Научная статья на тему 'TARIX FANINI O'RGANISHDA MISR EHROMLARINING O'RNI'

TARIX FANINI O'RGANISHDA MISR EHROMLARINING O'RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
636
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Misr ehromlari / dunyoning "yetti mo'jizasi" / piramida / arxeologik topilmala / arxeologik qazishmalar / Josser ehromj / Xeops / Giza shahri / Qohira shahri / fir'avnlar maqbaralari. / Egyptian pyramids / the "seven wonders" of the world / the pyramids / archeological finds / archeological excavations / Josser pyramids / Cheops / Giza / Cairo / tombs of pharaohs.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shaxzod Kamolovich Shamsiyev

Ushbu maqola tarix fanini o'rganishda Misr ehromlarining ahamiyati haqidagi bir qator fikrlar va tadqiqotlarning muhokamasiga bag'ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE EGYPTIAN IHRAMS IN THE STUDY OF HISTORY

This article discusses a number of ideas and studies on the importance of the Egyptian pyramids in the study of history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O'RGANISHDA MISR EHROMLARINING O'RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

TARIX FANINI O'RGANISHDA MISR EHROMLARINING O'RNI

Shaxzod Kamolovich Shamsiyev

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola tarix fanini o'rganishda Misr ehromlarining ahamiyati haqidagi bir qator fikrlar va tadqiqotlarning muhokamasiga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Misr ehromlari, dunyoning "yetti mo'jizasi", piramida, arxeologik topilmala, arxeologik qazishmalar, Josser ehromj, Xeops, Giza shahri, Qohira shahri, fir'avnlar maqbaralari.

THE ROLE OF THE EGYPTIAN IHRAMS IN THE STUDY OF HISTORY

Shakhzod Kamolovich Shamsiev

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

This article discusses a number of ideas and studies on the importance of the Egyptian pyramids in the study of history.

Keywords: Egyptian pyramids, the "seven wonders" of the world, the pyramids, archeological finds, archeological excavations, Josser pyramids, Cheops, Giza, Cairo, tombs of pharaohs.

KIRISH

Dunyodagi hamma narsa vaqtdan qo'rqadi, vaqt esa ehromlaridan. Dunyoning yetti mo'jizasi haqida eshitmagan inson yo'q bo'lsa kerak bu dunyoda. Mana shu yetti mo'jizaning eng qadimiy va haligacha o'z savlati, boy tashqi ko'rinishi bilan saqlanib qolgan yagona tarix guvohlari bu Misr ehromlaridir. Shu nuatqai nazardan olib qaraydigan bo'lsak, dunyoning yetti mo'jizasi ichida faqatgina Misr ehromlari shu paytgacha deyarli zararlanmasdan saqlanib qolgan. Misr ehromlari — yo'nib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan qadimiy Misr fir'avnlarining maqbaralari (mil. av. 2—3-ming yilliklar). Misr ehromlari qadimiy inshootlar bo'lishi bilan birga sirli va mo'jizaviydir. Uning qurilishi, arxitekturasi, ichki joylashuvlari -haqiqiy jumboqdir. Misrda hammasi bo'lib 118 tadan ortiq piramida ehromlar bor.Bugungi kunda Misr ehromlarining yoshi taxminan 4 ming yildan 10 ming yilgacha deb baholanadi.

Ehromlar to'g'risidagi eng qiziq faktlarning biri ularning bunyod etilishiga tegishlidir - ikkita bahaybat tosh bo'laklari orasidan hatto odamning soch tolasi ham

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601

o'ta olmaydi. Eng katta Misr ehromi Xeops piramidasi hisoblanadi, uning balandligi 146,6 metr, vazni 6 million tonna, umumiy maydoni esa 5 gektarga teng. Xeops ehromininng qirralaridagi eng yuqori og'ish 250 metr uzunlikda, juda borsa 5 santimetrdan oshmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ehromlarnig ko'pchikligi qadimgi va o'rta davr firavnlarini dafn qilish uchun joy sifatida qurilgan. Biz bilgan ehromlarning orasidagi eng qadimiysi arxitektor Imxotep qurgan Josser ehromi bo'lib taxminan eramizdan avvalgi 2667-2648-yillarda qurilgan, u Sakkarada joylashgan. Eng mashhur ehromlar Qohira va Giza shaharlari chekkalarida joylashgan va ular hanuzgacha insoniyat qo'li bilan qurilgan eng katta qurilish inshootlari hisoblanadi. Ehromlarning devorlarida ularning qurilish jarayonlari aks ettirilgan sahnalar tasvirlangan. Agar bu tasvirlarga asoslanadigan bo'lsak, shuni aytish mumkinki, ehromlar qullar tomonidan emas, yollanma ishchilar tomonidan qurilgan bo'lishi mumkin.

Buyuk piramidalar majmuasi eng qadimgi uchta hukmdor - Xeops, Xefren va Mikerinning qabrlaridan iborat. Bunday ulug'vor inshootlar nafaqat fir'avnlarning qabrlari bo'lishi mumkin. Misr piramidalarining sirlari shu kungacha ochilmagan. Va shunga qaramay ularning maqsadi haqida ba'zi taxminlar mavjud.

MUHOKAMA

Mana shunday sirli hamda ilohiy ming yilliklar guvohi bo'lgan Misr ehromlarining tarix fanini o'rganishda va o'qitishda ahamiyati juda ham kattadir. Binobarin, bunday tarixning asl yodgorliklari bevosita qadimgi dunyo tarixi va o'sha davr voqealari haqida so'zlab beruvchi mo'jizaviy, bebaho, arxeologik topilmalar bo'lishi bilan birgalikda, tarix fanini o'qitishning va o'rganishning eng qadimiy manbaalaridir. Shunday ekan, tarix fanini o'rganishda Misr ehromlarining tarixi, qurilishi va arxeologiyasini o'rganishning ahamiyati beqiyosdir. Misr ehromlari o'zida hali qanchadan-qancha sir-u asrorlarni o'z ichida saqlab kelmoqda. Insoniyatning aqli tobora rivojlanayotgan, shuncha kashfiyot-u topilmalarni topayotgan bir paytda piramidalar siri hali hanuz to'liq ochilmasdan kelmoqda. Lekin kelajakda insoniyat albatta arxeologik taqdiqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijasida bu sirlarning kalitini topadi.Xulosa qilib aytganda , Misr ehromlari tarix fanini o'rganishda va o'qitishda o'z ahamiyati bilan birinchi o'rinda turadi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Zero, insoniyat tarixni Misr ehromlarini o'rganish jarayonida yanada chuqurroq o'rganib boradi.

NATIJA

Qadimgi podsholik davrida Misr firavnlari va a'yonlari ozlari uchun toshdan ulkan sag'ana — ehromlar qurdirardilar. Bu ehromlarni bizdagi maqbaralarga qiyos

qilish mumkin. Bunday maqbaralarga vafot etgan misrlik fir'avnlar, uning oila a'zolari va amaldor — a'yonlari dafn etilgan. Ehrom — maqbaralar o'zining kattaligi va salobati bilan kishini hayratga soladi. Ehromlar misrlik fir'avn va amaldorlar kuch-qudratining ramzi ham bo"lgan. Misrda qurilgan eng katta va hashamatli ehrom Joser va Hufii maqbarasidir. Memfes shahri yaqinida miloddan avvalgi 2600- yilda to'rtinchi sulola fir'avni Xufu qurdirgan maqbara o'zining ulkanligi va hashamati biLan kishilarni lol qoldiradi. Ehromning tomonlari 250 metr bo"Iib, uning atrofint aylanib chiqish uchun sayoh bir kilometr yo'l bosishi kerak. o"sha oz davrida uning balandligi 150 metrdan buyod bo'lib, hozirgi holati 146 metrdir. Uni qurish uchun ikki million uch yuz ming dona tosh ishlatiigan. Maqbara qurilishiga tarashiab tayyorlangan toshlarning eng kichigi ikki yarim tonna, kattasi esa o"n besh tonnadan iborat bo"lgan.

XULOSA

Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha bu ehrom maqbara 30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning quritishida 100 mingdan ortiq kishi doimiy ishlagan. Maqbara toshlari silliqlanib bir-biriga shunday zich qilib terilganki, toshlar oralig'iga fransuz imperatori Napoleon Bonapart qilichining tig" i ham sig"magan ekan. Ehromlar qadimgi Misr me'morchiiigining eng noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Xufu maqbarasini dunyodagi yelti mo"jizaning biri deydilar.

REFERENCES

1. https://odam.uz

2. https://uz.m.wikipedia.original

3. 3. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

5. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

7. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

8. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

9. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

10. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

12. Амиркулович, X. У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙУЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

13. Хайдаров С. (2021). Убекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.

14. Sulaymonov Askarali. Khaydarov Sulaymon Amirkulovich (2021). Increasing the effectiveness of teaching history through miniature art works. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. 1 (12). 2043- 2049.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.