Научная статья на тему 'QADIMGI YAPONIYADAGI MADANIY VA SIYOSIY JARAYONLAR. KOFUN DAVRI'

QADIMGI YAPONIYADAGI MADANIY VA SIYOSIY JARAYONLAR. KOFUN DAVRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
702
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
古墳 / 仁徳陵 / 前方後円墳 / 箸墓古墳 / 埴輪 / 日本書紀 / Goguryo / Pekche / Silla / Wa davlati / 古墳 / 仁徳陵 / 前方後円墳 / 箸墓古墳 / 埴輪 / 日本書紀 / Goguryo / Pekche / Silla / Wa

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Radjabov, D., Jo’Ramurodov, D.

Ushbu maqolada Qadimgi Yaponiyadagi madaniy va siyosiy jarayonlar, xususan, Kofun davri yodgorliklari, mamlakatdagi siyosiy ahvol, madaniyatiga doir ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda mamlakat tashqi siyosati haqida ham atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CULTURAL AND POLITICAL PROCESSES IN ANCIENT JAPAN. KOFUN DAVRI

This article provides information on cultural and political processes in ancient Japan, especially in the Kofun monuments, the political situation in the country, the political situation in the country, and the political situation in the country. At the same time, the country's foreign policy is also covered in detail.

Текст научной работы на тему «QADIMGI YAPONIYADAGI MADANIY VA SIYOSIY JARAYONLAR. KOFUN DAVRI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

QADIMGI YAPONIYADAGI MADANIY VA SIYOSIY JARAYONLAR.

KOFUN DAVRI

Radjabov D. (SamDCHTI), Jo'ramurodov D. (SamDCHTI)

ganbarediyor@mail .ru, Juramurodov1990@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qadimgi Yaponiyadagi madaniy va siyosiy jarayonlar, xususan, Kofun davri yodgorliklari, mamlakatdagi siyosiy ahvol, madaniyatiga doir ma 'lumotlar keltirilgan. Shu bilan bir qatorda mamlakat tashqi siyosati haqida ham atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: &M, Î^MÊ, M^âRM, ^M^M, MM, Goguryo, Pekche, Silla, Wa davlati

ABSTRACT

This article provides information on cultural and political processes in ancient Japan, especially in the Kofun monuments, the political situation in the country, the political situation in the country, and the political situation in the country. At the same time, the country's foreign policy is also covered in detail.

Keywords: fcMÊ, M^fâRM, MM, Goguryo, Pekche, Silla , Wa

KIRISH

Kofun (^M) bu hukmdor va zodagonlarning qabri bo'lib, tepaliklaming yon yoki ustki qismi kovlanib qurilgan maxsus qabrlardir. Tepaliklaming uzunligi turlicha bo'lgan. Eng uzuni Osaka prefekturasidagi Nintokuryou (fcMÊ) yodgorligi bo'lib, tepalikning uzunligi 486 metrdan iborat. Kofun yuzasining katta qismi toshlar bilan bezatilgan. Qadimda Yaponiyaning har bir hududida ana shunday "Kofun" ya'ni qabrlar qurilgan bir davrda Yaponiya davlatchiligiga asos solingan. Kofunlar III asrning 2-yarmidan VII asrgacha qurilgan va bir necha xil shakllarga ega bo'lgan. Uzunligi 300 metrdan oshadigan Kofunlar Yaponiyada 7 tadan ko'pni tashkil etadi. Kofunlar ko'rinishiga ko'ra bir nechta turdagi shakllarda qurilgan. Dastlab "Zenpou-kou-en fun" ( m ^ â RM ) shaklidagi Kofunlar qurilgan. Bunday shakldagi Kofunlarning eng qadimiysi Nara prefekturasi Sakurai shahridagi Hashihaka Kofun bo'lib, uzunligi 278 metrdan iborat. Hashihaka Kofun (^M^M) ning old

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

to'rtburchak shaklidagi qismida dafn marosimi o'tkazilib, tepalik ortidagi dumaloq shaklga ega qabr tepaligining ostiga esa jasad dafn etilgan. Ushbu Kofunning tepasidan bir nechta Haniwa (lar topilgan. Haniwa bu Kofunlarning eng yuqorisiga taxlangan odam, hayvon hamda uy ko'rinishidagi, gildan yasal gan sopol haykalchalar bo'lib, bo'yi 1 metrgacha bo'lgan1.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kofunlarning turlari esa quyidagicha bo'lgan2:

- Zenpou-kou-en fun (m^^RM) - oldi to'rtburchak, orqa tomoni dumaloq shakldagi.

- Zenpou-kou-hou fun (M^â.'ftM) - Old va orqasi to'rtburchak shakldagi.

- Hou fun - to'rtburchak.

- Jou-en-ka-hou fun ( IRT^^ ) - yuqorisi dumaloq, pastki qismi to ' rtburchak shakldagi.

- Yen fun (R^) - dumaloq shakldagi

Kofunlar dastlab katta hajmda, vertikal qilib qurilgan bo'lsa, keyinchalik hajmi kichiklashib, gorizontal shaklga ega Hou fun ( ^ M ) - to'rtburchak Kofunlar ko'paygan. VII asrdan esa boy dehqonlar dafn etilgan Yen fun ( RM) - dumaloq shakldagi Kofunlar qurila boshlagan. Qadimgi Yapon qaydnomasi Nihonshoki (

da Hashihaka Kofun qurilishi haqida qaydlar uchraydi. Unda yozilishicha, tog' tepaliklaridan Kofun qurilish joyigacha ko'plab odamlar qator qilib terib qo'yilgan va toshlar qo'lma - qo'l tashilgan. Kofunlar qurilishi uchun har tarafdan minglab odamlar to'plangan hamda keng ko'lamdagi qurilish tusini olgan3.

Shuni qayd etishimiz kerakki, o'ziga bir nechta hududlarni birlashtirgan Yamato davlati hukmdori Malika Himiko Hashihaka Kofunda dafn etilgan degan farazlar ham bor. Jasad bilan birga ko'milgan bronza ko'zgu, taqinchoqlar va qil ich topilishi shundan dalolatr beradiki, u yerga hukmdor dafn etilgan va u diniy boshqaruvchi shaman bo'lgan. Yamato davlati hukmron boshqaruvi avvaliga diniy qarashlarga asoslangan, keyinchalik esa, harbiy boshqaruvga o'tganligini qabrdan topilgan narsalardan bilib olishimiz mumkin.

Xitoy solnomalarida qayd etilishicha yirik kofunlar qurilgan V asrda Wa davlati tomonidan Xitoyga ikki martta elchilar yuborilgan. Shuningdek, Mamlakat ketma -

mm m- , ± 2022

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ket 5 ta hukmdor tomonidan boshqarilganligi haqida ham ma'lumotlar yozib qoldirilgan.

Xitoy va Koreya qadimgi Yapon davlatlari rivojida muhim o'rin tutgan. Bu ikki mamlakatdan o'sha davr eng so'ngi texnologiyalari, yangiliklari o'zlashtirilgan. Sopolchilik va yog'ochsozlik texnologiyalari, temirchilik, qattiq sopol yasash usuli, to'quvchilik kabilar shular jumlasidandir.

Shuningdek, ieroglif hamda Konfutsiy ta'limoti yetkazilgan VI asrda koreyadagi Pekche qiroli tomonidan Buddizm yetkazilgan. Bularning barchasi qadimgi yaponlar diniy qarashlari va madaniyatiga katta ta'sir ko'rsatgan.

V asrdagi "Wa davlatining 5 hukmdori" davrida hokimiyat "Oila" va "Unvon" sistemasida boshqarilgan. Ya'ni zodagonlar oilalari jamiyatda muhim o'ringa ega bo'lib, ularga imperator tomonidan avloddan-avlodga o'tadigan unvon berilgan. Hokimiyat markazi Yamato (hozirgi Nara prefekturasi) bo'lib, eng qudratli oila hokimiyatni boshqargan.

Xitoy va KXDR davlatlari chegarasida 414-yilda qurilgan tosh monumentda Wa davlati haqida bitiklar uchraydi. Unda yozilishicha Koreyaning qadimgi Goguryo davlati qiroli Koutai Koreya yarim orolidagi Xitoy hukumati qarargohi joylashgan shahar (hozirgi Pyon Yang) ni vayron qiladi va janubdagi Pekche qirolligi bilan to'qnashadi. O'sha davrda Pekche va Silla qirolliklari o'rtasidagi Kawa hududida yapon orollaridagi Wa davlatidan kelgan yaponlar yashar edi. Pekche qirolligi ana shu yaponlar hamda Wa davlati yordamiga tayangan holda Goguryoga qarshi 391-yilda urush boshlaydi4.

O'sha davrda Pekche hamda Wa davlatlari o'zaro do'stona tashqi siyosat yuritgan. Koreya tarixiy qaydnomasi bo'lgan " Uch qirollik tarixi" da yozilishicha Pekche qiroli Wa davlatiga elchi yuboradi. Tarixchilar buni Pekche qiroli Wa davlatidan harbiy yordam so'rash maqsadida qilingan degan taxmindalar. Shuningdek, Nara prefekturasida Pekche qiroli tomonidan 369-yilda Wa hukmdoriga sovg'a sifatida junatilgan "7 shoxli qilich" saqlanmoqda. Yuqorida qayd

etilganlardan shu narsa ma'lumki har ikki mamlakat o'zaro hamkor munosabatda bo'lishgandir.

Shuningdek, " Uch qirollik tarixi" da Koreya janubidagi Kawa hududi temirga boy bo'lganligi uchun Wa davlati odamlari u yerga temir qazib olish uchun tez-tez kelishgan hamda Silla qirolligiga ham vaqti vaqti bilan bosqinchilik yurishlari qilib

mm «fe 2012

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

turgan. O'sha davrda temir nihoyatda noyob narsa bo'lgan. Temirdan mehnat va jang qurollari yasalgan. Yog'ochsozlik hamda dehqonchilik rivoji uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun ham yaponlar dengiz osha mashaqqatli safarlar qilib, bosqinchilik urushlari olib borishgan.

REFERENCES

1. mm if- , ± 2022

I^TO 14 ^o

3. mm 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.