Научная статья на тему 'QASHQADARYO HAVZASIDA TURISTIK MARSHRUTLAR TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

QASHQADARYO HAVZASIDA TURISTIK MARSHRUTLAR TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / turistik resurs / etnografik turizm / markaz / qo`riqxona / observotoriya / tabiat yodgorliklari / arxitektura yodgorliklari / urochishe / muzey / g`or / buloq / dovon / muzey. / tourism / tourist resource / ethnographic tourism / center / reserve / observotory / nature monuments / architectural monuments / urochishe / museum / save / spring / pass / museum.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Usmanova R., Toshniyozov S.K., To’Laganov N.U

Qashqadaryo havzasidagi mavjud turistik imkoniyatlardan samarali foydalanish, turizmni rivojlantirishbugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi bayon qilingan. Qashqadaryo havzasida tashkil qilish mumkin bo`lgan turistik yo`nalishlar haqida izoh berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE ORGANIZATION OF TURISTIC ROUTES IN THE KASHKADARYA BASIN

The effective use of existing tourist opportunities in the Kashkadarya Basin, the development of tourism is described as one of the pressing issues of today. There are comments about tourist routes that can be organized in the kashkadarya basin.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO HAVZASIDA TURISTIK MARSHRUTLAR TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

Usmanova R., G.f.n.dots.

Qarshi davlat universiteti Toshniyozov S.K. Qarshi davlat universiteti talabasi To'laganov N.U Qarshi davlat universiteti talabasi

QASHQADARYO HAVZASIDA TURISTIK MARSHRUTLAR TASHKIL ETISHNING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Qashqadaryo havzasidagi mavjud turistik imkoniyatlardan samarali foydalanish, turizmni rivojlantirishbugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi bayon qilingan. Qashqadaryo havzasida tashkil qilish mumkin bolgan turistikyo^nalishlar haqida izoh berilgan.

Kalitso'zlar: turizm, turistikresurs, etnografikturizm, markaz, qo^riqxona, observotoriya, tabiat yodgorliklari, arxitektura yodgorliklari, urochishe, muzey, g^or, buloq, dovon, muzey.

Usmanova R., Ph.D. associate professor

Karshi State University Tashniyozov S.K.

student

Karshi State University Tolaganov N.U student

Karshi State University

GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE ORGANIZATION OF TURISTIC ROUTES IN THE KASHKADARYA BASIN

Annotation. The effective use of existing tourist opportunities in the Kashkadarya Basin, the development of tourism is described as one of the pressing issues of today. There are comments about tourist routes that can be organized in the kashkadarya basin.

Keywords: tourism, tourist resource, ethnographic tourism, center, reserve, observotory, nature monuments, architectural monuments, urochishe, museum, save, spring, pass, museum.

Kirish. O'zbekiston turizm resurslari zahirasi va turli-tumanligi bo'yicha jahondagi eng boy davlatlar qatorida turadi. Turistik marshrut tashkil qilishda turistik resurslarni o'rganish va aniqlash muhim vazifalardandir. Marshrut-fransuzcha marche-yurish, oldinga harakat, route-yo'l, rus tilida ham marsh-

oldinga yurish hisoblanadi. O'zbekistondagi taгixiy, madaniy, aгxeologik ahamiyatga ega bo'lgan obyekt^ soni 4,0 mingdan oshadi. Turistik maгshгut tashkil qilishda turistik resurslarni o'rganish va aniqlash muhim vazifalardandir. Tuгizmni гivojlantiгishning muhim asoslaгidan bin turistik resuM^ga maгshrutlaг ishlab chiqish hisoblanadi. Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biгi tabiiy muhitni saqlash masalalarini hal qilishga yangicha yondashuvlami ishlab chiqishdir Ushbu yondashuvni majmuali holda murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va turistik-rekTeatsiyani ekologik tizim sifatida qaгalishida muammolami hal qilishda yetakchi o'rinni turizm egallaydi.

Tadqiqot usullari. Ushbu ishni tayyoгlashda biг- biгi bilan bog'liq bo'lgan ilmiy yondoshuvlaг, tamoyillaг va usullaróan foydalanildi. Tadqiqot negizida iqtisodiy geografik, kartografik, geobotanik, geoekologik, tibbiy geografik, taгixiy va qiyoslash kabi ilmiy tadqiq usullari yotadi. Ushbu usul^ turistik resm-skrim aniqlashda foydalaniladi, hamda ulaгdan amaliy jihatdan foydalanishga imkon beгadi.

Asosiy qism. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari o'zlaridagi mavjud tabiiy imkoniyatlardan samaгali foydalanish maqsadida turizmga katta e'tiboг qaгatmoqda. O'zbekistonning tuгli mintaqalaгida tuгizmning qatoг turiarini гivojlantiгishga qaгatilgan tadqiqotlaг olib borish va tavsiyalaг ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy ahamyatga ega. Zamonaviy turizm sanoati iqtisodiyotning yuqori daramad keltiradigan va jadal гivojlanib boгayotgan yirik taгmoqlaгidan bo'lib, u dunyo xalqlari madaniyati sohasida amaliy muloqot vazifasini o'tamoqda. Sayyohlik dunyodagi ko'plab davlatlaMa daгomad olishning asosiy sohalaгidan biridir

Tuгistik гesuгslaг ikki guгuhga bo'linadi, ya'ni -tabiiy tuгistik гesuгslaг va ijtimoiy-iqtisodiy turistik resuMar Tabiiy turistik resuMa^a hudud гelyefi, suvlaгi, iqlimi, floгasi, faunasi va boshqalaг kiritiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuгistik гesuгslaгga esa, madaniy-tarixiy, etnografik, tuгistlaгga xizmat ko'гsatuvchi ishlab chiqamvchi obyektlaгi, siyosiy va boshqalami kiгitiladi. Jumladan bulaг ham yana bajaradigan vazifalariga ko'гa guгuhlanadi. Turistik ma^hratlami ishlab chiqishda, tuгizmni rivojlantirishda, tuгizm obyektida, tuгizm maгshruti davomida tuгistlaгning nimalaгga qiziqishini, ulaming ehtiyojlarini o'гganish, tuгistik obyektda va turistik marehmt bo'ylab o'ziga xos bo'lgan kichik-kichik tuгistik infratuzilmalaming shakllantiгish zamratini yaгatadi.

Mamlakatimizda qolaveгsa, Qashqadaгyo havzada turistik imkoniyatlari juda katta, ularáan samaгali foydalanish va umuman turizmni гivojlantiгish istiqbollaгini nazaгda tutib, biz hududning mavjud turistik salohiyatini o^ganish va baholash amaliy ahamiyat kasb etishini e'tibo^a olgan holda, Qashqadaiyoning turistik ma^hi-utlari imkoniyatlaгini, tuгizm industriyasini tahlil qilish va гivojlantiгishni hamda tashkil qilish hududni yanada chuqrnroq o^ganishni talab qiladi. Qashqadaгyo viloyatida betako tuгistik obyektlaгini o'гganishni maqsad qildik.

Havza asosan paleozoy erasiga mansub bo'lgan intruziv jinslar, ohaktoshlar va slanetslardan tuzilgan bo'lib, ushbu havzaga tegishli bo'lgan tog'laming devon davri ohaktoshlari tarqalgan mintaqalarda ko'plab karst g'orlarini uchratish mumkin. Bundan tashqari daralarda tik devorsimon joylashgan intruziv jinslar ham o'ziga xos ajoyib tabiat ko'rinishlarini tashkil etadi. Shuning uchun bu yeming tik ko'tarilgan devorlarida dinozavr izlari ham saqlanib qolgan. Daryolar o'zaniga kelib qo'shiluvchi yonbag'irlaridan bir qator sharsharalar ham joylashgan. Daryoning quyi qismi bo'ylab va uning turli irmog'larining yuqorisida bir necha oromgohlami, dam olish maskanlarini, tog'oldi va tog' turizmiga kiruvchi infratuzilmani tarkib toptirish, qurish bilan aholini turistik-rekreatsiya tuzilmaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishi mumkin.

Hisor tizmasining janubi-g'arbiy tarmoqlari tarkibiga kiruvchi havzani janub tomondan chegaralab turuvchi bir qator tog'lar Eshakmaydon, Xontaxti va boshqalar karbon davridan tarkib topgan. Havzaning sharqida joylashgan Xojapiryax tog' massivi silur va devon davrlarining kristalli ohaktoshlaridan tuzilgan. Bu tog'lar dastlab gersin so'ngra esa al'p - oragenezida burmalangan, havzaning hududidagi tog'larda yura davrining iliq dengiz hududlari hisoblangan gips-angidridli jins majmualaridan tashkil topganligi bunga misol bo'la oladi. Shu kunda daralarda katta-kichik tog'lar ko'plab uchraydigan bu tog'larda tog' etagining dengiz sathiga tutash tekisliklarida dinozavrlar yashaganligi aniqlangan.

Yakkabog' daryoning o'rta oqimidagi Zarmas darasidan janubi- g'arbda Tumabuloq boshlanadigan Qizilg'aza dovonigacha 20-25 km masofa yastanib yotgan Eshakmaydon va Toytalash tog'lari (2800 m) bilan tutashgan. Guldara, Langar daryo va Kattao'ra daryo suv ayirg'ichi Xontaxti va Kurik tog'lari al'p orogenezida burmalangan tizmalardir. Tog'laming yonbag'ri juda tik ammo usti bir qator yassi platosimon relyyefga ega.

Havza iqlimining tarkib topishida uning yer usti tuzilishi, relyefi ham ta'sir ko'rsatadi. Bu yeming sharqiy, janubiy v shimoliy tomonlari tog' bilan o'ralgan bo'lib, faqat g'arbiy qismi ochiqdir. Shu sababli bu yerda g'arbdan esuvchi havo massalari kirib keladi.

Mazkur hudud iqlimining qaror topishida mahalliy havo massalari hisoblangan tog', vodiy shamollari muhim o'rin tutadi. Tog'larda havo haroratining kunduzlari tez isib, kechalari sovishi oqibatida mahalliy havo sirkulyatsiyasi yuzaga keladi va havolaming almashib turishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Qish ob-havosi o'zgaruvchan bo'lib, eng sovuq harorat yanvar oyida kuzatiladi. Bu oyning o'rtacha harorati 00 dan -60 gacha o'zgarib turadi. Havzaning adir qismida 0° bo'lsa, baland tog'li qismlarida -6° ga tushadi. Arktika sovuq havosi kirib kelganda, -27 - 30° gacha tushib ketadi.

Yillik bug'lanish tushadigan yog'inga nisbatan ancha yuqorligi bilan xarakterlanadi. Yillik bug'lanishni yuz foiz desak, 80-85 % i yilning issiq davriga (may,oktabr oyiga) to'g'ri keladi.

Qashqadatyo havzasining suv resu-skrim Qashqadaгyo va uning iïmoqlari, yeг osti suvlari va mineгal buloqlaгi muhim ^su^arim tashkil qiladi, yeг osti suvlari va mineгal buloqlaгi ham muhim suv resw^arim tashkil qiladi.

Turistik- гekreatsiya гesuгslaгidan amaliy jihatdan foydalanish maqsadida Qashqadaгyo havzasi tabiiy sharaitlari va гesuгslaгini tahlil qilish va ulaming turistik-rekreatsiyadagi imkoniyatlaгini aniqlash birinchi darajali ahamiyatga molik. Shu jihatdan barcha asosiy tabiat komponentlaгi sayyohlik va гekreatsiya nuqtai nazaridan chuqrn- va atraflicha tahlil qilindi. Bu borada haг biг komponentning sayyohlik va rekreatsiya muhitini tashkil qilishdagi ahamiyati, xususan uning ijobiy va salbiy tomonlarini yaqqol va amq ifodalashga enshildi. Shunday ekan, jismoniy va rnhiy jihatdan sog'lom bo'lish va o^anizmai haг tomonlama chiniqtirishning eng yaxshi vositasi tabiat qo'ynida bo'lish, hamda taгixiy aгxitektuгa yodgoriiklari bilan tanishish va sayг-sayohatlaг uyushtiгishdiг. Quyida Qashqadaгyo havzasi tutistik obyektlariga sayohat qilish va ulardan turistik maгshгutlaridan foydalanish imkoniyatlaгini гivojlantiгishga qaratilgan.

1. Miгzo Ulug'bek nomidagi kenglik stansiyasi shahaгdan 1,5 km shimolda Kitob - Samaгqand avtomagistгalining o'ng tomonida joylashgan. Bu kenglik rasadxonasi 1993 yildan boshlab Miгzo Ulug'bek nomidagi "Baland tog' obseгvatoгiyalaгi majmui" deb atalgan. Xalqaгo kenglik xizmatini tashkil etish g'oyasi 1898 yilning oxirida shakllangan. Xalqaгo kenglik stansiyasi 39 gradus GS minut shimoliy kehglikda joylashgan.

2. Hazrati Bashiï qishlog'i Kitob shahridan 30,5 km shimoli - sha^da Habash va Qul tog'lari oгalig'idan olib o'tuvchi Qashqadatyo sohilida joylashgan. Bu yeráa dam olish uchun baгcha tabiiy sharoit qulay. Ayniqsa shaгqiгab oquvchi muzdek ammo ta'mi sutdek buloq^ o'z shifobaxshligini namoyon etib, g'ozal tog' manzaгalaгiga uyg'unlashib ketgan.

3. Xo'jaimkana asli nomiXo'jailmkoni bo'lib, bu qishloq Kitob shahгidan 9 km Sevaz f^ara^ yig'inida, Qoгaxon tog'i etagida joylashgan. Qishloq sha^iy qismidagi tepalikda Xonoqo joylashgan. Bu joy kichik Makka hisoblangan. Xo'jailmkoniga ziyoratga keluvchilar Kitob shahrining Kovush qishlog'ida ot - ulovdan tushib hrnmat yuzasidan piyoda boгishgan. Shuning uchun bu qishloqning nomi "Kovush" deb yuritilgan.

4. Katta O'zbek trakti bo'ylab "Taxtaqoгacha" dovoni tomon Qayna! maskaniga kiгib boгiladi. Bu qishloqning dovmg'i Yevгopagacha yetib boгgan. Qaynaráa Mingbuloq, Mingchinoг oгomgohlaгi, o'nlab bola^ dam olish oгomgohlari, asab va sil kasalliklarini davolash sanatoгiylaгi mavjud. Turista Qiгqqiz, Yettiqiz g'oгlaгi va Taxtaqoracha dovonida bo'ladilaг.

5. Xo'jaqo^g'onga boгish uchun Kitobdan Jovuzgacha va geologiya qo'riqxonasi muzeyigacha avtomobil yoki otdan foydalanib, tabiat manzaгasidan bahramand bo'lish mumkin.

6. Kitob qo'riqxonasi Zarafshon tog' tizmasining janubi - g'artiy taгmoqlaгida joylashgan. Bu yeráa 3GG-400 mln yil oldin Yeráa mavjud bo'lgan hayot muhгlagan yotqiziqto ochiq holda uchгaydigan tog' landshaftlari muhofaza

qilinadi. Kitob geologiya qo'riqxonasining hududi 6 ta urochishega ajratilgan: Oqsuv yoki Obi -Safed, Xo'jaqo'rg'on, Zinzilbon, Qo'shnavo, Novdaroz. Bu yer ajoyib sayohat ob'ektidir.

7. Dinozavr izlariga sayohat -viloyatga keladigan sayohatchilar uchun "Dinozavr izlari", "Qazilma o'simlik va hayvonot dunyosi" yo'nalishlarini ta shkil qilish zarur. "Dinozavr so'qmog'i" yo'nalishi Yakkabog' tog'larida Toshqo'rg'on qishlog'idan 3,5 km janubda joylashgan. Bu noyob paleontologik topilma yura davrida, taxminan 140- 150 mln. yil ilgari yashagan qadimgi bahaybat kaltakesaklar - dinozavrlarning aniq panja izlari tushgan hududlardir. U yerda Dinozavr so'qmog'i va Amir Temur g'ori bor.

8. Amir Temur g'ori Hisor tog'larining janubi - g'arbiy tarmoqlarida 2500 metr balandlikda joylashgan. G'or stalaktit va stalagmitlarga boy. G'orning ichkarisida ko'l mavjud. Ko'l yuzasiga shipdagi yuzlab yirik stalaktitlar va yoriqlardan suv tomchilari tushib turadi. Amir Temur g'origa kelib ketayotgan turistlarga xizmatlar qilish bilan g'or atrofidagi qishloq ahli to'liq shug'ullanishadi. Tuya, ot, eshakda sayr, oziq-ovqatlar, ichimlik suvi bilan ta'minlash va xizmatlar ko'rsatish orqali mahalliy aholining ko'p qismi yaxshi, yengil daromad topmoqdalar. G'or atrofida o'ziga xos bo'lgan turizm infratuzilmalari o'zaro raqobat nati jasida tobora kengayib, mukammallashib bormoqda.

9. G'uzor - Dehqonobod- Oqrabot yonalishida G'uzorning tarixiy arxitektura yodgorliklari (Oqsaroy) bilan tanishiladi. Sayohatchilar bu yo'nalishda cho'ldan adirga, past tog' va tog' zonalari almashinishini yaqqol sezadi. Bu yerda sayohatchilar xalq udumlari bilan tanishishlari va bozorlarni tomosha qilishlari hamda toqqa chiqishlari mumkin.

10. Dehqonobod - Chashmaimiron- Tuyayaylov yo'nalishi -bu yerda tog' manzarasi, musaffo havodan nafas olishdan tashqari sayohatchilar ko'plab tabiat sirlaridan voqif bo'ladilar. Dehqonoboddan Chashmaimironga borilib undan Tuyayaylovga o'tiladi. Bu yerda karst voronkalari va boshqa tabiat shakllarini ko'rish mumkin. U yerda archazor ormonlar va boshqa ajoyib tabiat manzaralari bor.

11. Dehqonobod - Konsoy- Tolko'l yo'nalishida sayyohlar erta bahordan kech kuzgacha sayohatni amalga oshirish mumkin. Konsoyda shifobaxsh balchiq bor. Tolko'lda ov qilish, har xil dorivor o'simliklar bilan tanishish mumkin. Dehqonobod o'rmon xo'jaligi shu yerda joylashgan. Tog' daryo vodiylari, daralari go'zal manzara hosil qilgan.

Xulosa qilsak, Qashqadaryo havzasida turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlar, firma va korxonalarning istiqbol rejasini tuzishda ko'p maqsadli turistik yo'nalishlarini tashkil etish lozim. Buning uchun Qashqadaryo havzasida qulay turistik makonni shakllantirish va mavjud turistik obyektlardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish talab etiladi.

Turizmga oid barcha bilimlarni tahlil qilib, ularni yuqorida bayon qilingan usullar orqali o'rganish va ulardan foydalanish yoTlari ishlab chiqildi. Hudud

uchun mavjud turizm resurslari va sharoitlarini o'rganish asosida dam olish va sayohat qilish uchun zarur bolgan obyektlar aniqlandi. Bu hududda turizm bilan bog'liq bo'lgan tadbirlarni rejalashtirish, turistik obyektlarni ilmiy asoslangan holda joylashtirish, turizm industriyasini rivojlantirish ishlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Safarov I. B. Geographical features of pilgrimage tourism (in the case of Kashkadarya region) //Экономика и социум. - 2023. - №. 2 (105). - С. 321324.

2. Усманова Р. Оптимизatsiя использования туристических ресурсов Кашкадарьинской области // Узбекистонни топ ун туристик худудлар каторига киритиш истикболлари: баркарор ривожланиш имкониятлари" мавзусидаги халкаро онлайн илмий-амалий анжуман материаллари туплами Бухоро-2020 йил. 133-135 б.

3. Усманова Р. Роль природных факторов в развитии рекреatsiи в бассейне реки Кашкадари Материалы международного научно- теор. конф. «Туризм и экономика», посвященной Году поддержки и развитию туризма в Кыргызстане. Ош-2001.С. 69-71

4. Усманова Р. Problems of developing ecotourism in Kashkadarya region // Международная конференция «Прикладная экология и устойчивое развитие». Тошкент-2006. С. 243-245

5. Усманова Р., Бердикулова М. Географические аспекты развития туризма в Узбекистане.// VIII Международная научно-практическая конференция «Современные проблемы развития сферы туризма» Казахстан 2019 г.С. 97100

6. Усманова Р., Навотова Д. Экотуристические потенциалы Кашкадарьинской области // Узбекистон география жамияти ахбороти 51 -жилд, 1-кисм. Тошкент - 2017. С. 81-83

7. Усманова Р., Боймуродова Х. Агротуризмни ривожлантиришнинг географик жихатлари (Кашкадарё вилояти мисолида) // Вестник Аграрной Науки Узбекистана № 6 (6) 2022.143-147 б.

8. Usmanova R., Boymurodova Kh.B. Geographical aspects of development of agrotourism in Kitab-Shakhrisabz concave slope // "Экономика и социум" №3(118)-1 2024. C. 447-453.

9. Усманова Р. Сайёхликни ташкил килишнинг турлари, хозирги ахволи ва келажакдаги тараккиёти масалалари. //«География |ва кадриятлар». Тошкент, 2001. 81—85

10. Safarov I. B., Toshquvvatov I. T. Recreational and touristic opportunities of Uzbekistan's mountains // Экономика и социум. - 2023. - №2.11(114). - С. 303312.

11. Safarov I. B., Rasulov F. I. Prospects for the development of pilgrimage tourism (on the example of Koson district) //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 189-191.

12. Safarov I., Toshquvatov I. Organization of mountain tourism in Kashkadarya region and its significance //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. - 2024. - Т. 4. - №. 3. - С. 7-12

13. Узбек тилининг изохли лугати. Москва,"Рус тили" нашриёти.,1981. -316, б.

14. Кашкддарё вилояти географияси. Карши, 1994. 94 б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.