Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI GEOGRAFIK TASNIFI VA BIOXILMA-XILLIK DARAJASIGA INSON OMILI TA’SIRI'

QASHQADARYO VILOYATI GEOGRAFIK TASNIFI VA BIOXILMA-XILLIK DARAJASIGA INSON OMILI TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
geografik tasnifi / biologik xilma-xilligi / maydoni / km / tuproq turlari / zaharli moddalar / zaharli bo'lmagan ifloslanish / chang va gaz tozalash uskunalari / utilizatsiya.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ismoilov H.F

Qashqadaryo viloyati bioxilma-xilligini o’rganish shu hududni oldingi, xozirgi va kelajakdagi bioxilma-xillik darajsini taqqoslash va u orqali muhit, inson omillari ta’siri taxlil etish mumkin. Bu ko’rsatkichlar ekologik holatni aniq ko’rsatib beradi shuningdek tegishli chora tadbirlarni ishlab chiqish orqali o’zi yashayotgan muhitni ijobiy tomonga o’zgartirish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muommolarni yechish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI GEOGRAFIK TASNIFI VA BIOXILMA-XILLIK DARAJASIGA INSON OMILI TA’SIRI»

QASHQADARYO VILOYATI GEOGRAFIK TASNIFI VA BIOXILMA-XILLIK DARAJASIGA INSON OMILI TA'SIRI

Ismoilov H.F.

O'zbekiston milliy universiteti erkin tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11181865

Annotatsiya. Qashqadaryo viloyati bioxilma-xilligini o'rganish shu hududni oldingi, xozirgi va kelajakdagi bioxilma-xillik darajsini taqqoslash va u orqali muhit, inson omillari ta'siri taxlil etish mumkin. Bu ko'rsatkichlar ekologik holatni aniq ko'rsatib beradi shuningdek tegishli chora tadbirlarni ishlab chiqish orqali o'zi yashayotgan muhitni ijobiy tomonga o'zgartirish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muommolarni yechish imkonini beradi.

Kalit so'z: geografik tasnifi, biologik xilma-xilligi, maydoni, km, tuproq turlari, zaharli moddalar, zaharli bo'lmagan ifloslanish, chang va gaz tozalash uskunalari, utilizatsiya.

Абстракт. Географическая классификация, биоразнообразие, площадь, км, типы почв, токсины, нетоксические загрязнения, пылегазоочистное оборудование, утилизация.

Ключевые слова: geographical classification, biodiversity, square, km, soil types, toxin, non-toxic pollution, dust gas cleaning equipment, disposal.

Bizga ma'lumki iqlimni keskin o'zgarishi, ekologik faktorlar soningning tez suratda oshib borishi, o'z navbatida yechimi ozuqa zaxirasiga bog'liq muomolar talablar oshishiga sabab bo'lmoqda, oldiga ularning ijobiy yechimini toppish va amaliyotga taqdim etish kabi dolzab muommalarni oldindan bilish, yuzaga kelishi mumkin muommolarni bartaraf etishga muhim masalalardandir. Ular orasida dolzarlaridan biri shubxasiz sifatli, tuyimli va arzon tabiiy maxsulotlarga bulgan ixtiyojni ekologik baho berishdir.

Qashqadaryo viloyati O'zbekistonning janubida, shu nomli daryo havzasida joylashgan bo'lib, O'rta Osiyo deb yuritiluvchi yirik tabiiy geografik o'lkaning markazidan sal janubroqda 37 gr 58 bilan 39 gr 32 sh.k. va 64 gr 23 bilan 67 gr 42 shular orasidagi xududni ishg'ol etadi. U shimoli-g'arbda Buxoro, shimolda Samarqand va qisqaroq masofada Navoiy viloyatlari, janub va janubi-sharqda Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh. Geosiyosiy mavqei, shuningdek, g'arb va janubi-g'arbda Turkmaniston, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan ham tavsiflanadi. Viloyat Qashqdaaryo havzasida va Pomir Oloy tog'larining g'arbiy chekkasida joylashgan. Xududining ko'pchilik qismi tekislik, shimoli-sharqida Kitob-SHahrisabz tekisligi, Qashqadaryoning g'arbida G'uzor tekisligi, shimoli-g'arbda Qarshi cho'li, janubda Nishon cho'li va janubi-g'arbda Sandiqli qum cho'lidan iborat. Tekislik shimoli-sharqqa tomon ko'tarma borib, tog'lar orasidagi Kitob-SHahrisabz botig'ini hosil qiladi. Shimoli-sharq va janubi-sharqdan cho'llarni Zarafshon (Qoratepa, 7 Chaqilkalon tog'lari)va Hisor tizmalarining tarmoqlari (Osmontarosh, Shertog', Yakkabog', Eshakmaydon, Ko'kbuloq, Chaqchar, Qorasirt, Dehqonobod tog'lari o'rab turadi).5-6bet

Qashqadaryo viloyati (maydoni 28,6 ming kv.km) subtropik mintaqaning shimoliy qismida, O'zbekistonning janubida, O'rta Osiyo tabiiy geografik o=lkasining markazidan janubroqda 370 58 bilan 390 32 sh.k. va 640 23 bilan 670 42 sh.u. orasida joylashgan.3bet Viloyat 1943 yil 20 yanvarda tashkil qilingan. Uning tarkibiga hozirgi vaqtda 13 qishloq tumanlari (Mirishkor, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Qamashi, Qarshi va G'uzor) kiradi. Maydoni 28,6 ming km2 bo'lib, u iqtisodiy rayon xududining 58,7, O'zbekiston Respublikasining 6,4 % ga barobar.5bet

Qashqadaryo viloyatining katta qismi Qashqadaryo tektonik botig=i doirasida joylashgan bo=lib, bu tektonik botiq Oloy - Hisor (Janubiy Tyanshan) tog= tizimining sharqiy tizmalarini hosil qiladigan Zarafshon va Hisor tog= tizmalariga mansub bo=lgan tog=lar bilan o=ralgan. Qashqadaryo tektonik botig=i g=arbda ochiq yarim halqasimon shaklga ega bo=lib, Qizilqum cho=llari bilan tutashadi. Qashqadaryo havzasini geomorfologik jihatdan O.Y. Poslavskaya (1959) uchta asosiy geomorfologik mintaqaga ajratadi: 1) tog= mintaqasi; 2) tog= oldi va past tog=lar mintaqasi; 3) tekislik mintaqasi.

T o g= m i n t a q a s i Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon - Sherobod vodiylari oralig=ida joylashgan Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub bo=lgan o=rtacha baland va baland tog=larni o=z ichiga oladi.Bu tizmalar geologik tuzilishining xususiyatlari va eng yangi (neo)tektonik harakatlarning tabaqalashuvi ularning relyefining xilma-xilligiga sabab bo=lgan.Ularda tog relyefining strukturaviy, denudatsion va akkumulyativ shakllari mavjud bo=lgan turli xillari tarqalgan.

T o g= o l d i va a d i r l a r m i n t a q a s i Qashqadaryo havzasining shimoli-sharqiy va janubiy qismlarini - Qoratepa tog=lari va Hisor tizmasi tarmoqlarining tog= oldi qismlarini ishg=ol etadi. Mintaqaning o=rtacha absolyut balandligi 800 - 900 m bo=lib, baland nuqtalari 1500 m gacha ko=tariladi. Geologik jihatdan bu mintaqa mezozoy va paleogen cho=kindi yotqiziqlari tarqalgan hududdir. Mintaqaning yuzasi asosan allyuvial - delyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Ayrim joylarda allyuvial - prolyuvial yotqiziqlar ham tarqalgan.

T e k i s l i k m i n t a q a s i Qashqadaryo havzasining katta g=arbiy qismini o=z ichiga oladi. Mintaqaning asosiy qismi Qarshi cho=lining qiya tekisligi bilan band. Qarshi qiya tekisligi Qizilqum cho=lining janubi - sharqiy chekkasi hisoblanadi (Mamatov, 1994). Mintaqa doirasida absolyut balandliklar 280 m dan 600 m gacha o=zgaradi. Tektonik jihatdan cho=kish oblastida joylashgan Qarshi cho=lining qiya tekisliklari to=rtlamchi davrning qalin prolyuvial, prolyuvial -allyuvial, allyuvial va delyuvialyotqiziqlari bilan qoplangan. To=rtlamchi davr yo=tqiziqlarining vujudga kelishi ham yuvilish, ham akkumulyatsiya oblastlarini ishg=ol etgan tektonik siljishlar bilan bog=liq bo=lgan bir necha siklda sodir bo=lgan. Geolog va geomorfologlar Qarshi cho=li doirasida tarqalgan to=rtlamchi davr yotqiziqlarini tektonik ko=tarilishlarga bog=liq holda $ ta guruhga ajratadilar: 1) Shimoliy O=zbekistonning Nanay sikliga to ri keladigan A z k a m a r sikli; 2) Toshkent sikliga to=g=ri keladigan Q a r n o b sikli; 3) Mirzacho=l sikliga to=g=ri keladigan S u q a y t i sikli; 4) Sirdayo sikliga to=g=ri keladigan h o z i r g i sikl.

Qashqadaryo viloyatining iqlimi Qashqadaryo viloyati iqlimini hosil qiluvchi eng muhim omillarni uning geografik o=rni, Quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi, relyefi va yuzasining tuzilishi hamda inson xojalik faoliyatining ta'siri tashkil etadi. Viloyat hududi okean havzalaridan juda uzoqda joylashgan. Bu hududning Yevrosiyo materigining kontenental (materik ichkarisi) sektorida joylashganligi sababli kontinental iqlimga ega bo=lib, uzoq davom etadigan issiq va quruq yoz, shu kengliklar uchun nisbatan birmuncha sovuq qish bilan tavsiflanadi. Viloyat geografik o=rnining bu xususiyatlari iqlimning keskin kontinental bo=lishiga, intensiv radiatsiya tufayli cho=l landshaftlarining rivojlanishiga imkon beradigan arid sharoitlarning mavjudligiga sabab bo=ladi. Qashqadaryo viloyatining geografik o=rni tufayli bu yerda yil davomida Quyoshdan katta miqdorda radiatsiya tushadi. Quyosh va atmosfera radiatsiyasidan hosil boladigan issiqlikning o=rtacha yillik jami har 1 m2 yuzaga 6 100 - 6 600 MJ ni tashkil etadi. Yillik radiatsiya balansi esa viloyatning katta tekislik va tog= oldi qismida har 1 m2 yuzaga 2 750 MJ ga teng. Qashqadaryo viloyati hududi uchun Quyosh radiatsiyasi va radiatsiya balansining miqdorini Samarqand va Termiz shaharlaridagi aktinometrik stantsiyalarning ma'lumotlarini

korellyatsiya usuli bilan taqriban hisoblash mumkin. Qashqadaryo viloyatining tekislik va tog= oldi rayonlarila gorizontal yuzaga tushadigan to=g=ri quyosh radiatsiyasidan hosil bo=ladigan issiqlik miqdori dekabrda 100 MDj/ kv.m (2,4 kkal/ sm2 ) iyulda 590 MJ/ m2 (14,1 kkal/sm2 ) va yil davomida 4200 MJ/ m2 (100,3 kkal/ sm2 ) atrofida bo=ladi. Quyosh va atmosfera radiatsiyasidan hosil bo=ladigan issiqlikning o=rtacha yillik jami 6100 - 6600 MJ/ m2 (144 - 155 kkal/ sm2 )ni tashkil etadi. Bu hududda radiatsiya balansi (Quyoshdan keladigan nur energiyasining to=g=ri va tarqoq radiatsiya ko=rinishidagi kirimi va uning aks etishiga -qaytarilishiga hamda effektiv nurlanishiga chiqimi)ning miqdori tekislik va tog= oldi hududlarida to=rt oy davomida (noyabr - fevral) manfiy bo=ladi. Yillik radiatsiya balansi 2750 MJ/ m2 (65 kkal/ sm2 ) ni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatining geografik o=rni va uning yuza tuzilishi bu hudud iqlimining tarkib topishida muhim ahamiyatga ega. Viloyatning geografik o=rni tufayli u quruq subtropik iqlim bilan ifodalanadi. [1; 5-18 b.].

Xasharotlardan qovoq ari xususiyatlidir, amfibiyalardan yashil baqa; sudralib yuruvchilardan oloy yalang ko'zi, ximolay agamasi, qalqontumshuq ilonlar ham uchraydi. Shoxli to'rg'ay, vbyurkalar; sut emizuvchilardan: ayiq, qor barsi, ok sichqon, bo'ri, Sibir tog' echkisi, tog' qo'yi, Menzbir sug'uri, uzun dumli yumronqoziq, dala sichqon va qizil dumli sichqonlar xususiyatlidir. O'zbekistonning bioxilma-xilligi 27000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan 15000 turdan ortig'ini hayvonlar tashkil etadi, o'simliklar, qo'ziqorinlar va suv o'tlari 11000 ga yaqin turga yetadi. Umurtqasizlardan bug'imoyoqlilar gypyhi hammadan ham keng tarqalgan. Turlarning asosiy miqdori hashoratlarga to'g'ri keladi. Ulardan 400dan 3000 gacha bo'lgan turlar xilma-xilligining 7 ta asosiy turkumlari alohida ajralib turadi [2; 157-158 b.].

Umurtqali hayvonlar 664 turni jamlagan beshta sinflar orqali himoyalangan. Markaziy Osiyodan kelib chiqqan endemik hayvonlar turlarining muhim yashash joyi O'zbekiston hisoblanadi. Ayrim turlar Amudaryo va Sirdaryo oralig'ida dastlab kelib chiqib va evolyutsion rivojlanib, keyinchalik Markaziy Osiyoning boshqa joylariga ham tarqala boshlagan. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning O'zbekiston va Markaziy Osiyoning endemik majmualarini namoyon etuvchi 53 ta turi va turdoshlari ma'lum. Baliqlar o'rtasidagi endemizm darajasi 52 % ni tashkil etadi. O'zbekiston florasi 4800 dan kam bo'lmagan 650 ta turkum va 115 oilalarga mansub tomirli o'simliklar bilan ximoyalangan. Turlar endemikligi nisbatan yuqori emas, floraning ichidagi endemiklar (400-ga yaqin tur) umumiy turlar sonining 8 %ni tashkil etadi. Qadimgi endemiklar barcha endemiklarning 10-12 %ni tashkil etadi.

Qashqadaryo ekologik hududi atrof-muhitining So'ngi yillarda viloyatda ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqaruvchi manbalar va ularning chang-gaz tozalovchi uskunalar (ChGTU) bilan jihozlanganligi diqqatga sazovordir (1.1-jadvalga qarang).

1.1-jadval

Qashqadaryo viloyatida ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqaruvchi manbalar va ularning chang-gaz tozalovchi uskunalar (ChGTU) bilan jihozlanganligi

№ Manba va uskunalar 2020 yil 2022 yil 2023 yil O'rtachasi

1 Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarga ega tashkilotlar soni 61 64 66 64

2 Ishlatilayotgan chiqindi chiqaruvchi manbalarning yil oxiridagi soni, jami 6961 7111 7430 7167

3 shu jumladan: tashkil bo'lganlari 4794 5064 5297 5052

4 Ishlatilayotgan chiqindi chiqaruvchi manbalardan (ChGTU) bilan jihozlanganligi 297 398 332 342

Viloyatda 2014 yili jami 210.0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqarilgan bo'lsa, 2015 yilga kelib ularning miqdori 227,9 ming tonna, 2016 yilga kelib 220,6 ming tonnaga oshgan. Chiqarilgan moddalarning 20-30 foizga yoki yaqini, ya'ni 43,2-60,0 tonnadan ko'prog'i tozalash inshootlari orqali tozalanganligi ma'lum bo'ldi. Shunisi quvonchliki, ushlab qolingan va zararsizlantirilgan moddalarning aksariyat ko'pchiligi utilizatsiya qilingan. Masalan, 2014 yili 34,4 ming tonna, 2015 yili 45,3 ming tonna, 2016 yili esa 46,3 ming tonna moddalar utilizatsiya qilingan. Oqibatda ifloslantiruvchi moddalarning ushlab qolingan va zararsizlantirilgan miqdori yildan-yilga oshib borgan, ya'ni 2014 yili 18,3 % ni, 2015 yili 22,7 % ni, 2016 yili 24,0 foizni tashkil etgan.

Tahlillardan ma'lum bo'ldiki, ifloslantiruvchi moddalarning har xil shakllari orasida ham farq mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar orasida sulfat angidrid moddasi o'rtacha 3 yilda 95,3 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa, uglerod oksidi 24,7 ming tonnani, azot dioksidi 2,0 tonnani, uglevodorodlar 36,7 tonnani, boshqa gazsimon va suyuq moddalar 0,3 tonnani tashkil qildi.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ma'lum bo'ldiki, hali viloyatda atmosferaga chiqarilgan moddalarni turlarini va miqdorini kamaytirish borasida qator amaliy tadbirlar: sanitariya qoidalariga rioya qilish, jihozlarni modernizatsiya qilish, ta'mirlash, eng muhimi ekologik madaniyatni kuchaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Biologik resurslar va ularning holati. Qashqadaryo ekologik hududi flora va fauna turlarining ko'pligi bilan ajralib turadi lekin ularning aksariyati himoyaga va qayta tiklanishga muxtoj. Masalan, O'zbekiston Qizil kitobiga kamyob va mahalliy o'simliklarning 162 turi, sut emizuvchilarning 17 turi, qushlarning 41 turi, baliqlarning 6 turi, quruqlik va suvda yashovchi jonzotlarning 6 turi, sudralib yuruvchi hayvonlarning 8 turi va umurtqasiz hayvonlarning 113 turi kiritilgan. O'rmon o'simliklari iqtisodiyot nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg'otadi. Qashqadaryoning o'rmon fondi asosan kavkaz oqqarag'ayi, ilmoqsimon qarag'ay, bandli va qoya emani, qora qayin, shumtol va boshqa qimmatbaho daraxtlardan tashkil topgan.

Kuzatishlardan ma'lum bo'ldiki, noyob o'simlik qoplamasining holati tobora yomonlashib bormoqda. Ko'plab o'ziga xos o'simliklar dunyosi va noyob o'simlik turlari yo'q bo'lib ketish havfi ostida turibdi. Tabiiy va o'zgaruvchan biotoplarga tushayotgan antropogen og'irlikning ortishi hayvonlar yashaydigan tabiiy muhitning izdan chiqishi, ularning maydoni qisqarishi, parchalanib ketishiga sabab bo'lmoqda.

So'nggi o'n yilda viloyat hududida ko'plab ov qilinadigan hayvonlar soni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda keyingi 10-12 yilda yirik tuyoqli sut emizuvchilar va ayiqlar sonining kamaygani alohida tashvish uyg'otmoqda. Kavkaz asl bug'usi va tog' zubri kenja zotlarining kamayib borayotgani xavfli tus olmoqda. Ov qilinadigan muhim hayvonlar - yovvoyi cho'chqalar soni nihoyatda kam.

O'simlik dunyosi resurslari. So'nggi yillarda (2002-2017 y) daraxtlarni kesish soni sezilarli ravishda kamaydi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, asosiy maqsadlarda foydalanish uchun kesiladigan daraxtlar 4, sanitariya maqsadlari uchun 3, qolgan maqsadlar uchun 2 barobar kamaygan. O'rmon tashkil qilish va undan foydalanish borasidagi ishlar tahlili shuni ko'rsatdiki,

barcha turdagi asosiy o'rmonlar uchun maydoni kattaligi bo'yicha 1 gektardan 10 gektargacha bo'lgan uchastkalar ko'pchilikni tashkil qiladi, eng katta yer maydoni esa 10 gektardan 100 gektargacha bo'lgan uchastkalar ulushiga to'g'ri keladi. O'rmon daraxtlaridan archa, shumtol va eman, qarag'ay hamda tog' teragi bilan almashtirishga qaratilgan o'rmon daraxtlari navlarini yangilash ishlari sust amalga oshirilayotgani tashvish uyg'otmoqda. Bu borada daraxtlar kesilgan har bir joy o'rnida ularning qimmatbaho navlari ekiladigan maydonni tashkil etishga qaratilgan qayta tiklash ishlari yetarlicha amalga oshirilmayapti.

Tahlillarning ko'rsatishicha, daraxtlarni noqonuniy kesish va bo'shagan maydoni boshqa maqsadlarga ajratish oddiy holatga aylanmoqda. Tog' o'rmonlari ayniqsa, bundan ko'proq aziyat chekmoqda. Ekspertlar hisob-kitoblariga ko'ra, noqonuniy kesilgan daraxtlar hajmi 40 foizni tashkil etadi. Bu boradagi tahlillar shundan dalolat beradiki, daraxtlar ko'proq yog'och materiallari taqchil bo'lgan tumanlarda sanitariya yoki yosh nihollarni parvarish qilish yoxud boshqa maqsadlarda kesilmoqda (jumladan, yerlarni qurilish ishlari yoki bog' uchastkalari tashkil etish uchun ajratish). Bioxilma-xillikni saqlash va tabiiy ekotizimlarning tabiiy holda faoliyat ko'rsatishini ta'minlash nuqtai nazaridan o'rmon bioxilma-xilligini himoya qilish uchun bokira o'rmonlar yoki tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan qimmatli bo'lgan o'rmonlar, ya'ni tabiat o'zgarishiga mos keladigan va o'rmon hosil qilish tuzilmasiga ega eski tabiiy o'rmonlarni asrash zarur.

Hayvonot olami resurslari. Hayvonlar olami bioxilma-xillikning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Hayvonlarni asrash va ko'paytirish uchun hayvonot olamining ayrim taksonlari va turli geografik mintaqalarning biologik mahsuldorligi to'g'risidagi ma'lumotlar talab qilinadi.

Lixovidning A.A. [3; 61-b.] fikricha yovvoyi hayvonlar muhim biogeografik ob'ektlardan biri bo'lib, ularning kelib chiqish tarixi turli hududlar biologik resurslarini aniqlash va o'zlashtirish bilan bog'liq, jamiyat taraqqiyoti, uning iqtisodiyoti ehtiyojlari va ilmiy bilimlar uyg'unligini aks ettiradi. V.A.Minoranskiy [4; 23-33-b.] fikriga ko'ra, hayvonot olamining uzluksiz xususiyatlari o'simliklar qatori biogeografiya va landshaftshunoslikdan muhim o'rin egallagan. Shuningdek, turli vaqt oralig'ida hayvonlar turining muvozanatlashgani, ularning tabiiy yo'l bilan yoki antropogen omillar ta'sirida ro'y beradigan o'zgarishi ayrim tabiiy komponentlar holatini aks ettiradi.

Viloyatda ovchilik hayvonot olamidan an'anaviy foydalanishning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda an'anaviy va havaskor ovchilikning doimiy ob'ektlari bo'lgan sut emizuvchilarning qariyb 60 turi va qushlarning 70 turi yashaydi. Ov qilinadigan hayvonlar resurslarini asrashda himoya qilinadigan qo'riqxonalar muhim o'rin tutadi. Bu yerda yonma-yon joylashgan yerlar hayvonot olamini boyitish maqsadida alohida ahamiyatga ega ov qilinadigan hayvonlar yashaydigan joylarni uzoq muddatga zahiraga olish vazifasi hal etiladi. Aksariyat ovchilik qo'riqxonalarida qo'riqlanadigan yerlarda aholi zichligi yonma-yon joylashgan yerlarga qaraganda ancha yuqori. Qo'riqxonalarda hayvonlar chegaradosh hududlarga tabiiy ravishda muntazam ko'chiriladi.

FOYDALINGAN ADABIYOTLAR

1. Пославская Л.Ю. Геоморфологическая характеристика. Тр.4-ой еессии АН ТССР, 1953, с.192-197. 176. Тер.

2. Шестой Национальный Доклад. Республики Узбекистан о сохранении биологического разнообразия / под общей редакцией Б.Т. Кучкарова / Ташкент, 2018. 230-240c.

3. Лиховид Андрей Александрович. Овсянка рода EMBERIZA Центрального Предкавказья (фауна, экология, этология, значение) : автореферат дис. ... кандидата биологических наук : 03.00.08.- Ставрополь, 1998.- 21 с.: ил.

4. В. А. Миноранский 1 февраля 1938 г. в Ростове-на-Дону. Животными интересовался еще в школе. В 1955 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.