DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-13-88-94
Pages: 88-94
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
4th INTERNATIONAL CONFERENCE
FARG'ONA VODIYSI ARXEOLOGIYASIDA AYOLLARGA TEGISHLI
ARTEFAKTLAR TAHLILI
Mahliyo M. Turdixo 'jayeva
tayanch doktorant Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Toshkent, O'zbekiston E-mail: turdixujayevamakhliyo@gmail. com
MAQOLA HAQIDA
Kalit so'zlar: bronza uzuk, munchoqlar, Daxana qabristoni, Qashg'archi massivi, Simtepa, Obishir-5, zeb-ziynat buyumlari, O'tkir Islomov, Ahmadali Asqarov.
Annotatsiya: Maqolada Farg'ona vodiysining mashhur arxeologik yodgorliklaridan topilgan moddiy buyumlar orasidagi ayollarga tegishli ashyolarga bag'ishlangan bo'lib, unda arxeologlarning ekspeditsiya hisobotlaridan unumli foydalanilgan. Munchoqtepa, Simtepa, Arsif va boshqa bir qator arxeologik ob'ektlardan topilgan munchoq, uzuk, isirg'a, bilakuzuk kabi qadimgi ayollarning buyumlari tahlil etilgan._
ANALYSIS OF ARTIFACTS RELATED TO WOMEN IN THE ARCHEOLOGY OF
THE FERGHANA VALLEY
Makhliyo M. Turdikhojayeva
doctoral student Tashkent State University of Oriental Studies
Tashkent, Uzbekistan E-mail: [email protected]
ABOUT ATRICLE
Key words: bronze ring, beads, Dakhana cemetery, Kashgharchi massif, Simtepa, Obishir-5, j ewelry, O 'tkir Islamov, Ahmadali Askarov.
Abstract: The article is dedicated to women's objects among the material objects found in the famous archaeological monuments of the Fergana Valley, and the expedition reports of archaeologists were used effectively. Ancient women's items such as beads, rings, necklaces, and bracelets found in Munchoqtepa, Simtepa, Arsif and other archaeological sites were analyzed._
АНАЛИЗ АРТЕФАКТОВ, СВЯЗАННЫХ С ЖЕНЩИНАМИ, В АРХЕОЛОГИИ
ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
Махлиё M. Турдиходжаева
докторант
Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: [email protected]
_О СТАТЬЕ_
Ключевые слова: Аннотация: Статья посвящена женским
бронзовое кольцо, бусы, предметам среди материальных объектов, найденных в могильник Дахана, известных археологических памятниках Ферганской
Кашгарчинский массив, долины, при этом эффективно использованы
Симтепа, Обишир-5, экспедиционные отчеты археологов. Были
украшения, Откир Исламов, проанализированы древние женские предметы, такие как Ахмадали Аскаров. бусы, кольца, ожерелья и браслеты, найденные в
Мунчоктепе, Симтепе, Арсифе и других _археологических памятниках._
Jamiyatda saqlanib qolgan ayollar ma'naviy hayotining izlari doimiy tarzda tadqiqotchilarga qiziq bo'lgan. Barcha sohada bo'lgani kabi arxeologiyada ham ayollarning ijtimoiy hayotdagi o'rni masalasi muammoli hisoblanadi.
Farg'ona o'lkashunoslik muzeyining arxeologi B.Z. Gamburg 1950-yillarda Farg'ona viloyatining janubi hamda janubi-sharqiy qismida arxeologik qidiruv ishlarini olib borib, 1954-yilga kelganda to'rt yillik arxeologik ish faoliyatining yakuni sifatida arxeologik xaritaga 84 ta yodgorlikni tushiradi. Ular asosan yassi tepaliklardan iborat tosh qo'rg'onlar bo'lib, ular orasida Vodil tumani markaziga yaqin joyda joylashgan katta qabriston alohida etiborga loyiq ekanini ta'kidlab, Sankt-Peterburglik arxeolog N.G. Gorbunova bilan xamkorlikda Vodil qabristonini qazishga kirishadi. Qazishmalar natijasida arxeololar ba'zi bir ayol skeletining bilak suyaklarida bikonik shakldagi munchoqlardan tizilgan bronza bilaguzuklari, bir uchi ilon boshli, ikkinchi uchi bigiz tig'li bronza uzuklari va silindrsimon pasta munchoqlarni uchratadilar. Ushbu yodgorlikning 6 ta mozoridan bronza predmetlari topilgan. Ular bronzadan yasalgan munchoqlar, uzuk va isirg'adan iborat. huningdek, yana uchta mozordan pastali munchoqlar ham topilgan.[ 1:Б.182-183]
Qiziq ma'lumotlardan yana biri Arsif qabristonidan karnaygul shaklidagi sirg'alar topilganligidir. Ushbu shakldagi sirg'alar bugungi kunda ham urfda ekanligi e'tiborli. 1986-yilda G.P.Ivanov xo'jalik ishlari munosabati bilan buzilgan Qashg'archi qabristonida qazishmalar olib borib, oltin va kumushdan yasalgan shunday sirg'alarni topgan. Hozirgacha Farg'ona viloyati hududlarida 7 ta shunday sirg'alar topilgan. Ahmadali Asqarovning eng so'nggi chop etgan kitobida aytilishicha, Daxana qabristonidan topilgan qabrlardan yashiklar topilgan bo'lib, uning
ichidan karnaygulsimon zirakning parchasi topilgan. Farg'ona shahridan 6 km shimoldagi Qashg'archi massivining 1-qabridan surmatosh, oltin zirak, bronza tugmacha topilgan. 2-raqamli qabrdan esa oltin zirak topilgan. 6-qabrdan ham bronza bilakuzuk topigan [1:Б.193]. Ushbu topilmalar qadimgi Farg'ona ayollarining taqinchoqlarga qiziqishlari yuqori bo'lganligidan dalolat beribgina qolmay, ushbu buyumlarni yasagan zargarlarning mahoratini ham ko'rsatib beradi.
Yana bir ayollarga xos ashyolar ko'plab topilgan hududlardan bu Simtepa qishlog'i hisoblanib, u Farg'ona shahrining markazida, Marg'ilonsoy daryosining chap qirg'og'ida, hozirgi istirohat bog'i hududida joylashgan bo'lib, bir paytlar bu yerdan ko'plab kumush bilakuzuklar topilgan. Simtepadan ilk vaqtlarda olib borilgan qazish ishlari davomida turli balandlikdagi yirik idishlar ya'ni xumlar topilgan. Bu xumlar yer ostidan alohida topilgan odam suyaklari bo'lmasa-da, janoza qabrlari hisoblangan. Xumlardan uy hayvonlarining kullari va suyaklari topilgan. Turra-joy qoldiqlari 1939-yilda M.E.Masson tomonidan o'rganilib, qazilgan materiallar asosida qadimiy va o'rta asr qatlamlari mavjudligini ta'kidlangan.[ 4:С. 92-105]
Lahadga kirish "eshigi" ikki qator g'ishtlar bilan berkitilgan. G'ishtlarning quyi qatori uzunasiga qo'yilib ustiga ikkinchi qator bir oz qiyshaytirib qo'yilgan. Lahadga 30-35 yoshlardagi ayol oyoq-qo'li cho'zilgan holda chalqanchasiga yotqizilib, yuzi chap tomonga qaratib qo'yilgan. Marhumaning boshi shimoliy-g'arbga qaratib qo'yilgan. Bosh suyagi yaqinida ikki dona sirg'a, qorin qismida baliqning umurtqa suyagidan va sun'iy qotishmalardan yasalgan munchoqlar va ikkita upa-elik soladigan jez quticha topilgan [6:Б.73-74]. Chap qo'lining barmoqlari oldida jezdan yasalgan uzuk topildi. Lahadga ayol kishi qamish to'shama ustiga chalqanchasiga yotqizilgan. Qo'llari yonida, boshi janubiy-sharq tomonga qaratib qo'yilgan. Marhum suyaklarining anatomik holati qisman buzilgan, o'ng qo'li va ayrim suyaklari bosh tomonida joylashgan. Oyog'ida jundan to'qilgan yomon saqlangan ip qoldiqlari bor. Chap oyog'i yonida dastali sopol idish, bo'yni atrofida ko'plab munchoqlar, qorin qismida esa yirik munchoqlar, tosh suyaklari ustida urchuqbosh, qo'y suyaklari va ko'plab munchoqlar aniqlandi. O'ng qo'li va qovurga suyaklari oralig'ida temir pichoq (xanjar), kalla suyagining o'ng tomonida bitta sirg'a qayd etilgan. Jasadning ko'p joylari to'qima-mato bilan qoplangan. 10-go'rdan ham bir qator topilmalar topilgan bo'lib, lahatning qorin yuzasi, tos suyaklari, qovurg'alari va chap qo'li ustida ko'plab har xil rangli va shaklli munchoqlar borligi aniqlangan. Tos va qovurg'a suyaklari ustida baliqning umurtqa suyaklaridan yasalgan munchoqlar sochilib yotganligini arxeologlar guvohi bo'lishgan. Shu joyning o'zida jezdan yasalgan upa-elik qutichasi borligi aniqlangan.
11-oddiy (o'ra) go'r , o'lchamlari: uzunligi 195 sm, eni bir tomonda 50 va ikkinchi tomonda 70 sm, chuqurligi 70 sm. Ammo go'rning ancha qismi qishloq xo'jalik ishlari paytida buzilib ketgan. Skelet chalqanchasiga yotqizilib boshi bilan shimoliy-sharq tomonga qaratib qo'yilgan. Ko'krak qafasi va yelka suyaklari yaqinida har xil rangli munchoqlar to'plami chiqdi. Ular ichida yirik va turli shaklli munchoqlar alohida ajralib turadi. Yelka suyaklarining har ikki tomonida upa-elik soladigan jez quticha tagligi va qopqog'i aniqlandi.
Munchoqtepa sirg'alari g'arb prototipiga asoslangan bo'lib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan va shakli keyingi davrlarga borib yanada o'zgartirilgan shaklda, sharqqa ko'proq kirib borgan. Tosh davri zeb-ziynat buyumlari orasida eng ko'p tarqalgani munchoqlar hisoblanadi. Mezolit davri yodgorligi hisoblanmish Obishir-5 dan aniqlangan munchoq shodalari arxeologiya fanida baxsli mavzulardan biri hisoblanadi. Kaltaminor va Obishir madaniyatining barcha zeb-ziynat topilmalarining ko'plab qismi munchoqlar hisoblanadi. Shuningdek, O'rta Osiyoning boshqa bir mezolit va neolit davri taqinchoqlaring ham assosiy qismi munchoq shodalariga to'g'ri kelishini arxeolog olimlar o'z tadqiqotlarida aniqlaganlar. Bronza va kumush simli sirg'alar Farg'onada miloddan avvalgi 1-ming yillik o'rtalarida keng tarqalgan. Bu Oqtom qabristonidagi 50-qo'rg'ondan (3-qabr) oval shaklidagi simli sirg'alar hisoblanadi. [11: C.45]
Obishir-5 makonidan aniqlangan ayrim taqinchoqlarni ham munchoq emas balki tumor deyishimiz mumkin. Odatda munchoqlarning markazi, tumorning esa yuqori qismida teshik ochilgan bo'ladi. Shu nuqtai nazardan Farg'onaning markaziy qismidagi mezolit va neolitga xos makonlardan aniqlangan ayrim taqinchoqlarni tumor deb hisoblashimiz mumkin. Obishir-5 makonidan topilgan taqinchoqlarni olimlar tahlil qilish natijasida materialining petrofizik xususiyatlari, silliqlash va deformatsiya izlarining morfologiyasi shuni ko'rsatadiki, ular ichidagi ayrim taqinchoqlar kiyimni bezash yoki shaxsiy taqiladigan zargarlik-tumor sifatida mahsulotdan yetarlicha uzoq vaqt foydalanilgan bo'lishi mumkin.[ 3: P. 32-45] O'rta Osiyoning so'nggi paleolit, mezolit va neolit davriga oid yodgorliklari qazilmalaridan bilakuzuk turiga, xos taqinchoqlar kamroq topilgan. Xususan, Farg'ona viloyatining Madyor-2 obyektidan yashil-jigarrang rangli toshdan ishlangan, diametri 10-13 sm bo'lgan doirasimon shakldagi taqinchoq aniqlangan. Bu akademik O'tkir Islomovning ko'rsatishicha shakli, o'lchami, vazniga ko'ra bilakuzuk bo'lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan zebu-ziynat, taqinchoqlarning davri haqida gap ketganda, ular so'nggi paleolit yodgorliklaridan topilganligi haqidagi faktlarga ishonch bildirishimiz mumkin.
Vodiy hududida olib borilgan arxeologik qazishma natijalari shuni ko'rsatadiki, Chust madaniyati sohiblari, to'qimachilikda ham faol bo'lishgan, bunga ushbu mashg'ulotda qo'llanilgan suyakdan yasalgan taroqsimon asboblarning topilishi yaqqol dalilB.A.
Litvinskiyning "G'arbiy Farg'ona qabristonlari" nomi bilan chop etilgan G'arbiy Farg'ona qabristonlarini qazish ishlari xulosalari keltirilan asarda bir qator ushbu yo'nalishda ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Ushbu kitobda muallif qabr materialini hisobga oladigan va o'z ichiga olgan klassifikatsiya sxemalarini ishlab chiqganligi hamda topilgan munchoqlar tasnifi sxemalarini keltirgani bilan qimmatlidir. Isfara viloyatidagi qo'rg'onlardan dumaloq oval tayoqdan yasalgan bronza bilaguzuklarning beshta namunasi topilgan. Ularning uchlari qalinlashgan. Ichki tomondan qalinlashgan-oval, tashqi tomondan yumaloq. Bilaguzuklarning diametri 60-65 mm, miniatyurali bilaguzuk 40 mm. Qorabuloq 2 qabristonidan uchlari ochiq bronza bilaguzuklar topilgan. Bu dumaloq simdan yasalgan bronza bilaguzuk. Ko'plab bilakuzuklarda ajdarlar tasvirlanganligini uchratish mumkin. A.N.Bernshtam bronza bilakuzuklarning tipologik rivojlanishini, keyin esa bilaguzuklarning uchlaridagi zoomorfik tasvirlarni yo'qolishini kuzatadi. Oltin, kumush va qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar, bezaklar nafis did bilan yaratilgan.
Namanganning eng ko'xna yodgorligi hisoblanmish Axsikentdan ham ayollarga tegishli bir qator buyumlar arxeologlar tomonidan topilgan bo'lib, IX-XII asrlarga oid uzuklar bunga yaqqol misoldir. Ularning yasalish va tayyorlash uslubi o'ziga xos bo'lib, bu xalqalar muhr, belgi yoki zargarlik buyumlari sifatida ishlatiladi. Ayrim uzuklardan o'z ishining ustasi bo'lgan zargarlar uzuk yasashga ijodiy va ilmiy yondashgani, shuningdek, turli metallar va tabiiy toshlar bilan ishlash san'atini ham puxta egallagan, rang-barang bo'yalgan.
Qalin va yupqa ipak va paxta tolasi, ipdan turli gazlamalar ishlab chiqarish ham rivojlangan va ularga hatto chet ellarda ham talab katta edi. Axsikentda ishlab chiqarilgan ipak va boshqa to'qimachilik mahsulotlari Buyuk ipak yo'li orqali olib o'tilgan va sotilgan.[ 5:P.515-525]
Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani Xonabod shahri Xonabod yodgorliklaridagi qabrlarida qazuv ishlarida miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari, xususan, qabr-qo'rg'onlar, taqinchoqlar, sopol buyumlar, temir buyumlar aniqlandi.
Munchaktepadagi arxeologik topilmalar miloddan avvalgi V-VI asrlarda qadimgi Farg'ona ayollarining liboslari haqida ma'lumot olishga imkon beradi. Ayollarning katta palto va bugungi kundagi shimga o'xshash kiyishgani, bu xuddi shu davrdagi so'g'd ayollarining libosiga o'xshashligini sezishimiz mumkin. Bundan tashqari, kiyimlarning to'qimasi Xitoy bilan texnik almashinuv bo'lganligini anglatadi. Bundan tashqari Munchoqtepa topilmalari orasida ayollarga tegishli bosh kiyimning bir turi mavjud. U quloqlar atrofiga qo'yilgan yirik ipak bo'laklaridan tayyorlangan. Etnograflarning tahliliga ko'ra, ushbu ro'mol shaklidagi bosh kiyim qoldiqlari
bo'lishi mumkin. Ular "peshonaband" deb ataladi va ulardan asosan yosh xonimlar va kelinlar foydalanishgan. [2:P.99-108]
So'nggi paytlarda Farg'ona vodiysida yangi ipak topilmalari qo'lga kiritildi va ular ipak to'qishning kelib chiqishi haqida yangi tushunchaga ega bo'lish imkonini berdi. Hali ham eng qadimgi ipak topilmalari Janubiy Farg'onadagi Qorabuloq qabristonida barcha matolarning uchdan ikki qismi ipak matolardan iborat. Qo'llarida afsonaviy ajdarlar bo'lgan yarim yalang'och ayollar tasvirlangan parchalar juda qiziq. Qadimgi dunyo mifologiyasida qo'llarida serpantin mavjudotlari bo'lgan ayol xudolar keng tarqalgan. Qorabuloq shoyi matolaridagi ayrim naqshlar Janubiy-sharqiy Osiyo bezak san'atidan kelib chiqqan. Qorabuloq ipak buyumlari kollektsiyasi orasida ro'mol deb ataluvchi yuz pardalari va ko'zoynak deb nomlanuvchi ko'zni yopuvchi ko'z qovoqlari va kiyim-kechaklar muhim o'rin tutadi. Uning keng tarqalganligini Munchoqtepa qabristonida olib borilgan qazishmalar isbotlaydi, bu yerda Farg'ona vodiysidagi odamlarning diniy tushunchasini o'rganish uchun juda muhim bo'lgan dafn marosimining o'xshash elementlari ochib berilgan.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, kattalar qamish tobutlarga, bolalar esa to'qilgan savatlarga dafn etilgan. Ularning ikkalasi ham maxsus yer osti omborlariga joylashtirilgan. Qabr buyumlari tobutning ichkarisiga ham, tashqarisiga ham qo'yilgan. Mutaxassislarning fikricha, Munchoqtepa nekropolida asosan mahalliy ishlab chiqarilgan ipak ishlatilgan. Munchoqtepa kolleksiyasiga bir nechta buzilmagan ko'ylak, ayollar xalati va bolalar kiyimlari kiritilgan. Ikki va undan ortiq kiyim qoldiqlari qamish tobutlaridan topilgan. Umuman olganda, Munchoqtepa yer osti qabrlari nafaqat Farg'ona vodiysi, balki butun O'rta Osiyoning dafn marosimini o'rganishda muhim xazina hisoblanadi. Qorabuloq va Munchoqtepada dafn etilgan ayollarning ayrim yuzlariga yuqori sifatli yupqa ipakdan tikilgan to'rtburchak pardalar yopilgan. Shinjonlik sinolog E.I. Lubo-Lesnichenko Shinjondan topilgan yuz pardalarini sarhisob qilish natijasida ularni kelib chiqishiga ko'ra o'rta osiyolik deb hisoblagan [7: P.95-97]. U Markaziy Osiyodagi ipak savdosi va madaniy almashinuvini o'rganish uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega [ 8: P.19 ].
Xulosa qilib aytganda, jamiyatdagi ayollar bilan bog'liq masalalarni nafaqat bugungi kun nuqtai nazaridan balki ayollar evalutsiyasini tadqiq etish orqali ham ijobiy natijalarga erishish mumkin. Vodiyning ko'plab arxeologik yodgorliklari taqdim etgan moddiy artefaktlarni ayollar tarixiga bog'lab o'rganish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida nafaqat Farg'ona vodiysi balki, O'rta Osiyoning turli mintaqalarida ayollar dafn marosimlarini qay shaklda olib borilganligini ham aniqlash mumkin. Ularning kiyinishdagi urf-odatlari, zeb-ziynat buyumlaridan foydalanish an'analariga hamrohlik qiluvchi buyumlarning
tarkibi, holatiga qarab qadimgi ayollarning jamiyatdagi holatini aniqlab, uni bugungi kunga bog'liq jihatlarini o'rganish muhim hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Аскаров А. ^адимги Турон энеолит, бронза ва илк темир даври цивилизациялар тарихидан лавхдлар. Тошкент-2023.
2. Fang Wan. Costumes Unearthed from Vault 5 of Munchaktepa in the North of Ferghana Valley of Uzbekistan// Asian Social Science Vol. 5, No. 11. 2009 -P.99-108
3. Федорченко, А.Селецкий М,.Шнайдер С и др. Ударно-абразивны второго культурного горизонта стоянки Обишир-5 (Ферганская долин, Кыргызстан) // Археология Евразии. Москва.,2022 -P. 32-45
4. Горбунова Н. Г., Козенкова В. И. Сым-тепе - поселение в Фергане//Археологический сборнин Вып.16 Лелинград-1974 -С.92-105
5. Khatamova D. M. Ahsikent castle and the characteristic features of the baths in ^/Международный научный журнал № 6 «Новости образования: исследование в XXI веке» 2023 -P.515-525
6. Матбобоев.Б. ^адимги Фаргонанинг илк урта асрлар даври маданияти. Самарканд- 2009.
7. Matbabayev B. History of weaving in northeast areas of the Central Asia (antiquity and middle ages) // European Scholar Journal Vol. 3, 2022 -P.95-97
8. Matbabaev B, Feng Zhao.
±тът жш±, 2010.
9. Turdixo'jayeva M. M. Farg'ona vodiysi arxeologik ekspeditsiyalar tarixshunosligi. Scientific progress, 2021 2(5), -B.267-272.
10. Doniyorov, A., Turdixo'Jayeva, M. Farg'ona vodiysini o'rgangan ayol arxeologlar. Oriental Conferences (2023) (Vol. 1, No. 1, pp. 642-646). «SupportScience».
11. Литвинский Б.А. Украшения из могильников Западной Ферганы. Москва., 1973