Scientific Journal Impact Factor
О
AJDARHO OBRAZINING GENEZISI VA EVOLYUSIYASI
TALQINLARI
Achilova Nurxon Normuhammedovna
SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ilon va ajdarho obrazlarining genezisi va evolyusiyasi o'rganildi va tahlil qilindi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot chog'ida ajdarho obrazining dastlab vujudga kelishi, uning turli xalqlar mifologiyasidagidagi shakli va hususiyatlari, ilon bilan ajdarho va dinozavr bilan ajdarhoning o'zaro bog'likliklari o 'rganildi. Bundan tashqari ajdarho obrazining turli millatlardagi salbiy va ijobiy ta 'riflanishi o 'rganildi va buning sabablari aniqlandi.
Kalit so 'zlar: mifologiya, ajdarho, ilon, sinkretik qiyofa, bo 'ri obrazi, turkiy, xitoy, fors, yevropa xalqlari mifologiyasi.
ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ГЕНЕЗИСА И ЭВОЛЮЦИИ ОБРАЗА ДРАКОНА
В данной статье был изучен и проанализирован генезис и эволюция образов змеи и дракона. В ходе проведенных научных исследований было изучено изначальное возникновение образа дракона, его форма и особенности в мифологии разных народов, также было изучено взаимосвязь змеи и дракона, также - динозавров и дракона. Кроме того, было изучено отрицательное и положительное описание образа дракона у разных народов, и были определены причины такого явления.
Ключевые слова: мифология, дракон, змея, синкретическая фигура, образ волка, мифология тюркских, китайских, персидских, европейских народов.
INTERPRETING THE GENESIS AND EVOLUTION OF THE DRAGON
IMAGE
ABSTRACT
In this article, the genesis and evolution of the images of a snake and a dragon were studied and analyzed. In the course of the conducted scientific research, the original appearance of the image of the dragon, its shape and features in the mythology of different peoples were studied, the relationship of the snake and the dragon, as well as the dinosaurs and the dragon was also studied. In addition, the
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
O
negative and positive descriptions of the image of the dragon among different peoples were studied, and the reasons for this phenomenon were determined.
Keywords: mythology, dragon, snake, syncretic figure, image of a wolf, mythology of Turkic, Chinese, Persian, European peoples.
Ajdarho obrazining sinkretik ko'rinishi ming yillar davomida insoniyat tasavvurini zabt etib kelgan, deyarli barcha dunyo xalqlari va qadimiy sivilizatsiyalarda ma'lum va mashhur bo'lgan. Eng qadimgi ajdarho obrazlari shumer, akkad, turkiy, yunon, yapon va Misr, Xitoy xalqlar mifologiyalarida uchraydi. Ajdarho qadim davlardan buyon o'z mohiyati va shaklini doimiy ravishda o'zgartirib kelgan va har doim qarama-qarshilikni ifodalagan - yoki yovuzlik va vayronkorlik, yohud yaxshilik va ezgulik timsoli bo'lgan.
Sinkretik yoki gibrid qiyofaga ega bo'lgan kentavr, minotavr, sfinks, uchar tulpor, yakkashox (yedinorog) kabi mifologik mavjudotlarga nisbatan ajdarho obrazi dunyo mifologiyasida ko'proq ommalashgan. Mifologik mavjudodlar orasida ajdarhoning yaqqol ajralib turadigan tomoni shundan iboratki, u maksimal darajadagi sinkretik ko'rinishga ega. Ajdarho - bu yagona mavjudod ko'rinishidagi obraz emas, u o'zida ko'plab jonivorlar hususiyatlarini aks ettirgan ximeradir. Xitoy mifologiyasida ajdarho kamida to'qqiz nafar jonivorni o'zida mujassam etgan, uning boshi tuyaniki, bo'yni ilonniki, tirnoqlari burgutniki, tanasi qisqichbaqaniki, qo'llari yo'lbarsniki, qo'loqlari sigirniki, shoxlari kiyikniki va boshqa mavjudodlarniki bo'lishi mumkin bo'lib, har bir tana a'zosi o'z hususiyatiga ega bo'lgan [14].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ajdarho o'zida aks etgan, yuqorida ko'rsatilgan jonivorlar yig'indisi orasida yana bir eng ahamiyatli jihati - u yaxshilik yoki yovuzlikka xizmat qilishidan qat'iy nazar o'zida insonga xos aql zakovatni ham jamlagan. Bu kabi antropomorfik (inson hususiyatiga ega) hususiyatga ega bo'lgan obrazlarning genezisi juda qadim tarixga borib taqaladi. Odam tafakkuri tomonidan vujudga kelgan bunday maxluqlarning shakllanishi tasodifiy fantaziyalar natijasi emas. Qadimgi odam uchun olam uch qismdan iborat bo'lgan - yer osti dunyosi, yer usti va samo. Aynan ajdarho o'zida yer osti va yer usti dunyosi mavjudotlari (ilon va qushlar) tuzilishini o'zida mujassam etgan. Yer hosildorlik va suv bilan umumiylashganligi sababli, unga olov va suv ramzlari ham qo'shilgan [7, 12-13]. Shu tariqa ajdarho o'zida to'rt unsurni birlashtirdi: yer, samo, suv va olov. Bu holat uni barcha mifologik maxluqlar orasida eng qudratli, hayratlanarli, aql-idrokli va noodatiy maxaluqga aylantirdi.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
o
Qadimiy turkiy xalqlar mifologiyasida ham jonivorlarga insoniy hususiyat berish va bir jonivorda bir qancha jonivorlar hususiyatini mujassamlashtirish holatlari uchraydi. Jumladan, bo'riga aylanish hususiyatiga ega bo'lgan odamlar yoki aksincha odam qiyofasiga kira oladigan qashqirlar haqidagi ertak va afsonalar bugungi kunga qadar o'zbek va turkiy xalqlar orasida saqlanib qolgan bo'lib, ajdarho obrazi ham shu kabi hususiyatlarni o'zida jamlagan. Turkiy xalqlarda bo'ri obrazi kuch-qudrat, bilim, donolik, oilasiga sodiqlik ramzi sifatida gavdalangan va ilohiylashtirilgan bo'lsa, ko'plab Osiyo mamlakatlari, jumladan Sharqiy Osiyo hududlarida ajdarho obrazi ham ushbu hususiyatlarga ega bo'lgan.
Ajdarho genezisiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, u dunyo yaralishi haqidagi deyarli barcha mif va afsonalarda namoyon bo'ladi. Shveysariyalik din tarixi olimi va psixiatr K. G. Yung fíkriga ko'ra, insoniyat kaltakesaksimon mavjudodlar haqida, insoniyatning uzoq ajdodlari yashagan shafqatsiz voqe'liklar haqidagi ma'lumotlarni o'z xotiralarida saqlab qolgan [15, 131-133]. K. G. Yung fikriga qo'shiladigan bo'lsak ajdarho obrazining gibrid qiyofasining yuzaga kelishida tabiat hodisalari, koinot, yorug'lik va zulmat kuchlari, insoniyat hayotida sodir bo'ladigan tasodifiy o'lim fojealariga nisbatan qadimiy odamlarning dunyoqarashi sabab bo'lgan. Shu bilan birga bir obrazda mujassamlashtirilgan ma'nolar ziddiyatlarga boy, shu sababli ajdarho obrazi asta sekinlik bilan voqeiliklarga qarab rivojlangan bo'lgan bo'lishi mumkin degan hulosaga kelinadi. Misol uchun, qadimgi xitoy va mayya kabi xalqlarida boshqa turdagi ajdarholar bilan bir qatorda suv (dengiz, ko'l va h.) hukmdori sifatida namoyon bo'ladigan ajdarholar mavjud bo'lgan bo'lib, ularga suv toshqinlari yoki qurg'oqchiliklar sababli, yoki aksincha yog'ingarchilik sababli mo'l xosil olinganda, odamlar suv xavzalaridan tabiat injiqliklarisiz foydalanganlarida ushbu obrazga salbiy va ijobiy hususiyatlarni bergan bo'lishi mumkin. Ajdarhoning ko'zga tashlanadigan eng ziddiyatli tomonlaridan biri, u gohida vaxshiy yirtqich qiyofasida namoyon bo'lsa, gohida odamlarga ko'makchi va oqko'ngil mavjudot sifatida gavdalanadi. Misol uchun, yevropa va slavyan xalqlari mifologiyasida ajdarho yirtqich, og'zidan olov purkovchi, suv xavzalarini zaharlovchi, turli talofatlar yetkazuvchi mavjudot sifatida gavdalansa, Osiyo xalqlari mifologiyasida aksincha, ular qudratli kuchga ega, dono, biroq yetarli darajada qattiq qo'l fantastik mavjudodlar sifatida gavdalanadilar.
Dunyo miflarida ma'budlar va zulmat kuchlari o'rtasida yuz bergan janglar haqidagi hikoyalar (asosan qadimiy yunon, skandinav va boshqa xalqlar miflari) tez-tez uchrab turadi. Ularga ko'ra, ma'budlar o'lkan maxluqlar bilan jang qilishlariga to'g'ri kelgan va ushbu maxluqlar ko'p xollarda ajdarho obrazida namoyon bo'lgan
Scientific Journal Impact Factor
o
va salbiy qahramonlar sifatida yoritilgan. Ajdarho haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlari (ierogliflar) Qadimgi Misr bitiklari va shumer-bobil xalqlari dostonlarida keltirilgan bo'lib, ushbu manbaalarda ajdarho azaliy yovuzlik obrazida namoyon bo'ladi. Qadimgi Bobilda, nabirasi Marduk tomonidan o'ldirilgan ma'buda Tiamat ajdarho obrazida keltiriladi. Shuningdek Qadimgi Misrda, quyoshni yeb quyishga intiluvchi ulkan ajdar qiyofasida Apep namoyon bo'ladi. Unga qarshi ma'bud Ra kurashadi va g'olib chiqadi. Keyinchalik ajdarlarga qarshi ma'budlar emas, yarim ma'budlar kurash olib boradigan afsonalar paydo bo'la boshladi. Misol tariqasida Qadimgi Yunoniston qahramoni Geraklning o'n ikkinchi qahramonligini keltirish mumkin. Vaqt o'tgani sari, dastlabki o'rta asrlarda Don Kixotga o'xshash jasur risarlarning yovuz ajdarlarga qarshi olib borgan kurashlari to'g'risida afsona va rivoyatlar paydo bo'la boshladi (Nibelunglar uzugi, german-skandinav xalqlari dostoni). Qadimgi slavyan xalqlari xalq og'zaki ijodida ham ajdarho insoniyat dushmani sifatida namoyon bo'ladi, biroq ushbu doston va ertaklarda ular insoniyatga koinot darajasida xavf tug'dirmaydilar, odatda ular qaroqchilik («Dehqon o'g'li Ivan va Chudo-Yudo (Yudo asli turkiycha Yuho-A.N.)"[6] ertagi) va odamlarni asir olish ("Dobrinya Nikitich va Zmey Gorinich (Olovli Ilon)[10]" to'g'risidagi doston) bilan shug'ullanadilar.
Sharq mif va afsonalarida ajdarho, G'arb mamlakatlari singari yovuz obrazda namoyon bo'lmaydi. Misol uchun, "To'rt ajdarho haqidagi Xitoy afsonasida[8]" ajdarholar yunon qahramoni Prometey kabi odamlarga yordam berishga intiladilar, va hatto jazolanishlarini bilsalar ham, Osmon Imperatorining ruxsatisiz xarakat qiladilar va odamlarga suv keltiradilar. Shu tariqa Xitoyning to'rtta asosiy daryosi paydo
bo'ladi: Xeylunszyan "Qora ajdar daryosi"), Xuanxe "Sariq daryo"),
Yandzi "Uzun daryo") va Chuszyan (í£}I, "Marvaridli daryo"). Yana bir
Sharq mifologiyasida yomg'ir va daryolarni boshqaradigan Apalala suv ajdari haqida so'z boradi [1]. Afsonaga ko'ra, Apalala odamlar va ularni ekinlarini yovuz ajdarholar tomonidan uyushtiriladigan to'fon va bo'ronlardan himoya qilgan. Biroq vaqt o'tishi bilan odamlar unga hurmat bajo keltirmay qo'yishadi, bundan jahli chiqqan ajdarho odamlar ustiga suv toshqinlarini yuborib, odamlarga ko'plab talofatlar yetkazadi. Shundan so'ng, odamlarga rahmi kelgan Buddaning o'zi Apalalani tartibga chaqiradi va uni o'ziga shogird qilib oladi. Buddaviylikni qabul qilgan Apalala ortiq insonlarga ziyon keltirmaslikka va'da beradi, biroq har o'n ikki yilda unga o'lpon berilishini so'raydi.
Scientific Journal Impact Factor
0
Sharq xalqlari orasida uchraydigan yana bir ajdarho - Abraksas haqida hind mifologiyasida so'z yuritiladi. Ushbu obraz gnostik samoviy ma'bud, osmonning bosh oliy hukmdori, Zamon va Makon birligini ifodalaydi. Abraksas qadimiy Hind, Fors, Misr san'at asarlarida, odam tanali, xo'roz boshli va oyoqlari o'rniga ilon ko'rinishida tasvirlangan. Kechgi antik va dastlabki o'rta asrlarda ushbu mavjudotning ko'rinishi quyidagicha tafsiflangan: xo'roz - kelajakni ko'ra olish va sergaklik ramzi, ilonlar - ichki sezgi va mulohaza timsoli. Abrakas qadimiy ilon -ajdar obraziga kiritilgan o'zgartirishlar natijasida vujudga kelgan deb hisoblanadi [5].
Olib borilgan etnografik tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyoda ajdarholarga nisbatan ikki hil munosabatda bo'lingani aniqlangan. Misol uchun, G. P. Snesarev tadqiqotlariga ko'ra, qadimgi Xorazmda ilon va ajdarho salbiy va ijobiy talqin qilingan [13, 46-49]. Bunday xolatning yuzaga kelishida, ushbu obrazning Markaziy Osiyodagi dastlabki ijobiy talqiniga keyinchalik boshqa madaniyatlarning qo'shilishi bilan izohlash mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyoga Makedoniyalik Iskandarning yurishlari natijasida vujudga kelgan ellinizm ta'sir ko'rsatganligi ma'lum. Ellinizm ta'sirida dastlab ijobiy talqin qilingan ilon - ajdarho obraziga nisbatan yunonlarning salbiy qarashlari ta'siri ko'zatilganligi namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, Firdavsiyning Eron va Turon qarama-qarshiligi aks etgan "Shoxnoma" asarida bosh qahramon Rustamning dahshatli ajdarho bilan jang qilgan epizodi mavjud [11, 77]. Agar "Shoxnomada" Eron va Turon qarama-qarshiligi aks ettirilganini e'tiborga olsak, Eron qahramoni bo'lgan Rustamning ajdarho bilan jang qilishi mantiqan ajdarhoning Turon tomonda turib jang qilganini anglatadi, shu tariqa qadimiy Eron va Turon xalqlarida ajdarho obrazi ikki hil, ya'ni forslarda salbiy va turkiylarda ijobiy obrazda tasnif qilingani ma'lum bo'ladi. Bunday misolni yuqorida keltirilgan rus -slavyan mifologiyalariga nisbatan ham keltirish mumkin. Ko'chmanchi turkiy xalqlar bosqinlari ta'sirida, turkiy xalqlar orasida ijobiy hususiyatga ega bo'lgan ajdarholar rus mifologiyasida asosan qaroqchi va talonchi obrazida gavdalanadi. Bunday obrazlarga yana qadimiy turkiy xalqlarda muqaddas hisoblangan bo'ri obrazini kiritish mukin. Ko'chmanchi turkiylar bosqinidan ziyon ko'rgan rus va yevropa xalqlari mif va ertaklarida bo'ri ajdar singari salbiy obrazda gavdalanadi.
Tarix fanlari doktorlari A. M. Beliniskiy va V. A. Meshkerislarning fikriga ko'ra, o'rta asrlar davriga kelib Markaziy Osiyoda ajdarho asta sekinlik bilan to'laligicha yovuz kuchlarni ifodalovchi obrazga aylanadi va qahramonning ajdarho bilan bo'lgan jangda g'alaba qozonishi an'anaga aylangan [2].
Qozog'istonlik mifshunos olim Serikbol Kondibay ajdarhoni ikki turga ajratadi - bugungi kunga qadar qozoq va boshqa turkiy millatlar ertaklari, dostonlari va
Scientific Journal Impact Factor
0
afsonalarida uchraydigan "ertaklardagi" ajdarho va qadimiy mifologik prototurkiy "boshqa" ajdarho. Ularning tashqi ko'rinishida deyarli farq bo'lmasada, arab-fors mifologik syujetlariga asoslangan "ertaklardagi" ajdarho yovuzlikni ifodalaydi, undan farqli o'laroq prototurk "boshqa" ajdarhosi - bu totemistik qahramon, u -yaratuvchi, insoniyat bobokaloni, shu sababli uning yovuzlikka dahldorligi rad etiladi. Serikboy Kondibayning keltirishicha, ajdarhoning "yovuzlik" sifatida talqin qilinishi arab-fors psixologiyasining ilon va ilon sifat mavjudodlarga nisbatan salbiy qaralishiga borib taqaladi, shu sababli zardushtiylik va keyinroq vujudga kelgan islom ilon va ajdarhoni salbiy ko'rinishda namoyon etadi. Shu sababli Markaziy Osiyoning turkiy xalqlari folklorida Fors madaniyatining kirib kelishi oqibatida ilon (yoki ajdarho) obrazi yovuzlik ramzi sifatida talqin etila boshlagan. Biroq shunga qaramasdan, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari folklorida, ayniqsa alplar haqidagi afsonalarda "Ilon-bobo" haqidagi tasavvurlar saqlanib qolingan [12].
Umumiy qilib aytilganda ilon va ajdarho obrazlari qadimiy xalqalar mif va afsonalarida shu darajada uyg'unlashib ketganki, ko'p xollarda ular bitta obrazning turli ko'rinishida namoyon bo'ladilar. Ko'p xollarda ilon-ajdarho miflarda idrokli mavjudod sifatida gavdalanadi. G. Xenkok o'zining "Ma'budlar (yoki xudolar) izi" kitobida ilon va qadimiy insonsifat ma'budlar o'rtasidagi aloqalarga alohida to'xtaladi: "Misrning "Marhumlar kitobi"ga ko'ra, ma'bud Osiris qarorgohi "suv ostida joylashgan, uning devorlari "tirik ilonlar"dan yasalgan... Qadimiy mayyaning diniy "Chilam-Balam Kitobi"da keltirilgan ayrim miflarda Yukatanning (Meksika) dastlabki aholisi "ilon odamlar" bo'lganligi haqida ma'lum qilinadi. Ular o'liklarni tiriltira oladigan va jarohatlarni qo'li bilan davolay oladigan buyuk tabib, qabila sardori Isaman, "Sharq iloni" boshchiligida sharqdan qayiqlarda suzib kelishgan" [4].
Shuningdek qadimiy mayya qabilasi mifologiyasida qirollik sulolalari va yirik shaharlari asoschisi, shamol va suv ma'budi bo'lgan, oliy ma'budlardan biri hisoblangan Kukulkan yoki Ketsalkoatl ilon-ajdarho haqida so'z yuritiladi. Mayya e'tiqodlarining biriga ko'ra, dunyo Kukulkan va Xurokan ma'budlari tomonidan yaratilgan. Mayya qabilasi vakillari Kukulkan ularga baliq ovlashni o'rgatgan, ular uchun yozuv va taqvimni ihtiro qilgan, shuningdek marosimlarni joriy etgan deb hisoblaganlar. An'anaga ko'ra, Kulkukanga faqatgina zodagon qatlam vakillari sig'ingan va faqatgina dabdabali marosim bilan zodagon oialadan bo'lgan o'smir yigitlar uning uchun qurbonlik qilingan. Odatda Kukulkan odam boshli va patli ilon ko'rinishida tasvirlangan [5]. Bir qarashda Yevroosiyo qit'asi bilan madaniy aloqalar o'rnatganligi gumon ostida bo'lgan Markaziy Amerikaning mayya kabi qadimiy sivilizatsiyalari miflarida ajdarho obrazining mavjudligi, ajdarho obrazi bir-biriga
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bog'liq bo'lmagan madaniyatlarda birdek mavjud bo'lganligi to'g'risidagi nazariyani tasdiqlagandek bo'ladi. Biroq, haqiqatdan ham mayya qabilasi Yevropa va Osiyo xalqlari bilan aloqada bo'lgan yoki bo'lmaganligi savol ostida qolmoqda. Sababi, 1925 - yilda Sibirning Chukotka va Alyaska faunalarini o'rganib tadqiqotlar olib borgan paleontolog olim Pyotr Petrovich Sushkin o'tmishda Amerika va Yevroosiyo qit'alarini quruqlik bog'laganligi to'g'risidaga nazariyani ilgari surdi va ushbu quruqlikni Beringi deb atadi [3]. Bundan tashqari yuqorida keltirilgan, sharqdan suzib kelgan "ilon odamlar" haqidagi ma'lumotlar ham P. P. Sushkin nazariyasini tasdiqlaydi.
Ajdarholarning ayrim tasvirlari dinozavrlarni yodga soladi, shu sababli ham ajdarholar haqidagi miflarda odamlar tomonidan topilgan dinozavr qoldiqlari bilan bog'liqligi borligi to'g'risida fikrlar mavjud. Biroq ushbu fikrlarni yo'qqa chiqaradigan bir nechta sabablar bor. Birinchidan - odatda ajdarholar uch va undan ortiq boshli maxluq sifatida tariflanadilar; ikkinchidan - qadimiy miflarda ajdarholar aqd-idrokli bo'lganligi aytiladi, biroq dinozavrlar haqida bunday deb bo'lmaydi; to'rtinchidan - ajdarholar o'zining yirik gavdasiga qaramasdan uchish qobiliyatiga ega bo'lganlar, yirik dinozavrlar orasida bunday turga mansub dinozavr uchramaydi. Ehtimol, fanga noma'lum bo'lgan, hususiyatlari va ko'rinishidan ajdarhoga yaqin dinozavr turlari mavjud bo'lgandir, biroq unday turdagi dinozavr qoldiqlari bugungi kunga qadar topilmagan. Dunyoning yetakchi paleontolog olimlaridan biri, professor Syuy Sin bu borada quyidagi fikrlarni bildirdi: "Umuman aytganda ajdarhoning dinozavrlarga hech qanday aloqasi yo'q, biroq haqiqatdan ham Xitoyda juda ko'p odamlar ajdarho va dinozavrlarni bir-biri bilan bog'likligi bor deb hisoblaydilar, va shu sababdan ham ular dinozavrlarni o'rganadilar... Dinozavrlarni o'rganish jarayonida biz savolga javob izlaymiz, tadqiqotlar bizga Xitoy madaniyati kelib chiqishini tushinishimizga yordam bera oladimi? Biroq faktlar bilan gapiradigan bo'lsak, fan nuqtai nazaridan kelib chiqsak, ushbu ikki fenomenning bog'liklik joyi yo'q" [9].
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asosida quyidagi hulosalarni qayd etish mumkin:
- Ajdarho ko'plab jonivorlar a'zolari va hususiyatlaridan, shu jumladan odam hususiyatlaridan ham tashkil topgan yig'ma obraz bo'lib u o'z shakli va hususiyatlarini muntazam o'zgartirib kelgan.
- Ajdarho yevropa, slavyan va ayrim sharq (fors va arab xalqlari) xalqlari
mifologiyasida salbiy obraz sifatida namoyon bo'lsa, ko'plab boshqa sharq xalqlari
366
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
(xitoy, yapon, turkiy va boshqa xalqlar) va qadimiy mayya qabilasi mifologiyalarida unga nisbatan ijobiy qaralgan va u ilohiylashtirilgan.
- Ajdarho haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlari (ierogliflar) Qadimiy Misr bitiklari va shumer-bobil xalqlari dostonlarida keltirilgan.
- Ajdarho obrazi evolyusiyasi davomida dastlab unga qarshi ma'budlar kurash olib borgan, keyinchalik, bu kurashni asta-sekinlik bilan qahramonlar va bahodir risarlar davom ettirgan (asosan g'arb mifologiyasida).
- Markaziy Osiyoda dastlab ijbiy obraz sifatida qaralgan ajdarho, o'rta asrlarga kelib to'liq salbiy obrazga aylangan.
- Ajdarho obrazi evolyusiyasi davomida, u tabiat kuchlari bilan chambarchas bog'langan.
- Ikki madaniyatning birlashuvi yoki assimilyatsiyaga uchrashi natijasida, ajdarho salbiy obrazdan ijobiy yoki ijobiy obrazdan salbiy obrazga o'tgan.
- Bir xalqda ijobiy talqin qilingan ajdarho obrazi, o'sha xalq bilan urush holatida yoki muntazam kelishmovchiliklar holatida bo'lgan boshqa bir xalq mifologiyasida salbiy talqin qilingan. Huddi shu holat bo'ri obrazida ham ko'zatilgan.
- Ilon va ajdarho obrazlari genezisi bir-biriga chambarchas bog'langan bo'lib, ko'p hollarda ushbu ikki obraz negizida bir hil tushuncha yotadi va ular ilohiylashtirilgan idrokli mavjudot sifatida tasniflanadi.
- Ajdarho va dinozavr o'rtasida bog'liklik borligi o'z tasdig'ini topmadi.
REFERENCES
1. Апалала (электрон манбаа: Апалала | Фантастические существа вики | Fandom / мурожат этилган сана: 11.09.2021)
2. А. М. Беленицкий, В. А. Мешкерис «Змеи-драконы в древнем искусстве Средней Азии» (электрон манбаа: https://dragonology.ru/a-m-belenickij-v-a-meshkeris-zmei-drakony-v-drevnem-iskusstve-srednej-azii/ / мурожат этилган сана: 15.09.2021)
3. Берингов перешеек: как древние сибиряки пешком в Америку ходили (электрон манбаа: Берингов перешеек: как древние сибиряки пешком в Америку ходили | Русская семерка (russian7.ru) / мурожат этилган сана: 16.09.2021)
4. Грэхем ХЭНКОК СЛЕДЫ БОГОВ. В поисках истоков древних цивилизаций (электрон манбаа: Грэм Хэнкок - Следы богов читать онлайн (libking.ru) / мурожат этилган сана: 17.09.2021)
5. Дракон в разных культурах мира (электрон манбаа: Драконы в разных культурах мира - Zefirka / мурожат этилган сана: 14.09.2021)
367
Scientific Journal Impact Factor
О
6. Иван - крестьянский сын и Чудо-Юдо (Электрон манбаа: Сказка Иван -крестьянский сын и Чудо-Юдо - читать онлайн (nukadeti.ru) мурожат этилган сана: 11.09.2021)
7. Кенель А. Мифы и легенды. Древняя Греция. Перевод с французского Г.Калашниковой. Медуза Гаргона. С.12-13. Москва. Диалог.1995г
8. Китайская легенда о четырёх драконах (электрон манбаа: Китайская легенда о четырех драконах | Древние боги и герои (drevniebogi.ru) / мурожат этилган сана: 11.09.2021)
9. Китайский палеонтолог рассказал, что общего у дракона с динозаврами (электор манбаа: Китайский палеонтолог рассказал, что общего у дракона с динозаврами - РИА Новости, 10.11.2018 (ria.ru) 11:03 10.11.2018 / мурожат этилган сана: 17.09.2021)
10. Про Добрыню Никитича и Змея Горыныча (Электрон манбаа: Про Добрыню Никитича и Змея Горыныча. Былина (lukoshko.net) / мурожат этилган сана: 11.09.2021)
11. Семёнов А. А. Этнографические очерки Зеравшанских гор Каратегина и Дарваза. М., 1903. Стр. 77
12. Серикбол Кондыбай Змея и дракон: значение образа змеи для познания истории предказахов. Книга вторая. (элетрон манбаа: Часть вторая. Змея и дракон: значение образа змеи для познания истории предказахов — otuken.kz / муржат этилган сана: 17.09.2021)
13. Снесарев Г. П. Как вы относитесь к змеям? — Наука и религия, 1983, № 3. Стр. 46-49.
14. Я. В. Чеснов, ДРАКОН: МЕТАФОРА ВНЕШНЕГО МИРА (электрон манбаа: Драконология.РФ/ Мурожат этилган сана: 12.09.2021)
15. Desoille R. Le reve eveille en psychotherapie. Р., 1945, с. 131 —133.