Научная статья на тему 'ZAMONAVIY SHAROITDA OILADA BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH'

ZAMONAVIY SHAROITDA OILADA BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1697
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / jamiyat / bola tarbiyasi / ijtimoiy hayot / zamonaviy sharoit. / family / society / child rearing / social life / modern conditions.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oxunjon Haydarov

Ushbu maqolada jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lmish oilaning o’rni haqida fikr yuritilgan. Oila muammosi eng qadimgi davrlardayoq dolzarb muammo sifatida e’tirof etib kelingan. Jumladan, zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda jamiyatdagi mavjud tartib-qoidalarga o‘rgatish, bunyodkorlik va yaratuvchilik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL LIFE IN THE FAMILY IN MODERN CONDITIONS

This article discusses the role of the family as a key link in society. The family problem has been recognized as a topical issue since ancient times. In particular, the sacred book of Zoroastrianism, the Avesto, pays great attention to teaching children the rules of society, educating them in the spirit of creativity and preparation for social life.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY SHAROITDA OILADA BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA TAYYORLASH»

ZAMONAVIY SHAROITDA OILADA BOLALARNI IJTIMOIY HAYOTGA

TAYYORLASH

Oxunjon Haydarov

Qoqon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lmish oilaning o'rni haqida fikr yuritilgan. Oila muammosi eng qadimgi davrlardayoq dolzarb muammo sifatida e'tirof etib kelingan. Jumladan, zardo'shtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda jamiyatdagi mavjud tartib-qoidalarga o'rgatish, bunyodkorlik va yaratuvchilik ruhida tarbiyalashga katta e'tibor berilgan.

Kalit so'zlar: oila, jamiyat, bola tarbiyasi, ijtimoiy hayot, zamonaviy sharoit.

PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL LIFE IN THE FAMILY IN MODERN

CONDITIONS

Okhunjon Haydarov

Teacher of Kokand State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article discusses the role of the family as a key link in society. The family problem has been recognized as a topical issue since ancient times. In particular, the sacred book of Zoroastrianism, the Avesto, pays great attention to teaching children the rules of society, educating them in the spirit of creativity and preparation for social life.

Keywords: family, society, child rearing, social life, modern conditions.

KIRISH

Islom ta'limoti doirasida mazkur masala yanada o'zining ahamiyatini oshirdi. Oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda shariat qodalari, islom dini arkonlariga rioya qilishga da'vat etilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiylar oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda uning ta'lim va tarbiya olishi muhimligini o'z asarlarida ko'rsatib berish orqali ijtimoiy tarbiyaning tamal toshini qo'yganlar.

Keyinchalik ma'rifatparvar pedagog olimlar - Zavqiy, Avaz O'tar, Dilshodi Barno, Furqatlarning, jadid pedagog olimlari - Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzodalar ijtimoiy tarbiyaning jamiyatda muhim ahamiyatga egaligi, o'sib kelayotgan avlodni jamiyat bilan integratsiyalashda ijtimoiy hayotga tayyorlashning muhimligini o'z qarashlari orqali ochib berishgan.

Zamonaviy sharoitda oilada bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalalari faylasuf, psixolog va pedagog olimlar tomonidan oila muammosining turli jihatlarini tadqiq etish jarayonida ochib berilgan.

Psixolog olimlardan V.M.Karimova "O'zbek yoshlarida oilasi to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi"1 deb nomlangan ilmiy ishida o'zbek oilasidagi ijtimoiy tasavvurlarning turli guruhlarda namoyon bo'lishining empirik jihatlariga asoslanib, tadqiq etgan.

Pedagog olimlardan A.Q.Munavarov o'zining "Oilaviy tarbiya samaradorligining pedagogik shart-sharoitlari" deb nomlangan tadqiqotida oilaning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tarbiyaning funksiyalarini tadqiq etgan .

Pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova oilada ma'naviy madaniyatni shakllantirish orqali bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga e'tibor qaratgan. Olima oila tarbiyasi haqida to'xtalganda, uning keng qamrovli ekanligini, jamiyat hayotining barcha jihatlarini o'ziga qamrab olishini shunday bayon etadi: "Oila tarbiyasida hikmat ko'p. Yangi o'tqazilgan niholning to'g'ri yoxud egri o'sishi bog'bon mehnati va mahoratiga bog'liqdir. Egri o'sayotgan niholning qaddini rostlab qo'yilmasa, u noto'g'ri rivojlanadi. Yangi tug'ilgan go'dak tarbiyasi bilan yosh nihol holati o'rtasida qandaydir tabiiiy o'xshashlik mavjud.

MUHOKAMA

Bundan ko'rinib turibdiki, mehnat tarbiyasi, axloq-odob normalari, Vatan tuyg'usi va vatanparvarlik tarbiyasi, ma'naviy-estetik tarbiya, jismoniy tarbiya, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, milliy g'urur va iftixor tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya va shu

"5

kabilar oiladan boshlanadi" .

Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash orqali ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi M. Inomova, Sh.Atadjanova, Sh.Shodmonovalar tomonidan turli yosh davrlari bilan bog'liqlikda tadqiq etilgan.

1 Каримова В. Узбек ёшларида оила тугрисидаги ижтимоий тасаввурларнинг шаклланиши: Псих. фан. док. ...дисс. - Фаргона: ФарДУ, 1994. - 282 б.

2 Минаваров А. К. Оилавий тарбия самарадорлигининг педагогик шарт-шароитлари. - Т.: Фан, 1989.

3 Мусурмонова О. Оила маънавияти - миллий гурур. - Т.: У^итувчи, 1999.

Oilada milliy tarbiya asosida bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash muammosi M. Quronov4, A.Muxsieva5lar tomonidan o'гganilgan.

P.U.Berdanova qoraqalpoq oilalarida o'smiriaming ekologik madaniyatini shakllantirish6, F.F.Xidirova oilada qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash7 orqali yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasini o'z ishlarida turli jihatlarini yoritganlar.

Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. SHuningdek, oila muhim tartiya o'chog'i hamdiг. Oilada bola^ taгbiyasida ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillaг mobaynida hayot sinovlaгidan o'tgan yaxshi udum, odatlaг mavjud. Pedagogika fanlari doktori, professor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko^satgan:

> biгinchidan, oila o'ziga xos va takroгlanшas ta'siгga ega;

> ikkinchidan, oila bola uchun o'ziga xos «ko'zgu» bo'lib, ota-onaning shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi;

> uchinchidan, oila o'ziga xos hissiyotto olamidan iboгat bo'lib, unda ijobiy va ba'zan salbiy his-tuyg'ulaf jamuljam bo'ladi;

> to'гtinchidan, oila shaгoitida bolalaгda o'zgalaгga nisbatan hamdaгdlik tuyg'ulari ham taгbiyalanadi;

> beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;

> oltinchidan, oila - er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biгiga bo'lgan muhabbati bolaga ta'siï ko'гsatadigan asosiy taгbiyaviy omillaráan

о

biriga aylanishi mumkin .

Demak, oila - tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi.

NATIJA

Oila hayoti ko'p tomonlamali munosabat^ bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-biologik, xo'jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo'lishi, uning a'zolarining ijtimoiy faoliyatining o'sib borish ko'lami va tavsifi bilan bog'liq. V.A. Slastenin, I.F. Isaev, E.N. Isaevlaming fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo'yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi.

4 Куронов M. Узбекистан умумий уртя тaълим мaктaблaридa миллий тaрбиянинг илмий-педaгогик ясос-ляри.: Пед.фaн.дoк.....дисс. - Т.: 1998.

5 MyxCTeBa А. Оиладя миллий тapбия жapaёнининг методик ясосляри: Пед.фaн.нoм....диcc. - Т.: 2005.

6 Беpдaнoвa П.У. Корявдлпоц oилaлapидa бoлaлapнинг экологик мaдaниятини шaкллaнтиpишнинг педягогик acocлapи (усмирляр мисолидя): Пед.фвн.номз ... дисс. -Т.: 2005.

7 Хидировя Ф. Оиладя кизлярни оилявий xaëTra тaйёpлaшнинг педaгoгик шярт-шяроитляри: Пед.фвн. номз... дисс. - Т.: 2006.

8 Иномовя М. Оиладя болялярнинг мaънaвий-aхлoкий тярбияси - Т.: 1999, 20-21 бетляр.

Jamiyatga munosabati bo'yicha oilaning vazifalari quyidagilarda aks etadi:

> aholining tabiiy ko'payishi. Avlodlarning almashinuvi uchun dav-lat tomonidan belgilangan doirada bolalar soni muvofiq bo'lishi zarur.

> tarbiyaviy vazifasi - bilim, ko'nikma va malakalar, me'yorlar, qad-riyatlar, ma'naviy boyliklarni uzatish.

> ishlab chiqaruvchi-xo'jalik. Sotsiologlarning ko'rsatishicha, oila-ning oila ishlaridan to'liq ajralishlari uchun qo'shimcha 40-45 mln odam talab etiladi.

> bo'sh vaqtni tashkil etish.

Shaxsga munosabati bo'yicha oilaning vazifalari quyidagicha:

> er-xotinlik vazifasi. Er-xotinlar - eng yaqin kishilar, ular o'zaro bir-birini to'ldiradi, bir-biridan ruhiy madad oladi.

> ota-onalik vazifasi. Oila qariganda ota-onalarning hayotini bezash uchun zarur bo'lgan ishtiyoqni ta'minlaydi.

> turmushni yo'lga qo'yish9.

Bolalar tarbiyasini yo'lga qo'yishda ota-onalar bilan ijtimoiy-pedagog hamkorlikka erishishda ota-onalarning nafaqat pedagogik-psixologik bilimlarga egaliklari, balki ularning ruhan tetik va ijtimoiy jihatdan faol ekanliklariga ham e'tibor qaratish lozim. Bu o'rinda talabalar psixolog va shifokorlar (F.Akromova va A.Usmonxo'jaevlar)ning tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan quyidagi yo'riqnoma pedagogik jihatdan foydalidir:

- barcha kasalliklarning asosi asabdan ekanligi ma'lum ekan, oilaviy munosabatlarni yo'lga qo'yish va kasbiy faoliyatni tashkil etishda asabiylashmaslikka harakat qilish, o'zaro ijtimoiy munosabatlarini tashkil etish jarayonida boshqa sub'ektlarning qadr-qimmatiini saqlashga intilish;

- atrofdagilar bilan suhbatlashish va har qanday yumush bilan band bo'lishdan qat'iy nazar samimiy bo'lishga intilish;

- bekorchilik insonda turli noxush o'y-fikrlarni keltirib chiqishini yodda tutgan holda hamisha biror bir foydali yumush bilan band bo'lish;

- oila a'zolari yoki yaqin kishilarning muammolari, shuningdek, ularni qiziqtiruvchi mavzularga nisbatan befarq munosabatda bo'lmaslik, ularni doimo qo'llab-quvvatlash, ularga yordam ko'rsatish va yaxshiliklar qilishga intilish;

- hayotni va atrofdagi kishilarga mehr qo'yish, zero, mehr-muhabbat insonga ruhiy kuch bag'ishlaydi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni oshiradi;

- doimo harakatchan bo'lish;

- imkon qadar kamtar bo'lish, zero, manmanlik umr zavolidir.

9 Общая педагогика. / Под. ред. В.А. Сластенина. - М.: Владос, 2003. - Ч.2. - ст.224.

XULOSA

Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. SHuningdek, oila muhim tartiya o'chog'i hamdir

Demak, oila - tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi.

REFERENCES

1. Иномовя M. Оилядя болялярнинг мaънaвий-axлoкий тярбияси - Т.: 1999.

2. Кяйковус Кобусномя. - Т.: Укитувчи, 1986.

3. Кяримовя О. Оиля хукуки ясосляри. - Т.: 2003.

4. Кяримовя В. Оилявий хдёт психологияси. - Т.: 2006.

5. Лихячев Б.Т. Педягогикя - M.: ЮРАЙТ, 2003.

6. Myнaввapoв А. К. Оилявий тярбия сямярядорлигининг педягогик шярт-шяроитляри. Т.: Фян. 1989.

7. Myнaввapoв А. К. Оиля педягогикяси - Т.: Укитувчи, 1994

8. Mycypмoнoвa О. Оиля мяънявияти - миллий гурур. - Т.: Укитувчи, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.