Научная статья на тему '“QISSASI RABG‘UZIY”DA UCHRAYDIGAN PARI OBRAZI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR'

“QISSASI RABG‘UZIY”DA UCHRAYDIGAN PARI OBRAZI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
33
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qisas ul-anbiyo / folklor / badiiy adabiyot / obraz / qissa / payg‘ambar / pari / payrika / dev. / qisas ul-anbiyya / folklore / fiction / image / story / prophet / fairy / pairika / giant.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamdamov, Ulug‘bek Hasan o‘g‘li

Maqolada folklor hamda adabiyotda uchraydigan pari obrazi tahlil qilingan. Mazkur obrazning paydo bo‘lish tarixi, ildizi, mazkur obraz vujudga kelishi haqidagi olimlarning qarashlari, shu bilan birga, ushbu obrazning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida istifoda etilishi va badiiy talqini haqida ayrim mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME COMMENTS ON THE CHARACTER OF THE FAIRY IN "THE STORY OF RABGHUZI"

The article analyzes the image of a fairy found in folklore and literature. The history of the appearance of this image, its roots, the opinions of scientists about the emergence of this image, at the same time, some comments about the use and artistic interpretation of this image in the work "The Tale of Rabguzi" are presented.

Текст научной работы на тему «“QISSASI RABG‘UZIY”DA UCHRAYDIGAN PARI OBRAZI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 3(12), Dec., 2023

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

'QISSASI RABG'UZIY"DA UCHRAYDIGAN PARI OBRAZI HAQIDA

AYRIM MULOHAZALAR

Hamdamov Ulug'bek Hasan o'g'li

Termiz davlat universiteti, O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada folklor hamda adabiyotda uchraydigan pari obrazi tahlil qilingan. Mazkur obrazning paydo bo 'lish tarixi, ildizi, mazkur obraz vujudga kelishi haqidagi olimlarning qarashlari, shu bilan birga, ushbu obrazning "Qisasi Rabg'uziy" asarida istifoda etilishi va badiiy talqini haqida ayrim mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: qisas ul-anbiyo, folklor, badiiy adabiyot, obraz, qissa, payg 'ambar, pari, payrika, dev.

ABSTRACT

The article analyzes the image of a fairy found in folklore and literature. The history of the appearance of this image, its roots, the opinions of scientists about the emergence of this image, at the same time, some comments about the use and artistic interpretation of this image in the work "The Tale of Rabguzi" are presented.

Key words: qisas ul-anbiyya, folklore, fiction, image, story, prophet, fairy, pairika, giant.

KIRISH

Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asari o'zida din - folklor - adabiyot munosabatini aks ettirgan noyob asarlardandir. Hikoyat va rivoyatlar vositasida kitobxonga ma'naviy-ma'rifiy ozuqa bera oladigan bebaho asardir. Muallif qissalarda xalq og'zaki ijodiga doir turli obrazlardan foydalanib, hikoyat va rivoyatlarni puxta ishlangan kichik badiiy asar darajasiga yetkazgan. Ana shunday obrazlardan biri pari obrazi qissa badiiyatida muhim o'rin tutadi. Pari obrazi xalqning qadimiy tasavvurlari bilan bog'liq bo'lib, uning paydo bo'lishi, ma'no qirralarining rivojlanishi bevosita xalq mifologiyasiga borib taqaladi. Adabiyotshunos olim O.Qayumov pari haqidagi rivoyat va afsonalarning paydo bo'lishini zardushtiylik dini bilan bog'lar ekan, rus olimi G.P.Snesarevning fikrlariga tayanadi. Etnograf olim G.P.Snesarev: "Xorazmning ba'zi joylarida devlar parilarning ota-bobolari bo'lganligi to'g'risidagi qarashlar mavjud"1ligini aytadi. Ammo o'zbek olimi O.Qayumov rus olimining pari obrazi Eron mifologiyasi bilan bog'liqligi haqidagi fikrlariga e'tiroz bildirib, "pari

1 CHecapeB Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. — М.: Наука, 1969.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

obrazi O'rta Osiyoda yashagan qadimgi dehqonlarning zardushtiylikdan burungi mifologiyasida shakllangan bo'lib, dastlab hosildorlik kaliti bilan bog'liq holda tasavvur qilingan"2 degan fikrni ilgari suradi. Demak, qadimgi davr mifologiyasida parilar odamlarning ishonch-e'tiqodidan joy olgan homiy kuch sifatida shakllangan. I.Haqulovning "Zanjirband sher qoshida" kitobida "parilar Ko'hi Qof yoki Bog'i Eramda maskan tutib, insonga va inson unga oshiq bo'lishi tabiiy hol sanaladi"3 ma'lumotiga duch kelamiz. Vaxan xalq og'zaki ijodi namunalarida ham pari obrazi go'zallikda tengsiz bo'lib, ayol va erkak jinsidagi antropomorf obraz deya tasvirlanishi haqidagi ma'lumotni uchratamiz 4 . Xuddi shunday qarashni "Avesto"dagi Ahriman tomonidan yaratilgan yovuz kuch timsoli - "payrika" obrazida ham ko'rish mumkin. U parilar singari go'zallik, sehrgarlik, o'z shaklini o'zgartira olish kabi xususiyatlarga ega"5. Umuman, pari xalq og'zaki ijodi namunalarida qahramon boshiga tushgan turli sarguzashtlarning sababchisi va ayni paytda uni mushkul vaziyatlardan qutqaruvchi maslahatgo'y homiy hamda sevimli yor sifatida namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Qisasi Rabg'uziy" asarida pari obraziga bir necha marta murojaat qilingan. "Sifati al-arazina", ya'ni "Yerning sifati", Ibrohim (a.s.), Sulaymon (a.s.), Yunus (a.s.) qissalarida bu xususda maxsus so'z yuritilgan. Bu obraz qissalarda turli badiiy vazifani bajarib, ba'zan diniy adabiyotdagi obraz sifatida gavdalansa, ayrim hollarda esa og'zaki ijod namunalaridagi an'anaviy obraz qiyofasida tasvirlanadi. Qissada bu obraz diniy nuqtai nazardan yoritilgan. Jumladan, "Qisasi Rabg'uziy"ning kirish qismida parining farishtadan farqi quyidagicha izohlanadi: "...ammo uch narsa birla tafovutlari bor. Biri ul tururkim, farishtalar nurdin, parilar yolindin turur. Muallif pari va farishtalarning o'zaro farqini birining nurdan, ikkinchisining olovdan yaralganligida ekanini aytadi. Adib mazkur ta'rifni keltirishda "Qur'oni karim"ning "Rahmon" surasiga tayangan ko'rinadi. Suraning 15-oyatida jinlarning alanga olovdan yaratilganligi haqida xabar beriladi. Ikkinchi, farishtalar malak atandi, parilar jin atandi. "Qur'oni karim"da bunday g'ayb olamiga mansub vakillar farishta, jin atamalari bilan nomlanib, Rabg'uziy "Rahmon" surasi mazmuniga ko'ra jin terminini pari atamasining ma'nodoshi sifatida qaraydi. Uchinchi, farishtalar o 'rni adiz ko'kda bo'ldi, parilar yerda bo'ldi"6. Ilohiy kitobning "Jin" surasi 9-oyatida

2 Кдюмов О. Шри обрaзининг генезисига доир мyлоxaзaлaр // Узбек тили Ba aдaбиёти. - Тошкент: 98. - 4 сон. -Б. 43.

3 Haqqulov I, Zanjirband sher qoshida. - T.: Yulduzcha, 1989. B. 173

4 Фольклор и этногрaфия. - Л.: Hayra, 1970. - Б. 216.

5 Авесто. Асвдр Мадгам тaржимaси. - Тошкент: Шaрк, 2001. - Б. 335.

6 РaбFyзий, носируддин Бур^онуддин. Кисaси РaбFyзий. 1-китоб. - Тошкент: ёзувчи, 1990. - Б. 13.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

farishtalarning osmonda, parilarning yerda makon tutganligiga ishora qilingan. Adibning uchinchi tafovut haqidagi fikri shunga asoslangan. Demak, Rabg'uziyning farishta va parilar tafovutlari xususidagi ta'rifi bu o'rinda, eng avvalo, "Qur'oni karim" oyatlari asosida dalillangan va badiiylikdan xoli diniy lavha hisoblanadi.

Rabg'uziy parining tashqi qiyofasini tasvirlashda o'zgacha uslubni tanlaydi. Asarda keltirilishicha, "O'rdak parilarga mengzar arig'siz turur taqi sovuq turur.

Birorda ko'runub, birorda ko'runmas.....o'rdakning so'kluki bor"1. Savol tug'iladi,

nega pari aynan o'rdakka o'xshatildi? Avvalo, adib bu tasvirni folklor namunalari ta'sirida yaratgan. Chunki o'rdak umrining asosiy qismini suvda o'tkazadi. Shu sababli u sovuqmijoz hayvon sanaladi. Xalq og'zaki ijodida ham parilarning ayrimlari suv bilan bog'liq holda tasavvur qilinadi. Ikkinchidan, bu turdagi parilar ba'zan suv bo'yida yolg'iz yurgan insonlarga ko'rinib, ularni avrab o'ynashishi yoxud suvga cho'ktirishi mumkinligi haqidagi xalq qarashlari ham mavjud. Demak, muallif xalq orasida suv bilan bog'liq parilar to'g'risidagi qarashlarga asoslangan.

Masalan, Jabroil (a.s.) Yunus (a.s.)ga parilarning ulug'ini shunday ta'riflaydi: "Bu parilarning ulug'i turur. Jahmo otlig'. Odam Safiy ilkinda musulmon bo'ldi. To'rt ming yil tururkim, munda ibodat qilur, tebranmas. Oxir zamona bo'lsa, Muhammad rasulullohg'a borg'ay. Kofirlar birla to'qush qilg'ay". "Qur'oni karim "da keltirilgani kabi Rabg'uziy ham Jahmo timsolida parilar orasida iymonlilari hamda iblisning hukmidagi kofirlari bo'lishiga ishora qilgan.

Sulaymon (a.s.) haqidagi qissada pari obrazi dev obrazi bilan parallel tasvirlangan. Bunda muallif xalq og'zaki ijodi namunalaridagi an'anaviy pari obraziga emas, diniy manbalarga tayanadi. Bu demonologik obrazlarning qissadagi tasviri "Qur'on"ning "Naml" surasi 11-oyatida "Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo'lgan askarlari to'planib, tizilgan holda turdilar"8 deya keltirilgan bo'lib, adib qissani yaratishda ana shu dalilga asoslangan. Qissa mazmunicha, Sulaymon (a.s.) parilarga odamlar uchun mustahkam uylar qurishni buyurgan. Ushbu lavhada parilar insoniyatga xizmat qiluvchi, uning og'irini yengillatuvchi obraz sifatida tasvirlangan. Pari obrazining sof mifologik qiyofasi "Qisasi Rabg'uziy"ning Samarqand toshbosmasida Sabo degan shaharning malikasi Bilqisning tug'ilishi haqidagi hikoyatda aks etadi9. Ushbu hikoyat tahlili "demonologik obrazlar vaziyat taqozosi bilan o'z qiyofalarini o'zgartirishlari, ya'ni metamorfozaga uchrashlari mumkin ekan "10 ligidan dalolat beradi.

7 Рабгузий, Носируддин Бурхонуддин. Кисаси Рабгузий. 1-китоб. - Т.: Ёзувчи, 1990. - Б. 85.

8 Куръони Карим. Шайх Мухаммад Солих Мухаммад Юсуф таржимаси. - Тошкент: Шарк, 1990. - Б. 378.

9 «Кисас ул-анбиё». Самарканд нашр. - Самарканд: 1904. - Б. 371.

10 Тогаева Д. Узбек огзаки насрининг бир жанри хакида \\ Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1990. - 4 сон. - Б.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Mazkur hikoyat to'laligicha folklor an'analari negizida qurilgan. Chunki unda pari obrazining metamorfozaga uchrab, xohlagan antropomorf, xohlagan paytda zoomorf qiyofasiga kirishi tasvirlanadi. Shuningdek, parilarning og'zaki ijod namunalariga xos o'ta go'zal bo'lishi va ularning shoh yoki shahzodaga turmushga chiqishi hamda parilar insonlarga qaraganda zakiyroq qiyofada aks ko'rish mumkin. Buning natijasida "jonning ilon suratida namoyon bo'lishi haqidagi mifologik tushunchalar badiiy ko'chimlar jarayonida epik motiv evrilishga asos bo'lgan"11.

Adib Sulaymon (a.s.) va Bilqis hikoyatida ham xalq og'zaki ijodi an'analaridan foydalangan. Sulaymon (a.s.) va Bilqis voqeasi haqida "Qur'on"ning "Naml" surasida batafsil bayon qilingan. Biroq adib uni aynan keltirmay, voqeani badiiy to'qimalar bilan boyitadi. Unga ko'ra, payg'ambar izmidagi parilar o'zlarining toifalaridan bo'lgan sohibjamol Bilqis haqida Sulaymon (a.s.)ni xabardor qilmagani uchun jazolanishdan qo'rqib, uning kelishiga qarshi bo'lishadi. Chunki parilar o'z naslidan bo'lgan go'zal Bilqisning ulardan ustun bo'lishini va hukmronlik qilishini istashmaydi. "Insoniy qiyofa parilarning asosiy shakli-shamoyili. Bu ko'rinishdagi pari obrazining yetakchi belgisi go'zallikdir"12. Sulaymon (a.s.)ni Bilqisga uylanish fikridan qaytarish maqsadida unga malikaning oyog'i eshak oyog'iga o'xshaydi13 deya asossiz vaj ko'rsatishadi. Parilarning bu xatti-harakati folklor namunalaridagi an'anaviy tasvirdan biroz farq qiladi. Chunki folklor asarlarida parilarning bir-birini yoqtirmasligi yoxud birining ikkinchisiga hasad qilishi kabi holatlar kam uchraydi.

XULOSA

"Qisasi Rabg'uziy" asaridagi pari obrazini o'rganish natijasida ma'lum bo'ldiki, qissa eng avvalo, diniy asar bo'lgani sababli adib bosh manba sifatida "Qur'on"ga tayangan. Qissadagi voqea-hodisalar garchand ixcham bo'lsa-da, "Qur'on" oyatlari mazmuni bilan mutanosib keladi. Shuningdek, adib ba'zi lavhalarda diniy dalillar bilan cheklanmasdan ularni xalq og'zaki ijodi an'analari bilan boyitib, badiiy talqi n etadi. Ayrim qissalar esa diniy voqeadan xoli bo'lgan folklor namunalaridagi demonologik obraz asosida yaratilib, ularni yagona maqsad ostida birlashtirgani ma'lum bo'ladi. Umuman olganda, "pari obraziga aloqador fikr-tuyg'ular xalq

11 Файзиева Д. Узбек фольклорида илон инончининг излари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1996. - 4-сон.

- Б. 48.

12 Bu haqda О. Каюмовнинг Пари хакидаги халк карашлари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1996. - 1-сон.

- Б. 43; О. Кдюмов Пари образининг генезисига доир мулохазалар | Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1998. -4-сон. — Б. 42; Каримий. Б. Узбек эртакларининг баъзи бир хусусиятлари хакида // Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 1996. - 3-сон. - Б. 61.

13 Рабгузий, Носируддин Бурхонуддин. Кисаси Рабгузий. 1-китоб. - Тошкент: Ёзувчи, 1990. - Б. 52.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

afsonalari, ertak va dostonlar mazmunidan oziqlansa-da, yangi-yangi ma'no qirralarini kasb eta borgan"14.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Рабгузий, Носируддин Бурхонуддин. Кисаси Рабгузий. 1-китоб. - Тошкент: Ёзувчи, 1990.

2. Куръони Карим. Шайх Мухаммад Солих Мухаммад Юсуф таржимаси. -Тошкент: Шарк, 1990.

3. «Кисас ул-анбиё». Самарканд нашр. - Самарканд: 1904.

4. Снесарев Г.П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков Хорезма. — М.: Наука, 1969.

5. Фольклор и этнография. - Л.: Наука, 1970.

6. Авесто. Аскар Махкам таржимаси. - Тошкент: Шарк, 2001.

7. Haqqulov I, Zanjirband sher qoshida. - T.: Yulduzcha, 1989.

8. Тогаева Д. Узбек огзаки насрининг бир жанри хакида \\ Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1990. - 4 сон.

9. Файзиева Д. Узбек фольклорида илон инончининг излари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1996. - 4-сон.

10. Каюмов о. Пари образининг генезисига доир мулохазалар // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент: 98. - 4 сон.

11. Каюмов O. Пари хакидаги халк карашлари // Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 1996. - 1-сон.

12. Каюмов O. Пари образининг генезисига доир мулохазалар | Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1998. - 4-сон.

13. Каримий Б. Узбек эртакларининг баъзи бир хусусиятлари хакида // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1996. - 3-сон.

14 Матёкубова Т. Р. Огадий шеъриятида анъанавий образлар талкини: Филол. фанлари номз...дис. -Тошкент, 2001. - 6. 31-32.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.