Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATIDAGI ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA TARIXIY OBYEKTLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI'

QASHQADARYO VILOYATIDAGI ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA TARIXIY OBYEKTLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arxeologik yodgorlik / arxitektura yodgorliklari / milliy madaniy meros / tarixiy obyektlar / konservatsiya / restavratsiya. / archaeological monuments / architectural monuments / national cultural heritage / historical objects / conservation / restoration.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xamidova M.Z.

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining arxeologik yodgorliklar va tarixiy obyektlardan samarali foydalanish bo’yicha qulay imkoniyatiga ega ekanligi haqida so’z boradi. Viloyat hududida mavjud obyektlarni to’liq o’rganish nafaqat viloyat arxeologiyasini balki, uning iqtisodi va ko’plab sohalarini rivojlantirish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NECESSITY OF USING ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS AND HISTORICAL OBJECTS IN KASHKADARYA REGION

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining arxeologik yodgorliklar va tarixiy obyektlardan samarali foydalanish bo’yicha qulay imkoniyatiga ega ekanligi haqida so’z boradi. Viloyat hududida mavjud obyektlarni to’liq o’rganish nafaqat viloyat arxeologiyasini balki, uning iqtisodi va ko’plab sohalarini rivojlantirish mumkin.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATIDAGI ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA TARIXIY OBYEKTLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI»

Xamidova M.Z. doctoral student Karshi State University

QASHQADARYO VILOYATIDAGI ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA TARIXIY OBYEKTLARDAN FOYDALANISHNING ZARURIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining arxeologik yodgorliklar va tarixiy obyektlardan samarali foydalanish bo'yicha qulay imkoniyatiga ega ekanligi haqida so'z boradi. Viloyat hududida mavjud obyektlarni to'liq o'rganish nafaqat viloyat arxeologiyasini balki, uning iqtisodi va ko'plab sohalarini rivojlantirish mumkin.

Kalit so'zlar: arxeologik yodgorlik, arxitektura yodgorliklari, milliy madaniy meros, tarixiy obyektlar, konservatsiya, restavratsiya.

Xamidova M.Z. doctoral student Karshi State University

THE NECESSITY OF USING ARCHAEOLOGICAL MONUMENTS

AND HISTORICAL OBJECTS IN KASHKADARYA REGION

Annotation. This article talks discusses fact that Kashkadarya region has a favorable opportunity for effective use of archaeological monuments and historical objects. A complete study of the existing objects in the territory of the region can develop not only the archeology of the region, but also its economy and many other areas.

Key words: archaeological monuments, architectural monuments, national cultural heritage, historical objects, conservation, restoration.

Mamlakatimiz bugungi kunda 8 mingdan ziyod madaniy meros obyektlariga egaligi bilan, YUNESKOning Xiva shahridagi "Ichan-qal'a", "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" obyekti, Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari hamda Chotqol biosferasi (tabiiy meros) Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan obyektlarining mavjudligi, Buyuk Ipak yo'lining chorrahasida joylashganligi bilan dunyoning madaniy merosga egalik qiluvchi mamlakatlar orasida yuqori o'rinlarda turadi. Bu kabi obyektlardan foydalanish ham iqtisodiy tomondan, ham ijtimoiy tomondan mamlakat rivoji uchun ijobiy xizmat qiladi. Shu boisdan ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmonining 35-maqsadida Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros

obyektlaridan samarali foydalanish bo'yicha davlat dasturini qabul qilish masalalari belgilangan[1].

Bundan tashqari tadqiqotimiz obyekti bo'lgan Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy obyektlar hamda arxeologiya yodgorliklaridan samarali foydalanish bo'yicha ham normativ asoslar qabul qilingan. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi "Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 112-sonli qaroriga ko'ra moddiy madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish masalalari belgilab qo'yilgan[2].

Shunday ekan, mamlakatning har bir hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va tarixiy yodgorliklardan samarali foydalanish hudud iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi. Bu bo'yicha tadqiqot olib borgan mutaxassislarning fikricha, madaniy meros obyektlari o'zining jismoniy va ma'naviy strukturasini yo'qotmasdan, brendga aylanishi bilanoq ulardan daromad olish imkoniyati yuzaga keladi[3]. Demak, hududlarda joylashgan obyektlarni o'rganib, ularning imkoniyatlardan samarali tarzda foydalangan holda daromad ko'rish imkoniyati yuqori. Qashqadaryo viloyati ham Respublikada barcha sohalarda salmog'li ulushga ega bo'lgan hududlardan biridir. Bu holat tarixiy va arxeologiya obyektlarining mavjudligi jihati bilan ham o'rinlidir. Negaki viloyatda, jami 1468 ta moddiy - madaniy meros obyektlari mavjud. Ushbu obyektlar viloyat ma'muriy birliklari bo'ylab turlicha joylashgan (1-chizma).

Kitob t. Nishon t. Chiroqchi t. G'uzor t. Dehqonobod t. Yakkabog' t. Qamashi t. Koson t. Kasbi t. Mirishkor t. Muborak t. ■

t 2

69

Shahrisabz t. Qarshi t. Shahrisabz sh. Qarsh sh.

■ 135

0 50

■ monumental yodgorliklar

138

100 150

I arxitektura yodgorliklari ■

195

200

arxeologiya yodgorliklari

250

1-chizma. Qashqadaryo viloyatida joylashgan tarixiy-madaniy obyektlar soni (hududlar kesimida)

Manba: O'rganilgan ma'lumotlar asosida muallif ishlanmas

Biroq muhim jihati shundaki, har bir ma'muriy birlik tarkibida yetarli darajada bo'lgan arxeologiya hamda arxitektura yodgorliklari mavjud. Viloyatdagi joylashgan arxeologik yodgorliklarni o'rganish asosida voha aholisining turmush tarzi, an'analari, ilk yozuvlari, madaniyati haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Urf odat va an'analari bilan bir qatorda din geografiyasi, turizm geografiyasiga oid bo'lgan ko'pgina muhim ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati mazkur hududning noyob tarixiy-madaniy va me'moriy obidalari, o'lmas an'analari, tabiiy-rekratsion maskanlari bilan belgilanadi.

Viloyat hududida mavjud bo'lgan eng mashhur tarixiy obyektlar sirasiga: Qarshi shahrida "Odina masjid", "Abu Ubayda bin al Jarroh", "Ko'kgumbaz masjid"; Qarshi tumanidagi "Hazrat imom Muin", "Shayxon ota Hulvoyi", "Shayx Ali", "Shayx Shibliy","Abu Turob Naxshabiy", "Imom Muhammad Hanafiy", "Ko'k to'nli ota"; Kasbi tumanida joylashgan "Hazrat Sulton Mirhaydar", "Imom Muhammad Sadr Islom", "Murodbahsh ota", "Mirdevona"; Chiroqchi tumanida "Siypantosh qoya" rasmlari, "Kishmishtepa"; Mirishkor tumanidagi "Ishoq ota", Dehqonobod tumanidagi "Beli boyli ota". "Xojai pok"; Yakkabog' tumanidagi "Xoja ilg'or", "Xo'jabuzruk ota" "Tutak ota"; G'uzor tumanidagi "Mir Jandiy ota", "Musofir ota", "Zaynulodiddin"; Qamashi tumanidagi "Langar ota", "O'g'lonjon ota"; Shahrisabz shahridagi "Oqsaroy me'moriy yodgorligi", "Gumbazi sayyidon", Shahrisabz tumanidagi "Hazrati Sulton", "Shayx Arslonbobo ziyoratgohi", "Turk Tug'yon ziyoratgohi; Kitob tumanidagi "Hazrat Bashir", "Xo'ja Ilmkon" "Shayx Shamsiddin" maqbaralari, "Xo'ja Isporos masjidi (Oq suv ziyoratgohi)"; Muborak tumanidagi "Xoja Muborak", "Xoja Ro'shnoyi"; Koson tumanidagi "Yerqo'rg'on" yodgorligi, kabilardir. Ushbu obyektlar viloyat bo'ylab tarqoq holda joylashgan hamda turli davrlarga va madaniyatlarga xosligi bilan ajralib turadi. Sanab o'tilgan obyektlarning aksariyatining salohiyati deyarli o'rganilmagan. Bu esa ushbu sohada ishlarni samarali hamda iqtisodiy tomondan yuqori samaradorlikka ega bo'lgan yondashuvlar asosida tizimli tashkil qilish va takomillashtirishni zarurligini ko'rsatmoqda.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri 2024-yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deya e'lon qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati O'zbekiston raisligida onlayn formatda o'tgan IHT Turizm vazirlarining IV yig'ilishi yakuniga ko'ra ma'lum qildi[4]. Bunday qarorga kelinishiga yuqorida keltirganimzidek, Shahrisabz shahrining boy tarixi va madaniy merosi, Ipak yo'lida turizmning rivojlanishidagi o'rni va sohani barqaror rivojlantirish salohiyati inobatga olindi. Maydoni 53 km2 bo'lishiga qaramasdan, viloyatning asosiy turistik potensiali aynan shu hudud

hisoblanadi. Negaki, Qashqadaryoning arxeologiya obyektlarining qariyb 11 % i, arxitektura obyektlarining 10 % i aynan shu shaharda joylashgan. Bu imkoniyatlar esa ushbu hudud turizm salohiyatini oshirishga ijobiy xizmat qiladi. Shahrisabz shahri bu Qashqadaryo viloyati imkoniyatlarini ko'rsatib beruvchi birgina hududdir. Viloyat boshqa hududlaridagi obyektlardan ham Shahrisabz shahridagi kabi foydalanishni yaxshilash orqali, ko'plab mavjud muammolarga yechim topa olishi mumkin.

Umuman olganda, har qaysi hudud o'zida mavjud bo'lgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi zarur. Bu hol iqtisodiy rivojlanish, aholi madaniyatini yuksaltirish hamda ijtimoiy hayotni barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy obyektlar va arxeologiya yodgorliklari shular jumlasidandir. Ushbu obyektlarning saqlanganlik darajasi, ular bo'yicha amalga oshiriladigan tahlillarning qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishi mazkur obyektlar faoliyati uchun ijobiy xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni. PF-60-son. T., 2022-yil 28-yanvar. Manba: https://lex.uz/uz/docs/-5841063

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 112-sonli qarori. T., 2021-yil 1-mart. Manba: https://lex.uz/docs/-5316745

3. Весенина Т. Kультурные места как бренд: опыт города и деревни [Cultural places as brand: experience of the city and village]. URL: http://www.gttp.ru-/PC/pc_70.htm (data obrashcheniya 20.10.2017).

4. Сагдуллаев А. Кддимги Урта Осиё тарихи. Укув кулланма. Т.:"Университет", 2004.

5. ТурFунов Б. Узбекистон антик маданияти. (Жанубий Узбекистоннинг кадимий маданиятидан лавх,алар). "Узбекистон". Тошкент. 1976.

6. Safarov I. B. Geographical features of pilgrimage tourism (in the case of Kashkadarya region) //Экономика и социум. - 2023. - №. 2 (105). - С. 321324.

7. Сафаров И. Б., Халилов Н. Х. ЭKОHОМИKО-ГЕОГPAФИЧЕСKИЕ ПРОБЛЕМЫ ГРАДОСТРОИТЕЛЬСТВА ВЕРХНЕ-KAШKAДAPЬИHСKОЙ ОБЛАСТИ //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 707-713.

8. https ://www. gazeta.uz/oz/2022/12/17/shakhrisabz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.