Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINING BANKROTLIK RISKINI BAHOLASHDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH'

QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINING BANKROTLIK RISKINI BAHOLASHDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Bankrotlik / raqamlashtirish / bankrotlik riski / raqamli texnologiyalar / agro sanoat / qishloq xo’jaligi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmatullayeva Firuza Mubinovna, Umarova Hulkar Umidulloyevna

Mazkur maqolada qishloq xo’jaligi korxonalarida bankrotlik riskini baholashda raqamlashtirishni rivojlantirish va riskni baholashda raqamli texnologiyalarni qo’llash yo’llarini rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati bayon etilgan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga raqamlashtirishni joriy etishning asosiy imkoniyatlari aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINING BANKROTLIK RISKINI BAHOLASHDA RAQAMLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QISHLOQ XO'JALIGI KORXONALARINING BANKROTLIK RISKINI BAHOLASHDA RAQAMLASHTIRISHNI

RIVOJLANTIRISH

1Raxmatullayeva Firuza Mubinovna, 2Umarova Hulkar Umidulloyevna

1Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakul'teti 2Raqamli iqtisodiyot yo'nalishi 2-kurs magistranti, Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va

turizm fakul'teti https://doi.org/10.5281/zenodo.11446128

Annotasiya. Mazkur maqolada qishloq xo'jaligi korxonalarida bankrotlik riskini baholashda raqamlashtirishni rivojlantirish va riskni baholashda raqamli texnologiyalarni qo'llash yo'llarini rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati bayon etilgan. O'zbekiston qishloq xo'jaligiga raqamlashtirishni joriy etishning asosiy imkoniyatlari aniqlangan.

Kalit so'zlar: Bankrotlik, raqamlashtirish, bankrotlik riski, raqamli texnologiyalar,agro sanoat qishloq xo'jaligi.

Kirish. Bugungi kunda Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan qisloq xo'jaligi korxonalari va ekin turlari uchun mos yer tanlashdan tortib, unga ishlov berish, yetishtirilgan hosilni yig'ishtirib, iste'molchilarga yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonni raqamlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu esa albatta ushbu jarayonda shaffoflikni ta'minlash, samaradorlikka erishish, mahsulot sifatini oshirishda, shuningdek, yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ma'lum bir hududlarda ehtiyojini oshirish yoki tushirish kabi sun'iy to'siqlarga barham berishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois Vazirlik va uning huzuridagi "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" davlat muassasasi tomonidan qishloq xo'jaligi yerlarini ijaraga berish, yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malaka va ko'nikmalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi texnikalarini sinovdan o'tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo'nalishlarda 10 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi," degan so'zlari kichik biznes va qishloq xo'jaligi tadbirkorliklarini rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalarni qo'llashda davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlar yaratilayotganidan dalolat beradi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish qiyin.Bunda albatta qishloq xo'jaligi korxonalari bankrotlik riskini oldini olishda raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar ,electron tijorat kabilarni joriy etish- eng samarali vosita sifatida qo'llaniladi.

Qishloq xo'jaligi va umuman agrar sektor yaqin va uzoq muddatli istiqbolda O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Qishloq xo'jaligi sanoatida mahsulot tannarxining yuqori bo'lishiga olib keladigan ko'plab kamchiliklar va qiyinchiliklar mavjud. Raqamlashtirish orqali qishloq xo'jaligi va qishloq xo'jaligi korxonalari bankrotlik riskini oldini olishi va ishlab chiqarishining raqobatbardosh rivojlanishini ta'minlash mumkin. Raqamlashtirish uzoq va mashaqqatli jarayon bo'lib, kelajakda ham davlat, ham iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, xususan, qishloq xo'jaligi uchun real rivojlanish imkoniyatlarini beradi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Raqamlashtirish jarayoni katta moliyaviy investitsiyalar, ITtexnologiyalar sohasida malakali kadrlar mavjudligi, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining ma'naviy va psixologik tayyorgarligini talab qiladi. Raqamlashtirish qishloq xo'jaligini unumli, barqaror va ekologik toza bo'lishiga yordam berish, ya'ni yuqori sifatli va atrof-muhitga minimal ta'sir ko'rsatadigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun minimal chiqindi bilan ishlab chiqarish resurslaridan maqsadli foydalanishga yordam berish uchun mo'ljallangan.

Qishloq xo'jaligi korxonalari bankrotlik risklarini baholashda, jumladan dehqon xo'jaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlovlar orqali yer maydonlarini ajratishda foydalaniladigan "E-IJARA" axborot tizimi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun subsiyadilarni ajratishga mo'ljallangan "AGROSUBSIDIYA" axborot tizimi va ekinlarning holatini yerni masofadan zondlash materiallari yordamida tahlil qilish

bo'yicha "GEOAXBOROT" tizimlarining imkoniyatlari va ulardan to'g'ri foydalanish taqdim etilmoqda, foydalanuvchilarning tizimlarda ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalari shakllantirilmoqda.

Raqamlashtirish oziq-ovqat iste'molchilariga yanada ko'proq ma'lumot, ko'proq bilim beradi va shu bilan ishonchni mustahkamlashi mumkin. Raqamli texnologiyalardan foydalanish iste'molchilar va qishloq xo'jaligi o'rtasidagi mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishga va axborot taqchilligini bartaraf etishga yordam beradi.. Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoatining qiymat zanjirlarida raqamlashtirish resurslarni tejash va iqlimni himoya qiluvchi ishlab chiqarish usullari uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi Shuning uchun ham raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalardan foydalanish korxona bankrotlik riski xafini kamaytirish yo'li bo'lishi mumkin.

Raqamlashtirish va sun'iy yo'ldosh texnologiyalari ma'muriy organlar bilan ishlashni sezilarli darajada soddalashtiradi va bugungi kunda davlat tomonidan qo'llab -quvvatlash uchun ariza topshirish va ularni tekshirishning murakkab tartiblarini osonlashtiradi. Avtomatik ma'lumotlarni yig'ish va ma'lumotlarni integratsiyalashgan qayta ishlash, shuningdek, nazorat va risklarni boshqarishni takomillashtirish orqali korxonalarda buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisobini soddalashtirish va osonlashtirish uchun web sayt yaratildi bunda Yer tayyorlashdan to hosil yetishtirib, yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirishgacha bo'lgan zanjirdagi jarayonlarda fermer xo'jaligi, ta'minotchi va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan o'zaro hisob-kitob munosabatlari hamda to'lov intizomini tizimli tartibga solishning yagona davlat axborot tizimi yaratildi..

Xulosa va takliflar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalardan foydalanish, ayniqsa, yirik qishloq xo'jaligi korxonalari uchun iqtisodiy jihatdan foydali, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qo'llabquvvatlash ham qishloq xo'jaligiga raqamlashtirishni joriy etishning muhim qismidir. Maqsad, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun raqamli qishloq xo'jaligi texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashdir. Ushbu maqsadga erishish uchun qishloq xo'jaligi korxonalari bilan hamkorlikda turli xil texnik yechimlar va mahsulotlar sinovdan o'tkazilishi va baholanishi kerak. Shu bilan birga, qishloq xo'jaligi korxonalari uchun o'simlikchilik va chorvachilik bo'yicha tipik asosiy vazifalar belgilanishi kerak, ular tajriba maydonlarida ko'rsatilishi kerakQishloq xo'jaligini raqamlashitirishda olib borilayotgan say harakatlarimizda bizning agror sohalarni dasturiy taminotlar ham yaratildi bu dasturiy taminotda atrof muhitning meteo,eko va gidro hotlatining doimiy va uzliksiz online kuzatish imkonini beradi malumotlar o'zbek tilida tushunarli ko'rinishda taqdim etiladiTaklif va mulohaza qilib aytganda, raqamli iqtisodyot -mamlakatimizda asosiy kun tartibidagi masala sifatida qaralishi kerak. Raqamlashtirish

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

borasida O'zbekiston dadil odimlar bilan ildamlamoqda. Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy -foydasi sifatida qaralishi lozimdir. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Yangi O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi.Barcha sohalarda raqamli texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish, olis hududlarda internet tarmog'idan foydalanishni kuchaytirish va insonlarning raqamli texnologiyalarni qo'llay olish bilim va malakalarini oshirish ustuvor vazifaga aylantirish lozimdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, G5.1G.2G2G yildagi PF^G79-son.

2. Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/agrar_sohaga_raqamlashtirish_ joriy_etiladiG4.G8.2G23

3. РЛ^ЛМЛИ ЩТИСОДИЁТ ТУШУHЧЛСИHИHГ МОХДЯТИ БУЙИЧЛ ИЛМИЙ ЁHДÄШУВЛЛР ТЛХДИЛИТекст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»Файзуллаев Жонибек ^^ату^аев^ 2G22y

4. 02.08.2023 yildagi "Qishloq xo'jaligi sohasiga ilg'or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-257-son qarori.

5. "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN" JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2G23. AUGUST ResearchBib Impact Factor: 8.654/2G23 ISSN 29928869 275 Agrar sohani raqamlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari

6. Assessment of the risk of bankruptcy of the enterprise Jan, 2G 2G23

7. Iqtisodiyot Transdisiplinarlik bilish www.ugb.ro/etcjild. XIV,1/2G11 -son 2G23y 248-259.

8. "Pravda Vostoka" gazetasi Raqamli iqtisodiyot: "Taraqqiyot sari qisqa yo'l- Raqamlashtirish" 17 sentyabr 2G2G 2G199

9. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2G2G yil 1G. Niyozovna, N. I. (2G23). Ways to Increase the Competitiveness of Enterprises through

Digital Marketing Strategies. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY, 3(12), 154-157.

11. Muhammedrisaevna, T. M., & Akhtamovna, T. D. (2G23). Economic Significance Of Clustering In Tourism And World Experience In This Field.

12. Giyazova, N. (2G23). The share of world countries in the textile industry and the importance of marketing in its development. Центр Шучных Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

13. Dustova, A. (2G22). Stimulating The Economic Growth Of Territories Through The Development Of Regional Tourism. Центр Шучных Публикаций (Buxdu. Uz), 12(12).

14. Qayimova, Z. (2G23). Ways to Develop Economic Infrastructure in Uzbekistan. Центр Hаyчныx Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

15. УСМAHОВA, Л. (2G21). Tourist Potential Of The Bukhara Region. Центр Шучных Публикаций (Buxdu. Uz), б(б).

16. Giyazova, N. B., & Giyazov, B. B. (2G22). Importance Of The Textile Industry: The Situation In Uzbekistan And The Legal Framework. Miasto Przyszlosci, 78-81.

17. Abdullayeva, H. (2G21). Japanese Experience in Increasing the Efficiency of Tourist Territories in Uzbekistan. Центр Шучных Публикаций (Buxdu. Uz), 7(7).

18. Igamova, S. (2G23). Foreign Experience Of Achieving Efficiency Through Improving Innovation. Центр Шучных Публикаций (Buxdu. Uz), 27(27).

19. Abdulloyev, A. (2G21). Innovative factors for agriculture development. Центр Шучных

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Публикаций (Buxdu. Uz), 8(8).

20. Muxammedovna, Z. N., & Ravshanovna, R. G. (2023). DIRECTIONS FOR USING DIGITAL MARKETING IN THE FOREIGN ECONOMIC ACTIVITY OF THE ENTERPRISE.

21. Rakhmatullaeva, F. M. (2022). IMPACT OF DIGITALIZATION ON THE SOCIOECONOMIC DEVELOPMENT OF THE REGION. ББК 65.0501 А 43, 86.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.