QISHLOQ TURIZMINI RAQAMLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINI
O'RGANISH
Agzamova Nargiza Gapurovna
"Turizmni rivojlantirish " ilmiy-tadqiqot instituti, tadqiqotchi nargizaagzamova1608@gmail. com
Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari to'liq yoritilgan. Mamlakatda qishloq turizmi raqamlashtirish afzalliklari, imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: qishloq turizmi, raqamlashtirish, Smart turizm, ekoturizm, etnoturizm, xizmat ko 'rsatish sektori, infratuzilma.
ИЗУЧЕНИЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА ЦИФРОВИЗАЦИИ СЕЛЬСКОГО
ТУРИЗМА
Ar3aMOBa Наргиза Гапуровна
Научно-исследовательский институт "Развития туризма", исследователь
nargizaagzamova1608@gmail. com
Аннотация: В статье описан процесс развития сельского туризма в Узбекистане и всех его частях. Освещена цифровизация сельского туризма в стране.
Ключевые слова: сельский туризм, цифровизация, Смарт-туризм, экотуризм, сфера услуг, инфраструктура.
STUDY OF FOREIGN EXPERIENCE IN DIGITALIZATION OF RURAL
TOURISM
Agzamova Nargiza Gapurovna
Researcher at the scientific research institute "Development of Tourism " nargizaagzamova1608@gmail. com
Abstract: The article describes the process of rural tourism development in Uzbekistan and all its parts. Digitization of rural tourism in the country is highlighted.
Keywords: rural tourism, digitization, Smart tourism, ecotourism, service sector, infrastructure.
KIRISH
Bugungi kunda iqtisodiyotimizda turizmning ulushini oshirish, yangi ish o'rinlari tashkil qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash, ish bilan band bo'lgan aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish ularni dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mamlakatimiz prezidenti tomonidan bir qator farmon, qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi bo'yicha yirik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Turizmni rivojlantirish mamlakatning savdo, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi, qurilish, iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish kabi muhim iqtisodiy tarmoqlariga rag'batlatiruvchi ta'sir ko'rsatishdan tashqari, iqtisodiy qayta qurishning eng istiqbolli yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Xalqaro xizmatlar savdosida turizmning ulushi XXI asr boshidan beri qariyb 30 % ni tashkil etib keldi, u eksportdan kelayotgan eng yuqori daromadni ta'minladi [1]. Jahon turistik tashkiloti (UN Tourism) ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda turizm industriyasi hissasiga jahon YalMning 10,3%, jahon eksportining 7%, xizmatlar eksportining 27,4%, kapital qo'yilmalarining 9%, iste'mol xarajatlarining 11%, soliq tushumlarining 5%dan ziyodi to'g'ri kelgan, turizm sektori aholi bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, pandemiyagacha bo'lgan davrda iqtisodiyotda band bo'lgan har 11 kishining bittasi shu sohada faoliyat ko'rsatgan[2]. Biroq, COVID-19 pandemiyasi industriyaga katta zarar yetkazdi. Shunga qaramay turizm iqtisodiy faoliyatning yuqori daromad keltiruvchi yo'nalishi hisoblanadi, bir qator mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojining katalizatori vazifasini bajaradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Qishloq turizmi tushunchasini izohlab berishda xorijlik mualliflar hamda halqoro tashkilotlarda hilma-xillikni ko'rishimiz mumkin. Xalqaro turizm tashkiloti tomonidan qishloq turizmi bo'yicha quyidagi ta'rif öepnnraH: Qishloq turizmi bu-turizm bozorining segmenti bo'lib, uning o'ziga xos xususiyati jozibali qishloq joylarda, qo'riqlanadigan tabiiy xududlarda tabiatdagi rekreattsion faoliyat turidir. Ushbu sigment qator faoliyat turlarini o'z ichiga oladi: ilmiy turizmdan, yovvoyi tabiatni kuzatish, fotografiya, extiyojni qondirish (baliqchilik va ovchilik), shuningdek sport va sarguzasht turizmigacha[3]. Xalqaro turizm tashkilotining Madriddagi maxsus ma'ruzasida (2001 yil) ma'lum qilinishicha, Germaniyada tabiiy (qishloq) turizm turistik bozor segmenti sifatida qaralib, asosiy o'ziga xos tomoni tabiatdagi jozibador qishloq joylarida, tabiiy qo'riqlanadigan xududlarda dam olish tushuniladi. Bu segment o'z ichiga bir qancha faoliyat turlarini qamrab oladi: yovvoyi tabiatni kuzatib rasmga muhrlashdan tortib ov qilish, baliq ovlash, hamda sport va sarguzasht turizmigachа[4].
"Qishloq turizmi" kаtegoriyasiga berilgan ta'riflar.
№ Mualliflar Berilgan ta'riflar
1 A.S.Kuskov, Yu.A.Djaladyan "Qishlor turizmi-qishloq oilasi tomonida o'z turar joyi va shaxsiy tomorqasi negizida hamda,dehqonchilik x'ojaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasida tashkil etulgan mehmon uyida Shahar aholisini dam olishi. Qishloq oilasi tomonidan turar joy, ovqatlanish,va qishloqning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish ta'minlanadi[5]".
2 L.V.Yefrimov "Qishloq turizmi-aholi zichligi past bo'lgan hududda, shahar chegarasidan tashqaridagi turizm[6]".
3 A.P.Ioshenko "Qishloq turizmi bu-sayyohlar uchun turli xizmatlarni o'z ichiga olgan qishloq uyida yashash. Ekoturlar, sarguzashtli sayohatlar va qishloq aholisining turmush tarzida ishtirok etishi[7]".
4 A.B.Zdorov "Qishloq turizmi bu-ekotizim va etnomadaniy majmualarga ziyon keltirmagan holda qishloq joylarga sayohat uyushtirish. Bunda turizm bevosita qishloq aholisining iqtisodiy rivojlanishiga va muammolariga yechim topishiga xizmat qiladi[8]".
4 Fransuz sosiologi va iqtisodchisi F.Moane "Qishloq turizmi - bu nafaqat qishloq hayotida, balki qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishda ham turistlarning faol ishtiroki bilan bog'liq qishloq joylaridagi turistik dam olishning maxsus shaklidir[9]"
5 Ye. Vanda Jorj, X. Mair, D.G.Reydlar "Shahardan tashqarida qishloq hududlarida sayyohlarning asosiy faoliyat turlari qatorida lokallashgan harakatlarning barchasi - bu qishloq turizmidir[10] "
6 A.D. Chudnovskiy va M.A.Jukovalar "Qishloq joylariga maqsadli sayohatlarni tashkil etish bilan bog'liq faoliyat turi, turistlar uchun turistik mahsulotlarni (turar joy, ovqatlanish, diqqatga sazovor joylar, hordiq chiqarish) shakllantirish va taqdim qilishni o'z ichiga oladi, bu mintaqalarning tabiiy va milliy o'ziga xosligini aks ettiruvchi, mahalliy aholi uchun ish joylari va daromadlarni yaratish hamda, iqtisodiy foyda keltiradigan faoliyat turi" qishloq turizmi ekoturizm bilan turdosh hisoblanadi[11]".
Yuqorida keltirilgan 1-jadvalda ta'kidlaganimizdek hozirgi davrda qishloq turizmi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda turizmning eng mashhur turlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Zamonaviy xalqaro amaliyotda qishloq turizmi ko'pincha turizmning boshqa turlari bilan birlashtirilib, ekoturizmni qamrab oladi.
Xozirgi davrga kelib, Frantsiya, Italiya, Markaziy Yevropa, Bolqon yarim oroli, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Kanadada qishloq turizmi geografiyasi sezilarli darajada kengaymoqda. Shuningdek, qishloq turizmi sayyohlarning ichki olamiga ham
ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Chunki sayyoh mehmon uyining egasinikiga mehmonga kelgandek his qiladi[12]. Bu yerda yollanma ishchilar xizmat ko'rsatmaydi, taomlar ham mehmon uyi bekalari tomonidan uy sharoitida tayyorlangan bo'ladi. Qishloq turizmida asosiy joylashtirish vositalari mehmon uyi bo'lib, "u kichikroq, ko'pincha oilaviy mehmonlar uchun, qisqa muddatli joylashtirish xizmatlarini, ovqatlanish, ekskursiya dasturlari, mehmonlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va boshqa qo'shimcha xizmatlarni tashkil etadi[13]."
Tadqiqotimiz davomida xorijlik va MDH davlatlari tadqiqotchilari bilan birga o'zbekistonlik iqtisodchi olimlarimizning ham ishlarini o'rgandik. Jumladan, iqtisodchi olima E.V.Golisheva o'zining "Сельский туризм: от теории к практике" o'quv qo'llanmasida qishloq turizmiga quyidagicha ta'rif bergan: "Qishloq turizmi (agro turizm, yashil turizm, ekoturizm) bu fuqarolarning (ham mahalliy, ham xorijiy) asosiy yashash joyidan qishloq joylarga sayohat qilish maqsadida va/yoki qishloq xo'jaligi ishlarida ishtirok etish, lekin vaqtincha yashash joyida daromad olmaydigan faoliyat bo'lib, tabiiy, madaniy-tarixiy va qishloq joylarning boshqa resusrslaridan foydalanishga qaratilgan, hamda kompleks turistik mahsulot yaratishga xos turizm sektori,[14]" deb ta'riflagan.
METODOLOGIYA
Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fíkrlari va mulohazalarini tahlil etishni o'z ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy tasviriy tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yоndashish, statistik tahlil kabi usullaráan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Turizm XX asrga kelib insonlarning sayyohlik sohasiga intilishlari kuchaydi va turizm sanoatining rivojlanishiga katta turtki boldi. Shu sababli ham, uni iqtisodiy faoliyat sifatida ko„proq jalb qilishga e'tibor o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlangan va butun dunyo bozorida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ham turizm tarmog'i hisoblanadi. Xalqaro turizm oqimlari va daromadlari so'ngi yillarda barqaror o'sishini ko'rsatmoqda.
Xalqaro Turizm tashkilotining "Turizm - qishloq hududlarni rivojlantirish uchun" dasturi orqali, turizmning qishloq joylarga olib kelishi mumkin bo'lgan imkoniyatlarni kengaytirishga intiladi. Jumladan,
- 2023 yilda Xalqaro Turizm tashkiloti qishloq turizmi bo'yicha birinchi global so'rov o'tkazdi. Sor'ovda 79 mamlakat ishtirok etdi va hukumatning turizmning asosiy muammolari haqidagi tasavvurlari qishloq rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi sifatida o'lchandi.
- Ushbu mavzu doirasida mamlakatlar uchun ustuvorligiga qarab ettita muammo, shu jumladan transport, asosiy xizmatlar, telealoqa va xavfsizlikni rejalashtirish kabi muhim sohalardagi kamchiliklar aniqlandi va belgilab olindi.
- "Qishloq joylariga kirishga imkon beradigan yo'llar, portlar, aeroportlar va boshqa infratuzilmalarning kamchiliklari" — so'rov natijalariga ko'ra bu 34 mamlakat uchun eng muhim vazifadir.
- 15 mamlakat uchun ikkinchi eng muhim muammo "Asosiy xizmatlarning etishmasligi (shu jumladan ichimlik suvi, kanalizatsiya va elektr energiyasi)" bo'ldi.
- Ushbu muammolarni hal qilish barqaror rivojlanishni rag'batlantirish va butun dunyo bo'ylab qishloq aholisining farovonligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Qishloq turizmi O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi [3]. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra,2024 yilning yanvar-aprelb oylarida 38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
- Turkmaniston — 23 376 nafar;
- Tojikiston — 11 186 nafar;
- Afg'oniston — 1 087 nafar;
- Xitoy — 547 nafar;
- Turkiya — 410 nafar;
- Hindiston —366 nafar;
- Qirg'izston — 231 nafar;
- Janubiy Koreya — 227 nafar;
- Eron — 115 nafar;
- AQSh — 115 nafar;
- Boshqa davlatlar — 747 nafar.
Statistik ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, sifatni yaxshilash turistlar oqimini yanada oshiradi. Turistik xizmat ko'rsatish sohasida raqamli iqtisodiyotni qo'llashning qulayliklari quyidagicha:
1. Turistik xizmatlar sotib olish uchun xarajatlar kamayadi (masalan, oldindan mehmonxonani bronlash, aviabilet).
2. Turistik xizmatlar (turpaketlar) haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi.
3. Raqamli dunyodagi turistik xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta bo'ladi.
4. Fidbek (angl. feedback - turistlar fikrini)ni tez olish hisobiga turmarshrutlar
va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Xizmat ko'rsatish tezroq, sifatliroq, qulayroq bo'ladi.
Masalan, turist avvallari o'zi borishni rejalashtirgan davlatga sayohatga bormoqchi bo'lib, turoperator ofisiga tashrif buyuradi. U bilan yuzma-yuz o'tirib turpaketlar bilan tanishib chiqadi va o'ziga maqul kelgan turpaketni naqd pulga sotib olsa, bu an'anaviy iqtisod. Turoperatorlarning internetdagi manzili orqali o'ziga ma'qul turpaketni tanlab, turoperator hisob raqamiga pulni elektron to'lov tizimi orqali to'lash, turpaketni va turxizmatlarni olishi - raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng sodda misol orqali tushuntirishdir. Aslida, turizmda raqamli iqtisodiyot 1980 yillardan boshlangan desak xato qilmaymiz. Sababi, aynan shu yillardan turoperatorlar aviabiletlarni, mehmonxonalarni oldindan byurtma berish va pul o'tkazmalari orqali bronlash sistemalaridan keng foydalana boshlaganlar.
Biz aslida allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz, lekin uning mohiyatiga to'liq tushunib yetmaganmiz.
Shundan kelib chiqib, fikrimizcha, "Xizmat ko'rsatishda raqamli iqtisodiyot -yangi ishlab chiqiladigan yoki joriy qilinishi lozim bo'ladigan jarayon emas, bu turizmda innovatsion texnologiyalarni turistlarning kundalik hayotiga joriy etish orqali mavjud xizmatlarni yangicha ko'rinishga o'tkazish", - deganidir. Bunga misol qilib hozirda dunyo turizmi industriyasidagi o'zgarishlarni olsa ham bo'ladi[15].
Bugungi kunda turizm industriyasida "Smart-turizm" ternirai keng qo'llanib kelmoqda. "Smart turizm" sohasida innovatsiyalar va tashabbuslar ortib bormoqda. Ammo Smart-turizm aynan nima? " Yevropa-Smart turizmning poytaxti" tashabbusi ma'lumotlaгiga ko'гa, Smaгt-tuгizm yo'nalishi: "AKTga asoslangan vositalaг orqali turizm va mehmondo'stlik mahsulotlaгi, xizmatlaгi, makonlari va tajгibalaгiga kiгishni osonlashtiгadigan manzil. Bu sog'lom ijtimoiy va madaniy muhit bo'lib, uni shahaming ijtimoiy va inson kapitaliga e'tiboг qaratish oгqali topish mumkin. Shuningdek, u innovatsion, Smart yechimlarni tatbiq etadi va tadbirkorlik biznesining rivojlanishiga va ularning o'zaro bog'lanishiga yordam beradi".
"Smart-turizmning Yevropa poytaxti" - Yevropa Ittifoqi tashabbusi bo'lib, shaharlarni qulaylik,raqamlashtirish, barqarorlik, madaniy meros va ijodkorlik sohasidagi ilg'orin novatsionyon dashuvlaгi uchun mukofotlash o^ali Yevгopa Ittifoqida Smart-turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Yevropa Parlamenti tomonidan taklif etilgan tayyorgarlik tadbirlarining muvaffaqiyatli tajribasiga asoslanib, tashabbus innovatsion, barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishga ko'maklashish, shuningdek, ilg'or tajribalarni tarqatish va almashishni osonlashtirishga qaratilgan.
Yevropada bir nechta shaharlar turizmga Smart yondashganligi uchun Yevropaning Smart-turizm tashabbusi tomonidan maqtovgas azovo rbo'lgan.
2020 yilda Shvetsiyaning Gothenburg shahri "Barqarorlik" toifasi bo'yicha "Yevropa Smart-turizm poytaxti" mukofoti sovrindori bo'ldi. Shahar kelajak avlodlar farovonligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirdi. U shaharda ayirboshlash, bo'lish yoki ijaraga olishda fuqarolarning ishtirokini rag'batlantiradigan Smart xaritani chop etdi. Shuningdek, u ishlab chiquvchilar, arxitektorlarva rejalashtiruvchilar jamoatchilik maslahatlarini o'tkazish, kelajakdagi rivojlanish ta'sirini oldinda ko'rish va takomillashtirilgan qarorlar qabul qilish uchun 3D shahar modeliga ega bo'ldi. Boshqa tomondan, markazlashtirilgan isitishning 60 foizi chiqindi yoki qayta ishlangan issiqlikka asoslangan bo'lib, uni Yevropaning eng barqaror poytaxtlaridan biriga aylantirgan.
Malaga - bu qulaylik nuqtai nazaridan eng ko'p ajralib turadigan Ispaniya shahri hisoblanadi. Shaharda LED ko'cha yoritgichlarini o'rnatilgan va bir nechta ijara stantsiyalari bilan birga ko'pkilometrli kvelosiped yo'laklari ham mavjud. Shuningdek, shaharda suvni tejash uchun bog'lar va bog'larda Smart sug'orish tizimlari ishga tushirilgan va havo ifloslanishini kamaytirish, gulchanglar darajasini nazorat qilish va shovqinni kamaytirish rejasini amalga oshirilgan.
Sloveniyaning poytaxti Lyublyanada barqarorlikka alohida e'tibor qaratiladi va uning hududining 20 foizi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardan iborat bo'lib, degradatsiyagan uchragan joylarni jamoat joylariga aylantirishga qaratilgan. Ushbu shaharda turizmga yo'naltirilgan turli xil kontent va ilovalarga ega turizm veb-saytini yaratishdan tashqari, mehmonxona va restoranlarda mahalliy mahsulotlarni xarid qilishga alohida e'tibor qaratildi.
Finlyandiyaning poytaxti Xelsinki shahrida Smart jamoat transporti tizimi loyihalashtirilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Hozirda "Uber boat" tizimi ko'rib chiqilmoqda va haydovchisiz avtobuslar sinovdan o'tkazilmoqda. Bundan tashqari, shaharning asosiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradigan turistlarga bir nechta tillarda xizmat ko'rsatadigan xizmat turlarini taklif qiladi. Shuningdek, shaharda havo ifloslanishini oldini olish maqsadida elektr yordamida harakatlanadigan transport vositalariga ham alohida e'tibor qaratadi.
Raqamlashtirish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan shahar sifatida Daniya poytaxti Kopengagenni misol keltirish mumkin. Shaharda sayyohlar xizmatini ishga tushirilgan bo'lib,u yerda sayyohlar harakatlanuvchi bilbordlar, robototexnika yoki virtual reallik orqali shahar taqdim etayotgan hamma narsani ko'rishlari mumkin[16].
Yuqorida keltirib o 'tilgan eng so'ngi tendensiyalarni O 'zbekistonda turizmni rivojlantirishda, ayniqsa qishloq turizmini rivojlantirishda xorij tajribasini o'rganish va qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Albatta bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirish boshlangan. 2024-yil 13-iyun kuni "VISA" kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo'yicha katta direktori A. Boroddin boshchiligidagi delegatsiyasi Turizm qo'mitasi vakillari bilan muzokaralar o'tkazildi.
Uchrashuvda turizmni raqamli transformatsiya qilish bo'yicha qo'shma ishchi guruhning tayyorgarlik ishlari natijalari e'lon qilindi. Sayyohlik trafigi to'g'risidagi ma'lumotlarni almashish, sayyohning "o'rtacha chekini" oshirish, turbiznesning yangi mahsulotlari va xizmatlarini targ'ib qilish, turpotentsial bo'yicha qo'shma marketing kampaniyalari va turmarshrut bo'ylab naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag'batlantirish bo'yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida O'zbekiston Turizm qo'mitasi va "VISA" kompaniyasi o'rtasida tegishli hamkorlik memorandumi imzolandi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Demak, tahlillarimiz asosida bir qator muhim ahamiyatga ega quyidagi xulosalarga keldik: Birinchidan, qishloq turizmi turizmning bir turi bo'lib, bunda tabiiy xududlarda, an'anaviy madaniyat bilan muloqotga kirishib, qishloqda dam olish tushuniladi;
Ikkinchidan, qishloq turizmida joylashtirish vositalari bular: o'zida etnomadaniy xususiyatlarni saqlab qolgan mehmon uylari, xostellar, fermer yoki dehqon xo'jaligidagi shaxsiy uylar, xududning o'ziga xos arxitekturasini saqlab qolgan kichik mehmonxonalar hisoblanadi. Qishloq turizmi mahalliy aholiga yangi ish o'rinlarini yaratish, hamda daromad keltiruvchi xizmatlar orqali xududning iqtisodiy o'sishiga olib keladi;
Uchinchidan, qishloq turizmi tabiat va atrof-muhitga bo'lgan salbiy ta'sirlarni minimallashtirib, iqtisodiy foyda oladi;
To'rtinchidan, shahar va qishloqlarda turizmning ahamiyati, sayyohlar va mahalliy aholi uchun xizmatlar o'rtasidagi to'ldimvchanlik, shuningdek, turizm ekotizimi rivojlanayotgan texnologiyalari salohiyatini hisobga olgan holda, turizm sektoriga Smart yechimlar keng joriy etish,"Smart-turizm"tez o'zgaгuvchan sektoгdagi yangi chaqiriqlar va talablarga javob berish, jumladan, raqamli vositalar mahsulotlar va xizmatlarning evolyutsiyasi, barcha tashrif buyuruvchilar uchun tengim koniyatlardan foydalanish, mahalliy hududning barqaror rivojlanishi, shuningdek, ijodiy sanoat va mahalliy aholini qo'llab-quvvatlashda o'z aksini topadi. Bu esa turistik ma'lumotlarni bñ xil strategik rejaga muvofiq to'plash, saralash va qayta ishlatish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. https://www.statista.com/statistics/1099933/travel-and-tourism-share-of-
gdp/
2. https://www.unwto.org/tourism-statistics.Tourism statistics.
3. https://www.tohology.com/hospitality/industry/unwto-statistika-mezhdunarodnyh-poezdok/
4. Социально - культурные туристские ресурсы Алтайского региона. Проблемы и перспективы использования. Материалы международной научно-практической конференции/ред. кол.: А.С. Кондыков и др. - Барнаул: изд-во АГИИК, 2009. - 220 с. с-80.
5. Джаладян Ю.А., Кусков А.С. Основы туризма - М.: КНОРУС, 2010. -
400 с.
6. Ефремов Л.В. Становление и развитие экологического предпринимательства - главный фактор устойчивого развития России. // Использование и охрана природных ресурсов России. -2001. - № 5-6. - с. 122130.
7. Иощенко А.П. Развитие зеленого туризма в России. - М.: Кнорус, 2005.- 234 с.
8. Здоров А.Б. Экономика туризма - М.: Финансы и статистика, 2004. -
456 с.
9. ^ишлок хужалиги тармогини инновацион ривожлантириш . https: // staff.tilame .uz. Ф. Сельский туризм / Ф.
Муане. - Париж: Агриколь, 2012. - 430 с
10. Wanda George E.Rural Tourism Development: Localism and Cultural Change (Tourism and Cultural Change) / E.
Wanda George, H. Mair, D.G. Reid. -Bristol, Buffalo, Toronto: Channel View Publications, 2009. - 288 p.
11. Чудновский А. Д.Управление потребительскими предпочтениями в сфере отечественного туризма и
гостеприимства и основные направления реализации туристского продукта: учебное пособие / А. Д.
Чудновский, М.А. Жукова. - М.: Федеральное агентство по туризму, 2014. - 304 с.
12. В гости к природе. Маркетинг в сельском туризме: методические рекомендации/ вёрстка и дизайн С. Васильев. - Псков: ГК ТИПР, 2010. - 4 с.
13. Агротуризм : проблемы и перспективы развития : монография / В. А. Кундиус [и др.] ; М-во сел. хоз-ва Рос. Федерации, Федер, гос. образоват.
учреждение высш. проф. образования "Алт. гос. аграр. ун-т". - Барнаул : Азбука, 2011. - 4 с.
14. Е.В.Голышева. Сельский туризм: от теории к практике : [т]Учебное пособия /. -Ташкент: "Bookmany print", 2022.-17с.
15. М.П.Эшов "Ракамли инновацион технологиялардан туризмда самарали фойдаланиш йуллари"// https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz, 8-bet.
16. D.S.Islomova "Hududlarda Smart-turizmni rivojlantirishda xorij tajribasini qo'llash istiqbollari"// https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz, 273-274 bet.