Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ SAN’ATI O‘YININI MUSIQA MADANIYATI HAYOTDA TUTGAN O‘RNI'

QO‘G‘IRCHOQ SAN’ATI O‘YININI MUSIQA MADANIYATI HAYOTDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
28
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Oshiq-moshiq / ostona / yon cho‘p / tirgovichlar / an’anaviy / qo‘g‘irchoq / globallashuv / tomosha san’ati / innovatsiya / chodir hayol / chodir jamol

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘Bek Rahmonov, Abdusalom Soliev

O‘zbek musiqa madaniyatida boshqa tomosha san’ati qatorida qo‘g‘irchoq san’ati alohida o‘rin tutadi. Bu san’atning rivojlanishi har bir xalqni ijtimoiy yashash tutmush tarzidan kelib chiqqan holda rivojlangan. Qo‘g‘irchoq san’ati o‘ziga xos bo‘lgan teatrlashtirilgan san’at turi bo‘lib, bu insonlar hayotida mavjud bo‘lgan barcha hodisa va voqealarni ham ijobiy tomondan ham salbiy tomondan qo‘g‘irchoqlar orqali namoyishi etilishi haqida fikt yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ SAN’ATI O‘YININI MUSIQA MADANIYATI HAYOTDA TUTGAN O‘RNI»

QO'G'IRCHOQ SAN'ATI O'YININI MUSIQA MADANIYATI HAYOTDA

TUTGAN O'RNI

Ulug'bek Rahmonov Abdusalom Soliev Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: O'zbek musiqa madaniyatida boshqa tomosha san'ati qatorida qo'g'irchoq san'ati alohida o'rin tutadi. Bu san'atning rivojlanishi har bir xalqni ijtimoiy yashash tutmush tarzidan kelib chiqqan holda rivojlangan. Qo'g'irchoq san'ati o'ziga xos bo'lgan teatrlashtirilgan san'at turi bo'lib, bu insonlar hayotida mavjud bo'lgan barcha hodisa va voqealarni ham ijobiy tomondan ham salbiy tomondan qo'g'irchoqlar orqali namoyishi etilishi haqida fikt yuritilgan.

Kalit so'zlar. Oshiq-moshiq, ostona, yon cho'p, tirgovichlar, an'anaviy, qo'g'irchoq, globallashuv, tomosha san'ati, innovatsiya, chodir hayol, chodir jamol.

THE ROLE OF PUPPET ART PLAY IN MUSIC CULTURE

Ulugbek Rahmonov Abdusalam Soliev Fergana State University

Abstract: Puppetry occupies a special place among other performing arts in the musical culture of Uzbekistan. The development of this art is based on the way of social life of each nation. Puppetry is a unique type of theatrical art, which consists in depicting all events and phenomena in people's lives, both positive and negative, through puppets.

Keywords: lover, threshold, side stick, poles, traditional, doll, globalization, theatrical art, innovation, dream tent, beauty tent.

O'zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniyat tarixiga ega. Uning an'anaviy-mumtoz musiqa, tomosha va so'z san'atining sarchashmalari miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. O'tmishda O'zbekiston zaminida yashagan xalqlar yuksak darajada taraqqiy topgan musiqiy-madaniy an'analar sohibi bo'lib kelganlar. Ana shu musiqiy-madaniy an'analar o'zida ifodalangan manbalar asrlar osha bizgacha etib kelgan. Xonanda va sozandalar ijodining jonli namunalari xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot asarlarida, ilmiy va tarixiy manbalarda o'z aksini topgan. Har bir millatning madaniy tarqqiyoti qaysi bir davrga mansub bo'lishidan qat'iy nazar, mazkur xalqning iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va ma'naviyati bilan bir qatorda,

I icclT^^^^H 536 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zining o'tmishi va hozirgi kunini ifodalaydigan musiqa san'ati sohalarida erishilgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liq. Xalqlarning ma'naviy ravnaqi esa, avvalo uning umumbashariy madaniyatiga qo'shgan hissasi bilan o'lchanadi va qadrlanadi. Ana shu nuqtai nazardan har bir xalqining jahon ilm-fan va musiqa madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasini e'tirof etish joizdir. Ajdodlarimizning boy va bebaho madaniy merosi - necha ming yillik tafakkuri, ijod va zakovat maxsullari, bugungi kunda musiqa san'ati madaniyatining barcha janrlarida o'z ifodasini topmoqda. Kishilik jamiyatida har qanday teatr doimo insonlarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotining mazmuni bo'lib kelgan. Bu teatrlar insonlarni musiqa madaniyat san'atini teatrlashtirilgan holda o'rganishida, kelgusi avlodni yuksak insoniy tuyg'ular ruhida tarbiyalashda, ularning ma'naviy-did va tafakkurini, musiqiy qobiliyati, iqtidori va iste'dodlarini shakllantirishda alohida vosita bo'lib xizmat qiladi.

Jamiyatni har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishida xaql ijodiyoti tamosha san'atining o'rni beqiyosdir. Tomosha san'ati doimo insonlarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida hayotining mazmuni bo'lib kelgan. Hozirgi globallashuv jarayonida tomosha san'atiga innovatsiyalarning tadbiq etilishi tomosha san'atini sifati va mazmunini oshirishga turtki bo'lib xizmat qilmoqda. Har qanday innovatsiyalarni san'atda qo'llanishi yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlanishini o'zida aks ettirishda, xalqimizning turmush madaniyatiga muhim o'rin egallab kirib kelgan ma'naviy barqarorlikni sahna asarlari orqali namoyish etishda Xalqaro talablarga javob beradigan, dramaturg, rassom, aktyor, rejissor va ssenaristlarni ijod qilishlarida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi va ish samaradorligini oshiradi.1

Ma'lumki, o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq o'yini o'tmish davrlaridan boshlab xalqimizning sevimli ma'naviy ozuqasi bo'lib kelgan. U tomoshabinlarning sahna asarlari orqali ko'nglini ochibgina qolmay, balki o'z davrida ijtimoiy-tuzum jarayonida yuz berayotgan hodisa va voqealarni sahna orqali hajv qilinib, xalqning o'z erki va huquqi uchun olib borgan kurashini aks ettirgan. Qo'g'irchoq o'yin asosan xalq bayramlari va marosimlari munosabati bilan, katta sahna maydonlarida, saylgohlarda uyushtiriladigan an'anaviy badiiy dastur asosida olib boriladigan san'at turidir. Qo'g'irchoq o'yin qadimiy an'anaviy san'at namunasi bo'lib, u asrlar davomida xalq ommasining dunyoqarashini yorqin va badiiy qiyofasini ifoda etib, xalq manfaatlarini himoya qilib kelgan2.

Mazkur san'atning kelib chiqishida ajdodlarimizning ayrim meroslari hamda antik davrda yashnagan xalq aktyorlarining ba'zi bir xil tomoshalari muhim ahamiyatga ega bo'lgan. An'anaviy o'zbek qo'g'irchoq o'yini o'tmishda

1U.K.Rahmonov, D.Q.Suleymanova. Musiqa to'garaklarini tashkil etish. 2. U.K.Rahmonov, A.Ergashev, D.Q.Suleymanova. Bolalarning musiqiy ta'limi.

I îhSi^^Bl 537 http://oac.dsmi-qf.uz

mehnatkashlarning sevimli yo'ldoshi bo'lib kelgan. U kishilarning ko'nglini olibgina qolmay, ijtimoiy tartiblar va ularning himoyachilarini hajv qilish orqali xalqning o'z erki va huquqi uchun olib borgan kurashida muhim o'rin o'ynadi. Xalq qo'g'irchoqbozlari muhim ijtimoiy va madaniy vazifalarni bajarganlar, shu sababdan ham hukmron sinflar, ayniqsa, ruhoniylar ularni ezib, jamiyatning eng pastki tabaqasi hisoblab, ta'qirlab kelganlar.

Biz xalq ijodiyotining bir ko'rinishi bo'lgan qo'g'irchoq o'yinini ilmiy tomondan taxlil qilsa, tarix manbalarida e'tirof etilishcha O'zbeksiton xududida qo'g'irchoq o'yini turlari marosimlar bilan bog'liq holda juda qadim zamonlarda paydo bo'lib, eramizning V-VII asrlaridayoq mukammal san'at sifatida tarkib topib, qo'shni mamlakatlarda ham ushbu xalq tomoshasining rivojlanishiga yaxshi ta'sir ko'rsatgan.

O'rta Osiyo arablar tomonidan bosib olingandan keyin ham qo'g'irchoq o'yini tomosha, musiqa va tasviriy san'atlar qatori barqaror yashab keldi. Arablar bosinchilari har qanday san'at namunalarini er bilan yakson qiladilar, o'tga yoqadilar, ustalar va aktyorlarni tig'dan o'tkazadilar. Ko'pgina san'at ahli, jumladan, aktyorlar ham qo'shni mamlakatlarga yoki baland tog' qishloqlariga qochib ketishga majbur bo'ldilar. IX asrda O'zbekiston qo'g'irchoqbozlari ma'qullangan maxsus risolaga ega bo'lib, unda o'z san'atlari va ijtimoiy vazifalarini qonunlashtirib olganlar. Bu risola qo'g'irchoqbozlarga ma'lum erkinlik berishi bilan bir qatorda ularni ma'lum qat'iy qoidalar iskanjasida tutardi. Shunday qoidalardan biri shuki, qo'g'irchoq tomoshasini tayyorlash va qo'rsatish jarayonida aktyorlar so'fiyona baytlarni aytishdan tashqari, o'zlarini ham jisman, ham ruhan falakning ilohiy mohiyatini anglashga tayyorlashlari lozim bo'lgan. Shu bilan bir qatorda, qo'g'irchoqboz o'z darveshona holati va butun tomosha yo'nalishi bilan tomoshabinlarga o'sha davr muhitini ya'ni, odamlarni turmush madaniyatiga oid bo'lgan aniq (real) sahnalari orqali singdirganlar.

XI-XII asrlardaqo'g'irchoq o'yini O'rta Osiyoda intensiv rivojlanadi. Ayniqsa, asosiy qismi o'tiroq hayot kechiruvchi, asosan hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi o'zbek va tojiklar orasida bu san'atning qariyb barcha turlari tanilgan. Mo'g'ullar istilosi O'rta Osiyo xalqlarining butun ijtimoiy, madaniy va ma'naviy hayotiga katta zarba bo'lib tushdi. Ko'pgina olimlar, shoirlar, soz va tomosha ahli qo'shni mamlakatlarga ketib qoladi. Ammo qo'g'irchoq o'yini, sharoit qancha og'ri bo'lmasin, yaashashda davom etdi. XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab, ya'ni Temur va temuriylar hukmronligi davrida san'atining barcha shakli va turlari keng taraqqiy yo'liga tushib oladi. Ayniqsa, XV asrda o'zbek badiiy madaniyati yuksak cho'qqilarga ko'tariladi. Bu davrda tarix maydoniga chiqqan va olamga tanilgan son-sanoqsiz olimlar, shoirlar, me'morlar, musavvirlar, naqqoshlar, xattotlar, xonanda, sozanda va bozandalar shundan guvohlik beradi3.

3Imomov K. Mirzayev T, Sarimsoqov B, Safarov O/ O'zbek xalq og'zaki poetic ijodi.

I fcclT^^^^HI 538 http://oac.dsmi-qf.uz

XV-XVI asrlarning boshlarida Xuroson va Movarounnaxrda xalq ijodiyotiboshqa san'at turlari qatorida qo'g'irchoq o'yini ya'ni teatri yaxshi tarqqiy etgan. Dastlabki bosqichlarda uning dasturlari asosan afsonaviy-hayoliy mazmunlardan iborat bo'lgan. V-VII asrlarda qo'g'irchoq teatrining ikki turi mavjud bo'lib, bular "chodir hayol" va "chodir jamol"dir. SHundan chodir jamol hayotiy voqealarni o'zida aks ettirib, bosqichma-bosqich ijtimoiy fosh etuvchi mazmunga ega bo'lib borgan.Bu davrlarda qo'g'irchoq yasash va uni o'ynatishda, shuningdek tomosha mazmuniga ko'ra bir-biridan keskin farqlanibturuvchi uch turi mavjud bo'lib, bular-chodir jamol, chodir hayol va fonus hayol keng tanilgan. Chodir jamolda aniq hayotiy voqelik, chodir hayolda mifologik (afsonaviy) va fonus hayolda xalq qahramonlik eposi aks ettirilgan. Agar biz har bir yo'nalishga alohida izoh berib o'tsak, "Chodir xayol" XV asr va XVI asr boshida afsonaviy voqealarni namoyish etib kelgan. Buning eng muhimi shundaki, o'sha zamonda qo'g'irchoq o'yininig har qaysi turida tomosha mahoratini qanday bo'lganligi, qanday vositalardan foydalanilganligini aniq tasavvur etishga imkon beradi. Kunduzi ko'rsatiladigan qo'g'irchoq o'yinida (ro'z bozy) o'yinchi bir joyda o'tirgan yoki turgan holda holatini o'zgartirmasdan maxsus chodir-sahna ichiga kirib, har safar ikki qo'liga ikkitadan qo'g'irchoq kiyib, ularni chodir ayvoniga chiqarib o'ynatgan. Chodir hayol qo'g'irchoq o'yini chodir jamolga nisbatan ancha murakkab va mukammal. Bu xususiyat sahna tuzilishi, qo'g'irchoqlarning yasalishi, ijro texnikasi, mavzularning barchasi sahnalarni uyg'unlashuvida yaqqol ko'rinib turadi. "Chodir jamol" ko'rinishi - bu kishilarning kundalik hayotidan olingan voqealarni qo'lga kiyib o'ynatiladigan qo'g'irchoqlar yordamida kunduzi aks ettiruvchi o'ziga xos xalq o'yinidar. "Chodir jamol" sahnasi ko'pincha yakrang ya'ni, qizil, sariq matodan xaltasimonqilib tikilgan bo'lib, chodir - deb ataladi. O'yinchi uning ichiga kirib quyi tomonini beliga bog'lab oladi, yuqori tomoni esa past-u baland kesilgan bo'lib, oshiq-moshiqli bolorcho'p, ostona, ikkita yon cho'p va tirgovichlar yordamida chorkunjak sahnatusini oladi. Qo'g'irchoqboz o'zi ko'rinmasdan chukkalagan yoki tik turgan holda chodir ichiga tikilgan cho'ntakdan tahlanib yotgan qo'g'irchoqlardan navbat bilan chiqarib o'ynatadi4.

Agar biz hozirgi kunda ijtimoiy hayotga e'tibor bergan holda qo'g'richoq o'yiniga maqsad asosida yondoshsak, Farg'ona "Qo'g'irchoq teatr"i tomonidan S.Seduxinning "Musiqali choyxona", I.Lukyanovaning "Karvon saroy", N.Gernetning "G'oz jo'jasi-tulki xiylasi", K.CHuykovskiyning "Moy dodbir", M.Ashurovaning "Sog'lom tanda - sog' aql", "Mo'jiza", M.Suponning "Badjaxl quyoncha", V.Orlovning "Oltin jo'ja", xalq ertaklari asosida I.Djumonov insenirovkasi bilan "Ochil dasturxon", Sh.Muradovning "Samolarda uchgan alloma" asarlarini yurtimizda va xorij mamlakatlarida xalq ommasiga namoyish etishib,

4Jo'rayev M. O'zbek folklorshunosligi masalalari.

I [ccñ^^BI 539 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zbek qo'g'irchoq teatr san'atini rivojlantirishda o'ziga xos namuna maktabini o'tayotganligini e'tirof etish mumkin.

Farg'ona viloyat Qo'g'irchoq teatrida o'z san'ati bilan bolajonlarning nazariga tushgan va teatrda o'z mehnat faoliyati bilan o'rnak bo'layotgan Sh.Ahmedov, A.Akraev, N.A'zamov, Z.Boltaboeva, S.Usmonova, E.Usmonov, P.Toshtemirov, N.Sabriddinova, B.Saminjonov, J.Faxriddinov, F.Xolmirzaeva, S.Metinova, D.Turdieva kabi aktyorlardan o'z ijodiy izlanishlarida o'zbek qo'g'irchoq teatr san'atida yorqin iz qoldirib ketgan san'at namoyondalarini ijod namunalarini o'z ijodlarida tadbiq etishib sahnalashtirilgan asarlarni badiiy-g'oyaviy mazmunini tomoshabinlarga etkazishda va manzur bo'lishiga alohida e'tibor berishmoqda.5 Sahna asarlarini badiiy-g'oyaviy mazmunini mukammal bo'lshida, o'zbek qo'g'irchoq teatr an'ana va milliy qadriyatlarini avaylab saqlagan holda, jahondagi ilg'or teatrlar bilan yonma-yon tarzda ijod qilishga aktyorlarni undashga teatrning direktori S.Mirzaev, direktor o'rinbosari Sh.Xakimov, rejissor va rassom S.Seduxin, rassom D.Mo'minov, rekvizitor D.Xamrolieva, liboschi N.Xaydarovalarning mehnatini alohida e'tirof etish o'rinlidir.

Shuni aytib o'tish joizki, teatr jamoasi yurtimizda bo'lib o'tgan Xalqaro festivallarda qatnashib, jumladan joriy yilda Marg'ilon shahrida bo'lib o'tgan "Adras bayrami", "Xalqaro folklor musiqa festivali"da va Qo'qon shahrida o'tkazilgan "Xalqaro hunarmandlar festivali"da qatnashib o'zlarini ijod namunalarini keng ommaga targ'ib qilishdi.Insonlarni ijtimoiy-madaniy turmush tarzidan ma'lumki, qo'g'irchoq o'yin san'ati jamiyat taraqqiyotida insonlarning odobi, tarbiyasi, xulqi va ma'naviy kamolot darajasini o'zida mujassam etib, shu jamiyatni ijtimoiy mezonlarini rivojlantirib muxlislarga sahna orqali ko'rsatib kelgan. Bugungi kunda qo'g'irchoq o'yini san'ati milliy va madaniy merosimizni, qadriyatlarimizni qayta tiklashda, uni boyitishda va yuksaltirishda muhim ijtimoiy-madaniy omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Imomov K. Mirzayev T. Sarimsoqov B. Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. Toshkent. O'qituvchi. 1990 yil.

2. Jo'raev M. O'zbek folklorshunosligi masalalari. Toshkent. Fan. 2010 yil.

3. U.K. Rahmonov,A.A.Ergashev. Bolajonlar nigoxi qo'g'irchoqlarda. Teatr jurnali.2022 yil.

4. U.K.Rahmonov, D.Q.Suleymanova. Musiqa to'garklarini tashkil etish. Farg'ona. 2023 yil.

5. U.Rahmonov. A.Ergashev. Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa. Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi. 2021 yil.

5U.K.Rahmonov, A.Ergashev. Bolajonlar nigohi qo'g'irchoqlarda. Teatr jurnali. 2022 yil.

I îhSi^^Bl 540 http://oac.dsmi-qf.uz

6. U.K.Rahmonov, A.Ergashev, D.Suleymanova. BoMarning musiqiy ta'limi. Farg'ona. 2022 yil.

541

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.