Научная статья на тему 'KELISHIK SHAKLLARINI O„RGANISHDA ZAMONAVIY TA‟LIM METODLARIDAN FOYDALANISH'

KELISHIK SHAKLLARINI O„RGANISHDA ZAMONAVIY TA‟LIM METODLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

1433
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KELISHIK SHAKLLARINI O„RGANISHDA ZAMONAVIY TA‟LIM METODLARIDAN FOYDALANISH»

KELISHIK SHAKLLARINI O'RGANISHDA ZAMONAVIY TA'LIM METODLARIDAN FOYDALANISH

A. M. Shofqorov

ChDPI dotsenti v.b filologiya fanlari nomzodi

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish asosida ma'lum ko'nikma va malakalarni shakllantirish, o'quvchilar tomonidan egallangan bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan ta'lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan keng foydalanilmoqda. "Bu metodlar o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim oluvchilarda o'quv -bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o'rganilayotgan mavzu, muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o'z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g'oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag'batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi". [3; 3]

Biz ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari 7-sinf "Ona tili" fanida "Kelishik shakllari" mavzusining o'rganilishida interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish yuzasidan fikr yuritmoqchimiz.

Kelishik qo'shimchalari otlarni boshqa so'zlarga tobe qilib bog'lash uchun xizmat qiladi. "Ot, olmosh va otlashgan so'zlarga qo'shilib, ularni boshqa so'zlarga bog'lash uchun xizmat qiluvchi grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi" [2; 54]

Kelishik shakllari kelishik kategoriyasini tashkil etadi. Kategoriya atamasi tilshunoslikka falsafadan kirib kelgan termindir. U falsafada "obyektiv borliq va bilishdagi mohiyatan ko'proq qonuniy aloqa va munosabatlarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha" tarzida ta'riflanadi. Kategoriya tushunchasiga "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quyidagicha ta'rif berilgan: "Kategoriya yun. kategoria - ayblash, ta'na qilish. 1. fls. Moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning eng muhim xususiyatlari va aloqalarini ifodalovchi umumiy tushuncha. 2. Muayyan belgilarning umumiyligi bilan birlashgan narsa, hodisa, shaxslar turi, turkumi, guruhi; daraja. 3. Ilmiy terminologiyada: predmet turlarini yoki ularning umumiy belgilarini bildiruvchi tushuncha". [5;332]

Kelishik kategoriyasi morfologik kategoriya sirasida ustuvor sintaktik tabiati bilan ajralib turadi. U egalik kategoriyasi bilan birgalikda sintaktik shakllarning so'z birikmasiga xos guruhini tashkil etib, gapga xos kesimlik kategoriyasidan farqlanadi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma'nosi sintaktik qurilmada tobe so'zni hokim so'zga bog'lash. Kelishik, avvalo, turkumni emas, balki sintaktik vazifalarni belgilovchi shakl. Demak, bu jihatdan kelishik asli turkumlararo forma hisoblanadi. Lekin kelishik barcha turkumlarga, aniqrog'i barcha bo'laklarga xos emas. Masalan, bu grammatik kategoriya tabiiy ravishda otlarga mansub, ot leksemaning nutqda namoyon bo'lishi uchun zaruriy shakllardan biridir. Otlardan tashqari, kelishik shakllarini olib ishlatiladiganlar: ot-olmoshlar, fe'lning harakat nomi shakli, jamlovchi sonning ba'zi ko'rinishlari. Kelishik kategoriyasini qabul qiluvchilar guruhiga otlashgan so'zlarni ham kiritish mumkin. Bular uchun kelishik zaruriy birlamchi forma emas: kelishik shakli bu so'zlarga ma'lum sintaktik vazifa talabi bilan qo'shiladi.

O'zbek tilida kelishiklar qat'iy bitta qo'shimchaga ega. Shu qo'shimchaning turli variantlari esa farq qiladigan yoki qarama-qarshi ma'noni anglatish uchun xizmat qiladigan shakllar emas. Masalan, jo'nalish kelishigi qo'shimchasi -ga dan tashqari -ka, -na, -qa, -a formasida bo'lsa ham, baribir, harakat yo'naltirilgan tomonni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Yoki chiqish kelishigi qo'shimchasi tarixiy -din, hozirgi adabiy tilda ishlatiladigan shakli -dan bo'lsa ham, asosan, harakatning boshlangan o'rnini yoki paytini bildiradi. Demak, o'zbek tilida kelishik qo'shimchalarining turli formada kelishi ma'no nozikliklarini keltirib chiqarmaydi.

Kelishik qo'shimchalari o'zi qo'shilib kelgan so'zdan ayrim olinganda abstrakt grammatik kategoriya hisoblanadi. Uning ma'nosini o'zi qo'shilib kelgan so'z ma'nosidan ajratib tasavvur qilish mumkin emas. Masalan, -ning, -ni, -ga, -da, -dan deganimizda ulardan biror ma'no anglash qiyin. Ammo kitobning, kitobda, kitobdan so'zlari tarkibida endi ular uch xil ma'no hosil qilmoqda. Hozirgi zamon o'zbek tilida bosh kelishikdan boshqa kelishiklar har biri alohida olinganda bir necha xil fonetik variantlarga ega.

Kelishik shakllarining qo'llanishini o'rganishda bir qancha interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish mumkin. Bulardan "Konseptual jadval", "Klaster", "Venn diagrammasi", "Insert", "BBB" va shu kabi interfaol ta'lim shakllarini qo'llash maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz. Bu interfaol ta'lim shakllari "Grafik organayzerlar" deb ham yuritiladi.

Kelishik kategoriyasini o'rganishda "Insert", "BBB" metodlarining qo'llanishi yuzasidan mulohaza yuritamiz.

"Insert" - yangi mavzu bo'yicha o'quvchilaming muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O'qish vaqtida olingan ma'lumot yakka tartibda taqsimlanadi: matnda qo'yilgan belgiga mos ravishda jadval ustunlariga "joylashtiriladi":

V - "..." haqida olingan bilim (ma'lumot)ga mos keladi; + - yangi ma'lumot sanaladi;

__".." haqidagi bilimga qarama-qarshi;

? - tushunarsiz qo'shimcha ma'lumot.

"Insert" grafik organayzerini kelishiklarda quyidagicha qo'llash mumkin:

V + - ?

O'zbek tilida kelishiklar soni 6 ta ekanligi Aksariyat kelishiklar belgisiz qo'llana olishi Jo'nalish kelishigi belgisiz qo'llanishi Kelishiklar soni 6 tadan ko'p yoki kam bo'lishi mumkinligi

"Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim" (BBB) grafik organayzeri.

O'quvchilarga muayyan mavzular bo'yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo'llashda o'quvchilar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg'ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.

Bunda har bir guruh umumiy sxema asosida o'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi; mashg'ulot yakunida loyiha bandlari bo'yicha guruhning munosabatlari umumlashtiriladi.

O'quv faoliyati bevosita doskada yoki ish qog'ozida o'z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi.

Kelishik shakllarining qo'llanishi bo'yicha B.B.B jadvali (To'ldirilgan shakli)

Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

O'zbek tilida oltita kelishik mavjud. Bosh kelishik Qaratqich kelishigi Tushum kelishigi Jo'nalish kelishigi O'rin-payt kelishigi Chiqish kelishigi Ularning qo'llanish shakllarini Kelishiklar belgili, belgisiz, qisqargan holda va almashinib qo'llanishini

Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilaming o'rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo'yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi; o'quvchilarning mavzu bo'yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo'lgan ehtiyojlari o'rganiladi; o'quvchilar mavzuga oid ma'lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.

Umuman olganda interfaol metodlar ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlikni ta'minash, yagona maqsad sari intilish, o'quvchilarning ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda katta amaliy ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.Ashirboyev S., Azimov I. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi. (O'quv qo'llanma). - T.: TDPU, 2012. - 97.

2. Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Nabiyeva D., Mirzaahmedov A. Ona tili (umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik). - T.: Ma'naviyat, 2017. - 160 b.

3. Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. (Metodik qo'llanma). - T.: TDPU, 2014. -114 b.

4. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. (O'quv qo'llanma). - T.: Fan va texnologiya, 2009. - 414.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. (A.Madvaliyev tahriri ostida). 5 jildli. Ikkinchi jild. - T. O'zME, 2006. - 671 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.