Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI'

QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamlashtirish / raqamli iqtisodiyot / axborot / innovatsion texnologiya / innovatsiya / aloqa / dasturiy ta’minot / internet / mulkdor / xizmat / infratuzilma

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sadikova Shoxida Obidqul Qizi

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish kun tartibida turgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, kelajakda qishloq xo‘jaligida yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va etkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili xisoblangan faoliyatdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QISHLOQ XO'JALIGIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING

O'RNI

Sadikova Shoxida Obidqul qizi

Tayanch doktorant, Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11445805

Annotatsiya. Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish kun tartibida turgan dolzarb vazifalardan biri bo'lib, kelajakda qishloq xo'jaligida yuqori iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qiladi. Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot - bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va etkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli ko 'rinishdagi ma'lumotlar asosiy ishlab chiqarish omilixisoblanganfaoliyatdir.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, axborot, innovatsion texnologiya, innovatsiya, aloqa, dasturiy ta'minot, internet, mulkdor, xizmat, infratuzilma .

Abstract. Digitization of agriculture is one of the urgent tasks on the agenda, which will serve to ensure high economic growth in agriculture in the future. In general, the digital economy is the use of the results of analysis ofprocesses and the processing of large volumes of data, which allows to significantly increase the efficiency of storage, sale and delivery of various productions, technologies, equipment, goods and services, information in digital form is the main A factor of production is a calculated activity.

Keywords: digitization, digital economy, information, innovative technology, innovation, communication, software, internet, owner, service, infrastructure.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2023 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Murojaatnomada "...raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qo'llash muxim axamiyatga ega"1 deb alohida ta'kidlab o'tilgan. Farb biznesi yangi kommunikatsiya vositalarini birinchilardan bo'lib, faol o'zlashtirib oldi, mumkin bo'lgan xamma narsani raqamlashtirdi, xukumatdan elektron raqamli imzoni qonunchilik bilan rasmiylashtirishga erishdi, nafakat biznes-xamjamiyat ichida, balki davlatda xam raqamli aloqani yo'lga qo'ydi, davlat idoralari xam o'z axborot tizimlarini asta-sekinlik bilan integratsiya qildilar.

Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish raqamli o'zgarishlarga, hamma joyda, ko'chma va harakatchanlikka uchraydi. Masalan, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohalarida mobil texnologiyalarning tarqalishi, masofadan turib zondlash va tarqatilgan hisoblashlar kichik mulkdorlarning ma'lumotlarga, kirish manbalariga va bozorlarga kirishini yaxshilaydi, shu bilan ishlab chiqarish va unumdorlikni oshiradi, ta'minot zanjirini optimallashtiradi va tranzaktsiya xarajatlarini kamaytiradi.

Qishloq xo'jaligida raqamli o'zgarishlar formatini aniqlab beruvchi bir qator shart-sharoitlar mavjud, jumladan:

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.. https://president.uz/uz/lists/vievv

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

- texnologiyalardan foydalanishga imkon beruvchi, minimal sharoitlar to'plami bazis sharoitlari: bu raqamli strategiyalarni qo'llab quvvatlashga ulanganlik, moliyaviy ommabop, kompyuter savodxonligi, AKT sohasida malaka, shuningdek siyosiy chora va dasturlar (elektron hukukmat);

- texnologiyalarni o'zlashtirishga imkon beradigan omillar: internet, mobil telefonlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalari, agro oziq - ovqat sektorida innovatsiya va tadbirkorlik madaniyatini qo'llab quvvatlash (iste'dodlarni rivojlantirish, xakatonlar - o'rganishni tezlashtirish dasturlari, biznes inkubatorlar, jadallashtiruvchi dasturlar va h.k).

Oziq - ovqat sektorida raqamli o'zgarishlarni amalga oshirish uchun shu qatorda raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bir qator bazis sharoitlar mavjud. Bu infratuzilma va ulanish mavjudligi (mobil aloqa abonenti, tarmoqli qamrov, internetga imkoniyat va energo ta'minot), moliyaviy imkoniyat, ta'lim darajasi (savodxonlik, AKT sohasida ta'lim) va institutsional qo'llab quvvatlash.

Raqamli texnologiyalarga yo'l ochilishi kichik fermer xo'jaliklari va boshqa qishloq korxonalariga etkazib beruvchilar bilan aloqa, axborotlarga imkoniyat, iste'dodli ishchilarni yollash, strategik hamkorlik mehanizmlarini shakllantirish, bozor va iste'molchilarga, yuridik, moliyaviy va ta'lim hizmatlariga yo'l ochib berish borasida ahamiyatli ustu nlik berishi mumkin.

Shu borada, qishloq hududlarini raqamlashtirishni joriy etish ba'zi bir muammolar bilan kechishi mumkin. Butun dunyoda qishloq aholisi ulushi kamayib bormoqda, ularning ishga joylashuvi va ta'lim olish sohasida imkoniyatlari chegaralangan. Tub aholi ulushi katta bo'lgan jamoalar va uzoq qishloq jamoalari uchun xos bo'lgan infratuzilma, shuningdek, bazis axborot texnologiyalari infratuzilmasi mavjud emasligi. Axborot texnologiyalari bo'yicha infratuzilmani yaratish bilan bog'liq xarajatlar qishloq hududlarida asosiy to'siqlarni keltirib chiqaradi, chunki, odatda juda kambag'al, asosan rivojlanayotgan xududlarda ko'plab moliyaviy muammolar mavjud.

AKT raqamlashtirish asrida, shu qatorda mobil telefonlar va kompyuterlar, bilimlar va axborotlarga bo'lgan imkoniyat usullarini inqiloblashtirishdi, tadbirkorlik faoliyati va hizmatlardan foydalanishda tub o'zgarishlarga erishildi. Shunga qaramasdan mamlakatlar ichki iqtisodiyotida va ular orasida sezilarli raqamli uzulishlar mavjud.

So'ngi yillarda rivojlanayotgan davlatlarda smartfon egalari va keng polosali mobil texnologiyalar tarmoqqa ulanish imkoniyati foydalanuvchilari soni rivojlangan davlatlarnikiga nisbatan ancha tez o'sishiga qaramasdan, rivojlangan davlatlarda keng polosali internet imkoniyatidan foydalanuvchi abonentlar soni rivojlanayotgan davlatlardan ikki barovar ko'proq . Raqamli texnologiyalarni qo'llash savodxonlikni bazis darajasini, hisoblashni bilish, shuningdek, ba'zi texnik bilim va ko'nikmalar bo'lishini nazarda tutadi. Raqamlashtirish eng mustahkam harakatga keltiruvchi kuchga aylanayotgan jamiyatlarda, bunday ko'nikmalarga ega bo'lmagan odamlar hayotdan chetda qolib ketish xavfida qoladi.

Kishilik jamiyatida agrar soha aholini yashashi va sanoat tarmoqlari uchun resurslar manbai hisoblanadi. Sohani raqamlashtirish mutaxassislar va ularning ko'nikmalariga bo'lgan talab va ish xarakterini sezilarli darajada o'zgartiradi. Agro oziq - ovqat sektori mutaxassislarining kompyuter savodxonligiga bo'lgan talabi ortib bormoqda, bu esa tashkilotlarni bunday o'qish va qayta tayyorlashni tashkil etishga ijodiy yondoshuvini talab etmoqda.

Qishloq xo'jaligini raqamlashtirishga ko'maklashuvchi bazis shartlar qatorida bir necha muhim omillar ham mavjud. Uchta asosiy omil - fermerlar va ishchilar tomonidan qishloq

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

xo'jaligi ijtimoiy tarmoqlar, mobil tarmoqlar va internet bilimlar tarqatuvchi hizmatlardan foydalanishi; qishloq aholisida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalari mavjudligi; innovatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etishga qishloq tadbirkorlarini undovchi iqtisodiy muhit.

Xulosa o'rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining xozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiya-larni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli xam raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Xulosa

Kelajakda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari:

- Raqamli infratuzilmalarning zamonaviy talablar asosidamodernizatsiya qilinishi;

- Sanoat tarmoqlarida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini ta'minlash hamda samaradorilikni oshirish bo'yicha texnologiyalarni qo'llash orqali "Raqamli ishlab chiqarish"ni yo'lga qo'yish;

- Raqamli texnologiyalar va platformalar yaratish hamda raqamli xizmatlar ko'rsatish sohasida maksimal darajada kichik va o'rta korxonalar tashkil etish hamda samarali faoliyatini ta'minlash;

- Davlat, tadbirkorlar va fuqarolarga ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash bo'yicha foydalanish qulay, barqaror, xavfsiz va iqtisodiy samarali xizmatlar ko'rsatilishini ta'minlaydigan ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari yaratish;

- hokimiyat, tadbirkorlar va fuqarolar ehtiyojlarini qondirish uchun ma'lumotlar bilan ishlashning raqamli platformalarini joriy etish;

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/vievv

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston -2030 strategiyasi" ni tasdiqlash to'g'risidagi PF-6079-son farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4022-sonli qarori

4. Abdullaev O.M., Fattaxov A.A., K.Axmedov. Raqamli iqtisodiyot. T.: "LESSON PRESS, nashriyoti 2020 yil - 686 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.