Научная статья на тему 'QIZLARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING PEDAGOGIKPSIXOLOGIK JIHATLARI'

QIZLARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING PEDAGOGIKPSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / jamiyat / bola tarbiyasi / ijtimoiy hayot / zamonaviy sharoit. / семья / общество / воспитание детей / общественная жизнь / современные условия.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.T.Tursunova

oila qizlarning ijtimoiy qobiliyatlari va hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishda, ularni jamiyatdagi rollariga tayyorlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu tayyorgarlikning pedagogik va psixologik jihatlarini tushunish har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish uchun muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE FAMILY IN PREPARING GIRLS FOR SOCIAL LIFE

семья играет решающую роль в формировании социальных навыков и жизненных навыков девочек, готовя их к роли в обществе. Понимание педагогических и психологических аспектов этой подготовки важно для формирования всесторонне развитой личности.

Текст научной работы на тему «QIZLARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OILANING PEDAGOGIKPSIXOLOGIK JIHATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© D.T.Tursunova1^_

1Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: oila qizlarning ijtimoiy qobiliyatlari va hayotiy ko'nikmalarini shakllantirishda, ularni jamiyatdagi rollariga tayyorlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu tayyorgarlikning pedagogik va psixologik jihatlarini tushunish har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish uchun muhimdir.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi qizlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda muhim rol o'ynaydigan oiladagi pedagogik va psixologik jihatlarni o'rganishdir. Tadqiqot qizlarning samarali ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga yordam beruvchi omillarni aniqlashga qaratilgan bo'lib, bunda asosiy e'tibor oiladagi tadbirlar va amaliyotlarga qaratiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot miqdoriy so'rovlar va sifatli intervyularni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Miqdoriy ma'lumotlar oilalarga tarqatiladigan tuzilgan so'rovnomalar orqali to'planadi, ota-onalarni tarbiyalash amaliyoti, ta'lim yordami va oiladagi o'zaro munosabatlarni baholaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatadiki, qo'llab-quvvatlovchi va kommunikativ tarbiya uslublari bilan tavsiflangan ijobiy oilaviy dinamika qizlarning ijtimoiy tayyorgarligiga sezilarli hissa qo'shadi. Mustaqillikni rag'batlantirish, muammolarni hal qilish ko'nikmalarini shakllantirish, oila ichidagi va undan tashqaridagi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish kabi pedagogik amaliyotlar samarali ekanligi aniqlandi.

XULOSA: bu tadqiqotda qizlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda oilaning ham pedagogik, ham psixologik jihatlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi. Qo'llab-quvvatlovchi, muloqotga kirishadigan va ta'limga boy muhitlarni o'zlashtirgan oilalar, odatda, ijtimoiy munosabatlar va qiyinchiliklarga yaxshi tayyorlangan qizlarni tarbiyalaydi.

Kalit so'zlar: oila, jamiyat, bola tarbiyasi, ijtimoiy hayot, zamonaviy sharoit.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ СЕМЬИ В ПОДГОТОВКЕ ДЕВУШЕК К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ_

© Д.Т.Турсунова 1Н

1 Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан_

Iqtibos uchun: Tursunova D.T. Qizlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda oilaning pedagogik-psixologik jihatlari. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.22-29.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: семья играет решающую роль в формировании социальных навыков и жизненных навыков девочек, готовя их к роли в обществе. Понимание педагогических и психологических аспектов этой подготовки важно для формирования всесторонне развитой личности.

ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является изучение педагогических и психологических аспектов в семье, которые играют важную роль в подготовке девочек к общественной жизни. Исследование направлено на выявление факторов, которые способствуют эффективной социализации и личностному развитию девочек, уделяя особое внимание семейной деятельности и практикам.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы смешанные методы, сочетающие количественные опросы и качественные интервью. Количественные данные будут собираться с помощью структурированных анкет, распространяемых среди семей, в которых будут оцениваться методы воспитания детей, образовательная поддержка и семейные взаимодействия.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что положительная семейная динамика, характеризующаяся поддерживающим и коммуникативным стилями воспитания, существенно способствует социальной готовности девочек. Педагогические практики, такие как поощрение самостоятельности, формирование навыков решения проблем и развитие социальных отношений внутри и вне семьи, оказались эффективными.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование подчеркивает, что в подготовке девочек к общественной жизни важны как педагогические, так и психологические аспекты семьи. Семьи, в которых создается благоприятная, коммуникативная и образовательная среда, как правило, воспитывают девочек, хорошо подготовленных к социальным взаимодействиям и вызовам.

Ключевые слова: семья, общество, воспитание детей, общественная жизнь, современные условия.

Для цитирования: Tursunova D.T. Педагогические и психологические аспекты семьи в подготовке девушек к социальной жизни// Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 22-29.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE FAMILY IN PREPARING GIRLS FOR SOCIAL LIFE_

© Dilnavoz T. Tursunova1 H

1 Fergana State University, Fergana, Uzbekistan_

Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: the family plays a decisive role in the formation of social skills and life skills of girls, preparing them for their roles in society. Understanding the pedagogical and psychological aspects of this preparation is important for the formation of a well-rounded person.

AIM: the main purpose of this study is to study the pedagogical and psychological aspects in the family, which play an important role in preparing girls for social life. The study aims to identify factors that contribute to the effective socialization and personal development of girls, focusing on family activities and practices.

MATERIALS AND METHODS: The study uses mixed methods combining quantitative surveys and qualitative interviews. Quantitative data will be collected through structured questionnaires distributed to families, assessing parenting practices, educational support, and family interactions.

DISCUSSION AND RESULTS: the results show that positive family dynamics characterized by supportive and communicative parenting styles significantly contribute to girls' social readiness. Pedagogical practices such as encouraging independence, forming problem-solving skills, and developing social relations within and outside the family were found to be effective.

CONCLUSION: this study emphasizes that both pedagogical and psychological aspects of the family are important in preparing girls for social life. Families that foster supportive, communicative, and educationally rich environments tend to raise girls who are well-prepared for social interactions and challenges.

Key words: family, society, child education, social life, modern conditions.

For citation: Dilnavoz T. Tursunova. (2024) Pedagogical and psychological aspects of the family in preparing girls for social life, Inter education & global study, (5(1)), pp. 22-29. (In Uzbek).

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar jarayoniga jalb etish obyektiv zaruriyatga aylandi. Chunki bugun jamiyatning deyarli hech bir muammoni, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul. Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga еtkazish oilaviy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yishdan boshlanadi. Oiladagi o'g'il-qizlarimizning qanday insonlar bo'lib hammadan burun ayollarimizga bog'liq. Shuning uchun ham, davlatimiz xotin-qizlarga katta e'tibor bermoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlarni yaratilmoqda.

Aslida, jamiyat a'zolarining ma'rifatli bo'lishida ayniqsa, xotin-qizlarning o'rni beqiyosdir. Chunki xotin-qizlar millat tarbiyachisidir. Millat va mamlakatning ravnaqi esa ta'lim-tarbiya bilan belgilanadi. Donishmand xalqimizda qizlarni parvarishlash, ularga ta'lim va tarbiya berish, oila hamda yurt sha'ni deb ardoqlash hamisha ustuvorlik kasb etgan.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'zbek xotin-qizlarining zamonaviy va milliy fazilatlari, ularning ijtimoiy hayotdagi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi o'rni masalalari O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor X.O.Shayxova ilmiy izlanishlarida markaziy o'rinda turadi. Uning fikricha, xotin-qizlarning tengligi va ozodligini to'la ro'yobga chiqarish, yangicha tafakkur, erkin fikrlash va dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy hayotda ayolga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirish, Sharq ayoliga xos momo meros, axloqiy go'zal qadriyat va fazilatlarni keng kamol toptirish zarurati mustaqil yurtimizda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. O'zbek ayollarining madaniy va ma'naviy, huquqiy-axloqiy, intellektual salohiyatini oshirish, oiladagi onalik burchi va mas'uliyatini milliy, umuminsoniy nuqtai nazardan chuqur anglab etish va amaliyotga rioya qilishga odatlantirish mustaqillik tamoyilining asosiy vazifasidir"[1, 88].

Yurtimizda o'zbek qizlarining ko'rkam xulqli bo'lishi milliy tarbiyaning asosiy talablaridan birini tashkil qiladi. Yaxshi xulq qizlarning faqat axloq-odob, go'zallik, mehnat va boshqa tarbiyasining nazariy asosini emas, balki ana shu tarbiyalanganlik darajasini o'z shaxsiy hayotida qo'llashi bo'lib hisoblanadi. Bunda esa eng katta mas'uliyat ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o'rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, qiz bolalar tarbiyasida asosiy ta'sirchan kuch-qudrat bu onadir. Ota ko'pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta'minlash qolaversa, oilaning xo'jalik ishlari bilan band bo'ladi. Bu o'zbek oilalarining tarixidan ma'lum bo'lgan haqiqat va ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan an'anadir. Shunga ko'ra bola bilan ko'proq ona birga bo'ladi.

Xalqimizda "Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi" degan naql bejiz aytilmagan. Ammo, keyingi vaqtlarda jamiyatimizdagi ba'zi oilalarda bola tarbiyasi borasida salbiy holatlarni ham uchratish mumkin. Masalaning pedagogik oqibatlariga qaralsa, bu ayrim ota-onalarning farzandlari bemehrligidan nolishida namoyon bo'ladi. Masalan, farzandlarning yomon yo'lga kirib ketganligiga munosabatda ko'pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: "o'z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi". Buning ijtimoiy sabablari sifatida ota-onalarning bola tarbiyasiga e'tiborsizligida namoyon bo'ladi. Ota-ona, qarindosh urug'lari bor bolalar ham "Mehribonlik uyi"ga topshirilmoqda. Bu esa, "O'nta bo'lsa o'rni boshqa" degan tamoyilga amal qilib kelgan ota-bobolarimizning qadriyatlariga ziddir.

Ayniqsa, qizlar tarbiyasining izdan chiqishi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. O'zbek qizlarini tarbiyalashda oila hayotining, millat hayotining davomiyligini ta'minlashda bilimlar, tajribalar qizlarga o'tmas ekan, bilim, ko'nikma va malakalar ajdodlardan avlodlarga o'tkazilmas ekan, oila hayoti ham, ijtimoiy hayot ham degradatsiya(inqiroz)ga uchray boradi. Shu bois, onalarning qizlarga beradigan tarbiyalari, tajribalari oila va ijtimoiy hayotda o'z o'rnilarini topishning zaruriy ehtiyojlari talabi bo'lib kelgan hamda shunday bo'lib qoladi. Agar qizlar ilk yoshlardan boshlab, ijtimoiy faol shaxs sifatlarini egallasa, o'z navbatida komila onalar, barkamol shaxslar bo'lib etishadilar. Shunday ekan, aslida har bir xalqning, taraqqiy etishida ijtimoiy faol sifatli qizlarning tarbiyalariga bog'liq, deb xulosa qilish mumkin.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ta'lim-tarbiya jarayonidagi differensiatsiyalashtirilgan (tabaqalashtirilgan) qizlar tarbiyasining etnopedagogik asoslarini o'rganish natijalari muammoning turli qirralarini qayd qilish imkonini beradi. Uzoq vaqt davomida pedagogika o'zining milliy o'zaklaridan ayro tushib, neytral, nomilliy bo'lib keldi. Bu esa tarbiya jarayoni sifatiga va shu bilan bog'liq qiyinchiliklarni paydo bo'lishiga olib keldi hamda bu muammolar hozir ham o'z asoratlarini ko'rsatmoqda.

Talaba xotin-qizlarda ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirish muammosini psixologik va pedagogik hodisa sifatida o'rganish qadimgi davrlardan boshlandi. Talaba xotin-qizlardagi ijtimoiy faol shaxs sifatlarini shakllantirish retrospektivasi tarbiya va ta'limning quyidagi xususiyatlari bilan namoyon bo'ladi: ko'plab tarixiy davrlarda asosiy e'tibor o'g'il bolalarni tarbiyalashga qaratilgan; ayol faqat oila va uy ro'zg'or ishlarini o'rganishi mumkin; qizlarga tikuvchilik, kashta tikish, to'r to'qishni o'rgatish kerak.

Biroq, tarixiy manbalar qizlar tarbiyasi bular bilan cheklanmaganligini ko'rsatadi. Zero, Islom ta'limoti kishilik jamiyatida o'z o'rnini topib, uning diniy va dunyoviy hayotida amaliy suratda tadbiqini topgan ilk saodat asridan boshlab yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, jamiyat asosining poydevori, ummat istiqboli bo'lgan yoshlarning har tomonlama komil inson bo'lib etishishlarini talab qiladi. Bu borada Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytadilar: "Kishining o'z farzandini chiroyli odob-axloq bilan tarbiyalashi ko'p miqdordagi nafl sadaqasidan yaxshiroqdir". Boshqa bir hadisda: "Ota bolaga go'zal odobdan yaxshiroq narsani bera olmaydi",-deyilgan (Termiziy rivoyati)[2, 34-67]. Islom ta'limotida qizlarning kasb-hunarlar egasi bo'lib ulg'ayishiga jiddiy ahamiyat berilib, Payg'ambarimiz alayhissalom yana aytadilar: "Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, ayollarga kasb-hunarni o'rgatinglar"[2, 3467]. Demak, odob-axloqni munosib tarzda berilishi bilan bog'liq masalalar ham islom ta'limotida alohida ta'kidlangan.

Qizlarda ijtimoiy shaxs sifatlari va ijodkorlikni shakllantirish hamda tarbiyalash tajribasiga Zahiriddin Muhammad Bobur va uning farzandlari yaqqol misol bo'la oladi.

Hindistonning mashhur siyosatchisi va tarixchisi Javohirla'l Neruning aytishicha: "Bobur san'at va adabiyotning ulkan homiysi, Boburiylar saroyi juda shukuhli, boy va misli ko'rilmagan saroy edi. Albatta, bunday saroy va bunday madaniyat o'zidan-o'zi qurilmaydi. Shoh va shahzodalar olim, shoir hamda madaniyatli kishilar bo'lmasalar, ilmu madaniyat rivojiga u qadar parvo qilmasliklari mumkin. Ammo Bobur, uning to'rt o'g'li va bir qizi — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va Gulbadan begim ham tarixda chuqur iz qoldirgan shoir, tarixchi, ilmu san'atni yaxshi o'rganib, o'zlashtirgan kishilar edilar. Ulardan bo'lgan farzandlarning barchasi ham ota-bobolarining izidan borib, atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san'at rivojiga katta hissa qo'shib keldilar"[3]. Gulbadan begim: Boburning bu fazilatli, bilimli qizi Kobulda 1527-yilda Dildor begimdan tug'ildi, ammo ukasi Hindol Mirzodek Mohim begim tarbiyasi ostida bo'ldi. U Humoyun Mirzoga atab "Humoyunnoma"ni yozdi. U to'rt yoshida otasidan abadiy ayrilgan bo'lsa-da, otasining tarixchilik iste'dodini meros oldi. "Humoyunnoma" juda ixchamligi, ravon uslubda yozilgani hamda fasohat va balog'at avjida ekanligini ko'plab tazkirachilar,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tarixchi olimlar ta'kid etganlar. Boburshohning nabiralari va ularning farzandlari ham she'riy iste'dodni Boburshohdan meros olib, she'ru adabiyot an'analarini ko'ragoniylar oilasida davom ettirdilar. Misol uchun, Komronning qizi Gulruh begim, Avrangzebning qizi Zebunniso begim va boshqalarning nomi, asarlari ayrim tazkiralarda zikr etilgan. Demak, Boburshoh nafaqat buyuk bir imperiyani, eng shavkatli bir madaniy davrni o'z farzandlariga meros qilib qoldirmadi, balki shoirlik va tarixchilik iste'dodini, ilmparvarlik hamda san'atga qiziqish kabi oliy xislatlarni ham qoldirib, tarixda boburiylar(ko'ragoniylar) nomini mangulikka erishtirdi. Boburiylar davrida ham ta'lim-tarbiya, odob-axloq masalasiga alohida yondashuv sifatida qaralgan.

Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiylar oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda uning ta'lim va tarbiya olishi muhimligini o'z asarlarida ko'rsatib berish orqali ijtimoiy tarbiyaning tamal toshini qo'yganlar. Keyinchalik ma'rifatparvar pedagog olimlar - Zavqiy, Avaz O'tar, Dilshod Barno, Furqatlarning, jadid pedagog olimlari - Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzodalar ijtimoiy tarbiyaning jamiyatda muhim ahamiyatga egaligi, o'sib kelayotgan avlodni jamiyat bilan integratsiyalashda ijtimoiy hayotga tayyorlashning muhimligini o'z qarashlari orqali ochib berishgan. Zamonaviy sharoitda oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalalari faylasuf, psixolog va pedagog olimlar tomonidan oila muammosining turli jihatlarini tadqiq etish jarayonida ochib berilgan.

Psixolog olimlardan V.M.Karimova "O'zbek yoshlarida oilasi to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi" deb nomlangan ilmiy ishida o'zbek oilasidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruhlarda namoyon bo'lishining empirik jihatlariga asoslanib, tadqiq etgan. Pedagog olimlardan A.Q.Munavarov o'zining "Oilaviy tarbiya samaradorligining pedagogik shart-sharoitlari" deb nomlangan tadqiqotida oilaning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tarbiyaning funksiyalarini tadqiq etgan.

Pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova oilada ma'naviy madaniyatni shakllantirish orqali bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga e'tibor qaratgan. Olima oila tarbiyasi haqida to'xtalganda, uning keng qamrovli ekanligini, jamiyat hayotining barcha jihatlarini o'ziga qamrab olishini shunday bayon etadi: "Oila tarbiyasida hikmat ko'p. Yangi o'tqazilgan niholning to'g'ri yoxud egri o'sishi bog'bon mehnati va mahoratiga bog'liqdir. Egri o'sayotgan niholning qaddini rostlab qo'yilmasa, u noto'g'ri rivojlanadi. Yangi tug'ilgan go'dak tarbiyasi bilan yosh nihol holati o'rtasida qandaydir tabiiiy o'xshashlik mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, mehnat tarbiyasi, axloq-odob normalari, Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik tarbiyasi, ma'naviy-estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, milliy g'urur va iftixor tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya va shu kabilar oiladan boshlanadi". Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash orqali ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi M.Inomova, Sh.Atadjanova, Sh.Shodmonovalar tomonidan turli yosh davrlari bilan bog'liqlikda tadqiq etilgan. Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila muhim tarbiy o'chog'i hamdir.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o'tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. Pedagogika fanlari doktori, professor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko'rsatgan: birinchidan, oila o'ziga xos va takrorlanmas ta'sirga ega; ikkinchidan, oila bola uchun o'ziga xos «ko'zgu» bo'lib, ota -onaning shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi;

uchinchidan, oila o'ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo'lib, unda ijobiy va ba'zan salbiy his-tuyg'ular jamuljam bo'ladi;

to'rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o'zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg'ulari ham tarbiyalanadi;

beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;

oltinchidan, oila - er-xotinlik, otaonalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biriga bo'lgan muhabbati bolaga ta'sir ko'rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin. Demak, oila - tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi. Oila hayoti ko'p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-biologik, xo'jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo'lishi, uning a'zolarining ijtimoiy faoliyatining o'sib borish ko'lami va tavsifi bilan bog'liq.

Jamiyatga munosabati bo'yicha oilaning vazifalari quyidagilarda aks etadi: aholining tabiiy ko'payishi. Avlodlarning almashinuvi uchun davlat tomonidan belgilangan doirada bolalar soni muvofiq bo'lishi zarur. tarbiyaviy vazifasi - bilim, ko'nikma va malakalar, me'yorlar, qad-riyatlar, ma'naviy boyliklarni uzatish. Shaxsga munosabati bo'yicha oilaning vazifalari quyidagicha:

-er-xotinlik vazifasi. Er-xotinlar - eng yaqin kishilar, ular o'zaro birbirini to'ldiradi, bir-biridan ruhiy madad oladi.

-ota-onalik vazifasi. Oila qariganda ota-onalarning hayotini bezash uchun zarur bo'lgan ishtiyoqni ta'minlaydi. -turmushni yo'lga qo'yish.

Bolalar tarbiyasini yo'lga qo'yishda ota-onalar bilan ijtimoiy-pedagog hamkorlikka erishishda ota-onalarning nafaqat pedagogik-psixologik bilimlarga egaliklari, balki ularning ruhan tetik va ijtimoiy jihatdan faol ekanliklariga ham e'tibor qaratish lozim:

-barcha kasalliklarning asosi asabdan ekanligi ma'lum ekan, oilaviy munosabatlarni yo'lga qo'yish va kasbiy faoliyatni tashkil etishda asabiylashmaslikka harakat qilish, o'zaro ijtimoiy munosabatlarini tashkil etish jarayonida boshqa sub'ektlarning qadr-qimmatini saqlashga intilish;

-atrofdagilar bilan suhbatlashish va har qanday yumush bilan band bo'lishdan qat'iy nazar samimiy bo'lishga intilish;

-bekorchilik insonda turli noxush o'y-fikrlarni keltirib chiqishini yodda tutgan holda hamisha biror-bir foydali yumush bilan band bo'lish;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

-oila a'zolari yoki yaqin kishilarning muammolari, shuningdek, ularni qiziqtiruvchi mavzularga nisbatan befarq munosabatda bo'lmaslik, ularni doimo qo'llab-quvvatlash, ularga yordam ko'rsatish va yaxshiliklar qilishga intilish;

-hayotni va atrofdagi kishilarga mehr qo'yish, zero, mehr-muhabbat insonga ruhiy kuch bag'ishlaydi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni oshiradi;

-doimo harakatchan bo'lish;

-imkon qadar kamtar bo'lish, zero, manmanlik umr zavolidir.

Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila muhim tarbiya o'chog'i hamdir. Demak, oila - tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Shayxova X. Ma'naviyat - kamolot ko'zgusi. -Toshkent: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. - B.88.

2. Boboxonov Sh., Irisov A. Hadis ilmining peshvolari. -T.: 1992. - B. 34-67

3. Bobur oilasida farzand tarbiyasi. Doktor Shafiqa Yorqin.http://www.e-tarix.uz/maqolalar/691-maqola.html

4. Tursunova, D. (2021, December). THE CONCEPT OF SOCIAL ACTIVITY AND ITS IMPORTANCE IN SOCIAL DEVELOPMENT. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 84-87).

5. Tursunova, D. (2022). PUBLIC ACTIVITIES AND ITS PERSONS. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 127-130.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Tursunova Dilnavoz To'lqin qizi, o'qituvchi [Турсунова Дилнавоз Тулкин кизи, учитель], [Dilnavoz T. Tursunova, teacher]; manzil: Farg'ona viloyati, Farg'ona shahri, Murabbiylar ko'chasi, 19- uy [адрес: Ферганская область, город Фергана, улица Мурабияра, 19 ], [address: Fergana region, Fergana city, 19, Murabbiylar street] doctortursunova@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.