Научная статья на тему 'QADIMGI TURKIY TILDA SOʻZ BIRIKMALARI VA ULARNING OʻZIGA XOSLIKLARI (KULTEGIN BITIKTOSHI MISOLIDA)'

QADIMGI TURKIY TILDA SOʻZ BIRIKMALARI VA ULARNING OʻZIGA XOSLIKLARI (KULTEGIN BITIKTOSHI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soʻz birikmasi / teng munosabat / tobe aloqa / koʻmakchi / grammatik shakl.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Boboqulova Mohina Norsafar Qizi

Ushbu maqola qadimgi turkiy tilda soʻzlar orasidagi munosabatlar, soʻz birikmasi va ularni bogʻlovchi vositalarning lingvistik xususiyatlarini Kultegin bitiktoshi misolida yoritib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI TURKIY TILDA SOʻZ BIRIKMALARI VA ULARNING OʻZIGA XOSLIKLARI (KULTEGIN BITIKTOSHI MISOLIDA)»

QADIMGI TURKIY TILDA SO Z BIRIKMALARI VA ULARNING OZIGA XOSLIKLARI (KULTEGIN BITIKTOSHI

MISOLIDA)

Boboqulova Mohina Norsafar qizi

mohinaboboqulova689@gmail.com Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 20- Sentabr 2024 yil

Ma'qullandi: 23- Sentabr 2024 yil

Nashr qilindi: 26- Sentabr 2024 yil

KEY WORDS

soZ birikmasi, teng munosabat, tobe aloqa, ko'makchi, grammatik shakl.

ABSTRACT

Ushbu maqola qadimgi turkiy tilda so'zlar orasidagi munosabatlar, so'z birikmasi va ularni bog'lovchi vositalarning lingvistik xususiyatlarini Kultegin bitiktoshi misolidayoritib beradi.

Tarixiy jarayonlar davomida inson o'z davridagi yangiliklarni kashf etadi, shu bilan birga kishilik jamiyatining siyosiy-iqtisodiy va madaniy jabhalarda yuksalishlariga sabab bo'luvchi omillarni yuzaga keltiradi. Bu omillar va tarixiy tajriba sifatida qaraladigan xulosalar asosida har bir tamaddunining asosini o'rganish mumkin. Dastlabki davlatchilik asoslarining shakllanishi va madaniy sohalarning rivojlanishida yuz bergan o'zgarishlarni o'rganish tarixiy yodgorliklar asosida kechganidek, ular vositasida tilning evolyutsion bosqichlari va ularning xususiyatlarini ham o'rganish imkoniga ega bo'linadi. Shu jumladan, Kultegin bitiktoshi matni qadimgi turkiy tildagi so'zlar va ular orasidagi munosabatlarni hozirgi o'zbek adabiy tili qonuniyatlari bilan qiyoslagan holda o'rganish imkonini beradi. M ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qadimgi turkiy tilda hozirgi o'zbek adabiy tilidagi kabi so'zlar orasidagi munosabat tenglik va tobelik asosida yuz bergan. Birikma hosil qilayotgan so'zlarning teng bog'lovchilar vositasida bog'lanishi va ularning bir-biriga nisbatan teng huquqli mavqeda ekanligi tenglik munosabatini yuzaga keltiradi. Aksincha, so'zlarning tobe va hokimlik munosabatiga kirishishi, tobe bo'lak hokim so'zning ma'nosini izohlab kelishi tobelik munosabatiga sabab bo'ladi [1, 323]. Qadimgi turkiy tilda ham tobelanish asosida yuz beradigan aloqaning uch xil turi mavjud bo'lgan: bitishuv, boshqaruv va moslashuv [4, 101].

Hech qanday grammatik vositalarsiz hosil qilinadigan tobe aloqa turi bitishuv deyiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilidan farqli ravishda bu aloqa turi qadimgi yodgorliklar matnida juda keng qo'llanilgan: yagïz yär (qo'ng'ir yer (Kt,1)), yablaq qagan (badfel xoqon (Kt,5)), antag külüg qagan (shunday mashur xoqon (Kt, 4)). Chunki so'zlarni o'zaro bog'lashda ishlatiladigan vositalar kam bo'lgan [1, 324].

Kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar orqali grammatik shaklga kirgan tobe bo'lak boshqaruv yo'li bilan hokim bo'lakka bog'lanadi: balïqa barmadï (shaharga bormadi (Kt, 48)), Kül tigin birlä sözläsdimiz (Kultegin bilan gaplashdik (Kt, 26) va boshqalar. Bu aloqaning

taraqqiyoti grammatik vositalarning iste'moldan chiqishi va yangilarining paydo bo'lishi bilan bog'liq tarzda yuz berdi [1, 325].

Bog'langan qismlarning o'zaro uyg'unlik orqali tobe aloqaga kirishi, ya'ni hokim so'z o'zgarishi bilan tobe so'zning ham hosil bo'lgan shaklga moslashishi moslashuv aloqasini paydo qiladi [5, 20]. Bu munosabat qaratuvchi va qaralmish o'rtasida mavjud bo'ladi: Tabgac qaganqa (Tabg'ach xoqoniga (Kt, 8)), turuk tanrisi (turkning osmoni (Kt, 10)), qagan susi (xoqonning lashkari (Kt, 12)). Shu bilan birga ega va kesimning shaxs-sonda moslashishi ham bu aloqaga misol bo'ladi: Kul tigin kargak boltï, ozum saqïntïm (Kultegin vafot etdi, o'zim alam chekdim (Kt, 49/10)). Ammo qadimgi turkiy yodnomalarda bu moslashuv turi hozirgi kundagi ko'rinishlaridan o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. NATIJALAR

Quyidagi jadvalda Kultegin bitiktoshi matnidan olingan bir qancha namularni ko'rish mumkin:

T/r So'z birikmasi Bog'lovchi vosita So'z birikmasi qismlari orasidagi tobe aloqa turi Manba

1 kisi oglïnta uza qagan (Odam bolasi ustidan xoqon) -ta, uza (o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi, ko'makchi) boshqaruv (Otli) Kt,1

2 torusin tuta birmis (Tartibini ta'minlab turgan) -n (tushum kelishigi qo'shimchasi) boshqaruv (fe'lli) Kt,1

3 baslïgïg yukunturmis (Boshi borni ta'zim qildirgan) (tushum kelishigi qo'shimchasi) boshqaruv (fe'lli) Kt,2

4 bunca bodun (Shuncha xalq) ohang bitishuv (otli) Kt,4

5 silik qïz oglin (Suluv/esli qiz bolasini) ohang bitishuv (otli) T, 13

6 okus qïltïm (Ko'p qildim) ohang bitishuv (fe'lli) Kt,29

7 yagan silig bagin at (Yagan Silig bekning oti) -in (qaratqich kelishigi qo'shimchasi) moslashuv Kt,33

8 turga^ qagan buyruqï (Turgash xoqonning vaziri) ohang (belgisiz qaratqich kelishigi qo'shimchasi) moslashuv Kt,38

9 bizin su (Bizning lashkar (-imiz)) -in (qaratqich kelishigi qo'shimchasi) moslashuv Kt,39

10 bodun ucun udïmadïm (Xalq uchun uxlamadim) ucun (ko'makchi) boshqaruv (fe'lli) Kt,27

Ushbu jadvalda qadimgi turkiy tilda bitishuv yo'li bilan hosil qilingan so'z birikmasining hokim bo'lagi ot bilan ifodalanganda unga bog'langan tobe bo'laklar tarkib jihatdan sodda, ya'ni bir yoki ikki aniqlovchidan iborat bo'lishini ko'rish mumkin. Moslashuv yo'li bilan hosil qilingan so'z birikmalarida esa affikslarning har ikki qismda qo'llanilishi yoki qo'llanilmaslik holatlarining har uch xil ko'rinishi aks etgan [1, 334]. MUHOKAMA

Yodnoma matnidan olingan namunalarda har uch tobe aloqa turi asosida yasalgan so'z birikmalari deyarli hozirgi o'zbek adabiy tili uchun me'yoriy ko'rinishga kirgan shakllarga yaqin. Ammo voqelikning vertikal yo'nalishda yuz berganligini ifodalovchi üzä ko'makchisi kelishik qo'shimchalarini olgan so'zlar bilan qo'llanilgan holatlar bilan bog'liq qadimgi turkiy tilning grammatik jihatdan o'ziga xos xususiyatini ifodalaydi: kisi oglïnta üzä qagan. Bu holatni N. Abdurahmonov shunday izohlaydi: "Üzä ko'makchisi kontekstda kelishik formasini olgan so'zdan keyin kela oladi, u vaqtda kelishik formasida kelgan so'zning ma'nosini konkretlashtiradi".

XULOSA

Qadimgi turkiy til yodgorliklarida aks etgan so'z birikmalari va ularni bog'lovchi vositalarning xususiyatlari hozirgi kunda iste'molda bo'lgan shakllariga qaraganda ayrim nomuvofiqliklarga ega. Ammo bu farqlanishlar hozirgi o'zbek adabiy tilining ayrim sheva vakillari tilida hali ham saqlanib qolgan. O'zbek tilining tarixi va lingvistik tabiatini o'rganishda har ikkala davrning adabiy me'yorlarini o'zida namoyon qilgan yodgorliklar matreallarini qiyoslab o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdurahmonov G'., Shukurov Sh., Mahmudov Q. 2008. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi, 323-334. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti;

2. Rahmonov N., Sodiqov Q. 2009. O'zbek tili tarixi, 170-174. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

3. Абдурax,монов F., Рустaмов А. 1982. К^димги "Укитувчи" нaшриёти;

4. Абдурax,монов H. 1989. ^димги туркий тил, 98-102. - Тошкент: "Укитувчи" ташриёти;

5. Fуломов А., AcrçapoBa M. 1987. Хозирги узбек aдaбий тили, 22. - Тошкент: "Укитувчи" ташриёти.

туркий тил, 42-46. - Тошкент:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.