Научная статья на тему 'QО‘G‘IRCHOQ TEATRIDA ZAMONAVIY QAHRAMON OBRAZINI YARATISH MASALASI (SAMARQAND VILOYAT QО‘G‘IRCHOQ TEATRI MISOLIDA)'

QО‘G‘IRCHOQ TEATRIDA ZAMONAVIY QAHRAMON OBRAZINI YARATISH MASALASI (SAMARQAND VILOYAT QО‘G‘IRCHOQ TEATRI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
56
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq / teatr / zamonaviy qahramon / san’at / integratsiya / transformatsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Akbar Nursaidov

Ushbu maqola tadqiqotchi Akbar Nursaidovning “Samarqand viloyat qо‘g‘irchoq teatrida ijodiy jamoaning hamkorlik masalalari ” mavzusida olib borayotgan magistrlik ilmiy tadqiqot ishining bir qismi bо‘lib, unda bugungi kunda qо‘g‘irchoq teatrlarida qо‘yilayotgan spektakllarda zamonaviy qahramonlarning badiiy qiyofasini kashf etish qanchalik zarur ekanligi masalasi haqida fikr va mulohazalar ilmiy asoslarda keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QО‘G‘IRCHOQ TEATRIDA ZAMONAVIY QAHRAMON OBRAZINI YARATISH MASALASI (SAMARQAND VILOYAT QО‘G‘IRCHOQ TEATRI MISOLIDA)»

QO'G'IRCHOQ TEATRIDA ZAMONAVIY QAHRAMON OBRAZINI YARATISH MASALASI (SAMARQAND VILOYAT QO'G'IRCHOQ TEATRI

MISOLIDA)

Akbar Nursaidov O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqola tadqiqotchi Akbar Nursaidovning "Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatrida ijodiy jamoaning hamkorlik masalalari " mavzusida olib borayotgan magistrlik ilmiy tadqiqot ishining bir qismi bo'lib, unda bugungi kunda qo'g'irchoq teatrlarida qo'yilayotgan spektakllarda zamonaviy qahramonlarning badiiy qiyofasini kashf etish qanchalik zarur ekanligi masalasi haqida fikr va mulohazalar ilmiy asoslarda keltirilgan.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq, teatr, zamonaviy qahramon, san'at, integratsiya, transformatsiya

THE PROBLEM OF CREATING A MODERN HERO IMAGE IN THE PUPPET THEATER (IN THE EXAMPLE OF THE SAMARKAND REGIONAL PUPPET THEATER)

Akbar Nursaidov UzSIAC

Abstract: This article is a part of the master's scientific research work conducted by the researcher Akbar Nursaidov on the topic of "Cooperation issues of the creative team in the Samarkand regional puppet theater", in which the artistic performance of modern heroes in the performances performed in the puppet theaters today Opinions and opinions about the question of how necessary it is to discover the image are presented on scientific grounds.

Keywords: puppet, theater, modern hero, art, integration, transformation

Tabiiyki, har bir zamonning o'z qahramoni bo'ladi. Bu - hurlik va istiqlol uchun kurashgan, o'z xalqini ozodlikka yetaklagan yo'lboshchilar, dushmanni yurtidan haydab chiqargan sarkardalar, ulug' kashfiyotlar qilib, o'z millati nomini dunyoga taratgan olimlar, ezgulik va adolat uchun jonlarini fido qilgan vatandoshlar, zamonaviy hayotimizda kundalik mehnat o'rnida fidoiylik ko'rsatayotgan oddiy odamlar. Xususan, shu kunlarda insoniyatga tahdid solayotgan karonovirus degan kasallik bilan kurashda safarbar bo'lgan yuzlab vrachlar, hamshiralar, tez yordam xodimlari. Har bir davr qahramonlari davrining eng oliy fazilatlari - axloq-odob, aqlu zakovat, halollik va

mardlik, orzu va umidlarni o'zlarida mujassam etganliklari bilan ajralib turganlar. Shuning uchun ham xalq ularni suygan, ularga ergashgan, kelgusi avlodlarga ibrat qilib ko'rsatgan. Ular haqida dostonlar to'qilgan, romanu qissalar yozilgan, sahna asarlari qo'yilgan.

Aytish joizki, so'nggi davrda o'zbek dramaturgiyasi katta evrilishlarni boshidan o'tkazmoqda. Unda zamonaviy qahramon obrazini yaratish yo'lida o'ziga xos jarayon kechmoqda va jarayonning natijasi o'laroq, teatr sahnalarida hayotning qarama-qarshiliklari oldida chekinmagan, o'zligini anglashga intilgan va o'zini namoyon eta olgan qator insonlar obrazlari yaratildi. Biroq, shunga qaramay, hali yaratilayotgan qahramonlarning hammasini badiiy yetuk, davr sinoviga bardosh beradigan qahramonlar, deyishga erta deb o'ylaymiz. Shunday bo'lsa-da, dastlabki da'dil va muvaffaqiyatli qadamlar bu yo'ldagi ishlarning ertangi kuniga katta umid uyg'otadi. Bu jarayon nechog'liq murakkab va ko'p qirrali bo'lmasin, yangilikka intilish va uni egallash yo'lidagi say-harakatlar va izlanishlar o'zining ijobiy natijasini ko'rsatadi, albatta.

Darhaqiqat, zamonamiz qahramonlari obrazini yaratish, faoliyatini targ'ib etish -ijod vakillarining asosiy vazifalaridan biridir. Shu asosda teatr sahnalarida istiqlol g'oyalari, zamonamiz qahramonlari obrazlari va davr ruhiyatini o'zida aks ettirgan spektakllarni tomoshabinga taqdim etishga so'nggi yillarda ayniqsa, alohida va jiddiy e'tibor qaratilmoqda. "Sahnada zamon qahramonini aks ettirish hamisha dolzarb masala bo'lib kelgan. Zamon qahramoni qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, haqiqat, adolat yo'lini umr mazmuniga aylantirgan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar sohibi bo'lishi darkor. Bunday obrazni yaxlit badiiy asar orqali yaratish esa ijodkorlardan chinakam mahoratni talab etadi. Bugun teatr jamoalarimiz tomonidan zamon qahramonini sahnaga olib chiqishga intilish kuchli. Shu bilan birga, asarlarning targ'ibotiga ommaviy axborot vositalari yanada faol hissa qo'shsa ayni muddao bo'lardi," - deb ta'kidlaydi Muhabbat To'laxo'jayeva."

Bugun katta teatr sahnalarida bu borada samarali ijodiy izlanishlar olib borilayotgani e'tirofga loyiq. Bir necha yillardan buyon o'tkazib kelinayotgan "Seni kuylaymiz, zamondosh!" respublika teatr festivalida taqdim etilayotgan spektakllar fikrimiz isbotidir. Biroq kelajak avlod vakillarining asosiy tarbiya o'choqlaridan biri bo'lgan qo'g'irchoq teatri ijodkorlari bu borada biroz sustkashlikka yo'l qo'yayotgandek, nazarimizda. Jumladan, viloyat teatrlarida ijod qilayotgan ijodkorlar faoliyatida bunday kamchilik yaqqol ko'zga tashlanmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qo'g'irchoq teatri repertuarida milliy dramaturgiya asarlari salmoqli o'rinni egallashi kerak. Amalda esa, tarjimalar va o'zbek sahnasiga moslashtirilgan asarlar yetakchilik qilmoqda. Bunday nomutanosiblik festivallar repertuarida ham ko'zga tashlanadi."

Biz magistrlik ilmiy-tadqiqot ishimizni yoritish yuzasidan Samarqand viloyat qo'g'irchoq teatri faoliyatini har tomonlama sinchiklab o'rganib chiqqanimizda, bevosita repertuardan o'rin olgan spektakllar, ularning mavzu va g'oyaviy jihatdan zamonga mutanosibligi va aksincha bo'lgan jihatlarini tahlil etishga harakat qildik. Xususan, o'tgan 2018 yilda namoyish etilgan spektakllar bilan tanishdik. Unga ko'ra Samarqand viloyati qo'g'irchoq teatrining 2018 yilda o'zbek truppasi tomonidan namoyish etilayotgan harakatdagi spektakllar repertuar rejasidan quyidagilar o'rin olgan.

1. "So'qmoq" (Odam savdosi). Asar muallifi Akbar Abdullayev. Rejissyor Shahodat Usmonova. Mavzu - bugungi kunda dunyoviy muammoga aylangan, odam savdosi haqidagi ushbu spektakl ba'zi bir o'ylamay qadam bosgan qizlarning buzilgan taqdiri haqida hikoya qiladi.

2. "Ilm - aql chirog'i" Muallif Salohiddin Sirojiddinov. Spektakl g'oyasi - inson qachonki ruhan pok va jismonan sog'lom, qalbi toza, ilmga chanqoq bo'lsa, mana shunda barkamollikka erishishi mumkinligi targ'ib qilinadi.

3. "Zumrasha" Muallif Xayitali Nizomiddinov. Rejissyor Shahodat Usmonova.

"Zumrasha" asari rus xalq ertagi "Bo'g'irsoq"ning qayta ishlangan varianti bo'lib,

bu ertakdagi sho'x, ishonuvchan Bo'g'irsoqvoy Tulkiga yem bo'ladigan bo'lsa, spektakldagi aqlli, qo'rqmas, o'z maqsadi yo'lida kurasha oladigan obrazga aylanadi va befarzand chol va kampirga mehribon farzand bo'ladi.

4. "Sehrli tosh". Muallif va rejissyor Shahodat Usmonova. O'zbek xalq ertagi "Ur to'qmoq" asosida qayta ishlangan spektaklda "hunar o'rgansang kam bo'lmaysan", degan g'oya ilgari suriladi.

5. "To'tiqushcha Pay". Muallif Y.Todarov. Rejissyor Shahodat Usmonova. Spektaklda har bir inson uchun o'z uyidan, o'z Vatanidan qadrliroq joy yo'qligi uqtiriladi. Ushbu spektakl orqali bolajonlar Vatan naqadar aziz va muqaddas ekanligini qalban his etish kerakligini o'rganadilar.

6. "Makkor tulkicha". Muallif V.Pavlovskiy, rejissyor Shahodat Usmonova. Do'stlikni tarannum etuvchi bu ertak-spektakl yosh tomoshabinlarimizga kuchni aqlni ishlatgan holda foydalanish kerakligi uqtiriladi.

7. "Sog'lom tanda, sog' aql". Muallif M.Ashurova, rejissyor Shahodat Usmonova. Asarning asosiy g'oyasi dangasalikka qarshi kurashish, deyish mumkin. Chunki, inson oldiga qo'ygan oliy maqsadiga erishishi uchun tinmay mehnat qilishi, o'qib o'rganishi kerak. Agarda, dangasalik, loqaydlik qiladigan bo'lsa, u hamma imkoniyatlarni qo'ldan chiqarishi mumkinligi uqtiriladi.

8. "Ertakdagi dars". Muallif R.Aliyev, rejissyor Shahodat Usmonova. Ushbu zamonaviy ruhda sahnalashtirilgan spektaklda bolalar tarbiyasida asosiy yo'lchi yulduz bo'lib xizmat qilgan, ilm bergan ustozlarga hurmat, ona Vatan ravnaqi yo'lida

o'zlarining fidokorona mehnati bilan hissa qo'shayotgan jonkuyar insonlarni qadrlash g'oyasi ilgari surilgan.

9. "Quvnoq tomosha". Muallif V.Suponin, rejissyor Shahodat Usmonova. Spektaklda "tomoshada tomosha" uslubi qo'llanilgan bo'lib, asardagi voqealar ikki masxarabozning chiqishi va ularning bolalarga ajoyib bir tomosha ko'rsatishi bilan boshlanadi. Ammo bu tomoshada qatnashishi kerak bo'lgan quyoncha injiqlik qilib, uychasidan chiqmaydi. Asar nihoyasida Kuyonvoy o'z qilmishidan uyalib, do'stlari Quvnoqbobo va barcha bolajonlardan kechirim suraydi. Asarda bolajonlarni yaxshilik va ezgulik albatta g'olib bo'lishi ko'rsatib o'tiladi.

10. "Asr vabosi". Muallif va rejissyor Shahodat Usmonova. Bugungi kunga kelib giyohvandlikdan millionlab insonlar zahmat chekmoqda. XXI asr vabosi deb tan olingan giyohvandlikka bugungi kunda millionlab odamlar giriftor bo'lmoqdalar. Spektakl aynan manu shu muammolarni ko'tarib chiqadi va bartaraf etish yo'llarini tomoshabinlar bilan birga izlaydi.

11. "Uchta quvnoq cho'chqacha". Muallif A.Mixalkov, rejissyor Shahodat Usmonova. Bu asarda o'zbek xalqining "Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqolining asli ifodalangan. Gapga kirmas ikkita aka-uka, yani Nuf-Nuf, Naf-Naf ismli cho'chqachalar akasi Nif-Nifning aytganiga quloq tutmay, Bo'rivoyga yem bo'lishiga ozgina qoladi. Ular birlashgach, yovuz Bo'rining dodini beradilar. Ularning bu harakatlari bolajonlarni doimo bir-birlariga mehribon, ahl, inoq va hamjihat bo'lishga undaydi.

12. "Ulug'bek yulduzi". Mualliflar Shahodat Usmonova va Nikolay Sultonov. Buyuk bobokalonlarimizdan biri, falakkiyot ilmi sultoni Mirzo Ulug'bek hazratlarining bolalik yillari ertak uslubida tasvirlangan bo'lib, hozirgi zamon bolalari uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mirzo Ulug'bekning bilimga chanqoqligi hozirgi zamon bolajonlariga qo'g'irchoqlar vositasida tasvirlangan.

13. "Sehrli tabib". Mualliflar Shahodat Usmonova va Durdona O'roqova. Bu spektakl bolajonlarga bobomiz Abu Ali Ibn Sinoning bolalik yillari haqida hikoya qiladi. Ushbu asarda kichik bo'lishiga qaramasdan, insonlarning boshiga kulfatlar soluvchi, qiron keltiruvchi o'lat, vabo va ko'pdan ko'p kasalliklarga davo topgan, insonlarni davolab o'lim changalidan olib qolgan Abu Ali Ibn Sinoning bolalik davrlari aks ettirilgan.

E'tirof etish o'rinliki, repertuarga kiritilgan ushbu spektakllar o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi va sahnada jonlanadigan badiiy obrazlar, bolalar tasavvurini kengaytirishga, ularga buyuk tarixiy shaxslar haqida bilim berishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Biroq, tahlillar natijasida repertuarga kiritilgan spektakllar ro'yxatida bugungi zamon bolalari uchun aynan xos bo'lgan, ularga bevosita "tarbiya vositasi" sifatida xizmat qilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ularni o'rab turgan dunyo va uning muammolarini ko'rsatib beruvchi, xususan, jajji bolalarni qiziqishini

oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy kasblar, shuningdek, har tomonlama o'rnak bo'ladigan qahramonlar haqidagi spektakllar deyarli mavjud emasligini ko'rishimiz mumkin. Tarbiya va tasavvurni taqlid orqali o'zida shakllantiradigan bolajonlarni komil inson qilib tarbiyalash, ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar qurshab olgan jamiyatda voyaga yetayotgan navnihollarni faqatgina "Ur to'qmoq", "Bo'g'irsoq" kabi sahna asarlari bilan tushunchasini boyitish, ayniqsa, bugungi har tomonlama rivojlanayotgan zamonda ulg'ayayotgan bolalar e'tiborini jalb etish, qiziqtirish bizningcha biroz mushkuldek. Albatta, bu faqat rejissyor yoki dramaturgning vazifasi emas. Bu butun soha vakillarining mehnati va salohiyati bilan bog'liq masaladir. Shu boisdan ham bu masala butun o'zbek qo'g'irchoq teatri san'atida og'riqli nuqtalardan biri, deyish mumkin.

Qo'g'irchoq teatrlari tomoshabinlarini kitobga, oilaga, ona vatanga mehr uyg'otishni, kasb tanlash kabi masalalarga jiddiy etibor qaratish kabi g'oyalarni singdirishni, joiz bo'lsa, "zamonaviy va milliy" talqinni uyg'unlikda ifoda etishi vaqti kelgandek. "Bir zamonlar chinakam xalq teatri bo'lgan qo'g'irchoqbozlik XX asr avvalidan asosan bolalarga xizmat qila boshladi. Katta yoshdagi kishilar orasida qo'g'irchoq teatrini mensimaslik, unga ermak deb qarash hollari ham uchraydi. Qo'g'irchoq teatriga nisbatan loqayd qarash, e'tiborsizlik hatto san'at ahli, teatrshunoslar orasida ham ko'rinib turadi. Bu hodisa faqat O'zbekistonda emas, boshqa mamlakatlarda ham ko'zga tashlanib turadi." Bu ham qo'g'irchoq teatrlarimizda faoliyat yuritayotgan ijodkorlarimiz ijodiga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi, albatta. Shuning uchun bolalarni qo'g'irchoq teatrlariga jalb qilishda avvalo, mutaxassis kadrlarni tayyorlashda yangi metod va innovatsiyalardan foydalanish, xususan, teatrlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez yoritib borish va spektakllar reklamasini keng yo'lga qo'yish masalalariga jiddiyroq e'tibor qaratish lozim, deb o'ylaymiz.

Xulosa qilib aytganda, buyuk "ibratxona"ning boshlang'ich manzili hisoblanadigan qo'g'irchoq teatrlarining jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini kuchaytirish, bu kelajak avlod vakillarining to'g'ri tarbiya topishida, o'zligini to'g'ri anglashiga katta hissa qo'shishini tarix ham isbotlagan. Shunday ekan, bugungi zamon qo'g'irchoqbozlari zamonning har tomonlama talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritishlari bu yosh avlod tarbiyasida ham, soha kelajagini belgilashda ham muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi . - T.: Talqin, 2006, 112-171-betlardan.

2. O'zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti. «Zamon qahramoni sahnada aks etyapdimi?» 24.07.2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.