Научная статья на тему 'MAKTAB TA’LIMIDA KASBIY PSIXOLOGIYA SOHASINING ASOSIY TADQIQOT METODLARI'

MAKTAB TA’LIMIDA KASBIY PSIXOLOGIYA SOHASINING ASOSIY TADQIQOT METODLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
512
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish / genetik metodlar / praksimetrik metodlar / psixosamatik metodlar.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Muhammadiyeva Hulkar Muhammadi Qizi

Ushbu maqolada kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi borishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB TA’LIMIDA KASBIY PSIXOLOGIYA SOHASINING ASOSIY TADQIQOT METODLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES ^fl

(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. MAKTAB TA'LIMIDA KASBIY PSIXOLOGIYA SOHASINING ASOSIY

TADQIQOT METODLARI

Muhammadiyeva Hulkar Muhammadi qizi

Kattaqo'rg'on tumani 16-umumiy o'rta ta'lim maktab psixologi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob'ektiv qonuniyatlarini o'rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o'zining maqsadi va yo'nalishiga qarab tasniflanadi borishi yoritilgan

Kalit so'zlar: Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish, genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar.

So'nggi yillarda maktab ta'lim tizimida ham psixolik xodimlar psixodiagnostika o'tkazishda kompyuterdan foydalanishga qiziqish keskin oshdi. Avtomatlashtirilgan psixologik tizimlarning dastlabki variantlari mamlakatimizda XX asrning 60-yillaridayoq ishlab chiqilgan edi. Ammo ular, EHMlardan foydalanish qiyinligi va ularning qimmat turishi sababli, ommaviy tarzda yoyilmadi. O'tgan asrning 80-yillari o'rtalaridan boshlab esa kompyuter tizimlari test o'tkazish amaliyotiga keng tatbiq etila boshlandi.Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob'ektiv qonuniyatlarini o'rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o'zining maqsadi va yo'nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko'ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo'linadi. Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari o'rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. -anamnestik (biografik) metod; -kuzatish va tabiiy eksperiment metodlar;

-shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o'rganishning instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.

Ushbu metodlarning qo'llanishi individual-psixologik xususiyatlarni o'rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar (omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o'zini o'zi anglash, o'zini o'zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me'yoriy yo'naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o'tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o'rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o'tkaziluvchining qaror qabul qilishining o'ziga xos tomonlari tadqiq etiladi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Qaror qabul qilish sub'ektning shaxsiy jihatlari, xatti-harakat motivlarining

ob'ektiv tashqi vaziyat bilan o'zaro ta'sir jarayoni sifatida baholanadi. Shunday qilib, psixolog-ekspert oldida turgan vazifalarning keng qamrovligi va xilma-xilligini inobatga olgan holda, ekspertizadan o'tkaziluvchining shaxsini bir marta tekshirish emas, balki uning rivojlanish jarayonini o'rganish, turli sharoitlarda o'zini namoyon etishini tahlil qilish zarur.

Hech bir psixologik metod shaxs haqida mutlaqo to'g'ri ma'lumot olinishinikafolatlamaydi. Shaxsni samarali psixologik tadqiq etishning muhim tomoni - standart va nostandart tadqiqotlar ma'lumotlarini, eksperimental va noeksperimental metodlarni qo'shish hisoblanadi. Kasbiy psixologiyaning o'ziga xos metodlariga muhandislik faoliyati ishini psixologik tahlil qilish kiradi.

Bu o'rinda qaror qabul qilish muammosini tadqiq etish ayniqsa samarali hisoblanadi .Kompyuterlashtirishdan avval psixologik test o'tkazish uzoq davom etadigan, bir xil tusdagi bir muncha murakkab ish bo'lgan. Testdan o'tayotgan shaxs juda ko'p savollarni o'qir hamda maxsus jadvallarning katta qog'ozlarini to'ldirar edi.

Kasbiy psixologiya fanining o'ziga xos ilmiy o'rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o'rganish metodlari («metod» yunoncha so'z bo'lib, «biror narsaga borish yo'li» degan ma'noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to'g'risidagi bilimlarni egallashda qo'llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig'indisidir.

Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob'ektiv qonuniyatlarini o'rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o'zining maqsadi va yo'nalishiga qarab tasniflanadi.Individual-psixologik xususiyatlarni o'rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o'tkazish, anketalar, so'rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo'llanmalarda berilgan.

Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o'zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan materiallarda ayrim xatolar ham bo'lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o'rganishning o'ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o'rganish va hisobga olishni talab qiladi. Kasbiy psixologiyaning o'rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda qiyin bo'lgan, yo umuman ko'rinmaydigan tomonlarini ko'rsatadi. Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o'rganishga imkon beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo'llaniladi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko'p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi. Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng boshida umumiy yo'nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo'llaniladi. Bu erkin, majburiy bo'lmagan suhbat.Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo'llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o'rganiladi.

Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e'tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo'lishi kerak. Qiyosiy metod («ko'ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma'lumoti, faoliyati va muloqotiga ko'ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo'lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma'lumotlarga ega bo'lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma'lumotlar o'zaro solishtiriladi.

Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta'lim olish vaqti davomida ko'plab marta tekshirish.

Inson psixikasini - ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risidagi og'zaki va yozma ma'lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o'zgalar tomonidan to'plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xuiiatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o'rganilayotgan shaxsni to'laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug'ilganidan, ham to boshlang'ich ma'lumot olgunicha davr oralig'ida salomatlik darajasi qanday bo'lganligi to'g'risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.

Biografiya metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o'rganib bo'lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo'radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog'liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san'at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma'naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste'dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo'lishi, rivojlanishi, o'ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o'z ifodasini topadi. Allomalar to'g'risidagi ma'lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta'rifu - tavsiflari orqali avloddan - avlodga o'tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o'rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg'unligini ta'minlaydi.

Sotsiometriya metodi Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan bo'lib, kichik (birlamchi) guruh a'zolari o'rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bevosita o'rganish va darajasini o'lchashda qo'llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a'zoning o'zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so'raladi. Olingan ma'lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko'rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma'lum bir xulosa qiladi. Biroq ma'lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko'rinishini aks ettiradi xolos.

Adabiyotlar

1. Vohidov M., Maktabgacha tarbiya psixologiyasi, T., 1970;

2. Davletshin M., Krbiliyat va uning diagnostikasi, T., 1979;

3. Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989;

4. G'oziyev E., Psixologiya fani XXI ayerda, T., 2002;

5. G'oziyev E., Psixologiya, T., 2003;

6. Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989;

7. Shoumarov G'., Oila psixologiyasi, T., 2000;

8. Karimova V., Ijtimoiy psixologiya, T., 1994.

9. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfîni kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

10. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

11. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

12. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

13. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

14. Сaрдoржoн ^д^жт Угли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.