Научная статья на тему 'O'RTA OSIYONING QADIMIY E'TIQOD TARIXIDAN'

O'RTA OSIYONING QADIMIY E'TIQOD TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3414
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
E’tiqod / qadimiy maskan / O’rta Osiyo / me’ros / Teshiktosh / Pessedjik / Chaqmoqli / Yassitepa / Vera / settlement / Central Asia / heritage / Teshiktash / Pessedzhik / Chakmakly / Yasitepa.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qurbonova, Gozal Sayidaxmatovna.

Mazkur maqolada O'rta Osiyoning qadimiy e’tiqod tarixi haqida ba’zi mulohazalar keltirib o’tilgan. O'rta Osiyo eng qadimgi davrlardan boshlab insonlarni o'ziga jalb qilib kelgan hudud hisoblanadi. Buning o'ziga yarasha sabablari bor albatta. Qayerdagi inson yashashi uchun sharoit bo'lsa, u yer insoniyat beshiklari yaratilishiga asos bo'lgan. Demak, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston ham qadim zamonlardan inson yashashi, turmush kechirishi, xo'jalik yuritishi uchun zarur sharoit, qulay iqlimga ega bo'lgan zamin bo’lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FROM THE ANCIENT RELIGION HISTORY OF CENTRAL ASIA

This article provides an insight into the history of ancient religions in Central Asia. Central Asia has attracted people since ancient times. There are, of course, reasons for this. Where there were conditions for human habitation, there was a basis for the creation of human cradles. This means that Central Asia, including Uzbekistan, has long been a land with the necessary conditions for people to live, livelihoods, economies and a favorable climate.

Текст научной работы на тему «O'RTA OSIYONING QADIMIY E'TIQOD TARIXIDAN»

Scientific Journal Impact Factor

O'RTA OSIYONING QADIMIY E'TIQOD TARIXIDAN

Qurbonova Go'zal Sayidaxmatovna.

Nizomiy nomidagi TDPU mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'rta Osiyoning qadimiy e'tiqod tarixi haqida ba'zi mulohazalar keltirib o'tilgan. O'rta Osiyo eng qadimgi davrlardan boshlab insonlarni o'ziga jalb qilib kelgan hudud hisoblanadi. Buning o'ziga yarasha sabablari bor albatta. Qayerdagi inson yashashi uchun sharoit bo'lsa, uyer insoniyat beshiklariyaratilishiga asos bo'lgan. Demak, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston ham qadim zamonlardan inson yashashi, turmush kechirishi, xo'jalikyuritishi uchun zarur sharoit, qulay iqlimga ega bo'lgan zamin bo 'lgan.

Kalit so'zlar: E'tiqod, qadimiy maskan, O'rta Osiyo, me'ros, Teshiktosh, Pessedjik, Chaqmoqli, Yassitepa

This article provides an insight into the history of ancient religions in Central Asia. Central Asia has attracted people since ancient times. There are, of course, reasons for this. Where there were conditions for human habitation, there was a basis for the creation of human cradles. This means that Central Asia, including Uzbekistan, has long been a land with the necessary conditions for people to live, livelihoods, economies and a favorable climate.

Key words: Vera, settlement, Central Asia, heritage, Teshiktash, Pessedzhik, Chakmakly, Yasitepa.

Ajdodlarmiz qadimdan tabiat hodisalari bilan kurashib kelishga majbur bo'lgan. Ibtidoyi davlarda tabiat xodisalari oldidagi ojizliklari sababli ular o'zlari bilmagan holda yaratganga, ilohlarga iltijo qilib madad so'raganlar. Buning natijasida esa ibtidoyi diniy qarashlar vujudga kelgan. Ular asta sekin mukammallashib borishi, insoniyatning ming yilliklar davomidagi aqliy tafakkurining o'sib borishi diniy qarashlarning tobora musthkamlanib borishiga sabab bo'lgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA MRTODOLOGIYA

Diniy qarashlarning paydo bo'lishi to'g'risida hech qanday yozma manbalar yo'q. Negaki, diniy qarashlar yozuv paydo bo'lishdan ancha oldin yuzaga kelgan. Aniq ishonch bilan aytish mumkinki, O'rta Osiyoda xalqlarning ibtidoiy diniy qarashlari

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

so'nggi paleolit davridan boshlab paydo bo'la boshlagan. Musfe davriga oid Teshiktosh g'oridan topilgan neandertal bola qabridan qizil rang-oxra izlarining topilishi va qabrning hayvon shoxlari bilan o'ralishi bu fikrning ashyoviy dalili bo'lib xizmat qiladi [1].

Neolit va eneolit davrida, ya'ni qon - qarindoshlikka asoslangan urug'chilik jamoasi davrida jamoaning alohida ajratilgan sajdagoh-sig'inish xonalari paydo bo'ladi. Bu davrda butun jamoa uchun bitta umumiy sig'inish xonasining bo'lishi xarakterlidir. Xuddi shunday xonalar Pessedjik, Chaqmoqli, Yassitepa yodgorliklarida o'rganilgan [2].

Patriarxal oilalarning paydo bo'lishi bilan har bir oilaning o'z sig'inish xonalari bo'lishi V.M. Masson tomonidan Oltintepa yodgorligi misolida kuzatilgan. Ushbu xonalarda joylashgan ilohiy o'choqlar xo'jalik o'choqlaridan tubdan farq qilib, olovxona ikkiga ajratilgan. O'choqlarda olov past yonganligidan o'choq devorlari olovda kuymagan. Patriarxal oilalarning o'z sig'inish xonalarining bo'lishi, bu xonalarda doira shaklidagi altarlarning joylashishi so'nggi bronza davrigacha saqlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olov bilan bog'liq e'tiqod izlari. Bronza davrida ilk shahar - davlatlarning paydo bo'lishi bilan alohida yoki maxsus jamoa ibodatxonalari shakllana boshlaydi. Ularning xo'jaligi tashkil etilgan, iqtisodiy jihatdan oyoqqa turgan ibodatxona xizmatchilari yirik dindorlarga aylangan. Ular ham davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. O'rta Osiyoda jamoalar taraqqiyotini kuzatish mobaynida diniy qarashlarning rivojlanishini ham kuzatish mumkin. Ularning rivojlanishi bir-biriga o'zaro tadrijiy bog'liq holda kechgan.

Ilk diniy qarashlarning ildizlari zamonaviy odam paydo bo'lgan davrdan ancha avval, shakllana boshlagan. Qadimgi tosh davrlarida insonlar o'zlari uchun zarur bo'lgan buyum, hayvon yoki o'simliklarga sig'inib kelganlar. Ammo, bronza davriga kelib insonlar to'liq rivojlanish bosqichiga o'tdi. Qishloqlar va xattoki shaharlar barpo etdilar. Albatta, bronza davri urug' jamoalarining ibtidoiy diniy tasavvurlari ancha rivoj topib, totemistik tasavvurlardan uzoqlashib, tabiat unsurlari diniy qarashlarning asosiga aylangan.

Bu davrga kelib diniy-mafkuraviy tasavvurlarda quyosh - yer yuzidagi barcha jonzodlarga, shu jumladan, odamzodga ham hayot bag'ishlovchi ilohiy kuch va qudrat timsoli sifatida namoyon bo'la boshlaydi. Buning tarixiy ildizlari aniq arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Anov-Nomozgoh madaniyatining ilk bosqichlarida,

Zarafshon vodiysining Sarazm va Zomonbobo madaniyatlari davrida [3], ya'ni eneolit

262

Scientific Journal Impact Factor

davrida nish ura boshlagan. Uning shakllangan yorqin timsolini, unga atab qurilgan yirik ibodatxonalar misolida O'rta Osiyoning Marg'iyona, Baqtriya qadimgi dehqonchilik mintaqalarida, bronza davrida kuzatiladi [4]. O'rta Osiyo o'troq aholisi bronza davrining oxirlarida sug'orma dehqonchilik madaniyatini va hunarmandchilik sirlarini yaxshigina egallagan edilar.

Keyingi yillarda O'rta Osiyoning qator arxeologik yodgorliklarida ibodatxona, diniy markaz va muqaddas sajdagoh deb atalgan monumental xarakterdagi inshootlar ochilgan. Bular, Oltintepada diniy markaz majmuasi [5], Dashli-3 da ibodatxona [6], Sarazmda diniy sajdagoh markazi [7], Murg'ob vohasida To'g'oloq va Gonur ibodatxonalari [8] deb atalgan. Jarqo'ton ibodatxonasi esa ana shular qatoridagi quyosh ibodatxonasi edi.

Olovga topinishda bajariladigan marosimlar cheksiz qurbonliklar bilan bog'lab olib borilgan. Otashparastlarda urug' va qabila xudolariga atab qurbonliklar qilish shunchalar avj oldiki, bu nafaqat cheksiz isrofgarchilikka, balki jamoa a'zolarining iqtisodiy hayotiga ham zarar keltiradi. Otashparastlar diniy sistemasini tartibga solish, diniy e'tiqod normalarini isloh qilishni hayotning o'zi talab eta boshladi. Ahmoniylar imperiyasi arafasida bu zaruriyat kun tartibiga chiqib, tarixiy shaxs Zaratushtra otashparastlik diniy qarashlarining bosh islohotchisi sifatida faoliyat olib bordi [9].

Ilk sinfíy munosabatlar va ilk davlatlarning shakllanishi davrida jamiyatda yakka xudolik shakllanib borishi bilan birga boshqa diniy qarashlar ham saqlanib qolavergan. Qadimgi Sharq tarixiga e'tibor beradigan bo'lsak, ko'p xudoliklar orasidan yagona hukmron xudolik ajralib chiqqan. Ushbu xudolik butun jamoa, qolaversa, butun jamiyat xudoligiga aylanib borgan. Unga xizmat qiluvchi dindorlar va ibodatxonalar vujudga kelgan. Yagona xudolik shakllanib borayotganda eski din ko'rinishlari, jumladan totemlar saqlanib qolavergan. Gohida ushbu tuyg'u rivojlanib, alohida hayvonlarga, totemlarga sig'inishning zoolatriya yoki teroteizmning (hayvonlarga sig'inish) saqlanishiga olib kelgan. Bu holat umumiy tarixiy jarayon bo'lib, Misrda sivilizasiyaning yuksak rivojlanganligiga qaramay, zoolatriya diniy qarashlar sifatida saqlanib qolavergan. Z.P. Sokolova tadqiqotlariga qaraganda, har bir qadimgi misr «nom» tipidagi davlatlar aholisining o'z topinadigan hayvonlari bo'lganligi kuzatilgan, yakka xudolikka intilish bo'lmagan hududlarda zoolatriya odatlari keng va uzoq davom etadi. Jarqo'ton misolida zoolatrik diniy qarashlarni terrakot haykalchalar misolida kuzatishimiz mumkin. Ma'lumki, terrakot haykalchalar o'sha zamon kishilarining ideologik qarashlarini o'zida mujassam etadi [10].

Jarqo'ton yodgorligidan sigir (ho'kiz), tuya kabi hayvonlar shaklida ifodalangan terrakot haykalchalar, muhrlarda tasvirlangan ilonlar, burgutlar kabi hayvonlar borki,

Scientific Journal Impact Factor

bu topilmalar asosida Jarqo'ton aholisining zoolatrik qarashlarini aniqlashimiz mumkin.

Yana bir zoolatrik hayvonlardan biri «Baqtriyaliklar tuyasi» deb nom olgan ikki o'rkachli tuyadir. O'rta Osiyoda bronza davrida tuya tasvirlari ifodalangan muhrlar va terrakot haykallar keng tarqalgan. Osteologik manbalar asosida Andronovo madaniyatida mil.av. XV-XIII asrlarda tuyaning tarqalganligi isbotlangan. Bu ma'lumotlar bronza davrida ikki o'rkachli tuya asosiy transport vositasi sifatida keng tarqalganligidan darak beradi. V.V. Ivanovning izlanishlariga qaraganda ikki o'rkachli tuya mil.av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda xonakilashtirilgan va mil.av. II ming yillikda Mesopotamiyagacha brogan [11].

Ikki o'rkachli tuyaning ilohiy hayvon bo'lganligi, zoolatrik xarakter kashf etganligini qanday bilamiz? Uning terrakot haykal sifatida ifodalanishi birinchi ko'rinishi bo'lsa, «Avesto»da u «kuchli», «badjahl» hayvon sifatida tilga olinadi. Uchinchi va eng asosiy isboti esa zardushtiylik dinining asoschisi ismida tuyaning qo'llanishidir. «Zaraoustra» dagi «ustra» so'zi tuyani anglatishi bu hayvonning ilohiylik belgisidir.

Ilon. Ilonlarga sig'inish insoniyat ma'naviy madaniyatida muhim ahamiyat kasb etgan bo'lib, u fanda ofiolatriya deb yuritiladi. Ofiolatriya dunyoning turli xalqlari orasida tarqalgan zoolatriya (hayvonlar kul'ti)da markaziy o'rinni egallaydi va fîtolatriya (o'simliklar kul'ti) bilan chambarchas bog'langan [12].

Qadimdan jahon xalqlari diniy tarixida ilonlar doimo ma'lum bir yuqori mavqeni egallab kelgan. Markaziy Osiyo xalqlari orasida ilon qadimdan tuproq va suv kuchlarining ramzi bo'lgan. U qadim-qadimdan mahalliy aholi diniy marosimlari hamda tasviriy san'atida muhim roF o'ynagan. Rivoyatlarda XX asrga qadar ilon obrazi hosildorlik ramzi bo'lish bilan birga suv ilohining asosiy vazifalaridan birini bajargan. G'arbda yunon va rimliklardan tortib Sharqda Hindiston va Xitoyga qadar bo'lgan ko'pgina qadimiy xalqlar asotirlarida ilon yoki ajdaho namlik qo'riqchisi bo'lgan [13]. Varaxsha va Panjikentdagi devoriy suratlarda ajdaho og'izidan favvora otilib turgan holda tasvirlangan.

Zardushtiylik dinida esa ilonlar salbiy ko'rinishda tasvirlangan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"da yozilishicha, yovuzlik ilohi Axrimanning do'sti Ajdaho uch kalla, olti ko'zlidir. Uning maqsadi jahonni odam zotidan tozalashdan iborat. Yomonlik ilohi Axriman uni shu maqsad yo'lida yaratgan [14]. "Shohnoma"da esa ajdaho afsonaviy Rustamning ajdodi tarzida zikr etilgan. O'z o'rnida ta'kidlash kerakki, XIX asr oxirlarida Farg'ona viloyati So'x tumanidan qora toshdan qilingan bir-biriga chirmashgan mashhur ikkita ilon tasviridagi tumor

Scientific Journal Impact Factor

topilgan. Bu ilon obrazi zardushtiylarning yorug'lik va zulmat kuchlarining kurashi ramzi bo'lsa kerak. Qolaversa, ilon qora rangdagi tosh bilan tasvirlanganligi ham ushbu obrazning zardushtiylik bilan aloqadorligini tasdiqlaydi. Chunki «Avesto»da aynan qora rang yomonlik, zulmat va o'lim ramzi tarzida talqin qilinadi [15].

Keyingi izlanishlarda zoolatrik diniy qarashlarga e'tibor qaratilib, ularning keng tarqalgan turlari sifatida ilon, sigir, tuyadan tashqari yana qurbaqa, chayon, turli xil qushlarni aytish mumkin.

Chayon. Chayonlarning hayot tarzi asosan qorong'ulikda, soyada o'tganligi uchun qorong'ulikni uning ramziy timsoli sifatida olish mumkin. Sopollitepa topilmalari orasida ham chayon va ilon tasviri tushirilgan tumor va tosh munchoqlar ko'plab uchraydi. Odatda chayonlar kechqurunlari ov qiladi, deyarli o'z tirikchilik faoliyatini tunda o'tkazadilar. Zardushtiylik dinida yovuzlik, yomonlik kuchlari sifatida qora rang ifodalanishi, bu nafaqat zardushtiylikda, balki bugungi kunimizda ham yomonlik, yovuz niyyatli ishlar qora rang timsolida gavdalanib, ularga nisbatan "qora niyyatli" ishlar tarzida qo'llaniladi. Fasllar ichida qish mavsumi qora kunlar sifatida ko'rsatilib, Navro'z bayramini qora kunlarning ketishi va yangi kunning -yorug' kunning boshlanishi, yangi kunning tug'ilishi, deb diniy bayram sifatida nishonlashgan [16].

Sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik jamoalarini boshqarish dastlabki davlat uyushmalarini tarkib topishiga olib keldi. Dastlabki davlat uyushmalari esa mahalliy ibodatxona kohinlari tomonidan boshqarildi. Shuning uchun ham o'troq aholi jamiyat hayotining moddiy asosi hisoblangan dehqonchilik va sug'orish bilan bog'liq masalalar kohin-hukmdorlar qo'liga o'tdi. Bu jarayon Misr va Mesopatamiya moddiy madaniyat yodgorliklarida yaxshi kuzatiladi. Kohinlar dehqonchilik marosimlarini boshqaruvchi shaxs sifatida tarix maydoniga chiqdi [17].

Zardushtiylik dinida hayotning iqtisodiy negizi hisoblangan yerni ifloslamaslik g'oyasi otashparastlar bosh g'oyalaridan biri hisoblangan. Baqtriya va Marg'iyona viloyatlari aholisining dafn marosimlari bilan bog'liq odatlarida, Jarqo'ton ibodatxonasining muqaddas sajdagoh qismiga kirishdagi tosh yo'lakchalarning qurilganligida u o'zining moddiy ifodasini topgan. Demak, bronza davrining otashparastlik ibodatxonalarida zardushtiy diniy e'tiqodi bilan bog'liq olov, yer, suv va havoni muqaddaslashtirish aks ettirilgan. Ularning 3 tasi (yer, suv va olov) Jarqo'ton ibodatxonasining muqaddas sajdagoh qismida moddiy ko'rinishda mavjud. Zardushtiylik dinida hayotning iqtisodiy negizi hisoblangan yerni ifloslamaslik g'oyasi otashparastlar bosh g'oyalaridan biri hisoblangan. Baqtriya va Marg'iyona viloyatlari aholisining dafn marosimlari bilan bog'liq odatlarida, Jarqo'ton

Scientific Journal Impact Factor

ibodatxonasining muqaddas sajdagoh qismiga kirishdagi tosh yo'lakchalarning qurilganligida u o'zining moddiy ifodasini topgan. Demak, bronza davrining otashparastlik ibodatxonalarida zardushtiy diniy e'tiqodi bilan bog'liq olov, yer, suv va havoni muqaddaslashtirish aks ettirilgan. Ularning 3 tasi (yer, suv va olov) Jarqo'ton ibodatxonasining muqaddas sajdagoh qismida moddiy ko'rinishda mavjud. Bu Jarqo'ton ibodatxonasining marosimlar maydonida shakllangan bosh otashkada va 10 ga yaqin otashkada qurilmalari, ibodatxona toshyo'lakchasi bo'ylab qurilgan quduqlar (ular 8 metrgacha qazilib, suvga yetib borgan. Vaqtlar o'tishi bilan ularning ichiga somon to'ldirilib eskilari ko'milgan, yangilari ochilgan. Shuning uchun ibodatxonadagi quduqlar har xil bosqichga tegishlidir), ochiq hovli sahni oralab otashkadaga tomon yo'naltirilgan tosh yo'lakcha (tosh yo'lakcha davrini aniqlash uchun uning qoq o'rta qismida kesma shurf solinganida, bu tosh yo'lakcha 4 qatlamdan iborat ekanligi aniqlangan) ushbu ibodatxonaning barcha (Jarqo'ton, Ko'zali, Molali va bo'ston) bosqichlarida faoliyat ko'rsatganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlab qadimgi dehqonchilik mintaqalari moddiy madaniyatida tub o'zgarishlar yuz bera boshlashi bilan bu zaminga yangi etnos, etnik birlik kirib keldi. Bu yangi etnik birlikning dastlabki kirib kelishi miloddan avvalgi II ming yillikning o'rtalaridan boshlangan bo'lsa, migratsiyaning jadal kechgan davri miloddan avvalgi II ming yillikning oxirgi choragiga to'g'ri keladi. Xuddi mana shu davrdan boshlab o'zbek etnogenezi boshlanadi, ya'ni O'rta Osiyo ikki daryo oralig'iga cho'l mintaqalari chorvadorlari kirib keladi. Keyingi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarda, bu mintaqada kirib kelgan halqlar turkiylar ekanligi ta'kidlanadi [18].

Bugungi kun to'y, maraka, diniy marosimlarimizdagi ayrim jihatlarga e'tibor qaratsak. Diniy marosim va marakada xalqimizda erkaklar albatta bosh kiyim, to'n kiyib, belini belbog' bilan bog'laydilar. Bu odat asosan o'zbek xalqi uchun xosdir. Buning zamini esa aynan zardushtiylik e'tiqodida, uning muqaddas kitobi "Avesto"da ham keltirilgan. Bu udum erkak kishi belining baquvvat bo'lishi va har qanday mushkul holatlarda ham qaddini egilmasligi, azali marosimlarda ham qaddini tik tutib turishi, ayollardan farqli tarzda qat'iyatligiga qilingan ishoradir. Bunday misollarga yana azali uyning qirq kun chirog'i o'chmasligi, yettilik, qirqi kabi bugungi kun diniy marosimlarimiz ham xalqimizning qadim ajdodlaridan meros bo'lib o'tib kelayotgan an'anadir.

To'y marosimlarida hozirgacha saqlanib kelayotgan kelinni kuyov uyiga olib

kirishdan oldin olov atrofida aylantirilishi, kelinni yangi xonadonida birinchi ish kuni,

266

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

avvalo o'choq oldiga olib borilishi va u bilan bog'liq marosim o'tkazilishi. Bularning barchasi bizga o'zimiz bilmagan holda odatga, an'anaga aylanib qolgan. Bundan ko'rinib turibdiki, o'zbek xalqining qadimgi e'tiqodi zaminidagi ezgu g'oyalar, ezgu amallar bugungi kun e'tiqodimiz tarkibiga singib, yanada sayqalashib bormoqda. Xalqimizning bugungi kun e'tiqodida ham birinchi o'rinda inson qadri, ezgu ishlar, haqiqatning doimo barqarorligi asosiy o'rinni egallashi inobatga olinsa, o'zbek xalqining qadimiy va bugungi kun e'tiqodi uzluksiz bo'lib boraveradi.

REFERENCES

1 Окладников А.П. Исследование мустьерской стоянки и погребения неандертальца в гроте Тешик-Таш. Южный Узбекистан. Тешик-Таш. Палеолитический человек. - М.: 1949.

2 Бердыев О.К. Материальная культура Туркменистана в период неолита и раннего энеолита // Первобытный Туркменистан. - Ашгабад, 1976. - С. 87-91.

3 Исаков А. Саразм. (К вопросу становления раннеземледельческой культуры Зеравшанской долины). -Душанбе, 1991

4 Каримова Д. Шимолий Бактрия ахолисининг дафн маросимлари ва диний эътикодлари (бронза даври моддий маданият ёдгорликлари мисолида) т.ф.ф.д. диссертацияси. Тошкент, 2017. - Б. 112

5 Массон В.М. Алтын-Депе. Ленинград-1981, с. 56-80.

6 Сарианиди В.И. Древние земледельцы Афганистана. Москва-1977, с. 34.

7 Исаков А. Саразм (К вопросу становления раннеземледельческой культуры Зеравшанской долины. Раскопки 1977-1983 гг.) Душанбе- 1991, с. 72-73.

8 Сарианиди В.И. В поисках страны Маргуш. Москва-1993, с. 245-292; Уша муаллиф. В поисках страны Маргуш.. ..с. 293-356

9 Маковельский А.О. Авета. ... - С. 45.

10 Эсанов М. "Авесто" жамиятининг археологик материалларда акс этиши (Кадимги Бактрия ва Маргиёнанинг бронза даври моддий маданият ёдгорликлари мисолида). Т.ф.н. дис... -Т., 2007. - Б. 87.

11 Шайдуллаев Ш. Узбекистон худудида давлатчиликнинг пайдо булиши // ...т.ф.д. дис... Автореф. - Самарканд, 2009. - Б. 20-21.

12 Гордеев Н.П. Земея в обрядово-религиозних сестемах различних народов// Э0.2002.№6.С.45.

13 Сулаймонов Р. Унутилган тамаддун сирлари.Т.:Маънавият, 2004. Б.27.

14 Авесто. Тарихий адабий мерос. Б.335.

Scientific Journal Impact Factor

15 Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Вестник науки, 3(11), 5-8.

16 Аширов А. Узбек халкининг кадимий эътикодлари ва диний маросимлари. - Т., 2007. - Б. 25-28.

17 Эсанов М. "Авесто" жамиятининг археологик материалларда акс этиши (Кадимги Бактрия ва Маргиёнанинг бронза даври моддий маданият ёдгорликлари мисолида). Т.ф.н. дис... -Т. 2007. - Б. 95.

18 История Востока. - М.: Восточная литература, 2000. Т. 1. - С. 29-31.

19 Аскаров А. Арийская проблема: новые взгляди и походы // Узбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. - Т.: Фан, 2005. - С. 45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.