Научная статья на тему 'QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDA ILONLAR VA AJDARLAR OBRAZI'

QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDA ILONLAR VA AJDARLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mifologiya / gliptika / phallic ramziylik / hayot urug'i / ikonografiya / dualistik falsafa / tamg'a muhrlar / Baqtriya kumush boltasi. / mythology / glyptics / phallic symbolism / seed of life / iconography / dualistic philosophy / seals / Bactrian silver ax.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Norxamidova, Muattar Zavqiddin Qizi

Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriya hududida xususan, Shimoliy Afg’onistonda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida topilgan minglab muhr va tumorlarda ifodalangan tasvirlar orasida muhim ahamiyat kasb etadigan ilonlar va ajdarlar obrazi va bu obrazlar o’rtasidagi farqli mifologik tushunchalar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGES OF SERPENTS AND DRAGONS IN ANCIENT BACTRITIAN GLYPTICS

This article talks about the image of snakes and dragons, which are important among the images expressed in thousands of seals and amulets found during archaeological excavations in the area of Ancient Bactria, especially in Northern Afghanistan, and about the different mythological concepts between these images.

Текст научной работы на тему «QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDA ILONLAR VA AJDARLAR OBRAZI»

QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDA ILONLAR VA AJDARLAR

OBRAZI

Norxamidova Muattar Zavqiddin qizi

Termiz Davlat universitetining Magistratura bo'limi Tarix yo'nalishi 1-bosqich magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriya hududida xususan, Shimoliy Afg 'onistonda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida topilgan minglab muhr va tumorlarda ifodalangan tasvirlar orasida muhim ahamiyat kasb etadigan ilonlar va ajdarlar obrazi va bu obrazlar o 'rtasidagi farqli mifologik tushunchalar haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: mifologiya, gliptika, phallic ramziylik, hayot urug'i, ikonografiya, dualistikfalsafa,tamg'a muhrlar, Baqtriya kumush boltasi.

This article talks about the image of snakes and dragons, which are important among the images expressed in thousands of seals and amulets found during archaeological excavations in the area of Ancient Bactria, especially in Northern Afghanistan, and about the different mythological concepts between these images.

Key words: mythology, glyptics, phallic symbolism, seed of life, iconography, dualistic philosophy, seals, Bactrian silver ax.

Ilonlar-sirli mavjudot. Shu jihatdan u deyarli barcha xalqlar mifologiyasida va arxeologik madaniyatlarida keng tarqalgan. Ilonlarning sirli xususiyatlari qanchalik ko'p bo'lsa, mifologiyadagi qarashlar ham undan oz emas(1).

Ilonlarning yillik o'z terisini tashlashi ko'pchilik qadimgi odamlar uchun abadiy yoshlik va boqiylik g'oyasi ramzi bo'lgan.Ilonlarning sovuq mavsumlar davomida teshiklarga berkinishi va bahorda qayta namoyon bo'lishi esa yaratuvchanlik g'oyasi bilan bog'liq.

Elamda ilonlar ayollik latofati timsoli hisoblangan.Ilonlar tasvirlangan Baqtriya va Shahri Soxta muhrlari asosan ayollar qabrlarida uchraydi,lekin bu kabi kuzatuvlar hozircha ko'proq o'rganilishga muhtoj.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibtidoiy davrlardan boshlab tasviriy san'atning eng qizg'in mavzusi bo'lgan ilonlar tasvirini mesopotamiyaliklar mil.avv.IV mingyillik oxirlaridan boshlab

123

ABSTRACT

KIRISH

www.birunijournal .uz

gliptika sohasiga olib kirgan(2). Ko'pchilik olimlarning fikriga ko'ra, muhrlarda tasvirlangan ilonlar bilan bir qatorda katta zaharli ajdarlar obrazi to'g'risida gapirish biroz mushkul. Bu ayniqsa, Baqtriya gliptikasiga xos bo'lib, katta zaharli ilon va ajdarlar bir vaqtning o'zida qadimgi yaqin Sharq san'ati butun sistemasining hech qayerida Baqtriyadagidek muhim rol o'ynamaydi.

Muhrlarda tinch holatdagi ilonlar yoki boshini qushlar va hayvonlarning orqa oyoqlariga yetkazishga harakat qiladigan yovuz ajdarlar tasviri mavjud. Professor P.Amiet bu harakatni mutlaqo haqli ravishda «phallic ramziylik», ya'ni yer yuzida hayotning davom etishi uchun mas'ul bo'lgan «hayot urug'i»ni o'g'irlash g'oyasi deb ta'riflaydi. Ajdarlar keng ochilgan og'zi, yovuz bo'rtib chiqqan ko'zlari, ba'zi holatlarda qanotlari va burni ustidagi shox bilan tasvirlanib, tutqich shaklidagi tepaga qayrilgan burni Mesopotamiya ajdarlarini eslatadi. Tasvirlarda ko'pincha ajdarlarga qarshi doimiy ravishda ilonlar kurashayotgani ifodalanib, bu kurash yaxshilik va yovuzlik o'rtasidagi kurashning umumiy g'oyasini aks ettiradi. Bizga ma'lumki, bu zardushtiylarning dualistik falsafasi asosiy g'oyasidir.

Jahon xalqlari mifologiyasida ilon, eng avvalo, salbiy obraz timsoli sifatida gavdalanadi. Birinchi navbatda ilonning negativ holatlari-kuchli zaharga, chaqib olsa o'ldirish qobiliyatiga ega ekanligi namoyon bo'lgan va insonlarda undan qo'rqish tuyg'usi uyg'ongan. Ammo, Sharq mifologiyasida ilonlar ijobiy obraz sifatida boylikni qo'riqlovchi mavjudot sifatida gavdalangan. Tadqiqotchilarning umumiy fikrlariga ko'ra, bronza davrida qadimgi Sharq madaniyati yodgorliklarida keng tarqalgan muhr tamg'alar yordamida tovarlar saqlanadigan omborxonalar eshiklari, hamda qoplarning og'zi tamg'alangan.

Sharq xalqlari mifologiyasida ilonlar obrazi ko'plab ijobiy sifatlar olishi davomida ajdarlar obrazi qator salbiy xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bu fikrni muhr va tumorlarda ifodalangan ajdarlarning odamlarni va hayvonlarni yamlamay yutayotgan tasvirlari isbotlaydi. Mahalliy Baqtriya traditsiyasida ajdar obrazi faqat odamlarga emas, balki, ilohlarga ham xavfli va ozor beruvchi kuchlar sifatida tasvirlangan. Masalan, ajdarlarning odam yoki muflon qo'y-odamni yamlamay yutayotgani tasviri. Qanotli ajdarga qarshi kurashayotgan dumli odam va ilohlar tasviriga ega muhrlar orqali ularning ajdarlar bilan doimiy dushman ekanligi tog'risida qaror chiqara olamiz.

Baqtriya mifologiyasida yuqorida sanalgan ajdarlar orasida bir nechta maymunsimon va hatto odam boshli katta zaharli ilonlar ham bo'lib,ular tahdid soladigan holatda emas,balki vaziyatga qarama-qarshi jilmayayotgan holatda tasvirlanadi.Ehtimol,bu tasvirlar mahalliy qabilalar qarashlariga ko'ra istisno holatlarga ega bo'lishi mumkin.

124

www.birunijournal .uz

Odam boshli katta zaharli ilonlar Hindiston va Elam mifologiyasida ommabop ekanligi fikrini yagona isbot deya qabul qila olmaymiz. E.Porada soqolli odam yuzli ilonlarni Elamning odatiy tasviri deb hisoblab, Baqtriya muhrlarida bu tasvirga umumiy o'xshatmalar topgan. Baqtriya gliptikasiga oid mashhur Baqtriya kumush boltasi maxluqqa o'xshash, soqol yuzli, shox boshli va ilon bo'yinli, yo'lbars tanali ajdarlarning noyob tasvirlariga ega. Umuman olganda, Baqtriya ikonografiyasi ajdarlari bizga Mesopotamiya maxluqlarini eslatadi, lekin Baqtriya tasvirlari mazmuniy jihatdan Mesopotamiya tasvirlaridan farqlanadi. Faqatgina yangi ashyoviy materiallar bu kabi o'ziga tortuvchi tasvirlarga oydinlik kiritishiga umid qilamiz.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, qadimgi Baqtriya gliptikasida ilonlar va ajdarlar obrazi bosh o'rinlardan birini egallagan. Ular gliptikada har xil shakllarda-boylikni qo'riqlovchi mavjudotlar, ozor beruvchi kuchlar va bir-biri bilan doimiy kurashuvchi raqobatchilar sifatida ifodalanib, bu qadimgi xalqlar dunyoqarashi va psixologik dunyosining rang-barangligidan dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Бидерман Ганс. Энциклопедия символов. М., Изд. "Республика", 1996.

2. Porada E/ Seals and Related from Early Mesopotamia and Iran \\ Early Mesopotamia and Iran: Contact and conflict 3500-1600 B.C. - L., 1994. - P.46; Сатаев Р.М. Животные в культуре Древней Маргианы / отв. ред. Н.А. Дубова -М., Старый сад, 2016. - 196 с.

3. Shaydullayev.A.Sh.Sopolli madaniyatining gliptikasi va sfragistikasi//Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan Dissertatsiya.-Samarqand,2018

4. Хлопин И.Н. О так називаемых печатях (Индикатор собственности или штамта) // Проблемы археологии. Вып.П. - Л.,1978; Шайдуллаев Ш.Б. Узбекистон худудида давлатчиликнинг пайдо булиши ва ривожланиш боскичлари. Тарих фанлари доктори дисс. автореферати. УзР ФА Археология институти. - Самарканд, 2009. - Б.54

5. Sarianidi V.I. Myths of ancient Baktria and Margiana on its seals and amulets. -Moskov, 1998. - P. 327.

XULOSA

125

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.