'qay, Gala botir, Beshkal, Chobakchak, Uz, Uvolay va b. mang'itlar Buxoro xonliginining siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Mang'itlar 1428-y.da o'zbek xonligi tarkibiga kirib, o'zbek xalqi tarixida muhim o'rin egallagan[13:220.].

Barlos (barulas, ballos)lar ham o'zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-a. 2-yarmida Ila(Ili) daryosi bo'ylaridan Qashqadaryo vohasiga ko'chib kelgan[9:346]. 14—15-a.larda shu voha aholisining siyosiy, iqgisodiy va madaniy hayotida muhim rol o'ynagan. Amir Temur barlos qabilasidan bo'lib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi temuriylar va boburiylar davrida Afg'oniston va Hindiston hududiga ko'chib o'tgan. Barloslar turkiy tilning qorluq-chigil lahjasida so'zlashgan[11:88].

Navoiy asarlarida, xususan, devonida barlos nomiga bir necha o'rinlarda duch kelinadi. G'azallarda, ko'pincha, barlos termini Tarxon urug'i bilan birga qo'llanganini ko'rish mumkin:

Ey Navoiy, naylay el tarxon bila barlosini

Kim, berur ko 'nglumga holo molish ul sho 'xi malash. [1:262]

Solmoq o 't barlosu tarxon orazi ne sudkim,

Bizni kuygan chehra birla bir yasoqi kuydurur. [6:144]

Ey Navoiy, piri soqiyvashqa andoq men xarob

Kim, unutmishmen jahon tarxon ila barlosidin. [6:466]

Shuningdek, ijodkor aksar o'rinlarda muayyan urug' nomi bilan bog'liq biror kechinmani badiiy so'zda manzaralashtirar ekan, ma'shuqa tilga olinayotgan urug' nomiga Lo'li, Lo'livash qarshi qo'yiladi. Bu esa Navoiy asarlarida tilga olingan urug' vakillari jang-u jadalda ham, aql-u husnda ham tengsiz bo'lib, doim kishilarni hayratga solib kelgani

8-fevral

155

ma'lum bo'ladi.

Navoiy sevdi bir lo 'liyni kezdeg rub 'i maskunda,

Agar arlot, agar barlos, agar tarxon, agar sulduz [4:203].

Alisher Navoiy "Vaqfiya" asarida "Barlosiynihod ozodalar" tarzida ibora qo'llar ekan, Husayn Boyqaroga tobe' bo'lgan bekzoda va amaldorlar safida barlos amirlari ham bo'lganini maxsus qayd etib o'tgan.

Bilgutlar ham turkiy (chig'atoy) urug'lardan birining nomi. Zero, Navoiy "Chor devon"ida o'zbek xalqining 50 dan ortiq urug' nomlari tilga olingan bo'lib, o'sha davrdagi o'zbek urug'larining ijtimoiy holati, siyosiy mavqei haqida ham batafsil ma'lumotlar yozilgan: Jumladan, bilgut atamasi shoirning "Navodir ush-shabob", "Favoyid ul-kibar" devonlarida uchraydi.

Ey Navoiy, meni zor ayladi bir lo 'livash

Kim, arlot unut bo 'ldi manga, ham bilgut [6:72].

Lirik qahramon - oshiqning bir lo'livash mahbubaga bo'lgan ishqi shu qadar kuchliki, unga boshqa barcha-barchani, urug'-qabilalar orasida husn-u jamolda tengsizligi bilan shuhrat qozongan arlot, bilgut qizlarini ham unuttirdi.

Shuningdek, Amir Alisher asarlarida qo'llanilgan jaloyirlar turkiy xalqlardan biri sanalib, Rashiduddinning yozishiga ko'ra, J. 12-a.da Onon va Kerulen daryolari bo'yida yashashgan. Ular 10 bo'lakka (qabilaga) bo'lingan, har bir qabilaning o'z sarkardasi (qabila boshlig'i) bo'lgan. jaloyirning katta bir qismi kidonlar b-n bo'lgan urushda yengilgach, Chingizxon ajdodlariga tobe bo'lgan. Chingizxon hukmronligi davrida, jaloyirdan bir qancha e'tiborli beklar va lashkarboshilar yetishib chiqqan[10:89.]. O'rta Osiyo va Qozog'istonda yashovchi jaloyir keyinchalik o'zbek, qozoq, qoraqalpoq va qirg'iz millatlari tarkibiga kirgan. Abulg'ozixon "Shajarai turk" asarining "Mo'g'ul ellarining zikri" deb ataluvchi qismida 26 nomdagi urug' va qabilalarning eng so'nggi o'laroq jaloyirni sanaydi [8:40.].

"Vaqfiya"da Husayn Boyqaro taxtga o'tirishi munosabati bilan uning xizmatiga kirgan yuksak martabali amir va beklardan bahs yuritadi. Shoir ularning har biriga podshohona inoyat va munosib mansab berilganini ham yozar ekan, jaloyir g'avg'oli kishilarga ham uyg'un amallar berilganini alohida ta'kidlaydi: "Chun zamonning azimushshon sodot va fuzalosi va davronning karimulxulq quzot va ulamosi va temuriynajod shahzodalar va «barlosiy» nihod ozodalar va «arlotiy» ismlik sadrnishinlar va «tarxoniy» rasmlik ayshguzinlar va «qiyot» nasablik mutaayyinlar va «qo'ng'irot» hasablik mutamakkinlar va «uyg'uriy» sifot baxshilar va «uyg'ur»chargalik yaxshilar va

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-152-157

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

«cho'li»lik biyobonida jonsiporli qilg'on jondorlar va boyrilik

8-fevral

ayyomida xizmatkorlik qilg'on jonsiporlar va «jaloyir» g'avg'osi va «qavchin» alolasi mavjud erdi va har mavjudqa bir maqsud va podshohona inoyat va har qaysig'a bir munosib mansab bilan sarbaland va xusravona tarbiyat, har birisini muvofiq amal shug'lig'apayvand qildilar"[2:249.].

Demak, Alisher Navoiy bergan ma'lumotga ko'ra, XV asr Xuroson tarixiy-siyosiy muhiti haqida tasavvurlar boyiydi, shuningdek, bu dalil Husayn Boyqaro o'z saltanatini boshqarishda qator qabilalarning vakillariga tayangani va har qaysiga muvofiq amallar berib, harbiy mahorat egasi bo'lganini tasdiqlaydi. Ko'rinadiki, shoir xalq orasida ko'p bo'lgan, aksar o'zbek urug'larining nomlarini, muayyan elatlarning ijtimoiy mavqei, ko'rinishi, yurish-turishini yaxshi bilgan. Bu esa uning asarlari o'rta asrlardagi turkiy xalqlarning etnografiyasi, madaniyati haqida yorqin tasavvur beruvchi beqiyos adabiy manbaligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. TAT. 10 j-lik. 4-jild. Favoyid ul-kibar. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.

2. Alisher Navoiy. TAT. 10 j-lik. 9-jild. Vaqfiya. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013.

3. Alisher Navoiy. TAT. 10-jild. Nasoyim ul-muhabbat. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

4. Alisher Navoiy. TAT. 2-jild. Navodir ush-shbob. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

5. Alisher Navoiy. TAT. 3-jild. Badoye' ul-vasat. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

6. Alisher Navoiy. TAT. 4-jild. Favoyid ul-kibar. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

7. Alisher Navoiy. TAT. 8-jild. Saddi Iskandariy. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2013.

8. Abulg'oziy B. Shajarayi turk, T.: "Cho'lpon", 1992.

9. Barlos. O'zME. 1-jild. - T., 2002.

10. Jaloyir. O'zME. 2-jild. - T., 2003.

11. Zaki Validiy To'g'on. "O'zbek urug'lari". - T., 1992.

12. Mirza Abd-al-Azim Sami, Tarix-i salatin-i mangitiya, M., 1962

13. Ochil Bo'riyev. Mang'it. O'zME. 5-jild. - T., 2003.

14. Traktat Axmada Danisha, Istoriya mangbtskoy dinastii, per. i

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-152-157

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

predisl. I. A. Nadjafovoy, Dushanbe, 1967.

8-fevral

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.