Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYADA SHAXS TASABBUSKORLIGINING DOLZARBLIGI'

PSIXOLOGIYADA SHAXS TASABBUSKORLIGINING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

58
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tashabbuskorlik / kreativlik / shaxs / o’z-o’zini rivojlantirish / rivojlanish / tizim / Инициативность / креативность / личность / само актуализаци я / развитие / система

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Halima Alisher Qizi Jurayeva

Maqolada psixologiya fani doirasida shaxs tashabbuskorligining qanchalik muhim ek anligi va uning o’rganilganlik darajasi ko’rsatib beriladi. Psixolog olimlar shaxs tashabbusk orligini kreativlik bilan, o’zini-o’zi rivojlantiriah bilan solishtirib o’rganishgan va bundan ta shqari yuqori maktab o’quvchilaridagi tashabbuskorlik hususiyatlarini, huquqni himoya qili sh organlari xodimlarida tashabbuskorlikning namoyon bo’lishini, rus va xitoy talabalari o’r tasidagi tashabbuskorlikning xarakteristikasini, tibbiyot talabalari va shifokor-xirurglardagi t ashabbuskorlikning hususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy ishlar ko’rib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье показано значение личностной инициативы в области психологии и ур овень ее изученности. Психологи изучали личностную инициативу, сопоставляя ее с к реативностью и самоактуализацией, кроме того, изучали особенности инициативы у с таршеклассников, проявление инициативы у сотрудников правоохранительных орган ов, уровень инициативы у российских и китайских студентов а также рассмотрены на учные работы, направленные на определение особенностей инициативы у студентовмедиков и у врачей-хирургов.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYADA SHAXS TASABBUSKORLIGINING DOLZARBLIGI»

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-335-338

PSIXOLOGIYADA SHAXS TASABBUSKORLIGINING DOLZARBLIGI

Halima Alisher qizi Jurayeva

O'zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti halimajuraeva614@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada psixologiya fani doirasida shaxs tashabbuskorligming qanchalik muhim ek anligi va uning o'rganilganlik darajasi ko'rsatib beriladi. Psixolog olimlar shaxs tashabbusk orligini kreativlik bilan, o'zini-o'zi rivojlantiriah bilan solishtirib o'rganishgan va bundan ta shqari yuqori maktab o'quvchilaridagi tashabbuskorlik hususiyatlarini, huquqni himoya qili sh organlari xodimlarida tashabbuskorlikning namoyon bo'lishini, rus va xitoy talabalari o'r tasidagi tashabbuskorlikning xarakteristikasini, tibbiyot talabalari va shifokor-xirurglardagi t ashabbuskorlikning hususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy ishlar ko'rib chiqildi.

Kalit so'zlar: Tashabbuskorlik, kreativlik, shaxs, o'z-o'zini rivojlantirish, rivojlanish

, tizim.

АННОТАЦИЯ

В статье показано значение личностной инициативы в области психологии и ур овень ее изученности. Психологи изучали личностную инициативу, сопоставляя ее с к реативностью и самоактуализацией, кроме того, изучали особенности инициативы у с таршеклассников, проявление инициативы у сотрудников правоохранительных орган ов, уровень инициативы у российских и китайских студентов а также рассмотрены на учные работы, направленные на определение особенностей инициативы у студентов-медиков и у врачей-хирургов.

Ключевые слова: Инициативность, креативность, личность, само актуализаци я, развитие, система.

ABSTRACT

The article shows the importance of personal initiative in the field of psychology and the level of its study. Psychologists studied personal initiative, comparing it with creativity a nd self-realization, and in addition, they studied the characteristics of initiative among high school students, the manifestation of initiative among law enforcement officers, the level of initiative among Russian and Chinese students, and also reviewed scientific papers aimed at determining the characteristics of student initiative in doctors and surgeons.

Keywords: Initiative, creativity, personality, self-realization, de velopment, system.

April, 2023

335

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-335-338

Psixologiyada shaxs tashabbuskorligi hozirgi kunga kelib aktual mavzuga ayla nib bormoqda. Uning tabiatini ochish, qaysi mexanizm asosida ishlashi va uni shaxs hususiyatlari bilan bog'liqligini o'rganish zarur. Aynan shu zaruriyat tashabbuskorlik ni ko'plab olimlar o'rganishiga olib keldi. "Rossiya va Xitoy talabalari o'rtasidagi tas habbusning qiyosiy xususiyatlari" mavzusida Lin Yatsyan 2005 yilda ilmiy izlanish o lib borgan va ushbu tadqiqotdan maqsad shu ediki tizimli ta'lim sifatida tashabbusnin g ichki tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini va xitoylik va rus talabalari orasida uni ng namoyon bo'lishining etnopsixologik xususiyatlarini qiyosiy o'rganish bo'lgan. Hu ddi shu yili ya'ni 2005 yil tashabbuskorlikni o'rganishga qaratilgan yana bir ilmiy ish dunyoga keladi. Bu "Shaxsning tashabbuskorligi va o'zini -o'zi rivojlantirish nisbati" nomli dissertatsiya ishi edi va uning muallifi Y.A.Polskaya. Uning tadqiqot maqsadi t ashabbusni yaxlit o'rganish va uning shaxsning o'zini -o'zi rivojlantirish xususiyatlari bilan bog'liqligini o'rnatish, shaxsning tashabbusi va o'zini -o'zi rivojlantirishdagi psi xologik qiyinchiliklarni tahlil qilish bo'lgan [2]

Keyinchalik 2008 yilda E.I.Karamova tomonidan "Kasbiy faoliyat muddatini h isobga olgan holda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tashabbuskorligi ning namoyon bo'lish xususiyatlari" nomli ilmiy dissertatsiya yoziladi. Bu tadqiqotda u shaxsning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida tashabbuskotlikning psixologik tuzili shini o'rganish va ish tajribasini hisobga olgan holda ichki ishlar organlari xodimlarin ing tashabbuskorligining psixologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish bilan ishlaydi

[3].

Navbatdagi tadqiqot ishini E.L.Nikitina 2010 yilda "Tibbiyot talabalari va shif okor-jarrohlar tashabbusi va ishonchining psixologik xususiyatlari" mavzusida olib b oradi va uning maqsadi II, VI kurs tibbiyot talabalari va shifokor-jarrohlarda tashabb us va ishonchning namoyon bo'lish xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, tashabbusko rlik va ishonchning ichki tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini har tomonlama qiyos iy tahlil qilish va shaxsiyatning tizimli xususiyatlari sifatida va kasbiylashtirishning t urli bosqichlarida asosiy (o'quv va kasbiy) faoliyatning ta'siri bilan bog'liq bo'lgan va ularni amalga oshirish xususiyatlarini aniqlash edi [4].

Keyingi yillarda "Shaxs tashabbuskorligi va kreativligining o'zaro aloqasi" mavzusini A.S.Jarikova 2011 yilda o'rganib chiqgan va tadqiqotning maqsadi turli xil tashabbus ko'rsatkichlarining o'smirlar, katta maktab o'quvchilari va talabalarning kreativlik ko'rsatkichlari bilan bog'liqligini aniqlash, shuningdek, ushbu nisbatlarning yosh dinamikasini o'rganish edi [5]. Va aynan shu yilda tashabbuskorlikni tadqiq etuvchi yana bir ilmiy ishni V.V.Alekseyeva "Katta maktab o'quvchilari va talabalar tashabbuskorligining psixologik xususiyatlari" mavzusida bo'ladi. Tadqiqotning maqsadi

April, 2023

336

National University of Uzbekistan Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-335-338

tashabbusni shaxsning tizimli xususiyati sifatida asoslash va yuqori sinf o'quvchilari va talabalarida individual tashabbuskorlikning psixologik ko'rinishlarining o'ziga xos xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish bo'lgan [6].

Z.A.Abidova ishlarida tashabbuskorlik shaxs tolerantligi bilan bog'liq ravishda o'rganilgan. Izlanishlar natijasida tolerantlik darajasi yuqori shaxslarda tashabbuskorlik ham yuqori bulishi aniglangan va shaxsda toleranlik darajasini oshirish uchun tashabbuskorlikni, tashabbuskorlikni oshirish uchun esa tolerantlikni oshirish lozimligi takidlangan [7].

Ushbu ishlardan tashqari yana ko'plab tashabbuskorlikni tabiatini ochishga qaratilgan ishlar mavjud. Shular jumlasidan "Toza hududlar va radiatsiya tarqalgan hududlarda o'rta maktab o'quvchilarining tashabbuskorligi va qiziquvchanligini qiyosiy tahlil qilish", "Talabalarning qat'iyatlilik, tashabbuskorlik va kasbga yo'naltirilganligining individual-tipik xususiyatlari", "Katta maktab o'quvchilari va talabalar tashabbusining namoyon bo'lishi va uyg'unlashuvining individual-tipik xususiyatlari", "Shaxs tashabbuskorligining kursant-o't o'chiruvchilarning o'quv va kasbiy faoliyati o'rtasidagi munosabatlar" kabi juda ko'plab dissertatsiya ishlari ko'rib, o'rganib chiqildi. Ushbu jarayonda kuzatilgan muhim qismlardan biri shu bo'ldiki, barcha olimlar tashabbuskorlikni aniqlash maqsadida bitta metodikadan foydalanishgani ma'lum bo'ldi. Bu metodika A.I.Krupnovning "Shaxs tashabbuskorligini aniqlashga qaratilgan blankli testi" ekanligini o'rgandik. Ushbu blankli test shaxs tashabbuskorligini jamiyatga yo'nalganligini yoki shaxsning o'ziga yo'nalganligini aniqlashda katta va muhim ekanligini takidlab o'tilgan [1]. Biz ishlarimizda "Shaxs tashabbuskorligida liderlik va motivatsiyaning o'zaro aloqasi", "Shaxs tashabbuskorligida liderlik va individual hususiyatlarning o'zaro aloqasi" kabi ko'plab ilmiy maqola va tezislarda o'z fikrimizni va statistik ma'lumotlarni keltirib o'tganmiz [8,9]. Ushbu izlanishlar tashabbuskor shaxsni tabiatini yana ham ochib berishga ko'mak beradi.

Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan olimlar tomonidan aniqlab, o'rganib chiqilgan ilmiy ishlar shaxs tashabbuskorligini yanada chuqurroq o'rganishga yordam beradi, ular tashabbuskorlikni turli psixologik hususiyatlar bilan bog'lab va turli yosh davrlarida izlanganlari sababli bu ishlarga tayangan holda biz ham tashabbuskorliknin g turli jihatlarini aniqlashda ushbu kerakli bo'lgan ma'lumotlardan foydalanamiz.

REFERENCES

1. Krupnov A.I. Xarakter xususiyatlarini tizimli o'rganishning psixologik muammolari.// Fakultet professor-o'qituvchilari va magistrantlarining kafedra ilmiy sessiyasi materiallari. - M.:

Yoshlar instituti, 1996. - S.3-7.

April, 2023

National University of Uzbekistan Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-335-338

2. Polskaya Y.A "Shaxsning tashabbuskorligi va o'z-o'zini rivojlantirish nisbati" diss...kan.psixol.muk. -M., 2005.

3. Karamova E.I. "Kasbiy faoliyat muddatini hisobga olgan holda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining tashabbuskorligining namoyon bo'lish xususiyatlari" diss...kan.psixol.nauk. -M., 2008.

4. Nikitina E.L. "Tibbiyot talabalari va shifokor-jarrohlar tashabbusi va ishonchining psixologik xususiyatlari" diss...kan.psixol.nauk. -M., 2010.

5. Jarikova A.S. "Shaxs tashabbuskorligi va kreativligining o'zaro aloqasi" diss...kan.psixol.nauk. -M., 2011.

6. Alekseyeva V.V. "Katta maktab o'quvchilari va talabalar tashabbuskorligining psixologik xususiyatlari" diss.. .kan.psixol.nauk.-M., 2011.

7. Abidova Z.A. Сущность и реалии феномена «толерантность»: монография / З.А.Абидова; Отв.ред. Г.Б.Шоумаров; Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека. - Т.: Navro'z, 2016. - 187 с.

8. Abidova Z.A, Jurayeva H.A. Shaxs tashabbuskorligida liderlik va motivatsiyaning o'zaro aloqasi // Current Issues of Social Sciences and Humanities, 3(2), P.698-703. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-2-698-703.

9. Jurayeva H.A "Shaxs tashabbuskorligida liderlik va individual hususiyatlarning o'zaro aloqasi" // O'zMU xabarlari.-Toshkent,2022. -№1/7 - B. 92-94.

10. MUXAMEDJANOVA, L. (2021). Проявление достоинства личности как ценность в гражданском обществе. https://scienceweb.uz/publication/4477

11. MUXAMEDJANOVA, L. (2021). ВАЖНОСТЬ ЭТИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ГАРМОНИИ ТРАДИЦИОННЫХ И СОВРЕМЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ. https://scienceweb.uz/publication/4478

12. А. И. Туляев (2022). СТРУКТУРА ДОСУГА ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫМИ И КОМПЬЮТЕРНЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 507-511. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-507-511

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.