Научная статья на тему 'PUFLAMA CHOLG‘ULAR IJROCHILIGINI O‘RGANISHDA NAFAS OLISHNI SHAKLLANTIRISH'

PUFLAMA CHOLG‘ULAR IJROCHILIGINI O‘RGANISHDA NAFAS OLISHNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
90
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
cholg‘u ijrochiligi / puflama cholg‘ular / ijrochilik nafasi / salomatlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yusufjon Qodirovich Vahidov

Farzandlarimizning kelajakda ma’naviy va jismoniy jihatdan yetuk bo‘lib shakllanishlari muhimdir. Bu borada musiqiy cholg‘ularda ijrochilik eng qulay vosita sanaladi. Ayniqsa pufaa cholg‘u asboblarida ijrochilikni o‘rganishning o‘z o‘rni bor. Ushbu maqolada puflama cholg‘u ijrochiligining organizm uchun ta’siri va ijrochilik nafasini shakllantirish usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PUFLAMA CHOLG‘ULAR IJROCHILIGINI O‘RGANISHDA NAFAS OLISHNI SHAKLLANTIRISH»

PUFLAMA CHOLG'ULAR IJROCHILIGINI O'RGANISHDA NAFAS

OLISHNI SHAKLLANTIRISH

Yusufjon Qodirovich Vahidov yusuf.vohidov 1971 @gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Farzandlarimizning kelajakda ma'naviy va jismoniy jihatdan yetuk bo'lib shakllanishlari muhimdir. Bu borada musiqiy cholg'ularda ijrochilik eng qulay vosita sanaladi. Ayniqsa pufaa cholg'u asboblarida ijrochilikni o'rganishning o'z o'rni bor. Ushbu maqolada puflama cholg'u ijrochiligining organizm uchun ta'siri va ijrochilik nafasini shakllantirish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: cholg'u ijrochiligi, puflama cholg'ular, ijrochilik nafasi, salomatlik.

BREATHING FORMATION IN LEARNING WIND INSTRUMENT

PERFORMANCE

Yusufjan Kadirovich Vakhidov yusuf.vohidov 1971 @gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: It is important that our children develop spiritually and physically in the future. In this regard, performance on musical instruments is considered the most convenient instrument. The study of performance, especially in pufaa tools, has its place. This article presents information about the influence of wind instrumental performance on the body and methods of formation of executive breathing.

Keywords: instrumental performance, wind instruments, breathing performance, health.

Musiqiy ta'lim - bu farzandlarimizning har tomonlama rivojlanishi, ma'naviy jihatdan shakllanishining muhim shartlaridan biri sanaladi. Bola o'ganmoqchi bo'lgan cholg'usini o'zi tanlashi muhimdir. Ko'p narsa aynan mana shu qarorga bog'liq. Bundan tashqari, musiqa darslari bolaning salomatligiga ham albatta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham farzandlarimizga o'rganish uchun cholg'u asbobini tanlayotganda har tomonlama e'tibor berish lozim. Masalan, nafas yo'llarining yaxshi rivojlanishi uchun puflama cholg'ularni tanlash tavsiya etiladi. Astma kasalligi mavjud bo'lgan bolalarga nay, surnay, qo'shnay, fleyta, goboy, klarnet, fagot, saksofon, valtorna va shu kabi boshqa puflama cholg'ularni ijro etishni o'rgatish foydalidir. Bu kabi

I ibiSi^^Bl 724 http://oac.dsmi-qf.uz

cholg'ularni o'rganish jarayonidagi mashg'ulotlar professional ijro nafasini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, ular astma va allergiya simptomlariga qarshi kurashishga, xattoki davolashga yordam beradi.

Puflama cholg'ular universal imkoniyatlarga ega bo'lgan asboblar sanaladi. Ular hamma yerda ijro etiladi: simfonik, jazz, puflama cholg'ular ansambllarida, zamonaviy musiqaning avangard yo'nalishlarida, mumtoz musiqa va maqom ijrochiligida va xokazo.

Musiqa maktablarida bolalar bu cholg'ularda ijrochilikni bajonidil o'rganadilar va ular bolalar puflama cholg'u ansambllarida juda chiroyli yangraydi. Qolaversa, puflama cholg'ularda mashq olib borish salomatlik uchun foydali, ya'ni nafas olish tizimini sog'lomlashtiradi va mustaxkamlaydi. Shifokorlar tomonidan bu mashg'ulotlar bronxial astma va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarga tavsiya qilinadi.

Alohida ta'kidlamoq lozimki, puflama cholg'ular bilan shug'ullanish uchun yosh chegarasi mavjudligini unutmaslik lozim. Masalan, saksofon cholg'usini bola 12 yoshga to'lgandan so'ng o'rgana boshlashi mumkin, chunki bu yoshga kelib bola organizmi kerakli rivojlanish darajasiga yetadi. 10 yoshdan esa blokfleyta, nay kabi cholg'ularda ijrochilikni o'rgana boshlashi mumkin. Bola 9-10 yoshga to'lganida klarnet, alt, tenor kabi cholg'ularni o'rganishi mmkin.

Saksafon yoki shu kabi boshqa puflama cholg'ulari mashg'ulotlari davomida chiqarilayotgan nafasga qarshilik yuzaga keladi. Bu esa o'pkaning tuzilma birligi sanalgan alveolalarning yaxshiroq ochilishiga, o'pka to'qimasining yanada rivojlanishiga yordam berib, havo almashininishini yaxshilaydi va o'pkaning hayot sig'imini oshiradi. Ammo bolani musiqiy maktabga qayd ettirishdan avval qarshi ko'rsatmalarni ham inobatga olish zarur. O'pka emfizemasi (o'pka sig'imining patologik kattalashishi), o'pka kistasi va silning ayrim bosqichlarida puflama cholg'u asboblari mashg'ulotlari ta'qiqlanadi. Yurakning tug'ma nuqsoni bo'lgan bolalarda ham ehtiyotkorlik muhim, ayniqsa trombon yoki tuba tavsiya etilmaydi, chunki bu cholg'ular katta jismoniy kuch ham talab etadi.

Puflama cholg'ulari mashg'ulotlari davomida nafas olish tizimi qay shaklda rivojlanishi va mustaxkamlanishini ko'rib chiqamiz. To'g'ri nafas olish, eng avvalo, organizmning nafas mushaklari to'g'ri ishlashini ta'minlaydi. Nafas chiqarish jarayonini uzaytirish ustida ishlash o'pka sig'imining kattalashishiga va o'pkada havo almashinishining sifati yaxshilanishiga sharoit yaratadi va ravon, tekis nafas olishning shakllanishiga yordam beradi.

Nafas olish va chiqarishining 3 turi mavjud:

1. Ko'krak (qovurg'a) nafasi. Nafasning bu turidan foydalangan o'quvchi tez charchab qoladi, chunki bunda mashg'ulot vaqtida ko'krak mushaklari yuklamasi ortib ketadi.

I [ccñ^^BI 725 http://oac.dsmi-qf.uz

2. Qorin (diafragmal) nafasi. Nafasning bu tundan tez nafaslami talab etuvchi qisqa frazalarni ijro etishda foydalanish samaralidir.

3. Aralash (ko'krak - qorin) nafasi.

Agar odatiy vaqtda, ya'ni mashg'ulotdan tashqari vaqtda nafas olish va chiqarish vaqti taxminan bir hil bo'lsa, puflama cholg'ularining ijrosida esa tez va quvvatli nafas olish talab etiladi. Nafas chiqarish jarayoni esa bir maromda yoki tezlashgan bo'lib, bu ijroning talabidan kelib chiqadi. Tovushni kuchaytirish uchun nafasni tezlashtirilgan holatda chiqarish, sust tovush uchun esa sekinlashtirilgan holatda chiqarish lozim.

Yirik musiqiy frazalarni bir nafasda ijro etish uchun esa maksimal miqdorda havo zahirasi kerak bo'ladi. Nafas og'iz burchaklari orqali olinadi va ijro etilayotgan musiqaning dinamikasidan kelib chiqqan holda mos ravishda sarflanadi.

Ijrochilik nafasini rivojlantiruvchi mashqlar davomli tovushlarni aks ettiruvchi nota matnidan iborat bo'lib, nafas chiqarish doimiy ravishda kuchaytirib yoki susaytirib turiladi. Musiqiy matn ustida ishlash jarayonida nafas olish va chiqarishning sifati faqatgina nafas chiqarishning natijasi sanalgan tovushlarni eshitish orqali nazorat qilinadi. Qolaversa, nafas mashqlarining to'g'ri tanlanishi yurak qon tomir tizimi faoliyatining to'g'ri faoliyatini ta'minlaydi, zero katta yuklama asosan diafragma va qovurg'alar aro mushaklarga tushadi.

Bir nechta foydali va murakkab bo'lmagan mashqlar mavjud bo'lib, ularda qo'llar xarakati ham muhim sanaladi. Qisqa nafas olib, uzoq vaqt nafas chiqarish yoki buni aksini bajarish ham yaxshi natija beradi. Nafas olish vaqtida qo'llarni oldinga ko'tarish, chiqarganda esa tushirish mashqi bolada nafas jarayonini boshqarish ko'nikmasini shakllantiradi. Nafas olish va chiqarish vaqtida suvda suzish xarakatlarini takrorlash ham nafas jarayonini boshqarishga o'rgatadi. Umuman, bu kabi mashqlar juda ko'p bo'lib, bolaning imkoniyatiga va maqsadga ko'ra tanlab, foydalanish mumkin.

Puflama cholg'ularda ijrochilikni o'rgatish psixologiya, fiziologiya, estetika, tarix, madaniyatshunoslik va musiqiy akustika bilan bog'liq bo'lgan jarayondir. Musiqiy professional pedagogika sanab o'tilgan sohalarni o'zaro bir biri bilan bog'lovchi sanaladi. Puflama cholg'ularda ijrochilikni o'rgatish uslubi cholg'u ijrochiligining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib, pedagogik madaniyatning tarbiyalanishiga, badiiy - musiqiy dunyoqarashni va ijrochilik sohasida nazariy bilimlarni kengaytirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Рязанов С. "Школа игры на кларнете", изд-во "Москва", 1978.

2. Ярошук Л.Б. Автореферат на тему "Особенности клиники и течения бронхолегочных заболеваний у детей, проживающих на загрязненных радионуклидами территориях" Киев, 1997.

726

http://oac.dsmi-qf.uz

3. Борзова В. А. , Борзов А. А. Развитие творческих способностей у детей. -Самара,1994.

4. Голубева Э. А. Способности и индивидуальность. - М.,1999.

5. Диагностика и коррекция в образовании детей с задержкой психического развития. Л.Н. Блинова. - М.: Изд -во НЦ ЭНАС, 2001.

727

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.