Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINI SAMARADOR VA RAQOBATBARDOSH QILISH YO‘LLARI'

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINI SAMARADOR VA RAQOBATBARDOSH QILISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
globallashuv / mahsulot / xaridor / raqobatbardosh / iste’molchi / samarador / sof raqobat talabni qondirish / qishloq xo’jaligi / bozor

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ochilov Narzillo Fayzilloyevich

Qanday qilib qishloq xo‘jaligidan foydalanishni muvozanatlashtirish, hosildorlik va eksportni oshirish hamda yer egaligi huquqlarini mustahkamlash mumkin?

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINI SAMARADOR VA RAQOBATBARDOSH QILISH YO‘LLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGINI SAMARADOR VA RAQOBATBARDOSH QILISH YO'LLARI

Ochilov Narzillo Fayzilloyevich

Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11446078

Annotasiya. Qanday qilib qishloq xo'jaligidan foydalanishni muvozanatlashtirish, hosildorlik va eksportni oshirish hamda yer egaligi huquqlarini mustahkamlash mumkin?

Kalit so'zlar: globallashuv, mahsulot, xaridor, raqobatbardosh, iste'molchi, samarador, sof raqobat talabni qondirish, qishloqxo'jaligi, bozor.

Jahon xo'jaligining globallashuvi sharoitida mamlakatlar milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish zaruriyati quyidagi omillar bilan bog'liq hisoblanadi. Birinchidan, xalqaro darajada mamlakatlar iqtisodiyoti o'zaro bog'liqlik darajasining kuchayishi. Ushbu holat mamlakatlar o'rtasidagi tashqi iqtisodiy to'siqlarning kuchayishi sharoitida ichki va tashqi bozorlar chegaralarining o'zgarishida namoyon bo'ladi.

Bozorga chiqarilgan har qanday mahsulot xaridorlar talabini qondira olish darajasi tekshiruvidan o'tadi. Xaridor hamisha o'z ehtiyojini yaxshiroq qondiradigan mahsulotni sotib oladi. Raqobatbardosh mahsulot bozordagi o'xshashiga nisbatan yuqori darajada, iste'molchilar talab qiladigan xususiyatlarga ega bo'ladi va buning natijasida yuqori talabga erishadi. Raqobatbardoshlikni raqobatchilar mahsulotiga solishtirish yo'li bilan aniqlash mumkin. Chunki tovar mahsulotlarining raqobatbardoshligi nisbiy tushuncha u aniq bozorga va sotish vaqtiga (ayniqsa, qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun) qattiq bog'langan. Raqobatbardoshlik asosan, ikki usul bilan aniqlanadi: mahsulotning bahosi va sifati bilan, binobarin, ikkinchi omil asta-sekin yetakchi bo'lib oladi. Mahsulot sifati iste'molchilar qiymati bilan ajralmas holda bog'liq. Iste'molchilami mahsulotning tabiati emas, uning tovar bo'la olishi qiziqtiradi. Oldi-sotdi amalga oshirilayotgan paytda, xaridor ushbu tovaming bozor shartlariga mosligini tasdiqlaydi. Bunday mahsulotning raqobatbardoshligi shuncha yuqori boiadi. Mahsulotlar sifati-uning o'z vazifasiga ko'ra mos ravishda ma'lum talabni qondirishga asoslanadigan xususiyatlarining yig'indisi. Xaridor uning qanday o'ziga xos talabini qondirishiga qaramasdan o'zining iste'mol talabiga javob beradigan mahsulotni sifatli deb biladi. Bir mahsulotning sifati, undan bitta maqsad yo'lida foydalanish uchun yuqori yoki past deb bilinishi mumkin. Masalan, arpadagi oqsilning ortishi uning yem-xashak sifatida qimmatini oshirsa-da, pivo tayyorlash mahsuloti sifatini pasaytiradi. Mahsulotning raqobatbardoshligi xaridor uchun qiziqish uyg'ota oladigan o'ziga xos xususiyatlari (masalan, o'lchami, yangiligi, mevasining mazasi) bilangina belgilanadi. Boshqa hamma parametrlari (masalan, shakli, meva rangi) raqobatbardoshlikni baholashda hisobga olinmaydi. Raqobatli bozoming rivojlanishini mahsulot sifatini yaxshilash darajasi va o'sishi ko'rsatib beradi. Shu sababli, tovar ishlab chiqaruvchilar oldida sifatni rejalashtirish va uni boshqarish uning ma'lum darajasiga yetish xarajatlarining eng tejamli variantini tanlashni hisobga olish masalasi turadi. Bu muammolaming hammasi korxonada sifat standartlari tizimini joriy etish bilan hal etiladi.

Shu o'rinda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini rivojlanishining tabiiy iqlim va relyefi respublikamizga mos keladigan mamlakatlar amaliyotini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Bunda biz Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga (MDH) a'zo bo'lgan mamlakatlar amaliyotini o'rganib

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

chiqdik. MDH mamlakatlari statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu mamlakatlar yer maydonlarining salmoqli qismi qishloq xo'jaligida foydalanila di (1.1-rasmga qarang).

■il 2020-y iiii 2015-y

Moldova Ukraina Ozarbayjon Qirg'iziston O'zbekiston Belorussiya Qozog'iston Tojikiston MDH (o'rta hisobda) Rossiya

84,2 84,4

34,6

43,5

39 9 ni 41,3

..... 38,7

35,7

27,5 27,0

19,6

55,2 55,1

53.4

53.5

0,0

10,0

20,0

30,0

40,0

50,0

60,0

70,0

80,0

90,0

1.1-rasm. MDH mamlakatlarida qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yerlarning ulushi, foizda.

Shuningdek, MDH mamlakatlari iqtisodiyotida qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan invеstitsion dasturlarga ustuvorlik qaratilishi bilan хaraktеrlanadi. Tahlillarga ko'ra, mazkur mamlakatlar iqtisodiyoti asosiy kapitalgao'zlashtirilgan yalpi investitsiyalarning 4,5 -5,0 foizi qishloq, o'rmon xo'jaligi va baliqchilik sohasiga to'g'ri keladi. Ushbu ko'rsatkichni mamlakatlar kesimida tahlil etiladigan bo'lsa, Belorurssiya, Ukraina, Moldova vaO'zbekiston kabi mamlakatlar iqtisodiyotidaasosiy kapitalgao'zlashtirilgan yalpi investitsiyalar tarkibida qishloq, o'rmon xo'jaligi va baliqchilik sohasining ulushi boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori ekanligi bilan xarakterlanib, MDH mamlakatlari bo'yichao'rtacha ko'rsatkichdan 1,5 -2,0 marta yuqori hisoblanadi. Tojikiston, Qirg'iziston vaOzarbayjon mamlakatlaridaesa ushbu ko'rsatkich MDH mamlakatlari bo'yichao'rtacha ko'rsatkichdan 1,7 martadan ziyod kam hisoblanadi (1.2-rasmga qarang).

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

2020-y lin 2015-y

Belorussiya Ukraina Moldova O'zbekiston MDH (o'rta hisobda) Qozog'iston Rossiya Ozarbayjon

2,3

10,8

13,1

10,0

11,0

7,7

7,0

10,1

4.5

4.6

5,0

3,7

4,3

2,2 1,9

3,0

Qirg'iziston 0 9 1,9

Tojikiston "m0,1 07

0,0 2,0 4,0 6,0

8,0 10,0 12,0 14,0

1.2-rasm. MDH mamlakatlari qishloq, o'rmon xo'jaligi va baliqchilik sohasigao'zlashtirilgan investitsiyalarning yalpi asosiy kapitalgao'zlashtirilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiruvchi Markaziy-Sharqiy Yevropa vaayrim MDH mamlakatlarida (Armaniston, Ozarbayjon, Moldova va Gruziya) qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi va bu turdagi yer resurslarini sotish va sotib olish uchun huquqiy-me'yoriy jihatdan hech qanday cheklovlar o'rnatilmagan. Jumladan, MDH mamlakatlari tarkibiga kiruvchi Rossiya va Ukraina mamlakatlarida qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yer resurslari huyquqiy jihatdan xususiy hisoblanib, yerlarni sotish yoki sotib olish cheklangan va ushbu mamlakatlarda qishloq xo'jaligi faoliyatini tashkil etishda yer resurslaridan foydalanish bo'yicha ijara munosabatlariga ustuvorlik qaratiladi.

Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Belorussiyada nafaqat qishloq xo'jaligida foydalaniladigan, balki boshqa turdagi yerlar, umuman, xususiylashtirilmagan. Shunga qaramay, Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'iston mamlakatlarida yerdan foydalanish huquqiy avloddan avlodga qoldirilishi davlat tomonidan kafolatlangan. O'zbekiston, Turkmaniston va Belorussiyadaesa nafaqat qishloq xo'jaligi, balki, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham yer resurslarini sotish yoki sotib olish mumkin emas hisoblanadi. Ushbu holat mamlakatimiz qishloq xo'jaligida yer resurslaridan foydalanishda bozor iqtisodiyotining muhim komponenti hisoblangan xususiy mulkchilikning rivojlanmaganligidan dalolat beradi.

Qishloq xo'jaligiga yangi texnikalar, samarali texnologiyalar kiritilib, uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Tarmoqdagi ishchixizmatchilaming bilimlari, malakalari, tadbirkorlik qobiliyatlari yuksaltirilmoqda. Natijada so'nggi yillarda qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti yil sayin ortib bormoqda.

Qishloq xo'jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun avvalo, qishloq xo'jalik korxonalarining o'zida marketing masalalari bilan muntazam shug'ullanadigan gurahlar yoki bolimlarni tashkil etish,

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

ulami bozor konyunkturasi to'g'risidagi ma'lumotlar bilan muntazam ta'minlasb zarur. Shuningdek, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug'ullanuvchi barcha tashkilotlarning, korxonalaming faoliyatini rivojlantirish, ulaming bo'limlarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish kerak. Shundagina ortiqcha xarajatlarga, nobudgarchilikka yo'l qo'yilmaydi: qishloq xo'jalik kôrxonalari tez buziladigan mahsulotlarni uzoq masofadagi zavodlarga tashib, vaqtdan yutqazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va mahsulot sifati yomonlashmaydi, mahsulotlaming ko'proq, tezroq, arzonroq sotilishi ta'minlanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotish jarayonini bozor iqtisodiyoti talablari asosida takomillashtirish lozim. Bundan tashqari qishloq xo'jalik korxonalari o'zlari yetishtirgan mahsulotlarini sotish bilan shug'ullanuvchi uyushmalar, agrofîrmalar tashkil etishlari mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin, qulay sharoitlar yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlarni sotishda erkin raqobatli bozor vujudga kelishida va sotish jarayonini to'g'ri tashkil etishda muhim o'rin tutadi. Natijada qishloq xo'jalik korxonalari bozor konyunkturasini o'rganib, marketing tadqiqotlarini o'tkazgan holda mahsulotlarini sotish va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yalpi va tovar mahsulotlarining ko'payishi o'z navbatida daromadlaming oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytganda Jahon banki hisob-kitoblariga ko'ra, O'zbekiston paxta va bug'doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo'jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.

Mahsulotga bo'lgan talabdan kelib chiqib, tarmoqqa to'la va qisman raqobatbardoshlikni oshirish bo'yicha tadbirlar zarur. Mahsulotga bo'lgan talabning o'sishi foydani ta'minlab, tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilarni jalb qiladi. Sof raqobat sharoitida iqtisodiyot iste'molchini talabi bo'yicha ta'minlay olmasligi yoki yangi tovarlarni etarli darajada iste'molga chiqara olmasligi mumkin. Buning o'ziga xos statistik va dinamik jihatlari bor. Sof raqobat mahsulotlarni standartlashtirishni talab qiladi. Shundagina bozorning boshqa tarmoqlari kabi masalan, manopol raqobat (sof) oligopol tarzda - har bir mahsulot sifati, turi, yo'nalishi bo'yicha farqlanadi. Monopol raqobat o'zbekiston qishloq xo'jaligi tarmoqlariga mos keladi, ya'ni mahsulot sifatini oshirish ma'lum darajada qiyin kechadigan omil hisoblanadi. Shuni hisobga olib, mahsulot savdosida monopolizmdan voz kechish lozim, raqobat iste'molchilar orasida ham bo'lishi kerak, negaki tovar ishlab chiqaruvchilarda ham iste'molchilarni tanlash imkoniyati bo'lsin. Xususiy sektor rivojlanishi bilan ularning iste'molchilari sifatni oshirishda nafaqat ushlab turuvchi omil hisoblanadi, shuningdek, mahsulot assortimentini kengaytirib, hajmini oshirishi ham mumkin.

REFERENCES

1. Abdulloyev, A. (2021). Innovative factors for agriculture development. Центр Научных Публикаций (Buxdu. Uz), 5(8).

2. Abdulloyev, A. (2023). Methodological foundations for evaluating the efficiency of agrocluster management. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).

3. Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2024). SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BAHOLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(2), 20-24.

4. Fayzilloyevich, O. N. (2020). Characteristics And Main Directions Of The Formation Of Competitive Economy On The Basis Of Innovations. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(09), 101-106.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

5. Muhammedrizaevna, T. M., Khakimovna, U. M., Abdullayevna, K. Z., & Bayazovna, G. N. The role of using innovations in improving the competitiveness of goods. Gwalior management academy, 11.

6. Abdullayeva, H. (2023). BIZNESDA INNOVATSION MARKETINGNING USLUBLARIDAN FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 43(43).

7. Qulliyev O. ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARI CHIZIG'I //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №.

8. Qulliyev O., Abduqahhorov B. ECONOMIC GLOBALIZATION //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Qulliyev O. PUL MABLAG'LARI HISOBI: IQTISODIYOTDAGI O'RNI VA ULARNING ASOSIY VAZIFALARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

10. Qulliyev O. ЛИНИЯ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ПРОИЗВОДСТВА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

11. Qulliyev O. Covid-19 и экономика Узбекистана //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

12. Qulliyev O. ПРИНЦИПЫ ФУНКЦИОНИРОВАНИЯ И ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МНОГОСТОРОННИХ БАНКОВ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

13. Qulliyev O., Jiyanov L. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ И СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЙ ПОДОХОД К СЕЛЬСКОМУ ХОЗЯЙСТВУ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

14. Anvarovich Q. A. et al. THE ECONOMIC MODERNIZATION OF UZBEKISTAN //ResearchJet Journal of Analysis and Inventions. - 2021. - Т. 2. - №. 05. - С. 332-339.

15. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li. Covid-19 va O'zbekiston iqtisodiyoti JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS)

16. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR Volume: 01 Issue: 05| 2021

17. Rasulovich K. A., Ulugbekovich K. A. SECTION: ECONOMICS //POLISH SCIENCE JOURNAL. - 2020. - С. 25.

18. Rasulovich K. A. THE ROLE OF AGRO-TOURISM IN THE DEVELOPMENT OF SOCIO-ECONOMIC INFRASTRUCTURE IN RURAL AREAS //Наука и образование сегодня. - 2021. - №. 3 (62). - С. 13-14.

19. Khodjayev A. R. et al. EFFICIENCY OF USING MODERN INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN SMALL BUSINESS //World science: problems and innovations. - 2021. - С. 130-132.

20. Xodjayev A. et al. THE ROLE OF SMM MARKETING IN SMALL BUSINESS DEVELOPMENT DURING A PANDEMIC //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

21. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li CHOVACHILIK TARMOG'INI RIVOJLANTIRISH VA AQLLI FERMADA ZAMONAVIY SENSORLI TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI Toshkent davlat iqtisodiyot unuversiteti konferensiyasi 2021-y. 186-192-betlar.

22. Anvar o'g'li, Qulliyev Oxunjon. "Functioning Principles and Main Activities of Multilateral Development Banks." International Journal of Culture and Modernity 15 (2022): 83 -86.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

23. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Bobomurodov Qayimjon Homidovich, O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIK DARAJASINI QASQARTIRISH, O'ZBEKISTONDA FANALARARO INNOVAT SIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI ISSN: 2181-3302 SJIF:5,963 23-SON 20.10.2023 https://journal.buxdu.uz/index.php/iournals buxdu/article/view/11154 271-273-betlar

24. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Normurodov Jamshit Baxshibek ogli, THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND PROMISING OPPORTUNITIES TO INCREASE IT IN UZBEKISTAN O'ZBEKISTONDA FANALARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI ISSN: 2181-3302 SJIF:5,963 23-SON 20.10.2023 https://journal.buxdu.uz/index.php/journals buxdu/article/view/11153 370-374- betlar

25. Qulliyev Oxunjon Anvar o'g'li, Normurodov Jamshit Baxshibek ogli, THE STANDARD OF LIVING OF THE POPULATION AND PROMISING OPPORTUNITIES TO INCREASE IT IN UZBEKISTAN European Journal of Business Startups and Open Societyj ISSN: 2795-9228 Vol. 3 No. 12 (Dec - 2023): https://inovatus.es/index.php/ejbsos/article/view/2150/2090 58-61- betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.