Научная статья на тему 'QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDAGI “SIRLAR”'

QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDAGI “SIRLAR” Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avesto / Mitra / gliptik / ikonografiya / xaoma / kosmogonik / mifologiya / xoch / svastika / rozet. / Avesta / Mitra / glyptic / iconography / haoma / cosmogonic / mythology / the cross / swastika / rosette.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Norxamidova, Muattar Zavqiddin Qizi

Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriyadagi, xususan, Shimoliy Afg‘onistondagi minglab qabrlardan talon-taroj qilish natijasida topilgan noyob tasvirlarga ega qadimiy gliptika va sfragistikaning bebaho kolleksiyalari, muhr va tumorlarda tasvirlarning shakllanishi, ularning muhrlar tasvirlari bilan o‘xshashliklari va farqlari tahlil qilingan. Sopollitepa madaniyatining tumorlari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"SECRETS" IN ANCIENT BACTRITIAN GLYPTICS

In this article, priceless collections of ancient glyptics and sphragistics with unique images found through looting excavations in thousands of graves in Ancient Bactria, especially in Northern Afghanistan, the formation of images on seals and amulets,their similarities and differences with the images of seals and amulets of the Sopolly culture are discussed

Текст научной работы на тему «QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDAGI “SIRLAR”»

QADIMGI BAQTRIYA GLIPTIKASIDAGI "SIRLAR"

Norxamidova Muattar Zavqiddin qizi

Termiz Davlat universitetining Magistratura bo'limi Tarix yo'nalishi 1-bosqich magistranti.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriyadagi, xususan, Shimoliy Afg'onistondagi minglab qabrlardan talon-taroj qilish natijasida topilgan noyob tasvirlarga ega qadimiy gliptika va sfragistikaning bebaho kolleksiyalari, muhr va tumorlarda tasvirlarning shakllanishi, ularning muhrlar tasvirlari bilan o'xshashliklari va farqlari tahlil qilingan. Sopollitepa madaniyatining tumorlari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Avesto, Mitra, gliptik, ikonografiya, xaoma, kosmogonik, mifologiya, xoch, svastika, rozet.

ABSTRACT

In this article, priceless collections of ancient glyptics and sphragistics with unique images found through looting excavations in thousands of graves in Ancient Bactria, especially in Northern Afghanistan, the formation of images on seals and amulets,their similarities and differences with the images of seals and amulets of the Sopolly culture are discussed

Key words:Avesta,Mitra,glyptic,iconography,haoma,cosmogonic,mythology,the cross,swastika,rosette.

KIRISH

Ma'lumki, yaqin-yaqingacha qadimgi Baqtriya bronza davri aholisining dunyoqarashi va diniy e'tiqodlari bizga notanish bo'lib, faqatgina bu mamlakatning xronologik davri haqida ozroq ma'lumotga ega edik, xolos. Ushbu mavzu yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlar tomonidan bu davr mil.avv.III-ming yillik oxiri va mil.avv.II-ming yillik boshlariga belgilanib, bu yerda mavjud bo'lgan svilizatsiya yo'qolib ketgunga qadar g'oyat brilliant svilizatsiya bo'lganligi, ammo sirliligicha qolganligi e'tirof etilgan. Qadimgi Baqtriya dunyosini tasavvur qilishda tarix fanining yordamchi sohalaridan biri bo'lgan gliptika yo'nalishi yordamga keladi.

Gliptika^qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar,metallar ustini o'yish vazifasini bajargan qadimiy san'at turlaridan biri sanaladi.Qadim zamonlardan bu kabi o'yilgan toshlar muhrlar, shtamplar, tumorlar va bezaklar sifatida xizmat qilgan.Aynan shu kabi Shimoliy Afg'onistonning minglab qabrlaridan topilgan muhr

1 * Gliptika-qadimgi yunoncha "glypho" - kesish, bo'shliqlar.

72

va tumorlar orqali qadimgi Baqtriya aholisining diniy hamda, dunyoviy qarashlari, madaniyati va g'oyalari haqida ma'lum tushunchalarga ega bo'linadi. Ushbu sohaning yetuk mutaxassislaridan biri bo'lgan V.Sarianidi talonchilik qazishmalarida minglab qabrlardan topilgan,Kobul antikvar bozorlarida sotuvga chiqib ketgan muhr, tumorlarga boy kolleksiyalarning rasm va nusxalarini yig'ishga muvaffaq bo'ldi hamda, «ikonografiya»-rasm va begilarni o'rganish orqali ushbu madaniyatning boy ma'lumotlarini oshkor qildi.Uning "Qadimgi Baqtriya va Marg'iyonaning muhr va tumorlari" deb nomlangan asaridan nafaqat Afg'oniston bozorlarida sotilgan, balki shaxsiy kolleksionerlar va Yevropa muzeylarida saqlanayotgan muhrlar ham joy olgan.Asarda Baqtriya va Marg'iyona muhrlari rasmlari ilova qilingan2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu asarda qadimgi Baqtriyadan 1548 ta,qadimgi Margiyonadan esa 254 ta topilgan jami muhrlar muallif tomonidan mazmuniga ko'ra 6 ta katta guruhga bo'lingan:

1. Antromorfa (odamsimon) tasvirlar.

2. Zaharli ilonlar va ajdarlar tasvirlari.

3. Aqlga sig'mas mavjudotlar tasvirlari.

4. Hayvonlar va qushlar tasvirlari.

5. Umurtqasiz hayvonlar va o ' simliklar tasvirlari.

6. Individual muhr va tumorlar.

Mana shu o'rinda,ya'ni muhrlarni mazmuniga ko'ra guruhlarga ajratish jarayonida muammoli vaziyat yuzaga keladi.Negaki,asardagi muhr va tumorlarni tasniflab chiqish jarayonida shu narsa aniq bo'ldiki,ularda yuqoridagi 6 ta guruhga kirmay qolgan tasvir shakllari ham mavjud.

Qadimgi Baqtriya muhrlari xususida so'z yuritganimizda guruhlarga kiritilmay qolgan tasvirlar ham asosiy muhim o'rinni egallaganligiga guvoh bo'lamiz. Jumladan, xoch, svastika, geometrik tasvirlar va to'pbarggul shaklli bezaklar. Bu shakllar orasidan xoch tasviri muhr va tumorlarda eng ko'p tasvirlangan ifoda hisoblanib, mifologiyada xoch-inson tabiatining ajralmas bir bo'lagi hisoblangan. Aylana va xochning birga ifodalanishi esa osmon jismlari va tabiatni birga tasavvur etish,kosmogonik tushuncha-yilning teng to'rtga, faslga bo'linishiga ishoradir3. Svastika xochning takomilllashgan varianti hisoblanib,muhr va tumorlarda deyarli ko'p uchramaydi.

2 Sarianidi V.I. Myths of ancient Baktria and Margiana on its seals and amulets. - Moskov, 1998. - P. 327.

3 Shaydullayev.A.Sh.Sopolli madaniyatining gliptikasi va sfragistikasi//Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan Dissertatsiya. -Samarqand,2018.

73

Xoch tasviridan keyingi asosiy o'rinni to'pbarggul shaklli bezaklar egallaydi.Shu o'rinda shuni ta'kidlash joizki,Qadimgi Baqtriyaning Dashtli madaniyatiga tegishli hududlardan topilgan muhrlarni Sopolli madaniyati muhrlari bilan taqqoslaganda o'xshashliklar bilan bir qatorda turli farqlar borligiga guvoh bo'lamiz. Jumladan,To'pbarggulli muhrlar Sopolli madaniyatining eng xarakterli jihatidan biri hisoblanadi va ramzlar dunyosida quyoshni anglatadi4.Aynan shu tasvir Qadimgi Baqtriya muhr va tumorlaridagi tasvirlarning xochdan keyingi katta qismini egallaydi.Bu kabi tasvirlarni yuqoridagi 5-guruhga ya'ni umurtqasizlar va o'simliklar guruhiga kiritish mumkin.Shuningdek,Sopolli madaniyatida o'simlikning echki bilan birgalikda ifodalanishi unga turdosh ikkinchi madaniyatda echkining «hayot daraxti»bilan tasvirlanishida namoyon bo'lgan.Bu tasvirlardagi o'simlik ko'knor deb tasavvur qilinadi.Chunki,aholining sevimli ichimligi bo'lgan «haoma» echki suti va ko'knor aralashmasidan tayyorlangan.

Geometrik tasvirlar Sopolli madaniyatida takomillashgan holda tasvirlanib, Sopolli madaniyati gliptikasining 40%dan oshig'ini geometrik tasvirlar tashkil etadi5.Dashtli madaniyatida esa ushbu tasvirlar oddiy tarzda ifodalanib,sezilarli o'rin egallamaydi.Shuningdek,Sopollitepa muhrlaridagi odam tasvirlariga hayotiylik va tabiiylik xos bo'lsa,ikkinchi madaniyat odamlari esa xayoliy dunyoda,ya'ni kosmogonik xarakterda ifodalanadi.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki,qushlar va hayvonlar guruhiga kiritganimiz geraldik burgut tasvirlarini alohida guruh sifatida ajratib olinsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Zero,zaharli hayvon ilonni o'ldirishi mumkin bo'lgan burgut, laylak, lochinlarga nisbatan mifologiya dunyosida ijobiy sifatlar berilgan va «quyosh ma'budlari»,«quyosh qushlari» deya atalgan6.

Bizga ma'lumki, qadimgi Baqtriya aholisi orasida «Avesto»da nomi ko'p marta tilga olingan quyosh xudosi Mitra ulug'langan.Shuningdek,mifologiyada quyosh ramzini anglatuvchi to'pgulbarg shakllari hamda Mitraning ramzi sanalgan xoch tasvirlari ham yuqoridagi fikrlar bilan chambarchas bog'liqdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Qadimgi Baqtriya muhr va tumorlardagi tasvirlarni guruhlarga bo'lish ancha murakkab ish sanaladi.Negaki,har bir tasvir turlicha ma'nolarni anglatadi.Shunga qaramasdan,ayni vaqtda ushbu masala

4 Рошаль В.М. Энциклопедия символов. - М.,-Л., 2008. -С. 18.

5 ShayduИayev A.Sh. SopoШ madaniyati muhr-tamg'alari tipologiyasi // O'zbekiston arxeologiyasi. - Samarqand,2013.

6 Зороастрийские тексты. Бундахишн - "Сотворение основы". - М., 1997, - С. 265-311; Чунакова О.М. Пехлевийский словарь Зороастрийских терминов, мифических персонажей и мифологических символов. - М., "Восточная литература",2004.

74

yuzasidan yetarlicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda va izlanishlar natijasida yutuqlarga erishilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Sarianidi V.I. Myths of ancient Baktria and Margiana on its seals and amulets. -Moskov, 1998. - P. 327.

2. Shaydullayev.A.Sh.Sopolli madaniyatining gliptikasi va sfragistikasi//Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan Dissertatsiya.-Samarqand,2018.

3. Рошаль В.М. Энциклопедия символов. - М.,-Л., 2008. -С. 18.

4. Shaydullayev A.Sh. Sopolli madaniyati muhr-tamg'alari tipologiyasi // O'zbekiston arxeologiyasi. - Samarqand,2013.

5. Зороастрийские тексты. Бундахишн - "Сотворение основы". - М., 1997, - С. 265-311; Чунакова О.М. Пехлевийский словарь Зороастрийских терминов, мифических персонажей и мифологических символов. - М., "Восточная литература",2004.

75

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.